O'zbekiston respublikasi temir yo'llarda yuk va yo'lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi


V bob. Tezyurar yo’lovchi poezdlari qatnaydigan uchastkalar



Download 0,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/15
Sana26.01.2020
Hajmi0,79 Mb.
#37122
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
PTE uz-2


V bob. Tezyurar yo’lovchi poezdlari qatnaydigan uchastkalar 

bo’yicha harakatlanadigan yuk poezdlarining 

harakat tarkibiga texnik talablar 

                     

116.  Yuk  poezdlarining  harakat  tezliklarini  yo’lovchi  poezdlarining  yuqori  tezliklardagi 

harakatida  yo’lning  egrilardagi  qurilish  bo’yicha  talablarini  bajarish  uchun  80-90  km/soat 

darajada  ta'minlash  kerak.  Bunda  poezd  massasi  doimiy  va  davomiy  ogohlantirishlar  ta'sirini 

hamda ushbu tezlik darajasini ta'minlashni hisobga olib tortish hisoblari bilan aniqlanishi kerak, 

bog’lanish  hisobiy  koeffisienti  esa  qum  qo’llashni  va  joydan  jilmay  aylanishni  istisno  qiluvchi 

chegaralarda qo’llanilishi kerak.      

117.  Tezyurar  harakat  uchastkalari  stansiyalari  manzillari  tomon  tuziluvchi,  shuningdek 

ushbu  uchastkadan  tranzit  o’tuvchi  yuk  poezdlari  tarkibiga  18-100,  18-101,  18-102 

aravachalaridagi vagonlar qo’shilishi kerak. MT-50, VTZ, UVZ va ularga o’xshash eski tipdagi 

aravachalardagi yuk vagonlar foydalanishiga yo’l qo’yilmaydi.  



89 

 

Yukli  harakat  tarkibining  tezyurar  uchastkasiga  yetib  keluvchi  boshqa  yo’nalishlardan 



kirishlari rejaviy tartibda vagonlar ortilishini va harakat tarkibi sozligini tekshirish uchun nazorat 

qurilmalari  bilan  TFQ  va  Yuklarni  ortish  va  mahkamlash  texnik  shartlari  talablariga  muvofiq 

jihozlanishi kerak.            

118.  Tezyurar  yo’lovchi  poezdlari  qatnaydigan  uchastkalar  bo’yicha  harakatlanadigan 

yuk poezdlari sinchkov xizmat ko’rsatish va vagonlarning tijoriy ko’rigiga jalb qilinishlari kerak. 

Bunda  TXP  (texnik  xizmat  ko’rsatish  punkti)da  yuk  vagonlariga  texnik  xizmat  ko’rsatishda, 

tuzish  stansiyalari  va  harakat  yo’nalishidagi  tijoriy  ko’rik  punktlarida  yuk  vagonlarining  tijoriy 

ko’rigida g’ildirak juftlari g’ildirash sathi, buksa uzeli, tormoz jihozlari va muhofaza qurilmalari 

holatiga,  eshiklar,  kuzov  devori,  vagonlar  lyuklari  qopqoqlari,  ikki  yarusli  platformalar  o’tish 

maydonchalarining yopilishi va mahkamlanishi ishonchliligiga, ochiq harakat tarkibida yukning, 

ayniqsa  ekskavatorlar,  kranlar  va  burilish  hamda  osma  jihozlarga  ega  bo’lgan  boshqa 

mashinalarning,  vertikal  holatda  tashiluvchi  yuklarning  to’g’ri  ortilishi  va  mahkamlanishiga 

alohida e'tibor qaratish lozim.  

Vagon  depolari  va  stansiyalar  boshliqlari  tezyurar  uchastkada  harakatlanuvchi  yuk 

poezdlari  vagonlarining  texnik  xizmati  va  tijoriy  ko’rigi  o’tkazilishining  sifatini  muntazam 

ravishda nazorat qilishlari kerak.    

119.  Yo’lga  ta'sirni  kamaytirish  shartlari  bo’yicha  tezyurar  yo’lovchi  poezdlari 

qatnaydigan  uchaskalarda  yuk  poezdlarini  boshqarish  uchun  VL80  (o’zgaruvchan  tok) 

elektrovozlarini  va  o’xshash  xarakteristikalarga  ega  boshqa  lokomotivlarni  ham  xuddi  tezyurar 

yo’lovchi lokomotivlari kabi xavfsizlik va radio aloqa qurilmalari bilan jihozlash kerak.  

         

VI bob. Tezyurar yo’lovchi poezdlari qatnaydigan uchastkalarda 

harakatni tashkil etish. Tezyurar yo’lovchi poezdlarini 

stansiyalar va peregonlar orqali o’tkazish tartibi 

 

120. Jo’nash va yetib kelish punktlarida, shuningdek oraliq to’xtash punktlarida tezyurar 

yo’lovchi  poezdlarini  qabul  qilish  va  jo’natish  stansiya  TBA  (texnikaviy-boshqaruv  akti)da 

ko’rsatilgan ixtisoslashtirilgan yo’llarda amalga oshiriladi.    

121.  Stansiyalar  orqali  tezyurar  yo’lovchi  poezdlarini  o’tkazishda  manyovr  ishlari  va 

yo’llardagi  olib  qo’yiladigan  birliklarning  boshqa  har  qanday  harakatlari  tezyurar  yo’lovchi 

poezdining  qo’shni  stansiyadan  chiqish  vaqtiga  to’xtalishi,  manyovrlar  rahbari  esa  manyovrlar 

amalga  oshirilgan  yo’lda  qoldirilgan  vagonlar  ketib  qolishdan  stansiya  TBA  da  belgilangan 

normalarga  muvofiq  mahkamlanganligiga  ishonch  hosil  qilishi  va  stansiya  navbatchisiga  bu 

xaqida xabar berishi kerak.      

122.  Tezyurar  yo’lovchi  poezdlarini  o’tkazish  uchun  marshrutlarni  tayyorlash  bilan 

bog’liq barcha operatsiyalar poezd o’tishidan kamida 10 daqiqa oldin oxiriga yetkazilishi kerak.  

Tezyurar  yo’lovchi  poezdining  ichkaridan  o’tkazish  marshrutiga  kiruvchi  strelkalarni 

yangi  marshrutlarni  o’rnatish  uchun  o’tkazish  faqat  poezd  stansiyadan  o’tib  ketgandan  keyin 

amalga oshirilishi kerak.       

123.  Majburiyatlariga  poezdlarni  kutib  olish  va  kuzatish  vazifasi  kiritilgan  stansiya 

navbatchilari,  signalchilar  va  "O’zbekiston  temir  yo’llari"  DATK  korxonalarining  boshqa 

xodimlari  tezyurar  yo’lovchi  poezdlari  o’tishidan  kamida  5  daqiqa  oldin  kutib  olish  uchun 

belgilangan joylarda turishlari va bunda ushbu poezd harakatlanuvchi  yo’lning chekka relsiga 5 

m dan kam masofaga yaqinlashishi kerak emas.  

124.  Tushirilgan  yoki  ortish  uchun  tayyorlab  qo’yilgan  bagaj  va  pochta,  pochta-bagaj 

aravachalari,  shuningdek  tezyurar  yo’lovchi  poezdi  o’tkaziladigan  yo’l  yoqasidagi  yo’lovchi 

platformalarida  joylashgan  boshqa  yuklar  va  buyumlar,  ushbu  poezd  o’tkazilishidan  oldin 

mazkur  yo’l  platformasi  chekkasidan  kamida  2  m  masofada  joylashtirilishi,  aravachalar  esa, 

bundan tashqari mahkamlangan bo’lishi kerak.           

125.  Tezyurar  yo’lovchi  poezdi  o’tishidan  kamida  20  daqiqa  oldin  barcha  olib 

qo’yiladigan  birliklar  (ta'mir  minoralari,  yo’l  vagonchalari,  olib  qo’yiladigan  defektoskop 


90 

 

aravachalari)  ushbu  poezd  harakatlanish  marshrutiga  kiruvchi  yo’llardan,  shuningdek  mazkur 



marshrutga chiqishga ega bo’lgan yo’llardan olib qo’yilishi va mahkamlanishi kerak.  

Agar tezyurar yo’lovchi poezdi o’tishiga 1 soatdan kamroq vaqt qolsa, olib qo’yiladigan 

birliklarning,  shuningdek  olib  qo’yilmaydigan  motor-rels  transportining  peregonga  yo’lga 

chiqishi taqiqlanadi.     

126.  Stansiya  va  to’xtash  punktlari  yo’lovchi  platformalarida,  chipta  kassalari  yonida, 

yo’ldan  o’tish  joylarida,  temir  yo’l  kesishmalarida  odamlarni  tezyurar  yo’lovchi  poezdi  o’tish 

vaqti  xaqida  e'lonlar  hamda  ularni  o’tishida  alohida  ehtiyotkorlik  xaqida  ogohlantirishlar  osib 

qo’yilishi  kerak.  Bunda  navbatchi  xodimlar,  shuningdek  poezdlarni  platformalarda  kutayotgan 

yo’lovchilar, platforma chekkasidan xavfsiz masofaga uzoqlashishlari kerak (kamida 2 m).    

127. Stansiyalar, vokzallar bo’yicha navbatchilar tezyurar yo’lovchi poezdi yaqinlashishi 

va  odamlarning  xavfli  xududda  bo’lishlarining  taqiqlanishi  xaqida  oldindan  xabardor  qiladilar. 

Xabardor  qilish  yo’lovchilarga  ma'lumot  yetkazish  aloqasi  orqali  tezyurar  yo’lovchi  poezdi 

o’tishidan  kamida  15  daqiqa  oldin  xabarni  5  daqiqalik  intervalda  uch  marta  takrorlab  amalga 

oshiriladi.  Stansiyada  yo’lovchilarga  ma'lumot  yetkazish  aloqasi  yo’qligida  yoki  nosozligida 

yo’lovchilarni tezyurar yo’lovchi poezdi o’tishi xaqida xabarlash megafonlar yordamida amalga 

oshirilishi kerak.     

128.  Stansiyada  turgan  yo’lovchi  poezdlarining  kuzatuvchilari  qo’shni  yo’ldan  tezyurar 

yo’lovchi  poezdi  o’tishidan  oldin  bu  tomondan  vagon  eshiklarini  berkitishi  va  yo’lovchilarni 

bunday poezd o’tishi xaqida ogohlantirishlari shart.    

129.  Ikki  yo’lli  peregonlarda  tezyurar  yo’lovchi  poezdlarining  yuk  poezdlari  va  boshqa 

harakat  tarkibi  bilan,  yo’lovchi  va  shaharlararo  poezdlardan  tashqari,  kesishishiga  ruxsat 

etilmaydi.    

130.  Stansiya  orqali  ichkaridan  o’tkazishda  tezyurar  yo’lovchi  poezdlari  asosiy  yo’llar 

bo’yicha  harakatlanishi  kerak.  Istisno  holatlarda  bunday  poezdni  stansiyaning  yonbosh  qabul 

qilish-jo’natish yo’lidan, shuningdek peregonning noto’g’ri yo’lidan o’tkazilishiga, "O’zbekiston 

temir  yo’llari"  Yagona  dispetcherlik  markazi  boshlig’i  yoki  uning  o’rinbosari  ruxsat  berishi 

mumkin.      

131.  Noto’g’ri  yo’ldan  harakatlanishda  poezd  tezligi  120  km/soat  dan,  noto’g’ri  yo’l 

marshruti  bo’yicha  joylashgan  kesishmalardan  o’tishda  esa,  agar  ular  avtomat  signalizatsiyasi 

qurilmalari  va  to’sish  jihozlari  bilan  faqat  to’g’ri  yo’l  bo’yicha  jihozlangan  bo’lsa,  40  km/soat 

dan  oshmasligi  kerak.  Tezyurar  yo’lovchi  poezdining  noto’g’ri  yo’l  bo’yicha  yoki  jadvaldan 

og’ish bilan jo’nashi to’g’risida kesishma navbatchilari telefon orqali xabardor qilinishlari kerak.  

Asosiy  va  ular  bilan  qo’shni  yo’llar  o’qlari  orasidagi  masofalar  6850  mm  dan  kichik 

bo’lgan stansiyalar orqali tezyurar  yo’lovchi poezdlarining o’tkazilish tartibi stansiyalar texnik-

doshqaruv aktlari bilan belgilanadi.                 

132. Stansiyaning yonbosh qabul qilish-jo’natish yo’lidan tezyurar yo’lovchi poezdining 

majburiy  o’tkazilish  zaruratida  poezd  dispetcheri  oldindan,  hali  poezd  avvalgi  stansiyadan 

o’tmasidan oldin, poezd lokomotivi mashinistini uni yonbosh yo’l orqali kelgusidagi o’tkazilishi 

xaqida  radio  aloqa  orqali  xabarlashi  kerak  hamda  uning  xabari  mashinist  tomonidan  qabul 

qilinganligiga ishonch hosil qilgach, poezdning keyingi harakatiga ruxsat beradi.         

133.  Tezyurar  yo’lovchi  poezd  lokomotivi  mashinistini  uni  yonbosh  qabul  qilish-

jo’natish yo’li orqali kelgusidagi o’tkazilishi xaqida radio aloqa orqali xabarlash imkoni mavjud 

bo’lmagan holatda poezd dispetcheri ko’rsatmasiga binoan poezd avvalgi stansiyada to’xtatiladi. 

To’xtashdan  keyin  radio  aloqa  orqali,  agar  u  ishlamasa  -  stansiya  xodimi  orqali  lokomotiv 

mashinistiga  uni  qo’shni  stansiyada  yonbosh  yo’l  orqali  o’tkazilishi  xaqida  xabar  yetkazilishi 

kerak.  Xuddi  shunday  tartibda  (poezdning  stansiyada  to’xtashidan  keyin)  barcha  tezyurar 

yo’lovchi 

poezdlarining 

lokomotivlari 

mashinistlariga 

kutilmasdan 

yuzaga 


kelgan 

ogohlantirishlar xaqida xabarlar  yetkaziladi. Tezyurar  yo’lovchi poezdini yonbosh qabul qilish-

jo’natish  yo’lidan  o’tkazish  zarurati,  u  hali  stansiyaga  tutashuvchi  peregondaligida  yuzaga 

kelganda, poezd taqiqlash kirish signali oldida to’xtatilishi, u ochilgandan keyingina stansiyaga 

qabul qilinishi kerak. 


91 

 

134.  Jadvalda  nazarda  tutilmagan  stansiyada  tezyurar  yo’lovchi  poezdining  to’xtashi 



zarurati yuzaga kelishida, poezd dispetcheri yoki to’xtash mo’ljallanayotgan stansiya navbatchisi 

bu xaqida mashinistni poezd radio aloqasi orqali ogohlantirishi kerak.                

135.  Tezyurar  yo’lovchi  poezdining  jadvaldan  og’ishlarida  uni  o’tkazishga  faqat  ushbu 

poezd  uchun  poezd  harakatlari  grafigida  o’rnatilgandan  kamaytirilmagan  poezdlar  aro 

intervallari bilan ruxsat etiladi.   

136.  Lokomotiv  ALS  qurilmalari  ishdan  chiqishi  holatlarida  mashinist  bu  xaqida  radio 

aloqa orqali stansiya navbatchisi, poezd dispetcherini xabarlaydi va poezd dispetcheri buyrig’ini 

olgach,  ALS  qurilmalari  ishi  tiklangunga  qadar,  120  km/soat  dan  oshmagan  tezlikda,  yo’l 

svetoforlari  ko’rsatishlariga  va  O’zbekiston  Respublikasi  temir  yo’llarida  poezdlar  harakati  va 

manyovr ishlari bo’yicha yo’riqnomada nazarda tutilgan talablarga amal qilib harakatlanadi.         

137. Radio aloqa nosozligida mashinist eng  yaqin bo’luvchi punktda poezdni to’xtatishi 

va bu xaqida stansiya navbatchisi orqali poezd dispetcheriga xabar berishi shart. Bunda, tezyurar 

yo’lovchi  poezdining  keyingi  harakatlanishi  "O’zbekiston  temir  yo’llari"  DATK  belgilagan 

tartibda amalga oshirilishi kerak.     

138.  Tezyurar  yo’lovchi  poezdining  peregondagi  majburiy  to’xtashida  lokomotiv  va 

poezd brigadalari "O’zbekiston temir yo’llari" DATK belgilagan tartibda harakat qiladilar.    

139.  Tezyurar  yo’lovchi  poezdlari  lokomotivlarining  oldingi  kabinalarida  yurishga, 

lokomotivlarda yurish xuquqiga ega shaxslardan ko’pi bilan 2 kishiga ruxsat etiladi (mashinist-

yo’riqchisini hisobga olib).    

140.  Mazkur  TFQ  ga  Qo’shimchalar  "O’zbekiston  temir  yo’llari"  DATK  bilan 

kelishilgan.   

 

(O’zbekiston  Respublikasi  temir  yo’llaridan  texnikaviy  foydalanish  qoidalari 



"O’zdavtemiryo’lnazorat" DI boshlig’ining 2011 yil 15 iyul 150-son buyrug’iga muvofiq 1-ilova 

bilan to’ldirildi).     

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



92 

 

O’zbekiston Respublikasi  



temir yo’llaridan texnikaviy  

foydalanish qoidalariga

  

2-ilova 



 

Yo’lovchi poezdlarining 200 km/soat dan ortiq va 250 km/soat gacha 

tezliklar bilan harakatlanish uchastkalarida temir yo’l transportidan 

texnik foydalanishni tashkil etish bo’yicha 

umumiy talablar 

   


1.  Yo’lovchi  poezdlarining  200  km/soat  dan  ortiq  va  250  km/soat  gacha  tezliklar  bilan 

harakatlanish uchastkalardagi infratuzilma va temir yo’l harakat tarkibi belgilangan tezliklardagi 

harakatni ta'minlashi hamda me'yor va qoidalarga muvofiq bo’lishi kerak.      

2. Yo’lovchi poezdlarining egrilar bo’yicha 200 km/soat dan ortiq va 250 km/soat gacha 

eng  katta  harakat  tezliklari  so’ndirilmagan  ko’ndalang  tezlanishning  yo’l  qo’yilishi  mumkin 

bo’lgan  ko’rsatkichi,  uning  ko’payishi  tezligidan  oshmaslik  shartidan  hamda  relsshpal 

panjarasining barqarorligidan kelib chiqib belgilanadi.          

3. Peregonlar va temir  yo’l stansiyalaridagi inshoot va qurilmalar 200 km/soat dan ortiq 

va 250 km/soat gacha tezliklarda me'yor va qoidalarga binoan S250 qurilishlarning yaqinlashish 

gabaritiga muvofiq bo’lishi kerak.   

4.  200  km/soat  dan  ortiq  tezliklarda  yo’lovchi  poezdlarining  harakati  amalga 

oshiriladigan  temir  yo’l  liniyasining  butun  uzunligida  blok-uchastka  yoki  peregon  uzunligiga 

teng pletlardan iborat uloqsiz temir yo’llar yotqiziladi.    

5. 200 km/soat dan ortiq va 250 km/soat gacha tezliklar bilan yo’lovchi poezdlari qatnovi 

amalga oshiriladigan uchastkalarning temir yo’l liniyalari to’silgan bo’lishi kerak.  

6.  200  km/soat  dan  ortiq  tezliklarda  yo’lovchi  poezdlari  o’tkaziladigan  umumiy 

foydalanish  temir  yo’llarining  yoqasida  joylashgan  yo’lovchi  platformalari,  platforma 

chekkkasidan kamida ikki metr masofadagi muhofaza to’siqlariga ega bo’lishi kerak.  

200  km/soat  dan  ortiq  va  250  km/soat  gacha  tezliklar  bilan  harakatlanuvchi  yo’lovchi 

poezdlarining  platformalarga  yaqinlashishi  xaqida  ma'lumot  yo’lovchilarga  va  unda  hozir 

bo’lgan shaxslarga "O’zbekiston temir yo’llari" DATK belgilagan tartibda yetkazilishi kerak.       

7.  200  km/soat  dan  ortiq  va  250  km/soat  gacha  tezliklardagi  yo’lovchi  poezdlarining 

temir  yo’l  stansiyalari  bo’ylab  ichkaridan  o’tkazilganda  ular  asosiy  temir  yo’llar  bo’yicha 

harakatlanishi kerak. Istisno holatlarda bunday poezdni temir yo’l stansiyasining yonbosh qabul 

qilish-jo’natish  temir  yo’lidan  yoki  peregonning  noto’g’ri  temir  yo’lidan  o’tkazilishi 

"O’zbekiston temir yo’llari" DATK belgilagan tartibda amalga oshiriladi. 

8.  Yo’lovchi  poezdlarining  200  km/soat  dan  ortiq  va  250  km/soat  gacha  tezliklar  bilan 

temir  yo’llarning  avtomobil  yo’llari  bilan  bir  sathda  kesishadigan  uchastkalari  bo’ylab 

harakatlanishiga yo’l qo’yilmaydi.  

Temir  yo’l  liniyasi  bilan  turli  sathlarda  temir  yo’llar  orqali  odamlarning  o’tish,  chorva 

mollarini haydab o’tish joylari va yovvoyi hayvonlarning ko’chish yo’llari barpo qilinishi kerak.  

Avtomobil  yo’llari  bilan  bir  sathdagi  mavjud  kesishishlar  avtotransportning  temir 

yo’llarga  chiqib  ketishini  bartaraf  etuvchi  kesishmalarni  to’sish  moslamalari  (keyinchalik  - 

KTM) bilan to’sish shartida vaqtinchalik saqlab qolinishi mumkin.  

Zarur  holatlarda  ayrim  kesishmalarda  tezyurar  yo’lovchi  poezdi  o’tkazilishida 

qo’shimcha  xavfsizlik  chorasi  sifatida  kesishma  navbatchisi  postining  qarama-qarshi  tomonida 

joylashgan zahira gorizontal-buriluvchi to’sma g’ovlar (shlagbaumlar) berkitilishi va qulflanishi 

                                                 

 Davlat ro’yxatidan o’tishga muhtoj emas deb topilgan (O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining  



27.08.2001 yil 20-15-205/11-son xati);    

 


93 

 

kerak.  Bunday  kesishmalar  ro’yxati  "O’zbekiston  temir  yo’llari"  DATK  rahbariyati  tomonidan 



belgilanadi.     

9.  Yo’lovchi  poezdlarining  200  km/soat  dan  ortiq  va  250  km/soat  gacha  tezliklar  bilan 

harakatlanish uchastkalardagi infratuzilma va temir yo’l harakat tarkibi ko’rsatib o’tilgan harakat 

tezliklarida poezd radioaloqasini va ma'lumotlar yetkazilishini ta'minlovchi radio aloqa tizimlari 

bilan jihozlanishi kerak. 

10.  200  km/soat  dan  ortiq  va  250  km/soat  gacha  tezliklardagi  yo’lovchi  tashishlariga 

xizmat  ko’rsatuvchi  elektr  poezdlar  "O’zbekiston  temir  yo’llari"  DATK  belgilagan  talablarga 

muvofiq bo’lishi kerak.      

11.  Mazkur  Yo’lovchi  poezdlarining  200  km/soat  dan  ortiq  va  250  km/soat  gacha 

tezliklar  bilan  harakatlanish  uchastkalarida  temir  yo’l  transportidan  texnikaviy  foydalanishni 

tashkil etish bo’yicha umumiy talablar "O’zbekiston temir yo’llari" DATK bilan kelishilgan.     

         



(O’zbekiston  Respublikasi  temir  yo’llaridan  texnikaviy  foydalanish  qoidalari 

"O’zdavtemiryo’lnazorat" DI boshlig’ining 2011 yil 15 iyul 150-son buyrug’iga muvofiq 2-ilova 

bilan to’ldirildi). 

 

 

 

 

 

 

 

     

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Download 0,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish