O'zbekiston respublikasi temir yo'llarda yuk va yo'lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi



Download 0,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/15
Sana26.01.2020
Hajmi0,79 Mb.
#37122
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
PTE uz-2


67. Svetoforlar harakat yo’nalishi bo’yicha o’ng tomonda yoki ular to’sayotgan yo’lning 

o’qi ustida o’rnatiladi. 

Peregonlarda  poezdlar  uchun  temir  yo’l  kesishmalari  oldida  o’rnatiladigan  to’suvchi  va 

ularga  nisbatan  ogohlantiruvchi  svetoforlar  harakat  yo’nalishining  chap  tomonida  ham 

joylashishi mumkin. 

Svetoforlar  shunday  o’rnatilishi  kerakki,  poezddan  ularning  uzatayotgan  signallarini 

qo’shni yo’lga tegishli deb qabul qilmaslik kerak. 

Yo’lning gabaritlari svetoforlarni o’ng tomonga o’rnatishga imkon bermaydigan hollarda 

DATK  boshqaruvi  raisining  ruxsati  bilan  quyidagi  svetoforlarni  chap  tomondan  joylashtirish 

mumkin: 


stansiyaga  noto’g’ri  yo’ldan  qaytayotgan  poezdlarni  qabul  qilish  uchun  o’rnatiladigan, 

shuningdek,  peregonda  noto’g’ri  yo’l  bilan  qaytayotgan  suruvchi  lokomotivlar  va  xo’jalik 

poezdlarining kirish va unga tegishli ogohlantirish svetoforlarini

ikkinchi yo’llar qurilishi davrida vaqtincha o’rnatiladigan kirish va o’tish svetoforlarini. 

Manyovr  ishlarining  texnologik  shartlari  taqazo  etgan  joylarda  DATK  boshqaruvi  raisi 

ruxsati bilan ayrim stansiyalarda tepacha svetoforlarini chap tomondan o’rnatish mumkin. 



68. Qoida bo’yicha signal chiroqlari normal yonayotgan svetoforlar qo’llaniladi. 

Avtoblokirovkali  liniyalarda  o’tish  svetoforlarida,  ular  oldidagi  blok-uchastkaga  poezd 

kirishi bilan yonadigan, signal chiroqlari yonmaydigan svetoforlarni qo’llashga ruxsat etiladi. 

69.  Qurilmalarda  nosozlik  paydo  bo’lganda  svetoforlar  avtomatik  ravishda  taqiqlovchi 

ko’rsatma beradigan holatga, ogohlantirish svetoforlari esa ularga bog’liq asosiy svetoforlarning 

ko’rsatmasiga muvofiq bo’lgan holatga o’tishi lozim. 

70.  Avtoblokirovka  bilan  jihozlangan  uchastkalarda  o’tish  svetoforlari  uchun  ruxsat 

ko’rsatmasi,  kirish,  marshrut  va  chiqish  svetoforlari  uchun  esa  taqiqlovchi  ko’rsatma  normal 

hisoblanadi. 

Stansiyadan  to’xtovsiz  o’tish  uchun  marshrut  svetoforlari  avtomat  harakatga  keltirishga 

o’tkazilishi  mumkin  bo’lgan  temir  yo’l  uchastkalarida,  ular  avtomatik  harakatga  keltirishga 

o’tkazilganda ruxsat berish ko’rsatmasi normal hisoblanadi. 

Avtoblokirovka  bilan  jihozlanmagan  uchaskalarda  kirish,  chiqish  va  o’tish  svetoforlari 

uchun taqiq ko’rsatmasi normal hisoblanadi. 

To’sish svetoforlarining normal holati DATK boshqaruvi raisi tomonidan o‘rnatiladi. 

71.  Kirish  svetoforlari  birinchi  kirish  strelkali  o’tkazgichdan  kamida  50  m  uzoqlikda 

o’rnatilishi lozim, bu masofa strelkali o’tkazgichning qarama-qarshi yo’nalish ostryagidan yoki 

yo’nalish bo’ylab chegara ustunchasidan hisoblanadi. 


19 

 

Ilgari  strelkali  o’tkazgichdan  50  m  dan  kam,  ammo  15  m  dan  ko’p  uzoqlikda 



joylashtirilgan kirish svetoforlarini qayta o’rnatmaslik mumkin. 

Elektrlashtirilgan  uchastkalardagi  kirish  svetoforlari,  shuningdek  «Stansiya  chegarasi» 

signal  belgilari  peregon  tomondan  stansiyaning  kontakt  tarmog’ini  peregonning  kontakt 

tarmog’idan ajratib turuvchi havo oralig’i oldidan o’rnatilishi lozim. 



72.  Har  bir  jo’natish  yo’li  uchun  chiqish  svetoforlari  jo’natilayotgan  poezdning 

lokomotivi turishi mo’ljallangan joyning oldida joylashtirilishi kerak. 

Stansiyada  etarlicha  uzunlikka  ega  bo’lmagan  yo’llardan  poezd  jo’natilayotganda, 

qachonki poezdning boshi chiqish svetoforidan o’tib joylashgan holda, ushbu svetoforning orqa 

tomonidan  takrorlovchi  kallagini  o’rnatishga  ruxsat  etiladi.  Chiqish  svetoforlarida  takrorlash 

kallagini  o’rnatish  ruxsat  etilgan  stansiyalarning  ro’yxati  hamda  bunday  hollarda  signallardan 

foydalanish tartibi DATK boshqaruvi raisi tomonidan o‘rnatiladi. 

Poezdlarning to’xtovsiz o’tishi amalga oshiriladigan yo’llardan mustasno, bir guruh yo’l 

uchun chiqish va marshrut svetoforlari  guruhini o’rnatishga ruxsat etiladi. Chiqish va marshrut 

svetoforlari  guruhi  poezdning  jo’natilishi  ruxsat  etiladigan  yo’lning  raqamini  ko’rsatadigan 

marshrut ko’rsatkichlari bilan to’ldirilishi lozim. 

73.  Avtomatik  blokirovkaning  o’tish  svetoforlari  blok-uchatskalarning  o’zaro 

chegaralarida, yarim avtomatik blokirovkaning o’tish svetoforlari esa postlararo peregonlarning 

chegaralarida o’rnatiladi. 

Avtomatik  lokomotiv  signalizatsiyasi  mustaqil  signalizatsiya  va  aloqa  vositasi  sifatida 

qo’llanadigan  uchastkalarda,  blok-uchastkalarning  chegaralarida  «Blok-uchastka  chegarasi» 

signal belgilari o’rnatiladi. 

Ikki  yo’lli  peregonlarda  lokomotiv  svetoforining  signallari  bo’yicha  noto’g’ri  yo’ldan 

harakatlanganda to’g’ri yo’ldan harakatlanishi uchun o’rnatilgan avtoblokirovka svetofori blok-

uchastka chegarasi bo’ladi. 

74.  Stansiyalardagi  poezdlarni  qabul  qilish  va  jo’natish  marshrutiga  kiruvchi  strelkalar, 

kirish, chiqish va marshrut svetoforlari bilan o’zaro bog’liq bo’lishi lozim. 



75.  Yo’l  blokirovka  qurilmalari  yoki  elektr  jezl  tizimi  mavjud  bo’lgan  peregonlardagi 

asosiy yo’lning shahobchalari strelkalari ushbu qurilmalar bilan shu tarzda bog’lanishi lozimki, 

eng  yaqin  o’tish  yoki  chiqish  svetoforining  ochilishi  yoki  jezlning  olinishi  faqat  strelkaning 

asosiy yo’ldagi normal holatidagina mumkin bo’lsin. 



76.  Bir  sathdagi  temir  yo’l  kesishmalari  va  liniyalarning  tutashuvlari,  shuningdek, 

ko’tarma  ko’priklar,  mos  ravishda  chegaraviy  ustunchalar  yoki  ko’prik  boshlanishining  ikki 

tomonidan kamida 50 m masofada o’rnatilgan yo’lni berkitish svetoforlari bilan to’silishi kerak. 

Bir sathdagi kesishuvlar va liniyalarning tutashuvida yo’lni berkitish svetoforlari shunday 

o’zaro  bog’liklikka  ega  bo’lishi  kerakki,  unda  bir  svetoforning  ochilishi  qarshi  marshrut 

svetoforlarining man etuvchi ko’rsatkichlarida mumkin bo’lishi kerak. 

Ko’tarma  ko’priklarda  berkitish  svetoforlarini  ochish  ko’prikning  bir-biriga  jips  turishi 

holatidagina mumkin bo’lishi kerak. 



77.  Asosiy  va  qabul  qilish-jo’natish  yo’llari  bo’ylab  poezdlarning  to’xtovsiz  o’tishi 

ko’zda tutilgan avtomat yoki yarim avtomat blokirovkali uchastkalarda joylashgan stansiyalarda 

kirish va marshrut svetoforlarida ushbu yo’llarda poezdlarni to’xtovsiz o’tkazish signalizatsiyasi 

qo’llanilishi kerak. 



78. Svetoforlarning joylashish sxemasi, shuningdek, stansiyalarda marshrutlardagi signal 

svetoforlarining ko’rsatkichlari va strelka holatining o’zaro bog’liqlik jadvali DATK boshqaruvi 

raisi tomonidan tasdiqlanadi. 

79.  Doimiy  signallarni  o’rnatish  joylari  DATK  mintaqaviy  temir  yo’l  uzeli  boshlig’i 

tayinlaydigan hay’at tomonidan aniqlanadi. 



(79  band  "O'zdavtemiryo'lnazorat"  DI  boshlig'ining  2003  yil  27  yanvar  1/6-7-02  son 

ko'rsatmasiga muvofiq  o'zgartirildi). 

 

 



20 

 

Avtomatik va yarim avtomatik yo’l blokirovkasi 



 

80.  Peregonlar,  odatda,  yo’l  blokirovkasi  bilan,  ayrim  uchastkalarda  esa  aloqa  va 

signalizatsiyaning mustaqil vositasi sifatida qo’llaniladigan avtomatik lokomotiv signalizatsiyasi 

bilan  jihozlangan  bo’lishi  kerak.  Bunda  poezdlarning  peregon  bo’ylab  ikki  yo’nalishda 

harakatlanishi lokomotiv svetoforlarining signallari bo’yicha amalga oshiriladi. 



81. Avtomatik va yarim avomatik blokirovka qurilmalari ular ajratayotgan blok-uchastka 

(stansiyalararo  yoki  postlararo  peregon)  ning  harakat  tarkibidan  bo’shamaguniga  qadar  chiqish 

va  o’tish  svetoforining  ochilishiga,  shuningdek,  asosiy  elektr  ta’minotdan  zahiraviysiga  yoki 

aksincha o’zgarishlar natijasida svetoforning o’z-o’zidan yopilishiga yo’l qo’ymasligi kerak. 



82.  Avtomat  va  yarim  avtomat  blokirovka  bilan  jihozlangan  bir  yo’lli  peregonlarda, 

stansiyada chiqish  svetofori ochilgandan keyin,  ushbu  peregonga qarama-qarshi tarafdan poezd 

jo’natish  uchun  qo’shni  stansiyaning  chiqish  va  o’tish  svetoforlarini  ochish  imkoniyati  istisno 

qilinishi kerak. 

Xuddi shunday signallarning o’zaro bog’liqligi har bir yo’lda ikki taraflama harakatlanish 

uchun  avtomat  va  yarim  avtomat  blokirovka  bilan  jihozlangan  ikki  yo’lli  va  ko’p  yo’lli 

peregonlarda ham bo’lishi kerak. 

Avtoblokirovka  bilan  jihozlangan  ikki  yo’lli  qo’ymali  bir  yo’lli  uchastkalarda, 

shuningdek, avtoblokirovka ko’rsatkichiga binoan harakat bir  yo’nalishda amalga oshiriladigan 

yuk  hajmi  katta  liniyalarning  ikki  yo’lli  va  ko’p  yo’lli  peregonlarida  (noto’g’ri  yo’l  bo’ylab) 

qarama-qarshi  yo’nalishda  lokomotiv  svetofor  signallari  bo’yicha  harakatlanishni  ta’minlovchi 

qurilmalar ko’zda tutilishi mumkin. Bu qurilmalar qo’llaniladigan texnik qarorlarga ko’ra doimo 

ishlaydi yoki ta’mirlash, qurilish va tiklash ishlari davrida yoqiladi. 

83.  Avtomat  blokirovkada  barcha  svetoforlar  ular  ajratgan  blok-uchastkaga  poezdning 

kirib  kelganida,  shuningdek,  ushbu  uchastkalarning  rels  zanjirlari  butligi  buzilganda  avtomat 

ravishda man etish ko’rsatkichini ko’rsatishlari kerak. 

84.  Yo’l  blokirovkasi  bilan  jihozlangan  uchatskalarda  joylashgan  stansiyalarda  bu 

qurilmalar  xo’jalik  poezdlari  uchun  kalit-jezllarga,  poezdlarni  surish  yana  orqasiga  qaytib 

keluvchi  suruvchi  lokomotivlar  bilan  amalga  oshiriladigan  yarim  avtomat  blokirovkali 

uchastkalarning stansiyalarida esa – ular uchun ham kalit-jezllarga ega bo’lishi kerak. 

Avtomat  blokirovkali  bir  yo’lli  liniyalarda,  shuningdek,  har  bir  yo’lda  ikki  taraflama 

avtoblokirovkali ikki yo’lli peregonlarda, manyovr tarkibning stansiya chegaralaridan tashqariga 

chiqishi  mumkin  bo’lgan  manyovr  ishlari  amalga  oshiriladigan  stansiyalarda  avtomatik 

blokirovka qurilmalari ularga bog’liq manyovr svetoforlari bilan to’ldiriladi. 



85.  Avtomatik  va  yarim  avtomatik  blokirovka  bilan  jihozlangan  liniyalarda  joylashgan 

stansiyalarda quyidagi qurilmalar bo’lishi kerak: 

band  yo’l  uchun  belgilangan  marshrutda  kirish  svetoforining  ochilishiga  yo’l 

qo’ymaydigan qurilma; 

boshqarish  apparatida  yo’l  va  strelkalarning  bandligini  nazoratini  ta’minlovchi 

qurilmalar. 

Yarim avtomatik blokirovkada, stansiyalarda quyidagi qurilmalar bo’lishi mumkin: 

jo’natish  marshrutidagi  ajratilgan  strelka  uchastkalarining  bo’shlik  nazoratini,  ularning 

nosozligi tufayli o’chirishga imkon beruvchi

yopilib  qolgan  svetoforning  qayta  ochilishini  ta’minlovchi,  agar  poezd  amalda  undan 

o’tib ketmagan bo’lsa; 

poezdning to’liq tarkibda kelishini avtomat tarzdagi nazoratini ta’minlovchi. 



86.  Avtomatik  blokirovka  avtomatik  lokomotiv  signalizatsiya  va  dispetcherlik  nazorati 

qurilmalari  bilan,  yarim  avtomatik  blokirovka  esa  yaqinlashish  uchastkalarida  avtomatik 

lokomotiv signalizatsiya bilan to’ldirilishi kerak. 

87.  Poezdlar  harakatining  dispetcherlik  nazorati  qurilmalari  avtoblokirovka  bilan 

jihozlangan  uchastkalarda  (bir  yo’lli  peregonlarda)  belgilangan  harakat  yo’nalishi,  blok-



21 

 

uchastkalarning, oraliq stansiyalarda asosiy va qabul qilish-jo’natish yo’llarining bandligi, kirish 



va chiqish svetoforlari ko’rsatkichlarining nazoratini ta’minlashi kerak. 

Ushbu  bandda  sanab  o’tilgan  talablardan  tashqari,  yangidan  tatbiq  etilayotgan 

dispetcherlik nazorati tizimlari SSB qurilmalari texnik holatini nazoratini ta’minlashi kerak. 

 

Signal va strelkalarni elektr markazlashtirish 

 

88. Elektr markazlashtirish qurilmalari quyidagilarni ta’minlashi kerak: 

strelka va svetoforlarning o’zaro tutashuvi; 

strelka  kesilishi  nazoratini,  mazkur  marshrutni  chegaralovchi  svetoforni  yopish  bilan 

amalga oshirishni; 

boshqaruv  appraratida  strelkalar  holatini,  strelka  seksiyalari  va  yo’l  bandligini  nazorat 

qilishni; 

strelka  va  svetoforlarni  marshrut  yoki  alohida  boshqarish,  manyovr  svetoforlari 

ko’rsatkichlari  bo’yicha  manyovr  harakatlarini  amalga  oshirish,  kerak  paytda  strelkalarni 

mahalliy boshqaruvga o’tkazish imkoniyatini. 

89. Elektr markazlashtirish qurilmalari quyidagilarga yo’l qo’ymasligi kerak: 

band yo’lga belgilangan marshrutda kirish svetoforini ochish; 

harakat tarkibi ostida strelkani o’tkazish; 

strelkalar kerakli holatga qo’yilmaganda, berilgan marshrutga tegishli svetoforni ochish

belgilangan marshrutni chegaralovchi svetofor ochiqligida, qarshi svetoforni ochish yoki 

marshrutga kiruvchi strelkani o’tkazish. 



90.  Markazlashtirilgan  strelkalarning  uzatma  va  tutashmalari  quyidagilarni  ta’minlashi 

kerak: 


strelkalarning  eng  chetki  holatlarida  krestovina  qo’zg’aluvchan  o’zagini  usovikka, 

ostryakning rama relsiga qattiq jipslashuvini; 

jipslashgan ostryak va rama relsi yoki qo’zg’aluvchan o’zak va usovik orasidagi tirqish 4 

mm  va  undan  ortiq  bo’lganida  strelka  ostryaklari  yoki  krestovina  qo’zg’aluvchan  o’zagining 

tutashishiga yo’l qo’ymaslikni; 

rama relsi yaqinidagi ostryakni kamida 125 mm masofaga surishni. 

 

Markazlashtirilgan dispetcherlik 

 

91. Markazlashtirilgan dispetcherlik qurilmalari quyidagilarni ta’minlashi kerak: 

qator stansiya va peregon yo’llarining strelka va signallarini bitta punktdan boshqarish; 

peregonlar,  stansiya  yo’llari  va  ularga  yaqin  blok-uchastkalarning  holati  va  bandligini 

boshqaruv  apparatida  nazorat  qilish,  shuningdek,  kirish,  marshrut  va  chiqish  svetoforlarining 

ko’rsatkichlarini takrorlash; 

poezdlarni  qabul  qilish,  jo’natish  va  manyovrlarni  amalga  oshirish  bo’yicha  strelka  va 

signallarni  boshqarishni  stansiyalarda  zahiraviy  boshqaruvga  o’tkazish  yoki  manyovrlarni 

amalga oshirish uchun strelkalarni mahalliy boshqaruvga o’tkazish; 

poezdlar harakatining bajarilgan grafigini avtomatik tarzda yozib olish

elektr  markazlashtirish,  avtomatik  blokirovka,  signalizatsiya  va  aloqaning  mustaqil 

vositasi  sifatida  qo’llaniladigan  avtomatik  lokomotiv  signalizatsiyaga  qo’yiladigan  talablarni 

bajarishni. 

Markazlashtirilgan  dispetcherlikning  yangi  tizimlari  blok-uchastkaning  xaqiqiy  band 

emasligida,  harakat  yo’nalishini  poezd  dispetcheri  tomonidan  o’zgartirish  imkoniyatini 

ta’minlashi kerak. 

 

 

 

 


22 

 

Avtomatik lokomotiv signalizatsiyasi va avtostoplar 

 

92.  Avtomatik  lokomotiv  signalizatsiyada  lokomotiv  svetoforlari  poezd  yaqinlashib 

kelayotgan yo’l svetoforlari ko’rsatkichlariga mos keladigan ko’rsatkichlarni uzatishi kerak. 

Faqatgina  lokomotiv  svetoforlari  ko’rsatkichlari  bo’yicha  harakatlanishda  bu  svetofor 

oldinda  yotgan  blok-uchastkalarning  bo’shligi  yoki  bandligiga  ko’ra  tegishli  ko’rsatkichlar 

uzatishi kerak. 

Lokomotiv  svetoforlari  lokomotiv  (motorvagon  poezd)  larning  boshqaruv  kabinasida 

o’rnatilib, signal ko’rsatkichlarini bevosita mashinist va mashinist yordamchisiga etkazadilar. 

Lokomotivlar,  motorvagon  poezdlari  va  o’ziyurar  harakat  tarkibidagi  lokomotiv 

signalizatsiyasi:  harakatning  belgilangan  tezliklarini,  poezdning  o’z-o’zidan  ketib  qolishi  va 

mashinist  hushyorligini  vaqti-vaqti  bilan  tekshirish  nazoratlarini  ta’minlovchi  xavfsizlik 

qurilmalari  bilan  to’ldirilishi  kerak.  Lokomotiv,  motorvagon  poezdi,  maxsus  o’ziyurar  harakat 

tarkibini  boshqarish  qobiliyatini  mashinist,  drezinada  esa  –  drezina  haydovchisi  yo’qotgan 

hollarda  ko’rsatib  o’tilgan  qurilmalar  poezdni  taqiqlovchi  ko’rsatmali  svetofor  qarshisida 

avtomat tarzda to’xtashini ta’minlashlari kerak. 

Signalizatsiya va aloqaning mustaqil vositasi sifatida qo’llaniladigan avtomat yoki yarim 

avtomat  lokomotiv  signalizatsiyasi  bilan  jihozlangan  uchastkalarda  joylashgan  stansiyalarda 

asosiy  yo’llar,  yo’lovchi  poezdlarni  qabul  qilish-jo’natish  yo’llari,  shuningdek,  poezdlarning 

to’xtovsiz  o’tib  ketishi  uchun  qabul  qilish-jo’natish  yo’llari  avtomatik  signalizatsiyaning  yo’l 

qurilmalari bilan jihozlangan bo’lishi kerak. 

Ayrim  stansiyalarda  avtomatik  lokomotiv  signalizatsiya  qurilmalarining  mavjud 

emasligiga faqat DATK boshqaruvi raisi ruxsati bilan yo’l qo’yiladi. 

Yarim  avtomatik  blokirovkada  avtomatik  lokomotiv  signalizatsiya  qurilmalari  bilan 

stansiyalarning yaqinlashish uchastkalari va asosiy yo’llari jihozlanadi. 

93. Avtostoplar poezdni yopiq svetofor oldida avtomat tarzda to’xtatishi kerak. 

 

Strelka va signallarning o’zaro kalitli bog’liqligi 

 

94. Kalitli bog’liqlik qurilmalari nazorat qulflari vositasida strelka va signallarning o’zaro 

tutashuvini ta’minlashi kerak. 

95. Strelka nazorat qulflari quyidagilarni bajarishi kerak: 

kalitni faqat qulflangan strelkadan chiqarishga yo’l qo’yish; 

ostryakning rama relsiga qattiq yopishib turishi sharti bilan strelkani qulfdan chiqarilgan 

kalitda ko’rsatilgan holatda qulflash; 

bir-biriga  yopishgan  ostryak  va  rama  relsi  orasidagi  tirqish  4  mm  va  undan  katta 

bo’lganda strelkani qulflash imkoniga yo’l qo’ymaslik. 

Bir rusumli strelka nazorat qulflarini bir stansiya chegarasida, katta stansiyalarda esa bitta 

strelka rayoni va unga qo’shni boshqa rayon strelka postlari chegarasida qo’llash taqiqlanandi. 

 

Stansiya blokirovkasi 

 

96. Stansiya blokirovkasi quyidagilarni ta’minlashi kerak: 

postlarning  poezdlarni  qabul  qilish  va  jo’natish  hamda  stansiyalar  ichidagi 

marshrutlarning to’g’ri tayyorlaganligini stansiya navbatchisi tomonidan nazorat qilish; 

har xil postlardan boshqariladigan strelka va signallarning o’zaro tutashuvi. 

 

Saralash tepachalarining mexanizatsiya va avtomatizatsiya qurilmalari 

 

97.  Saralash  tepachalarining  mexanizatsiya  va  avtomatizatsiya  qurilmalari,  tarkiblarni 

tarqatishning  hisob  (loyihaviy)  tezligi  bilan  uzluksiz,  to’xtalishlarsiz  va  xavfsiz  tarqatilishini 


23 

 

ta’minlashi  kerak,  bunda  har  bir  tormozlash  vaziyatida  tormoz  vositalarining  quvvati  ushbu 



tezlikni amalga oshirishni va vagonlarni xavfsiz saralashni ta’minlashi kerak. 

Mexanizatsiyalashtirilgan  saralash  tepachalarida  tarkiblarning  saralash  yo’llari  bo’ylab 

tarqatilishida qatnashayotgan strelka o’tkazgichlari, tepachaning elektr yoki tepachaning avtomat 

markazlashuviga kiritilgan bo’lishi kerak. 

Tepacha markazlashuvi quyidagilarni ta’minlashi kerak: 

strelkalarni individual boshqarishni; 

tarkibning  tarqatilishi  amalga  oshiriladigan  harakat  yo’nalishidagi  strelkalarning, 

shuningdek  harakat  tarkibining  tarqatish  hududiga  chiqishini  istisno  qiluvchi  muhofaza 

strelkalarining elektr tutashuvini; 

boshqarish pultida strelkalar holati va strelka seksiyalari bandligini nazorat qilishni. 

Tepacha markazlashuvi harakat tarkibining ostida strelkani o’tkazishga  yo’l qo’ymasligi 

kerak. 


Strelkalarning  tepacha  avtomatik  markazlashuvi,  bundan  tashqari,  quyidagilarni 

ta’minlashi kerak: 

dastur  yoki  marshrut  ish  tartibida  ajratilgan  vagonlarni  tepachadan  tushirish  jarayonida 

saralash tepaligining tarqatuvchi hududi strelkalarini avtomatik boshqarish

ostryak  va  ramali  rels  orasida  o’tkazish  vaqtida  to’siq  paydo  bo’lib  qolsa,  ajratilgan 

vagon izolyasiyalangan seksiyaga kirmasidan avval strelkani nazorat holatiga avtomatik ravishda 

qaytarish; 

tarqatish jarayonida strelkalarni individual boshqarishga o’tkazish imkoniyati. 

Avtomatlashtirilgan  saralash  tepacha  qurilmalari  tepacha  avtomat  markazlashuviga  ega 

bo’lgan mexanizatsiyalashtirilgan tepachalarga qo’yilgan talablar bilan bir qatorda quyidagilarni 

ta’minlashi kerak: 

tarkiblarni yaqinlashtirish va tarqatishni nazorat qilish va boshqarish; 

ajratilgan vagonlarni tepachadan tushirish tezligini avtomatik tartibga solish; 

tarkibni tarqatish natijalarining nazorati

saralash stansiyasining axborot-reja tizimi bilan axborot almashish. 

 

Pereezd avtomatik signalizatsiyasi va  



avtomatik shlagbaumlar 

 

98.  Pereezd  avtomatik  signalizatsiyasi  poezdning  pereezdga  etib  kelguniga  qadar  o’tish 

joyini  transport  vositalaridan  bo’shatish  uchun  ketadigan  vaqtdan  avval  avtomobil  yo’li  tomon 

to’xtash signalini uzatishi, avtomatik shlagbaumlar esa yopiq holatga o’tishi kerak. 

Poezd  pereezdni  butunlay  bo’shatmaguncha  kesishma  avtomatik  signalizatsiya  ishlab 

turishi, shlagbaumlar esa yopiq holatda bo’lishi kerak. 

 

Poezd yaqinlashayotgani xaqida avtomatik xabar beruvchi tizimlar  

 

99.  Avtoblokirovkali  peregonlar  va  strelkalari  elektr  markazlashtirilgan  stansiyalar 

DATK  boshqaruvi  raisi  tomonidan  tasdiqlangan  rejalarga  binoan,  yo’lda  ish  bajarayotgan 

ishchilarni poezd yaqinlashayotgani xaqida xabarlovchi avtomatik tizim bilan jihozlanishi kerak. 

 

Qizigan buksalarni avtomat tarzda aniqlash qurilmalari 

 

100.  O’tayotgan  poezdlarda  qizigan  buksalarni  avtomat  tarzda  aniqlash  qurilmalari 

quyidagilarni ta’minlashi kerak: 

lokomotiv  mashinisti  va  oldinda  joylashgan  stansiya  navbatchisiga  poezdda  qizigan 

buksa borligi xaqida ma’lumot etkazishni; 

uzatilayotgan ma’lumotni maxsus lentada qayd etishni. 



24 

 

Ko’rsatilgan  qurilmalarni  joylashtirish,  ulardan  foydalanish  va  xizmat  ko’rsatish  tartibi 



DATK tomonidan o‘rnatiladi. 

Poezd ketib borayotgan marshrutga harakat tarkibining o’z-o’zidan chiqishini oldini olish 

qurilmalari 


Download 0,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish