O’zbеkiston rеspublikasi sog’liqni saqlash vazirligi


OSHIQ-BOLDIR BO‘G‘IMI, articulatio talocruralis



Download 0,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/22
Sana15.06.2022
Hajmi0,77 Mb.
#672753
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
6-mavzu

OSHIQ-BOLDIR BO‘G‘IMI, articulatio talocruralis
Oshiq-boldir bo‘g‘imi katta boldir suyagining pastki bo‘g‘im yuzasi - fascies articularis 
inferior tibiae bilan oshiq suyagi g‘altagining yuqorigi bo‘g‘im yuzasi - fascies superior tali 
hamda ichki va tashqi to‘piqlarning bo‘g‘im yuzalari - fascies articularis mallioles lateralis et 
medialis bilan oshiq suyagi g‘altagining yon bo‘g‘im yuzalri - fascies mallioles lateralis et fascies 
mallioles medialis hisobiga hosil bo‘ladi. Uning bo‘g‘im bo‘shlig‘i o‘ziga xos P shakliga ega. 
Bo‘g‘im haltasi bo‘g‘imni hosil qiluvchi suyaklarning tog‘ay yuzalarining chetlariga 
birikadi. Bo‘g‘imni ikki yon tomondan boylamlar mustahkamlaydi: ichki tomonda deltasimon 
boylam - lig.deltoideum bo‘lib, u medial to‘piqdan boshlanadi va elpig‘ich shaklida kengaib, 
qayiqsimon - os naviculare, oshiq - os talus va tovon - os calcaneus suyaklarining ichki yuzasiga 
birikadi. Tashqi tomonda 3 ta: oldingi va orqa oshiq - kichik boldir - ligg.talofibulares anterius 
et posterius hamda tovon - kichik boldir - lig.calcaneofibulare boylamlari bo‘lib, oshiq 
va tovon suyaklaridan boshlanadi va tashqi to‘piqqa yopishadi. Bo‘g‘imning oldingi va orqa 
yuzalarida boylamlar bo‘lmaganidan, ular bo‘g‘imning zaif joylari hisoblanadi. Bo‘g‘im 
xaltasining ustida oldingi tomonda oyoq panjasini yozuvchi muskullarning paylari, orqa-medial 
tomonda katta barmoqni bukuvchi uzun muskul payi yotadi. 
Bo‘g‘im yorig‘ining aks-tasvir chizig‘i oldinda ikkala to‘piq asosi orqali o‘tkazilgan 
chiziqqa mos keladi. 
Oshiq-boldir bo‘g‘imini tovon, tashqi va ichki arteriya turlari - rete calcaneus, rete 


malleolaris lateralis et rete malleolaris medialis, qon bilan ta’minlaydi; boldir - n.suralis, teri osti 
- n.saphenus va chuqur kichik boldir nervlari innervatsiyalaydi. 
OYOQ PANJASI, PES
Tashqi mo‘ljallar: ichki va tashqi to‘piqlarning cho‘qqilari, barmoqlarni yozuvchi 
muskullarning paylari, birinchi barmoqlararo oraliqdan yuqoriroqda oyoq panjasi ustki 
arteriyasining pulsini aniqlash mumkin. Oyoq panjasining ichki qirg‘og‘ida bosh barmoqni 
uzoqlashtiruvchi muskul - m.abductor hallucis ning, tashqi qirg‘og‘ida jimjiloqni uzoqlatiruvchi 
muskul - m.abductor minimi ning qonturi ko‘rinadi. Panjaning kaft yuzasida, oldinda - oyoq kafti 
do‘ngligi, hamda bu do‘nglikni barmoqlardan ajratib turuvchi kaft-barmoq burmalari bor. 
Orqada tovon do‘ngligi, undan oldinroqda barmoqlarni bukuvchi kalta muskul do‘ngligi 
chekkalari bo‘ylab ichki va tashqi oyoq kafti egatlari ko‘rinib turadi. 
Oyoq panjasi tashqarida tovon suyagi balandligining teng o‘rtasidan V oyoq kaft suyagi 
boshchasiga, ichkarida esa I oyoq kaft suyagi boshchasiga tortilgan chiziqlar orqali ustki (orqa) 
va pastki (kaft) yuzalariga bo‘linadi. 
Oyoq panjasining kaft yuzasi ko‘zdan kechirilganda, unda oldingi (ko‘ndalang) hamda 
ikkita yon (tashqi bo‘ylama va ichki bo‘ylama) gumbazlarni ko‘rish mumkin. Bu gumbazlar 
oyoq panjasiga tanadan tushadigan og‘irlikni deformatsiyalanish natijasida engillashtirib, o‘ziga 
xos ressor vazifasini o‘taydi. Oldingi ko‘ndalang gumbaz oldingi tayanch nuqtalari (oyoq 
panjasining er sathiga bevosita tegib turuvchi qismlari) bo‘lgan I va V kaft suyaklari boshchalari 
orasida joylashgan. Bu gumbaz bosh barmoqni yaqinlashtiruvchi muskulning ko‘ndalang 
boshchasi hamda uzun kichik boldir muskulining tonusi va ko‘ndalang kaft oldi boylami, 
lig.tarseum transversum (V kaft suyagidan boshlanib, II va III ponasimon suyaklarga yopishadi) 
hisobiga hosil bo‘ladi. 
Ichki bo‘ylama gumbaz tashqi gumbazga nisbatan ancha chuqur bo‘lib, oyoq panjasining 
medial qirg‘og‘i bo‘ylab orqa tayanch nuqtasidan (tovon suyagi dumbog‘idan) oldingi medial 
tayanch nuqtasigacha (I kaft suyagi boshchasigacha) bo‘lgan masofoda joylashgan. Uni oshiq 
suyagi, talus, qayiqsimon suyak, os naviculare, uchala ponasimon suyaklar, ossae cuneiformes 
laterale, intrmedium et mediale, va I-III kaft suyaklari, ossa metatarsalia I-III hosil qiladi (65-
rasm). Tashqi bo‘ylama gumbaz oyoq panjasining lateral qirg‘og‘i bo‘ylab orqa tayanch 
nuqtasidan oldingi lateral tayanch nuqtasigacha (V kaft suyagi boshchasigacha) davom etadi. Uni 
tovon suyagi, calcaneus, kubsimon - os cuboideum, va IV-V kaft suyaklari, ossa metatarsalia IV-
V hosil qiladi. Oyoq panjasining bo‘ylama gumbazini oyoq kafti aponevrozi, oyoq kaftining 
uzun boylami, lig.plantare longum va oldingi katta boldir muskuli hosil qiladi va 
mustahkamlaydi. 
Faqat ichki bo‘ylama gumbazning o‘zini mustahkamlovchi muskullarga bosh barmoqni 
uzoqlashtiruvchi hamda bukuvchi uzun, orqa katta boldir muskullari va bosh barmoqni 
yaqinlashtiruvchi muskulning qiyshiq boshchasi kiradi. 
Faqat tashqi bo‘ylama gumbazni mustahkamlovchi muskullarga uzun kichik boldir va 
jimjiloqni bukuvchi muskullar kiradi. 

Download 0,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish