6-mavzu
.
Oyoqning klinik anatomiyasi
.
Boldirning oldingi va orqa sohalari klinik anatomiyasi. Boldir-to‘piq sohasi klinik
anatomiyasi. Oshiq-boldir bo‘g‘imi. Oyoq panjasi sohasining klinik anatomiyasi. Oyoq panjasi
bo‘g‘imlari.
BOLDIR, OYOQ PANJA SOXASI
CRUS
Boldirning pastki chegarasini to‘piqlarning asosidan o‘tkaziladigan
aylana chiziq tashkil
etadi. Ichkarida katta boldir suyagining ichki qirrasi, tashqarida kichik
boldir muskullari bilan
kambalasimon muskul orasidagi egat orqali boldir sohasi oldingi - regio cruris anterior va orqa -
regio cruris posterior soxalarga bo‘linadi.
Boldirning teri osti kletchatkasida, orqa medial tomonda sonning
katta teri osti venasi -
v.saphena magna bilan birga teri osti nervi - n.saphenus orqada va yuqorida,
yuza fassiyaning
varaqlari orasidagi Pirogov kanalida boldirning medial teri nervi - n.cutaneus surae medialis
bilan birga sonning kichik teri osti venasi - v.saphena parva, orqa-lateral
tomonda boldirning
lateral teri nervi - n.cutaneus surae lateralis, oldinda va pastda
yuza kichik boldir nervi,
n.peroneus (fibularis) superficialis o‘tadi.
Boldirning xususiy fassiyasi - fascia cruris aponevroz shaklida qalinlashgan bo‘lib, undan
oldingi va orqa muskullararo to‘siqlar - septa intermuscularia anterius et posterius, boshlanadi va
kichik suyagiga yopishadi. Xususiy fassiyaning o‘zi katta boldir suyagining ichki yuzasi bo‘ylab
uning suyak usti pardasiga yopishadi. Natijada 3 ta: oldingi,
tashqi va orqa muskul-
fassiya o‘rindiqlari hosil bo‘ladi. Oldingi va tashqi o‘rindiqlar boldirning oldingi sohasini,
orqa o‘rindiq esa orqa sohasini tashkil qiladi.
Boldirning oldingi sohasi, regio cruris anterior
Oldingi o‘rindiqda oyoq panjasini yozuvchi muskullar: medial tomonda oldingi katta boldir
muskuli -
m.tibialis
anterior, lateral tomonda oyoq barmoqlariini yozuvchiuzun muskul -
m.extensor
digitorum
longus, pastroqda bu ikkala muskul orasida bosh barmoqni yozuvchi uzun muskul - m.extensor
hollicis longus joylashadi. Oldingi o‘rindiqdaoldingi katta boldir arteriyasi va venalari - a. et vv.
tibiales
anteriores hamda chuqur kichik boldir nervi -
n.peroneus
prophundus dan iborat bo‘lgan tomir-
nerv tutamijoylashadi (60rasm, a). Nerv yuqorida qon tomirlariga
nisbatan tashqarida, o‘rta qismida tomirlarni oldindan kesib o‘tib, pastda ularning medial to
monidan joy oladi.Tomir-
nerv tutami yuqorida oldingi katta boldir va barmoqlarni yozuvchi uzun muskullar orasida, bevos
ita suyaklararo parda -
membrana
interossea
cruris ustida, pastroqda boshbarmoqni yozuvchi uzun va oldingi katta boldir muskullari orasida,
katta boldir suyagining tashqi yuzasi ustida yotadi.
Tashqi o‘rindiqda (ikkala muskullararo to‘siqlar orasida) uzun kichik boldir muskuli -
m.peroneus (fibularis) longus, uning ostida kalta kichik boldir muskuli - m.peroneus (fibularis)
brevis hamda umumiy kichik boldir nervi -
n.peroneus
(fibularis)
communis joylashadi. Uzun kichik boldir muskulining oldingi boshchasi katta boldirsuyagining t