malleolaris lateralis et rete malleolaris medialis, qon bilan ta’minlaydi; boldir - n.suralis, teri osti
- n.saphenus va chuqur kichik boldir nervlari innervatsiyalaydi.
OYOQ PANJASI, PES
Tashqi mo‘ljallar: ichki va tashqi to‘piqlarning cho‘qqilari, barmoqlarni yozuvchi
muskullarning paylari, birinchi barmoqlararo oraliqdan yuqoriroqda
oyoq panjasi ustki
arteriyasining pulsini aniqlash mumkin. Oyoq panjasining ichki qirg‘og‘ida bosh barmoqni
uzoqlashtiruvchi muskul - m.abductor hallucis ning, tashqi qirg‘og‘ida jimjiloqni uzoqlatiruvchi
muskul - m.abductor minimi ning qonturi ko‘rinadi. Panjaning kaft yuzasida, oldinda - oyoq kafti
do‘ngligi, hamda bu do‘nglikni barmoqlardan ajratib turuvchi kaft-barmoq burmalari bor.
Orqada tovon do‘ngligi, undan oldinroqda barmoqlarni bukuvchi kalta muskul do‘ngligi
chekkalari bo‘ylab ichki va tashqi oyoq kafti egatlari ko‘rinib turadi.
Oyoq panjasi tashqarida tovon suyagi balandligining teng o‘rtasidan V oyoq kaft suyagi
boshchasiga, ichkarida esa I oyoq kaft suyagi boshchasiga tortilgan chiziqlar orqali ustki (orqa)
va pastki (kaft) yuzalariga bo‘linadi.
Oyoq panjasining kaft yuzasi ko‘zdan kechirilganda, unda oldingi (ko‘ndalang)
hamda
ikkita yon (tashqi bo‘ylama va ichki bo‘ylama) gumbazlarni ko‘rish mumkin. Bu gumbazlar
oyoq panjasiga tanadan tushadigan og‘irlikni deformatsiyalanish natijasida engillashtirib, o‘ziga
xos ressor vazifasini o‘taydi. Oldingi ko‘ndalang gumbaz oldingi tayanch nuqtalari (oyoq
panjasining er sathiga bevosita tegib turuvchi qismlari) bo‘lgan I va V kaft suyaklari boshchalari
orasida joylashgan. Bu gumbaz bosh barmoqni yaqinlashtiruvchi muskulning ko‘ndalang
boshchasi hamda uzun kichik boldir muskulining tonusi va ko‘ndalang kaft oldi boylami,
lig.tarseum transversum (V kaft suyagidan boshlanib, II va III ponasimon suyaklarga yopishadi)
hisobiga hosil bo‘ladi.
Ichki bo‘ylama gumbaz tashqi gumbazga nisbatan ancha chuqur bo‘lib, oyoq panjasining
medial qirg‘og‘i bo‘ylab orqa tayanch nuqtasidan (tovon suyagi dumbog‘idan)
oldingi medial
tayanch nuqtasigacha (I kaft suyagi boshchasigacha) bo‘lgan masofoda joylashgan. Uni oshiq
suyagi, talus, qayiqsimon suyak, os naviculare,
uchala ponasimon suyaklar, ossae cuneiformes
laterale, intrmedium et mediale, va I-III kaft suyaklari, ossa metatarsalia I-III hosil qiladi (65-
rasm). Tashqi bo‘ylama gumbaz oyoq panjasining lateral qirg‘og‘i bo‘ylab
orqa tayanch
nuqtasidan oldingi lateral tayanch nuqtasigacha (V kaft suyagi boshchasigacha) davom etadi. Uni
tovon suyagi, calcaneus, kubsimon - os cuboideum, va IV-V kaft suyaklari, ossa metatarsalia IV-
V hosil qiladi. Oyoq panjasining bo‘ylama gumbazini oyoq kafti aponevrozi, oyoq kaftining
uzun boylami, lig.plantare longum va oldingi katta boldir muskuli hosil qiladi va
mustahkamlaydi.
Faqat ichki bo‘ylama gumbazning o‘zini mustahkamlovchi
muskullarga bosh barmoqni
uzoqlashtiruvchi hamda bukuvchi uzun, orqa katta boldir muskullari va bosh barmoqni
yaqinlashtiruvchi muskulning qiyshiq boshchasi kiradi.
Faqat tashqi bo‘ylama gumbazni mustahkamlovchi muskullarga uzun kichik boldir va
jimjiloqni bukuvchi muskullar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: