O’zbеkiston rеspublikasi sog’liqni saqlash vazirligi


Oyoq panjasining kafti (pastki yuzasi), regio plantae pedis



Download 0,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/22
Sana15.06.2022
Hajmi0,77 Mb.
#672753
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   22
Bog'liq
6-mavzu

Oyoq panjasining kafti (pastki yuzasi), regio plantae pedis
Terisi qalin (ayniqsa tovon do‘mbog‘i va kaft suyaklarining boshchalari sohasida) va 
harakatchan. Teridan kaft aponevroziga biriktiruvchi to‘qimali to‘siqchalar ketadi va teri osti 
yog‘ kletchatkasini ayrim-ayrim katakchalarga bo‘ladi. Teri ostida medial va lateral oyoq kaft 
arteriya va nervlaridan chiquvchi teri shoxlari hamda komissural teshiklardan chiquvchi barmoq 
arteriya va nervlari joylashadi. 
Xususiy fassiya ancha qalin bo‘lib (ayniqsa o‘rtada) oyoq kafti aponevrozi nomini olgan. 
Undan chuqurga bo‘ylamasiga yo‘nalgan lateral va medial muskullararo to‘siqlar, septum 
intermusculare laterale et mediale ketadi. Medial to‘siq tovon, qayiqsimon, medial ponasimon va 
I kaft suyaklariga birikadi, lateral to‘siq esa uzun kichik boldir muskuli payining g‘ilofi va V kaft 
suyagiga birikadi. Natijada aponevroz ostida 3 ta: medial, o‘rta va lateral muskul-
fassiya o‘rindiqlari hosil bo‘ladi. 
Kaft aponevrozi oldinda 4-5 ta tutamga ajraladi va bukuvchi muskul paylarini bevosita 
qoplaydi. Kaft-barmoq bo‘g‘imlari yaqinida ko‘ndalangiga yo‘nalgan tutam ham bor. Bo‘ylama 
va ko‘ndalang tutamlarning kesishishi natijasida komissural teshiklar hosil bo‘ladi. 
O‘rta fassial o‘rindiqda, bevosita aponevrozning ostida barmoqlarni bukuvchi kalta muskul 
joylashgan bo‘lib, uning paylari ikkiga ajralib I-IV barmoqlarningo‘rta falangasiga yopishadi. 
Uning ostidagi qavatda orqaroqda oyoq kaftining kvadrat muskuli, m.quadratus plantae va unga 
tutashgan barmoqlarni bukuvchi uzun muskulning payi yotadi. Bu pay oldinda 4 ta payga ajralib 


(ularning orasida chuvalchangsimon muskullar joylashadi), barmoqlarning distal falangalariga 
birikadi. Bu ikkala muskul qavatlari orasida oyoq kaftining chuqur fassiyasi bo‘lib, uning ostida 
yuza kletchatka qavati joylashadi (64-rasm). CHuqur fassiya bilan kaftning uzun boylami 
orasida, yon tomonlardan medial va lateral muskullararo to‘siqlar vositasida chegaralangan oyoq 
kafti kanali bor. Unda oyoq panjasining kvadrat muskulidan tashqari, bosh barmoqni 
yaqinlashtiruvchi muskul, m.adductor hallucis va uning ostida uzun kichik boldir muskulining 
payi hamda oyoq kaftining ikkala (lateral va medial) tomir-nerv tutamlari joylashadi. Ikkinchi va 
uchinchi qavat muskullari orasida chuqur kletchatka qatlami bor. Uchinchi qavat muskullari 
ostida kaft suyaklararo fassiyasi joylashgan bo‘lib, bu fassiya to‘rtinchi qavatdagi kaft 
suyaklararo muskullari, mm.interossei plantares-ni qoplaydi. Bosh barmoqni yaqinlashtiruvchi 
muskul ostida, kaft suyaklararo fassiyasi ustida lateral oyoq kaft arteriyasining davomi bo‘lgan 
oyoq kafti arteriya ravog‘i joylashadi. Undan oyoq kaftining kaft arteriyalari, aa.metatarseae 
plantares, ulardan esa o‘z navbatida umumiy kaft barmoq arteriyalari boshlanadi. Arteriyadan 
tashqarida yotuvchi lateral oyoq kaft nervi, n.plantaris lateralis, I, II chuvalchangsimon va 
barmoqlarni bukuvchi kalta muskuldan tashqari bu o‘rindiqdagi barcha muskullarni, V 
barmoqni, IV barmoq tashqi tomonining terisini innervatsiyalaydi (64-rasm). 
Medial fassial o‘rindiqda bosh barmoqni uzoqlashtiruvchi muskul, m.abductor hallucis, 
uning lateral tomonida bosh barmoqni bukuvchi kalta muskul, m.flexor hallucis brevis ning payi 
yotadi. Bu muskullarning lateral tomonida, medial muskullararo to‘siqda medial oyoq kafti 
arteriyasi, a.plantaris medialis va nervi, n.plantaris medialis, o‘tadi. Arteriya yuza va chuqur 
shoxlarga bo‘linadi: yuza shoxi medial o‘rindiqda tarmoqlanadi, chuqur shoxi esa I kaft usti 
arteriyasi bilan anastomozlashadi. Medial oyoq kafti nervi bosh barmoq muskullarini, 
barmoqlarni bukuvchi kalta muskul va I-II chuvalchangsimon muskullarni, I, II, III va IV 
barmoqning ichki yuzasini innervatsiya qiladi. 
Lateral o‘rindiqning tashqarisida jimjiloqni uzoqlashtiruvchi muskul, ichkariroqda 
jimjiloqni bukuvchi muskul, m.flexor digiti minimi brevis va uning ostida jimjiloqni 
ro‘baro‘ qiluvchi muskul, m.opponens digiti minimi, joylashadi. Lateral to‘siq bo‘ylab oyoq 
kaftining lateral arteriyasi, a.plantaris lateralis, va nervi - n.plantaris lateralis o‘tadi. Bu tomir-
nerv tutami orqada yoy shaklida barmoqlarni bukuvchi kalta muskulning paylari bilan (uning 
ostida) oyoq kaftining kvadrat muskuli orasida o‘tadi. Nerv jimjiloq muskullarini ham 
innervatsiya qiladi. 
B a r m o q l a r oyoq panjasidan barmoqlararo teri burmalari orqali chegaralangan bo‘lib, bu 
burmalar proksimal falangalarning o‘rtasiga to‘g‘ri keladi. Oyoq panjasining kaft yuzasida esa 
barmoqlarning chegarasini yoysimon kaft-barmoq burmasi hosil qiladi, bu burma proksimal 
falangalarning distal 1/3 iga to‘g‘ri keladi. 
Barmoqlarning terisi ustki tomonda yupqa, harakatchan va tuk bilan qoplangan, kaft 
tomonda qalin, teri osti qavati yaxshi rivojlangan. Kaft tomondagi barmoqlarni bukuvchi 
muskullarning paylari suyak-fibroz kanallari orqali o‘tadi; ularning sinovial qinlari kaft-falanga 
bo‘g‘imlari sathida boshlanib, distal falangalarning asosida tugaydi. Bu erda paylar o‘zaro 
qo‘shilib, suyakka birikadi. Barmoqlarning ustki tomonidagi yozuvchi muskullarning paylari 
sinovial g‘ilof bilan qoplanmagan. Uzun yozuvchi muskullarning paylari o‘rtasi bilan o‘rta 
falangalarga, ikkita chekka tomonlari bilan esa distal falangalarga birikadi. Kalta yozuvchi 
muskullarning paylari barmoq aponevrozlariga qo‘shilib ketadi. 

Download 0,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish