O’zbеkiston rеspublikasi sog’liqni saqlash vazirligi


Oshiq-boldir bo‘g‘imi orqa sohasi, regio art.talocruralis posterior



Download 0,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/22
Sana15.06.2022
Hajmi0,77 Mb.
#672753
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
6-mavzu

Oshiq-boldir bo‘g‘imi orqa sohasi, regio art.talocruralis posterior
Bu soha ikkala to‘piqlar orasida va ularning orqasida joylashgan sohani o‘z ichiga oladi. 
Terisi qalin bo‘lib, unda ko‘ndalangiga yo‘nalgan ko‘p sonli burmalar ko‘rinib turadi. 
Teri osti kletchatkasida, hususiy fassiyaning yuzasida tovon arteriya to‘ri - rete calcaneum 
joylashadi. Uni orqa katta boldir, kichik boldir arteriyalari hamda medial va lateral oyoq kafti 
arteriyalaridan chiquvchi tovon shoxlari - rr.calcanei aa.tibialis posterior, peronea, plantares 
medialis et lateralis hosil qiladi. 
Xususiy fassiya axill payiga g‘ilof hosil qiladi. Axill payi tovon do‘mbog‘iga yopishgan 
bo‘lib, shu joyda, payning ichki yuzasi bilan tovon suyagining orqa yuzasi oralig‘ida tovon 
sinovial xaltasi, bursa tendinis calcanei joylashadi. 
Tashqi to‘piq sohasi, regio malleolaris lateralis
Terisi harakatchan, teri ostida, to‘piqning orqasida sonnig kichik teri osti venasi bilan birga 
boldirning teri nervi - 
n.suralis yotadi. Xususiy fassiya qalinlashib 2ta: yuqorigi va pastki kichik boldir muskullarini us
hlab turgichlar - retinaculi mm.peroneorum (fibularium) superius et inferius ni hosil qiladi. 
Tashqi to‘piq, tovon suyagi va bo‘g‘im xaltasi bilan xususiy fassiya orasida tashqi to‘piq ka
nali joylashadi. Kanal orqali uzun va kalta kichik boldir muskullariningpaylari sinovial qinlari bil
an, ulardan orqada kichik boldir arteriyasi o‘tadi va tarmoqlanadi. YUqorigi ushlab turgich ostida
uzun va kalta kichik boldir muskullariningpaylari bitta umumiy sinovial g‘ilofda, pastki ushlab t
urgich ostida esa uzun kichik boldir muskuli kalta muskuldan orqaroqda joylashadi va paylarning


 har qaysisi o‘zsinovial g‘ilofiga ega bo‘ladi. 
Ichki
to‘piq sohasi, regio malleolaris medialis
Terisi nozik bo‘lib, kam harakatchan. 
Xususiy fassiyaning qalinlashishi natijasida bukuvchi muskullarning ushlab turgichi - 
retinaculum mm.flexorum hosil bo‘ladi. Ichki to‘piq bilan tovon suyagining ichki yuzasi 
orasidagi egatsimon chuqurlikni hususiy fassiya qoplashi natijasida ichki to‘piq kanali - canalis 
malleolaris medialis yuzaga keladi. Fibroz to‘siqlar orqali bu kanal bir nechta suyak-fibroz 
kanallariga bo‘linadi (62-rasm). Oldingi kanalda orqa katta bodir muskulining payi sinovial qini - 
vagina sinovialis t.m.tibialis posterior bilan, undan orqadagi kanalda barmoqlarini bukuvchi uzun 
muskul payining sinovial qini - v.sinovialis t.m.flexor digitorum longis, oshiq suyagining 
tayanchi - sustentaculum tali ning orqasidagi kanalda bosh barmoqni bukuvchi uzun muskul 
payining sinovial qini - v.sinovialis t.m.flexor hallucis longi o‘tadi. O‘rta va orqa fibroz kanallar 
orasida, nisbatan yuzada orqa katta boldir arteriyasi va venalari hamda katta boldir nervidan 
iborat bo‘lgan tomir-nerv tutamining g‘ilofi joylashadi; bu erda nerv tomirlardan orqaroqda 
yotadi. Ushbu tomir-nerv tutami va barcha bukuvchi muskullarining paylari ichki to‘piq 
kanalidan chiqib, uning bevosita davomi bo‘lgan tovon kanali - canalis calcaneus ga o‘tadi. 
Tavon kanaliga o‘tishda orqa katta boldir arteriyasi tovon arteriya to‘riga boruvchi tovon 
arteriyasini (rr.calcanei) beradi. 
Tovon kanalini ichkarida bosh barmoqni uzoqlashtiruvchi muskul - m.abductor hallucis, 
tashqarida tovon suyagi - os calcaneus chegaralaydi. Bu kanal oyoq kaftining o‘rtao‘rindig‘idagi, 
aniqrog‘i uning proksimal qismidagi oyoq kafti kanaliga davom etadi. 
Ichki to‘piq kanalidan chiqishda boldir nervi lateral va medial oyoq kafti nervlari - 
nn.plantares lateralis et medialis ga ajraladi. Undan biroz pastroqda orqa katta boldir arteriyasi 
ham lateral va medial oyoq kafti arteriyalari - aa.plantaris lateralis et medialis ga bo‘linadi. 

Download 0,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish