(ularning orasida chuvalchangsimon muskullar joylashadi), barmoqlarning distal falangalariga
birikadi. Bu ikkala muskul qavatlari orasida oyoq kaftining chuqur fassiyasi bo‘lib, uning ostida
yuza kletchatka qavati joylashadi (64-rasm). CHuqur fassiya bilan kaftning uzun boylami
orasida, yon tomonlardan medial va lateral muskullararo to‘siqlar vositasida chegaralangan oyoq
kafti kanali bor. Unda oyoq panjasining kvadrat muskulidan tashqari, bosh barmoqni
yaqinlashtiruvchi muskul, m.adductor hallucis va uning ostida uzun kichik boldir muskulining
payi hamda oyoq kaftining ikkala (lateral va medial) tomir-nerv tutamlari joylashadi. Ikkinchi va
uchinchi qavat muskullari orasida chuqur kletchatka qatlami bor. Uchinchi qavat muskullari
ostida kaft suyaklararo fassiyasi joylashgan bo‘lib, bu fassiya to‘rtinchi qavatdagi kaft
suyaklararo muskullari, mm.interossei plantares-ni qoplaydi. Bosh barmoqni yaqinlashtiruvchi
muskul ostida, kaft suyaklararo fassiyasi ustida lateral oyoq kaft arteriyasining davomi bo‘lgan
oyoq kafti arteriya ravog‘i joylashadi. Undan oyoq kaftining kaft arteriyalari, aa.metatarseae
plantares, ulardan esa o‘z navbatida umumiy kaft barmoq arteriyalari boshlanadi. Arteriyadan
tashqarida yotuvchi lateral oyoq kaft nervi, n.plantaris lateralis, I, II chuvalchangsimon va
barmoqlarni bukuvchi kalta muskuldan tashqari bu o‘rindiqdagi barcha muskullarni, V
barmoqni, IV barmoq tashqi tomonining terisini innervatsiyalaydi (64-rasm).
Medial fassial o‘rindiqda bosh barmoqni uzoqlashtiruvchi muskul, m.abductor hallucis,
uning lateral tomonida bosh barmoqni bukuvchi kalta muskul, m.flexor hallucis brevis ning payi
yotadi. Bu muskullarning lateral tomonida, medial muskullararo to‘siqda medial oyoq kafti
arteriyasi, a.plantaris medialis va nervi, n.plantaris medialis, o‘tadi. Arteriya yuza va chuqur
shoxlarga bo‘linadi: yuza shoxi medial o‘rindiqda tarmoqlanadi, chuqur shoxi esa I kaft usti
arteriyasi bilan anastomozlashadi. Medial oyoq kafti nervi bosh barmoq muskullarini,
barmoqlarni bukuvchi kalta muskul va I-II chuvalchangsimon muskullarni, I, II, III va IV
barmoqning ichki yuzasini innervatsiya qiladi.
Lateral o‘rindiqning tashqarisida jimjiloqni uzoqlashtiruvchi muskul, ichkariroqda
jimjiloqni bukuvchi muskul, m.flexor digiti minimi brevis va uning ostida jimjiloqni
ro‘baro‘ qiluvchi muskul, m.opponens digiti minimi, joylashadi. Lateral to‘siq bo‘ylab oyoq
kaftining lateral arteriyasi, a.plantaris lateralis, va nervi - n.plantaris lateralis o‘tadi. Bu tomir-
nerv tutami orqada yoy shaklida barmoqlarni bukuvchi kalta muskulning paylari bilan (uning
ostida) oyoq kaftining kvadrat muskuli orasida o‘tadi. Nerv jimjiloq muskullarini ham
innervatsiya qiladi.
B a r m o q l a r oyoq panjasidan barmoqlararo teri burmalari orqali chegaralangan bo‘lib, bu
burmalar proksimal falangalarning o‘rtasiga to‘g‘ri keladi. Oyoq panjasining kaft yuzasida esa
barmoqlarning chegarasini yoysimon kaft-barmoq burmasi hosil qiladi, bu burma proksimal
falangalarning distal 1/3 iga to‘g‘ri keladi.
Barmoqlarning terisi ustki tomonda yupqa, harakatchan va tuk bilan qoplangan, kaft
tomonda qalin, teri osti qavati yaxshi rivojlangan. Kaft tomondagi barmoqlarni bukuvchi
muskullarning paylari suyak-fibroz kanallari orqali o‘tadi; ularning sinovial qinlari kaft-falanga
bo‘g‘imlari sathida boshlanib, distal falangalarning asosida tugaydi. Bu erda paylar o‘zaro
qo‘shilib, suyakka birikadi. Barmoqlarning ustki tomonidagi yozuvchi muskullarning paylari
sinovial g‘ilof bilan qoplanmagan. Uzun yozuvchi muskullarning paylari o‘rtasi bilan o‘rta
falangalarga, ikkita chekka tomonlari bilan esa distal falangalarga birikadi. Kalta yozuvchi
muskullarning paylari barmoq aponevrozlariga qo‘shilib ketadi.
Do'stlaringiz bilan baham: