tekis tikilib kuyiladi. Tashki shuntlash qon tomirlarning jaroxatlangan joyini aylanib utib,
qon bilan ta’minlashga karatilgan. Tomir protezi okklyuziya bulgan joyining pastidan
«oxirini yonboshiga» kilib tikiladi. Tashki aylanib utuvchi shunt vaktinchalik va doimiy
bo’iishi mumkin. Tomirlar operatsiya qilishda tajribaga ega bulgan bir gurux olimlar (B-V
Petrovskiy, A.A.Vishnevskiy, B.A Korolev, G.L.Ratner, De Beki, R.Akchurin, Ureech va
b.k.)ning fikricha, tashki shuntlash tukimalarni ishemiyasini oldini olish uchun yaxshi usul
bo’lib xisoblanadi. Ichki shuntlash tomirlarning intimasini jaroxatlaydi, uni kuyilayotgan,
olib tashlayotgan davrida aorta kabi yirik qon tomirda ikki marta qon aylanish tuxtatilishi
bemorning qon tomir tizimining ishiga salbiy ta’sir kilmasdan kolmasligi anikdir.
2
Venalarni kesib olib tashlash
XIX asirning oxiridan boshlab klinik amaliyotda
oyoqlanilib kelinmokda. Bunga misol kilib Madelung (1884) operatsiyasini olish mumkin.
Sondan tovonga uzunasiga kesma
kilinib,
v faphena magna
ni oxiri va boshi boglanib, kolgan joyi olib tashlanadi. Lekin
operatsiyadan sung 30-35 % xollarda retsidiv kelib chikadi. Bundan tashkari bemorga katta
jaroxat etkaziladi, xar xil tortishdagi chandiklar xosil bo’ladi.
Ushbu asoratlarni yukotish uchun Narat (Narath) operatsiyasi taklif kilingan. Bu
usulda venani yunalishi bo’yicha 7-10 sm uzunlikda kesma kilinib, varikoz kengaygan
venalar iloji boricha uzun masofada olib tashlanadi.
Xudi shu guruxga Troyanov-Trendelenturg (1890) operatsiyasi xam kiradi. Bu
operatsiyada
v. saphena magna
ga son venasidan qon okib tushishini tuxtatish uchun shu
venani son venasiga kuylilayotgan joyidan, chov boylamidan 4-5 sm pastidan boglanadi.
Bebkok (1910) usulida sonning katta teri osti venasining son venasiga kuyilgan va
tizza bo’g’imidan sal yuqorirokda sonning medial yuzasidan kundalang kesma kilinadi.
Yuqori kesma orqali olib tashlanadigon vena ichiga tugmasimon zond kiritilib, uni pastga
yunaltiriladi, va venaning distal kismidan chikarib boglanadi. SHundan sung vena zond
orqali tortilib, yuqori teshikdan chikarib olinadi. Vena tashkariga agdarilgan xolda chikadi.
Bu operatsiya anastomozlarning uzilishi va yaralanishi natijasida ichki gematomalar bo’iishi
kabi asoratlarga olib keladi.
Kommunikativ tomirlarni ajratish usuli oxirgi yillarda kuplab oyoqlanila boshlandi.
Bu usul chuqur magistral tomirlardan yuzaki venalarga qoni okib tushishini yukotishga
karatilgan. Linton (1953) operatsiyasida medial tulikdan katta boldir suyagining medial
dumbogigacha teri kesilib, katta teri osti venasi butun yunalishi bo’yicha ajratiladi. Keyin
boldir fatsiyasi mushaklardan asta-sekinlik bilan ajratilib, chuqur venalar bilan tutashtiruvchi
venalarning xammasi boglanadi. Varikoz kengaygan venalar olib tashlanadi va operatsiya
fassiya varaklarining butunligini tiklash bilan tugallanadi. Xuddi shunday operatsiyani v
saphena parva ga nisbatan xam oyoqlash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: