O’zbеkiston rеspublikasi sog’liqni saqlash vazirligi


BOLDIRNING FASSIYA VA KLETCHATKA BO’SHLIQLARI



Download 0,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/22
Sana15.06.2022
Hajmi0,77 Mb.
#672753
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   22
Bog'liq
6-mavzu

BOLDIRNING FASSIYA VA KLETCHATKA BO’SHLIQLARI 
Fascia cruris suyaklarni mushak qoplamagan joylariga yopishib, boldirni o’raydi. 
Boldirning orqa yuzasida u yuzaki va chuqur varaqlardan iborat. YUzaki varaq m.triceps 
surae ni qoplaydi, chuquri esa shu mushak va orqa yotqichning chuqur gurux mushaklari 
orasida turadi xamda ikki tomondan boldir suyaklariga yopishib turadi. 
Septum intermuscularis anterius (cruris) m.m.peronei larning oldida, septum 
intermuscularis posterius (cruris)-ularning orqasidan o’tadi. Ular suyaklar va suyaklar aro 
parda bilan boldirni 3 ta-oldingi, tashki va orqa fassial bo’shliqlarga bo’ladi. 
1.
Boldirning oldingi yotqichi boldir suyaklari, suyaklararo parda va boldirning 
xususiy fassiyasi bilan chegaralanib turadi. A.v.tibialis anteriorni o’rab turgan paravazal 
kletchatka oldingi yotqichni orqa yotqichning chuqur kletchatka bo’shlig’i bilan tutashtiradi. 
N.peroneus profundus oldingi o’rindiqni tashqi yotqich bilan tutashtiradi. 
2.
Boldirning orqa yuzasidagi fassial kletchatka bo’shliqlari tizza va boldir-oyoq 
panjasi, bo’g’imi atrofidagi kletchatka bilan juda katta ‘oramda tutashib turadi. Proksimal 
tomondan boldirni bukuvchi mushaklarning giloflari bilan, taqim chuqurchasi kletchatkasi 
distal tomondan m.gastrocnemius ni medial va lateral boshchalarini giloflari bilan 
chegaralangan taqim osti chuqurchasining kletchatkasi pastda boldirning orqa yotqichiga 
o’tadi. 
Boldirning orqa yotqichi juda katta amaliy axamiyatga egadir, chunki u nafakat taqim 
osti kletchatkasi bilangina tutashib kolmasdan, balki boldir-oyoq panjasi bo’g’imini urab 


turuvchi kletchatka va tovonning fassial kletchatka bo’shliqlari bilan xam tutashib turadi. 
Oyoq panjasi va barmoklarni bukuvchi mushaklar bilan tulgan boldirning orqa 
yotqichi chuqur soxasi katta amaliy axamiyatga ega. U oldindan boldir suyaklari, suyaklar 
aro parda bilan, orqadan xususiy fassiyasining chuqur varagi bilan chegaralanib turadi. Bu 
bo’shliqning chuqur kletchatka yorigi fassiyaning chuqur varagi va m.tibialis posterior 
orasida joylashib, u erda paravazal kletchatka bilan qon tomir tutami va paranevral 
kletchatka bilan n.tibialis yotadi. Boldirning o’rta 1/3, ba’zan esa uning yuqorigi 1/3 da 
a.tibialis posterior dan kichik boldir arteriyalari chikadi va ular os fibulae va m. flexor 
hallucis longus orasidagi paraossal kletchatka bo’shlig’ida yotadi. 
Boldir orqa yotqichining chuqur kletchatka yorigi paravazal kletchatka orqali taqim 
osti chuqurchasi va Gunter kanali bilan, paranevral kletchatka orqali esa sonning orqa 
yotqichi va dumba soxasi bilan tutashib turadi. 
Medial tupik kanali va uning davomi bo’lib tovonning o’rta yotqichiga utuvchi bu 
chuqur kletchatka yorigining amaliy axamiyati kattadir. Medial tupik kanali orqali tovon 
flegmonalarinn boldirga tarkalishini kuzatgan V.F.Voyno-YAsenetskiy bu kanalni «ulim 
darvozasi» deb atagan. chunki boldirning orqa yotqichining chuqur kletchatkasiga ketgan 
yiringli okmaga juda kiyinchilik bilam tashxis kuyiladi va yanada kiyinchilik bilan drenaj 
kilinadi. V.F.Voyno-YAsenetskiyning fikricha, bu yirngli okmani tula drenaj qilish uchun 
retinaculum fexorum va m.abduclor hallucis longus ni kesish kerak, chunki ular medial tupik 
kanalining devorini asosiy kismini tashkil kiladilar. 
Ma’lumki, ariculatio genus bo’g’im sinovial xaltasining juda kuplab burmalari borligi 
bilan xarakterlanadi. Ulardann bo’g’imning oldingi yuzasida 5 tasi joylashgan-2 ta yuqori, 2 
ta pastki va bittasi suprapatellyar - sonning pastki 1/3 ga kutariladi. Keyingi burma doimo 
m.quadriceps femoris ning tagida turuvchi shillik xalta bilan tutashib turadi. Suprapatellyar 
burma soxasida art. genus ning oldingi zaif joyi joylashadi, bu orqali yiringli gonitda okma 
sonning oldingi yotqichidagi paraossal kletchatkaga o’tadi. 
Tizza butimining orqa bulimida 4 ta - 2 ta pastki va 2 ta yuqorigi burma bor. Yuqorigi 
burmalar bo’g’im xaltasining orqa tomonidagi zaif joylari xisoblanadi. YAlliglanish jarayoni 
bu erdan shillik xaltalarga, u erdan esa - taqim osti chuqurchasining kletchatkasiga tarkalishi 
mumkin. 
Tizza bo’g’imiiing oldingi bulimi bo’g’im ichidagi boylamlar, lateral menisk va orqa 
krestsimon boylam orasida tortilgan lateral meniskning Robert boylami bilan bo’g’imning 
orqa bulimidan kariyb ajralib turadi. 
Oldingi bulimni orqa bulimdan tula ajralib turishi natijasida bo’g’imni tula darajada 
(yiringli gonit maxalida) drenaj qilish uchun uning oldingi va orqa bulimlari aloxida 
ochilishi kerak. 
Bo’gimning oldingi bo’limi uzunasiga ketgan parapatellyar kesmalar bilan yaxshi 
ochiladi va drenaj kilinadi, bu kesma tepa tomonga shunday davom ettirilishi kerakki. 
buning yordamida bo’g’im xaltasining suprapatellyar burmasi ochilishi kerak. 
Bo’g’imning orqa bulimi Voyno-YAsenetskiy bo’yicha ikkita orqa yonbosh kesmalar 
yordami bilan ochiladi, ulardan medial i sonning yakinlashtiruvchi katta mushagi payining 
orqasidan vertikal utkaziladi. 
Bo’g’imga qilinadigan o’rta kesmaning yo’lida taqim osti chuqurchasidagi 
a.v.n.poplitea lar yotgani uchun qilinmaydi, bo’g’imning fakatgina medial va lateral 
burmalarigina ochilib, u tulaligicha drenaj qilinmaydi. 


Boldir-oyoq panja bo’g’imining yiringli artritlarida m.flexor hallucis longus katta 
axamiyatga ega bo’ladi, chunki bu mushak bo’g’imning orqa zaif joyiga tegib turadi. 
M.flexor hallucis longus ni urab turuvchi kletchatka orqali art.talocruralis dan 
chikayotgan birlamchi okmalar proksimal yumonga boldirning orqa yotqichiga, sungra fossa 
poplitea ga; distal tomonga- medial tupik kanali orqali tovonning o’rta yotqichiga, 
keyinchalik ichki mushaklar aro tusik orqali tovonning medial fassial urindigiga tarkaladi. 
Art.talocruralis xaltasining oldingi devorida ikkita zaif joyi bor tashki tupikdan ichkarida va 
ichki tupikdan tashkarida. 
Art. talocruralis ning bo’shlig’ini oldingi zaif joylari proeksiyasi bo’ylab tupiklar 
oldidan ikkta uzunasiga ketgan kesma bilan ochiladi. 
Art. talocruralis-ning xarakterli xususiyatlari uning xaltasini bo’g’imning xar 
tomondan urab olgai mushak paylari sinovial kinlari bilan chambarchas boglikligidan 
iboratdir. 

Download 0,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish