O’zbekiston respublikasi qishloq va suv xo’jaligi vazirligi


§ 6. QISHLOQ XO’JALIK ISHLAB CHIQARISHDA



Download 0,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/20
Sana13.01.2020
Hajmi0,84 Mb.
#33719
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   20
Bog'liq
hayot faoliyati xavfsizligi

§ 6. QISHLOQ XO’JALIK ISHLAB CHIQARISHDA 
TEXNIKA XAVFSIZLIGI ASOSLARI 
Reja: 
6.1. Texnika xavfsizligi asoslari 
6.2. Xavfsizlikni ta’minlash vositalari 
6.3. Ishlab chiqarishda texnologik jarayon va vositalarga bo’lgan xavfsizlik talablari 
6.4. Mexanizatsiyalashgan dehqonchilikda mehnat xavfsizligi. 
6.5. Traktor, qishloq xo’jalik mashina va mexanizmlarining texnik holatiga 
qo’yiladigan umumiy talablar. 
6.6. Agregatlarni tuzishda , xizmat ko’rsatishda va ulardan foydalanilganda xavfsizlik 
talablari. 
6.7. Ta’mirlash korxonalari binolariga qo’yiladigan talablar 
6.8. Texnik xizmat ko’rsatishda asbob uskunalarni joylashtirish va texnik holatiga 
xavfsizlik talablari 
6.9. Chorvachilikda xavfsizlik talablari 
6.10. Bosim ostida ishlaydigan uskunalardan foydalanishda xavfsizlik talablari. 
Tayanch iboralar: xavfsizlik texnikasi, texnika xavfsizligi, fizikaviy, kimyoviy va biologik 
xavflar,  xavflar  doirasi,  cheklagich,  signalizatsiya,  saqlagich,  to’siqlar,  avtomatik  uzgichlar, 
tirkama 
va osma uskunalar, qiyalik va bo’ylama turg’unlik. 
Foydalanilgan adabiyotlar: 
1. H.E.G’oipov Mehnat muhofazasi. T., «Mehnat» 2000y 
2.O.Qudratov, T.G’aniev Hayotiy faoliyat xavfsizligi T., “Mehnat” 2004 
3.G.I Belyakov Oxrana truda .M., «Agropromizdat» 1990 g. 
4.Yu.Dodoboyev, M.Hamidov. Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishda 
mehnat muhofazasi.T., «Mehnat» 2000y 
6.1. Texnika xavfsizligi asoslari 
Texnika xavfsizligi deganda, ishlab chiqarish vositalari (mexanizm, mashina, uskuna, 
agregat, moslama,  qurilma va b.)dan ishlab chiqarish jarayonida yuzaga keladigan turli xavfli 
va 
zararli omillarning kishilar sog’ligiga ta’sirini himoyalovchi vositalardan foydalanish evaziga 
qisman yoki butunlay istisno qilingan holatiga aytiladi. 
Xavfsizlik texnikasi deganda, faoliyat turidan qat’iy nazar, o’z vazifasi bajarishda, 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com

faoliyatni  xavfsiz  usullarini  qo’llash  evaziga,  yuzaga  kelishi  mumkin  bo’lgan  turli  xavfli  va 
zararli 
omillarning kishilar sog’ligiga ta’sirini qisman yoki butunlay istisno qilingan holatiga aytiladi. 
Mehnat muhofazasining asosiy vazifalaridan biri ishlovchilarni xavfsiz mehnat sharoiti bilan 
ta’minlashdir. Zamonaviy qishloq xo’jalik ishlab chiqarishi muntazam yangi texnikalar, 
mikrobiologik va kimyoviy moddalar etkazib berishni, chorva mollarini katta komplekslarga va 
mayda 
fermerlik 
xo’jaliklariga 
birlashtirishni, 
ish 
jarayonlarining 
yiriklashuvini, 
dehqonchilikdagi 
ishlarni brigada va oilaviy pudrat asosida bajarishni, ayrim mehnat turlarini hamda vositalarini 
o’zgartirib borishni o’z ichiga oladi. 
Ishlab chiqarish sharoitida insonga jarohat etkazilishi mumkin bo’lgan xavflar asosan 
fizikaviy, kimyoviy va biologik xavflar turlariga bo’linadi. 
Fizikaviy xavfli ishlab chiqarish omillari-bu harakatdagi mashinalar, uskunalarning 
harakatdagi elementlarining to’silmaganligi, qo’zg’aluvchi ustki qismining yuqori yoki past 
haroratda bo’lishi, elektr tarmoqlarining xavfli kuchlanishi, yuqori bosimdagi havo va gazning 
portlagandagi energiyasi va boshqalar. 
Kimyoviy xavfli ishlab chiqarish omillari - odam organizmiga o’yuvchi, zaharli va 
qichitadigan  moddalarning  ta’sir  qilishi,  va  ichki  organlari  yaralanishi  bilan  ifodalanadi. 
Muayyan 
74 
xavfli ishlab chiqarish omillarning kelib chiqishi texnologik jarayon, uskuna konstruktsiyasi va 
ishni tashkil qilinganlik darajasiga bog’liq bo’ladi. 
Biologik xavfli ishlab chiqarish omillari-odam organizmiga turli yuqumli kasalliklarni 
bakteriyalari  va  vitruslari  yuqishi  natijasida  sog’lig’i  va  ish  qobiliyatini  yo’qolishi  bilan 
ifodalanadi. 
Muayyan  xavfli  ishlab  chiqarish  omillarning  kelib  chiqishi  texnologik  jarayon,  ishlab 
chiqarishdagi 
muhit va himoya vositalari hamda kishilarni o’z vaqtida tibbiy ko’rikdan o’tishlarini tashkil 
qilinganlik darajasiga bog’liq bo’ladi. 
Ishlab chiqarishda vujudga kelayotgan va kelishi mumkin bo’lgan jarohat, shikastlanish va 
zaharlanishlarni  oldini  olish  tadbirlari  ancha  murakkab  masala  bo’lib,  buni  hal  qilishda 
muhandistexnik, 
tibbiy-gigiyenik, ekologik va boshqa sohadagi mutaxassislar e’tiborini jalb qilinishi kerak 
bo’lgan muammodir. 
Ishlab chiqarish jarayonida kishilarni hayoti va salomatligiga ta’sir etadigan xavfli ishlab 
chiqarish omillarini ba’zan yoki davriy ravishda sodir bo’lish maydoni xavfli doira deb ataladi. 
Xavfli doira mashina va mexanizmning harakatlanuvchi, aylanuvchi qismlarida, yuk yaqinida, 
ko’tarib-tushiradigan  transport  vositalarida  qo’zgatiladigan  yuk  atrofida  paydo  bo’lishi 
mumkin. 
Ishlovchilarning  kiyim  va  sochlarini  uskunalarning  harakatdagi  qismlari  tortib  ketish 
imkoniyatiga 
ega  xavfli  doira  xavf-xatar  tug’diradi.  Juda  ko’p  jarohatlar  ishchilardagi  osilib  yotgan 
kiyimlarni 
qishloq xo’jaligi mashinalarining to’silmagan uzatmalar mexanizmi o’rab ketishi tufayli sodir 
bo’ladi. 
6.2. Xavfsizlikni ta’minlash vositalari 
Har qanday ishlab chiqarish sohasida etkazib beriladigan barcha turdagi mashina, agregat, 
mexanizm va uskunalar baxtsiz hodisalarning oldini oladigan zamonaviy himoya vositalari bilan 
jihozlanadi. Ishlab chiqarish jarayonida, uskuna va mashinalarga xizmat ko’rsatishda mehnat 
xavfsizlik quyidagi vositalar yordamida amalga oshiriladi: 
• - to’siq; 
• - tormoz, 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com

• - blokirovka; 
• - saqlash uskunalari; 
• -signalizatsiya; 
• -shaxsiy himoyalanish vositalari 
To’siq vositalari. Xavfli hududlarni himoyalash uchun oddiy, ishonchli va arzon to’siq 
uskunalar  keng  qo’lllaniladi.  To’siqlar  doimiy  yoki  vaqtinchalik  bo’lishi  mumkin.  Masalan, 
traktor 
orqa  ko’prigining  tasmali  uzatmalar  qutisining  korpuslari  doimiy  to’suvchi  uskunalardir. 
Doimiy 
to’siqlarning  afzalligi  shundaki,  agregat  ishlayotganda  ishchi  xavfli  hududga  kira  olmaydi. 
Doimiy 
to’siqlar  siljuvchan  va  qo’zgalmas  bo’ladi.  Siljuvchan  to’siqlarni  olib  qo’yish  yoki  chekkaga 
surib 
qo’yish mumkin. Vaqtinchalik to’siqlar korxona, sex, hudud hududdagi ishlarni bajarish vaqtida 
ishlatiladi.  Ularga  misol  sifatida  muhofaza  ekranlari,  metall  щitlar,  parda  va  boshqalarni 
keltirish 
mumkin. Sexda payvandlash ishlarini bajarishda atrofdagilarni elektr yoyning ravshan sho’lasi 
ta’siridan  muhofaza  qilishda,  qurilish  maydonchalari,  xandaqlarni  to’sishda,  boshqa  yer 
ishlarini 
bajarishda vaqtinchalik to’siqlar ishlatiladi. Himoya to’siqlari panjara to’rlardan iborat. Agar 
mexanizm ishini ko’z bilan kuzatib turish zarur bo’lsa, bunday hollarda to’siq shaffof material 
(organik shisha, selluloid va boshq,) dan tayyorlanadi. Bundan tashqari mexanizm va 
mashinalarning harakatlanuvchi uzatmalarida yechiluvchan himoya to’siqlardan ham keng 
foydalanadilar. 
75 
6.1-rasm. Himoya to’siqlari turlari 
a) doimiy yoppasiga to’siq ; b) metall to’rli yechiluvchan to’siq 
Tormoz qurilmalari. Mashina va uskunalarning harakatlanayotgan (aylanayotgan) 
elementlarini  tez  va  asta-sekin  to’xtatish  uchun  tormozlash  uskunalari  ishlatiladi.  Bundan 
tashqari, 
ular  mashinalarni  qiyaliklarda  tutib  turish,  ko’tarilgan  yukning  o’z-o’zidan  pastga  tushib 
ketishidan 
saqlash maqsadlarida ham ishlatiladi. 
Transport vositalarining tormozlash uskunalariga yuqori darajali talablar qo’yiladi. Masalan, 
g’ildirakli  traktorlarning  tormozlash  qurilmalari  traktorning  og’irligi  4  tonnagacha  bo’lganda 
20km 
boshlang’ich tezlikda tormoz berilganda quruq beton yo’lda traktorni tormoz yo’li 6m dan ko’p 
bo’lmasligi lozim. To’xtatib qo’yish tormozining samaradorligi mashinalarning 36% (20°) 
ko’tarilish yoki tushishda ishonchli tutib turishiga qarab aniqlanadi. 
a) b) 
6.2-rasm. Mexanik yuritmali tormoz (a) va to’xtatgich (b) tuzilishi 
Mexanizmlar yoki ularning qismlarini muayyan holatda ishonchli mahkamlashni ta’minlash 
uchun blokirovka vositalaridan keng foydalanadilar. 
Mashina va uskunalar hamda texnologik komplekslarda mavjud talablardan kelib chiqqan holda 
halokat  holatidagi  ish  rejimiga  mo’ljallangan  himoya  uskunalari  bo’lmasa,  bunday  mashina 
ishga 
yaroqli emas deb hisoblanadi. Himoya uskunalarining ishlashi mashina va uskunalar hamda 
texnologik  komplekslarda  nazorat  qilish  omillari  (zo’riqish,  bosim,  harorat  va  h.k.)  ruxsat 
etiladigan 
chegaradan oshib yoki tushib ketganda avtomatik to’xtatadi. 
Barcha himoya qurilmalari to’rt guro’hga bo’linadi: 
• mexanik zo’riqishlardan saqlovchilar (turli xil muftalar, kesilib ketadigan boltlar, 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com

shtiftlar va b.); 
• mashina qismlarining belgilangan gabaritdan chiqishini saqlovchilar (yuk ko’tarish 
mexanizmlarining chetki uzib-ulagichlari, ular mashinaning ish organi yoki mexanizmning 
siljishini cheklab turadi); 
76 
• bosim yoki haroratning ko’tarilib ketishidan saqlovchilar (konstruktsiyasi turlicha bo’lgan 
klapanlar, ular idishdagi bosim ortib ketganida, traktorning gidrotizimida moy, avtomobil va 
traktorning tormozlash tizimida havo bug’ing harorati, qozon uskunasida suv ko’payib 
ketganda ochiladi va h.k.); 
• elektr tok kuchining ruxsat etiladigan chegaradan ortib ketishidan saqlovchilar (elektr 
tarmoqlaridagi eruvchan saqlagichlar, avtomatik uzib-ulagichlar, buzilgan elektr uskuna, 
asbob va boshqalarni tarmoqdan uzib qo’yadi). 
6.3-rasm. Yechiluvchan himoya to’siqlarni 6.4-rasm. Transport vositalari uzatish 
blokirovkalash sxemasi qutilarida blokirovka sxemasi 
A - mashina yoki uskuna korpusi; A -ilashish muftasi qo’shilgan holda; 
B - to’siq korpusi; B -ilashish muftasi qo’shilgan holda 
1 – elektr tarmoq o’tkazgichlari; 2 - metall 1 - pedal ; 2 – blokirovka tortgichi; 
skoba; 3 – himoyalovchi kolodka. 3 - blokirovka uskunasi vali. 
6.5-rasm. Yuk ko’tarilishini cheklash sxemasi 6.6-rasm. Saqlovchi klapan sxemasi 
1,4 – planka; 2- kronshteyn; 3- cheklagich; 1-rostlovchi bolt; 2- prujina; 3-klapan 
5-vilka; 6-tortqich; 7--yuk arqoni. 
Zamonaviy barcha turdagi ishlab chiqarish uskuna va texnik vositalarida sodir bo’lgan yo 
sodir  bo’lishi  mumkin  bo’lgan  xavflardan  himoyalash  uchun  signalizatsiyadan  keng 
foydalaniladi. 
Vazifasiga qarab signalizatsiyalar: 
77 
• ogohlantiruvchi (mehnat xavfsizligiga rioya qilish to’g’risida ogohlantiradi, transport 
vositalarining harakatini boshqarish); 
• halokat haqida (xavfli ish tartibi sodir bo’lganligi to’g’risida) xabar beruchi; 
• nazoratlovchi (ishlab chiqarish jarayonidagi harorat, bosim, suyuqlik miqdori va boshqalarni 
nazorat etish); 
• gaplashishga oid (bir mexanizm yoki agregatga xizmat ko’rsatuvchi, bir guro’h odamlar 
bilan operativ, ovozli va ko’rish signallarini shartli bog’lanishlaridir). 
Tuzilishi jihatdan yorug’lik beruvchi, maxsus ovoz beruchi va turli rangli va belgili 
signalizatsiyalardan keng foydalanadilar. Yorug’lik signalizatsiyalari transport vositalarida 
xavfsizlik vositasi sifatida keng foydalaniladi. 
6.7-rasm. Turli xavflardan ogohlantiruvchi tovushli va rangli signalizatsiyalar 
Bundan tashqari mehnat xavfsizligini ta’minlash maqsadida turli xil belgilardan ham keng 
foydalanadilar. ГОСТ 12.4.026-76 ga asosan mehnat xavfsizligini ta’minlovchi belgilar to’rt 
guro’hga,  ya’ni  taqiqlovchi,  ogohlantiruvchi,  buyuruvchi  va  ko’rsatuvchi  belgilar  turiga 
bo’linadi. 
Taqiqlovchi belgilar qandaydir harakatni taqiqlaydi va hoshiyalari qizil rangda bo’lib, 
aylana shakliga ega (ochiq olovdan foydalanishni, transport yoki yo’lovchi harakatini, harakat 
tezligini taqiqlaydi va boshq.). 
6.8-rasm. Taqiqlovchi belgilar 
78 
Ogohlantiruvchi belgilar oldinda xavf borligi to’g’risida (portlash, o’t olish, elektr tokidan 
jarohatlanish, qandaydir buyumlarning tushib ketishini va boshq.) xabar beradi va uchburchak 
shaklida bo’lib sariq rangda bo’yaladi. 
6.9-rasm. Ogohlantiruvchi belgilar turlari 
Buyuruvchi belgilar ko’k rangli aylana shaklida bo’lib, belgida ko’rsatilgan shakl asosida, 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com

ish  jarayonini  bajarishda  xavfsizlik  vositalaridan  foydalangan  holda  amalga  oshirishni 
buyuradi. 
6.10-rasm. Buyuruvchi belgilar 
Ko’rsatuvchi belgilar ko’k rangli to’rtburchak shaklida bo’lib asosan informatsion 
xarakterga ega belgidir. Ko’rsatuvchi belgilar korxonadagi har xil ob’ektlarni joylashgan joyini 
ko’rsatadi. 
79 
6.11-rasm. Ko’rsatuvchi belgilari 
Bundan tashqari jamoat va ishlab chiqarish binolarida turli xavfli holatlar yuzaga kelganda, 
ishchi-xodimlarning  binoni  xavfsiz  yo’laklar  orqali  tark  etishlari  uchun  evakuatsiya,  yong’in 
xavfi 
tug’ilganda, yong’inni birlamchi o’chiruvchi vositalar joylashgan joylarni ko’rsatuvchi-yong’in 
xavfsizligi belgilari ham mavjud bo’lib, bu belgilar bevosita yo’laklar yoki vositalar joylashgan 
joylarda osib qo’yiladi. 
6.12-rasm. Evakuatsiya belgilari 
6.13-rasm. Yong’in xavfsizligi belgilari 
80 
6.14-rasm. Tirkama (a) va osma (b) agregatlari uchun avtoulash uskunasi 
a) 1- avtoulash ramkasi; 2 – avtoulash qulfi; b) 1 – tortgich; 2 – prujina; 
3 va 4 – chegaralovchi tayanch; 5–uya; 6 – korpus; 7–ulash mexanizmi 
Masofadan turib kuzatish va boshqarish shu sharoitlarda olib boriladiki, operatorni ish 
doirasida  xavfsizlik  nuqtai  nazaridan  yoki  texnologik  sabablarga  ko’ra  mumkinmasligi, 
shuningdek 
ishlab chiqarishni kompleks mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish sharoitida samarasizdir. 
Masofadan  kuzatish  maxsus  datchiklar,  signalizatorlar,  teleekranlar  va  nazorat-o’lchov 
asboblari 
orqali olib boriladi. Masofadan turib boshqarish esa elektr, pnevmatik, mexanik, gidravlik va 
boshqa  uzatmalar  orqali  olib  boriladi.  Mikrojarayonlar  avtomatik  boshqarish  tizimlari, 
elektronhisoblash 
mashinalarida bajariladi. 
Avtomatik ulash qurilmalari traktorni tirkama yoki osma mashinalar bilan avtomatik ulashni 
ta’minlab  beradi.  Avtomatik  ulashlarni  keng  miqyosda  ishlab  chiqarishga  tatbiq  etilishi 
mashinalar 
agregatlardan sodir bo’ladigan jarohatlanishlarni butunlay yo’qotadi. 
6.3. Ishlab chiqarishda texnologik jarayon va vositalarga bo’lgan xavfsizlik talablari 
Ishlab chiqarishda texnologik jarayonlarni bajarishda, tashkil qilishda va loyihalashda ГОСТ 
12.3.502-75 va TS 46.0.141-83 quyidagilarni inobatga olish shart deb belgilaydi: 
• ishchilarni xavfli va zararli ta’sir ko’rsatishi mumkin bo’lgan dastlabki materiallar, yarim 
mahsulotlar va chiqindi ishlab chiqarilishi bilan bevosita aloqasini yo’qotish; 
• xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari mavjud joylarni kompleks avtomatlashtirish hamda 
mexanizatsiyalash; 
• texnologik jarayonlarda nazorat va boshqarish tizimini o’rnatish maqsadga muvofiqdir. 
Ishlab chiqarish chiqindilarini o’z vaqtida zararsizlantirish va chiqarib tashlash, xavfli va 
zararli  ishlab  chiqarish  omillarini  kishilar  organizmi  va  atrof  muhitga  ta’sirini  kamaytirishga 
olib 
keladi.  Materiallarni,  tayyor  mahsulotni  va  ishlab  chiqarish  chiqindilarini  saqlaganda,  xavfli 
ishlab 
chiqarish omillarining sodir bo’lishidan himoyalanish kerak. 
Uzluksiz ishlab chiqarish jarayonlarining xavfsizligini, uskunalarni to’g’ri joylashtirish va 
ish joylarini oqilona tashkil qilish bilangina ta’minlash mumkin. 
Ishlab chiqarishda ishlashga ruxsat etilgan shaxslarning jismoniy imkoniyatlarini va mehnat 
xususiyatlarini hisobga olish shart. Xizmat qiluvchi xodimlar bajarayotgan ishlariga muvofiq 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com

mehnat xavfsizligi bo’yicha kasbiy tayyorgarlikdan o’tgan bo’lishi lozim. 
Yuk ko’tarish-tushirish mashina va mexanizmlarini, tashish vositalarini ishlatganda 
81 
mehnat xavfsizligi. Qishloq xo’jalik korxonalarida yuklarni tashish, yuqoriga ko’tarish uchun 
ko’pgina mashina hamda mexanizmlar ishlatiladi. Tashuvchi mexanizmlar asosan gorizontal 
yo’nalishda harakatlanadilar. Ular uzluksiz ishlaydigan: tasmali transportyor, havo yordamida, 
roliklar, tarnovlar yordamida ishlaydigan va boshqa turlardan iborat bo’ladi. Davriy ravishda 
ishlaydiganlarga  esa  avtomobillar,  avto  va  elektryuklagichlar  va  hokazolar  kiradi.  Yuk 
ko’taruvchi 
uskunalarga ko’prik kranlari, avtomobillarga o’rnatiladigan aylanma kranlar, telfer, o’ziyurar 
aravacha o’rnatilgan tal va boshqalar kiradi. 
Rasm 6.15. Yuklarni xavfsiz ilashtirish va ko’tarish usullari 
Kranlarda ishlashda odamning yuk va kranning harakatsiz qismi yoki boshqa ob’ekt (devor, 
82 
kolonna) orasida siqilib qolishi, ilmoq to’g’ri ilinmaganligi sababli yukning tushib ketishi, elektr 
uzatish  liniyalari  yaqinida  ishlayotganda  elektr  toki  urishi,  ishlayotganlar  malakasining 
etishmasligi 
va boshqa sabablar tufayli baxtsiz hodisalar sodir bo’lishi mumkin. Yuk ko’tarish uskunasida 18 
yoshga  to’lganlargina  ishlashiga  ruxsat  etiladi,  bundan  tashqari  ular  tibbiy  ko’rikdan  o’tgan, 
maxsus 
ta’lim olgan va tegishli guvohnomasi bor bo’lishi kerak. 
Xo’jalikning ta’mirlash ustaxonalarida sozlash ishlarini bajarishda kran-to’sinni (kran – 
balka) ishchilarning o’zlari boshqaradilar, shu sababli ular bilan ko’tarish mexanizmlari bilan 
xavfsiz ishlash qoidalari bo’yicha ham vaqt-vaqti bilan dars o’tkazib turish zarur. 
Barcha yuk ko’tarish vositalari, qo’l bilan ishga tushiriladigan va 1 t gacha yuk ko’taradigan 
kranlardan tashqari, «Sanoatkontexnazorat» organlari ro’yxatidan o’tgan bo’lishlari kerak. 
Yuk ko’tarish va tashish mashina va uskunalarini «Sanoatkontexnazorat» davlat tashkiloti 
tomonidan rasmiylashtirilib, ko’rikdan o’tkaziladi va foydalanishga ruxsat etiladi. Texnik ko’rik 
asosan  ikki  bosqichda,  to’liq  -  har  uch  yilda  bir  marotaba  va  qisman  har  o’n  ikki  oyda  bir 
marotaba 
amalga oshiriladi. To’liq texnik ko’rik davomida yuk ko’tarish mashinalari va uskunalari statik 
va 
dinamik sinovlar asosida tekshiriladi. 
6.16-rasm. Yuk ko’tarish mexanizmlarini statik 6.17-rasm. Stroplalarga ta’sir 
sinov o’tkazish sxemasi ko’rsatuvchi kuchlar sxemasi 
1 – yuk; 2- ipli ko’rsatkich; 3- lineyka 
Statik sinov davomida yuk ko’tarish mexanizm yoki mashinasini yuk ko’tarish qobilyatidan 
25%  ortiqcha  zo’riqish  asosida  yerdan  20-30  sm  balandlikda  ko’tarilib  10  daqiqa  davomida 
ushlab 
turiladi. Bunda sim arqonlarni sifati va ko’tarish mexanizmini to’g’ri chiziq ip bilan paralelligi 
tekshiriladi. 
Dinamik sinovda ko’taradigan yuk miqdori 10% ga oshirib, yuk bir necha marotaba 
ko’tarilib tushiriladi va burchak ostida aylantiriladi. Bunda mashinaning barcha mexanizmalari 
va 
tormoz tizimi ishi tekshiriladi. 
Mashinalarning bevosita yuk ko’taruvchi moslamalalari (stropa, sim arqon, zanjir, qisqich, 
ilgak va boshq.) foydalanishga topshirilishidan oldin har galgi tozalanishdan so’ng sinovdan 
o’tkazilishi kerak. Sinov, me’yordagi yuk ko’tarish qobiliyatidan 25 % ko’p holda bajariladi. Yuk 
ko’taradigan po’lat va ilmoqli simarqonlarning bir o’ramidagi uzilgan tolalar miqdoriga qarab 
yaroqli  yoki  yaroqsizligi  aniqlanadi.  Bitta  arqonda  uzilgan  tolalar  10%  bo’lsa,  simarqon 
yaroqsiz 
deb hisoblanadi. 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com

Yukni ortish yoki tushirishga qadar yuk ko’taruvchi vositalarning mustahkam va turg’unligi, 
ularning yuk ko’taruvchanligi, ko’tariladigan yukka muvofiq kelish-kelmasligi, arqon, sim arqon 
va 
himoya to’siqlarining holatini tekshirish lozim. 
83 
Qishloq xo’jaligida yuklar xavflilik darajasi bo’yicha 5 guro’hga bo’linadi: 
• kam xavfli (qurilish, sabzavotlar va boshq.); 
• yonilg’i (moy, benzin va boshq.); 
• issiq va changlanuvchi (asfalt, mum, sement va boshq.); 
• agressiv suyuqliklar (kislotalar, ishqorlar va boshq.); 
• gazsimon tez portlovchi va o’ta tez yonuvchi materiallar (atsetilen va kislorodli gaz 
ballonlari, paxta tolasi va mahsulotlari). 
Massasiga qarab yuklarni uch toifaga ajratish mumkin: 
• 80 kg gacha; 
• 80 dan 500 kg gacha; 
• 500 kg dan og’ir bo’lgan yuklar. 
Yuklar ko’pincha qoplarda, savatlarda, karton qutilarga, bochkalarda ortib tashiladi. Ortish 
usuli  tashiladigan  yukka  va  yuk  ko’taradigan  mashinalar  yoki  boshqa  vositalarning  bor-
yo’qligiga 
bog’liqdir. Qishloq xo’jaligidagi jarohatlarning 35% ga yaqini transportda ish bajarganda sodir 
bo’ladi.  Yuklarni  qo’lda  ortish  va  tushirish  faqat  muvaqqat  maydonchalarda  ruxsat  etiladi. 
Bunday 
holda erkaklar  ko’pi bilan 50 kg, ayollar esa ko’pi bilan 9 kg, 18 yoshgacha bo’lgan o’smirlar 
ko’pi 
bilan 13 kg, o’smir qizlar ko’pi bilan 7 kg yuk ko’tarishlariga ruxsat etiladi. 
Chang bo’ladigan yuklarni ortish va tashishda haydovchilar, yuk tashuvchilar, albatta, 
himoya ko’zoynaklari va respiratorlardan foydalanishlari kerak. Chang bo’ladigan yoki badbo’y 
hidli yuklar brezent bilan yopiladi. Bochka yoki shunga o’xshash yuklarni ortishda maxsus 
ponalardan foydalaniladi. Transport harakati vaqtida yuklar siljimasligi uchun tashishga 
tayyorlangan  yuklar  arqonlar  bilan bog’lab mahkamlab  qo’yiladi.  Uzun  yuklar  alohida  e’tibor 
bilan 
mahkam bog’lanishi lozim. Yonilg’ini avtosisternalarda va metall bochkalarda tashishga ruxsat 
etiladi.  Siqilgan  kislorod,  atsetilen  va  boshqa  yonuvchi  gazlar  solingan  ballonlarni  tashishda 
ular 
kuzovlarga  yog’ochdan  yasalgan  uyali  maxsus  tagliklarga  joylashtiriladi  va  mahkamlab 
qo’yiladi, 
bu tagliklar namat bilan o’ralgan bo’lishi kerak. Yonilg’i gaz to’ldirilgan ballonlarni kislorodli 
ballonlar bilan birgalikda, kislorodli ballonlarni esa moyli moddalar va moylar bilan birgaliqda 
tashish mumkin emas. Hamma ballonlardagi ventillarni shikastlanish va ifloslanishdan saqlash 
uchun qopqoqlar bo’lishi kerak. Yoz kunlarida ballonlar qizib ketmasligi uchun brezent bilan 
o’raladi. 
Ortilgan yukning yerdan baland qismigacha bo’lgan oraliq 3,8 m dan ortiq bo’lmasligi, eni 
2,5  m  dan  ortmasligi,  transport  orqasidan  2  m  dan  ko’p  chiqib  turmasligi  kerak  (6.18-rasm). 
Agar 
yuk  yoki  tashilayotgan  qishloq  xo’jaligi  mashinasining  massasi  juda  og’ir,  balandligi  yoki 
gabaritda 
belgilangan  o’lchamdan katta  bo’lsa, u holda bunday yukni tashish uchun yuk olingan yerdagi 
DAN 
dan ruxsat olish zarur. Ruxsatnomada harakat vaqti va marshrut ko’rsatiladi. Agar bunday yuk 
bilan 
temir  yo’l  orqali  o’tiladigan  bo’lsa,  temir  yo’l  muassasasidan  qo’shimcha  ruxsatnoma  olish 
zarur. 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com

Agar yuk enining oxirgi nuqtasi bilan oldingi yoki ketingi gabarit chiroqlari orasidagi oraliq 0,4 

dan ortiq bo’lsa, transport vositasi gabaritidan 1 m dan ortiq chiqib qolgan yuklar kunduz kuni 
signalli taxtachalar yoki bayroqchalar bilan, tunda va kunduz kuni ko’rish yomonlashgan vaqtda 
yoqilgan  chiroqlar  bilan  belgilanishi lozim.  Agar tirkama  dishlosi transport  orqasidan  1m  dan 
ortiq 
chiqib  qolsa,  unga  va  egiluvchan  shatak  zvenosiga  ham  shunday  belgi  qo’yiladi.  Signalli 
taxtachalar 
va  bayroqchalarning  o’lchami  400x400  mm  bo’lishi  kerak.  Ularning  o’ng  va  teskari 
tomonlariga 
qarama-qarshi  diagonal  bo’yicha  eni  50mm  keladigan  qilib,  qizil  va  oq  yo’llar  oralatib 
chiziladi. 
Og’ir yuk tashiydigan tirkama-mashinalarga hamda yuk mashinalariga ortish va ularni tashish 
ishlari ma’muriyat vakilining kuzatuvida olib borilishi kerak. 
Ayniqsa transport vositalari, uziyurar shassi va qishloq xo’jaligi agregatlarini ish jarayonida 
vujudga keladigan xavfli omillardan biri, bu bo’ylama va yonbosh qiyalikda harakatlanganda 
ularning bo’ylama va yonaki turg’unligidir (6.20-rasm). 
Transport vositalari, uziyurar shassi va qishloq xo’jaligi agregatlarini ko’ndalang 
turg’unligini  oshirish  uchun  ularning  g’ildiraklar  oralig’i  mumkin  qadar  kengaytiriladi  yoki 
mazkur 
traktorga  tirkaladigan  standart  tirkamalar  g’ildiraklari  oralig’iga  teng  qilib  o’rnatiladi.  T-
28x4M va 
MTZ-80 traktorlarida yo’l tirqishi kamaytiriladi. 
84 

Download 0,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish