O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA
SUV XO’JALIGI VAZIRLIGI
SAMARQAND QISHLOQ XO’JALIK INSTITUTI
HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI
FANIDAN MARUZALAR MATNI
Samarqand – 2015
2
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
«Hayot faoliyati xavfsizligi» fanidan majmo’a amaldagi me’yoriy va huquqiy hujjatlar,
mutaxassisliklar bo’yicha adabiyotlar hamda internet tarmog’idan olingan ma’lumotlar hamda
O’zbekiston Respublikasining mintaqaviy xususiyatlari va talablari inobatga olgan holda har
tomonlama tahlil asosida tayyorlangan. Majmo’a qishloq xo’jaligi bakalavriat ta’lim yo’nalishi
bo’yicha bilim olayotgan talabalarga fanni chuqur va mukammal o’zlashtirish hamda reyting
nazoratining turli ko’rinishlariga mustaqil tayyorlanishida foydalanish uchun mo’ljallangan.
Mazkur maruzalar kursi «Umumiy texnika fanlari va hayot faoliyati xavfsizligi»
kafedrasida (bayonnoma № ___« » __________ 2015y.), «Qishloq xo’jaligini
mexanizasiyalash va mahsulotlarini qayta ishlash» fakultetining uslubiy kengash (bayonnoma
№ __ « » ________ 2015y.) va institututning markaziy uslubiy kengash (bayonnoma № ___
«___ »__________ 2015y) yig’ilishlarida muhokama qilinib, institut ilmiy kengashi tomonidan
(bayonnoma № «____» ____ __________ 2015y.) chop etishga ruxsat etildi.
Tuzuvchi:
Katta o’qituvchi AXasilbekov
Taqrizchilar:
Agrohomiya fakulteti dekani, dosent D.Normurodov.
I.T.Ergashev, t.f.d., prof., Samarqand qishloq xo’jaligi instituti, Qishloq xo’jaligi
mashinalari, foydalanish va ta’mirlash kafedrasi professori.
3
KIRISH
Respublikamizda olib borilayotgan siyosatning ustuvor yo’nalishlaridan biri bo’lib,
kishilarnirng ishlab chiqarish va favqulodda vaziyatlarda vujudga keladigan xavf-xatardan
sog’lig’i va xavfsizligini ta’minlashdan iboratdir. Hayotning barcha tarmoqlarida kishilar
xavfsizligi va sog’lig’i muhofazasini ta’minlash va uni saqlash masalalarini hayotda tadbiq
etishda „Hayot-faoliyat xavfsizligi" fanining roli katta ahamiyatga ega. Mazkur fan kishilarni
ishlab chiqarish faoliyati davomida xavfsizligi hamda favqulodda vaziyatlarda ularning
muhofazasini ta’minlash masalalarini yagona tarkibiy tizimga birlashtiradi.
Fanning maqsadi - qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishdagi barcha ishchi xodimlar va
rahbarlarni xavfsiz va sog’lom ish sharoitlarini yaratishga nazariy va amaliy jihatdan
tayyorlash, hamda favqulodda vaziyatlar xavfi tug’ilganda yoki vujudga kelganda to’g’ri harakat
qilish va himoyalanish asoslarini o’rgatish bilan birga kishilarni xavfsizlikni ta’minlash
borasidagi qonun oldidagi majburiyatlari, burchlari va huquqlarini o’rgatadi.
„Hayot-faoliyati xavfsizligi" fani, ilmiy fan bo’lib u muhansdislik psixologiyasi, odam
fiziologiyasi, mehnat muhofazasi, fuqaro muhofazasi, ekologiya, tibbiyot, ergonomika, iqtisod,
huquqshunoslik, tabiiy, texnogen va ekologik favqulodda holatlarni o’rganuvchi va boshqa
mutaxassislik fanlari bilan bog’liq holda rivojlanib kelmoqda.
Fanni o’zlashtirish davomida talabalar ishlab chiqarish jarayoni va favqulodda
vaziyatlarda kishilar va atrof muhit xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan me’yoriy-huquqiy
hujjatlar, xavfli va zararli omillar, ularning inson organizmiga ta’siri, ularning xavfli ta’siridan
himoyalanish usullari va vositalari, ishlab chiqarishda va favqulodda holatlarda hayot-faoliyat
xavfsizligini ta’minlash bo’yicha ishlarni tashkil qilish, radiasion va kimyoviy holatni baholash
usullari, qishloq xo’jalik obyektlarining barqarorligini oshirish yo’llari va usullari, hamda
favqulodda holatlarda kechiktirib bo’lmaydigan tuzatish-tiklash ishlarini tashkil qilish va olib
borish tartibi va usullarini o’rganadi.
4
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
§1. HAYOT FAOLIYATI XAFSIZLIGINING
NAZARIY ASOSLARI
Reja:
1.1. Hayot faoliyati xafsizligining ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati va mazmuni.
1.2. Hayot faoliyati xafsizligi bo’yicha asosiy tushuncha, atama va aniqlashlar
1.3. «Inson-mashina -muhit» tizimi tasnifi.
1.4. Xavfsiz va zararsiz mehnat sharoitini yaratishning asosiy yo’llari.
1.5. Qishloq xo’jalik ishlab chiqarishidagi ish sharoitlari va ularning asosiy xususiyatlari.
1.6. Hayot faoliyati xafsizligi fanining rivojlanish asoslari
Tayanch iboralar: Ergonomika, mehnat fiziologiyasi, mehnat gigiyenasi, xavf-xatar,
«Inson-mashina-muhit» tizimi, Xalqaro Mehnat Tashkiloti konventsiyalari
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. H.E.G’oipov. Mehnat muhofazasi.- Toshkent, «Mehnat», 2000.
2.O.Qudratov, T.G’aniev Hayotiy faoliyat xavfsizligi.- Toshkent, «Mehnat” 2004.
3.G.I Belyakov Oxrana truda. - Moskva, «Agropromizdat», 1990.
4. Programma Sotrudnichestva mejdu Respublikoy Uzbekistan i
Mejdunarodnoy organizasiyey truda na period 2000–2002 gg.
1.1 . Hayot faoliyati xavfsizligi fanining
ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati va mazmuni
Mamlakatimizda olib borilayotgan ijtimoiy siyosatning asosiy yo’nalishlaridan biri –
respublikamiz fuqarolarini ishlab chiqarish jarayoni va boshqa holatlarda mavjud yoki vujudga
kelishi mumkin bo’lgan turli xavfli va zararli omillar ta’siridan himoyalash, ularning ijtimoiy
himoyasini qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlar asosida ta’minlash hamda sanitariya va
gigiyena talablariga mos mehnat sharoitlarini yaratib berishdan iboratdir.
Respublikamizda ish beruvchi va ishlovchi o’rtasidagi munosabatlarni xalqaro
andozalarga mos holda tashkil etish maqsadida Xalqaro mehnat tashkiloti tomonidan ishlab
chiqqan konventsiyalaridagi ishchi kelishuv, qiqrq soatlik ish haftasi, bayram kunlari ishlagani
uchun haq to’lash, onalik huquqini himoyalash, majburiy mehnatni yo’q qilish, bandlik va
faoliyat to’risidagi kelishuv, ishchilar vakilligi va mehnatni taqdirlash kabi masalalar keng
o’rganilib, amaldagi qonun va boshqa me’yoriy hujjatlarda o’z aksini topgan. Ayniqsa
respublikamiz mustaqillik yillarida Xalqaro Mehnat Tashkiloti konvensiyalarini ratifikatsiya
qilinishi (C29 Forced Labour Convention, 1930 Uzbekistan,1992 ratified, C47 Forty-Hour Week
Convention, 1935 Uzbekistan,1992 ratified, C52 Holidays with Pay Convention, 1936
Uzbekistan, 1992 ratified C98 Right to Organise and Collective Bargaining Convention, 1949
Uzbekistan, 1992 ratified, C100 Equal Remuneration Convention, 1951 Uzbekistan,1992
ratified, C103 Maternity Protection Convention (Revised), 1952 Uzbekistan, 1992,
ratified, C105 Abolition of Forced Labour Convention, 1957 Uzbekistan, 1997 ratified, C111
Discrimination (Employment and Occupation) Convention, 1958 Uzbekistan 1992 ratified,
C122 Employment Policy Convention, 1964 Uzbekistan,1992, ratified, C135 Workers'
Representatives Convention, 1971 Uzbekistan,1997 ratified) respublikmizning xalqaro
maydondagi siyosiy mavqeini yanada mustahkamladi va jahon andozalariga mos keladigan
mehnat qonunlari va boshqa me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqishga asos bo’ldi.
Hayot faoliyati xavfsizligi fani tarkibi jihatdan quyidagi qismlardan tashkil topgan:
- hayot faoliyati xavfsizligining nazariy asoslari;
- ishlab chiqarishda hayot faoliyati xavfsizligining huquqiy va
tashkiliy masalalari;
5
- ishlab chiqarishda sanitariya va gigiyena asoslari;
- ishlab chiqarishda texnika xavfsizligi asoslari;
- ishlab chiqarishda elektr xavfsizligi;
- ishlab chiqarishda yong’in xavfsizligi;
- favqulodda vaziyatlar turlari va ularning tasnifi;
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
- favqulodda vaziyatlarda aholi va atrof muhit muhofazasining
huquqiy asoslari;
- tabiiy, radiatsion, kimyoviy va biologik favqulodda vaziyatlar
tasnifi;
- favqulodda vaziyatlarda qishloq xo’jalik inshootlarida barqarorlikni
ta’minlash va kechiktirib bo’lmaydigan qutqaruv-tiklash ishlarini
tashkil etish tadbirlari.
Insonni har qanday faoliyati davomida xavfsizligini ta’minlash qadimgi davrdan hozirgi
kungacha muhim masalalardan biri bo’lgan va bo’lib kelmoqda. 1950-yil sentyabr oyida
Germaniyaning Kyoln shahrida bo’lib o’tgan birinchi xalqaro kongresda, Hayot - faoliyat
xavfsizligi fan sifatida qabul qilindi va mustaqil fan sifatida shakllanib o’z nazariyasi, uslubi va
printsiplariga ega bo’ldi.
“Hayot faoliyati xavfsizligi” fani muhandislik psixologiyasi, psixofiziologiya, mehnatni
ilmiy tashkil qilish, mehnat fiziologiyasi, mehnat gigiyenasi, antropometriya, ergonomika,
texnikaviy estetika, huquqshunoslik, iqtisodiyot, sanoat ekologiyasi, tibbiyot, geologiya va
boshqa fanlarning yutuqlariga asoslanib, ushbu fanlar bir biridan tadqiqot qilinadigan yoki
o’rganiladigan ob’ektlarining turi, ya’ni, “Inson-mashina”, ”Inson-muhit”, “Inson-
mashinamuhit”
tizimlari bilan farq qiladi.
Mazkur ma’ruzalar kursi asosan ikkita asosiy qism:
-ishlab chiqarish faoliyati jarayonida xavsizlikni ta’minlash asoslari ( mehnat
muhofazasi, xavfsilik texnikasi va ishlab chiqarish vositalari xavfsizligi);
-aholi va atrof muhitni, tabiiy, ekologik va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarda
muhofaza qilish asoslaridan iborat.
Mehnatni muhofaza qilish — bu tegishli qonun va boshqa me’yoriy hujjatlar asosida
amal qiluvchi, insonning mehnat jarayonidagi xavfsizligi, sihat-salomatligi va ish qobiliyati
saqlanishini ta’minlashga qaratilgan ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy, texnikaviy, sanitariya-gigiyena
va davolash-profilaktika tadbirlari hamda vositalari tizimidan iborat.
Mehnatni muhofaza qilishni o’rganishdan maqsad – ishlab chiqarish jarayoni
xavfsizligini chuqur o’rganish, bilish, tashviqot qilish va odamlarni xavf-xatardan himoya qilish
masalalari asosida tarbiyalashdir. Buning ilmiy zamini:
- ishlab chiqarishda shikastlanish, kasbiy kasalliklar, yong’in va halokatlar sabablarini
har tomonlama tahlil qilish;
- mehnat jarayonida qo’llaniladigan asbob-anjomlarning xavfsizlik va zararlilik darajasini
o’rganish;
- qishloq xo’jaligida qabul qilingan yoki joriy etishga tavsiya etiladigan og’ir hamda
sermehnat ishlarni mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish jarayonlarni asoslash va baholash kabi
ishlar asosida yaratiladi.
1.2. Hayot faoliyati xafsizligi bo’yicha asosiy tushuncha,
atama va aniqlashlar
Xavf-xatar – kimyoviy, biologik, fizikaviy yoki aralash holatdagi omillarni kishiga
bevosita yoki bilvosita ta’siri natijasida sog’lig’iga etkazadigan ko’ngilsiz hodisalar.
Xavflar taksonomiyasi - bu murakkab hodisalarni, tushunchalarni, kishi faoliyatiga
6
qaratilgan narsalarni tasniflash va tizimlash to’g’risidagi fandir. U faoliyat xavfsizligi borasida
bilimlarni uyushtirishda, xavflarning tartibini yanada chuqurroq o’rganishda katta ahamiyatga
ega.
Xavflar ro’yxati - bu ishlab chiarishda mavjud xavflarni (o’zgaruvchan harorat, havo
tezligi, bosim, yorug’lik, havoni ionizatsiyalash, radioaktiv nurlar, portlash, gerbitsid, shovqin,
tebranish, yong’in, zaharli moddalar, lazer nuri, elektr yoyi va sh.o’.) aniq bir tartib bo’yicha
qo’yilgan nomlar va atamalar. Har bir tekshiriladigan ob’ektda o’tkaziladigan aniq tekshirishlar
uchun shu ob’ektda uchraydigan xavflar ro’yxati tuziladi va baholanadi.
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
Xavflar kvantifikatsiyasi - hayot-faoliyat xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan tadbirlar
uchun etarli darajada kerak bo’lgan miqdoriy, vaqtincha, fazoviy va boshqa xususiyatlarni
aniqlab amalga oshirish jarayonidir. Tenglashtirish jarayonida aniq bir masalani hal qilishda
xavflar ro’yxati, zarar va boshqa omillar aniqlanadi.
Sabab va oqibatlar. Sodir bo’lgan xavflar bilan sabablar o’rtasida sabab-oqibat aloqasi
bor. O’z navbatida bir sabab ikkinchi salbiy oqibatni keltirib chiqaradi. Sabablar va xavflar
zanjirsimon tizimni yaratadi. Yashirin xavflarning amalga oshishiga olib keladigan sharoit -
sabab deb ataladi. Sabablar jarohatlar, yuqumli kasalliklarning keng tarqalishi (epidemiya,
epizootiya), atrof-muhitga zarar va boshqa xil oqibatlarni keltirib chiqaradi. Masalan hozirgi
planetani global isishi muzliklarni erishi, okean suvi sathini ko’tarilishi, turli suv toshqinlari va
boshqa tabiiy ofatlarni kelib chiqishiga sabab bo’lmoqda.
1.3. «Inson-mashina -muhit» tizimi tasnifi
Tizimlash tamoyili, hodisalarni o’zaro bog’liq ravishda bir to’plam tariqasida o’rganadi.
Tizim beradigan maqsad yoki natija tizim yaratuvchi element deb aytiladi. Tizimda bor sifat
uning elementlarida bo’lmaydi.
Bu tizimning muhim xususiyati bo’lib, xavfsizlik masalalari tahlili asosida joylashgan.
Ko’ngilsiz voqealarning paydo bo’lish sabablarini aniqlash, ularni kamaytirishga qaratilgan
tadbirlar xavfsizlik tizimi tahlilining asosiy maqsadidir.
Xavflarni o’rganish tartibi uch bosqichda amalga oshiriladi:
1 bosqich - xavflarni oldindan tahlil etish, bunda xavfni manbalari, vujudga keltiradigan
qismlar va tahlilni chegaralash, ya’ni tekshirilmaydigan xavflarni chiqarib tashlash
ishlari amalga oshiriladi.
2 bosqich - xavfli holatlarning ketma-ketligini aniqlash, ya’ni hodisa va xavflar «daraxti»
(shajarasi)ni tuzish. Bunda xavflar «daraxti» yuqoridan pastga qarab quriladi va hamma
sabablari hisobga olingan holda tamom bo’ladi.
3 bosqich - oqibatlarni tahlil qilish.
Xavfsizlik tizimi - xavfsizlikning murakkab masalalarini hal qilish yo’llarini tayyorlash
va asoslashda foydalaniladigan metodologik choralar yig’indisidir.
Tahlil usuli. Xavfsizlikni ko’ngilsiz voqea ro’y berishidan oldin (aprior) yoki keyin
(aposterior) tahlil etish mumkin. Har ikki holda qo’llaniladigan usul bevosita yoki aksincha
bo’ladi.
Xavflarni o’rganish va tahlil jarayonida tarkiblarga ajratiladi. «Inson-muhit», «insonmashina
» va boshqa tizimlar murakkab ko’p tarkibli uyushmalardan (tuzilmalardan) hisoblanadi
va aniq faoliyat sharoitlarida bu tuzilmalar (elementlar) yanada ravshanlashadi.
Ishchilarni jarohatlanishdan saqlash maqsadida «Inson-mashina» tizimida mashina har
xil ko’rsatkichlarga qarab optimallashtiriladi. Shaxsning ergonomik xususiyatlari, uning
antropometrik, fiziologik, psixofiziologik va gigiyenik xususiyatlar bilan belgilanadi.
«Insonmashina
» tizimining faoliyati samaradorlik ko’rsatkichlariga bog’liq.
Ishlarni me’yorga solish va qonunlar asosida belgilab berish uchun ergonomika fani
vujudga keldi. Ergonomikaning asl ma’nosi –lotinchadan –ergon - ish va nomos – qonunni
bildiradi. Ergonomika – mehnat va ishchi jarayonlar qonuniyati to’g’risidagi fandir. Bu fan
inson faoliyatini «inson-mashina–muhit» tizimini o’rganadi. Bu tizimda mashina deb texnik
7
vositalar yig’indisiga aytiladi va bulardan inson o’z faoliyati jarayonida foydalanadi. Tizimdagi
muhit- bu ishlab chiqarish hududidagi mikroiqlim va boshqa sanitariya va gigiyenik holatlarni
ko’rsatkichlari bilan belgilanadi.
Ergonomika fanining asosiy maqsadi - ishlab chiqarish muhiti, uskuna va qurilmalarni
hamda mashinalarni inson qobilyatlariga moslashtirish, ishlab chiqarish jarayonlarini
optimizatsiyalash va mehnat xavfsizligini yuqori darajada ta’minlab berishdan iboratdir.
Ergonomika fani antropologiya, fiziologiya, injenerlik psixologiyasi va mehnat gigiyenasi
fanlari negizida vujudga keldi. Insonni ko’rish, eshitish va sezish qobilyatlarini hisobga olib,
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
mashina va uskunalarni boshqaruv tizimda turli ko’rinishdagi, ovozli, yorug’lik ko’rinishdagi
signallar qo’llanilishi evaziga, inson o’zini sezgi organlari orqali bularni ishlab chiqarish
jarayoni davomida farq qila oladi va boshqaradi.
Ayniqsa kishilarni jismoniy (fiziologik), ruhiy va biologik xususiyatlarini o’rganish,
ishlab chiqarish vositalari va foydalanadigan buyumlarning xavfsizlik darjasini oshishini
ta’milashga asosiy mezon bo’lib xizmat qildi.
Antropometrik omillar (shaxsning geometrik ko’rsatkichlari), ergonomik talablarni va
shaxsni buyumga nisbatan antropometrik xususiyatli munosabatini aniqlaydi.
Psixofiziologik xususiyatlar – ishlab chiqarish vositalari, mehnat mahsuloti va muhitni
birgalikda sezgi organ (eshitish, ko’rish, his etish va boshqa)larning funktsional ishlashga
mutanosibligi tushiniladi.
Gigiyenik xususiyatlar – «Inson-mashina» tizimi majmuasida faoliyatning gigiyenik
sharoitlari va ishchining ish qobiliyati asosida etishtirilgan mahsulotning muhit bilan
bog’liqligini aniqlaydi.
Zamonaviy ishlab chiqarish sharoitida baxtsiz hodisalarni kamaytirish muammosini
faqatgina muhandislik uslublari orqali hal etib bo’lmaydi. Shu sababli, mehnat xavfsizligi
psixologiyasi mehnat xavfsizligini ta’minlashda muhim o’rin tutadi.
Xavfsizlik psixologiyasi - insonning mehnat xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan
psixologik bilimlardan foydalanish tushuniladi.
Xavfsizlik psixologiyasi mehnat faoliyati jarayonida yuz beradigan ruhiy jarayonlarni, ruhiy
xususiyalarni va ruhiy holatlarni chuqur o’rganadi va tahlil qiladi.
Ruhiy jarayonlar – ruhiy faoliyatning asosini tashkil etib, emotsional va irodaviy sezish
(his qilish, idrok qilish, xotirlash va b.sh.o’.) kabi turlarga bo’linadi.
Ruhiy xususiyatlar (shaxsiy fazilatlar) – insonning xarakteri, dunyoqarashi, fikrlash
qobiliyati va temperamenti, intellektual, emotsional, axloqiy va mehnat qobiliyati hamda irodasi
kabi xususiyatlar orgali tavsiflanib, u turg’un va doimiy hisoblanadi.
Ruhiy holat - ruhiy jarayonlarga ijobiy yoki salbiy ta’sir etuvchi ruhiy faoliyat xususiyatini
bildiradi.
Mehnat psixologiyasi vazifalari hamda mehnat xavfsizligi psixologiyasi muammolaridan
kelib chiqqan holda ruhiy holatni ishlab chiqarish ruhiy holati va maxsus ruhiy holatlarga ajratish
mumkin. Maxsus ruhiy holat ishlab chiqarish jarohatlari, halokatlar va shu kabi ko’ngilsiz
oqibatlar bo’yicha profilaktik tadbirlarni tashkillashtirishda yuzaga kelishi mumkin. Chegaradan
tashqari ruhiy zo’riqish, tormozli va asabiy ko’rinishlarga bo’linadi.
Asabiy zo’riqish, hayajonlanish, ruhiy zo’riqish giperaktivligi, ko’p so’zlilik, qo’l va ovoz
qaltirashi kabi belgilarda namoyon bo’ladi. Bunday holatda ishchi dag’al, xafaqon ko’rinishga
tushishi, tez-tez beixtiyor ish jihozlari va asboblari holatini kuzatishi, ust-kiyimini to’g’rilashi,
qo’lini artishi va shu kabi qiliqlarni bajarishi kuzatiladi. Albatta, bu holatlarning barchasi xatoga
yo’l qo’yilishiga va natijada baxtsiz hodisalarni kelib chiqishiga sabab bo’ladi.
Operatorning ruhiy ishonchliligini belgilovchi alohida ruhiy holatlar: paroksizmal hushdan
ketish, kayfiyatni psixogen o’zgarishi, ruhiy faol vositalarni (stimulyatorlar, trankvilizatorlar,
alkogol ichimliklar) qabul qilish ta’siridagi ruhiy o’zgarishlar ko’rinishlarida bo’ladi.
Paroktsizmal holat – turli xil toifadagi hushdan ketish (bosh miyaning organik
kasallanishi, epilepsiya, hushdan ketish), ya’ni, bir necha soniyadan bir necha daqiqa oralig’ida
hushni yo’qotishdir. Albatta, bunday holat turli xil og’ir oqibatlarga olib keluvchi, ba’zida o’lim
8
bilan tugovchi baxtsiz hodisalarga sabab bo’lishi mumkin.
Psixogen o’zgarishlar va affektiv holatlar ruhiy ta’sir orqali yuzaga keladi. Kayfiyatning
tushishi va apatiya bir necha soatdan bir necha oygacha davom etishi mumkin. Albatta, bunga
turli xil ko’ngilsiz hodisalar, ixtilofli, mojaroli vaziyatlar sabab bo’ladi. Bunday holatda
befarqlik, lanjlik, lohaslik, tormozlanganlik, e’tiborsizlik, muskul harakatining susayishi sodir
bo’lishi va bu holatlar o’z-o’zini nazorat qilish qobiliyatini susayishiga, natijada esa turli
ko’rinishdagi baxtsiz hodisalarni kelib chiqishiga olib kelishi mumkin.
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
1.4. Xavfsiz va zararsiz mehnat sharoitini yaratishning
asosiy yo’llari
Xavfsizlikni ta’minlash asoslari, usullari niantik hamda dialektikaga xos umumiy
usullarga tegishli bo’lmay, maxsus va ayrim usullardan hisoblanadi. Usullar va asoslar o’zaro
bog’liqdir. Xavfsizlikni ta’minlash choralari, bu - usullarni va asoslarni amaliy, tashkiliy,
moddiy gavdalantirib amalga oshirishdir. Asoslar, usullar, choralar xavfsizlikni ta’min etishdagi
mantiqiy pog’onalardir. Ularni tanlab olish faoliyatning aniq sharoitlariga, xavfning darajasiga
va boshqa mezonlarga bog’liq.
Xavfsizlikni ta’minlash yo’llari ko’p. Ularni belgilariga qarab bir necha sinflarga ajratish
mumkin:
yo’naltiruvchi belgilar:
• operatorning faolligi;
• iqtidori;
• tuzilishning tartibsizlanishi;
• operatorni almashtirish;
• tasniflash;
• xavflarni yo’qotish;
• tartiblash;
• xavfni kamaytirish:
texnik belgilari:
• blokirovkalash;
• vakuumlash;
• germetiklash;
• masofa bilan himoyalash;
• mahkamlash;
• to’siqlar orqali himoyalash;
• ojiz zveno qo’llash;
• siqilgan havo qo’llash;
• harakatlarni sekinlashtirish.
•
tashkiliy belgilari:
• vaqt bilan himoyalash;
• axborot (ma’lumotlar);
• zaxiralash;
• mos kelmaslik;
• me’yorlash;
• xodimlar tanlash;
• ergonomiklik.
•
boshqaruv:
• moslik, nazorat;
• qarshi aloqa;
• rag’batlantirishlar;
• boshqarish.
• rejalilik;
• javobgarlik;
• samaradorlik;
Xavfsizlikni ta’minlash qo’yidagi usullar orqali amalga oshiriladi:
• gomosfera va nokosferani fazoviy va vaqt bo’yicha ajratib qo’yish, buni hal
qilish uchun masofadan boshqarish, avtomatlashtirish, robotlashtirish vositalari
yordamidan foydalaniladi;
• xavflarni yo’qotish yo’li bilan nokosferani me’yorlashtirish. Bu usulga
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
9
ishchilarning shovqin, gaz, changdan jarohatlanishidan saqlovchi shaxsiy va
birgalikdagi himoya vositalarini qo’llashi kiradi;
• ishchilarni tegishli muhitga moslashishga, ularni himoyalash darajasini
ko’tarishga yo’naltirilgan har xil vositalar va usullar:
• malakasiga qarab kasb tanlash, ruhiy ta’sir va (shaxsiy) himoya vositalari
qo’llashni o’z ichiga oladi. Amalda esa yuqorida aytilgan usullar birgalikda
qo’llaniladi.
• xavfsizlikni ta’minlovchi vositalarga, jamoa va shaxsiy himoya vositalari kiradi
(JHV va ShHV). Ular o’z navbatida xavflarning turi, tuzilishi, ishlatish sohasiga
ko’ra guro’hlarga bo’linadi.
1.5. Qishloq xo’jalik ishlab chiqarishidagi ish sharoitlari va ularning
asosiy xususiyatlari
Hozirgi zamon qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi zamonaviy texnika bilan jihozlanganligi,
ya’ni texnika va texnologiyaning takomillashib turishi, ishlab chiqarish jarayonining
jadallashuvi,
dasturlashtirish, hosilni yuqori sifat darajasida topshirish bilan farq qiladi. Bunda ishlarning
davriyligi va mavsumiyligi, foydalanilayotgan energiyaning turliligi (mexanik, issiqlik, elektr,
yorug’lik va boshqalar), material va moddalar (qattiq, suyuq, gazsimon)ning har xilligi
yig’ishtirilayotgan hosilning ob-havo va boshqa sabablarga bog’liqligini, mehnat sharoitlarini
me’yorlashtirishda hisobga olish kerak.
Mehnat sharoitlarini yaxshilash ishlari bir qancha omillarni hisobga olgan holda tashkil
etiladi. Barcha ishlab chiqarish omillari qo’yidagilarga bulinishi mumkin: tashkiliy, texnikaviy,
sanitariya-
gigiyena, tabiiy, iqlim, iqtisodiy.
1.6. Hayot faoliyati xafsizligi fanining rivojlanish asoslari
Insoniyatning uzoq o’tmish hayotiy tajribasi har qanday faoliyat potentsial xavfga ega
ekanligini tasdiqlaydi. Albatta, bu tasdiq aksiomaviy xarakterga egadir. Vaholanki, shu bilan bir
qatorda xavf darajasini boshqarish hamda kamaytirish ham mumkindir. Lekin, qanday holatda
bo’lmasin mutloq xavfsizlikga erishib bo’lmaydi.
Xavfsizlik – ma’lum darajada xavf tug’ilishi bartaraf etilgan faoliyat holati, ya’ni faoliyatni
amalga oshirishdagi asosiy maqsadlardan biridir.
Mehnatni muhofaza qilish - ishlab chiqarishdagi mehnat xavfsizligini ta’minlashga
qaratilgan vositalar, usullar majmuidir. Demak, insonning mehnat xavfsizligini ta’minlash
birinchi
navbatda uning mehnat faoliyati jarayonini va uni amalga oshirishda yuzaga keladigan xavfli
omillarlarni o’rganishni talab etadi. Shu sababli, inson faoliyatining xavfsizligini ta’minlash
bo’yicha tadqiqot ishlari eramizdan oldingi 384-322 yillarda ijod qilgan Aristotel, 460-377
yillarda
yashagan Gippokrat asarlarida ham uchraydi.
Taniqli olim Paratsels (1493-1541yy.) ishlarni bajarishda yuzaga keladigan xavfli
omillarlarni o’rganib chiqib, o’z asarida «Barcha moddalar zahardir, va barcha moddalar
doridarmon
hamdir. Faqat bir me’yor ushbu moddani zaharga aylantirsa, ikkinchi me’yor esa uni
doridarmonga
aylantiradi» deb yozadi. Nemis olimi Agrikol (1494-1555yy), italyan vrachi Ramassin
(1633-1714yy), rus olimi M.V.Lomonosov (1711-1765yy) o’z asarlarida mehnat muhofazasi
masalalariga alohida e’tibor qaratgan.
Hayot faoliyati xavfsizligi fanini vujudga kelishiga va rivojlanishiga sababchi bo’lgan
omillardan biri, bu ishlab chiqarishning rivojlanishi jarayonida inson faoliyati uchun xavfli
bo’lgan
omillar va sharoitlar aniqlanib, ularni oldini olish zarurati sabab bo’ldi.
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
Ulug’ bobokalonlarimiz Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Zahiriddin Muhammad
10
Bobur, zamondoshlarimizdan N.D. Zolotnitskiy, N.V. Solovev, D.A. Kelbert, V.L. Gantillo, M.I.
Grimitlin, M.N. Nabiyev, P.V. Uchastkin, T.I. Iskandarov, O’. Yo’ldoshev, O. Qudratov,
T.G’aniyev va boshqalar fanni rivojlanishiga salmoqli hissa qo’shgan. Ayniqsa kishilarni kun
davomida fiziologik qobilyatini hisobga olgan holda ish vaqtini belgilashda F.F.Erisman, ishlab
chiqarish jarayonida sog’liqni ta’minlash borasida N.A.Semashko, Z.P.Solovyov, G.V.Xlopin,
nurlar ta’siridan himoyalashni N.F.Galanin, pestitsidlrdan zaharlanish oqibatlarini L.I Medved,
jahonda birinchi bo’lib gaz niqobni N.D Zelenskiy, zoogigiyena faniga akademik K.I.Skryabin,
I.M.Sechenov va I.P.Pavlov, yorug’likni ishlab chiqarishda tutgan o’rni to’g’risida S.I.Vavilov,
yong’inni vujudga kelishi va xavfi to’g’risida A.A.Skonchinskiy kabi olimlar asos solganlar.
Olimlarning izlanishlari va ishlab chiqarishdagi tajribalar natijasidan, inson faoliyati uchun
xavfli bo’lgan omillar va sharoitlar aniqlanib, me’yoriy hujjatlar ishlab chiqariladi va ishlab
chiqarishga xavfsiz va zararsiz mehnat sharoitlarini yaratish maqsadida hukumat qarorlari va
qonunlari asosida joriy qilinadi.
Nazorat uchun savollar.
1. Hayot faoliyati xavfsizligi fani nimani o’rganadi?
2. Xavflarning kelib chiqish sabablari nimalardan iborat?
3. Xavfsizlik taksonomiyasini bayon qiling.
4. Xavf-xatarlar kvantifikatsiyasi nima?
5. Xavflarni tahlil qilishning aprior va aposterior usullari bir-birini to’ldiradimi yoki bir-biriga
zidmi?
6. «Xavfsizlik» deganda nimani tushunasiz?
7. Xavfsizlikni ta’minlash yo’llari va usullari nimadan iborat?
8. Ergonomika nima va ishlab chiqarishda tutgan o’rni nimadan iborat?
9. «Inson-Mashina-Muhit» tizimi nima?
10. Qishloq xo’jalik ishlab chiqarishdagi ish sharoitlarining asosiy
xususiyatlari nimalarga bog’liq?
11. Hayot faolyati xavfsizligi fanining rivojlanishiga asos solgan
olimlar kimlar?
11
Do'stlaringiz bilan baham: |