§ 4. ISHLAB CHIQARISH SANITARIYASI VA
MEHNAT GIGIYENASI ASOSLARI
Reja:
4.1. Ishlab chiqarish sanitariyasi, mehnat gigiyenasi va uning vazifalari
4.2. Qishloq xo’jalik ishlab chiqarishida zararli omillar va ulardan homoyalanish usullari
4.3. Ishlab chiqarishda mikroiqlim omillari va ularning gigiyenik me’yorlari
4.4. Ishlab chiqarishda xonalarni isitish va havosini almashtirish
4.5. Ruxsat etilgan yuk ko’tarish va tashishning me’yorlari
4.6. Ish o’rinlarini tashkillashtirishda ergonomik talablar.
4.7. Issiqxonalarda ishlaganda xavfsizlik talablari
4.8. Chorvachilikda kasb kasalliklari profilaktikasi
4.9. Ishlab chiqarish binolarini yoritish
Tayanch iboralar: Sanitariya, gigiyena, mikroiqlim, shovqin, titrash, nurlanish, me’yorlar,
antropozoonoz, dezinfektsiya, degelmintizatsiya, kandel, eritem, bakteritsid,
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. H.E.G’oipov Mehnat muhofazasi. T., «Mehnat» 2000y
2.O.Qudratov, T.G’aniev Hayotiy faoliyat xavfsizligi T., «Mehnat” 2004 y
3.Yu.Dodoboyev, M.Hamidov. Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishda
mehnat muhofazasi.T., «Mehnat» 2000y
3.G.I Belyakov Oxrana truda .M., «Agropromizdat» 1990 g.
4.1. Ishlab chiqarish sanitariyasi, mehnat gigiyenasi
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
va uning vazifalari
Mehnat gigiyenasi - ishlab chiqarish muhitini va mehnat jarayonini kishi organizmiga
ta’sirini o’rganadi va ularning sanitariya-gigiyena holatlarini yaxshilash bo’yicha
tavsiyanomalarni
ishlab chiqadi, bularning hammasi ishchilarning sog’lig’ini va ish qobiliyatini saqlab qolishga
yordam beradi.
Ishlab chiqarish sanitariyasi - ishlab chiqarish korxonalari hududlarining tozalik holatini
yaxshi saqlash, obodonlashtirish, ishlab chiqarish binolarini va xonalarini, sanitariya-texnik
qurilmalari (ventilyatsiya, isitish, yoritish), sanitariya-maishiy xonalar qurilmalari, shaxsiy
himoya
vositalaridan
foydalanish,
mehnat
sharoitlarini
yaxshilash,
ishlab
chiqarishdagi
zaharlanishlarni
hamda kasb kasalliklarini oldini olish, xizmatchilar sog’lig’ini muhofaza qilish, shuningdek
mehnatni ilmiy tashkil qilish va ishlab chiqarish estetikasi bilan bog’liq bo’lgan gigiyena
choratadbirlarini
ishlab chiqish masalalarini hal qiladi.
Vujudga kelishi mumkin bo’lgan kasalliklarni oldini olish va ulardan himoyalashda
avvalambor ish joyidagi shaxsiy gigiyena masalalari asosiy rol o’ynaydi. Shaxsiy gigiyena
tushunchasiga kiradigan masalalar doirasi juda keng. Bu badanni toza tutish, ishlaganda,
ovqatlanganda shaxsiy gigiyenaga rioya qilish, ya’ni yashaydigan joyni ozoda tutish va
boshqalar.
Shaxsiy gigiyena qoidalarini bajarish faqat individual emas, balki ijtimoiy ahamiyatga ham
molik
bo’ladi. Agar bir kishi shaxsiy gigiyena qoidalariga amal qilmasa, u o’z oilasida va ishlaydigan
jamoada yuqumli kasalliklarning tarqalishiga sababchi bo’lishi mumkin.
Sog’lom ish sharoitlarini yaratilishining negizida sanitariya me’yorlari va qoidalari yotadi,
ya’ni kishilar organizmini turli sharoit va muhitlarda qobiliyati va chidamlilik chegarasi
aniqlanilib
ishlab chiqrish joylarida muhitning MRK (me’yoriy ruxsat etilgan kontsentratsiya), MRM
(me’yoriy ruxsat etilgan miqdor), MRD (me’yoriy ruxsat etilgan daraja)lari ishlab chiqilgan va
joriy qilingan. Bularning me’yoriy darajasini ta’minlab turish sog’lom mehnat sharoitlariga
kafolat
beradi. Amaldagi sanitariya me’yorlaridan SM 245-71 korxonalarni joylashishiga hamda
ularning
hududini rejalashtirish, ishlab chiqarish maqsadida qurilgan binolarga umumiy talablarni
belgilaydi.
41
4.2. Qishloq xo’jalik ishlab chiqarishida zararli omillar va
ulardan homoyalanish usullari
Ishlab chiqarishdagi zararli omillarni shartli ravishda uch asosiy guro’hga bo’lish mumkin:
- ishlab chiqarishda meteorologik sharoitlarning noqulayligi
- texnologik jarayonlarga bog’liq holda;
- ish jarayonida ba’zi mushaklarning yuqori darajada zo’riqishi.
Ishlab chiqarishda meteorologik sharoitlarning noqulayligi.
Issiqlik. Barcha jismlarni tashkil etgan mikrozarralarning tartibsiz harakati. Havo issiqligini
ruxsat
etilgan me’yordan yuqori bo’lishi, kishini tez toliqishiga, yurak-tomir kasalligiga chalinishiga,
bosh og’rig’ini paydo bo’lishiga yoki issiq urishiga olib kelishi mumkin. Havo haroratining
ko’rsatilgan me’yordan past bo’lishi, kishi tanasidagi issiqlikni yo’qolishini ko’paytiradi va
kishilarni harakatini cheklaydi va toliqtiradi.
Havoning nisbiy namligi. Maxsus texnolgik jarayonlar talab qilinadigan ish joylaridan
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
tashqari, nisbiy namlikni 75% dan oshmasligi va 30% dan kam bo’lmasligi kerak. Yuqori
harorat
ostida havo namligining ortishi natijasida organizmning issiqlik chiqarishi qiyinlashadi,
natijada
organizm qiziydi. Past harorat esa namlikning ortib ketishi tufayli organizmda issiqlik chiqishini
tezlatadi, natijada tumov va boshqa shamollash kasalligiga chalinish mumkin. Yuqori nisbiy
namlik
(W>85%)teri bug’lanishining kamayishiga, juda past nisbiy namlik (W<20%) nafas olish
yo’llari
shilliq pardasining qurib qolishiga olib keladi.
seziluvchan. Agarda havoning tarkibida kislorodning miqdori 17%gacha kamaysa kishilarni
nafas olishi va tomirlar urishi tezlashadi, 11-13%ga tushganda gipoksiya holati va 7-8%gacha
kamayganda o’lim darajasiga olib keladi. Tabiiy holda havoning tarkibiy qismi 4.1- jadvalda o’z
aksini topgan.
Tabiiy havoning tarkibiy qismi
4.1-jadval
Ishlab chiqarishdagi texnologik jarayonlarga bog’liq holda ish o’rinlari sharoitlarining
noqulayligi.
Chang. Qishloq xo’jaligida ishlovchilarga doimiy ravishda turli xildagi changli sharoitda
ishlashga to’g’ri keladi. Zaharli bo’lmagan mineral yoki organik changlar tomoq ko’z, nafas
olish
yo’li va o’pkani kasallantirishi mumkin.
Havoning almashinishi (ventilyatsiya). Ishchi uskuna va qurilmalardan ish jarayonida
42
ajralib chiqadigan turli xususiyatli gaz va bug’lar, issiqlik ish joyidagi muhitning o’zgarishiga
va
noqulayliga olib keladi. Shu sababli ish o’rinlarini sanitariya va gigiyena talablariga mos holda
tashkil etish maqsadida havoni tabiiy yoki mexanikaviy almashinish usullaridan foydalaniladi.
Ish
joylarida havoning almashinishi, ishda samaradorlikni oshirishning va kasbiy kasalliklarni kelib
chiqishini oldini olishning muhim omillardan biri hisoblanadi.
Shovqin. Yakka yoki guro’hiy mashina va mexanizmlar ishlayotgan joylarda, detallarni
o’zaro ta’siri natijasida shovqin vujudga keladi. Me’yoridan ortiq shovqin kishi oshqozonini
ishlash faoliyatining buzilishiga, yurak-tomir kasalliklariga va quloqning bitib qolishiga sabab
bo’lishi mumkin. Shovqinning kuchi detsibellarda (Db) va ularni takrorlanishi, ya’ni chastotasi
gertslarda (Gts) o’lchanadi.
Titrash ( vibratsiya). Uskuna va mashinalarning ayrim qattiq, mo’rt detallari va
asoslarining gorizontal, vertikal yoki aylanma yo’nalishi bo’ylab to’lqinlanishiga titrash
(vibratsiya) deb aytiladi. Titrash natijasida asab va yurak-tomir tizimi zararlanishi mumkin,
kapillyar tomirlarning spazmalanishi sodir bo’ladi, xushdan ketishga va gipertoniyaga moyillik
kuzatiladi, qonda o’zgarishlar, umumiy holsizlik yuz beradi. Titrashlar, ayniqsa, ayollar
organizmiga zararli ta’sir ko’rsatadi. Titrashlarning jadalligi ularning amplitudalari va
chastotalariga bog’liqdir.
Rentgen nurlanish. Rentgen nurlarning manbalari ishlab chiqarish texnologiyasiga qarab
tabiiy yoki sun’iy bo’lib, ularning o’lchov birligi siftiada «Ber» («Biologicheskiy ekvivalent
rentgena») qabul qilingan. Agar ish joylaridagi nurlanishning yillik miqdori 170 m.Ber.dan
oshib
ketsa, bu inson hayoti uchun xavfli hisoblanadi.
Qishloq xo’jalik mahsulotlariga radioaktiv moddalar bilan ishlov berishda, chorvachilikda
hayvonlarni rentgen qilishda rentgen nurlaridan zararlanish xavfi tug’iladi.
Rentgen nurlanish natijasida qon tarkibi o’zgaradi, asab tizimining ishlash faoliyati buziladi,
doimo yo uyqu bosadi yoki uyqusizlik kuchayadi, ter bosadi, bosh og’riydi, xotira pasayadi, ko’z
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
xiralashadi, teri quriydi, soch tusha boshlaydi.
Ultrabinafsha nurlanish. Ultrabinafsha nurlanish manbalari quyosh radiatsiyasi, plazmali
payvandlash vositalari, cho’g’lanuvchi va gaz razryadli yoritgichlar, lazerli hamda elektr gaz
payvand qurilmalaridir. Utltrabinafsha nurlardan quyoshning nurlari ta’siriga dalada,
nurlantiruvchi
qurilmalarda, o’simliklarning o’sishini va rivojlanishini tezlashtiruvchi omillar bilan hamda
issiqxonada ishlaydiganlar va chorvachilik komplekslarida chorva mollarini nurlantiruvchilar
zararlanishi mumkin.
Ultrabinafsha nurlanish kishi organizmiga ma’lum miqdorda zarur. Bu nurlar bilan ortiqcha
nurlanish elitromatozali teri kasalliguga, darmonsizlikka, bosh og’rig’iga, tana haroratining
ko’tarilishiga va boshqalarga olib keladi. Terining himoyalanmagan qismi 0,2m
2
dan ortiq
bo’lmagan joylari bo’lsa (yuz, bo’yin, qo’l barmoqlari va boshq.) nurlanishning jadalligi
me’yoridan oshmasligi kerak .
Infraqizil nurlanish. Infraqizil nurlanish (yoki issiqlik radia-siyasi) manbalari - quyosh,
eritilgan metall, elektr yoyi, olov, uskunalardagi qizigan yuzalar, yoritgichlar va boshqalardir.
Ekin
maydonlarida infraqizil nurlanishga dala mehnatkashlari duchor bo’ladilar. Infraqizil
nurlanish,
kishi to’qimalariga o’tib, uning tana haroratini oshiradi va jadal va uzoq vaqt ta’sir etishi,
terining
qizarishiga, kuyishiga, ko’z to’r pardasining shikastlanishiga va ayrim hollarda oftob urishiga
olib
keladi.
Ionlashtiruvchi nurlanish - Qishloq xo’jaligida ionlashtiruvchi nurlanishlar detallarning
yemirilganligini, payvand chokining sifatini aniqlashda, urug’ga ishlov berishda, biologik
tadqiqot
ishlarida, tuproqni analiz qilishda, chorvachilik binolarida havoning sun’iy ionlashtirish evaziga
chorva mahsuldorligini oshirish va boshqa maqsadlarda ishlatiladi. Ular ayrim kimyoviy
elementlar
yadrolarining o’z-o’zidan parchalanishi natijasida hosil bo’ladi. Radiy, toriy, uran elementlari
shular qatoriga kiradi. Radioaktiv moddalar tabiatiga qarab, bir yoki bir necha xil nurlarni
taratishi
mumkin. Butun terining bir marotaba, ya’ni katta qismining 0,25-0,5gr miqdorida nurlanishi
qon tarkibining o’zgarishiga, 0,1gr dan ortiq qismi nurlansa butun organizmda
jarohatlanishning
rivojlanishiga va ish qobiliyatini yo’qolishiga olib keladi. Agar 2-4gr miqdorida nurlansa,
davolab
43
bo’lmaydi, 6-10gr dan yuqorisi 100% o’limga olib keladi.
Elektromagnit nurlanish. Qishloq xo’jaligida yuqori quvvatli elektr uzatish tarmoqlari,
yuqori quvvatli radiostantsiyalar, transformatorlarga yaqin joylarda ishlaydigan ishchilar,
elektromagnit maydonlari ta’sirida bo’ladilar. Elektormagnit maydoni ta’sirida asosan jigarda,
qora
taloqda va markaziy asab tizimida o’zgarishlar bo’lishi mumkin. Bunda bosh og’riydi, uyqu
buziladi, arterial bosim oshib kishi o’ta toliqadi.
Zararli omillardan himoyalanish usullari. Ish jarayonlari va atrof muhitning inson
organizmiga ta’sirini mehnat gigiyenasi fani o’rganadi. Mehnat gigiyenasini qulay ish
sharoitlarini
yaratish asosida mehnat unumdorligini oshirish, kasb kasalliklarini kamaytirish yoki butunlay
yo’q
qila olish sanitariya-gigiyena va davolash profilaktik tadbirlari ishlab chiqadi.
Ish joylaridagi havo tozaligi. Ish joyidagi havoda zaharlanmagan chang 10 mg/m
3
dan,
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
kvars changi esa 2 mg/m
3
dan ko’p bo’lmasligi kerak. Ishlab chiqarish xonalari ichidagi turli
vosita
va materiallarning changi sanitariya me’yorlari va ГОСТ 12.1.005-86 da ko’rsatilgandan oshib
ketmasligi kerak. Havo tarkibida turli zaharli gazlar miqdorini aniqlash uchun UG-2 turdagi
universal gazoanalizator o’lchov uskunasidan foydalanadilar. (4.1-rasm).
4.1-rasm. UG-2 Gazoanalizatori. 1-korpus; 2-o’lchov shtoki; 3-indikator ;
4-filtrlovchi patron; 5-silfonli naycha; 6-indikatorlar qutisi
Qishloq xo’jaligida tez-tez foydalanib turiladigan ba’zi bir kimyoviy moddalar turi va
ularning havo tarkibidagi me’yorlari 4.2-jadvalda keltirilgan. Xavfli va zarali changlar miqdori
me’yoridan oshgan taqdirda shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish orqali himoyalanish
mumkin.
Shovqindan himoyalanish. Insonning eshitish a’zolari tovush o’zgarishining
absolyutmasligini sezibgina qolmasdan, tovush jadalligini va tovush bosimining o’sishini
aniqlaydi.
Shuning uchun ham tovushning miqdoriga baho berilayotganda faqatgina tovush jadalligini
hisobga
olibgina qolmasdan, balki tovush to’la darajasini hisobga olinadi.
Zararsiz va oddiy shovqinlarning kuchi 40 detsibelgacha etadi, yuk mashinasining shovqin
kuchi esa 105-110 detsibelga tengdir, 80 detsibeldan yuqori shovqin kishi organizmiga salbiy
ta’sir
qila boshlaydi, 120 detsibeldan yuqorisi kishi asabini jarohatlashga olib keladi. Ba’zi
ma’lumotlarga
asosan shovqin kishi umrini 3-12 yilgacha qisqartirishi, yosh organizmning o’sish tezligini 15-
57%
gacha
kamaytirishi
mumkin.
Sanoat
korxonalarini
loyihalashtirishdagi
sanitariya
me’yorlarida(SM
245-71) ishlab chiqarish korxonalarining xonalari va ularning hududlarida ruxsat etilgan
me’yoriy
tovush ish turiga qarab 50 Db -80 Db dan ko’p bo’lmasligi lozim.
Shovqin insonga salbiy ta’sir etganligi uchun ruxsat etilgan chegaralar qo’yilgan, ya’ni past
chastotali shovqinlar uchun 90-100 DB, o’rtacha chastotali shovqinlar uchun 85-90 DB, yuqori
chastotali shovqinlar uchun 75-85 DB.
44
ГОСТ 12.1.005-86 bo’yicha ish joylari havosi tarkibidagi ayrim
zararli moddalarning ruxsat etiladigan me’yori (MRK), mg/m
3
4.2-jadval
Moddalar
MRK
Xavf
darajasi
Moddalarning
holati
Organizmga
ta’sir turi
Ammiak
Benzin
Chang:
don
Un va yog’och
Paxta
Tamaki
Choy
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
20,0
100,0
4,0
6,0
2,0
3,0
3,0
4
4
3
4
4
3
3
b
b
a
a
a
a
a
-
-
A,f
A,f
A,f
A
-
Mineral o’g’itlar
Superfosfat
Sulfoammiakli o’g’itlar
Fosforantlar
Kaliy xlorid
Kaliy sulfat
Ammofos
Kaliy nitrat
5
25
6
5
10
6
5
3
4
4
3
3
4
3
a
b-a
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
a
a
a
a
a
-
-
0
-
-
F
-
Pestitsidlar
Gensaxlorbutadiyen
Geterofos
Karbofos
Metafos
Ftalofos
Bayleton
Vitavaks
0,005
0,02
0,5
0,1
0,3
0,5
1,0
1
1
2
1
2
2
2
b
b-a
b-a
b-a
b-a
b-a
a
-
-
-
-
-
-
-
Eslatma; b-bug’ yoki gazlar; a-aerozol; b,a- bug’ va aerozollarning
aralashmasi; 0-ta’sir qilish mexanizmi o’tkir yo’naltirilgan moddalar. A-ishlab
chiqarish sharoitida allergik kasalliklarni keltarib chiqarishi mumkin bo’lgan
moddalar; f-fibrogenli ta’sir etadigan aerozollar.
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
Aqliy mehnat bilan band shaxslar uchun, binoning ichida shovqin 60 DB dan oshmasligi
kerak. Shovqinni binoning ichidan tortib olish va shovqin manbaini izolyatsiya qilish ham
mumkin.
Shovqinni kamaytirishning maqsadida quyidagi tadbirlarni amalga oshirish mumkin:
• texnologik jarayonlarni o’zgartirish;
• qurilmalarni kam shovqin chiqaradigani bilan almashtirish;
• tovushni tarqatuvchi ekranlarni qo’llash;
• yuqori chastotali shovqinlar uchun shovqin qaytargichlar o’rnatish;
• qurilmalar va mashinalarni ishga yaroqli holatda saqlab turish va ishqalanadigan
yuzalarni moylab turish.
Binoning shiftlariga va devorlariga shovqin kamaytirgichlarni o’rnatish, shovqin darajasini
6-12 Db gacha kamaytiradi. Shovqindan individual himoya vositalari orqali ham saqlaniladi.
Titrashdan himoyalanish. Sanitariya me’yorlari va Qoidalariga asosan, titrashli ishlarga
bog’liq bo’lgan joylarda 18 yoshga to’lmagan va homilador ayollarning ishlashiga ruxsat
etilmaydi.
Insonni titrashdan himoyalash maqsadida, mashina va uskunarni masofadan turib avtomatik
boshqarish, har xil yumshatgichlar (prokladkalar) o’rnatish, prujinalar o’rnatish,
harakatlanuvchi
mashinalar uchun pnevmatik shinalar, yumshoq o’tirg’ichlar, haydovchilar uchun yumshoq
o’rindiqlar (4.2-rasm) va gidravlik amortizatorlar o’rnatish usul va vositalaridan
foydalanadilar.
Titrashni yana ham kamaytirish maqsadida titraydigan konstruktsiyalarga va detallarga maxsus
45
mastika qatlami surtiladi. Titrashdan himoyalanish uchun rezina oyoq kiyimlari, paralonli
ko’lqoplardan foydalaniladi.
Tebranish turli xildagi vibrometrlar (VR-1, qo’l vibrometri) hamda shovqin va tebranishlarni
o’lchaydigan (IShV-1) priborlar orqali o’lchanadi.
Tebranishlarning jadalligi ularning amplitudalari va chastotalariga bog’liqdir. To’lqin
amplitudasi qancha katta bo’lsa, ruxsat etilgan chastota shuncha oz bo’ladi va aksincha agar
ruxsat
etilgan chastota katta bo’lsa to’lqin amplitudasi oz bo’ladi.
Titrovchi qurilmalar bilan ishlovchi, har bir soat ishlagandan keyin 10-15 daqiqadan
tanaffus qilishi, ishlab chiqarish gimnastikasi bilan shug’ullanishi kerak. Me’yordan oshiq
titrovchi
qurilmalar bilan ishlash man etiladi. Titrashli joylarda ishlovchi barcha ishchilar davriy
ravishda
tibbiy ko’riqdan o’tib turishi kerak.
4.2-rasm. Qishloq xo’jaligi texnikalarida haydovchilar o’tirg’ichlarini tebranishga qarshi
jihozlanishi
Nurlanishdan himoyalanish. Nurlanishni profilaktika qilishda dozimetrik nazorat tizimini
o’tkazish katta ahamiyatga ega. Ishchilarni yakka holda dozimetrik nazoratdan (ruxsat etilgan
yillik
nurlanish miqdori 3 barobardan ortiq bo’lgan sharoitdagi ishchilarga majburiydir) o’tkazishda
IFKU-1, TLD, KChD-6 va boshqa asboblar qo’llaniladi. Odam tanasini va korjomalardagi
radioaktiv nurlanishdan kir bo’lish darajasini SZB2-1 sm, SZB2-2sm, BDZA2-01 sm va boshqa
asboblar yordamida o’lchanadi.
Ultrabinafsha nurlanishdan himoyalanish vositalari sifatida masofadan turib himoyalanish
(nurlanish manbaidan ishchini uzoqlashtirish), himoyalovchi ekranlar, pardalar, kabinalardan
foydalaniladi, Ular ultrabinafsha nurlarini keng qaytarishi uchun ochiq ranglar bilan bo’yalgan
bo’lishi lozim. Shaxsiy himoya vositalari sifatida, korjomalar, poyabzal, qo’lqop, bosh kiyim,
ko’zoynaklardan foydalaniladi.
Infraqizil nurlanishdan himoyalanishda, himoyalanish ekranlaridan, ayvonlar, soyabonlar,
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
kabinalar, issiqlikni tarqatuvchi yuzalar, ish joylarini issiqlik nurlanishi manbalaridan
uzoqlashtirish
vositalari va usullaridan foydalaniladi. Bunda to’siqlardagi issiqlik 45°S dan oshmasligi lozim.
Elektromagnit nurlanish himoyalanishda, ikki qavatli to’siqlar betta zarrachalardan
himoyalanishda foydalaniladi. Birinchi qavat atom massasi kam bo’lgan metalldan (alyuminiy,
karbolit, organik oyna) yasaladi va nurlarni yo’nalishida bo’ladi, ikkinchi qavat nisbatan
og’irroq
(ko’rg’oshin, volfram) metallardan tayyorlanadi.
Elektromagnit nurlanishlardan shaxsiy himoyalanish vositalari sifatida ekranlashtiruvchi
kostyumlar, kombinzon, bosh kiyim, qo’lqop, poyabzal, maxsus tok uzatuvchi yoki
metallashtirilgan matolar ishlatiladi.
Ultra yuqori chastotali elektr qurilmalriga xizmat ko’rsatuvchi shaxslar yiliga bir marotaba
va o’ta yuqori chastotali elektr qurilmalarga xizmat ko’rsatuvchi shaxslar olti oyda bir
marotaba
46
meditsina ko’rigidan o’tishlari shart.
Do'stlaringiz bilan baham: |