O’zbekiston respublikasi qishloq va suv xo’jaligi vazirligi


§ 3. ISHLAB CHIQARISHDA FAOLIYAT XAVFSIZLIGI ISHLARINI



Download 0,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/20
Sana13.01.2020
Hajmi0,84 Mb.
#33719
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
hayot faoliyati xavfsizligi

§ 3. ISHLAB CHIQARISHDA FAOLIYAT XAVFSIZLIGI ISHLARINI 
TASHKIL ETISH 
Reja: 
3.1. Mehnat xavfsizligi ishlarini tashkil etishdagi mutaxassis va rahbar shaxslarning huquq 
va vazifasi. 
3.2. Mehnat muhofazasiga doir tadbirlarni rejalashtirish va mablag’ bilan ta’minlash. 
3.3. Mehnat xavfsizligi bo’yicha, me’yoriy-axbarot ta’minoti. 
3.4. Qishloq xo’jalik xodimlarini davolash va sog’lig’ini ta’minlash tadbirlari 
3.5. Qishloq xo’jalik korxonalarida pasportlashtirishni tashkil etish tartibi 
3.6. Baxtsiz hodiasalar bo’yicha tekshiruv o’tkazish, hisobga olish va hisobot berish. 
3.7. Mehnat xavfsizligini targ’ibot va tashviqot qilish 
Tayanch iboralar: baxtsiz hodiasa, H-1 shakldagi dalolatnoma, statistik, monografik, 
topografik va iqtisodiy tekshirish, tibbiy meditsina ekspertiza ko’rigi (TMEK), kasb kasalliklari, 
dezinfektsiya, yo’riqnoma. 
Foydalanilgan adabiyotlar: 
1. G’oyipov H.E. «Mehnat muhofazasi» Toshkent. 2000 
2. O’zbekiston Respublikasinining Mehnatni muhofaza qilish to’g’risidagi qonuni 
T. 1993y 
3. O’zbekiston Respublikasinining Mehnat to’g’risidagi qonunlar kodeksi 
Toshkent — 2004 
4. O’zbekiston respublikasi Konistitutsiyasi.Toshkent 2003y. 
3.1.Mehnat xavfsizligi ishlarini tashkil etishdagi 
mutaxassis va rahbar shaxslarning huquq va vazifasi 
Korxonalar ma’muriyati va muhandis-texnik xodimlarining asosiy vazifalari mehnat 
haqidagi qonunlar majmui hamda «Xavfsizlik yo’llari va ishlab chiqarish sanitariyasi qoidalari» 
bilan  belgilanadi.  Ishlab  chiqarishda  shikastlanish  va  kasb  kasalliklarini  kamaytirish  hamda 
ularning 
oldini olishga oid mehnat muhofazasi bo’yicha ishlarni amalga oshirish tadbirlariga umumiy 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com

rahbarlik hamda bu ishga javobgarlik xo’jalik rahbari, uning o’rinbosari - bosh mutaxassis 
zimmasiga yuklatiladi. 
Rahbar - ishlab chiqarishda shikastlanish va kasb kasalliklarining oldini oluvchi tashkiliy 
texnik tadbirlarni rejalashtirishga, mablag’ bilan ta’minlashga, shartnoma bitimlari talablarini 
bajarishga, mehnat va dam olish tartibi, ayollar va o’smirlarni talab darajasidagi ish bilan 
ta’minlashga,  kasaba  uyushmasi  texnik  nazoratchilari  va  jamoatchi  nazoratchilar  hamda 
mahalliy 
kasaba  uyushmasi  qo’mitasi  komissiyasining  mehnat  muhofazasiga  doir  buyruqlarini 
bajarishga, 
ishlar  va  kasblarning  ayrim  turlari  uchun  xavfsizlik  yo’llari  bo’yicha  yo’riqnomalarni 
tasdiqlashga, 
ishchi-xizmatchilarni  o’z  vaqtida  amaldagi  me’yorlarga  muvofiq  korjoma,  maxsus  poyabzal, 
yakka 
tartibdagi himoya vositalari va maxsus oziq-ovqatlar bilan ta’minlashga majbur. 
Bosh mutaxassis ( bosh agronom, bosh zootexnik, bosh muhandis, bosh texnolog) - 
hamma  bo’linmalar  boshliqlarining  xavfsizlik  yo’llari  hamda  ishlab  chiqarish  sanitariyasiga 
doir 
me’yorlar va qoidalarni bajarishlarini muntazam ravishda nazorat qilib borish, xavfsizlikni 
ta’minlash bo’yicha yo’riqnomalar ishlab chiqish, o’quv-o’rganish ishlarini nazorat qilish, 
xodimlarni davriy tibbiy ko’rikdan o’tishlarini, ishlab chiqarishda xavfsiz faoliyat usullarini 
ommaviy tadbiq qilinishini, mehnat xavfsizligiga oid ko’rgazmali qurollar va ogohlantiruvchi 
yozuvlar tayyorlanishini nazorat qilish, kasaba uyushmasi tashkiloti bilan birgalikda ishlab 
chiqarish sanitariyasi va texnika xavfsizligiga oid ishlarning holatini tekshirish, belgilangan 
muddatlarda ishlab chiqarishda ro’y bergan shikastlanish to’g’risidagi hisobotlarni tahlil qilish 
va 
yuqori turgan tashkilotlarga hisobotini berish, mehnat sharoitini sog’lomlashtirishga ajratilgan 
28 
mablag’larning sarflanishini nazorat qiladi. 
Bosh mexanik, energetik - barcha turdagi inshootlar va turli uskunalarni, bosim ostida 
ishlaydigan qurilmalarni, elektr qurilmalarni o’z vaqtida texnik tekshiruvdan o’tkazish va reja 
asosida xizmat ko’rsatish ishlarini to’g’ri tashkil etilishi hamda o’z vaqtida o’tkazilishiga, 
shuningdek, ta’mirlash ishlarining xavfsiz bajarilishi va uni nazorat qilishga mas’ul. 
Mehnat muhofazasi muhandisi - mehnat muhofazasi, xavfsizlik yo’llari va ishlab chiqarish 
sanitariyasiga  doir  ishlarni  tashkil  qilishga  hamda  barcha  me’yoriy  hujjatlar  ishlab  chiqishga 
va 
amalga joriy qilinishini nazorat qilishga javobgar shaxsdir. 
14-modda. Mehnatni muhofaza qilish xizmatlari 
Vazirliklar, idoralar, konsernlar, assosiatsiyalar, boshqa xo’jalik organlari 
kasaba uyushmalari Markaziy (respublika) qo’mitasi bilan kelishib o’zlari 
tasdiqlaydigan nizomga muvofik, mehnat muhofazasi ishlarini muvofiqlashtirib 
boradilar. 
Xodimlar soni 50 nafar va undan oshadigan korxonalarda maxsus 
tayyorgarlikka ega shaxslar orasidan mehnatni muhofaza qilish xizmatlari tuziladi 
(lavozimlar joriy etiladi), 50 va undan ziyod transport vositalariga ega bo’lgan 
korxonalarda esa bundan tashqari yo’l harakati xavfsizligi xizmatlari tuziladi 
(lavozimlar joriy etiladi). Xodimlar soni va transport vositalari miqdori kamroq 
korxonalarda mehnatni muhofaza qilish xizmatining vazifalarini bajarish 
rahbarlardan birining zimmasiga yuklanadi. 
Mehnatni muhofaza qilish va yo’l harakati xavfsizligi xizmatlari kasaba 
uyushmasi qo’mitasi bilan kelishilgan nizomlar asosida ishlaydi va o’z maqomiga 
ko’ra korxonaning asosiy xizmatlariga tenglashtiriladi hamda uning rahbariga 
bo’ysunadi. 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com

Mehnatni muhofaza qilish xizmatlarining mutaxassislari barcha xodimlar 
mehnatni muhofaza qilish qoidalari va me’yorlariga rioya etishlarini nazorat 
qilish, tarmoq bo’linmalari rahbarlariga aniqlangan nuqsonlarni bartaraf etish 
haqida bajarilishi shart bo’lgan ko’rsatmalar berish, shuningdek mehnatni 
muhofaza qilish to’g’risidagi qonunlarni buzayotgan shaxslarni javobgarlikka 
tortish haqida korxonalarning rahbarlariga taqdimnomalar kiritish huquqiga 
egadirlar. 
Mehnatni muhofaza qilish va yo’l harakati xavfsizligi xizmatlarining 
mutaxassislari ularning xizmat vazifalariga taalluqli bo’lmagan ishlarni 
bajarishga jalb etilishlari mumkin emas. 
Mehnatni muhofaza qilish va yo’l harakati xavfsizligi xizmatlari korxona 
faoliyati to’xtatilgan taqdirdagina tugatiladi. (Ozbekiston respublikasi MMQQ). 
Xavfsizlik masalalari bo’yicha muhandis bevosita korxonaning boshlig’i va bosh 
muhandisga bo’ysunadi. U o’z ishini mahalliy kasaba uyushmasi qo’mitasi, mehnat muhofazasi 
bo’yicha  komissiya,  shuningdek,  mehnat  va  aholini  ijtimoiy  muhofaza  qilish  vazirligi  sanoat-
texnik 
nazoratchilari bilan hamkorlikda amalga oshiradi. 
3.2.Mehnat muhofazasiga doir tadbirlarni rejalashtirish 
va mablag’ bilan ta’minlash 
Qishloq xo’jaligida mehnat muhofazasiga doir ishlar tashkiliy-texnik tadbirlarning kompleks 
rejasi  asosida  amalga  oshiriladi.  Bu  tadbirlarni  xo’jalik  ma’muriyati  mahalliy  kasaba 
uyushmasi 
qo’mitasi  bilan  birgalikda  ishlab  chiqadi.  Kompleks  reja  yillik,  besh  yillik  yoki  ko’p  yillik 
rejalardan 
tashkil topadi. 
Bunda fan va texnikaning mehnat muhofazasi sohasida erishgan yutuqlari hamda xo’jalikni 
rivojlanish istiqbollari hisobga olinadi. Ishning bajarilishini nazorat qilish xavfsizlik masalalari 
29 
bo’yicha muhandis zimmasiga, uni amalga oshirishga javobgarlik esa xo’jalik tarmoqlari, 
bo’limlari,  bo’linmalari  boshliqlari  zimmasiga  yuklatiladi.  Maxsus  mablag’ni  va  moddiy 
ta’minotni 
talab  qiluvchi  tadbirlar  jamoa  shartnomasiga  ilova  qilinadigan  rejaga  kiritiladi.  Jamoa 
shartnomasini 
har yili xo’jalik rahbari ishchi-xizmatchilar nomidan kasaba uyushmasi qo’mitasi bilan tuzadi. 
Mehnatni muhofaza qilinishini moliyaviy ta’minlash, O’zbekiston Respublikasining 
mehnatni muhofaza qilish to’g’risidagi qonunining 11- moddasidagi talablar asosida amalga 
oshiriladi. 
11-modda. Mehnatni muhofaza qilishni moliyaviy ta’minlash 
Mehnatni muhofaza qilishni moliyaviy ta’minlash davlat tomonidan, 
shuningdek mulk shaklidan qat’iy nazar jamoat birlashmalari, korxonalarning 
ixtiyoriy badallari hisobiga amalga oshiriladi. 
Mehnatni muhofaza qilish uchun tegishli byudjetlardan alohida qayd bilan 
ajratiladigan byudjet mablag’lari (respublika va mahalliy) boshqaruv hamda 
nazorat idoralarini saqlash, ilmiy-tadqiqot ishlarini moliyaviy ta’minlash, 
mehnatni muhofaza qilishga oid davlatning aniq maqsadga qaratilgan dasturlarini 
bajarish uchun foydalaniladi. 
Har bir korxona mehnatni muhofaza qilish uchun zarur mablag’larni jamoa 
shartnomasida belgilanadigan miqdorda ajratadi. Korxonalarning xodimlari ana 
shu maqsadlar uchun qandaydir qo’shimcha chiqim qilmaydilar. 
Korxonalar o’zining xo’jalik, tijorat, tashqi iqtisodiy va boshqa faoliyatidan 
keladigan foyda (daromad), shuningdek boshqa manbalar hisobiga mehnatni 
muhofaza qilishning markazlashtirilgan fondlarini tashkil etish huquqiga ega. 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com

Mehnatni muhofaza qilishga mo’ljallangan mablag’larni boshqa 
maqsadlarga ishlatish mumkin emas. 
Fondlarni tashkil etish va ulardan foydalanish tartibi O’zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan O’zbekiston kasaba uyushmalari 
Federatsiyasi Kengashi ishtirokida belgilanadi. 
(11-moddaga O’zbekiston Respublikasining 01.05.98 Qonuniga muvofiq 
o’zgartishlar kiritilgan) . (Ozbekiston respublikasi MMQQ). 
Qonunda ko’rsatlgan talablar asosida mehnat muhofazasiga doir tadbirlar quyidagi 
mablag’lar hisobiga ta’minlanadi: 
• davlat va markazlashtirilmagan kapital mablag’lar, shu jumladan ishlab chiqarishni 
rivojlantirish jamg’armasi, 
• ijtimoiy-madaniy va uy-joy qurilishi jamg’armasi hamda xo’jalik jamg’armasi; 
• agar tadbirlar asosiy vositalarni kapital tuzatish bilan bir vaqtda amalga oshiriladigan 
bo’lsa – amortizatsiya jamg’armasi; 
• agar xarajatlar kapital xarajatlar bo’lsa - asosiy faoliyat, tarmoq va umumxarajat 
mablag’lari; 
• yangi texnikani joriy etish yoki ishlab chiqarishni kengaytirish uchun bank tomonidan 
beriladigan qarzlar; 
O’ta zararli ishlab chiqarishda band bo’lgan xodimlar kasallanishining oldini olish uchun 
oziq-ovqat mahsulotlarini bepul berish ko’zda tutilib, issiq nonushta yoki tushlik tarzida beriladi. 
Bevosita  zararli  sharoitda  ishlaydigan  ishchi-xizmatchilarga  bepul  sut  yoki  uning  o’rnini 
bosuvchi 
boshqa mahsulot beriladi. 
3.3. Mehnat xavfsizligi bo’yicha me’yoriy-axbarot ta’minot tizimi 
Me’yoriy axborot ta’minot tizim xizmati korxona rahbarlari va bo’limlarni (mehnat 
xavfsizligi  bo’yicha)  qo’llanmalar,  mehnat  xavfsizligi  ishlarini  boshqarish  va  javobgarligi 
bo’yicha 
standartlar  va  buyruqlar,  profilaktika,  tibbiy  ko’rigini  o’tkazish,  xavfsiz  mehnat  bo’yicha 
korxona 
30 
standartlarini  ishga  joriy  qilish,  o’ta xavfli uskunalarni  biriktirish,  mehnat xavfsizligi holati  va 
uni 
yaxshilash chora-tadbirlari bilan shug’ullanadi. U har yili xavfsiz mehnat xavfsizligi masalalari 
bo’yicha o’qitish va bilimlarni tekshirish, ishchi joylarini attestatsiya qilish va oqilona takliflar 
kiritish, mehnat xavfsizligi bo’yicha ko’rik-tanlovni o’tkazish hamda tashkil qilish, o’ta va yuqori 
darajada xavfli ishlardagi ishchilarni qayta attestatsiyadan o’tkazish, shuningdek ayrim turdagi 
ishlarni xavfsiz bajarilishini tashkil etishni ta’minlaydi. 
213-modda. Xodimning mehnatni muhofaza qilish haqida ma’lumot olish 
huquqi 
Ish beruvchi mehnat shartnomasini tuzishda va boshqa ishga o’tkazishda 
xodimni mehnat sharoitlari to’g’risida, shu jumladan kasb kasalliklari va boshqa 
kasalliklarga chalinish ehtimoli, shu bilan bog’liq holda unga beriladigan imtiyoz 
va kompensatsiyalar, shuningdek shaxsiy himoya vositalari haqida xabardor 
qilishi kerak. 
Ish beruvchi xodimlarga yoki ularning vakillariga muayyan ish joyidagi va 
ishlab chiqarishdagi mehnatni muhofaza qilishning holati haqida ham axborot 
berishi shart. (Ozbekiston respublikasi MK). 
Xo’jaliklar standartlarni o’z ixtiyori bilan bir martalik so’rovlar yoki blank-buyurtma 
orqali doimiy ro’yxatga olingan abonementga asosan olishi mumkin. Tarmoq standartlarini 
xo’jaliklar  talabnomasiga  yoki  bir  martalik  so’rovga  asosan  tarmoq  standartlari 
ko’rsatkichlariga 
ko’ra olishlari mumkin. 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com

Namunaviy qo’llanmalar ishlab chiqishga me’yoriy asos bo’lib mehnat bo’yicha 
respublikamizning qonunlari, standartlar tizimi, me’yorlar, qoidalar va boshqa hujjatlar xizmat 
qiladi. Namunaviy qo’llanma, xavfsizlik talablari, korxonaning texnologik hujjatlari va aniq 
sharoitlar ishchilar uchun asos bo’lib hisoblanadi. Ishchilar tomonidan qo’llanmalardagi 
ko’rsatmalarning  bajarilishini  nazorat  qilish  xo’jalik  ma’muriyati  va  kasaba  uyushmasi 
zimmasiga 
yuklanadi. 
Xo’jalik rahbariyatining buyrug’i yoki farmoyishlari yangi qo’llanmalarni ishlab chiqish 
uchun  asos  bo’lib  xizmat  qiladi.  Qo’llanmalar  bo’lim  rahbarlari  tomonidan  ishlab  chiqiladi, 
unga 
rahbarlikni  esa  tarmoq  boshliqlari  olib  boradi.  Ishchilar  uchun  qo’llanmalarning  o’z  vaqtida 
ishlab 
chiqilishi, qaytadan ko’rib va tekshirib chiqilishini nazorat qilinishi mehnat xavfsizligi xizmati 
tomonidan olib boriladi hamda ularning o’zlari uslubiy yordam ko’rsatadilar. 
3.4. Qishloq xo’jalik xodimlarining davolash va 
sog’lig’ini ta’minlash tadbirlari 
Noqulay mehnat sharoiti xizmatchilarni tez-tez shamollash, bronxit va angina, radikulit va 
polinervalgiya, nafas olish a’zolari va terini allergik kabi kassalanishlarga olib keladi. Bunday 
mehnat sharoitlarini yaxshilash va xizmatchilarni xavfsizligini ta’minlash quyidagi usullarda 
ta’minlanishi mumkin: 
• noqulay va og’ir ish sharoitlarida mexanizatsiya va avtomatizatsiya jarayonidan keng 
foydalanish; 
• binolardagi havo haroratni me’yoridan ortiq oshib ketmasligi uchun shamollatish va havoni 
namlovchi qurilmalar o’rnatish; 
• binolarni isitishda ochiq alangadan foydalishni cheklash va quvurli hamda kaloreferli isitish 
tizimidan foydalanish; 
• ish kuni davomida qisqa dam olish hamda samarali mehnat tartibini tashkillashtirish; 
• ovqatlanish tartibiga va tarkibiga doimiy ravishda rioya qilish, kishi organizmining zararli 
kimyoviy moddalarga qarshiligini oshirish uchun sut va sut mahsulotlarini, tarkibida oqsil, 
kraxmal va jelatin bo’lgan ovqatlar bilan ta’minlashni tashkillashtirish; 
31 
• belgilangan tartibda ishchi-xodimlarni tibbiy ko’rikdan o’tishlarini ta’minlash va nazoratga 
olish. 
O’zbekiston Respublikasining Mehnatni muhofaza qilish to’g’risidagi Qonunning 13 va 17- 
moddalari binoan: 
13-modda. Korxonalarda mehnatning sog’lom va xavfsiz sharoitlarini 
ta’minlash 
Korxonadagi, har bir ish joyidagi mehnat sharoiti mehnatni muhofaza 
qilish standartlari, qoida va me’yorlari talablariga muvofiq bo’lishi lozim. 
Korxonada mehnatning sog’lom va xavfsiz sharoitlarini ta’minlash, 
ishlab chiqarishning xavfli va zararli omillari ustidan nazorat o’rnatilishini tashkil 
etish va nazoratning natijalari to’g’risida mehnat jamoalarini o’z vaqtida 
xabardor qilish ma’muriyat zimmasiga yuklanadi. 
Mehnat sharoiti zararli va xavfli ishlab chiqarishlarda, shuningdek o’ta 
noxush haroratli yoki ifloslanishlar bilan bog’liq sharoitlarda bajariladigan 
ishlarda mehnat qiluvchilarga davlat boshqaruvi idoralari belgilagan me’yorlarda 
maxsus kiyim, poyabzal va boshqa shaxsiy himoya vositlari, yuvish va 
dezinfektsiyalash vositalari, sut yoki unga tenglashadigan boshqa oziq-ovqat 
mahsulotlari, parhez ovqat bepul beriladi. 
Korxonada mehnatning sog’lom va xavfsiz sharoitlarini ta’minlash 
yuzasidan ma’muriyat bilan xodimlarning o’zaro majburiyatlari jamoa 
shartnomasi yoki bitimida ko’zda tutiladi. (Ozbekiston respublikasi MMQQ). 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com

17-modda. Majburiy meditsina ko’riklari 
Korxona sog’liqni saqlash idoralari tomonidan belgilangan tartibga 
muvofiq ravishda bir qator kasblar va ishlab chiqarishlarning xodimlarini mehnat 
shartnomasini imzolash paytida — dastlabki tarzda va mehnat shartnomasi amal 
qiladigan davrda vaqti-vaqti bilan tibbiy ko’rikdan o’tkazishni tashkil qilishi shart. 
Xodimlar tibbiy ko’riklardan o’tishdan bosh tortishga haqli emaslar. 
Xodimlar tibbiy ko’riklardan o’tishdan bosh tortsalar yoki o’tkazilgan 
tekshirishlarning natijalari bo’yicha tibbiy komissiyalar beradigan tavsiyalarni 
bajarmasalar, ma’muriyat ularni ishga qo’ymaslik huquqiga egadir. 
Xodim, agar u o’zining salomatligi yomonlashishi mehnat sharoiti bilan 
bog’liq deb hisoblasa, navbatdan tashqari tibbiy ko’rik o’tkazilishini talab qilish 
huquqiga ega. 
Tibbiy ko’riklarni o’tkazish paytida xodimning ish joyi (lavozimi) va 
o’rtacha ish haqi saqlanadi. (Ozbekiston respublikasi MMQQ). 
Davriy ko’riklar muddati ishlarning xususiyatiga qarab belgilanadi (uch oydan so’ng, yarim 
yilda, bir yilda va ikki yilda). Bu ko’rsatilgan ko’riklardan tashqari transport vositalarining 
haydovchilari har kuni ishdan oldin va keyin tibbiy ko’rikdan o’tadilar. Kasb kasalliklari 
profilaktikasida  davolovchi-profilaktik  ovqatlanishga  keng  o’rin  berilgan,  bu  esa  zararlar 
ta’sirini 
yo’qotish maqsadida olib boriladi. Aynan xuddi shu masala O’zbekiston Respublikasi mehnat 
kodeksi moddalarida quyidagicha o’z aksini topgan: 
214-modda. Tibbiy ko’rik 
Ish beruvchi mehnat shartnomasi tuzish chog’ida dastlabki tarzda va 
keyinchalik (ish davomida) vaqti-vaqti bilan quyidagi xodimlarni tibbiy ko’rikdan 
o’tkazishni tashkil qilishi shart: 
o’n sakkiz yoshga to’lmaganlar; 
oltmish yoshga to’lgan erkaklar, ellik besh yoshga to’lgan ayollar; 
nogironlar; 
32 
mehnat sharoiti noqulay ishlarda, tungi ishlarda, shuningdek transport 
harakati bilan bog’liq ishlarda band bo’lganlar; 
oziq-ovqat sanoatida, savdo va bevosita aholiga xizmat ko’rsatish bilan 
bogliq bo’lgan boshqa tarmoqlardagi ishlarda band bo’lganlar; 
umumta’lim maktablari, maktabgacha tarbiya va boshqa muassasalarning 
bevosita bolalarga ta’lim yoki tarbiya berish bilan mashg’ul bo’lgan 
pedagog va boshqa xodimlari. 
Mehnat sharoiti noqulay ishlar va bajarilayotganida dastlabki tarzda va 
vaqti-vaqti bilan tibbiy ko’rikdan o’tilishi lozim bo’lgan boshqa ishlarning 
ro’yxati va ularni o’tkazish tartibi O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash 
vazirligi tomonidan belgilanadi. 
Ushbu moddaning birinchi qismida ko’rsatilgan xodimlar tibbiy 
ko’riklardan o’tishdan bo’yin tovlashga haqli emaslar. Tibbiy ko’rikdan o’tishdan 
yoki tibbiy komissiyalarning tekshiruvlar natijasida bergan tavsiyalarini 
bajarishdan bo’yin tovlagan xodimlarni ish beruvchi ishga qo’ymaslikka haqlidir. 
Xodimlarning mehnatdan, ularning sog’lig’i holatiga to’g’ri kelmaydigan 
ishlarda foydalanishga yo’l qo’yilmaydi. 
Agar xodim o’z sog’lig’ining holati mehnat sharoiti bilan bog’liq holda 
yomonlashgan deb hisoblasa, u navbatdan tashqari tibbiy ko’rikdan o’tkazishni 
talab qilishga haqlidir. 
Tibbiy ko’riklardan o’tilishi munosabati bilan xodimlar chiqimdor 
bo’lmaydilar. (Ozbekiston respublikasi MK). 
218-modda. Sog’lig’i holatiga ko’ra yengilroq yoki noqulay ishlab chiqarish 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com

omillarining ta’siridan xoli bo’lgan ishga o’tkazish 
Sog’lig’i holatiga ko’ra yengilroq yoki noqulay ishlab chiqarish 
omillarining ta’siridan holi bo’lgan ishga o’tkazishga muhtoj xodimlarni ish 
beruvchi, ularning roziligi bilan, tibbiy xulosaga muvofiq vaqtincha yoki 
muddatini cheklamay, ana shunday ishlarga o’tkazishi shart. 
Sog’lig’i holatiga ko’ra yengilroq yoki noqulay ishlab chiqarish 
omillarining ta’siridan holi bo’lgan kamroq haq to’lanadigan ishga o’tkazilganda 
shunday ishga o’tkazilgan kunidan boshlab ikki hafta mobaynida xodimlarning 
avvalgi o’rtacha oylik ish haqi saqlanadi. 
Sil kasalligi yoki kasb kasalligiga chalinganligi sababli kamroq haq 
to’lanadigan boshqa ishga vaqtincha o’tkazilgan xodimlarga shu ishga o’tgan 
vaqt uchun, lekin ikki oydan ortiq bo’lmagan muddat davomida kasallik varaqasi 
bo’yicha yangi ishda beriladigan ish haqiga qo’shilganda xodimning avvalgi 
ishidagi to’liq ish haqidan oshib ketmaydigan miqdorda nafaqa to’lanadi. 
Basharti kasallik varaqasida ko’rsatilgan muddatda ish beruvchi boshqa ish topib 
berolmagan bo’lsa, u holda shuning oqibatida bekor o’tgan kunlar uchun nafaqa 
umumiy asoslarda to’lanadi. 
Ish bilan bog’liq holda mehnatda mayib bo’lganligi yoki sog’lig’iga 
boshqacha tarzda shikast etkazilganligi munosabati bilan vaqtincha kamroq haq 
to’lanadigan ishga o’tkazilgan xodimlarga ularning sog’lig’i shikastlanganligi 
uchun javobgar bo’lgan ish beruvchi avvalgi ish haqi bilan yangi ishda oladigan 
ish haqi o’rtasidagi farqni to’laydi. Bunday farq mehnat qobiliyati tiklangunga 
qadar yoki nogironligi belgilangunga qadar to’lanadi. 
Qonun hujjatlarida sog’lig’i holatiga ko’ra yengilroq yoki noqulay ishlab 
chiqarish omillarining ta’sirini holi etadigan kamroq haq to’lanadigan ishga 
o’tkazilganda avvalgi o’rtacha oylik ish haqini saqlab qolishning yoki davlat 
ijtimoiy sug’urtasi bo’yicha nafaqa to’lab turishning boshqacha hollari ham 
nazarda tutilishi mumkin. (Ozbekiston respublikasi MK). 
33 
3.5. Qishloq xo’jalik korxonalarida pasportlashtirishni 
tashkil etish tartibi 
Ish joylarini talabga javob berishini aniqlash maqsadida, mashina, mexanizmlar, texnologik 
jarayonlar, bino va inshootlarni sanitariya talablariga, MXST, SM va Q, texnika xavfsizligi va 
yong’in  xavfsizligi  qoidalariga,  mehnat  xavfsizligi  chora-tadbirlarini  rejalashtirish  uchun 
kerakli 
ma’lumotlarni olish va qishloq xo’jalik korxonalarini mehnat xavfsizligi talablariga javob berish 
maqsadida pasportlashtirish o’tkaziladi. 
Pasportlashtirish shundan iboratki, har bir ishlab chiqarish bo’limi (hudud) bo’yicha bir 
qancha  pasportlashtirish  texnologik  varaqalari  to’ldiriladi.  Bular  bo’lim  pasportini  tashkil 
etadi. U 
bino  ma’lumotlarining  umumiy  tavsifini,  sexlar,  hududlar,  ishlab  chiqarish  kategoriyalari, 
portlash, 
yonish  xavfi  bo’yicha  xonalar  klassi,  noqulay  mehnat  sharoitida  ishlaydiganlarning  soni, 
sanitariya - 
maishiy xonalar bilan ta’minlanishi, maxsus kiyimlarni tikish va ta’mirlash punktlari, tibbiyot 
xonasini qurish, jihozlash, oshxona, mehnat xavfsizligi xonalari hamda burchaklarini, sanitariya 
maishiy xonalar rejasi, shuningdek mehnat xavfsizligi vositalari tavsifini (himoyalovchi to’siqlar 
va 
signal beruvchi moslamalarning mavjudligi, elektr tokidan himoyalanish vositalari, shaxsiy 
himoyalanish  vositalari,  mehnat  sharoitlariga  baho  beruvchi  vositalar,  o’t  uchirish 
vositalarining 
mavjudligi) o’z ichiga oladi. 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com

Pasportlashtirishni bo’lim (hudud) rahbarlari o’tkazadilar va ish joyida noqulay omillar 
faollashganda  (kuzda  va  qishda)  uni  har  kuni  mehnat  xavfsizligi  bo’yicha  muhandis  nazorat 
qilishi 
shart. Nazoratni yuqorida turgan tashkilotlar va viloyat kasaba uyushmasining mehnat bo’yicha 
texnik inspektsiyasi olib boradi. 
Mehnat xavfsizligini va sharoitlarini pasportlashtirishning natijalarini ishlab chiqarishda 
mehnat sharoitlarini yaxshilash chora-tadbirlarini rejalashtirishda foydalaniladi. 
3.6. Baxtsiz hodisalar bo’yicha tekshiruv o’tkazish, hisobga olish va hisobot berish 
Ishlab chiqarishda sodir bo’ladigan barcha baxtsiz hodisalarni tekshirish va hisobga olish 
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 6 iyundagi 286-sonli qarori bilan 
tasdiqlangan Nizomga asosan olib boriladi. 
Nizomning 3 bandiga asosan tabiiy o’lim, o’zini o’zi o’ldirish, jabrlanuvchining o’z 
salomatligiga  qasddan  shikast  etkazishi,  shuningdek,  jabrlanuvchining  jinoyat  sodir  qilish 
chog’ida 
shikastlanishi holatlari(sud tibbiy ekspertiza xulosasi yoki tergov organlarining ma’lumotlariga 
ko’ra) tekshirilmaydi va hisobga olinmaydi. 
Tekshirish va hisobga olishga korxonada va uning tashqarisida ish vaqtida yuz bergan 
quyidagi baxtsiz hodisalar kiradi: 
• jarohatlanish; 
• zaharlanish; 
• kuyish; 
• cho’kish; 
• elektr toki va yashin urishi; 
• o’ta issiq yoki o’ta sovuq harorat ta’siri; 
• portlash, falokat, imoratlar, inshootlar va konstruktsiyalarning buzilishi natijasida 
hamda sudralib yuruvchilar, hayvonlar va hasharotlar tomonidan jarohatlanishlar; 
• tabiiy ofatlar (yer qimirlashlar, o’pirilishlar, suv toshqini, to’fon va boshqalar) 
natijasida salomatlikning boshqa xil zararlanishlari. 
• kasb kasalliklari (sog’liqni saqlash vazirligi o’rnatgan va tasdiqlagan ko’rsatmalar 
bilan tekshiriladi) 
• agar mehnat qobiliyatini 1 ish kunidan kam bo’lmagan holda yo’qotilsa (H–1 
shakldagi dalolatnoma to’ldirilib qayd qilinadi va bu dalolatnoma 4 nusxada 
to’ldiriladi va 45 yil arxivda saqlanadi); 
34 
• ish bilan ta’minlovchi topshiriq bermagan bo’lsa ham, lekin korxona manfaatlarini 
ko’zlab qandaydir ishni amalga oshirayotganda; 
• avtomobil, temir yo’l, havo yo’llari, dengiz va daryo transportida, elektr transportida 
yo’l harakati hodisasi natijasi; 
• korxona transportida yoki, shartnomaga muvofiq o’zga tashkilot transportida ishga 
ketayotgan yoki ishdan qaytayotganda; 
• ish vaqtida shaxsiy transportda, uni xizmatga oid safarlarda ishlatish huquqi 
berilganlik haqida ish beruvchi farmoyishi bor bo’lganda; 
• shanbalik (yakshanbalik) o’tkazilayotganida, qayerda bo’lishidan qat’iy nazar, 
korxonalarga otaliq yordami ko’rsatilayotganda; 
• ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa natijasida xodimning mehnat qobilyati tibbiy 
xulosaga muvofiq kamida bir kunga yo’qotilsa. 
15-modda. Xodimlarni baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklaridan ijtimoiy 
sug’urta qilish. 
Korxonalarning xodimlari O’zbekiston Respublikasi qonunlarida 
belgilangan tartibda va shartlar bilan baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklaridan 
majburiy sug’urta qilinishlari shart. (Ozbekiston respublikasi MMQQ). 
Ish bilan ta’minlovchi jabrlanuvchiga yoki uning manfaatlarini himoya qiluvchi shaxsga 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com

davlat  tilida  yoki  boshqa  maqbul  tilda  rasmiylashtirilgan  baxtsiz  hodisa  to’g’risidagi  H-1 
shakldagi 
dalolatnomani berish tartibi mehnat kodeksining 222-moddasida quyidagicha o’z aksini topgan: 
222-modda. Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni hisobga olib borish 
va tekshirish 
Ish beruvchi ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni o’z vaqtida tekshirishi 
va hisobga olib borishi shart. 
Jabrlanuvchining talabiga binoan tekshiruv tugagan kundan e’tiboran 
uzog’i bilan uch kun ichida ish beruvchi shu baxtsiz hodisa to’g’risida 
dalolatnoma berishi shart. (Ozbekiston respublikasi MK). 
Kasaba uyushmasi qo’mitasi yoki korxona xodimlarining boshqa vakillik organi 10 kun 
ichida baxtsiz hodisaning kelib chiqish sabablarini o’rganib chiqadi, mehnatni muhofaza qilish 
qoidalari va me’yorlari, mehnat xavfsizligi andozalari buzilishini aniqlaydi. 
Ishlab chiqarish jarayonida sodir bo’lgan quyidagi baxtsiz hodisalar maxsus tekshirish 
asosida olib boriladi: 
• bir vaqtning o’zida ikki va undan ziyod xodimlar bilan yuz bergan 
guro’hiy baxtsiz hodisalar; 
• o’lim bilan tugagan baxtsiz hodisalar; 
• oqibati og’ir baxtsiz hodisalar. 
Guro’hiy o’lim bilan tugagan yoki og’ir baxtsiz hodisa to’g’risida ish bilan ta’minlovchi 
darhol keltirilgan sxemaga binoan quyidagilarga: 
• Davlat mehnat texnika nazoratchisiga; 
• muttasaddi xo’jalik organiga; 
• Qoraqalpog’iston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish 
vazirligiga; 
• viloyat va shahar Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish 
boshqarmasiga; 
• baxtsiz hodisa yuz bergan joydagi prokuraturaga; 
• baxtsiz hodisaga uchragan xodimni yuborgan tashkilotga; 
• O’zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish 
vazirligiga; 
35 
• «O’zsanoatkontexnazorat» Davlat qo’mitasining mahalliy organiga va 
agar baxtsiz hodisa nazorat ostidagi korxonada yuz bergan bo’lsa, viloyat 
kasaba uyushmalari kengashiga xabar berishi kerak. 
Jarohatlanganlarga korxona tomonidan to’lanadigan pulning miqdori jabrlangan odamning 
o’rtacha oylik ish haqiga bog’liq, uni kasbiy qobiliyatini yo’qotganlik darajasi tibbiy-mehnat 
ekspert komissiyasi(TMEK) va kasaba uyushmasi qoshidagi mehnatni muhofaza qilish 
komissiyasi  xulosasini  hisobga  olgan  holda  ma’muriyat  tomonidan  belgilanadi.  Mehnat 
mayibligi 
tufayli belgilangan nogironlik nafaqasining miqdori mehnatni muhofaza qilish to’g’risidagi 
qonunning 28-moddasi talablari asosida amalga oshiriladi: 
28-modda. Ishlab chiqarishda jabrlangan xodimlarga ziyon etkazganlik 
uchun korxonalarning moddiy javobgarligi. 
Ma’muriyatning aybi bilan ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa yoki kasb 
kasalligi natijasida mehnat qobiliyatini to’liq yoki qisman yo’qotgan xodimga 
O’zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan tartib va miqdorda korxona bir 
marta beriladigan nafaqa to’laydi hamda sog’liqqa etkazilgan shikast uchun tovon 
to’laydi. 
Bir marta beriladigan nafaqa miqdori jamoa shartnomasi (bitimi) bilan 
belgilanadi va jabrlanuvchining bir yillik maoshidan kam bo’lmasligi lozim. 
Agar xodim davolanish, protez qo’ydirish va tibbiy hamda ijtimoiy 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com

yordamning boshqa turlariga muhtoj bo’lsa, korxona jabrlangan xodimga bu 
tadbirlar bilan bog’liq xarajatlarni to’laydi, shuningdek jabrlanuvchining kasbini 
o’zgartirib qayta tayyorlanishini va tibbiy xulosaga muvofiq ishga joylashishini 
ta’minlaydi yoki ana shu maqsadlar uchun ketadigan xarajatlarni qoplaydi. 
(Ozbekiston respublikasi MMQQ). 
Xodim vafot etgan hollarda, ish bilan ta’minlovchi marhumning qaramog’ida bo’lgan 
mehnatta qobiliyatsiz shaxslarga, shuningdek o’n olti yoshga to’lmagan yoki vafot etgan kunga 
qadar  undan  ta’minot  olish  huquqiga  ega  bo’lgan  shaxslarga,  marhumning  vafotidan  keyin 
tug’ilgan 
farzandiga, shuningdek ota-onasiga, umr yo’ldoshiga yoki oilaning boshqa a’zosiga, agar u 
ishlamasdan  marhumning  uch  yoshga  etmagan  bolalari  yoki  nevaralarining  parvarishi  bilan 
band 
bo’lsa, zararni to’lashi shart. 
29-modda. Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa oqibatida xodim vafot etgan 
taqdirda korxonaning moddiy javobgarligi 
Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa oqibatida xodim vafot etgan taqdirda 
korxona tegishli huquqqa ega bo’lgan shaxslarga moddiy ziyonni O’zbekiston 
Respublikasi qonunlarida belgilangan tartib va miqdorlarda qoplaydi, shuningdek 
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilab qo’yadigan miqdorda bir 
marta beriladigan nafaqa to’laydi. (Ozbekiston respublikasi MMQQ). 
194-modda. Xodimning sog’lig’iga shikast etkazilganligi yoki uning vafoti 
munosabati bilan bir yo’la beriladigan nafaqaning miqdori 
Xodimning sog’lig’iga shikast etkazilganligi yoki uning vafoti munosabati 
bilan ish beruvchi tomonidan bir yo’la beriladigan nafaqaning miqdori jamoa 
shartnomasida, agar bunday shartnoma tuzilmagan bo’lsa, —ish beruvchi bilan 
kasaba uyushmasi qo’mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi o’rtasidagi 
kelishuvga binoan belgilanadi. 
Bunda xodimning soglig’iga shikast etkazilganligi munosabati bilan bir 
yo’la beriladigan nafaqaning miqdori jabrlanuvchining yillik ish haqidan, 
xodimning vafoti munosabati bilan bir yo’la beriladigan nafaqaning miqdori esa, 
marhumning olti yillik o’rtacha ish haqidan kam bo’lishi mumkin emas. 
(Ozbekiston respublikasi MK). 
36 
3.7. Mehnat xavfsizligini targ’ibot va tashviqot qilish 
Qishloq xo’jaligida mehnat xavfsizligining targ’iboti ishlab chiqarish targ’ibotining bir turi 
hisoblanadi,  bu  asosan  jismlar  va  mehnat  vositalari  bilan  insonning  aloqasini  eng  yuqori 
darajada 
xavfsiz va zararsiz sharoitni ta’minlashga yo’naltirilgan. 
Targ’ibotning tuzilish elementlariga manbalar, uslublar, tashkiliy shakllar, ma’lumotli va 
texnikaviy  targ’ibot  vositalari  va  boshqalar  kiradi.  Mehnat  xavfsizligini  targ’ibot  qilishdan 
maqsad, 
odatdagi uslublar va ma’lumotli vositalar ta’siridan keng foydalanish tufayli jarohatlanish va 
kasallanishlarni yo’qotish yoki kamaytirishdan iboratdir. 
Mehnat xavfsizligini targ’ibot qilish qishloq xo’jalik mehnatkashlarini xavfsiz va zararsiz 
mehnat  sharoitlarini  yaratish  bilan  tanishtiradi.  Mehnat  xavfsizligi  bo’yicha  targ’ibot  ishlari 
xo’jalik 
rahbarlari va mutaxassislarga, tarmoq rahbarlari hamda oliy va o’rta maxsus bilim yurti 
o’qituvchilariga va mehnat muhofazasi fani mutaxassislari zimmasiga yuklanadi. Mehnat 
xavfsizligini targ’ibot-ma’lumot fondi ma’lumotni tashuvchi materiallar-kino va magnit lentasi, 
videokassetalar va targ’ibot qilish vositalariga standartlar, kino va videofilmlar, qo’llanma va 
talabnomalar, ko’rgazmali vositalar, broshyuralar hamda eslatmalar kiradi. 
Mehnat xavfsizligi bo’yicha yo’riqnomalar o’tkazish va malaka oshirish mehnat 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com

muhofazasiga o’qitishni tashkil qilish va bilimlarni tekshirish bo’yicha namunaviy Nizomda 
(№272, 14.08.1996) barcha korxona, tashkilot, muassasa, insitut, ilmiy-tadqiqot tashkilotlari, 
birlashma, assotsiatsiya, korporatsiya, xolding, tarmoq, vazirlik va boshqa mulk shaklidan qat’iy 
nazar  malaka  talablari  hajmida  ishchilar,  rahbarlar,  mutaxassislar,  muhandis-texnik  xodimlar 
uchun 
mehnat muhofazasidan bilimlarni majburiy nazorat qilish tartibi belgilangan va bu mehnatni 
muhofaza qilish to’g’risidagi qonun va mehnat kodekslarida quyidagicha o’z aksini topgan: 
19-modda. Xodimlarni mehnatni muhofaza qilish bo’yicha o’qitish va 
ularga yo’l-yo’riqlar berish. 
Korxonalarning barcha xodimlari, shu jumladan rahbarlari o’z kasblari va 
ish turlari bo’yicha davlat nazorat idoralari belgilagan tartib va muddatlarda 
o’qishlari, yo’l-yo’riqlar olishlari, bilimlarini tekshiruvdan o’tkazishlari hamda 
qayta attestatsiyadan o’tishlari shart. 
Ma’muriyat barcha yangi ishga kirayotganlar, shuningdek boshqa ishga 
o’tkazilayotganlar uchun ishlarni bajarishning xavfsiz usullarini o’rgatishni 
tashkil etishlari, mehnatni muhofaza qilish va baxtsiz hodisalarda jabrlanganlarga 
yordam ko’rsatish bo’yicha yo’l-yo’riqlar berishlari shart. 
O’ta xavfli ishlab chiqarishlarga yoki kasbiy tanlov talab qilinadigan ishga 
kirayotgan xodimlar uchun mehnatni muhofaza qilish bo’yicha imtihonlar 
topshiriladigan va keyin vaqti-vaqti bilan qayta attestatsiyadan o’tiladigan o’quv 
o’tkaziladi. 
Mehnatni muhofaza qilish bo’yicha belgilangan tartibda o’qitish, yo’lyo’riqlar 
berish va bilimlarni tekshirishdan o’tmagan shaxslarni ishga qo’yish 
taqiqlanadi. 
Ma’muriyat xodimlarning mehnatni muhofaza qilish masalalari bo’yicha 
malakasi muntazam oshirib borilishini ta’minlashi shart. (Ozbekiston respublikasi 
MMQQ). 
211-modda. Mehnatni muhofaza qilish talablari 
Barcha korxonalarda xavfsizlik va gigiyena talablariga javob beradigan 
mehnat sharoitlari yaratilgan bo’lishi kerak. Bunday sharoitlarni yaratib berish 
ish beruvchining majburiyatiga kiradi. 
Mehnatni muhofaza qilish talablari ushbu Kodeks, mehnatni muhofaza 
qilish to’g’risidagi qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlar, shuningdek texnik 
standartlar bilan belgilanadi. (Ozbekiston respublikasi MK). 
37 
212-modda. Xodimning mehnatni muhofaza qilish me’yorlari, qoida va 
yo’riqnomalariga rioya etish majburiyati 
Xodim mehnatni muhofaza qilish me’yorlariga, qoida va yo’riqnomalariga, 
shuningdek ma’muriyatning ishni bexatar olib borish haqidagi farmoyishlariga 
rioya qilishi, olingan shaxsiy himoya vositalaridan foydalanishi, insonlar hayoti 
va sog’lig’iga bevosita xavf soladigan har qanday holat haqida, shuningdek ish 
jarayonida yoki u bilan bog’liq holda sodir bo’lgan har qanday baxtsiz hodisa 
haqida o’zining bevosita rahbarini (brigadiri, ustasi, hudud boshlig’i va 
boshqalarni) darhol xabardor qilishi shart. (Ozbekiston respublikasi MK). 
215-modda. Mehnatni muhofaza qilish bo’yicha yo’l-yo’riqlar 
berish va o’qitish 
Xodimlarga texnika xavfsizligi, ishlab chiqarish sanitariyasi, yong’in 
chiqishdan saqlanish va mehnatni muhofaza qilishning boshqa qoidalari haqida 
yo’l-yo’riqlar berish hamda xodimlarning mehnatini muhofaza qilishning hamma 
talablariga rioya etishlarini doimiy ravishda tekshirib borish vazifasi ish beruvchi 
zimmasiga yuklatiladi. 
Ish beruvchi xodimlarning mehnatni muhofaza qilish bo’yicha o’qishlarini 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com

ta’minlashi va ularning bilimlarini tekshirib turishi shart. 
Mehnatni muhofaza qilish bo’yicha o’quvdan, yo’l-yo’riqdan o’tmagan va 
bilimlari tekshirilmagan xodimlarni ishga qo’yish taqiqlanadi. (Ozbekiston 
respublikasi MK). 
Yo’riqnoma. Yo’riqnomalar ikki xil bo’ladi: kirish va ish joyida o’tkaziladigan yo’riqnoma. 
O’z navbatida ish joyida o’tkaziladigan yo’riqnomalar dastlabki, davriy, joriy va navbatdan 
tashqariga bo’linadi. 
Kirish yo’riqnomasi. Barcha ishga yangi kiruvchilar, boshqa korxonalardan xizmat safariga 
jo’natilganlar  (ish  malakasi  va  stajidan  qat’iy  nazar)  amaliyot  o’tayotganlar  va  shogirdlar 
kirish 
yo’riqnomasini o’tadilar. Uni xo’jalikning mehnat muhofazasi bo’yicha mas’ul xodimi yoki shu 
vazifa yuklatilgan boshqa rahbar xodim o’tkazadi. Agar ishga qabul qilish bevosita tarmoq ish 
joylarida amalga oshirilsa, kirish yo’riqnomasini shu tarmoq boshlig’i o’tkazishi kerak. 
Shikastlanganlarga  dastlabki  yordam  ko’rsatish,  yong’in  xavfsizligi  va  boshqa  maxsus 
masalalar 
bo’yicha  yo’riqnomalarni  tegishli  mutaxassislar  o’tkazadilar  va  maxsus  jurnallarga 
rasmiylashtirib 
boradilar. 
Ish joyida o’tkaziladigan dastlabki yo’riqnoma. Barcha ishchilar kirish yo’riqnomasidan 
o’tgandan keyin ish joyida ish boshlashdan oldin  boshlang’ich yo’riqnomadan o’tishlari lozim. 
Ish 
joyida o’tkaziladigan yo’riqnomadan maqsad - har bir ishchini to’g’ri va xavfsiz ish usullariga 
o’rgatishdir. Yo’riqnoma jarayonida ishchiga u ishlaydigan uskunada bajariladigan texnologik 
jarayon,  uning  harakat  uzatish  mexanizmlari,  xavfli  joylari,  konstruktiv  xususiyatlari,  paydo 
bo’lishi 
mumkin  bo’lgan  xavflar,  ishni  xavfsiz  bajarish  usullari,  ish  joyini  sanitariya  va  gigiyena 
talablariga 
mos holda tashkil qilish va shu kabi masalalar tushuntiriladi. 
Yo’riqnoma o’tkazish ishchining bevosita rahbari bo’lgan ustaga yuklatiladi. Ayrim zarur 
hollarda bu yo’riqnoma tegishli mutaxassislar (mexanik, energetik, texnolog) ishtirokida 
o’tkaziladi.  Xodimlarga  elektr  xavfsizligi  bo’yicha  yo’riqnoma  o’tkazish  va  malaka  guro’hi 
berish 
xo’jalik bosh energetigi zimmasiga yuklatiladi. 
Davriy yo’riqnoma. Ishchining malakasi va ish stajidan qat’iy nazar, har olti oydan ko’p 
bo’lmagan  muddatda  xavfsiz  ishlash  usullari  bo’yicha  davriy  yo’riqnoma  o’tkazib  turiladi. 
Bundan 
asosiy maqsad – ishchining xafsizlik borasidagi bilimlarini yangilab va to’ldirib turishdir. Turli 
sabablar bilan (ta’til, kasallik, mehnat safari va sh.o’.) o’z muddatida ishchilarga o’tkazilmagan 
yo’riqnoma keyinchalik o’tkaziladi. Davriy yo’riqnoma o’tkazilganligi haqida jurnalga yozib 
rasmiylashtirib qo’yiladi. 
Navbatdan tashqari yo’riqnoma quyidagi hollarda o’tkaziladi: 
38 
- texnologik jarayon o’zgarganda; 
- bo’lim yoki brigadada baxtsiz hodisa yoki halokat ro’y berganda; 
- yangi qoida va yo’riqnomalarni ishchilar diqqatiga etkazish zarurati tug’ilgan hollarda; 
- ishlab chiqarish intizomi, qoida va yo’riqnomalarning talablari buzilishi aniqlangan 
hollarda. 
Joriy yo’riqnoma qo’yidagi hollarda o’tkaziladi: 
- ishlab chiqarish hududlarida gaz yoki elektr payvandlash ishlari amalga oshirilishi kerak 
bo’lganda; 
- uch metrdan oshgan balandlikda montaj yoki tozalash ishlari amalga oshirilganda; 
- ish kuni davomida xavfli va zararli ishlarni bajarishdan oldin. 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com

Ishchilarning bilimini tekshirish. Dastlabki yo’riqnomadan va malaka oshirishdan keyin 
(mustaqil  ishlashga  ruxsat  berishdan  yoki  boshqa  ishga  o’tkazishdan  avval)  ishchilarning 
xavfsiz 
ishlash usullari bo’yicha bilimlarini tekshirish maqsadga muvofiqdir. Buning uchun ma’muriyat 
tomonidan maxsus komissiya tuziladi va unga rais qilib bo’lim boshliqlaridan biri belgilanadi. 
Agar tekshiruv paytida ishchi bilimining qoniqarsizligi aniqlansa, unga mustaqil ishlashga 
ruxsat  berilmaydi  va  ikki  haftadan  oshmagan  muddat  ichida  qayta  tekshiruvdan  o’tishi  kerak. 
Qayta 
tekshiruvga  kelmaslik  yoki  sababsiz  tayyorlanmasdan  kelish  mehnat  intizomini  buzish  deb 
qaraladi. 
Ushbu kamchiliklarga yo’l qo’ygan ishchiga ichki mehnat intizomi qoidalarida belgilanganidek 
intizomiy choralar qo’llanadi. Agarada ishchi belgilangan vaqtda korxonaning ishi bilan xizmat 
safarida yoki boshqa bir shoshilinch ishlar bilan band bo’lgan bo’lsa, va asosli dalil va hujjatlar 
asosida qayta tekshiruv muddati orqaga surilishi mumkin. 
Mutaxassis va rahbar xodimlarninmehnat muhofazasi bo’yicha bilimlarini oshirish uchun 
xo’jalik boshqaruv bo’limlarida davlat nazorat tashkilotlari, ilmiy tadqiqot institulari va tarmoq 
mutaxassislarini  jalb  qilgan  holda  kurslar,  seminarlar,  leksiyalar  hamda  maslahatlar  tashkil 
qilinadi. 
Xodimlar rahbarlik lavozimiga tayinlanishda quyidagilar bilan tanishtirilishlari kerak: 
-mehnat muhofazasi va sharoiti ; 
-xavfli va zararli ishlab chiqarish omillaridan himoyalash vositalari; 
-jarohatlanish va kasb kasalliklarining tahlili; 
-mehnat sharoitlarini yaxshilashning kerakli tadbirlari hamda mehnat 
muhofazasi bo’yicha qo’llanma va lavozim vazifalari ro’yxati. 
Mutaxassis va rahbar xodimlarning mehnat muhofazasidan bilimlarini tekshirish yuqori 
tashkilot, viloyat mehnat muhofazasi bo’limlarining doimiy imtihon komissiyalari tomonidan 
bajariladi. Komissiya tarkibi yuqori tashkilot rahbarlari tomonidan tasdiqlanadi. Imtihon 
komissiyalarini boshqaruv tashkilotlarining rahbarlari boshqaradi. Imtihonlarni tashkil qilish va 
o’tkazish xo’jalik ma’muriyatiga hamda imtihon komissiyalari raislari zimmasiga yuklatiladi. 
Imtihonlar tasdiqlangan reja bo’yicha o’tkaziladi. Bu reja imtihon komissiyasining barcha 
a’zolariga bir oy oldin tarqatiladi. Tekshiriluvchi esa imtihon kuni va o’tkazilish joyi haqida 
kamida 15 kun oldin ogohlantiriladi. Komissiya a’zolari uch kishidan kam bo’lsa imtihon 
o’tkazishga  ruxsat  berilmaydi.  Imtihon  komissiyasi  tarkibiga  kiritilgan  rahbarlar  va 
mutaxassislar 
boshqaruv tashkilotlari komissiyalariga imtihon topshirgan bo’lishlari kerak. 
Imtihonda qoniqarsiz baho olgan rahbar shaxs bir oy ichida imtihonni qayta topshirish sharti 
bilan o’z lavozimida qoldirilishi mumkin. Imtihonni qayta topshira olmagan rahbar haqidagi 
materiallar  korxonaning  attestatsiya  komissiyasiga,  uning  lavozimiga  mos  emaslgini  ko’rib 
chiqish 
uchun yuboriladi. Imtihon komissiyasining qarori yuzasidan nizolar Mehnat muhofazasi Davlat 
texnik inspektsiyasi yoki sud tomonidan ko’rib chiqiladi. Mehnat muhofazasi bo’yicha bilimlarni 
tekshirishni tashkil qilish va o’tkazish xo’jalik rahbarlari hamda yuqori tashkilot mehnatni 
muhofaza qilish bo’limlari zimmasiga yuklanadi. Nazorat huquqi Mehnat muhofazasi Davlat 
texnik inspektsiyasiga yuklanadi. Mehnat muhofazasi bo’yicha bilimlari tekshirilishidan bo’yin 
tovlagan mutaxassis va rahbarlar lavozimlaridan chetlashtiriladi. 
Mehnat muhofazasi xonasi. Mehnat muhofazasi bo’yicha muhandis-texnik xodimlar, 
ishchi va xizmatchilarning bilimlarini oshirish, ularni mehnat xavfsizligi qoidalarining hamma 
talablarini ongli ravishda bajarish ruhida tarbiyalashning o’quv-uslubiy markazi bu mehnat 
39 
muhofazasi xonasi bo’lib xizmat qiladi. Bu xonaga mehnat muhofazasi bo’yicha bosh muhandis 
bevosita rahbarlik qiladi. QM va Q ga muvofiq mehnat muhofazasi xonasining maydoni 
ishchilarning ro’yxatdagi soniga bog’liq holda tanlanadi, ya’ni: 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com

1000 tagacha ishchi-xodim bo’lganda - 24 m
2

1001 dan 3000 tagacha ishchi-xodim bo’lganda - 48 m
2

3001 dan 5000 tagacha ishchi-xodim bo’lganda 72 m

bo’ladi. 
Xonani uquv, ma’lumotnoma-uslubiy va ko’rgazmali qurollar bilan jihozlanadi. Xavfsizlik 
xonasi ishlarini yo’lga qo’yish, ish rejasini tasdiqlash korxona bosh muhandisiga yuklatiladi. 
Mehnat muhofazasi bo’yicha xonada kirish yo’riqnomasi o’tkaziladi, ishchi, xizmatchi va 
muhandis xodimlar mehnat muhofazasi bo’yicha o’qitiladi. O’quv maqsadlarida maketlar, 
ko’rgazmali  qurollar,  plakatlar,  yo’riqnomalar,  korjoma  va  maxsus  poyabzal  hamda  shaxsiy 
himoya 
vositalari andozalaridan, ishga yaroqli, yaroqsiz asbob-uskunalar namunalari bilan jihozlangan 
stendlar, diafilmlar, diapozitiv va kinofilmlardan foydalaniladi. 
Nazorat uchun savollar 
1. Mehnat muhofazasi bo’yicha muhandis qachon va kim tomondan tayinlaniladi? 
2. Xo’jalik rahbarining mehnat muhofazasini ta’minlash vazifasilari nimadan iborat? 
3. Mehnat muhofazasi uchun mablag’ qanday ajaratiladi va nimaga asosan? 
4. Bosh energetik vazifasi nimadan iborat? 
5. Mehnat xavfsizligida me’yoriy-axborot nima? 
6. Davolash va sog’lig’ini ta’minlash tadbirlari nima? 
7. Baxtsiz hodisa nima? 
8. Jarohat va kasb kasalliklari nima va u qanday aniqlanadi? 
9. Chorvadorlarga qaysi turdagi kasbiy kasalliklar xavfi bor? 
10. Baxtsiz hodisalarni tekshirish va hisobga olish tartibi? 
11. Yo’riqnoma nima, tarif bering?. 
12. Kirish yo’riqnomasi qachon va kim tomonidan o’tkaziladi? 
13. Ish joyidagi yo’riqnoma qachon va kim tomonidan o’tkaziladi? 
14. Yo’riqnomalar qanday rasmiylashtiriladi? 
15. Ishchilarni bilimini tekshirish qay tarzda amalga oshiriladi? 
16. Mutaxassis va rahbar xodimlar bilimlarini tekshirish qanday amalga oshiriladi? 
17. Ishxonalarda mehnatni muhofaza qilish xonasini tashkil etish bo’yicha qanday talablar 
qo’yilgan? 
40 

Download 0,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish