§2. ISHLAB CHIQARISHDA HAYOT FAOLIYATI
XAVFSIZLIGINING HUQUQIY ASOSLARI
Reja:
2.1.O’zbekiston respublikasi qonunlarida faoliyat xavfsizligi masalarining aks topishi.
2.2. Mehnat xavfsizligi standartlar tizimi
2.3. Mehnat xavfsizligi bo’yicha qoida va talablarni buzuvchi shaxslar javobgarligi.
2.4.Mehnatni muhofaza qilish qonunlariga rioya qilishda davlat,
muassasa va jamoat nazorati.
Tayanch iboralar: Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT), Sanitariya qoidalari va me’yorlari
(SQ va M), mehnat xavfsizligi standartlar tizimi (MXST), javobgarlik turlari, nazorat organlari,
ma’muriy jamoat nazorati.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. G’oyipov H.E. «Mehnat muhofazasi» Toshkent. 2000 y.
2. Belyakov G.I. Oxrana truda, M.: VO Agropromizdat, 1990 g.
3. Zaytsev V.P., Sverdlov M.S. Oxrana truda v jivotnovodstve.
M.: VO „Agropromizdat", 1989
4. O’zbekiston Respublikasinining Mehnatni muhofaza qilish to’g’risidagi qonuni
T. Sharq 1993y
5. O’zbekiston Respublikasinining Mehnat kodeksi. T. — 2006
6. O’zbekiston respublikasi Konstitutsiyasi.T. 2003y.
2.1 O’zbekiston respublikasi qonunlarida faoliyat
xavfsizligi masalarining aks topishi.
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
Mamlakatimizda mehnat muhofazasi qonun hujjatlari asosida belgilab qo’yilgan bo’lib,
tartibga solinadi, boshqarib turiladi. Respublikamizda faoliyat ko’rsatayotgan kishilarni, ayniqsa
ayollar va o’smirlarni og’ir va sog’liq uchun zararli bo’lgan ishlardan ozod qilish, qisqartirilgan
ish
kuni huquqi qonun bilan belgilab qo’yilishi, homiladorlik ta’tili, bola tarbiyasiga beriladigan
ta’tilning uch yilgacha uzaytirilishi va boshqa imtiyozlar bunga misol bo’la oladi. Ayniqsa
mustaqqillikdan keyin Xalqaro Mehnat Tashkiloti tomondan ishlab chiqgan konventsiyalarni
ratifikatsiya qilinishi buning yaqqol dalilidir.
Respublikada sog’lom va xavfsiz mehnat sharoitini yaratish davlat ahamiyatiga molik ishdir.
Sharoiti og’ir va zararli ishlarda ayollar va yoshlar mehnatidan foydalanish taqiqlanadi.
Homilador
ayollarning tunda va ishdan tashqari vaqtda ishlashlari cheklangan. Qonunda sharoiti zararli
bo’lgan
ishlarda, shuningdek, alohida harorat sharoitida bajariladigan yoki ifloslanish bilan bog’liq
ishlarda
ishlaydigan ishchi-xizmatchilarga belgilangan me’yorlarga muvofiq bepul jomakor, maxsus
poyabzal va boshqa turdagi yakka tartibdagi himoya vositalari, sut yoki uning o’rnini bosa
oladigan
boshqa oziq-ovqat mahsulotlari berilishi ko’zda tutilgan.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 37- moddasiga binoan «Har bir shaxs
mehnat qilish, erkin kasb tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash va qonunda ko’rsatilgan
tartibda ishsizlikdan himoyalanish huquqiga egadir». Ushbu moddada ko’rsatilgan kafolat va
ijtimoiy
muhofazani
qonuniy
mustahkamlash
maqsadida
O’zbekiston
Respublikasi
Prezidentining
1993yil 6 maydadagi № 839-XII sonli buyrug’iga asosan “Mehnatni muhofaza qilish
to’g’risidagi
qonun” qabul qilindi.
O’zbekiston respublikasining Mehnatni muhofaza qilish to’g’risidagi Qonuni, ishlab
chiqarish usullari, mulk shaklidan qat’iy nazar, mehnatni muhofaza qilishni tashkil etishning
yagona tartibini belgilaydi hamda fuqarolarning sog’lig’i va mehnatini muhofaza qilinishni
ta’minlashga qaratilgan.
Mazkur Qonun 29 modda 5 bo’limdan tashkil topgan bo’lib, unda kundalik hayotimizda
12
mehnat muhofazasining umumiy qoidalari, mehnatni muhofaza qilinishini ta’minlash,
ishlovchilarning mehnatini muhofaza qilishga doir huquqlarini ro’yobga chiqarishdagi kafolatlar,
mehnatni muhofaza qilishga doir qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlarga rioya etilishi ustidan
davlat va jamoatchilik nazorati va mehnatni muhofaza qilish to’g’risidagi qonunlar va boshqa
me’yoriy hujjatlarni buzganlik uchun javobgarlik to’grisidagi masalalar o’z aksini topgan.
3-modda. Mehnatni muhofaza qilish to’g’risidagi qonunlar va
qonunning qo’llannsh sohasi
Mehnatni muhofaza qilish to’g’risidagi qonunlar ushbu Qonun va unga
muvofiq chiqariladigan boshqa me’yoriy hujjatlardan iborat bo’ladi.
Ushbu Qonun mulk va xo’jalik yuritish shakli turlicha bo’lgan korxonalar,
muassasalar, tashkilotlar bilan, shu jumladan ayrim yollovchilar bilan mehnat
munosabatlarida turgan barcha ishlovchilar; kooperativlarning a’zolari, ishlab
chiqarish amaliyotini o’tayotgan oliy o’quv yurtlari talabalari, o’rta maxsus o’quv
yurtlari, hunar-texnika bilim yurtlari va umumiy ta’lim maktablarining
o’quvchilari; korxonalarda ishlashga jalb etiladigan harbiy xizmatchilar; muqobil
xizmatni o’tayotgan fuqarolar; sud hukmi bilan jazoni o’tayotgan shaxslar, axloq
tuzatish-mehnat muassasalari korxonalarida yoki hukmlar ijrosini amalga
oshiruvchi idoralar belgilaydigan korxonalarda ishlash davrida, shuningdek
jamiyat va davlat manfaatlarini ko’zlab tashkil etiladigan boshqa turdagi mehnat
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
ishtirokchilariga nisbatan amal qiladi. (Ozbekiston respublikasi MMQQ).
4-modda. Mehnatni muhofaza qilish sohasidagi davlat siyosati
Mehnatni muhofaza qilish sohasidagi davlat siyosati:
korxonaning ishlab chiqarish faoliyati natijalariga nisbatan xodimning
hayoti va sog’lig’i ustuvorligi;
mehnatni muhofaza qilish sohasidagi faoliyatni iqtisodiy va ijtimoiy
siyosatning boshqa yo’nalishlari bilan muvofiqlashtirib borish;
mulk va xo’jalik yuritish shakllaridan qat’iy nazar barcha korxonalar uchun
mehnatni muhofaza qilish sohasida yagona tartib-qoidalar belgilab qo’yish;
mehnatning ekologiya jihatidan xavfsiz sharoitlari yaratilishini va ish
joylarida atrof-muhit holati muntazam nazorat etilishini ta’minlash;
korxonalarda mehnatni muhofaza qilish talablari hamma joyda bajarilishini
nazorat qilish;
mehnatni muhofaza qilishni mablag’ bilan ta’minlashda davlatning ishtirok
etishi;
oliy va o’rta maxsus o’quv yurtlarida mehnat muhofazasi bo’yicha
mutaxassislar tayyorlash;
xavfsiz texnika, texnologiyalar va xodimlarni himoyalash vositalari ishlab
chiqilishi va joriy etilishini rag’batlantirish;
fan, texnika yutuqlaridan hamda mehnatni muhofaza qilish bo’yicha
vatanimiz va chet el ilg’or tajribasidan keng foydalanish;
ishlovchilarni maxsus kiyim va poyabzal, shaxsiy himoya vositalari, parhez
ovqatlari bilan bepul ta’minlash;
korxonalarda mehnatning sog’lom va xavfsiz shart-sharoitlarini yaratishga
ko’maklashuvchi soliq siyosatini yuritish;
ishlab chiqarishdagi har bir baxtsiz hodisani va har bir kasb kasalligini
tekshirib chiqish hamda hisobga olib borishning va shu asosda ishlab
chiqarishdagi jarohatlanishlar hamda kasb kasalliklariga chalinishlar darajasi
haqida aholini xabardor qilishning majburiyligi;
ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalardan jabrlangan yoki kasb kasalligiga
yo’liqqan ishlovchilarning manfaatlarini ijtimoiy himoyalash;
13
kasaba uyushmalari va boshqa jamoat birlashmalari, korxonalar va alohida
shaxslarning mehnatni muhofaza qilishni ta’minlashga qaratilgan faoliyatini har
tomonlama qo’llab-quvvatlash;
mehnatni muhofaza qilish muammolarini hal etish chog’ida xalqaro hamkorlikni
yo’lga qo’yish printsiplariga asoslanadi. (Ozbekiston respublikasi MMQQ).
Shu bilan birga ishlab chiqaruvchi va ishlovchi o’ratasidagi munosabatlarni huquqiy asosini
belgilovchi qonun “O’zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi “ O’zbekiston Reslublikasi
Oliy
Majlisining 1995 yil 21 dekabrdagi 161-1 sonli qarori asosida tasdiqlandi va 1995 yil 21
dekabrdagi 162-1 sonli qaror asosida 1996 yil 1-aprelidan amalga joriy qilindi.
Mazkur qonun 16 bob va 294 moddadan tashkil topgan bo’lib, 13-bobi (211-223moddalar)
mehnat muhofazasiga bag’ishlangan.
O’zbekiston Respublikasi hududida mehnat munosabatlarin tartibga solishni huquqiy asosi
Mehnat kodeksiga binoan:
1-modda. Mehnatga oid munosabatlarni tartibga soluvchi me’yoriy
hujjatlar.
O’zbekiston Respublikasida mehnatga oid munosabatlar mehnat
to’g’risidagi qonun hujjatlari, jamoa kelishuvlari, shuningdek jamoa
shartnomalari va boshqa lokal me’yoriy hujjatlar bilan tartibga solinadi.
Mehnat to’g’risidagi qonun hujjatlari ushbu Kodeks, O’zbekiston
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
Respublikasi qonunlari va Oliy Majlis qarorlari, O’zbekiston Respublikasi
Prezidentining farmonlari, Qoraqalpog’iston Respublikasi qonunlari va Jo’qori
Kenges qarorlari, O’zbekiston Respublikasi Hukumatining hamda
Qoraqalpog’iston Respublikasi Hukumatining qarorlari, davlat hokimiyatining
boshqa vakillik va ijroiya organlari o’z vakolatlari doirasida qabul qiladigan
qarorlardan iboratdir.
Mulkchilikning barcha shaklidagi korxonalar, muassasalar, tashkilotlarda,
shuningdek ayrim fuqarolar ixtiyorida mehnat shartnomasi (kontrakt) bo’yicha
ishlayotgan jismoniy shaxslarning mehnatga oid munosabatlari mehnat
to’g’risidagi qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlar bilan tartibga solinadi.
(Ozbekiston respublikasi MK )
211-modda. Mehnatni muhofaza qilish talablari
Barcha korxonalarda xavfsizlik va gigiyena talablariga javob beradigan
mehnat sharoitlari yaratilgan bo’lishi kerak. Bunday sharoitlarni yaratib berish
ish beruvchining majburiyatiga kiradi.
Mehnatni muhofaza qilish talablari ushbu Kodeks, mehnatni muhofaza
qilish to’g’risidagi qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlar, shuningdek texnik
standartlar bilan belgilanadi.
Ish beruvchi mehnatni muhofaza qilish talablarini buzganlik uchun
javobgar bo’ladi. (Ozbekiston respublikasi MK ).
Yoshlar mehnatini muhofaza qilish. Respublikamizda yoshlarni ijtimoiy foydali mehnatga
jalb qilish, ularni ishga joylashtirish masalalariga alohada e’tibor qaratilgan. Ayniqsa balog’at
yoshiga etmagan o’smirlarni ishga qabul qilishdagi kafolatlar va imtiyozlar O’zbekiston
Respublikasi mehnat kodeksining 239-moddasida quyidagicha qayd etilgan:
239-modda. O’n sakkiz yoshga to’lmagan shaxslarni ishga qabul
qilishdagi kafolatlar
Belgilangan minimal ish joylari hisobidan ish joylariga ishga joylashtirish
tartibida mahalliy mehnat organi va boshqa organlar tomonidan yuborilgan, o’n
14
sakkiz yoshga to’lmagan shaxslarni ish beruvchi ishga qabul qilishi shart.
Belgilangan minimal ish joylari hisobidan ishga qabul qilishni rad etish
taqiqlanadi va bunday rad etish ustidan sudga shikoyat qilish mumkin.
O’n sakkiz yoshga to’lmagan barcha shaxslar dastlabki tibbiy ko’rikdan
o’tgandan keyingina ishga qabul qilinadilar va keyinchalik ular o’n sakkiz yoshga
to’lgunlariga qadar har yili majburiy tarzda tibbiy ko’rikdan o’tkazib turilishi
kerak.
(239-moddaga O’zbekiston Respublikasining 29.08.1998y. 681-1-son, 29.08.1998
y. 681-1-son Qonunlariga muvofiq o’zgartishlar kiritilgan). (Ozbekiston
respublikasi MK).
240-modda. O’n sakkiz yoshga to’lmagan shaxslarning mehnat huquqlari
O’n sakkiz yoshga to’lmagan shaxslar mehnatga oid huquqiy
munosabatlarda katta yoshdagi xodimlar bilan teng huquqda bo’ladilar, mehnatni
muhofaza qilish, ish vaqti, ta’tillar va boshqa mehnat shartlari sohasida ular
uchun mehnat to’grisidagi qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlarda belgilangan
qo’shimcha imtiyozlardan foydalanadilar. (Ozbekiston respublikasi MK).
Mehanat kodeksiga binoan, 16 dan 18 yoshgacha bo’lgan o’smirlar uchun bir ish haftasidagi
ish soati 36 soat, 15 - 16 yoshda esa 24 soatgacha qisqartirilgan (242- modda). 18 yoshga
to’lmagan
o’smirlarni ish vaqtidan tashqari va dam olish kunlari ishlarga jalb qilish mumkin emas (245-
modda). 16-18 yoshdagi o’smirlar uchun tashiydigan va siljitadigan yukning og’irligi o’g’il
bolalar
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
uchun 13 kg, qizlar uchun 7 kg dan ortiq bo’lmasligi kerak. O’smirlar uchun uzluksiz
tashiydigan
va siljitadigan yukning miqdori 4,1 kg dan ko’p bo’lmasligi lozim, 14-15 yoshdagi o’smirlar
uchun
esa me’yor 2 martagacha kamaytiriladi (SQ va M 0052-96).
O’smirlar doimiy ishga 16 yoshdan qabul qilishga ruxsat etiladi, ayrim hollarda 15 yoshga
to’lgan shaxslar ota-onasidan birining yoki ular o’rnini bosuvchi shaxsdan yozma ravishdagi
roziligi bilan ishga qabul qilinishi mumkin. Yoshlarni mehnatga tayyorlash maqsadida
umumta’lim
maktablari, hunar-texnika bilim yurti va o’rta maxsus o’quv yurti o’quvchilarini 14 yoshga
to’lganlaridan keyin ota-onasidan birining yoki ular o’rnini bosuvchi shaxsning roziligi bilan
o’smirlarning voya va kamol topishiga ziyon etkazmaydigan va ta’lim olish jarayonini
buzmaydigan yengil ishlarni, o’qishdan bo’sh vaqtlarida bajarish uchun ishga qabul qilishga yo’l
qo’yiladi.
77-m o d d a. Ishga qabul qilishga yo’l qo’yiladigan yosh
Ishga qabul qilishga o’n olti yoshdan yo’l qo’yiladi. O’n besh yoshga
to’lgan shaxslar ota-onasidan birining yoki ular o’rnini bosuvchi shaxsning yozma
ravishdagi roziligi bilan ishga qabul qshshnishi mumkin.
Yoshlarni mehnatga tayyorlash maqsadida umumta’lim maktablari, hunartexnika
bilim yurtlari va o’rta maxsus o’quv yurtlarining o’quvchilarini o’n to’rt
yoshga to’lganlaridan keyin ota-onasidan birining yoki ular o’rnini bosuvchi
shaxsning roziliga bilan bolalarning sog’lig’iga va kamol topishiga ziyon
etkazmaydigan va ta’lim olish jarayonini buzmaydigan yengil ishlarni o’qishdan
bo’sh vaqtlarda bajarish uchun ishga qabul qilishga yo’l qo’yiladi.
O’n sakkiz yoshga to’lmagan shaxslarni ishga qabul qilish ushbu
Kodeksning 241-moddasida nazarda tutilgan talablarga rioya etilgan holda
amalga oshiriladi. (Ozbekiston respublikasi MK).
18 yoshga kirmagan shaxslarni og’ir, zararli va xavfli mehnat sharoitlarida ishlatish mumkin
emasligi mehnat kodeksining quyidagi moddasida o’z aksini topgan :
241-modda. O’n sakkiz yoshga to’lmagan shaxslar mehnatidan
15
foydalanish taqiqlanadigan ishlar
O’n sakkiz yoshga to’lmagan shaxslar mehnatidan shu toifa xodimlarining
sog’lig’i, xavfsizligi yoki axloq-odobiga ziyon etkazilish mumkin bo’lgan mehnat
sharoiti, noqulay ishlarda, yer osti ishlarida va boshqa ishlarda foydalanish
taqiqlanadi.
O’n sakkiz yoshga to’lmagan shaxslarning belgilab qo’yilgan me’yordan
ortiq og’ir yuk ko’tarishlari va tashishlariga yo’l qo’yilmaydi.
Ushbu moddaning birinchi qismida ko’rsatilgan ishlar ro’yxati va o’n
sakkiz yoshga to’lmagan shaxslar ko’tarishlari va tashishlari mumkin bo’lgan
og’ir yuk me’yorlarining chegarasini O’zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini
ijtimoiy muhofoza qilish vazirligi va O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash
vazirligi O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi va ish
beruvchilarning vakillari maslahatini olgan holda belgilaydi. (Ozbekiston
respublikasi MK).
Qishloq xo’jaligida bularga pilla zavodlarda, tirkama qishloq xo’jaligi mashinalarida
tirkamachi, g’o’zani sug’orishda, tamakini yig’ib-terib olishda, tashishda va birlamchi ishlov
berishda ishga jalb qilish man etiladi. Murakkab bo’lmagan tirkama va statsionar qishloq
xo’jaligi
mashinalarida ishlashda va xizmat ko’rsatishda maxsus guvohnomalar talab qilish zarur
bo’lmagan
ishlarga, o’smirlarni 17 yoshdan ishga qabul qilishga ruxsat etiladi.
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
Ish vaqti va dam olish. Ish bilan ta’minlovchining farmoyishi bo’yicha ayrim xodimlarni
alohida hollardagina, jamoa shartnomasi tuzilib kasaba uyushmasi qo’mitasi bilan kelishib
belgilangan
asoslar bo’yicha dam olish kunlari ishga chiqishga taklif etiladi (130-modda).
114-modda. Ish vaqti tushunchasi
Xodim ish tartibi yoki grafigiga yoxud mehnat shartnomasi shartlariga
muvofiq o’z mehnat vazifalarini bajarishi lozim bo’lgan vaqt ish vaqti
hisoblanadi.(Ozbekiston respublikasi MK).
120-m o d d a . Ish haftasining turlari. Ish vaqti rejimi
Ish haftasining turi (ikki kun dam olinadigan besh kunlik ish haftasi yoki bir
kun dam olinadigan olti kunlik ish haftasi) va ish vaqti rejimi (kundalik ish
vaqtining (smenaning) muddati, ishning boshlanish va tugash vaqti, ishdagi
tanaffuslar vaqti, sutka davomidagi smenalar soni, ish kunlari hamda
ishlanmaydigan kunlarning navbat bilan almashinishi, xodimlarning smenadan
smenaga o’tish tartibi) korxonada ichki mehnat tartibi qoidalari, boshqa lokal
me’yoriv hujjatlar bilan, bu hujjatlar bo’lmaganda esa, — xodim bilan ish
beruvchining kelishuviga binoan belgilanadi.
Xodimni surunkasiga ikki smena davomida ishga jalb etish taqiqlanadi.
(Ozbekiston respublikasi MK).
126-modda. Dam olish vaqti tushunchasi
Dam olish vaqti — xodim mehnat vazifalarini bajarishdan xoli bo’lgan va
bundan u o’z ixtiyoriga ko’ra foydalanishi mumkin bo’lgan vaqtdir. (Ozbekiston
respublikasi MK).
128-modda. Kundalik dam olish vaqtining muddati
Ishning tugashi bilan keyingi kuni (smenada) ish boshlanishi o’rtasidagi
kundalik dam olish vaqtining muddati o’n ikki soatdan kam bo’lishi mumkin emas.
(Ozbekiston respublikasi MK).
Xodimlarni dam oladigan kunlari ishga jalb etish (120, 132, 245-moddalarda) belgilangan
16
cheklanishlarga rioya etgan holda amalga oshiriladi. Ishlab chiqarishda texnik va boshqa
sabablarga
ko’ra ishni to’xtatib turish mumkin bo’lmagan joylarda, aholiga xizmat ko’rsatish zarurati
bo’lgan
ishlarda, shuningdek kechiktirib bo’lmaydigan ta’mirlash va yuk ortish tushirish ishlarida
bayram
kunlari ishlashga ruxsat etiladi (132-modda). Dam olish va bayram kunlari bajariladigan ishlar
uchun
kompensatsiya va haq to’lash mehnat kodeksining 157- moddasiga muvofiq amalga oshiriladi.
Korxonalar va ayrim ishlab chiqarishlarda ish turiga qarab, kundalik yoki haftalik ish kuniga
rioya qilib
bo’lmaydigan toifadagi ishchilar va xizmatchilarga, kasaba uyushmasi bilan kelishilgan holda ish
kunini jamlab hisobga olish (123-modda) usulini kiritishga yo’l qo’yiladi.
Qishloq xo’jalik dala ishlarining qizg’in pallasida, ish kunini 12 soatga uzaytirish va dala ishlari
kamayganda yoki qish vaqtida ish kunining davom etishini 5 soatga qisqartirishga ruxsat
beriladi,
bunda faqat yil mobaynida ish vaqtini jamlab hisoblashga rioya qilinadi. Hamma ishchi,
xizmatchi va
o’rindoshlik asosida ishlayotgan xodimlarga dam olish va ish qobiliyatini tiklash uchun ish joyi,
o’rtacha ish haqi saqlangan holda yillik mehnat ta’tilini berishi lozim (133 modda). Uning
muddati
mehnat kodeksining 134,135-moddalarida aks ettirilgan.
Zararli mehnat sharoitlarida ish bajaradigan ishchi va xizmatchilarga qo’shimcha ta’tildan
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
tashqari (137,138-moddalar), qisqartirilgan ish kuni joriy etiladi (117,118- moddalar).
Korxonalarda
qo’shimcha ta’til olish huquqini beruvchi ishlar, kasblar va lavozimlar ro’yxati, ta’tillarning
muddati,
ularni berish tartibi va sharoitlari tarmoq kelishuvlari, jamoa shartnomalarida belgilab qo’yiladi,
agar
ular tuzilmagan bo’lsa, ish bilan ta’minlovchi tomonidan kasaba uyushmasi qo’mitasi yoki
xodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishib olingandan keyin belgilanadi.
Xotin-qizlar mehnatini muhofaza qilish. Ayollar mehnatini taqiqlaydigan noqulay mehnat
sharoitlaridagi
ishlarning
ro’yxati
va
yuklarni
ko’tarishda,
hamda
kuzga-qishga
me’yorlashtirilgan
yuklarning sanitariya me’yorlari, homilador ayollar yengil ishlarga yoki ish soati to’liq
bo’lmagan ish
joylariga o’tkazish mehnat kodeksi va mehnat muhofazasi bo’yicha qonunlar va boshqa
me’yoriy
hujjatlar asosidagi talablarga javob berishi shart.
225-modda. Ayollar mehnatini qo’llanish taqiqlanadigan ishlar.
Mehnat sharoiti noqulay ishlarda, shuningdek yer osti ishlarida ayollar
mehnatini qo’llanish taqiqlanadi, yer ostidagi ba’zi ishlar (jismoniy bo’lmagan
ishlar yoki sanitariya va maishiy xizmat ko’rsatish ishlari) bundan mustasnodir.
Ayollarning ular uchun mumkin bo’lgan me’yordan ortiq yukni
ko’tarishlari va tashishlari man etiladi.
Ayollar mehnatini qo’llanish taqiqlanadigan mehnat sharoiti noqulay
ishlarning ro’yxati hamda ular ko’tarishlari va tashishlari mumkin bo’lgan yuk
me’yorlarining chegarasini O’zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy
muhofaza qilish vazirligi va O’zbekiston Respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi,
O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi va ish beruvchilarning
vakillari maslahatini olgan holda tasdiqlaydi. (Ozbekiston respublikasi MK).
226-modda. Homilador ayollarni yengilroq yoki noqulay ishlab chiqarish
omillarining ta’siridan xoli bo’lgan ishga o’tkazish.
Tibbiy xulosaga muvofiq homilador ayollarning ishlab chiqarish
me’yorlari, xizmat ko’rsatish me’yorlari kamaytiriladi yoki ular avvalgi
ishlaridagi o’rtacha oylik ish haqi saqlangan holda yengilroq yoxud noqulay
ishlab chiqarish omillarining ta’siridan xoli bo’lgan ishga o’tkaziladi.
Homilador ayolga yengilroq yoki noqulay ishlab chiqarish omillari
ta’siridan xoli bo’lgan ish berish masalasi hal etilgunga qadar, u ana shu
sababdan ishga chiqmagan barcha ish kunlari uchun o’rtacha oylik ish haqi
saqlangan holda ishdan ozod etilishi lozim. (Ozbekiston respublikasi MK).
17
228-modda. Tungi ishlarda, ish vaqtidan tashqari ishlarda, dam olish
kunlaridagi ishlarda ayollar mehnatini qo’llanishni va ularni xizmat safariga
yuborishni cheklash
Homilador ayollarni va o’n to’rt yoshga to’lmagan bolasi (o’n olti yoshga
to’lmagan nogiron bolasi) bor ayollarni ularning roziligisiz tungi ishlarga, ish
vaqtidan tashqari ishlarga, dam olish kunlaridagi ishlarga jalb qilishga va xizmat
safariga yuborishga yo’l qo’yilmaydi. Shu bilan birga homilador ayollarni va uch
yoshga to’lmagan bolasi bor ayollarni tungi ishlarga jalb qilishga bunday ish ona
va bolaning sog’lig’i uchun xavf tug’dirmasligini tasdiqlovchi tibbiy xulosa
bo’lgan taqdirdagina yo’l qo’yiladi. (Ozbekiston respublikasi MK).
Jamoa va mehnat shartnomalari. O’zbekiston Respublikasining mehnat kodeksining 29-56
va 72-113-moddalariga asosan mehnat munosabatlarini tartibga solish uchun jamoa va mehnat
shartnomalari tuziladi va ma’muriyatga quyidagi vazifalar yuklanadi:
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
• Sog’lom va xavfsiz ish sharoitlarini ta’minlash;
• Kasb kasalliklarini va jarohatlarni ogohlantiruvchi zamonaviy xavfsizlik texnika
vositalarini tatbiq qilish;
• Ishchi xizmatchilarni bepul korjoma va himoya vositalari bilan ta’minlash;
• Zararli ish sharoitlarida sut va maxsus ovqatlar bilan ta’minlash;
• Tibbiyot ko’riklarini o’z vaqtida o’tkazib turish;
• Yo’riqnomalarning barcha turlarini o’z vaqtida o’tkazib turish.
29-modda. Jamoa shartnomalari va kelishuvlarining tushunchasi va maqsadi
Jamoa shartnomasi — korxonada ish beruvchi bilan xodimlar o’rtasidagi
mehnatga oid, ijtimoiy-iqtisodiy va kasbga oid munosabatlarni tartibga soluvchi
me’yoriy hujjatdir.
Jamoa kelishuvi — muayyan kasb, tarmoq, hudud xodimlari uchun mehnat
shartlari, ish bilan ta’minlash va ijtimoiy kafolatlar belgilash borasidagi
majburiyatlarni o’z ichiga oluvchi me’yoriy hujjatdir.
Jamoa shartnomalari va kelishuvlari xodimlar bilan ish beruvchilarning
mehnatga oid munosabatlarini shartnoma asosida tartibga solishga va ularning
ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini muvofiqlashtirishga yordam berish maqsadida
tuziladi. (Ozbekiston respublikasi MK).
72-modda. Mehnat shartnomasining tushunchasi va taraflari
Mehnat shartnomasi xodim bilan ish beruvchi o’rtasida muayyan
mutaxassislik, malaka, lavozim bo’yicha ishni ichki mehnat tartibiga bo’ysungan
holda taraflar kelishuvi, shuningdek mehnat to’g’risidagi qonunlar va boshqa
me’yoriy hujjatlar bilan belgilangan shartlar asosida haq evaziga bajarish
haqidagi kelishuvdir.
Xodim va ish beruvchi mehnat shartnomasining taraflari bo’lib
hisoblanadilar.
Mehnat shartnomasini tuzish haqidagi kelishuvdan oldin qo’shimcha
holatlar (tanlovdan o’tish, lavozimga saylanish va boshqalar) bo’lishi mumkin.
Xodim o’rindoshlik asosida ishlash to’g’risida, basharti bu qonun hujjatlari
bilan taqiqlanmagan bo’lsa, mehnat shartnomalari tuzishi mumkin. (Ozbekiston
respublikasi MK).
2.2. Mehnat xavfsizligi standartlar tizimi
Yangi texnologik jarayonlarning yaratilishi, yangi ashyolarning qo’llanilishi yangicha
18
yondashuvni, mehnat xavfsizligini ta’minlashning yangi usullar hamda vositalarini ishlab
chiqarishni,
shuningdek, ana shu masalalar bo’yicha yangi me’yor turlarini yaratishni taqozo etdi. Shu
sababli
mehnat muhofazasiga doir me’yoriy hujjatlarni tartibga solish zarurati paydo bo’ldi. Bu
hujjatlar
davlat standartlashtirish tizimining tarkibiy qismiga aylandi. Davlat standartlari mehnat
sharoitini va
mehnat muhofazasini yaxshilashning zaminidir. Har qaysi korxona davlat standartlarining
umumiy
talablariga qat’iy amal qilgan holda o’zining tarmoq standartlarini ishlab chiqadi, bu
standartlarda
tarmoqdagi mehnatning o’ziga xos xususiyatlari hisobga olinadi. Mazkur hujjatlar asosida
ilmiy-sanoat
birlashmalari zavod va fabrikalar, korxonalar uchun standartlar yaratiladi va bu standartlar
har qaysi
bo’linma ish o’rni uchun mehnat xavfsizligi bo’yicha fan va ilg’or tajribalar asosida tavsiyalar
beradi.
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
Mehnat xavfsizligi standartlari tizimi (MXST) bu o’zaro bog’liq standartlar to’plamidan iborat
bo’lib, ular uch guro’hga bo’linadi va quyidagilarni belgilaydi:
• Xavfli va zararli ishlab chiqarish omillariga doir umumiy
talablar hamda me’yorlar;
• Ishlab chiqarish jarayonlariga doir xavfsizlikning umumiy talablari;
• Ishlovchilarni himoyalash vositalariga doir talablar;
• Mehnat xavfsizligini baholash uslubi.
«O’zstandart» davlat agentligi standartlarning amal qilish vaqtini besh yil muddatga belgilaydi
va
ushbu muddat o’tgandan so’ng ular yangilanadi va qayta ko’rib chiqiladi. MXST standartlari
umumdavlat, tarmoq, respublika miqyosida bo’lishi mumkin. Ushbu standartlarga ko’rsatilgan
talablar
va qoidalarni barcha vazirliklar, idoralar, xo’jalik va muassasalar bajarishga majbur. Ularga
amal
qilmaganlar qonun yo’li bilan jazolanadilar.
MXST faoliyat turlaridan kelib chiqqan holda xavfsizlikning talablari, me’yorlari va
qoidalaridan iborat bo’lib, ish jarayonida xavfsizlikni ta’minlash hamda kishilarning ish
qobiliyatini va
sog’lig’ini saqlashga yo’naltirilgan tizimdir. Tizim shuningdek, umumdavlat, tarmoq va
korxonalar
standartlarini o’z ichiga oladi. Asos bo’ladigan davlat standartlar tizimida atamalar ta’rifi va
tushunchalar berilgan bo’lib, mehnatni muhofaza qilishda:
o ishlab chiqarishdagi hisobga olinadigan zararli omillarning tasnifi;
o ishlab chiqarish uskunalari va jarayonlaridagi himoyalanish vositalari tasnifi;
o bino va inshootlarga qo’yiladigan xavfsizlik talablari me’yorlari bayon etilgan.
MXSTning mazmuni, tizimi va vazifasi, shuningdek tuzilishi, standartlar mazmuni va
kelishuvi ГОСТ 12.0.001.82da ifodalangan bo’lib, bunda:
• birinchi ikki son (12) shu ГОСТni MXST ga qarashli ekanligini;
• uchinchi son (0) — tizim «ost» (tarmoq) shifrini;
• keyingi uch son (001) — «ost»( tarmoq) tizim standartining tartib raqamini;
• va oxirgi ikki son (82) — standartning ro’yxatga olingan yilini ko’rsatadi.
Ishlab chiqarish jarayonida yuzaga keladigan turli xususyatli noqulay xavli va zarali
omillarning inson sog’ligiga salbiy ta’siri hisobga olinib MXST quyidagi guro’hlarda o’z
ifodasini
topgan:
• Birinchi guro’hdagi MXST-ГОСТ 12.1.008-76-«Biologik xavfsizlik»;
• Ikkinchi guro’hdagi MXST-ГОСТ 12.2.019-86- «Qishloq xo’jaligi traktorlari va uziyurar
mashinalarga qo’yiladigan xavfsizlik»;
• Uchunchi guro’hdagi MXST-ГОСТ 12.3.00275-«Ishlab chiqarish jarayonlari, texnologik
jaranyonlarga, ish joylari va maydonlariga, ishchi o’rinlarini tashkil qilishga qo’yiladigan
xavfsizlik talablarini»;
• To’rtinchi guro’hdagi MXST- ГОСТ 12.4.024-76-«Ishchilarni xavfli omillardan
himoyalash chora va vositalari».
• Beshinchi guro’h standartlari xavfsizlik talablarini nazorat qilish usullarini, injener
tarmoqlarining tuzilishini, inshoot va binolardan foydalanish va ta’mirlanishni, qurilish
jarayonlarida xafsizlikni ta’minlashni o’z ichiga oladi.
Tarmoq standartlari (TS), umumdavlat standartlari negizida yaratilgan bo’lib, mehnat
muhofazasi qoida va me’yorlariga aniqlikni ushbu tarmoq sharoitiga muvofiq kiritadi. Masalan,
tarmoq
19
standarti TS 46.0.12682. «Qishloq xo’jaligida mehnatni muhofaza qilish bo’yicha o’qitishlarni
tashkil
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
qilish»ning yagona tartibini o’rnatadi.
Hamma standart va qo’llanmalar fan va texnikaning eng yangi yutuqlariga asoslangan holda
o’zgartirishlar kiritish maqsadida har besh yilda qaytadan ko’rib chiqilishi shart.
2.3. Mehnat xavfsizligi bo’yicha qoida va talablarni
buzuvchi shaxslar javobgarligi
Davlat qonunchiligi mehnat muhofazasi qoida va me’yorlarining buzilishi uchun qat’iy
javobgarlik belgilaydi. Baxtsiz hodisaning og’ir-yengillik darajasiga qarab javobgarlikni biror
turi
qo’llaniladi. Mehnatni muhofaza qilish to’g’risidagi qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlarni
buzganlik uchun javobgarlik «Mehnatni muhofaza qilish to’g’risida»gi qonunning, quyidagi
moddalarida o’z aksini topgan.
25-modda. Mehnatni muhofaza qilishga doir talablar ta’minlanmagani
uchun korxonalarning javobgarligi
Korxonalar mehnatni muhofaza qilishga doir talablar ta’minlanmaganligi
uchun ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklaridan ijtimoiy
sug’urta qilish maqsadlariga oshirilgan tariflar bo’yicha mablag’lar ajratadilar.
Tariflar mehnat sharoiti, bajariladigan ishlar xavfliligi, zararliligi va og’irligiga
bog’liq holda vaqti-vaqti bilan qayta ko’rib chiqiladi.
O’zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish
vazirligining mehnat sharoitlari davlat ekspertizasi bergan xulosa tariflarni qayta
ko’rib chiqish uchun asos hisoblanadi.
(25-moddaga O’zbekiston Respublikasining 12.05.2001y. 220- II -son Qonuniga
muvofiq o’zgartishlar kiritilgan) (Ozbekiston respublikasi MMQQ).
26-modda. Mehnatni muhofaza qilish talablariga javob bermaydigan ishlab
chiqarish ahamiyatidagi mahsulotni tayyorlaganlik va sotganlik uchun
korxonalarning iqtisodiy javobgarligi.
Mehnatni muhofaza qilish talablariga javob bermaydigan ishlab chiqarish
ahamiyatiga molik mahsulot ishlab chiqarayotgan va etkazib berayotgan
korxonalar iste’molchilarga etkazilgan zararni O’zbekiston Respublikasi
qonunlarida belgilanadigan tartibda va shartlarda qoplaydilar.
Mehnatni muhofaza qilish bo’yicha standartlar, qoidalar va me’yorlarning
O’zbekiston Respublikasida belgilangan talablariga nomuvofiq ishlab chiqarish
vositalarini, yakka tartibdagi va jamoani himoyalash vositalarini, shu jumladan
xorijdan sotib olinganlarini sotish va targ’ib qilish g’ayriqonuniy hisoblanadi.
Bunday faoliyat natijasida korxona olgan foyda belgilangan tartibda byudjetga
musodara qilinishi kerak. (Ozbekiston respublikasi MMQQ).
27-modda. Mehnatni muhofaza qilishga doir qonunlar va boshqa me’yoriy
hujjatlarni buzganlik uchun javobgarlik
Mehnatni muhofaza qilishga doir qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlar
buzilishida aybdor bo’lgan yoki davlat va jamoatchilik nazorati idoralari
vakillarining faoliyatiga monelik qilayotgan mansabdor shaxslar O’zbekiston
Respublikasi qonunlarida belgilangan tartibda intizomiy, ma’muriy yoki jinoiy
javobgarlikka tortiladilar.
Korxonalarning boshqa xodimlari mehnatni muhofaza qilishga doir
me’yoriy hujjatlarning talablarini buzganlik uchun belgilagan tartibda
javobgarlikka tortiladilar. (Ozbekiston respublikasi MMQQ).
20
Intizomiy javobgarlik qishloq xo’jaligi korxonalarining xodimlariga ichki mehnat
tartibqoidalarida
ko’rsatilgan talablarni bajarmaganliklari uchun ma’muriyat oldida javob berish
mas’uliyatini yuklaydi. Xodimlarga mehnat intizomini buzganligi uchun ish bilan ta’minlovchi
qo’yidagi intizom jazo choralarini qo’llashga haqli:
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
181-modda. Intizomiy jazolar
Xodimga mehnat intizomini buzganligi uchun ish beruvchi quyidagi intizomiy jazo
choralarini qo’llashga haqli:
1) hayfsan;
2) o’rtacha oylik ish haqining o’ttiz foizidan ortiq bo’lmagan miqdorda
jarima.
Ichki mehnat tartibi qoidalarida xodimga o’rtacha oylik ish haqining ellik
foizidan ortiq bo’lmagan miqdorda jarima solish hollari ham nazarda tutilishi
mumkin. Xodimning ish haqidan jarima ushlab qolish ushbu Kodeksning 164-
moddasi talablariga rioya qilingan holda ish beruvchi tomonidan amalga
oshiriladi;
3) mehnat shartnomasini bekor qilish (100-modda ikkinchi qismining 3 va
4-bandlari).
Ushbu moddada nazarda tutilmagan intizomiy jazo choralarini qo’llanishi
taqiqlanadi.
(181-moddaga O’zbekiston Respublikasining 20.08.1999y. 832-1-son Qonuniga
muvofiq o’zgartishlar kiritilgan ). (Ozbekiston respublikasi MK).
Xodimning ish haqidan jarima ushlab qolish Mehnat kodeksining 164-moddasiga rioya
qilgan holda ish bilan ta’minlovchi tomonidan amalga oshiriladi.
164-modda. Mehnat haqidan ushlab qolish
Umumiy qoidaga ko’ra, xodimning yozma roziligi bilan, bunday rozilik
bo’lmagan taqdirda esa, — sudning qaroriga asosan mehnat haqidan ushlab
qolinishi mumkin.
Quyidagi hollarda xodimning roziligidan qat’iy nazar, mehnat haqidan
ushlab qolinadi:
1) O’zbekiston Respublikasida belgilangan soliqlar va boshqa majburiy
to’lovlarni undirish uchun;
2) sudning qarorlari va boshqa ijro hujjatlarini ijro etish uchun;
3) ish haqi hisobiga berilgan avansni ushlab qolish uchun, xo’jalik
ehtiyojlariga, xizmat safarlariga yoki boshqa joydagi ishga o’tganligi munosabati
bilan berilgan bo’lib, sarf qilinmay qolgan va o’z vaqtida qaytarilmagan avansni
ushlab qolish uchun hamda hisob-kitobdagi xatolar natijasida ortiqcha to’langan
summani qaytarib olish uchun. Bunday hollarda ish beruvchi avansni qaytarish
yoki qarzni to’lash uchun belgilangan muddat tamom bo’lgan kundan yoxud haq
to’lash noto’g’ri hisoblab chiqaril-gan kundan boshlab bir oydan kechiktirmasdan
avans yoki qarzni ushlab qolish haqida farmoyish berishga haqlidir. Agar bu
muddat o’tib ketgan bo’lsa yoki xodim xo’jalik ehtiyojlariga, xizmat safarlariga
yoxud boshqa joydagi ishga o’tganligi munosabati bilan berilgan avansning
ushlab qolinishini asossiz yoki miqdorini noto’g’ri deb hisoblasa, u holda qarz sud
tartibida undiriladi;
4) hisobidan xodim ta’til olib bo’lgan ish yili tugamasdan turib mehnat
shartnomasi bekor qilinganda, — ta’tilning ishlanmagan davrga tegishli kunlari
uchun. Ana shu kunlar uchun haq mehnat shartnomasi ushbu Kodeks 89-
moddasining to’rtinchi qismida, 100-moddasi ikkinchi qismining 1 va 2-
21
bandlarda, 106-moddasining 1 va 2-bandlarida ko’rsatilgan asoslarga ko’ra,
shuningdek o’qishga kirganligi yoki pensiyaga chiqqanligi munosabati bilan bekor
qilinganda ushlab qolinmaydi;
5) xodim tomonidan ish beruvchiga etkazilgan zararni qoplash uchun, agar
etkazilgan zararning miqdori xodimning o’rtacha oylik ish haqidan ortiq
bo’lmasa;
6) ushbu Kodeksning 181-moddasi birinchi qismining 2-bandida nazarda
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
tutilgan jarimani undirish uchun.
Ish haqini har gal to’lash vaqtida ushlab qolinadigan haqning umumiy
miqdori xodimga tegishli bo’lgan mehnat haqining ellik foizidan ortib ketmasligi
lozim. (Ozbekiston respublikasi MK).
Mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilish mehnat kodeksida
quyidagicha o’z aksini topgan:
100-modda. Mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor
qilish.
Nomuayyan muddatga tuzilgan mehnat shartnomasini ham, muddati
tugagunga qadar muddatli mehnat shartnomasini ham ish beruvchining
tashabbusi bilan bekor qilish asosli bo’lishi shart.
Quyidagi sabablardan birining mavjudligi mehnat shartnomasini bekor
qilishning asosli ekanligini bildiradi:
1) texnologiyadagi, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishdagi
o’zgarishlar, xodimlar soni (shtati) yoki ish xususiyatining o’zgarishiga olib
kelgan ishlar hajmining qisqarganligi yoxud korxonaning tugatilganligi;
2) xodimning malakasi etarli bo’lmaganligi yoki sog’lig’i holatiga ko’ra
bajarayotgan ishiga noloyiq bo’lib qolishi;
3) xodimning o’z mehnat vazifalarini muntazam ravishda buzganligi. Avval
mehnat vazifalarini buzganligi uchun xodim intizomiy yoki moddiy javobgarlikka
tortilgan yoxud unga nisbatan mehnat to’g’risidagi qonunlar va boshqa me’yoriy
hujjatlarda nazarda tutilgan ta’sir choralari qo’llanilgan kundan e’tiboran bir yil
mobaynida xodim tomonidan takroran intizomga xilof nojo’ya harakat sodir
qilinishi mehnat vazifalarini muntazam ravishda buzish xisoblanadi;
4) xodimning o’z mehnat vazifalarini bir marta qo’pol ravishda buzganligi.
Xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilishga olib kelishi
mumkin bo’lgan mehnat vazifalarini bir marta qo’pol ravishda buzishlarning
ro’yxati:
ichki mehnat tartibi qoidalari;
korxona mulkdori bilan korxona rahbari o’rtasida tuzilgan mehnat shartnomasi;
ayrim toifadagi xodimlarga nisbatan qo’llaniladigan intizom haqidagi nizom va
ustavlar bilan belgilanadi.
Xodimning o’z mehnat vazifalarini buzishi qo’pol tusga egaligi yoki ega
emasligi har bir muayyan holda sodir qilingan nojo’ya harakatning og’iryengilligiga
hamda bunday buzish tufayli kelib chiqqan yoki kelib chiqishi mumkin
bo’lgan oqibatlarga qarab hal etiladi;
5) o’rindoshlik asosida ishlamaydigan boshqa xodimning ishga qabul
qilinipsh munosabati bilan, shuningdek mehnat shartlariga ko’ra o’rindoshlik ishi
cheklanishi sababli o’rindoshlar bilan mehnat shartnomasining bekor qilinganligi;
6) korxona rahbari, uning o’rinbosarlari, bosh buxgalter bilan, korxonada
bosh buxgalter lavozimi bo’lmagan taqdirda esa, bosh buxgalter vazifasini amalga
oshiruvchi xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi mulkdorning almashishi
sababli bekor qilinganligi. Mazkur asos bo’yicha mehnat shartnomasini korxona
22
mulk qilib olingan kundan boshlab uch oy mobaynida bekor qilishga yo’l
qo’yiladi. Xodimning vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik davri, mehnat
to’g’risidagi qonunlar hamda boshqa me’yoriy hujjatlarda nazarda tutilgan
ta’tillarda bo’lgan vaqti, uzrli sabablarga ko’ra ishda bo’lmagan boshqa davrlari
bu muddatga kiritilmaydi.
Xodim vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik davrida va mehnat to’g’risidagi
qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlarda nazarda tutilgan ta’tillarda bo’lgan
davrida mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilishga
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
yo’l qo’yilmaydi, korxona butunlay tugatilgan hollar bundan mustasno.
(100-moddaga O’zbekiston Respublikasining 12.05.2001 y. 220-P-son Qonuniga
muvofiq o’zgartishlar kiritilgan). (Ozbekiston respublikasi MK).
Ushbu moddada nazarda tutilmagan intizomiy jazo choralarini qo’llash taqiqlanadi.
Ma’muriy javobgarlik — mol-mulkka yoki moddiy narsalarga oid jazo (jarima va
musodara). Ma’muriy jazo mehnat muhofazasini nazorat qilib turuvchi mansabdor shaxslar
tomonidan beriladi. Ma’muriy boshqaruv xodimlariga mehnat muhofazasi qoidalari va
me’yorlarini
buzganliklari uchun jarima solinadi. Jazo berishda professional me’yorlarga qat’iy rioya qilish
lozim.
Jinoiy javobgarlik — ozodlikdan mahrum qilish yoki lavozimidan bo’shatish; mehnat
muhofazasiga doir qoidalar buzilishi natijasida odamlar bilan baxtsiz hodisalar ro’y bersa yoki
boshqa og’ir oqibatlarga sabab bo’lsa, qoidani buzgan shaxslar jinoiy javobgarlikka tortiladi.
Respublikamizning jinoyat kodeksida mehnatkashlarning salomatligini muhofaza qilish uchun
javobgarlikni nazarda tutadigan bir necha modda bor. Jinoyat kodeksidagi modda bir yilgacha
ozodlikdan mahrum qilish yoki shu muddatga axloq tuzatish ishlariga jalb qilish, jarima solish
yoxud lavozimidan bo’shatash tarzida jazolashni nazarda tutadi. Bir necha kishiga tan jarohati
etashiga sabab bo’lgan qoida buzishlar uchun jinoiy javobgarlikning yanada qattiq choralari
nazarda
tutilgan.
Moddiy javobgarlik — bu ishchi va xizmatchilarning aybi bilan korxonaga haqiqiy zarar
etkazilgan bo’lsa, ular shu zararni to’lashga majburdirlar.
185-modda. Mehnat shartnomasining bir tarafi boshqa tarafga etkazgan zararni
qoplash majburiyati
Mehnat shartnomasining bir tarafi (ish beruvchi yoki xodim) mehnat
sohasidagi vazifalarni bajarishi munosabati bilan boshqa tarafga etkazgan
zararini ushbu Kodeks va mehnat to’g’risidagi boshqa me’yoriy hujjatlarda
belgilangan qoidalarga muvofiq qoplaydi.
Mehnat shartnomasi yoki unga qo’shimcha ravishda tuzilgan yozma
shakldagi kelishuvda, shuningdek jamoa shartnomasida mehnat shartnomasi
taraflarining moddiy javobgarligi aniqlashtirib qo’yilishi mumkin. Bunda
shartnoma bo’yicha ish beruvchining xodim oldidagi javobgarligi ushbu Kodeksda
nazarda tutilganidan kam, xodimning ish beruvchi oldidagi javobgarligi esa
nazarda tutilganidan ko’p bo’lmasligi kerak. Zarar etkazilganidan keyin mehnatga
oid munosabatlarning bekor qilinganiga mehnat shartnomasi taraflarini moddiy
javobgarlikdan ozod qilishga sabab bo’lmaydi. (Ozbekiston respublikasi MK).
186-modda. Moddiy javobgarlikning yuzaga kelishi shartlari
Mehnat shartnomasining bir tarafi o’zining g’ayrihuquqiy, aybli xulq-atvori
(harakati yoki harakatsizligi) natijasida boshqa tarafga etkazgan zarari uchun,
basharti ushbu Kodeksda boshqacha holat nazarda tutilmagan bo’lsa, moddiy
javobgar bo’ladi.
Taraflarning har biri o’ziga etkazilgan moddiy zararning miqdorini isbotlab
berishi shart. (Ozbekiston respublikasi MK).
23
Zararni qoplash ma’muriyatning buyrug’ bilan xodimdan yozma rozilik olingan holda ish
haqidan ushlab qolish yo’li bilan amalga oshiriladi. Yozma rozilik bo’lmagan yoki xodim rozilik
bermagan taqdirda ish haqidan ushlab qolinmaydi va zararni qoplash masalasi ma’muriyatning
arizasiga ko’ra hokimiyat xalq sudi tomonidan hal qilinadi.
2.4. Mehnatni muhofaza qilish qonunlariga rioya qilishda
davlat, muassasa va jamoa nazorati.
Mehnatni muhofaza qilishning holati ustidan davlat nazorati va tekshiruvini davlat organlari
mehnat kodeksining 223-moddasida belgilangan talab asosida amalga oshiradi.
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
223-m o d d a. Mehnatni muhofaza qilishning holati ustidan nazorat qilish va
tekshiruv o’tkazish
Mehnatni muhofaza qilishning holati ustidan davlat nazorati va tekshiruvini
davlat organlari amalga oshiradilar.
Mehnatni muhofaza qilishning me’yor va qoidalariga rioya etilishi ustidan
jamoat tekshiruvini kasaba uyushmalari va xodimlarning boshqa vakillik organlari
amalga oshiradilar. (Ozbekiston respublikasi MK).
«Mehnatni muhofaza qilish to’g’risida»gi qonunning mehnatni muhofaza qilishga doir
qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlarga rioya etilishi ustidan davlat va jamoatchilik nazorati
vakolatlari quyidagi moddalar asosida amalga oshiriladi:
22-modda. Mehnatni muhofaza qilishga doir qonunlar va boshqa
me’yoriy hujjatlarga rioya etilishi ustidan davlat nazorati
Mehnatni muhofaza qilishga doir qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlarga
hamma joylarda rioya etilishi ustidan davlat nazoratini bunga maxsus vakolat
berilgan, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydigan nizom
asosida ishlovchi davlat idoralari amalga oshiradilar. (Ozbekiston respublikasi
MMQQ).
23-modda. Mehnatni muhofaza qilishga doir qonunlar va boshqa
me’yoriy hujjatlarga rioya etilishi ustidan jamoatchilik nazorati
Mehnatni muhofaza qilishga doir qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlarga
rioya etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini mehnat jamoalari va kasaba
uyushmasi tashkilotlari tomonidan mehnatni muhofaza qilish bo’yicha o’zlari
saylaydigan vakillar amalga oshiradilar.
Mehnatni muhofaza qilish bo’yicha maxsus tayyorgarlikdan o’tgan vakil ish
joylarida mehnat muhofazasining ahvolini moneliksiz tekshirish, aniqlangan
kamchiliklarni bartaraf etish va aybdor shaxslarni javobgarlikka tortish
to’g’risida takliflar kiritish huquqiga egadir. Mehnat muhofazasi bo’yicha vakilga
o’z vazifalarini bajarishi uchun har haftada ish paytida kamida ikki soat vaqt
ajratib beriladi va o’rtacha ish haqi miqdorida haq to’lanadi. (Ozbekiston
respublikasi MMQQ).
Ishlab chiqarishni tarmoqlari bo’yicha mehnat muhofazasi talablarini bajarilishi ustidan
nazoratni quyidagi davlat idoralari amalga oshiradi:
Tog’ texnika nazorati — sanoat va qishloq xo’jaligi korxonalarida bug’ qozonlarini 0,07 MPa
bosimdan yuqori ishlaydigan idishlarni, yuk ko’tarish mexanizmlari va qurilmalarni ishlatish
qoidalarini bajarilishini va gaz ta’minot tizimi qurilishini, ishlatilishini va boshqalarni nazorat
qiladi.
24
Texnik nazorat — jamoa xo’jaliklari va boshqa qishloq xo’jaligi korxonalari hamda
tashkilotlardagi mashina va uskunalarning texnik holatining nazorati, shahar va viloyat Davlat
mehnat
texnik inspektsiyalari orqali amalga oshiriladi.
Qishloq xo’jalik texnika nazorat organlari traktorlar, kombaynlar va boshqa murakkab
uskunalarning texnik holatini, shuningdek ularni ishlatish qoidalariga rioya qilishini,
mashinalarni
ta’mirlash va texnik xizmat ko’rsatish sifatini (ixtisoslashgan ustaxonalar, zavodlar va
ta’mirlash
korxonalaridan tashqari) davlat nazoratidan o’gkazadilar.
Sanitariya nazorati — respublikamiz davlat, sanitariya nazorati ishlab chiqarishda
kasalliklarni kamaytirish, tashqi muhitni (suv havzalari, tuproq, va atmosfera havosi)
ifloslanishining
oldini olishga, mehnat sharoitini sog’lomlashtirishga yo’naltirilgan sanitariya gigiyena,
sanitariyaepidemiologik
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
chora-tadbirlarini o’tkazilishini nazorat qiladi, shuningdek, kasallanishning oldini
olishga qaratilgan chora-tadbirlarning o’tkazilishini tekshirib turadi.
Energetika nazorati — elektr qurilmalarining texnik holatini, ularga xizmat ko’rsatishda
xavfsizlikni ta’minlaydigan chora-tadbirlar o’tkazilishini nazorat qilib turadi.
Yong’in xavfsizligi nazorati — uning vazifasiga, yangi qurilayotgan va ta’mirlanayotgan
korxona, tashkilotlar va aholi yashaydigan joylar uchun muhandislik texnikaviy yong’inga
qarshi
chora-tadbirlarni ishlab chiqish, ularning amalga oshirilishini nazorat qilish, ishlab turgan
korxonalarda
yong’inga qarshi profilaktik rejim tashkil qilish, yong’inni oldini olish va o’chirishga keng
jamoatchilikni jalb qilish ishlarini olib boradi.
Avtomobil inspektsiyasi — o’zining viloyat, tuman inspektorlari orqali avtomobillarning, yuk
tashuvchi traktorlarning texnik holatini, haydovchilarning yo’l harakati qoidalariga rioya
qilishlarini
nazorat qilib turadi, shuningdek, yo’l-transport hodisalarini oldini olishga doir profilaktik
ishlarni olib
boradi.
Korxona nazorati – mehnat muhofazasiga doir ishlarni tashkil qilish va unga umumiy
rahbarlik qilish, korxonalarda o’rinbosarlardan biriga, jamoa xo’jaliklarida rahbarlar
zimmasiga
yuklatiladi. Xo’jalikda mehnat muhofazasiga doir barcha tashkiliy ishlarni mehnat muhofazasi
bo’yicha muhandis yoki bosh muhandis o’tkazadi. O’zbekiston Respublikasining «Mehnatni
muhofaza qilish to’g’risidagi» qonunining 14- moddasiga asosan:
14-modda. Mehnatni muhofaza qilish xizmatlari
Vazirliklar, idoralar, konsernlar, assosiatsiyalar, boshqa xo’jalik organlari
kasaba uyushmalari Markaziy (respublika) qo’mitasi bilan kelishib o’zlari
tasdiqlaydigan nizomga muvofik, mehnat muhofazasi ishlarini muvofiqlashtirib
boradilar.
Xodimlar soni 50 nafar va undan oshadigan korxonalarda maxsus
tayyorgarlikka ega shaxslar orasidan mehnatni muhofaza qilish xizmatlari tuziladi
(lavozimlar joriy etiladi), 50 va undan ziyod transport vositalariga ega bo’lgan
korxonalarda esa bundan tashqari yo’l harakati xavfsizligi xizmatlari tuziladi
(lavozimlar joriy etiladi). Xodimlar soni va transport vositalari miqdori kamroq
korxonalarda mehnatni muhofaza qilish xizmatining vazifalarini bajarish
rahbarlardan birining zimmasiga yuklanadi.
Mehnatni muhofaza qilish va yo’l harakati xavfsizligi xizmatlari kasaba
uyushmasi qo’mitasi bilan kelishilgan nizomlar asosida ishlaydi va o’z maqomiga
ko’ra korxonaning asosiy xizmatlariga tenglashtiriladi hamda uning rahbariga
bo’ysunadi.
Mehnatni muhofaza qilish xizmatlarining mutaxassislari barcha xodimlar
mehnatni muhofaza qilish qoidalari va me’yorlariga rioya etishlarini nazorat
qilish, tarmoq bo’linmalari rahbarlariga aniqlangan nuqsonlarni bartaraf etish
haqida bajarilishi shart bo’lgan ko’rsatmalar berish, shuningdek mehnatni
muhofaza qilish to’g’risidagi qonunlarni buzayotgan shaxslarni javobgarlikka
tortish haqida korxonalarning rahbarlariga taqdimnomalar kiritish huquqiga
egadirlar.
25
Mehnatni muhofaza qilish va yo’l harakati xavfsizligi xizmatlarining
mutaxassislari ularning xizmat vazifalariga taalluqli bo’lmagan ishlarni
bajarishga jalb etilishlari mumkin emas.
Mehnatni muhofaza qilish va yo’l harakati xavfsizligi xizmatlari korxona
faoliyati to’xtatilgan taqdirdagina tugatiladi. (Ozbekiston respublikasi MMQQ).
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
Jamoat nazorati — bu ishni mehnat jamoalari va kasaba uyushmasi organlari tomonidan
mehnat muhofazasi bo’yicha saylangan vakil tomonidan olib boriladi. Maxsus tayyorgarlikdan
o’tgan
mehnatni muhofaza qilish bo’yicha vakil, ish joylarida, mehnat xavfsizligi holatini qarshilik
ko’rsatilmagan holda tekshirish, aniqlangan kamchiliklar va qoida buzganliklari bo’yicha
takliflar
kiritish va aybdor shaxslarni javobgarlikka tortish huquqiga egadir.
21-modda. Xodimlarning korxonadagi vakilligi
Mehnatga oid munosabatlarda xodimlarning manfaatlarini ifoda etishda
vakil bo’lish va bu manfaatlarni himoya qilishni korxonadagi kasaba uyushmalari
va ularning saylab qo’iiladigan organlari yoki xodimlar tomonidan saylanadigan
boshqa organlar amalga oshirishi mumkin, bu organlarni saylash tartibini,
ularning vakolatlari muddati va miqdor tarkibini mehnat jamoasining yig’ilishi
(konferensiyasi) belgilaydi. Xodimlar vakillik qilishni hamda o’z manfaatlarini
himoya etishni ishonib topshiradigan organni o’zlari belgalaydilar.
Barcha vakillik organlari o’z vakolatlari doirasida ish olib boradi va
xodimlar manfaatlarini himoya qilishda teng huquqlardan foydalanadi.
Korxonada boshqa vakillik organlarining ham bo’lishi kasaba uyushmalarining
o’z vazifalarini amalga oshirish borasidagi faoliyatiga to’sqinlik qilmasligi lozim.
Xodimlar va ish beruvchilarning manfaatlarini bitta vakillik organi ifoda
etishi va himoya qilishi mumkin emas.
Vakillik organlarining faoliyati ularni saylagan xodimlarning qaroriga binoan,
shuningdek ular qonun hujjatlariga zid xatti-harakatlar sodir etgan taqdirda esa
— sud tomonidan ham tugatilishi mumkin. (Ozbekiston respublikasi MMQQ).
24-modda. Xodimlarning mehnati muhofaza qilinishiga doir huquqlarini
himoya etish bo’yicha kasaba uyushmalarining huquqlari
Kasaba uyushmalari xodimlarning mehnati muhofaza qilinishiga doir
huquqlarini qonunchilik asosida himoya qiladilar.
Kasaba uyushmalari ishlab chiqarish vositalarini sinash va foydalanishga
qabul qilish davlat komissiyalari ishida, ishlab chiqarishdagi kasb kasalliklarini
tekshirishda, tibbiy-mehnat ekspert komissiyasi (TMEK) majlislarida ishtirok
etadilar.
Xizmat vazifalarini bajarish chog’ida mayib bo’lish yoki salomatlikka
boshqacha tarzda putur etishi tufayli keltirilgan zarar qoplanishi uchun hamda
xodimlarning salomatligi va mehnati muhofaza qilinishiga bo’lgan huquqlari
cheklangan boshqa hollarda kasaba uyushmalari o’z tashabbusi bilan yoki
ishlovchilarning arizalariga binoan ularning huquqlarini himoya qilib da’vo
arizalari bilan sudga murojaat etishlari mumkin.
(24-moddaga O’zbekiston Respublikasining 07.12.2001y. 320- II -son Qonuniga
muvofiq o’zgartishlar kiritilgan) (Ozbekiston respublikasi MMQQ).
Ma’muriy jamoat nazorati — mehnat muhofazasini boshqarish tizimida ish joylarida
sharoitning va mehnat xavfsizligining holatini ma’muriyat va kasaba uyushmasi qo’mitasi
tomonidan
nazorat qilishning shaklidir.
Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishining o’ziga xos tomonlariga qarab ma’muriy jamoat nazorati
(Mehnat muhofazasi ishlarini tashkil qilish bo’yicha namunaviy nizom - 1996) uch bosqichda
amalga
26
oshiriladi:
• mehnat muhofazasi bo’yicha vakillar har kuni ish boshlanishidan oldin, zarur bo’lganda ish
kuni davomida nazorat ishlarini amalga oshiradi. Aniqlangan kamchiliklar tekshiruvchilar
ishtirokida shu zahotiyoq tekshirish natijalari jurnalga yoziladi va u hudud boshlig’ida
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
saqlanadi;
• ikkinchi bosqichdagi nazoratni hudud boshlig’i va mehnat muhofazasi bo’yicha vakil
boshchiligidagi komissiya oyiga kamida 2 marta o’tkazadi. Komissiya tarkibiga hududning
texnik xizmat boshliqlari, korxonaning mehnat muhofazasi bo’limi muhandisi va hududga
biriktirilgan tibbiy xodim kiradi.
• nazoratning uchinchi bosqichi korxonaning rahbari yoki bosh muhandisi va kasaba
uyushmasining vakili rahbarligidagi komissiya yordamida yilning har oyi yoki choragida
(4 -12 marta) amalga oshiriladi.
O’tkazilgan nazoratlar asosida kamchiliklar ro’yxati tuzilib, ularni bartaraf etish uchun
tadbirlar
ishlab chiqiladi va amalda joriy qilinadi.
Nazorat uchun savollar.
1. O’zbekiston Respublikasida mehnat muhofazasi qaysi hujjatlar asosida kafolatlanadi?
2. O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi qachon qabul qilingan va uning maqsadi?
3. Mehnatni muhofaza qilish to’g’risidagi qonun mazmuni va mohiyati nimadan iborat?
4. Balog’at yoshidagi ishchilar va o’smirlar ish kuni vaqti necha soatdan iborat?
5. Balog’at yoshiga etmaganlar mehnatini muhofaza qilish nima?
6. Ayollar mehnatini muhofaza qilish to’g’risida nimalarni bilasiz?
7. Mehnat xavfsizligi standartlari tizimi (MXST) nima?
8. Mehnat muhofazasi qonunlari buzilgandagi javobgarlik nimalardan iborat?
9. O’zbekiston Respublikasi mehnat muhofazasini nazorat qiluvchi tashkilotlarni
bilasizmi?
10. Ma’muriy va jamoat nazoratlar qachon va kim tomonidan o’tkaziladi?
27
Do'stlaringiz bilan baham: |