O’zbekiston respublikasi qishloq va suv xo’jaligi vazirligi


O’zbekiston Respublikasi Adliya va Ichki ishlar vazirligi tomonidan ishlab



Download 0,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/20
Sana13.01.2020
Hajmi0,84 Mb.
#33719
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   20
Bog'liq
hayot faoliyati xavfsizligi

O’zbekiston Respublikasi Adliya va Ichki ishlar vazirligi tomonidan ishlab 
chiqkan va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 11 
dekabrdagi 472-son qarori bilan tasdiqlangan va 2001 yil 1 martdan etiboran 
amalga kiritilgan «Yo’l Harakati Qoidalari»ga asosan quyidagilar ko’rsatib 
o’tilgan: 
26.Yuk tashish 
26.1.Tashilayotgan yukning vazni va o’qlarga tushadigan og’irlik miqdorining 
taqsimlanishi transport vositasini ishlab chiqargan korxona tomonidan belgilangan 
miqdordan oshmasligi kerak. 
26.2.Haydovchi harakatni boshlashdan oldin yukning to’g’ri joylashganligi va 
mahkamlanganligiga ishonch hosil qilishi, harakatlanish vaqtida esa yukning 
tushib ketmasligini va harakatlanishga xalaqit bermasligini ta’mimlash maqsadida 
uning holatini kuzatib borishi kerak. 
26.3.Quyidagi shartlarga amal qilinganda yuk tashishga yo’l qo’yiladi: 
haydovchiga tevarak-atrof ko’rinishini cheklamasa; 
transport vositasini boshqarishni qiyinlashtirmasa va muvozanatini 
buzmasa; 
tashqi yoritish asboblari va yorug’lik qaytargichlarini davlat raqami 
belgilarini va taniqlik belgilarni, shuingdek, ishoralarni va qo’l bilan 
beriladigan ishoralarni ko’rishni to’smasa; 
shovqin solmasa, chang ko’tarmasa, yo’lni va atrof-muhitni iflos qilmasa. 
Agar yukning joylashuvi va holati qayd etilgan talablarga javob bermasa, 
haydovchi yuqorida sanab utilgan qoidalar buzilishini bartaraf etish choralarini 
ko’rishi, uning iloji bo’lmasa, bundan keyingi harakatlarni to’xtatishi shart. 
6.18-rasm.Transport vositalarida yuklarni tashishda o’lchamlar chegarasi va xavfsizligi 
85 
6.19-rasm. Yuk tashish mashinalarini odamlarni tashish uchun jihozlash 
26.4.Transport vositasining gabaritlaridan oldi yoki orqa tomonga 1 metrdan, 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com

gabarit chiroqlarining chetki qismidan 0,4 metrdan ortiq chiqib turgan yuk ushbu 
Qoidalarning 28.3 bandiga muvofiq, «Katta o’lchamli yuk» belgisi bilan 
belgilanishi, qorong’i vaqtda va etarlicha ko’rinmaydigan sharoitda esa bunga 
qo’shimcha qilib, oldi oq chiroq yoki yorug’lik qaytargich, orqasi esa qizil chiroq 
yoki yorug’lik qaytargich bilan belgilanishi kerak. 
26.5.O’ta og’ir, katta o’lchamli va xavfli yuklarni tashish, gabarit o’lchamlari 
yukli yoki yuksiz holda eni 2,5 metrdan va balandligi yo’l sathidan 4 metrdan, 
uzunligi bitta tirkama bilan 20 metrdan ortiq bo’lgan yoxud yuki transport 
vositasining orqa nuqtasidan 2 metrdan ortiq chiqib turgan transport 
vositalarining, ikki yoki undan ortiq tirkamalik avtopoyezdlarning harakatlanishi 
uchun DAN organlarining ruxsatnomasi bo’lishi kerak. 
Umumiy ishlarni bajaradigan traktor va kombaynlar 8-9°dan oshmaydigan qiyaliklarda 
ishlashlari mumkin. Umumiy ishlarni bajaradigan traktor va o’ziyurar mashinalarda qiyaligi tik 
bo’lgan  tog’lik  joylardagi  hududlarda  dala  ishlarini  tunda  bajarish  mumkin  emas.  Tog’li 
joylarda 
maxsus  moslangan  mashina-traktor  agregatlari  bilan  ishlashga  ruxsat  etiladi.  Agregatlar 
qiyalikda 
yoki  tog’  yonbag’rida  keskin  tormozlantirmasdan  past  uzatmalarda  ishlashiga  ruxsat  etiladi. 
Traktor 
qiyalik bo’ylab harakat qilayotganida uzatmani uzib qo’yishga ruxsat etilmaydi, g’ildirakli 
traktorlarda tormoz pedallari blokirovka qilingan bo’lishi lozim. Agar traktor yoki kombaynni 
qiyalikda  to’xtatish  zarur  bo’lsa,  bunda  qo’l  tormozidan  foydalanish,  g’ildirak  ostiga  pona-
tirgak 
yoki  tormoz  boshmoqlarini  qo’yib,  traktorni  qat’iy  to’xtatib  qo’yish,  dvigatel  ishlamayotgan 
bo’lsa, 
past uzatmani yoki orqaga yurgizish uzatmasini ulab qo’yish maqsadga muvofiqdir. 
Tik tepalikdan tushishda, qiyalikka ko’tarilishda keskin burilish va tik qiyalikka ko’ndalang 
yurish mumkin emas. Hozirgi zamon transport vositalarining ba’zi bir turlarida (asosan maxsus 
86 
tog’li  hududlar  uchun  mo’ljallangan)  qiyalikda  xavfsizlikni  ta’minlash  maqsadida 
o’lchovko’rsatkich 
uskunalari (6.21-rasm) va qiyalik me’yoridan oshganda harakat vositasini to’xtatish 
(6.22-rasm) yoki konstruktiv jihatdan turg’unligini oshirish moslamalari ishlab chiqilgan va 
o’rnatilgan. 
a) b) 
6.20-rasm. Transport vositalarining yon qiyalik (a) va tikka qiyalik (b) 
bo’ylab harakatlangada kuchlar yo’nalishi. 
6.21-rasm. Transportlarni qiyaligini 6.22-rasm. Transport vositalarini qiyalikda 
ko’rsatuvchi moslama haraktini cheklovchi gidravlik uskuna 
Odamlarni transport vositalarida tashishda xavfsizlik talablari. Haydovchi yo’lga 
chiqishdan oldin yo’lovchilarga mashinaga chiqish va mashinadan tushish qoidalari hamda 
transport  harakati  vaqtida  o’zlarini qanday  tutishlari  to’g’risida  yo’l-yo’riq  berishi  lozim.  Uch 
yil 
uzluksiz malakaga ega bo’lgan haydovchigina avtomobil kuzovida odamlarni tashishga ruxsat 
etiladi. Kuzovdagi yo’lovchilardan biri javobgar qilib tayinlanadi va uning ism-sharifi yo’l 
varaqasiga  yoziladi.  Transport  yurib  ketayotgan  vaqtda  yo’lovchilarga  bortlarda  o’tirish  man 
etiladi. 
Yo’lovchilar  bo’lgan  avtomobillarning  tezligi  soatiga  60  km  dan  oshmasligi  lozim. 
Yo’lovchilarni 
tashish uchun mo’ljallangan yuk avtomobilining kuzovini bortlarining yuqori kismidan 150 mm 
pastga o’rnatilgan o’rindiqlar bilan jihozlash zarur (6.19-rasm). Orqadagi va yonlardagi 
o’rindiqlar mustahkam suyanchiqli bo’lmog’i lozim. Bunday avtomobillarda dvigatel gaz chiqish 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com

quvurlari kuzovdan tashqarida bo’lishi kerak. 
87 
O’zbekiston Respublikasi Adliya va Ichki ishlar vazirligi tomonidan ishlab 
chiqilgan va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 11 
dekabrdagi 472-son qarori bilan tasdiqlangan va 2001 yil 1 martdan etiboran 
amalga kiritilgan «Yo’l Harakati Qoidalari»ga asosan quyidagilar ko’rsatib 
o’tilgan: 
25.Odam tashish 
25.1 .Yuk aatomobilining yukxonasida odam tashish «C» toifasidagi transport 
vositalarini boshqarish huquqiga ega bo’lgan, odamlar soni kabinadagilarni ham 
qo’shib hisoblaganda 8 nafardan ortiq bo’lganda esa «C» va «D» toifasidagi 
transport vositalarini boshqarish huquqiga ega bo’lgan va shu toifadagi transport 
vositalaridan birini 3 yildan ortiq boshqargan haydovchilar tomonidan amalga 
oshirilishi kerak. 
Eslatma: Harbiy haydovchilarning yuk avtomobillarda odam tashishiga yo’l 
qo’yish Mudofaa vazirligi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 
25.2.Odam tashish uchun mo’ljallangan yuk avtomobili yukxonasi bortining 
balandligidan 30 santimetr pastda joylashgan o’rindiqlar bilan jihozlanishi, ikki 
yon va orqa bortdagi o’rindiqlar mustahkam suyanchiqga ega bo’lishi kerak. 
25.3.Tashiladigan odamlar soni jihozlangan o’rindiqlar sonidan oshmasligi kerak. 
25.4.Harakatni boshlashlan oldin haydovchi yo’lovchilarga avtomobilga chiqish, 
undan tushish va unga joylashish tartibi haqida tushuntirish berishi kerak. 
Haydovchi harakatni boshlashdan oldin yo’lovchilarni xavfsiz tashish sharoiti 
taminlanganligiga ishonch hosil qilishi kerak. 
25.5.Odam tashishga moslashtirilmagan yuk avtomobillarining yukxonasida faqat 
yukni olish uchun borayotgan yoki uni kuzatib borayotgan shaxslarning bo’lishiga 
yo’l qo’yiladi, bunda ular bortlardan pastda joylashgam o’rindiqlar bilan 
ta’minlanishlari kerak. 
25.6.Avtobuslarda yoki furgon-yukxonali yuk avtomobillarida bolalarni tashishda 
katta yoshli kuzatib boruvchi shaxs, bortli yuk avtomobilining kuzovida tashishda 
esa kamida ikki nafar katta yoshli kuzatib boruvchi shaxs bo’lishi shart. Bunday 
transport vositalarining oldi va orqa tomoniga «Bolalar guro’hini. tashish» 
taniqlik belgisi o’rnatilishi kerak. 
Bolalarni yuk avtomobillarida tashishda esa ushbu talablarga qo’shimcha 
ravishda bort balandligi 1 (bir) metrdan kam bo’lmasligi kerak. 
25.7.Haydovchi transport vositasi to’la to’xtagandan keyin odamlarni tushirishi va 
chiqarishi, eshiklar yopilgandan so’nggina harakatlanishni boshlashi va to’la 
to’xtamaguncha ularni ochmasligi shart. 
25.8.Odamdarni tashish quyidagi hollarda taqiqlanadi: 
avtomobilning kabinasidan tashqarida (bortli yuk yoki furgon-yukxonali 
avtomobillarda odam tashishdan tashqari); 
traktorlar va boshqa o’zi yurar mashinalar, yuk tashiladigan tirkamalar, 
tirkama-uycha, yuk mototsikllari yukxonasida; 
mototsikllarning konstruktsiyasida ko’zda tutilgan joylaridan tashqarida; 
12 yoshga to’lmagan bolalarni mototsiklning orqa urindig’ida, shuningdek yengil 
avtomobilga bolalarni ushlab turuvchi maxsus qurilma o’rnatilmagan bo’lsa, 
88 
uning oldingi o’rindig’ida; 
12 yoshga to’lmagan bolalarni hisobga olmaganda transport vositasining texnik 
tavsifnomasida ko’zda tutilgan miqdordan ortiq. 
Bunda transport vositasining haqiqiy vazni uni ishlab chiqargan korxona 
belgilagan ruxsat etilgan to’la vazndan ortmasligm kerak. 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com

Avtosisternalarda va o’ziag’dargichlarda yoki bortsiz platformada, yuk avtomobillarida 
yuklarni kuzatib boruvchi kishilar haydovchining kabinasida bo’lishi shart. Yarim tirkama va 
tirkamalarda,  kuzov  bortlari  bilan  barobar  yoki  baland  joylashgan  va  bo’yiga  uzun  bo’lgan 
yuklar 
ustida  odamlarni  olib  ketish  qat’iyan  man  etiladi.  Yonilg’i  idishlarini  yoki  gaz  ballonlarini 
tashishda 
kuzovda odam bo’lmasligi kerak. Qishda yo’llar berkilib qoladigan sharoitda istisno tariqasida 
zanjirli traktor agregatlaridagi chanalarda odam tashishga yo’l qo’yiladi. 
6.4. Mexanizatsiyalashgan dehqonchilikda mehnat xavfsizligi. 
Mexanizatsiyalashtirilgan ishlarni bajarishda mehnat xavfsizligini ta’minlashda barcha 
mashina va mexanizmlarga texnika xavfsizligi va ishlab chiqarish sanitariyasi bo’yicha yagona 
talablar  qo’yiladi.  Ana  shu  talablarga  muvofiq  mashina  va  mexanizmlarni  boshqarishning 
asosiy 
richaglari  o’ng  qo’l  ostiga  joylashgan  bo’lishi,  har  qaysi  mashinada  tovush  signali,  orqani 
ko’rish 
oynasi, burilish va to’xtash signallari bo’lishi shart. 
Ish jarayonida, mashina va mexanizmlardagi mahkamlangan joylar bo’shashadi, tirqish 
(zazor)lar kattalashadi, moy, suv yoki yonilg’i siza boshlaydi va hokazo. Shu boisdan sifatsiz 
ko’rsatilgan  texnik  xizmat  halokat  va  baxtsiz  hodisalarga  sabab  bo’lishi  mumkin.  Masalan, 
traktor 
yurish  qismining  mahkamlangan  joylarini  o’z  vaqtida  tekshirib  va  taranglab  turilmasa,  u 
ag’darilib 
ketishi mumkin. Shu sababli har bir traktorchi, kombaynchi va haydovchi mashinani ishlatishdan 
oldin uning texnik holatini tekshirib ko’rishi shart. 
Mashinadagi har bir harakatlanuvchi detali xavflidir. Aylanayotgan val, yulduzcha, tishli 
g’ildirak,  qo’lni,  turmaklanmagan  sochni  yoki  kiyimni  ichkariga  olib  ketishi  mumkin.  Shu 
boisdan 
mashina va mexanizmlarning harakatlanuvchi qismlari qalpoq, g’ilof, kojux, to’siqlar bilan 
berkitiladi.  Ammo  harakatdagi  barcha  qismlarni  ham  himoya  uskunalari  bilan  berkitib 
bo’lmaydi. 
Shu sababdan xavfli hududda ham ishlashga to’g’ri keladi. Xavfli doira hamma mashina va 
mexanizmlarda  bor.  Ular  mashinalarning  tashqi  qismida  (kombaynning  parragi,  kirquvchi 
apparati 
va  h.k.)  va  ichki  qismida  (yanchish  barabani,  tozalash  ventilyatori,  konveyerlar)  bo’lishi 
mumkin. 
Harakatga  keltiruvchi  dvigatelning  aylanayotgan  maxovigi  atrofidagi  doira  xavfli  hisoblanadi. 
Shu 
sababdan,  agar  dvigatelni  yurgizib  yuborishning  iloji  bo’lsa,  maxovikni  qo’l  bilan  aylantirish 
man 
etiladi. Yurib ketayotgan mashinaning o’zi ham xavfli doira hisoblanadi. Shuning uchun dvigatel 
ishlayotganida yoki mashina yurib ketayotganida uni moylash, rostlash va nuqsonlarini bartaraf 
qilish man etiladi. Mexanizatsiyalashtirilgan agregatlarga xizmat ko’rsatayotganlar ish vaqtida 
texnika  xavfsizligi  qoidalariga  rioya  qilishi:  ishlab  turgan  mashina  yaqinida  yechinib-
kiyinmasligi, 
o’ziga mos bo’lmagan jomakorda ishlamasligi, kiyimining etaklari (barlari) shalvirab osilib 
turmasligi kerak. 
Traktor, kombayn va avtomobilda haydovchi asboblarining to’la jamlanmasi, birinchi 
yordam ko’rsatish uchun aptechka, ichimlik suv solingan idish, zavod tomonidan beriladigan 
qo’llanma bo’lishi shart. 
Don o’rish-yig’ish kombaynlarni ishlatganda xavfsizlik talablari. Dalaga chiqishdan 
oldin o’rim-yig’im mashinalarining sozligi, uzatma mexanizmlarining (tishli uzatmalar, kardan, 
vallar va hokazolar) himoya to’siqlarining mustahkamlanganligi tekshiriladi. Bundan tashqari 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com

kombayndagi haydovchi ish o’rindig’i, narvoni, platformatsi, narvon tutqichi, ulash uskunasi, 
o’rish  apparati  brusiga  barmoqlarning  mustahkam  va  to’g’ri  mahkamlanishi,  pichoq 
segmentlari 
ulanishining  mustahkamligi  qarab  chiqiladi.  O’rim-yig’im  mashinalarida  o’rish  apparatini 
o’simlik 
qoldiqlaridan  tozalash  uchun  zarur  tozalagichlar,  sozlangan  asboblar  jamlanmasi,  o’t 
o’chirishning 
dastlabki  vositalari,  dastlabki  yordam  ko’rsatish  uchun  zarur  aptechka  va  ichimlik  suv, 
individual 
89 
himoya vositalari - ko’zoynak, respirator va qo’lqoplar bo’lishi shart. G’alla o’rish 
kombaynlarining ishlash va tashish vaqtidagi yonaki maksimal og’ishi 15° dan oshmasligi kerak. 
Kombaynlar ishlayotgan vaqtda ish organlari holatini qo’l bilan tekshirish va kojuxlarning 
qopqoqlarini, qirquvchi barabanlarning, maydalovchi apparatning va boshqa mexanizmlarning 
lyuklarini ochish mumkin emas. 
G’alla o’riladigan hududga begona kishilarni qo’yish, u yerda dam olish joyini tashkil etish, 
yotish va ovqatlanish mumkin emas. 
Kombayn yumshoq yoki nam tuproqda ishlayotganida 15-24 (381-626mm) o’lchamli 
shinalardagi havo bosimi 1,5 kg/sm

(0,15 MN/m
2
), qattiq tuproqda ishlayotganda esa 2,8 kg/sm

(0,28  MN/m
2
),  yumshoq  va  nam  tuproqlarda  ishlayotganda  boshqariladigan  g’ildiraklarning 
9,00- 
16 (228,6-406 mm) o’lchamli shinalardagi havo bosimi 1,5 kg/sm

(0,15 MN/m
2
) hamda qattiq 
tuproqlarda  ishlayotganda  esa  2,5  kg/sm

(0,625  MN/m
2
)  bo’lishi  shart.  Teshilgan  va 
protektorning 
jimjimalari tamoman yeyilgan g’ildiraklarni o’rnatish mumkin emas. Boshqariladigan 
g’ildiraklarning qiyaligi va yaqinlashuvi (0 dan 1 mm gacha), podshipniklarning rostlanganligi 
me’yorida bo’lishi kerak. 
6.23-rasm. CK-5M «НИВА» kombaynidagi xavflar doirasi 
Yurish qismi yuritmasi variatorning tasmasi ishga yaroqli va to’g’ri taranglangan bo’lishi 
zarur. Tishlashish muftasi siltanmasdan to’la-to’kis ajralishi va ulanishi, ulanganidan so’ng esa 
shataksiramasligi lozim. Mufta yuritmasining hamma detallari yaxshi mahkamlangan va 
shikastlanmagan  bo’lishi  kerak.  Mufta  pedalining  erkin  yo’li  20-25mm.  Barcha  uzatmalar 
bemalol 
ulanishi va ajralishi, blokirovkalash mexanizmi rostlangan bo’lishi lozim. 
Tuproqqa ishlov beradigan mashinalarda ishlashda xavfsizlik choralari. Qishloq 
xo’jaligi mashinalaridan foydalanishda xavfsizlikni ta’minlash eng avvalo ishni tashkil etish 
masalasi  va  mexanizatorlarni  malakasiga  bog’liq.  Barcha  tuproqqa  ishlov  beruvchi 
mashinalarda 
ishni  boshlashdan  oldin  ishlov  beruvchi  ishchi  organlarni  rostlashdan  boshlash  lozim,  so’ng 
ishchi 
organlarining  o’z-o’zidan  pastga  tushishi  yoki  tushib  ketishining  oldini  oladigan  chora-
tadbirlarni 
ko’rish kerak. 
Tuproqqa ishlov beradigan mashinalarning ishchi organlarini mashina ishlayotgan vaqtda 
tozalashga mutlaqo ruxsat berilmaydi. Plug tishlarini almashtirishdan oldin oldingi va orqa 
korpuslarning dala taxtalari tagiga mustahkam tagliklar qo’yish zarur. Diskli boronalar bilan 
ishlashda  rostlash  va  tozalash  ishlarini  bajarishda  disklarning  o’tkir  qirralari  qo’lni  kesib 
ketishi 
xavfini oldini olish kerak. Quruq havoda, shamol bo’layotganda traktorchi himoya ko’zoynagini 
90 
taqib  ishlashi  kerak.  Kechasi  ishlaganda  agregat  etarli  darajada  yoritilg’an  bo’lishi  lozim. 
Agregat 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com

harakatlanayotgan vaqtda tishli boronalarni tozalash uchun ularni maxsus ilmoq yordamida 
ko’tarish  zarur.  Tuproqqa  ishlov  beradigan  frezali  va  rotatsion  kultivatorlarning  ishchi 
organlari 
ishlayotgan kishilarga loy, kesaklar tushishidan muhofaza qiladigan g’iloflar bilan berkitilgan 
bo’lishi kerak. 
6.24-rasm. Tuproqqa ishlov beruvchi mexanizmlarda xavflar doirasi 
Ekin ekish va o’tqazish mashinalarini ishlatishda xavfsizlik choralari. Seyalkalar bilan 
ishlashda  ekin  ekish  agregatlarini  hozirlash  uchun  seyalkalarning  tuzilishini  biladigan  va 
texnika 
xavfsizligidan yo’riqnoma olgan kishilargagina ruxsat etiladi. 
6.25-rasm. Seyalkalardagi xavflar doirasi 
Seyalkalarning barcha uzatish mexanizmlari g’iloflar bilan berkitilgan bo’lishi lozim. 
Mashinaning  ishchi  organlarini  yopib  turadigan  tishlari  harakat  vaqtida  maxsus  tozalagichlar 
bilan 
tozalab  turiladi.  Agregat  harakatlanayotgan  vaqtda  operatorlar  taxta  taglik  ustida  turishlari 
kerak. 
Seyalkada  tutqich  va  panjaralar  bo’lishi  lozim.  Osma  seyalkalarda  ishlashda  operator 
o’rindiqda 
91 
tasmalarni taqib o’tirishi zarur. Urug’ sepish qutilaridagi urug’larni faqat taxta kurakcha bilan 
tekislash  lozim.  Agregat  harakatlanayotgan  vaqtda  mashinani  rostlash,  ekish  apparatlariga 
urug’ 
solish, shuningdek, markerlarni ko’tarish va tushirishga ruxsat etilmaydi. 
Mashinada nosozliklar borligi aniqlanganda agregatni to’xtatish va sozlash lozim. 
Nosozliklarni bartaraf etishda nasos yuritmasini o’chirib qo’yish zarur. 
Organik o’g’itlar solishda xavfsizlik choralari. Organik o’g’itlarni dalaga mashinalar 
yordamida solishdagi xavfsizlik asosan o’g’it sochgichlarning ishchi organlarini sozligi va 
rostlanganligidan, hamda o’g’itlarni tarkibida boshqa predmetlarni yo’qligi va o’g’itni 
solayotganda masofada bo’lishga bog’liq. O’g’it sochgichlarda ishni boshlashdan oldin boltli va 
shlitsali  birikmalarni  tekshirib  ko’rish,  reduktorda  surkov  moyi  borligini,  transportyor 
zanjirlarining 
tarangligini tekshirish va kardan valni qo’lda aylantirib, yuritma mexanizmlari qisib (tishlashib) 
qoladigan joylar yo’qligiga ishonch hosil qilish kerak. Shundan keyin mashinani salt ishlatib, 
sochgichning  ishlashi  tekshirib  ko’riladi.  Tormoz  tizimi  soatiga  20  km  tezlikda  tekshiriladi, 
bunda 
tormoz yo’li 7,5 m dan ko’p bo’lmasligi lozim. Notekis joylarda ishlaydigan vaqtda traktorni 
mashina o’qiga nisbatan hosil qilgan burchagi 40° dan , quvvat olish vali ulangan holatdagi eng 
ko’p burilish burchagi 15° dan ortiq bo’lmasligi kerak. 
6.26-rasm. Suyuq va oragnik o’g’it soluvchi mashinalardagi xavflar doirasi 
G’o’za qator oralariga ishlov berishda xavfsizlik choralari. G’o’za qator oralariga ishlov 
berish ishlari maxsus tayyorgarlikka ega, ish malakasi kamida uch yil bo’lgan va texnika 
xavfsizligidan yo’riqnoma olgan mexanizatorlargagina ruxsat etiladi 
G’o’za qator oralariga ishlov berishda turli kultivatorlardan keng foydalaniladi va ular bilan 
ishlashda xavfsizlikni ta’minlash uchun quyidagilar qat’iyan man etiladi: 
• agregat yaqinida begona kishilar bo’lsa, ishchi organlarini ko’tarish va 
mexanizmini ishga tushirish; 
• ishlayotgan vaqtda kultivator ramasida turish; 
• ishchi organlarini, ko’tarish mexanizmini yerdan turib ishga tushirish; 
• montaj-demontaj ishlarida tayanch sifatida to’g’ri kelgan narsadan foydalanish; 
• dvigatelni to’xtatmay turib, ishchi organlari ko’tarilgan holda nuqsonlarini tuzatish, ishchi 
organlarni rostlash, tozalash va moylash; 
• o’g’it sepish apparatlarining baklarini to’ldirish. 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


92 
6.27-rasm. ЧКУ-4 kultivatorlardagi xavflar doirasi 
O’simliklarni kimyoviy muhofaza qilishdagi qurilmalardan foydalanishda xavfsizlik 
choralari. O’simliklarni kimyoviy muhofaza qilish uchun ishlatiladigan mashinalar (ОВХ-28A, 
ОШУ-50 va boshqa.) mavsum boshlanish oldidan ishchi organlari (changlatgichlar) rostlanadi, 
neytral suyuqlik (suv, bo’r eritmasi)dan foydalanib, ish holatida sinab ko’riladi va shaxsiy 
muhofaza vositalarida ishlash haqidagi qisqacha yozuvlar tiklanadi. 
6.28- rasm.ОШУ-50A changlatgich va АГ-УГ-2 aerozol generatordagi xavlar doirasi 
93 
6.29-rasm. Paxta terish mashinalardagi xavflar doirasi 
Traktorchi pestitsidlar bilan ishlashdagi xavfsizlik choralarini va zaharlanganda birinchi 
yordam  ko’rsatish  qoidalarini  o’rganib  olgandan  keyingina  ishlashga  ruxsat  etiladi. 
Purkagichning 
idishiga pestitsid to’ldirishda shamolga teskari tomonda turish zarur. Pestitsidlar terining ochiq 
joylariga  tekkanida  uni  darhol  paxta  bilan  artib  tozalash,  so’ngra  shu  joyni  sovunli  suv  bilan 
yuvish 
lozim.  Mexanizmlar  ishlayotgan  vaqtda  boltli  birikmalarni,  salniklarni,  zichlagichlarni, 
magistralni 
tortib qo’yish taqiqlanadi. Idishlarning qopqoqlarini ochish, saqlagich va reduksion klapanlarni 
ochish, manometrlarni burab chiqarish taqiqlanadi. Aerozol generatori ishga tushirilayotganda 
va 
to’xtatilayotganda uning soplosi oldida turish mumkin emas. 
Mashinalar eritmalar bilan yuvilgandan keyin alohida maydonchada saqlanadi. G’o’zaga 
dori purkash ishlarini shamol bo’lmayotgan vaqtda va faqat ertalab yoki kechqurun bajarish 
maqsadga muvofiqdir. Kun issiq paytda pestitsidlarni sepishda bug’lanish kuchayib, shaxsiy 
muhofaza  vositalari  va  korjomadan  foydalanish  qiyinlashadi  hamda  zaharlanish  xavfi 
kuchayadi. 
Ishlov  berilgan  dala  chekkalariga  biridan  ikkinchisiga  o’tilayotganda  ko’rinib  turadigan 
oraliqda 
«Ishlov berilgan, zahar» degan xavfsizlik belgilari qo’yib chiqiladi. 

Download 0,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish