O’zbekiston respublikasi qishloq va suv xo’jaligi vazirligi



Download 0,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/20
Sana13.01.2020
Hajmi0,84 Mb.
#33719
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   20
Bog'liq
hayot faoliyati xavfsizligi

Paxta terish mashinalari. Mashinalarda ishlashga maxsus tayyorgarlikdan o’tgan, texnika 
xavfsizligidan yo’riqnoma olgan va mexanik haydovchi guvohnomasi bor shaxslargagina ruxsat 
etiladi.  Ishni  boshlashdan  oldin  mashinaning  yaroqliligiga  ishonch  hosil  qilib,  barcha 
aylanuvchan 
qismlarning  yaxshi  mahkamlanganligini,  himoya  g’iloflari  va  to’siqlarning  bor-yo’qligini 
tekshirib 
ko’rish lozim. 
Texnik xizmat ko’rsatish vaqtida dvigatel yuklangan bo’lishi, bunda uzatmalarni 
almashtirish  qutisining  richagini  neytral  holatga,  orqa  quvvat  olish  valining  richagini  esa 
oldingi 
chekka  holatga  o’rnatish,  birlashgan  pedallarni  oxirigacha  bosish  va  ularni  tormoz  tutqichi 
bilan 
mahkamlab qo’yish kerak. 
Kiyim tanaga zich yopishib turishi, yeng qaytarmasidagi va boshqa barcha tugmalarni 
qadash, kamzul yoki ko’ylakni shim ichiga tiqish, sochni bosh kiyim ostiga olish, poyabzal 
oyoqdan tushib qolmaydigan bo’lishi, oyoq kiyim tasmalari taqilgan va shalviramagan bo’lishi 
lozim. Qabul qilish kameralari va  terish apparatini faqatgina o’chirilgan holatdagina tozalash 
kerak. 
Traktorning tutun chiqadigan trubasida uchqun so’ndirgich va to’siq g’ilof o’rnatilgan bo’lsa, 
ishlashga ruxsat etiladi. Mashinada yaroqli va to’ldirilgan o’t o’chirgich hamda belkurak doimo 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com

bo’lishi  zarur.  Ish  vaqtida  va  mashina  yaqinida  chekish  taqiqlanadi.  Bunkerni  ag’darayotgan 
vaqtda 
uning ostida turish, shuningdek ko’tarilgan bunker tagida ishlash qatiyan man etiladi. Elektr 
simlarning butunligini tekshirib turish, ochilib qolgan va klemmadan uzilib qolgan simlarni 
izolyatsiya lentasi bilan o’rash lozim. 
Ko’rak terish mashinalari. Ishni boshlashdan oldin traktorning oldingi bolsterida 
94 
saklagich qurilmaning muhofaza to’siqlari va qo’shimcha yuklarning qanday o’rnatilganligini, 
shuningdek  g’ildiraklar  shinalaridagi  bosimni  tekshirib  ko’rish kerak.  Texnik  xizmat ko’rsatish 
va 
sozlash ishlarini faqat dvigatel o’chirilgandan keyingina bajarish lozim. Tozalagichning chang 
yutuvchi barabanlari sirtini, istisno tariqasida dvigatel sekin aylanayotganda maxsus tozalovchi 
cho’tka yordamida tozalashga ruxsat etiladi. Tozalagichning qabul qilish kamerasini tozalashda 
mashina yuritmasi ishga tushirilgan, lekin traktorning dvigateli o’chirilgan, oldingi zanjirning 
muhofaza  to’siqlari  va  tozalagich  yuritmasi  tasmasining,  ventilyator  yuritmasining  to’siqlari 
yaxshi 
mahkamlangan,  ko’sak  chaqish  barabanining  dekasi  ochilgan  va  ochiq  holatda  qotirilgan 
bo’lishi 
kerak. 
6.30-rasm. Ko’rak terish mashinalardagi xavflar doirasi 
Mashinadan bir joyda turib paxta va ko’sakni tozalash maqsadida foydalanish, dvigatel 
ishlayotgan vaqtda rul chambaragini qo’yib yuborish va mashinani qarovsiz qoldirishga yo’l 
qo’yilmaydi. Ish vaqtida chekish maqsadga muvofiq emas. 
Ko’sak chuvish mashinalari. Mashina traktorchi-mashinistning signalidan keyingina ishga 
tushirilishi  kerak.  Nosozliklarni  bartaraf  etish  yoki  texnik  xizmat  ko’rsatish  va  ta’mirlash 
ishlarini 
traktorning  dvigateli  o’chirilgandan  keyingana  bajarish  lozim.  Chang  yutuvchi  barabanlar 
sirtini 
ifloslangan  tolalardan  maxsus  metall  cho’tka  yordamida  tozalash  kerak.  Bunda  barabanlarni 
ehtiyot 
bo’lgan  holda  qo’l  bilan  teskari  tomonga  aylantirish  zarur.  Ko’sak  chuvish  mashinasi 
ishlayotgan 
joyda  qumli  yaщik,  belkurak,  suvli  bochka  va  chelak  bo’lishi  zarur.  Traktorda  uchqun 
so’ndirgich 
o’rnatilgan bo’lishi kerak. 
6.31-rasm. Ko’rak chuvish mexanizmlardagi xavflar doirasi 
95 
Mashina ishlayotgan joyda, paxta saqlanadigan joylarda chekish, mashina ishlayotgan joyda 
yonuvchi va surkov materiallarini saqlash, dvigatel ishlayotgan vaqtda traktorga yoqilg’i quyish 
mutlaqo taqiqlanadi. Ko’sak chuviladigan va ko’sak chuvish mashinasi o’rnatiladigan joy tekis, 
qurigan o’t-o’lanlardan tozalangan bo’lishi, vaqt-vaqti bilan tozalab, ko’sak po’choklari va 
chiqindilar  to’planishiga  yo’l  qo’ymaslik  kerak.  Ko’sak  chuvish  mashinasini  dala  sharoitida 
remont 
qilish  va  texnik  xizmat  ko’rsatishda  dekani  yuqoriga  ko’tarilgan  holatda  tayanch  ustun  bilan 
qotirib 
qo’yish  lozim.  Ish  organlarini  qo’l  bilan  aylantirish  zarurati  tug’ilganda  xizmat  qilayotgan 
barcha 
shaxslarga ogohlantiruvchi signal berilgandan keyingina aylantirishni boshlash kerak. 
Paxtani yuklash. Qishloq xo’jaligida keng ishlatiladigan greyferli paxta yuklagich ПГХ-0,5 
ni ishlatishdan oldin quyidagi ishlarni bajarish lozim: 
• rezbali birikmalarning mahkam tortilganligini tekshirish; 
• gidrosistema birikmalari va qismlarida germetiklik; 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com

• salt ishlash vaqtida barcha silindrlarning ishlashini tekshirib ko’rish. 
6.32-rasm. Ortish mashinalaridagi xavflar doirasi 
Quyidagilar taqiqlanadi: 
• ko’tarilgan strela ostida turish va strela tagidan o’tish; 
• avtomobil yoki traktor kabinasi tepasiga cho’michni surish; 
• yuk bilan bir joydan ikkinchi joyga o’gish; 
• strela ko’tarilgan holatda texnik xizmat ko’rsatish. 
Paxtani qop-qanorsiz tashish uchun tirkamalarni ishlatishda xavfsizlik choratadbirlari. 
Tirkamalarni ishlatishda qo’yidagilar: tirkama ustida odamlarni tashish, traktor dvigateli 
ishlab  turganda,  traktor  va  tirkamani  tormozlamay  turib  tirkamani  ta’mirlash,  tirkama 
platformatsi 
ko’tarilgan holatda, uni tirgakka joylashtirmay turib ta’mir ishlarini bajarish, platforma 
ko’tarilayotganda  yoki  tushirilayotganda  uning  tagida  turish,  terish,  ortish  mashinalari  va 
boshqa 
mexanizmlardan to’kiladigan yuklarni tirkamaga ortishda tirkama kuzovida turish, paxta 
to’ldirilgan tirkama yaqinida chekish, o’t yoqish, tirkama platformatsi nosozligida undan 
foydalanish, massasi tirkamaning belgilangan yuk ko’tarishidan ortiq bo’lgan yuklarni tashish 
taqiqlanadi. 
6.5. Traktor, qishloq xo’jalik mashina va mexanizmlarining 
texnik holatiga qo’yiladigan umumiy talablar
Qishloq xo’jaligi mashinalarida va qurollarida uning tuzilishi, ishlash printsiplari va texnika 
xavfsizligi ГОСТ 12.2.019-86, ГОСТ 12.2.111-85 hamda № 4282-87 «Qishloq xo’jaligi 
mashinalari va traktorlarini tuzilishi bo’yicha sanitariya qoidalari» asosida belgilangan. 
Barcha mashina va uskuna boshqaruvchilari ish boshlashdan oldin mashina, agregat va 
96 
mexanizmlarga kundalik texnik xizmatini ko’rsatib,ularning texnik holatini tekshiradi. 
Aylanadigan mexanizmlarda, kardanlarda, tishli va boshqa uzatmalarda sozlangan va ishonchli 
qilib 
mustahkamlangan  himoya  to’siqlari  borligi  tekshiriladi  va  kerak  bo’lganda  kamchiliklar 
bartaraf 
qilinadi.  Agar  qishloq  xo’jaligi  mashinalarining  ish  organlari  traktorning  quvvat  olish  vali 
orqali 
harakatga  keltiriladigan  bo’lsa,  u  holda  mexanizmlar  yuritmasining  texnik  holatiga  va 
himoyasiga 
e’tibor beriladi. Avval yuritmalar mexanizmi qo’l bilan aylantiriladi, so’ngra dvigatel tirsakli 
valining kichik aylanishlarida ishlatib ko’riladi. Mashina-traktor agregatida boltli birikmalarni 
moylash, qotirish va rostlash ishlari dvigatel o’chirilgan paytdagina bajariladi. 
6.33-rasm. Traktor va uning mexanizmlariga qo’yilgan talablar 
Hozirgi kunda paxta etishtirish va yig’ib-terib olishda yangi yuqori unumli mashina-traktor 
agregatlari,  o’simliklarni  kasallik  va  zararkunandalardan  muhofaza  qilishning  kimyoviy 
vositalari 
97 
joriy  qilinmoqda  hamda  ishlatilmoqda.  Bunday  sharoitlarda  texnika  xavfsizlik  talablarini 
buzilishi 
xavfli vaziyatlarni paydo qilib, baxtsiz hodisalarga olib kelishi mumkin. 
6.34-rasm. Traktor osmalarini buriluvchanligi va to’xtatishini ta’minlovchi qurilma 
Paxtachilik kompleksida ishlatiladigan traktorlar va qishloq xo’jaligi mashinalari ГОСТ 
12.2.019-86, ГОСТ 12.2.111-85 talablariga, shuningdek «Traktor va qishloq xo’jalik 
mashinalarining  tuzilishiga  doir  sanitariya  qoidalari»  №  4282-87  ga  muvofiq  holda 
loyihalanadi va 
tayyorlanadi. 
Paxtachilikda ishlatiladigan barcha g’ildirakli traktorlarning kabinalari qattiq karkasli, 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com

o’rindiqlarda tasmalar bo’lishi, uzatmalar qutisida tezlik ulangan holda dvigatelni ishga 
tushirishning blokirovka qurilmasi, haydovchi ish joyi, kabina ventilyatsiya, yoritish tizimi, 
peshoyna  va  orqa  oynalarini  tozalagichlar,  yumshoq,  tagida  prujinasi  bor,  mexanizatorning 
vazni 
hamda  bo’yiga  qarab  rostlanadigan  o’rindiq  bilan  ta’minlangan  bo’lishi  kerak.  Traktorda 
dvigatelni 
ishga tushirish uchun elektrstarter, rul boshqaruvining mexanizmida esa gidravlik kuchaytirgich 
bo’lishi lozim. 
Kabina eshiklarining qulflari o’z-o’zidan ochilib ketmaydigan va qulflanib qolmaydigan 
bo’lishi lozim. Ishchi organlarni boshqarish tizimi oson siljiydigan va zarur holatda to’xtatib 
qo’yishga mumkin bo’ladigan bo’lishi kerak. 
Tormozlanish qurilmasi shunday rostlangan bo’lishi kerakki, pedal (tepki) bosilgan holatda 
barcha g’ildiraklar bir vaqtda tormozlansin. G’ildirakli traktorlarning va traktor poyezdlarining 
tormozlash  qurilmalari  boshlang’ich  tezlik  20  km/s  bo’lganda  quruq  beton  yo’lda 
tormozlanganda 
darhol to’xtashini ta’minlaydigan bo’lishi kerak. 
To’xtatib qo’yish tormozi traktorni yoki mashina-traktor agregatini 36% (20°) gacha bo’lgan 
qiyalikda yaxshi tutib turishi kerak. 
Elektr uskunalar dvigatelning, starter, yoritilishi va signalizatsiyaning me’yorida ishlashini 
98 
ta’minlashi kerak. Tovush signali, burilish ko’rsatkichlari, stop-signal, gabarit chiroqlar yaxshi 
ishlashi lozim. Traktorning tirkama ilmog’idagi va tirkamadagi teshiklar cho’ziq (suyri) shaklda 
bo’lishi zarur. Gidrotizimning shlanglari germetik ulanishi va gidrotizimdan moy tommaydigan 
bo’lishi kerak. 
6.6. Agregatlarni tuzishda, xizmat ko’rsatishda va ulardan 
foydalanilganda xavfsizlik talablari 
Qishloq xo’jalik mashinalari va qurollarini tirkash va osish vaqtida ma’lum ehtiyot 
choralariga  rioya  qilish  zarur.  Traktorni  agregatga  yaqinlashtirish  vaqtida  ulovchi  chetda 
turishi va 
signallar  vositasida  haydovchiga  mashinaga  aniq  kelishi  uchun  yordam  berishi  kerak. 
Haydovchi, 
traktor  yurayotgan  vaqtda  yo’lga  qarashi  va  yo’lovchining  harakatini  kuzatib  borishi,  bunda 
zarur 
holda  to’xtatish  uchun  oyoq  (qo’l)ni  ilashish  muftasining  pedalidan  olmasligi  kerak.  Traktor 
kerakli 
yo’nalishda harakat qilayotganiga ishonch hosil qilish uchun u mashinaga 0,5 m etmasdan 
to’xtatiladi, tezligi ilashish muftasini tez-tez uzish hisobiga sekinlashtiriladi va uni mashinaga 
yaqinlashtiriladi. Traktor to’xtaganida va traktorchi signal berganidan so’ng ulovchi traktorga 
yaqin 
kelib, traktorchi bilan birgalikda zavod ko’rsatmasiga muvofiq mashinani tirkaydi yoki ulaydi. 
Mashinani  traktorning  osma  mexanizmiga  ulash  vaqtida  bo’ylama  va  markaziy  tortqilarning 
ulovchi 
barmoqlari holatiga e’tibor beriladi va agar zarur bo’lsa, barcha fiksatsiyalash uskunalari 
o’rnatiladi.  Mashinalarni  osish  vaqtida,  osish  mexanizmining  bo’ylama  tortqilari  orasidagi 
joyga 
kirish mumkin emas. Osilgan agregatni transport holatiga ko’tarib, so’ngra tushiriladi. Agar 
traktorning  gidrotizimi  me’yorida  ishlasa,  mashina  talab  qilingan  tezlikda,  siltanmasdan 
yuqoriga 
ko’tariladi va pastga tushadi. 
Mashinalarga texnik xizmat ko’rsatish va ularni ta’mirlash ishlarini mexanizatorlar 
bajarishlari  tufayli  ular  texnika  xavfsizligi  qoidalarini  bilishlari  va  bajarishlari  lozim. 
Mashinatraktor 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com

agregatlariga xizmat ko’rsatish maxsus tayyorgarlik ko’rilgan joyda, tegishli asbob, 
materiallar  va  ehtiyot  qismlar,  ko’tarish  uskunalari  hamda  saqlash  moslamalar  bilan 
ta’minlangan 
holda, maqsadga muvofiqdir. 
Dala sharoitida mashinalarga texnik xizmat ko’rsatish faqat kunduz kuni o’tkazilishi yoki 
zarurat  tug’ilganda  oqshomlari  ham  o’tkazilishi  mumkin.  Ammo  oqshom  xizmat  ko’rsatish 
hududi 
sun’iy yorug’lik bilan etarli darajada yoritilgan bo’lishi va xizmat ko’rsatish kamida ikki kishi 
tomonidan bajarilishi lozim. 
Mashina-traktor agregati tarkibiga kiradigan barcha tirkama va osma mashina hamda 
qurollar  texnik  xizmat  ko’rsatilayotgan  vaqtda  harkatlari  to’xtatilishi,  traktor  dvigateli 
o’chirilishi, 
osma mashinalar pastga tushirilishi yoki mustahkam taglikka o’rnatilishi maqsadga muvofiqdir. 
Traktor agregatlarida ishlaganda xavfsizlik qoidalari. Qishloq xo’jalik mashinalarida va 
qurollarida bu mashinalarning tuzilishi, ishlash printsiplari va texnika xavfsizligi qoidalarini 
yaxshi  bilgan  shaxslar  hamda  traktor  va  boshqa  o’ziyurar  murakkab  qishloq  xo’jalik 
mashinalarida 
ishlashga bu mashinalarni haydashga guvohnomasi bo’lgan shaxslargagina ruxsat etiladi. 
Traktorchi mashinist ish boshlashdan oldin kunlik texnik xizmat ko’rsatish bajarilgandan 
keyin bajariladigan ish turiga qarab maxsus jomakor va shaxsiy himoya vositalari bilan 
ta’minlangan bo’lishi kerak. Agregatni ogohlantiruvchi signal berilganidan hamda javob signali 
olinganidan so’ng joyidan qo’zg’atish mumkin. 
Agregat yoki uskuna transport holatida traktorga nisbatan 20 mm dan ortiq og’masligi kerak. 
Agregatning traktorga nisbatan og’ishi katta bo’lganida traktorning osma mexanizmini sindirib 
yuborishi  mumkin,  burilishda  traktor  surilib  ketishi  va  hatto  ag’darilib  ketish  xavfi  ham 
tug’iladi. 
Bir ish joyidan ikkinchi ish joyiga ko’chib o’tishda agregat yo’l yuzasini shikastlamasligi uchun 
ish 
organlarini yo’l sathidan 300-400 mm ko’tarish zarur. 
Agregatni ishga tayyorlash vaqtida asbob-uskuna va moslamalarning sozligi ham 
tekshiriladi. Traktorchi mashinist yoki kombaynchi dalada ishini boshlashdan oldin xo’jalik 
rahbaridan yoki brigadirdan topshiriq va agregat harakatining marshrutini olib, dalani aylanib 
chiqadi, mashina-traktor agregati uchun xavfli hisoblangan tabiiy to’siqlarni aniqlaydi, ularni 
99 
nishon qoziqlari bilan belgilaydi, dala bilan chegaradosh bo’lgan jarliklar va o’pirilgan yerlar 
yaqinida  nazorat  jo’yaklari  olinadi,  zarur  bo’lgan  hollarda  dala  taxtalariga  bo’linadi  va 
burilish 
joylari belgilab qo’yiladi. Tayyorlanmagan dalada ishlash man etiladi. 
6.7. Ta’mirlash korxonalari binolariga qo’yiladigan talablar 
Ishlab chiqarish binolari texnologik jarayon talablariga va uskunalarning tashqi 
o’lchamlariga  asoslangan  holda  quriladi.  Mehnat  xavfsizligi  standartlar  tizimiga  (MXST) 
asosan 
me’yorlashtirilgan  mehnat  sharoitlarini  yaratib  berish  korxonalarni  loyihalash,  ularni 
joylashtirish 
va  hududni  tanlash,  shuningdek,  unda  ishlab  chiqarish,  yordamchi  binolar  va  inshootlarni 
oqilona 
joylashtirishdan boshlanadi. Bu ishlarning hammasi hayvonot olamini va atmosfera havosini 
muhofaza qilish qonunlariga asoslangan holda olib boriladi. 
Korxonalarni joylashtirish, uning hududini loyihalash talablari quyidagi qurilish me’yorlari 
va qoidalariga SM va Q 11-97-76, SM va Q 11-89-90, SM 245-71 da o’z aksini topgan. Shularga 
asoslangan  holda  korxonalar  qishloq  xo’jaligida  foydalanilmaydigan  yerlarga  joylashtiriladi. 
Yer 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com

relyefi tabiiy shamollanishni ta’minlashi kerak. Korxonalarni suv havza manbalari yaqiniga, 
organik  va  boshqa  ifloslantiruvchi  moddalar  va  suv  bosishi  xavfi  bor  joylarga  joylashtirish 
qat’iy 
man etiladi. Maxsus sanitariya me’yorlariga asosan qishloq xo’jalik ishlab chiqarishi ob’ektlari 
tekis maydonga (SN 245-71) me’yorga asosan quriladi. Yer ostidagi sizot suvlarining sathi 
binoning tagidagi podvaldan pastda bo’lishi kerak. Ishlab chiqarish hududlari qurilishida, suv 
hamda  elektr  manbalarining  ularga  yaqinligi  hisobga  olinishi  kerak.  Ishlab  chiqarish 
komplekslari 
turar  joylar  va  jamoat  binolaridan  birmuncha  uzoqroqda  yoki  relyefi  bo’yicha  ulardan  sal 
pastroqda 
joylashgani ma’qul. 
Turar joylar va jamoat binolari bilan ishlab chiqarish komplekslari orasida sanitariya himoya 
hudud  qoldirish  maqsadga  muvofiq.  Ishlab  chiqarishniig  turiga  ko’ra  sanitariya  himoya 
hududning 
hajmi traktor va avtomobillar parklari uchun 100 m, masofada joylashishi kerak. 
Ishlab chiqarish binolari hududida tabiiy yorug’lik hosil qiluvchi, shamol esadigan va xavfli 
hududlarni  himoya  qiladigan  uskunalar  o’rnatish  hamda  yong’inga  qarshi  kurash  tadbirlarini 
ko’rish 
kerak.  Ishlab  chiqarish  hududiga  maxsus  yo’llar  o’tkazilib  piyodalar  uchui  yo’lkalar  qilinadi 
hamda 
atrofi  ko’kalamzorlashtiriladi.  Zaharli  moddalar  saqlanadigan  binolar  atrofi  ham  daraxtzor 
qilinadi. 
Yordamchi  binolar  ishlab  chiqarish  binolariga  12metr  uzoqlikda  qurilishi  kerak.  Ishlab 
chiqarish 
binolarining ichida qo’shimcha maishiy xonalar quriladi. Ularga kiyim almashtirish xonasi, 
yuvinish xonasi, xotin-qizlar uchun alohida va erkaklar uchun alohida hojatxonalar. xotin-qizlar 
uchun sanitariya xonalari kiradi. 
Barcha ishlab chiqarish binolarining devorlari va shiftlari bo’yalgan bo’lishi kerak. Agar 
binoning ichida bug’lanish darajasi yuqori bo’lsa bunday binolarning ichini va shiftlarini moyli 
bo’yoqlar  bilan  bo’yash  tavsiya  qilinadi.  Agar  binolarning  pollari  sement  yoki  beton  bo’lsa 
kishilar 
ishlaydigan  joylarga  oyoq  tagiga  taxtadan  maxsus  panjara  qilib  qo’yiladi.  Binolarning 
ichkarisiga 
teshiklardan sovuq va shamol kirmasligi uchun eshiklarning oldi tambur yoki shamol 
o’tkazmaydigan qilib pardalar bilan berkitiladi. 
Ishchilarning sog’lig’ini saqlash va ularning mehnat sharoitini yaxshilash ko’pincha ish 
joylarini tashkil etishga bog’liq bo’ladi. Ishlab chiqarish binolarining havosini tozalash, isitish, 
suv 
bilan  ta’minlash  va  kanalizatsiya  o’rnatish  ishlab  chiqarish  hududida  sanitariya-gigiyena 
holatini 
ta’minlashning asoslaridan biri bo’lib xizmat qiladi. 
Barcha ishlab chiqarish binolarining havosini tozalab turish uchun, derazachalar, 
ventilyatsiya  kanallari,  quvurlar,  derazalar,  eshiklar  o’rnatiladi.  Ularning  hajmi  polning 
umumiy 
hajmiga  nisbatan  2%  ni  tashkil  qiladi.  Agar  tabiiy  ventilyatsiyaning  samarasi  kam  bo’lsa 
binoning 
ichki havosini tozalash maqsadida mexanik ventilyatsiyadan foydalaniladi. 
Ishlab chiqarish va sanitariya-maishiy binolarini albatta suv bilan ta’minlash asosiy 
talabalardan biri hisoblanadi. Odamlar iste’mol qiladigan suvning harorati 8 - 20°S bo’lishi va 
ichish  fontanchalaridan  suvlar  120  l/soat  tezlikda  va  bitta  yuvinadigan  krandan  oqayotgan 
suvning 
tezligi esa 250 l/soatga teng bo’lishi lozim. 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com

100 
6.8. Texnik xizmat ko’rsatishda asbob uskunalarni joylashtirish va texnik 
holatiga xavfsizlik talablari 
Ko’p hollarda xizmat ko’rsatishda atrof-muhitning chegaraviy qiymatlari qonunlashtirilgan, 
lekin ular inson organizmi uchun hamma vaqt ham qulay emas. Masalan, harorat, nisbiy namlik, 
havo  harakati  tezligi,  sex  ichidagi  havoning  tarkibi  va  hokazolar  shunga  misol  bo’la  oladi. 
Shuning 
uchun  xizmat  ko’rsatishda  ish  joylarini  tashkil  qilish  katta  ahamiyatga  ega.  Ish  joyida 
asbobuskunalar 
to’g’ri joylashtirilgani ish unumdorligini oshiradi va xavfsiz ish jarayonini ta’minlaydi. 
Asboblar  shunday  joylashtirilishi  lozimki,  ishchi  ortiqcha  harakatsiz,  o’zini  zo’riqtirmasdan 
ulardan 
osonlik bilan foydalansin. Ish joyining balandligi ham muhim ahamiyatga ega. Bundan tashqari, 
ko’zning imkoniyat doirasini ham hisobga olish kerak va ish o’rnida vertikaliga ko’zni ko’rish 
burchagi 55-60° ni, pastki ko’rish burchagi esa 70-75°ni tashkil qilishi maqsadga muvofiqdir. 
Bunda samarali ko’rish burchagi 30-40°ni tashkil qiladi. 
Gorizontal bo’yicha ko’zni samarali ko’rish burchagi 30°, ko’zning bosh qimirlatmay 
turgandagisi - 120°, ko’zning boshni burgandagi ko’rish burchagi 220°ni tashkil qiladi. 
Ishchilarning sog’lig’ini saqlash, yuqori ish unumiga erishish va o’zini yaxshi his qilishi 
ularning  mehnat  sharoitini  yaxshilanishi  va  ish  joylarini  tashkil  etishga  bog’liq  .  Turgan  va 
o’tirgan 
hollarda  bajariladigan  ishlar  ergonomika  talablari  asosida  kishi  tanasining  o’lchamlari 
inobatga 
olingan holda amalga oshiriladi. 
Ishchi yuzaning ko’rsatkichlari kishining kuchi, shaxsiy imkoniyatlariga bog’liq holda 
o’zgaradi  va  u  har  xil  odamlarda  turlichadir.  Uzluksiz  ish  davomida  kishining  kuch  miqdori, 
uning 
ta’sir etish davomiyligiga va chastotasiga teskari proporsionaldir. Yengil ishlarni bajarishda ish 
joylarini  o’tirib  ishlashga  mo’ljallab  tashkil  qilinadi.  Ishchining  erkin  ko’zg’alishiga  zaruriyat 
talab 
qilinmasa, shu bilan birga texnologik jarayonning o’ziga xosligini ifodalovchi o’rta og’irlikdagi 
ishlar  ish  joyining  konstruktsiyasiga  bog’liq  holda  vertikal  hamda  gorizontal  tekisliklarda 
bajariladi. 
Ishda bajarilayotgan operatsiyalar tez va juda tez doira chegarasida va harakatlantiruvchi 
maydonning  eng  qulay  doyrasida  amalga  oshiriladi.  Bajariladigan  operatsiyalarni  bajarilish 
tezligini 
«juda tez» - ikki va undan ortiq operatsiyalar 1 daqiqada, «tez» 1 daqiqada ikki operatsiyadan 
kam, 
ammo 1 soatda ikki operatsiyadan ko’p; «kamdan-kam» 1 soatda ikki operatsiyadan ko’p 
bo’lmagan deb qabul qilinadi. Shularga muvofiq axborot va boshqarish pultlarining kanali 
joylashtiriladi.  Bundan  tashqari  ish  o’rinlarini  ish  turiga  qarab  metall  stol,  stellaj,  qutilar, 
uskuna va 
soz  asboblar  bilan  ta’minlash  xavfsiz  ishni  tashkillashtirishda  va  samaradorligini  oshirishda 
asosiy 
mezonlaridan biri hisoblanadi. 

Download 0,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish