§13. FAVQULODDA VAZIYATLARDA QISHLOQ XO’JALIK OB’EKTLARIDA
BARQARORLIK
Reja:
13.1. Korxonalarning barqaror ishlashi haqida tushuncha.
13.2. Ishlab chiqarish ob’ektlarining barqaror ishlashiga ta’sir qiluvchi omillar.
13.3. Barqarorlikni oshirishning usul va vositalari.
13.4. Ob’ektlarning barqaror ishlashini baholash uslublari.
Tayanch iboralar: Barqarorlik, tuproq unumdorligi, ob-havo va iqlim sharoiti, sug’orish
holati, germetiklik, veterinariya ishlov berish, barqarorlik koeffetsiyenti.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. O’zbekiston Respublikasi «Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli
favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish to’g’risida»gi Qonuni. Toshkent, 20 avgust 1999.
2. O’zbekiston Respublikasi «Fuqaro muhofazasi to’g’risida» ga Qonuni. 26 may 2000.
3. Akimov N.I., Ilin V.G. «Qishloq xo’jalik ishlab chiqarish ob’ektlarida grajdan mudofaasi».
Toshkent «Mehnat» 1989
13.1. Korxonalarning barqaror ishlashi haqida tushuncha
Fuqaro muhofazasining asosiy vazifalaridan biri qishloq xo’jalik ob’ektlarining Favqulodda
vaziyat holatda barqaror ishlashni ta’minlashdan iboratdir.
Favqulodda vaziyatlarda oziq-ovqat, xomashyo, yem-xashak va qishloq xo’jalik
mahsulotlarini talab darajasida etishtirishni ta’minlash, moddiy jihatdan armiyani, aholini va
sanoatni boshqarish asosiy muammolardan biridir. Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini eng
og’ir
favqulodda vaziyat holatda me’yorida boshqarish uchun va mamlakatni qishloq xo’jalik
mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlash uchun tinchlik davrida ba’zi bir tadbirlarni amalga
oshirish
zarur.
Qishloq xo’jalik ob’ektining barqaror ishlashi deganda, favqulodda vaziyatlarda sifatli
mahsulotlar etishtirish va ishlab chiqarish faoliyatining o’zaro munosibatlari bo’yicha aloqalar
buzilganda ob’ektning qisqa davr ichida o’zini tiklab olish qobiliyati tushuniladi.
Tinchlik davrida qishloq xo’jalik ishlab chiqarishiga salbiy ta’sir ko’rsatadigan omillar
aniqlanilsa va ularni tugatishga maxsus tadbirlar ishlab chiqarilgan bo’lsa, shunday ob’ektlar
favqulodda vaziyatda muntazam ishlashga tayyor hisoblanadi. Oldindan qilinadigan tashkiliy,
agrokimyoviy, agrotexnik, injener-texnik, veterinariya-sanitariya va boshqa tadbirlar qishloq
xo’jalik ob’ektlariga favqulodda holatlar ta’sirini kamaytirishi va asoratlarini tezda yo’qotish
uchun
yaxshi shart-sharoitlar yaratishi mumkin.
Qishloq xo’jalik ob’ektlari va ishlab chiqarishning turg’unligi ko’pgina omillarga bog’liq
bo’lib, ularni asosan uch guro’hga ajratish mumkin.
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
13.2. Ishlab chiqarish ob’ektlarining barqaror ishlashiga
ta’sir qiluvchi omillar
Favqulodda vaziyatlar qishloq xo’jalik ob’ektlarining ishiga tinchlik davridagiga nisbatan
ancha jiddiy salbiy ta’sir ko’rsatadi, va barcha qishloq xo’jalik korxonalariga ta’sir
ko’rsatuvchi
omillar guro’higa quyidagilar kiradi:
Tuproq unumdorligi. Yer qishloq xo’jaligida ishlab chiqarishning asosiy vositasi. Uning
sifati, unumdorligi, oziq-ovqat, yem-xashak va texnik ekinlarning hosildorligiga bevosita ta’sir
qiladi. Tuproq unumdorligi uning tipiga, mexanik hamda kimyoviy tarkibiga ham bog’liqdir.
175
Ob-havo va iqlim sharoiti. Iqlim sharoiti ekinlarning hosildorligiga va chorvachilikning
rivojlanishiga katta ta’sir ko’rsatadi. Har qanday ekinning yaxshi rivojlanishi uchun ma’lum
miqdorda issiqlik, quyosh nuri, tuproq namligi va oziq moddalar etarli darajada bo’lishi zarur.
Sug’orish holati. Respublikamizning ayrim hududlarida tuproqdagi ortiqcha namlikni
yo’qotishga harakat qilinsa, aksincha, ba’zi hududlarda esa tuproqda nam to’plash maqsadida
yerlar
sug’oriladi. Biroq Favqulodda vaziyat holatda sug’orish ishlari, suv inshootlari izdan chiqishi
mumkin.
Favqulodda vaziyatlarda bevosita aloqador bo’lmagan omillarga erkaklarning favqulodda
vaziyatda xizmatga chaqirilish munosabati bilan mehnat vositalarining, texnikaning qisqarishi,
qishloq xo’jaligiga pestitsidlar, fungitsidlar, mineral o’g’itlar, yonilg’i-moylash materiallari,
biologik preparatlar, texnika uchun ehtiyot qismlar va boshqalarni etkazib berish kamayib
ketishi
kabi ishlar kiradi. Ayniqsa, qishloq xo’jaligining qator sohalarida (paxtachilik, sholikorlik,
chorvachilik) elektr energiyasi bilan ta’minlanishining kamayishi yaqqol namoyon bo’ladi.
Temir
yo’l xizmatida qishloq xo’jaligi uchun zarur yuklarni tashishi qiyinlashadi. Mineral o’g’itlar,
pestitsidlar, texnikalar ishlab chiqaradigan bir necha korxonalar ishlab chiqarish faoliyatinn
to’xtatishi mumkin. Odamlar, texnika, yonilg’i-moylash (benzin, kerosin va hokazo)
materiallarining etishmasligi sababli yem-xashak etishtirishda juda qiyin sharoit vujudga keladi.
Ishlab chiqarish ob’ektlarining barqarorligiga yalpi qirg’in qurolining ta’siri bilan bog’liq
bo’lgan omillar sifatida odamlar, o’simliklar, hayvonlar jiddiy zarar ko’rganini aytib o’tish
mumkin.
Bu omillar esa qishloq xo’jaligi izdan chiqishiga sabab bo’lishi mumkin. Dushman tomonidan
bakteriologik va ximiyoviy qurollar qo’llanilganda vaziyat yanada murakkablashadi. Mana shu
omillarning hammasini qishloq xo’jalik ishlab chiqarish ob’ektlarining urush holatidagi
turg’unligini aniqlashda va tekshirilayotganda hisobga olish maqsadga muvoqdir.
Qishloq xo’jalik ishlab chiqarishining favqulodda vaziyat holatdagi barqarorligi to’g’risida,
ularni hisoblash usullari maxsus tavsiyanomalarda bayon etilgan.
Favqulodda vaziyatlarda qishloq xo’jalik ishlab chiqarish ob’ektlarining barqarorligini
ta’minlash uchun eng asosiysi qishloq xo’jalik ishlab chiqarishini boshqarishni to’g’ri yo’lga
qo’yishga alohida e’tibor berish lozim.
Odamlarni, jumladan, ishlab chiqarishda ishlayotgan ishchi-xizmatchilarni yalpi qirg’in
qurolidan himoya qilishni tashkil qilmasdan turib, qishloq xo’jalik ishlab chiqarishining
barqaror
ishlashini ta’minlash mumkin emas. Shuning uchun ham fuqaro muhofazasining tadbirlariga va
rejalashtirishga katta barqarorlik masalalariga alohida e’tibor berilishi lozim.
13.3. Barqarorlikni oshirishning usul va vositalari.
Tinchlik davrida qishloq xo’jaligida yalpi mahsulot etishtirishni keskin ko’paytirish,
moddiy-texnika ta’minoti, suv ta’minoti, avtonom energiya tizimlari, ishlab chiqarishni
xo’jaliklararo aloqasining barqarorligini ta’minlaydigan tadbirlarni tayyorlash kerak. Qishloq
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
xo’jaligi ishlab chiqarishini favqulodda vaziyat holatda barqarorligini boshqarish tadbirlari
maxsus
tavsiyanomada bayon etilgan.
Dehqonchilik va chorvachilikning barqarorligini ta’minlash maqsadida quyidagi tadbirlarni
amalga oshirish kerak.
Chorva mollarini himoya qilish uchun fuqaro muhofazasining tashkiliy, injener-texnik va
zooveterenariya tadbirlar kompleksi hayvonlarda yalpi qirg’in qurolining ta’sirini kamaytiradi
yoki
butunlay yo’qotadi.
Molxonalarning eshik va derazalari orasiga rezina qistirmalar qo’yish, ship, devorlardagi
barcha teshik-tirqishlarni puxta berkitish, birinchi galdagi vazifadir. Ba’zi bir hollarda
derazalarning
bir qismini g’isht bilan berkitib, suvab tashlash yoki plyonkalar bilan yopish mumkin. Bu
molxona
ichkarisiga radioaktiv, bakteriologik changlarni va zaharli moddalarni erkin holatda kirishiga
to’sqinlik qiladi. Hayvonlarni radioaktiv va bakteriologik changlardan hamda zaharli
moddalardan
himoya qilishning eng yaxshi usuli molxona derazalarini sintetik plyonkalar bilan berkitib
tashlashdir. Agar chorvachilik fermalari xaddan tashqari xavfli va juda katta zararlanish
hududlarida
176
qolsa, u holda hayvonlarni gamma-nurlaridan himoya qilish maqsadida molxonalarning (asosan
yog’och imoratlar) devorlari tashqarisidan to derazalarigacha 70-100 sm balandlikda tuproq
bilan
ko’miladi. Ba’zan devordan 60-70 sm masofada 140-150 sm balandlikda qo’shimcha taxta devor
uriladi, o’rtadagi bo’shliq esa tuproq bilan to’ldiriladi. Molxonalarda 5-7 kunga etarli yem-
xashak,
suv g’amlanadi. Ferma hududdan biroz uzoqroq binolarda 7-10 kunga etadigan qo’shimcha
yemxashak
g’amlanadi va ularning usti qalin materiallar bilan bekitiladi. Yem-xashak va suvning bir
kunlik me’yorsi: qoramollar uchun 5-6 kg pichan, 20-30 l suv; buzoqlar, qo’ylar va echkilar
uchun
0,5-1 kg pichan, 1-2 l suv; cho’chqalarga 2-3 kg konsentratlar va 6-8 l suv. Ratsion tarkibidan
tuz
chiqarib tashlanadi.
Yaxshi hozirlik ko’rilgan chorvachilik inshootlari quyidagi himoya qilish xususiyatiga ega:
filtrlash koeffitsiyenti inshootning turiga qarab radioaktiv moddalar uchun o’zgarib turadi, 130
dan
300 gacha, gaz holatidagi zaharli moddalarni esa 40 dan 60% gacha kamaytiradi. G’ishtdan
qurilgan chorvachilik inshootlari radiatsiyani 10-15 martaga yog’och inshootlar esa 3-5 marta
kamaytiradi. Radioaktivchang yerga tushishi bilanoq va radioaktivbulut chorvachilik
fermalaridan
uzoqlashgandan so’ng, yana 1-8 soatdan keyin chorvachilik inshootlarida shamollatish trubalari
va
shamol esib turgan tarafdagi derazalari ochiladi.
Yoz kunlari zaharli moddalar bilan zaharlangan fermalarda hayvonlarning talafotga uchrash
xavfi tashqi xavodagi ma’lum haroratda zaharning barqarorligiga uzviy bog’liq bo’ladi. Shuni
nazarda tutish kerakki, hayvonlar zich berkitilgan binolarda saqlab turilganda bino ichkarisida
harorat va namlik ta’sirida ortiqcha bosim hosil bo’ladi. Bu esa iishoot ichkarisiga radioaktiv
chang,
zaharli moddalar va bakteriologik qurol zarrachalari, boshqa gazsimon, tumansimon hamda
tutunlarni kirishiga qulaylik tug’diradi. Bundan tashqari bino ichkarisida hosil bo’lgan ammiak,
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
namlik va havo haroratining ko’tarilishi binoga tirqishlar orqali kirgan zaharli moddalarning
yemirilishiga olib keladi.
Favqulodda vaziyat xavfi sodir bo’lishi bilanoq katta shaharlar va muhim ishlab chiqarish
ob’ektlari atrofida joylashgan xo’jaliklardan barcha mollar ko’chiriladi. Hayvonlar suv bosishi
gumon qilingan hududlardan olib chiqiladi. Bunday hollarda ularni bir joyga to’plash
maqsadida
avvaldan hozirlab qo’yilgan yerto’lalardan, bo’sh chuqur joylardan, tog’ oralig’i va yordamchi
inshootlardan foydalaniladi. Mollarni evakuatsiya qilishda avtotransportdan yoki poda qilib
haydash
usulidan foydalaniladi. Bu maqsadlar uchun temir yo’l transportidan ham foydalansa bo’ladi.
Bundan tashqari zaharlangan qishloq xo’jalik hayvonlarga veterinariya ishlov berish ham
barqarorlikni ta’minlashning asosiy yo’nalishlaridan biri hisoblanadi.
Veterinariya ishlov berish jarayonida mollar tanasining sirtqi qismi butunlay radioaktiv
moddalar, zaharli moddalar, va biologik moddalardan tozalanadi hamda zararlangan
hayvonlarga
tez yordam ko’rsatiladi.
Dehqonchilikda barqarorlikni oshirishning asosiy yo’llardan biri bu o’simliklarni, chorva
mollarini himoya qilish, sanitariya, o’t o’chirish, jamoat tartibini saqlash, qutqarish va
zararsizlantirish guro’hlarini tinchlik davrida tuzishdir va ularni o’kitishdir.
Favqulodda vaziyatlar natijasida zararlangan hududlarda qishloq xo’jalik ishlarini amalga
oshirishdan oldin zarasizlantirish tadbirlari amalga oshirish shart va zarur.
Mollarga veterinariya ishlov berish sanitariya-gigiyena jihatdan katta ahamiyatga ega bo’lib,
bunda chorvadorlar ishining xavfsizligini ta’minlashga, go’shtdan xo’jaliklar ehtiyojlari uchun
ko’proq ishlatishga harakat qilinadi. Shuningdek radioaktiv moddalar zaharli moddalar va
biologik
vositalar ta’siriga yo’liqqan hayvonlarning kasallanishini yo’qotish, bartaraf qilish va yuqumli
kasalliklarning tarqalishiga yo’l qo’ymaslik kerak.
Xo’jaliklardagi qoramollarga veterinariya ishlov berish uchun maxsus maydoncha
tayyorlanadi. Aholining shaxsiy qaramog’ida bo’lgan qoramollarga. joylarning o’zida ishlov
beriladi. Veterinariya ishlov berish maydoni yilning issiq paytlarida radiatsiya miqdori kam
bo’lgan joylarda, kimyoviy zararlanish hududdan olisda, bakteriologik shikastlanish manbasi
chegarasi yoki hududda tayyorlanadi. Bunda avvalo tanlangan maydonlar dezinfektsiya qilinadi.
Bunday maydonlar qatnov yo’llariga va chorvachilik inshootlariga 100-200 m uzoqlikda, suv
havzalariga esa yaqin joylarda hamda iloji boricha suvni o’ziga shimib oladigan qumloq yerlar
177
tanlanadi.
Maydonning katta-kichikligi ishlov beriladigan qoramollarning soniga qarab belgilanadi.
Shu bilan birga har bir bosh molga taxminan 30 m
2
hisobda joy hozirlanadi.
Mollarga veterinariya ishlov berish quruq va suyuq eritmalar yordamida amalga oshiriladi.
13.1-rasm. Hayvonlarga veterinar ishlov berish maydoni
1 - qabul qilib turlarga ajratish punkti; 2 - zararlangan hayvonlar uchun maydon; 3 - ajratish; 4
-
haydab kirituvchi moslama; 5 - veterinar ishlov beruvchi asbob-uskunalar; 6 - haydab kirituvchi
moslama; 7 - dozimetriya uchun asbob- uskuna; 8 - ishlov berilgan hayvonlar uchun
maydoncha; 9
- ishlov berilgan hayvon uchun veterinar yordam ko’rsatish maydonchasi; 10 - ajratish; 11 -
hayvonlarni ajratish uchun asbob-uskuna; 12 - hayvonlarni ushlab turish maydonchasi; 13 -
hayvonlarga ishlov berish vositalari; 14 - dala sharoitida so’yish punkti; 15-yuvindi oqizadigan
chuqur; 16 - odamlarga sanitar ishlov berish maydonchasi; 17 -odamlar dam oladigan joy; 18 -
xojatxona.
Shu bilan birga qishloq xo’jaligi chorvachilikda barqarorlikni ta’minlashning asosiy
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
omillardan biri bu chorva uchun yem-xashak zaxirasi va ularni turli zararli va zaharli
moddalardan
saqlashdir. Oziq-ovqat, yem-xashak va suvlarni zaharli modda, radioaktiv modda hamda BVlar
bilan zararlanishiga yo’l qo’ymaslik uchun ularni albatta tashqi zararlangan havodan ajratib
qo’yish
zarur. Buning uchun omborxonalarni mahkam, zich berkitilishiga ahamiyat beriladi, izolyatsiya
qilinadigan idishlar va o’rash uchun ishlatidadigan materiallardan foydalaniladi.
Mavjud iste’mol mahsulotlari xo’jalikda mavjud materiallar yordamida oddiy usulda
himoyalanadi. Shuni esda tutish kerakki, zig’ir va paxta tolasidan tayyorlangan qoplar, ularda
saqlanadigan don, un va boshqa mahsulotlarni zaharli modda, radioaktiv modda hamda
biologik
vositalar zararlanishidan himoya qilolmaydi.
G’alla xirmonlari sintetik plyonkalar, brezent, poxollar va pichanlar yoki chimlar bilan
yopib qo’yiladi. Brezentdan foydalanilganda albatta uning tagiga xashak solish kerak, chunki
brezentdan Vx-gazlari va virusli aerozollar o’tib ketadi (xashak bilan qo’shimcha yopilmagap
bo’lsa Vx-gazlari dongacha kirib boradi va uni zararlaydi). Kartoshka va ildiz tugunak mevali
o’simliklar avval 20 - 30 sm xashak bilan berkitilib so’ngra tuproq qatlami bilan ko’mib
tashlanadi.
Ulariing bir necha joylarida uzunasiga shamollatish qutilari qo’yiladi, lozim bo’lsa
germetizatsiya
qilinadi va atrofidan ariqchalar qaziladi. Kartoshka va ildiz - tugunak mevalilarni o’ralarda
himoya
qilsa bo’ladi. Pichan va xashaklar g’arami brezentlar, plyonkalar yoki oziq sifatida
ishlatilmaydigan
xashaklar bilan berkitiladi. Plyonka yoki brezentlar yordamida berkitishda ularning chetlari
yerga
178
mahkam zichlab, toshlar va tuproq bilan bosiladi. G’aram yoki skird atrofi eniga 3 m joy
qoldirilib
haydab tashlanadi. Qishda pichan g’aramlari ustida muz qatlamlari hosil qilish ham mumkin
Rasm 13.2. Dag’al xashakni himoya qilish usuli
Oziq-ovqat va suvni uy zich yopiladigan idishlarda saqlanadi. Kartoshka, sabzi, qand lavlagi
va shunga o’xshash mahsulotlar plyonkalar bilan yopiladi yoki ko’p qatlamli qog’oz qoplarga
taxlab solinadi va mahkam bog’lab yerto’lalarda oddiy usulda saqlanadi. Oziq-ovqatlar
bochkalarga, maxkamlangan yashiklarga solinib ustidan plyonkalar, qalin qog’ozlar bilan
yopiladi
va bog’lab qo’yiladi.
Radioaktiv chang kerosin, dizel yoqilg’ilari, benzin va qishki dezaktivlovchi eritmalar bilan
artiladi, zaharli moddalar xlorli ohakning suvdagi aralashmasi, kaltsiy gipoxlorid hamda
ammiakli
suv yoki maxsus ishqorli eritma (tarkibida 2%li natriy ishqori, 5% li monoetanolamin va 20% li
ammiakdan iborat, u zahrinni yaxshi zararsizlantiradi) shimdirilgan lattalar bilan artiladi.
Texnikani dezinfektsiya qilishda kaltsiy gipoxloritning suvli eritmasi, formaldegid (chumoli
aldegidi) lizol, xlorli yod va boshqalardan foydalaniladi. Joylarni zararsizlantirish bilan bog’liq
bo’lgan ishlar, maxsus texnika vositalarni hamda katta kuch sarflashni talab qiladi. Masalan
hududdagi 1 ga maydonni degazatsiyalash uchun kamida 10 t degazatsiyalovchi eritma kerak
bo’ladi. Shuning uchun ham xo’jalikdagi hamma hududlar qurilishlar, inshootlar
zararsizlantirilmasdan, faqat aholi yashaydigan va ishlaydigan hamda hayvonlar oziq-ovqat
jamg’arilgan joylargina zararsizlantiriladi. Joylarning qolgan qismlari to’siqlar bilan o’ralib
maxsus
belgilar ko’yiladi va o’z-o’zidan zararsizlanguncha qoldiriladi.
Hududlarni, yem-xashakni, oziq-ovqatni, suvni va har xil buyumlarni zararsizlantirish
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
deganda dezaktivatsiyalash, degazatsiyalash va dezinfektsiya qilish ishlari tushiniladi.
13.4. Ob’ektlarning barqaror ishlashini baholash uslublari
Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishda favqulodda vaziyatlarda barqarorlikni baholashning
asosiy mezonlardan biri, bu ob’ektning turli tabiiy, texnogen va antropogen favqulodda
vaziyatlar
natijasida belgilangan miqdor va nomenklaturadagi mahsulot turlarini ishlab chiqarish
qobilyatini
aniqlashga aytiladi.
Ob’ektlarning barqarorligini baholashdan maqsad, ishlab chiqarish binolari, texnologik
uskunalar va vositalarni turli omillar ta’sirida bo’sh joylarini aniqlab, ularni barqarorligini
oshirish to’g’risida tadbirlar ishlab chiqishdan iboratdir.
Ob’ektlarning barqarorligini baholash ikki bosqichda amalga oshiriladi. Birinchi bosqichda
quyida keltirilgan ko’rsatkichlar bo’yicha favqulodda vaziyatlarning ta’sir darajasi o’rganiladi:
- prognozlar asosida favqulodda vaziyatlar vujudga kelganda, ob’ektdagi
taxminiy holat aniqlaniladi, ya’ni, bino va inshootlarni statik
179
barqarorligi, yong’in xavfsizligi, radiatsion holat, pana joylar hisobi,
axborot ta’minot tizimi, qishoq xo’jaligi chorvalari va ularnig
mahsuldorligi, qishloq xo’jaligi mahsulotlari va o’simliklarini
turlari mahsuldorligi holati baholanadi.
Baholashning ikkinchi bosqichida, birinchi bosqich natijalaridan kelib chiqqan holda
aniqlangan bo’sh joylar va barqarorlikni oshirish maqsadida tadbirlar rejasi tuziladi va uni
amalga
joriy qilinadi.
Turli favqulodda vaziyatlarda ob’ektlarni barqarorligi va aholining himoyalanganligi asosan
muhandislik himoya ko’rsatkichi, ya’ni himoya inshootlar bilan ta’minlanganlik va tayorgarlik
darajasi (SQ va M-11-11-77), hayotni ta’minlash tizimi bilan ta’minlanganligi, FV axborot
ta’minot tizimi bilan ta’minlanganligi va ularni ishonchliligi bilan baholanadi.
Dehqonchilikda barqarorlikni baholashda mavjud o’simliklarni radiatsiya, kimyoviy
elementlar va biologik vositalar ta’sirida barqrorligi FVda qoldiq yalpi mahsulot miqdorining
rejaviy yalpi mahsulot miqdori nisbati bilan baholanadi, ya’ni
B
o’s
= (Q
YaM
/R
YaM
)*100% ,
B
o’s
- dehqonchilik tarmog’ida barqarorlik darajasi, % ;
Q
YaM
- qoldiq yalpi mahsulot qiymat miqdori, so’m;
R
YaM
- rejadagi yalpi mahsulot qiymat miqdori, so’m.
Qoldiq yalpi mahsulot qiymat miqdori quyidagi formula orqali aniqlaniladi
Q
YaM
= R
YaM
- ( M
tt
+ M
t
)
M
tt
- mahsulotning FV da to’g’ridan–to’g’ri yo’qotilgan qiymat miqdori,
so’m;
M
t
- mahsulotning etishtirish texnologiyasi o’zgarishi hisobidan
yo’qotilgan qiymat miqdori, so’m.
Chorvachilikdagi barqarorlik ko’rsatkichlari xuddi o’simlikshinoslik kabi aniqlaniladi.
Qishloq xo’jaligidagi mashina-traktor parki va yonilg’i-energetik vositalarlarning barqarorligi
ularning texnik tayyorlik koeffitsiyenti bilan baholanadi, ya’ni :
K
TT
= 1 – K
t
/ K
j,
K
TT
- texnik tayyorgarlik koeffitsiyenti;
K
t
- texnik vositalarini ta’mirlash va xizmat ko’rsatishda bo’lgan
kunlar soni ;
K
j
- texnik vositalarning ob’ektda bo’lgan jami kunlar soni.
Mashina–traktor parkidan foydalanish koeffitsiyenti quyidagi formula orqali aniqlaniladi
K
f
= K
i
/ K
j,
K
f
- mashina –traktor parkidan foydalanish koeffitsiyenti;
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
K
i
- texnik vositalarini ob’ektda ishlagan kunlar soni ;
K
j
- texnik vositalarning ob’ektda bo’lgan jami kunlar soni.
Boshqa sohadagi barqarorlik ko’rsatgichlari ham yuqorida keltirilgan mantiqdan kelib
chiqqan holda aniqlaniladi va baholanadi.
Nazorat uchun savollar.
1. Barqarorlik deganda nimani tushunasiz?
180
2. Favqulodda vaziyatlarda chorvachilik va dehqonchilik
3. ishlab chiqarishda barqrorlik ko’rsatgichlari nimadan tashkil topadi?
4. Tuproq unumdorligi va iqlimning barqarorlikka ta’siri
5. Favqulodda vaziyatlar vujudga kelishidan oldin barqarorlikni oshirish uchun amalga
oshiriladigan ishlar nimadan iborat?
6. Favqulodda vaziyatlarda barqarorlikni oshirish vositalari nima?
7. Barqarorlikni oshirishning asosiy usullarini tushuntirib bering.
8. Barqarorlikni baholash nima uchun va qachon o’tkaziladi.
9. Dezinfektsiya, dezaktivatsiyalash, degazatsiyalashning barqarorlikka ta’siri nimadna iborat?
10. Barqarorlik koeffitsiyenti deganda nimani tushunasiz va u qanday hisoblanadi?
181
Do'stlaringiz bilan baham: |