§ 9. FAVQULODDA VAZIYATLAR. ULARNING UMUMIY
TAVSIFI VA GURO’HLANISHI
Reja:
9.1. Favqulodda vaziyatlar to’g’risida asosiy tushunchalar.
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
9.2. Favqulodda vaziyatlarning turlari, yuzaga va harakatga keltiruvchi kuchlar hamda
tarqalish
tezligi .
9.3. Favqulodda vaziyatlarda yuzaga keladigan zararlanish o’chog’lari,
ularning turlari.
Tayanch iboralar: Favqulodda holat, geofizik, geologik, gidrogeologik omillar, zilzila,
Rixter shkalasi, yer ko’chishi, sel, toshqin, tuproq yemirilishi (erroziya), texnogen halokatlar,
gidrodinamik falokat, yong’in falokati, transport energetika, kommunal tizim, kimyoviy va
radiatsion xavflar va falokatlar, halokat, katastrofa.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. O’zbekiston Respublikasi «Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli
favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish to’g’risida»gi Qonuni. Toshkent, 20 avgust 1999.
2. O’zbekiston Respublikasi «Fuqaro muhofazasi to’g’risida» ga Qonuni. 26 may 2002.
3. Akimov N.I., Ilin V.G. «Qishloq xo’jalik ishlab chiqarish ob’ektlarida grajdan mudofaasi».
Toshkent «Mehnat» 1989
9.1. Favqulodda vaziyatlar to’g’risida asosiy tushunchalar
Favqulodda vaziyat (FV) - odamlar qurbon bo’lishiga, ularning sog’lig’i yoki atrof-tabiiy
muhit zarar ko’rishiga, anchagina moddiy talafotga va insonlarning hayot faoliyati izdan
chiqishiga
olib kelishi mumkin bo’lgan yoki olib kelgan halokat, xavfli tabiat hodisasi, tabiiy va boshqa ofat
oqibatida muayyan hududda yuzaga kelgan sharoit.
Favqulodda vaziyatlarning oldini olish - oldindan o’tkaziladigan va favqulodaa vaziyatlar
yuzaga kelish xavfini iloji boricha maksimal darajada kamaytirishga, shuningdek bunday
vaziyatlar
yuzaga kelgan taqdirda odamlar sog’lig’ini saqlab qolishga, atrof tabiiy muhitga etadigan zarar
va
moddiy talafot miqdorini kamaytirishga qaratilgan tadbirlar kompleksi.
Favqulodda vaziyatlar oqibatlarini tugatish - favquloda vaziyatlar yuzaga kelganda
o’tkaziladigan hamda odamlar hayoti va sog’lig’ini saqlab qolishga, atrof tabiiy muhitga
etadigan
zarar va moddiy talafot miqdorini kamaytirishga, shuningdek favqulodda vaziyat hududlarini
cheklash va xavfli omillar ta’sirini to’xtatishga qaratilgan halokat - qutqaruv va boshqa
shoshilinch
ishlar kompleksi.
Favqulodda vaziyatlarni oldindan prognoz qilish. Favqulodda vaziyat yuzaga kelishining
ehtimol bo’lgan sabablarni, uning ilgarigi va hozirgi manbaini tahlil qilish asosida favqulodda
vaziyat yuzaga kelishi ehtimolini va rivojlana borishini oldinroq aks ettirish.
Favqulodda vaziyatlardan ogoh bo’lish - atrofdagi tabiiy muhit va potentsial xavfli
ob’ektlarning, favqulodda vaziyat manbalari paydo bo’lishini oldindan prognoz qilish va
profilaktika qilishning ahvolini kuzatish va nazorat qilishni tashkil etilishiga, shuningdek
favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik ko’rishga qaratilgan huquqiy, tashkiliy, iqtisodiy,
muhandislik-texnikaviy, ekologiya-muhofaza, sanitariya- gigiyena, sanitariya-epidemiologik va
maxsus tadbirlar kompleksidir.
Favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik ko’rish - muayyan hudud yoki potentsial xavfli
ob’ektda aholini va moddiy boyliklarni favqulodda vaziyat manbalarining shikastlovchi omillari
va
ta’siridan muhofaza qilish uchun, shuningdek favqulodda vaziyatlarni tugatishda boshqaruv
organlari, kuch va vositalarining samarali faoliyatini ta’minlash uchun sharoit yaratuvchi
oldindan
o’tkaziladigan tadbirlar kompleksi.
Aholini evakuatsiya qilish - favqulodda vaziyat hududlaridan yoki ehtimol bo’lgan
140
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
favqulodda vaziyat hududlaridan aholini piyoda va transportda uyushqoqlik bilan olib chiqish,
shuningdek evakuatsiya qilinganlarni joylashtirish manzillarida turmush kechirishini ta’minlash
tadbirlari kompleksi.
Vatanimiz hududlarida tabiiy ofatlarning ko’proq uchrab turishi uning tabiiy tuzilishi bilan
bog’liqdir. Har bir tabiiy ofat sodir bo’lish joyi, sababi, ko’lami, u bilan bog’liq bo’lgan moddiy
zarar va boshqa xususiyatlari bilan ajralib turadi.
Hozirgi vaqtning eng muhim vazifalaridan biri tabiiy ofatlarni hosil bo’lishi va rivojlanishini
prognoz qilish, oldindan davlat organlari va aholini yaqinlashib kelayotgan ofatdan ogoh
etishdan
iboratdir.
9.2. Favqulodda vaziyatlarning turlari, yuzaga va harakatga
keltiruvchi kuchlar hamda tarqalish tezligi
Respublikamiz hududlarida uchraydigan tabiiy ofatlarning hosil bo’lishida geofizik,
geologik, gidrogeologik, atmosfera va boshqa omillar asosiy o’rinni egallaydi. Ular oqibatida
hayot
xavfsizligi buziladi, insonlar nobud bo’ladi, xalq xo’jaligi ob’ektlariga turli darajada moddiy
zarar
etkaziladi.
Geofizik omillar - yerning fizik xususiyati (magnit, elektr, gamma faollik, issiqlik va b.)
natijasida yuzaga keladigan turli noxush vaziyatlar majmuasini sodir etadi.
Geologik omillar - yerning paydo bo’lishi bilan bog’liq yechimlarini ta’minlab beradi.
Gidrogeologik omillar - yer ichki va yuzasidagi suvlar (gidrosfera) ta’sirida bevosita
yuzaga keladigan noxush vaziyatlar tushuniladi.
Atmosfera omillari - yerning atmosfera qatlamidagi o’zgarishlar (iqlim, ob - havo,
ifloslanish, ozon qatlami va b.) natijasida xavfli holatlar paydo bo’lishiga olib keladi.
Favqulodda vaziyatlarning vujudga kelish sabablari va ularni oqibatlari jihatidan asosan
quyidagi asosiy uch guro’hga bo’lish mumkin:
1 tabiiy omillar oqibatida vujudga keladigan favqulodda holatlar;
2 texnogen va antropogen oqibatlar tufayli vujudga keladigan
favqulodda holatlar;
3 ekologik omillar oqibatida vujudga keladigan favqulodda holatlar.
Respublikamiz hududlarida har uchchala guro’hga taalluqli xavfli halokat va jarayonlar
uchrab turadi. Ayniqsa respublikamiz hududlarida zilzila, ko’chki, o’pirilish, suv bosish va sellar
kabi tabiiy ofatlar ko’proq uchraydi.
Zilzila - tabiatda sodir bo’ladigan eng xavfli hodisalarning biridir. YuNESKO ma’lumotiga
ko’ra zilzila-yuzaga keladigan iqtisodiy zarar va insonlar halokati bo’yicha tabiiy ofatlarning
ichida
birinchi o’rinni egallaydi.
Zilzilaning hosil bo’lish sabablari turlicha bo’lib, hozirgi vaqtda mukammal o’rganilgan
bo’lishiga qaramay, zamonaviy ilm-fan taraqqiyoti qachon, qayerda, qanday kuchlanishda yer
silkinishi bo’ladi degan savolga hamon to’liq javob beraolmayapti.
Yer ko’chishi – surilma. Respublikamizning tog’li, tog’ oldi, daryo bo’ylari hududlarida
yashaydigan aholi va xalq xo’jaligi ob’ektlariga katta xavf tabiiy ofatlardan biri yer ko’chishi -
surilmadir.
Yer ko’chishi - yer yuzasi bo’lagining yonbag’ir bo’yicha gravitatsion kuch ta’sirida
surilishi, siljishiga aytiladi.
Sel -suvning mexanik faoliyatidan yuzaga keladigan murakkab jarayon bo’lib, turli
omillarning (iqlim, gidrologik, geomorfologik, geologik va b.) o’zaro ta’siri natijasida vujudga
keladi. Uning tarqalishida mahalliy sharoit alohida o’rin egallaydi. Sel vujudga keladigan yoki
sodir
bo’lish ehtimoli yuqori bo’lgan joylarni sel o’chog’i deb yuritiladi. Sel o’chog’i paydo
bo’lishining
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
asosiy ko’rsatkichi gidrometeorologik sharoit hisoblanadi. Uzoq muddatli jala yog’ishi va
muzliklarning qisqa muddatda kuchli erishi oqibatida daryo o’zanlaridagi suv miqdori keskin
ko’payib ketadi. Natijada suv bilan aralashgan (qum, shag’al, dag’al bo’lakli jinslar) oqim
paydo
bo’lishi natijasida maydonning quyi qismlarida katta kuchga ega bo’lib ko’pgina qo’poruvchilik
141
ishlarini amalga oshiradi.
Toshqin bu tabiiy ofatlar ichida katta talafotlar keltiradigan, aholini og’ir tahlikaga
soladigan va qisqa vaqt ichida shiddatli bo’ladigani suv toshqinlaridir.
Toshqin - daryolar, soylar, dengizlar, ko’llarda suv satxining keskin ko’tarilishi oqibatida
yuzaga kelib, yer yuzasining katta maydonlarini vaqtincha suv bosishidir.
Selli toshqinlar odatda qisqa vaqtda paydo bo’lib, asosiy xususiyatlaridan biri shitob bilan
suv kelishi oqibatida suv inshootlari atrofini, qirg’oqlarni, ba’zan to’g’on va ko’priklarni yuvib
ketadi.
Tuproq yemirilishi. Tabiiy ofatlarni yana biri turi bu tuproq yemirilishi, yuvilishi
oqibatida yer yuzasining biologik xususiyati yo’qolib borishi oqibatida yerlarni cho’lga aylanish
jarayonidir.
Dunyo miqyosida tuproq yemirilishi yerlarni tabiiy ravishda cho’lga aylanishi XX asrning
oxirlariga kelib inqiroziy holatni namoyon etmoqda. Buning asosiy sababchisi yer ichki qismi va
yuzasida bo’layotgan o’zgarishlar, harakatlar natijasi bo’lsada, ayrim davlatlar hududlarida
tabiiy
tuproq hosil bo’lish jarayonining juda sust borayotganligidadir.
Texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlar. Ma’lumki so’nggi yillarda insonlar faoliyati
bilan bog’liq bo’lgan texnogen xususiyatdagi favqulodda vaziyatlarning turi va miqdori oshib
bormoqa. Bunday favqulodda vaziyatlar to’g’risida to’liq tasavvurga ega bo’lishga, imkon
darajada
oldini olishga, ayanchli oqibatlarni keltiradigan zararini iloji boricha kamaytirishga va
fuqarolarimizni samarali muhofazalash chora-tadbirlarini topishga erishishimiz kerak.
Suv omborlaridagi, daryolardagi, kanallardagi gidrotexnik inshootlarning buzilishi, baland
tog’ ko’llarining urib ketishi natijasida suv bosishi gidrotexnik halokatlar va falokatlarni sodir
bo’lishiga olib keladi hamda odamlarni qurbon bo’lishiga, sanoat va qishloq xo’jalik
ob’ektlarini
ishini izdan chiqishiga, suv bosgan hududdagi aholining hayot faoliyatini izdan chiqishiga sabab
bo’ladi. Sun’iy to’g’onlar, yuqori diametrli gaz va neft o’tkazgichlar, maxsus neft mahsulotlarini
saqlaydigan inshootlarni inson o’z ehtiyojlari uchun barpo etadi.
Gidrodinamik falokatlarning sabablari va turlari. Markaziy Osiyo hududida quyidagi
gidrotexnika inshootlari mavjud Qayroqqum, Chordara, Toxtagul, Andijon, Karkidon,
Tolimarjon,
Nurek, Ragun va boshqalar. O’zbekiston Respublikasida hozirgi paytda 18,9mlrd.700 mln.
m
3
suv
sig’dira oladigan 53 ta suv ombori, daryo suvlarini viloyat va tumanlarga taqsimlab beruvchi
150dan ortiq suv to’g’onlari, 28122 km uzunlikdagi magistral kanallar va boshqa zarur suv
inshootlari mavjud. Harbiy sharoitda yoki favqulodda vaziyat jarayonida ular ma’lum xavf
tug’diradilar. Gidrotexnik xavfli inshootda sodir bo’lishi mumkin bo’lgan favqulodda
vaziyatlarning shikastlovchi omillari va ko’rsatkichlari quyidagilardan iborat:
• to’g’onni urib ketgan to’lqinning balandligi 20m va tezligi 3-100 km/soat gacha;
• to’g’onni urib ketgan to’lqin cho’qqisi va old tomonining etib kelish vaqti (to’lqin tezligiga
va joyning qancha oraliqda ekaniga qarab);
• suv bosish hududining chegaralari (yer yuzasi relyefi qandayligiga qarab);
• suv bosishning maksimal va amaldagi chuqurligi (relyefning qandayligiga, to’g’onni urib
ketgan to’lqinning balandligi qandayligiga qarab);
• suv bosish qancha davom etishi (bir necha soatdan bir necha kecha kunduzgacha)dan iborat.
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
Texnogen tusdagi xavfli holatlardan yana biri, yong’in chiqish va portlash xavfi bor xavfli
bo’lgan __________ob’ektlardagi falokatlar va halokatlar.
Yonish va portlashlar o’zaro uzviy bogliqligi sababli barcha tashkilotlarda sodir bo’ladigan
yong’inlar natijasida portlashlar ham bo’lishi mumkin yoki aksincha portlash natijasida
yong’inlar
sodir bo’lishi mumkin.
Portlash-bu qisqa vaqtning o’zida chegaralangan hajmdagi, katta miqdordagi quvvatning
ajralib chiqishidir. Portlash, gazlarning qattiq qizishi oqibatida yuqori bosim ta’sirida sodir
bo’ladi.
Portlashlar asosan yong’in va portlash xavfi bor tashkilotlarda sodir bo’lib, uning oqibatida
yong’inlar kelib chiqishi mumkin.
Portlash-suyuqliklarning, portlovchi moddalarning kuch yoki issiqlik ta’sirida o’zi
joylashgan hajmga sig’may qolishi tufayli chiqishidir.
142
Transport, energetika va kommunal tizimlardagi falokatlar va halokatlar.
1. Transportdagi falokatlar va halokatlar:
• havo transportidagi halokat va halokatlar;
• temir yo’ldagi halokat va halokatlar;
• avtotransportlardagi halokatlar (shu jumladan, yo’l transport hodisalari) ko’rinishi;
• metropoliten stantsiyalarida bo’lishi mumkin bo’lgan favqulodda vaziyatlar;
• magistral quvur tarmoqlarida, neft va gaz burg’ulash maydonlaridagi bo’lishi mumkin
bo’lgan halokatlar.
2. Energetika tizimidagi halokatlar:
• gidroelektrostantsiya (GES)larida;
• issiqlik elektr markaz (TES)larida;
• shahar, tuman elektr tarmoq GRESlarida;
• elektr tarmoqlarida, issiqlik markazlarida;
• issiqlik qozonlarida;
• kompressorlarda;
• gaz taqsimlash stantsiyalarida va energetika tizimining boshqa ob’ektlarida sodir bo’ladigan
halokatlar kiradi.
3.Maishiy xizmat tarmoqlaridagi halokatlar:
• Gaz tarmoqlari, suv saqlagichlar, suv tarmoqlari, kanalizatsiyalar;
• gaz tozalash, biologik tozalash inshootlari va maishiy xizmat tarmoqlariga kiruvchi barcha
ob’ektlar;
• atmosferani, yerni ustki qismini, yer osti va yer usti suvlarini zaharlash, aholi salomatligiga
salbiy ta’sir ko’rsatish darajasida namoyon bo’ladigan halokatlar.
4.Kimyoviy va radiatsion xavfli ob’ektlardagi halokatlar:
• kimyoviy va radiatsion xavfli inshootlardagi halokatlar deganda kuchli ta’sir qiluvchi
zaharli moddalarning atrof - muhitga tarqalishi, radioaktiv moddalardan foydalanish va
saqlash tartiblariga rioya qilmaslik tufayli favqulodda vaziyat vujudga kelishi tushuniladi.
Favqulodda vaziyat natijasida zaharli va zararli moddalar ta’sirida odamlar, hayvonlar,
o’simliklar ko’plab shikastlanadi.
9.1-rasm. Atom elektorostantsiyasi tuzilishi
1- yadroviy zanjirli reaksiya sarkafagi 2-haydash va so’rish nasoslari; 3-suv ta’minot tizmi; 4-
bug’ turbinalari xonasi; 5-generator
143
Mahsulot tayyorlashda ishlatiladigan mashinalar, jihozlar, texnologik tizimdagi uskunalar
majmuasidagi nosozlik, elektr bilan ta’minlashdagi nosozlik, binolar, qurilmalardagi nosozliklar
tufayli vujudga keladigan voqeaga – halokat (avariya) deyiladi.
Transport turlarining o’zaro to’qnashuvi, korxonadagi texnologik nosozliklar, moddalarni
saqlashda yo’l qo’yilgan xatoliklar, terrorchilar harakati tufayli sodir bo’ladigan halokatlar
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
natijasida tez ta’sir etuvchi zaharli moddalar atrof - muhitga tarqalishi mumkin.
Katastrofa-halokat bo’lib, halokatdan farqli holda halokat qamrovi kengroq va odamlar
halok bo’lishiga olib kelgan voqeaga aytiladi. Poyezdlarning o’zaro to’qnashishi, samolyot
halokati,
sanoat korxonasida sodir bo’lgan halokatlar tufayli atrof - muhitning yomonlashuvi, insonlar
qurboni, talafot darajasining ortib borishi -hammasi bu turdagi halokat turiga xos xususiyatdir.
Misol tariqasida Chernobilda 1986 yili 26-aprelda sodir bo’lgan halokat natijasida vujudga
kelgan favqulodda vaziyatni keltirish mumkin. Ya’ni matbuotda yozilishicha, Chernobil hodisasi
tufayli ana shu shaharchada falokatning dastlabki daqiqalarida 30000 kishi hayot bilan
vidolashdi.
Radiatsiya asorati keyinchalik yana 30 ming kishining o’limiga olib kelgan. Radioaktiv
zarrachalar
Ukrainaning 11 viloyatiga tarqalgan.
9.3. Favqulodda vaziyatlarda yuzaga keladigan
zararlanish o’chog’lari, ularning turlari
Respublikamiz hududlarida ko’chki jarayoni tarqalgan eng ko’p ko’chki maydonlari
Surxondaryo, Qashqadaryo, Toshkent, Fargona, Samarqand va Namangan viloyatlari
hududlariga
to’g’ri keladi.
Uzoq muddatli jala yog’ishi va muzliklarning qisqa muddatda kuchli erishi oqibatida daryo
o’zanlaridagi suv miqdori keskin ko’payib ketadi. Natijada suv bilan aralashgan (qum, shag’al,
dag’al bo’lakli jinslar) oqim paydo bo’lishi natijasida maydonning quyi qismlarida katta kuchga
ega
bo’lib ko’pgina qo’poruvchilik ishlarini amalga oshiradi. Ko’rinib turibdikii sel o’chog’i paydo
bo’lishining asosiy ko’rsatkichi gidrometeorologik sharoit hisoblanadi.
Yer ko’chishi yonbag’irning qiyalygiga, tog’ jinsi tarkibiga, atmosfera yog’inlari miqdoriga
bog’liq holda rivojlanadi. Yonbag’ir qiyaligi qanchalik katta bo’lsa, ko’chkining tezligi
shunchalik
katta bo’ladi. Ko’p hollarda ko’chki ekzogen jarayonlardan sel, jarlanish, cho’kish hodisalari
bilan
uyg’unlashib ketadi. Yer ko’chishi oqibatida aholi yashaydigan hududlar va qishloq xo’jaligi
ekinlari dalalari zaralanadi va nobud bo’ldi. Kommunikatsiya va ta’minot tizimi izdan
chiqishiga
olib keladi. Tuproqning hosildor qatlami zararlanadi.
Bundan tashqari suv havzalari atrofidagi yonbag’irlarda ko’chki sodir bo’lishi qoyalardan
tog’ jinslari o’pirilishi bilan xavzadagi suv toshib chiqishi va to’g’onlarning bexosdan buzilib
ketishi oqibatida toshqinlar sodir bo’lishi mumkin. Odatda bunday toshqinlar juda xavfli
bo’ladi.
Toshqinlarning yana bir turi shamolning katta tezligi bilan bogliq bo’lib, dengiz suvini
qirg’oqlarga
ma’lum balandlikda bostirib kelishidan paydo bo’ladi. Selli toshqinlar odatda qisqa vaqtda
paydo
bo’lib, asosiy xususiyatlaridan biri shitob bilan suv kelishi oqibatida suv inshootlari atrofini,
qirg’oqlarni, ba’zan to’g’on va ko’priklarni yuvib ketadi.
Halokatli suv bosishning shikastlovchi omillari va ko’rsatkichlari suv omborining
o’lchamlariga, to’g’onning balandligiga, urib ketgan to’lqinning tezligi va balandligiga, yer
yuzasining relyefiga va boshqa sharoitlarga ham bog’liq bo’ladi.
Ayniqsa zilzila tufayli vujudga keladigan favqulodda holat o’chog’lari eng xavli va og’ir
vaziyatlardan biri bo’lib, uning natijasida nafaqat vayronagarchilik va aholini nobud bo’lishini
kuzatish mumkin, balkim zilzila tufayli vujudga keladigan ikkilamchi favqulodda vaziyat
o’chog’ini ko’rish mumkin, ya’ni bunga turli kassaliklar o’chog’ini vujudga kelishi, ishlab
chiqarish
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
vositalari ishlamasligi va yo’llar vayronagarchiligi tufayli oziq-ovqat tanqisligi, zaharli va xavli
ob’ektlarda shikastlanishlar tufayli turli zararli moddalarni atmosferaga tarqalishi va h.k..
Ayniqsa kimyoviy va radiatsion xavfli inshootlardagi halokatlar natijasida radioaktiv va
kuchli ta’sir qiluvchi zaharli moddalarning atrof - muhitga tarqalishi, tufayli, turli xavfli
o’choqlarni
144
vujudga kelishiga sabab bo’ladi.
Radiatsion, kimyoviy va biologik vositalardan foydalanadigan ishlab chiqarish korxonalari
hududlarida vaziyat ustidan kuzatish va laboratoriya nazorati olib borish lozim va ko’riladigan
talafotlarning oldini olishga, moddiy zararni qisman bo’lsa ham kamaytirishga erishish mumkin.
Odamlarni vujudga kelgan xavf oldida aniq, tez harakat qilishga, qutqarish ishlarini unumli
o’tkazish uchun barcha yoshdagi fuqarolar, o’z ishlash faoliyatlaridan qat’iy nazar muhofaza
tadbirlarini bilish uchun o’qitilishi, kerak bo’lsa malakasini oshirib borishi lozim. Shu sababli
yuqorida ko’rib o’tilgan kimyoviy va radiatsion xavfli inshootlarda sodir bo’lishi mumkin
bo’lgan
halokatlarning kelib chiqishi sabablarini tahminlash va baholash to’g’risidagi ma’lumotlarni
tahlil
qilish natijasida kerakli chora - tadbirlar ishlab chiqish va aholi o’rtasida o’quv mashqlarini
reja
asosida tashkil etish o’z samaradorligini beradi.
Nazorat uchun savollar
1. Favqulodda vaziyatlar deganda nimani tushunasiz?
2. Favqulodda vaziyatlarni vujudga kelish sabablari nimadan iborat?
3. Qanday turdagi favqulodda vaziyatlarni bilasiz?
4. Favqulodda vaziyatlarni oldini olish mumkinmi?
5. Favqulodda vaziyatlar vazirligi vazifalari nimadan iborat?
6. Tabiiy ofat, texnogen va antropogen halokatlar deganda nimani tushunasiz?
7. Halokat va katastrofalar deganda nimani tushunasiz?
8. Halokat va katastrofalarni vujudga kelish sabalari?
9. Radioaktiv zaharlanish to’g’risida nimalarni bilasiz?
10. Radioaktiv zaharlanish omillari va sabalari nimadan iborat?
11. O’zbekiston hududida vujudga keladigan va kelishi mumkin bo’lgan favqulodda vaziyatlar
turini aytib bering.
145
Do'stlaringiz bilan baham: |