O’zbekiston respublikasi qishloq va suv xo’jaligi vazirligi


§ 12. TABIIY OFAT TURLARI VA ULARDAN HIMOYALANISH



Download 0,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/20
Sana13.01.2020
Hajmi0,84 Mb.
#33719
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
hayot faoliyati xavfsizligi

§ 12. TABIIY OFAT TURLARI VA ULARDAN HIMOYALANISH 
Reja: 
12.1. Tabiiy ofat turlari. 
12.2. Tabiiy ofatlarning yuzaga keltiruvchi omillar va ularning oldini olish. 
12.3. Tabiiy ofatlardan himoyalanish tadbirlari. 
Tayanch iboralar: Favqulodda holat, geofizik, geologik, gidrogeologik omillar, zilzila, 
Rixter shkalasi, yer ko’chishi, sel, toshqin, tuproq yemirilishi (eroziya), less qatlamlari, ekzogen 
jarayonlar, glyatsial, turbulent va strukturali sellar, 
Foydalanilgan adabiyotlar: 
1. O’zbekiston Respublikasi «Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli 
favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish to’g’risida»gi Qonuni. Toshkent, 20 avgust 1999. 
2. O’zbekiston Respublikasi «Fuqaro muhofazasi to’g’risida» ga Qonuni. 26 may 2002. 
3. Akimov N.I., Ilin V.G. «Qishloq xo’jalik ishlab chiqarish ob’ektlarida grajdan mudofaasi». 
Toshkent «Mehnat» 1989 
12.1. Tabiiy ofat turlari 
Vatanimiz hududlarida tabiiy ofatlarning turli ko’rinishda vujudga kelishi, hududlarning 
tabiiy  tuzilishi  bilan  bog’liqdir.  Har  bir  tabiiy  ofat  sodir  bo’lish  joyi,  sababi,  ko’lami,  u  bilan 
bog’liq 
bo’lgan moddiy zarar va boshqa xususiyatlari bilan ajralib turadi. 
Hozirgi vaqtning eng muhim vazifalaridan biri-tabiiy ofatlarni hosil bo’lishi va 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com

rivojlanishini  prognoz  qilish,  oldindan  davlat  organlari  va  aholini  yaqinlashib  kelayotgan 
ofatdan 
ogoh etishdan iboratdir. 
Respublikamiz hududlarida uchraydigan tabiiy ofatlarning hosil bo’lishida geofizik, 
geologik,  gidrogeologik,  atmosfera  va  boshqa  omillar  asosiy  o’rinni  egallaydi.  Ular  oqibatida 
hayot 
xavfsizligi  buziladi,  insonlar  nobud  bo’ladi,  xalq  xo’jaligi  ob’ektlariga  turli  darajada  moddiy 
zarar 
etkaziladi. 
Geofizik omillar - yerning fizik xususiyati (magnit, elektr, gamma faollik, issiqlik va b.) 
natijasida yuzaga keladigan turli noxush vaziyatlar majmuasini sodir etadi. 
Geologik omillar - yerning paydo bo’lishi bilan bog’liq yechimlarini ta’minlab beradi. 
Gidrogeologik omillar - yer ichki va yuzasidagi suvlar (gidrosfera) ta’sirida bevosita 
yuzaga keladigan noxush vaziyatlar tushuniladi. 
Atmosfera omillari - yerning atmosfera qatlamidagi o’zgarishlar (iqlim, ob - havo, 
ifloslanish, ozon qatlami va b.) natijasida xavfli holatlar paydo bo’lishiga olib keladi. 
Respublikamiz hududlarida har to’rttala guro’hga taalluqli xavfli halokat va jarayonlar 
uchrab turadi. 
Ulardan zilzila, ko’chki, o’pirilish, suv bosish va sellar ko’proq uchraydi. Keyingi vaqtlarda 
olinayotgan  ma’lumot  va  olib  borilayotgan  tadqiqot  ishlari  va  kuzatuv  natijasida  yildan-yilga 
cho’l 
hududlarida tuproqning yemirilish kabi tabiiy ofatlar ortib borayotganligi kuzatilmoqda. 
12.2. Tabiiy ofatlarni yuzaga keltiruvchi omillar 
va ularning oldini olish 
Zilzila - tabiatda sodir bo’ladigan eng xavfli hodisalarning biri bo’lib yuzaga keladigan 
iqtisodiy zarar va insonlar halokati bo’yicha tabiiy ofatlarning ichida birinchi o’rinni egallaydi. 
Zilzilani qayd qilish bundan to’rt ming yil avval boshlangan bo’lib, shu vaqt mobaynida 671 
ta halokatli zilzilalar qayd qilingan. Shulardan 82 tasi XX asrga to’g’ri keladi. Zilzilalarning 
davriyligiga e’tibor beradigan bo’lsak bir yilda 8 balli (Rixter shkalasi bo’yicha) zilzila bitta; 7 
dan 
7,9 balli - 18 ta; 6 dan 6,9 balli - 120 ta bo’lishi kuzatilgan. Nisbatan kuchsiz bo’lgan zilzilalar 
168 
ko’proq uchraydi, ya’ni 3 - 4 balli zilzila bir yilda 49 mingtagacha bo’lishi aniqlangan. 
XX asrning oxirlaridagi yirik zilzilalardan Iroqdagi (1990y.) - 50 ming kishi; Turkiyadagi 
(1999y.)  45  mingdan  ortiq  odam  shikastlanganligining  o’zi  tabiiy  ofatlar  ichida  eng  kam 
tarqalgan 
zilzila nechog’li katta kuchga ega ekanligidan dalolat beradi. 
Zilzilaning hosil bo’lish sabablari turlicha bo’lib, hozirgi vaqtda mukammal o’rganilgan 
bo’lishiga qaramay, zamonaviy ilm-fan taraqqiyoti qachon, qayerda, qanday kuchlanishda yer 
silkinishi bo’ladi degan savolga hamon to’liq javob berolmayapti. Ilmiy ma’lumotlarga 
asoslanadigan  bo’lsak,  seysmik  faollik  kuzatiladigan  joylarda  zilzilalar  ma’lum  qonuniyat 
asosida 
bo’lib, o’z davriyligiga ega ekanligiga amin bo’lamiz. Masalan, respublikamiz hududida 
Burchmulla- 1959 yil, , Gazli -1976 yil, Nazarbek -1986 yil, v.b. Ayniqsa Toshkent zilzilasining 
dahshati hali ko’pchilik aholining yodidan ko’tarilgani yo’q. 
1966 yil 26 aprelda Toshkentda sodir bo’lgan zilzila natijasida shaharni bir necha daqiqada 
chang-to’zon bosib, ko’pgina xalq xo’jaligi ob’ektlari, turar-joy maskanlari vayronaga aylandi. 
O’sha  vaqtdagi  aniq  asboblar,  tabiiy  ofatning  kuchini  Rixter  shkalasi  bo’yicha  8  ball, 
magnitudasi 
5,3, zilzila o’chog’i yer yuzasidan 8000 metr chuqurlikda ekanligini ko’rsatdi. 
Zilzilalarni o’rganish bilan shug’ullangan olim, akademik B.Golisin "Zilzilalar yer bag’rini 
bir lahza yorituvchi chiroqqa o’xshaydi", deb ta’kidlagan. 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com

Zilzila kuchini tavsiflovchi tushunchalar (aniqlash shkalasi ballarda) 
I. Sezilmaydigan zilzilalar. 
II. Zo’rg’a seziluvchi zilzilalar. 
III. Yerning kuchsiz tebranishi. 
IV. Sezilarli tebranish. 
V. O’yg’onib ketish. 
VI. Qo’rquv bosish. 
VII. Binolar shikastlanadi. 
VIII. Binolariing kuchli shikastlanishi. 
IX. Binolarning batamom shikastlanishi. 
X. Inshootlarning batamom buzilishi. 
XI. Talafot. Puxta qurilgan inshootlar: ko’priklar, uylar, to’g’onlar, temir yo’llar 
jiddiy shikastlanadi. 
XII. Yer relyefining o’zgarishi. Barcha yer usti va osti inshootlari to’liq 
shikastlanadi. Yoriqlar paydo bo’lib relyef butkul o’zgaradi. 
12 balli shkala mutloq shkala bo’lmasdan keyingi izlanishlar davomida takomillashtirilib 
borilmoqda. 
Rixter shkalasi nima? Bu seysmik energiyaning o’lchov birligiga asoslangan shkala bo’lib, 
zilzila giposentrida seysmik to’lqin sifatida nurlangan energiyani o’lchaydi. O’lchov birligi qilib 
magnituda qabul qilingan. Zilzila kuchlanishi 12 balli bo’lib o’zining energiyasi va kuchi tufayli 
yer 
yuzasi bo’yicha har xil kuchlanishda (ballda) tarqaladi. Har ikkala shkalani o’zaro solishtitirib 
ko’radigan bo’lsak, quyidagi jadval ko’rinishidagi munosabatga ega bo’lamiz: Magnituda arab 
raqami bilan, kuchlanish esa rim raqamlari bilan belgilanishi xalqaro miqyosda qabul qilingan. 
Respublikamizda sodir bo’ladigan zilzilalarni aniqlashda MSK- 64 shkalasidan foydalaniladi. 
Zilzila shkalalarini solishtirish 
Rixter shkalasi bo’yicha 
magnituda 
4,0-4,9 
5,0-5,9 
6,0-6,9 
7,0-7,9 
8,0-8,9 
MSK-64 shkala 
IV-V V I-VI I UI I I- I X IX - X X I- X I I 
Aholi o’rtasida zilzila to’g’risida qisman ma’lumotga ega bo’lishni ta’minlasada, lekin eng 
muhimi zilziladan qanday saqlanish kerak yoki muhofazalanishning qanday chora - tadbirlari 
mavjudligi,  har  bir  fuqaro  uchun  juda  muhim  va  bilishi  zarur  bo’lgan  ma’lumotlar  qatoriga 
kiradi. 
169 
O’zbekiston shaharlarining seysmik faolligi (ballarda) 
Andijon .......................9 Angren ...........................8 
Gazli. .......... ................ 8 Bekobod .........................7 
Guliston.... ............... ..7 Jizzax... ............... ........7 
Kattaqo’rg’on .................7 Kitob... .................... ......7 
Samarqand............ ........8 Sirdaryo.... .................... .7 
Toshkent........... ......... . .8 Termiz. ....................... ...7 
Uchqo’rg’on..... ................. 9 Urganch ...........................7 
Farg’ona ....................... .8 Namangan ......................8 
Nukus......... ......... ..........6 Yangiyo’l... ................... ...7 
Qarshi... ........................ 7 Qo’ng’irot... .................... 5 
Yer ko’chishi – surilma. Respublikamizning tog’li, tog’ oldi, daryo bo’ylari hududlarida 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com

yashaydigan aholi va xalq xo’jaligi ob’ektlariga katta xavf tabiiy ofatlardan biri yer ko’chishi - 
surilmadir. 
Turli ilmiy va ilmiy - ommabop adabiyotlarda yer ko’chishi alohida yer yuzasida sodir 
bo’ladigan jarayonlar toifasiga kirsada, lekin ular yer ichki harakatlari, xususan zilzilalar bilan 
uzviy bog’liq holda rivojlanadi. 
Dunyo bo’yicha sodir bo’layotgan yirik ko’chkilarni tahlil qilib, sababini o’rganar ekanmiz, 
ularning  aksariyat  qismi  zilziladan  so’ng  yoki  zilzila  bilan  parallel  hosil  bo’lishiga  amin 
bo’lamiz. 
Respublikamiz hududlarida sodir bo’layotgan yer ko’chkilarining asosiy sababi 
gidrometeorologik  sharoit  bilan  bog’liqdir.  Shuning  uchun  bu  jarayon  mavsumiy  xususiyatga 
ega, 
ya’ni atmosfera yog’inlari qanchalik ko’p bo’lsa, shunchalik yer ko’chishi xavfi yuqori bo’ladi. 
Yer ko’chishi - yer yuzasi bo’lagining yonbag’ir bo’yicha gravitatsion kuch ta’sirida 
surilishi, siljishiga aytiladi. 
Markaziy Osiyo hududlaridagi yer ko’chishi turli shakllari va ko’lami bilan ajralib turadi. 
Ular less qatlamlarida tarqalgan bo’lib, yer ostiga shimilayotgan atmosfera yoginlari ma’lum 
chuqurlikkacha  borib,  suv  o’tkazmas  qatlamda  ularning  umumiy  oqimi  yonbag’ir  bo’yicha 
bo’ladi. 
Hosil  bo’lgan  yuzaga  siljish  yuzasi  deyiladi.  Siljish  yuzasi  ustida  turgan  yer  massasiga 
gravitatsion 
(tortish) kuchi ta’sir qilishi oqibatida yonbag’irda tik qoya hosil qilib uzilish paydo bo’ladi va 
uzilgan bo’lak pastga siljiy boshlaydi. Harakatdagi jinslarning xajmi bir necha o’n mln.m

larda 
bo’ladi. 
Yer ko’chishi yonbag’rning qiyaligiga, tog’ jinsi tarkibiga, atmosfera yog’inlari miqdoriga 
bog’liq  holda  rivojlanadi.  Yonbag’ir  qiyaligi  qanchalik  katta  bo’lsa,  ko’chkining  tezligi 
shunchalik 
katta bo’ladi. Ko’p holatlarda ko’chki ekzogen jarayonlardan sel, jarlanish, cho’kish hodisalari 
bilan 
uyg’unlashib ketadi. 
Yer ko’chkilari O’zbekiston Respublikasi Geologiya va mineral vositalari davlat qo’mitasi 
tasarrufidagi "O’zbekgidrogeologiya" ishlab chiqarish birlashmasi tadqiqotchilari tomonidan 
o’rganilib kelinmoqda. Markaziy Osiyo hududlarida tarqalgan ko’chkilarda iqlim sharoiti bilan 
uzviy bog’liq bo’lishini kuzatishimiz mumkin. Masalan, 1954, 1958, 1969, 1978, 1989 va 1998 
yillarda atmosfera yog’inlari me’yordan yuqori bo’lgani uchun ko’chki jarayonlari ham ko’p 
bo’lgan. Respublikamiz hududlarida ko’chki jarayoni tarqalgan eng ko’p ko’chki maydonlari 
Surxondaryo,  Qashqadaryo,  Toshkent,  Farg’ona,  Samarqand  va  Namangan  viloyatlari 
hududlariga 
to’g’ri keladi. 
Sel -suvning mexanik faoliyatidan yuzaga keladigan murakkab jarayon bo’lib, turli 
omillarning (iqlim, gidrologik, geomorfologik, geologik va b.) o’zaro ta’siri natijasida vujudga 
keladi. Uning tarqalishida mahalliy sharoit alohida o’rin egallaydi. Sel vujudga keladigan yoki 
sodir 
bo’lish  ehtimoli  yuqori  bo’lgan  joylarni  sel  o’chog’i  deb  yuritiladi.  Sel  o’chog’i  paydo 
bo’lishining 
asosiy ko’rsatkichi gidrometeorologik sharoit hisoblanadi. Uzoq muddatli jala yog’ishi va 
muzliklarning qisqa muddatda kuchli erishi oqibatida daryo o’zanlaridagi suv miqdori keskin 
170 
ko’payib ketadi. Natijada suv bilan aralashgan qum, shagal, dag’al bo’lakli jinslar oqimi paydo 
bo’lishi natijasida maydonning quyi qismlarida katta kuchga ega bo’lib ko’pgina qo’poruvchilik 
ishlarini amalga oshiradi. Shu sababga ko’ra sellar ikki guro’hga bo’linadi: glyatsial- muzlik va 
qorlarning  tez  erishi  va  jalali  -  ko’p  miqdorda  yomg’ir  yog’ishi  natijasida  paydo  bo’ladi. 
Ularni 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com

paydo bo’lishida joyning geomorfologik tuzilishi va cho’kindi jinslar miqdori ham alohida o’rin 
egallaydi. 
Respublikamizning tog’ oldi hududlari va unga tutash tekisliklarida ko’p yomg’ir yogishi 
natijasida  paydo  bo’ladigan  sellar  keng  tarqalgan.  Yirik  qor  va  muzlik  qatlamlari  tarqalgan 
tog’li 
hududda esa glyatsial turi ko’proq uchraydi. Sel oqimlari harakat xususiyati bo’yicha turbulent 
va 
strukturali turlariga bo’linadi. Turbulent sellar o’zan bo’ylab, daryo va soylardagi suv miqdori 
ortib ketishi natijasida oqim harakati qonuniga muvofiq vodiy yo’nalishi bo’yicha bo’ladi. 
Strukturali sellar maydon bo’ylab, turli tosh bo’laklarining butun yonbag’ir bo’yicha yoppasiga 
bostirib kelishi natijasida bo’ladi. 
Har ikkala xususiyatga ega bo’lgan sellar daryo o’zanlari va yonbag’irlarni buzishi bilan 
birga keng ekin maydonlariga katta miqdordagi oqova oqimini olib keladi. Vatanimizni o’rab 
turgan tog’lar va tog’ oldi hududlari selga xavfli hududlarga kiradi. Ayniqsa, Qashqadaryo, 
Namangan, Jizzax, Farg’ona, Surxondaryo va Toshkent viloyatlarida ko’proq uchraydi, 
Respublikamizning sel xavfi bor joylaridagi aholini xavfsiz joylarga o’tkazish bo’yicha 
Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Boshgidrometxizmati hamda Suv va qishloq xo’jaligi vazirligi 
xodimlari  joylardagi  mahalliy  hukumat  organlari  rahbarlari  bilan  maxsus  dasturlar  asosida 
harakat 
qilmoqdalar. 
Toshqin. Tabiiy ofatlar ichida katta talafotlar keltiradigan, aholini og’ir tahlikaga soladigan 
va  qisqa  vaqt  ichida  shiddatli  bo’ladigani  suv  toshqinlaridir.  Toshqin  -  daryolar,  soylar, 
dengizlar, 
ko’llarda  suv  satxining  keskin  ko’tarilishi  oqibatida  yuzaga  kelib,  yer  yuzasining  katta 
maydonlarini 
vaqtincha suv bosishidir. 
Toshqinlar ko’p holatlarda kuchli jala, harorat ko’tarilishi bilan qor va muzliklarning keskin 
erishi  natijasida  xavzalardagi  suv  miqdorining  ko’payishidan  paydo  bo’ladi.  Bundan  tashqari 
suv 
xavzalari  atrofidagi  yonbag’irlarda  ko’chki  sodir  bo’lishi,  qoyalardan  tog’  jinslari  o’pirilishi 
bilan 
havzadagi suv toshib chiqishi va to’g’onlarning bexosdan buzilib ketishi oqibatida ham sodir 
bo’lishi  mumkin.  Toshqinlarning  yana  bir  turi  shamolning  katta  tezligi  bilan  bog’liq  bo’lib, 
dengiz 
suvini qirg’oqlarga ma’lum balandlikda bostirib kelishidan paydo bo’ladi. Lekin, toshqinning bu 
turi mamlakatimiz hududlarida uchramaydi. 
Respublikamizning tabiiy tuzilishi, gidrometeorologik sharoiti, muhandis - gidrogeologik 
inshootlari boshqa tabiiy ofatlar kabi toshqin bo’lib turishi va uning xavfi yuqoriligidan dalolat 
beradi. Ayniqsa bu hodisa suv tarmoqlari atroflarida juda ko’p tarqalgan. 
Toshqinlarning hosil bo’lishi, garchan bir xil sababdan bo’lsada, ya’ni ob-havo sharoitining 
keskin o’zgarishi natijasida me’yoridan ko’p yog’ingarchilik bo’lishi, aholi yashash joylari va 
hududlarga turli ta’sir ko’rsatadi. Bular ichida eng kuchlisi halokatli toshqinlar hisoblanib, ular 
uzoq 
muddat yoqqan yomgir natijasida yuzaga keladi. Bizning sharoitda toshqinlar bilan birga sellar 
doim kuzatiladi. Selli toshqinlar odatda qisqa vaqtda paydo bo’lib, asosiy xususiyatlaridan biri 
shitob bilan suv kelishi oqibatida suv inshootlari atrofini, qirg’oqlarni, ba’zan to’g’on va 
ko’priklarni yuvib ketadi. Misol tariqasida XX asrning oxirgi yilida Farg’ona vodiysidagi 
Shohimardon fojiasini keltirish mumkin. Mazkur fojia qo’shni Qirgiziston mamlakati hududida 
boshlanib Shoximardonsoy bo’yiga juda katta talafotlar keltirdi. Fojianing asosiy sababi, yoz 
oylarida harorat keskin ko’tarilishi bilan Qirgazistonning O’sh viloyati tog’liklaridagi Oqsuv 
daryosining  yuqori  qismida  joylashgan  qor  va  muzlar  erishi  oqibatida  suv  miqdori  birdaniga 
oshib 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com

ketib,  soatiga  200  m/sek  (720km/soat)  tezlikda  harakat  qilishi  natijasida  Shoximardonsoy  va 
uning 
quyi oqimlarida sel oqovalariga aylandi. 
Tuproq yemirilishi. Barqaror rivojlanishga tahdid soladigan tabiiy ofatlarni yana biri 
tuproq  yemirilishi,  yuvilishi  oqibatida  yer  yuzasining  biologik  xususiyati  yo’qolib  borishi 
oqibatida 
yerlarni cho’lga aylanish jarayonidir. 
Yer yuzidagi o’zgarishlar natijasida tuproq qatlami o’z funksiyasini bajara olmasligi ham 
171 
tabiiy, bu inson xo’jalik faoliyati natijasida sodir bo’lmoqda. Tuproqning inson faoliyati bilan 
bog’liq yemirilishiga qishloq xo’jaligini kimyolashtirish, o’rmonlarning kesilishi, yo’llarni, 
kommunikatsiya tarmog’ini qurish, foydali qazilma konlarini qazib olish va boshqa tadbirlarni 
misol qilib ko’rsatish mumkin. 
Tuproqning yemirilishi yerlarni tabiiy ravishda cho’lga aylanishi XX asrning oxirlariga 
kelib inqiroziy holatni namoyon etmoqda. Buning asosiy sababchisi Yer ichki qismi va yuzasida 
bo’layotgan  o’zgarishlar,  harakatlar  natijasi  bo’lsada,  ayrim  davlatlar  hududlarida  tabiiy 
tuproq 
hosil  bo’lish  jarayonining  juda  sust  borayotganligidadir.  Olimlarning  hisobi  bo’yicha  1  sm 
tuproq 
hosil bo’lishi uchun kamida 100 yil vaqt kerak ekan. Boz ustiga, yuqorida qayd qilinganidek, 
insonning iste’molchilik talabi bu jarayonni yanada kuchayib borishiga olib kelmoqda. Tabiiy 
yemirilayotgan tuproqlar suv va shamol ta’sirida bo’lib, har ikki holatda ham bu jarayon sodir 
bo’lgan joyda cho’llanish hodisasini ko’rishimiz mumkin. Lekin, yana bir sabab borki, uning 
ta’sirida tuproq yemirilishi juda sust, deyarli sezilmagan holatda namoyon bo’ladi. Bu yer ichki 
harakati ta’sirida relyefning ko’tarilishi yoki botiqlik hosil bo’lishi bilan uzviy boglangandir. 
Bunday  jarayon  oqibatida  tuproqdagi  mahsuldorlik  sekin-asta  kamayib  boradi  va 
rivojlanishning 
ma’lum  bosqichiga  etganda  shamol  yoki  suv  ta’sirida  insonning  xo’jalik  faoliyati  jadallashib 
ketadi. 
Respublikamiz  tog’  oldi  adirlarida,  tog’  etaklarida  bunday  hodisani  ko’proq  uchratishimiz 
mumkin. 
Masalan:  Chotqol-Qurama  (Toshkent  viloyati),  Nurota,  Turkiston  (Samarqand,  Jizzah 
viloyatlari), 
Hisor,  Boysun  (Qashqadaryo,  Surxondaryo),  Talas  -  Farg’ona,  Turkiston  (Farg’ona  vodiysi) 
tog’lari 
atrofida keng tarqalgan. 
12.3. Tabiiy ofatlardan himoyalanish tadbirlari 
Turar joy maskanlari tabiiy sharoiti, jinslarning fizik-kimyoviy xususiyati, binolarning 
loyixa  chizmalari  qatiy  hisob-kitoblar  asosida  chuqur  o’rganib  chiqilgandan  so’ng  qurilishga 
ruxsat 
beriladi. 
Umumiy yashash binolari va uy-joylardan foydalanish qoidalarini, uy taqsimotidan oldin har 
bir yashovchining yoshini va ijtimoiy saviyasini inobatga olgan holda tushuntirish ishlariga jalb 
qilib, o’zbilarmonchilik bilan ish yuritishiga yo’l qo’ymaslik kerak. 
Ko’p qavatli binolarning o’ziga yarasha xususiyati, seysmik belbog’lari, xavfsiz burchaklari 
qayerda joylashganligi to’g’risidagi eslatmalarni har bir xonadon soxibiga etkazish zarur. 
Tabiiy ofatlar to’g’risida, xususan, zilzila xaqida respublikamiz barcha aholisi elementar 
tushunchaga ega bo’lishi va quyida keltirilgan talablarga rioya qilgan holda qo’shimcha 
quyidagilarni bilish zarur: 
- uydagi gaz, suv, elektr tarmoqlarini xavfsizlantiradigan joylarni bilishlari; 
- uy tibbiy xaltasi, unda birinchi tibbiy yordam uchun zarur bo’lgan dori-darmonlar; 
-noxush vaziyat yuzaga kelganda birinchi xizmat ko’rsatish tashkilotlarining telefon 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com

raqamlari; 
uy jihozlari, kitob javonlari, osma asboblarni mahkamligini nazorat qilish; 
- maktab yoshidagi bolalarga zilzila vaqtida qanday harakat qilishlari tartiblarini uqtirish; 
-ish joylarida xavfsizlik qoidalariga rioya qilish kabi xavfsizlik choralarini bilishlari shart. 
Buning uchun mahalla-guzarlarda, ishxona-maktablarda, radio-televideniyeda ommabop 
shaklda  suhbatlar  tashkillashtirilsa,  qisqa  metrajli  filmlar,  fojialarni  aks  ettirilgan  lavhalar 
berib 
borilsa maqsadga muvofiq bo’ladi. 
Zilzila sodir bo’lganda tebranish bir necha soniyadan bir necha daqiqagacha davom etishi 
mumkin.  Tebranishni  sezgan  vaqtingizda  sekin  -  asta  xavfsiz  joyga  harakat  qilishingiz  lozim, 
asosiy 
xavf  binodagi  osma  anjomlardandir.  Binoda  bo’lsangiz  xavfsiz  joylardan:  eshik  oldilari, 
devorning 
ichki burchaklari, seysmik belbog’ ostilaridan birortasini egallang, boshqalarni ham shunday 
qilishga  chaqiring.  Deraza  va  chayqaluvchi  og’ir  buyumlardan  uzoqroqda  turing,  hech  vaqt 
yuqori 
qavatdagi binodan chiqib ketishni o’ylamang. Aksincha tebranish o’tib ketguncha bino ichidan 
panox  qidiring.  Kerak  bo’lganda  tebranish  tugagandan  so’ng  binoni  tark  eting.  Ko’p  qavatli 
uyda 
tursangiz  liftdan  foydalanmang.  Zinapoyadan  foydalanishda  qo’pol  harakat  qilmang, 
boshqalarni 
172 
ham tinchlantiring. 
Seysmik bardoshi kam bo’lgan, g’ishtli va xavfli binolarda bo’lsangiz, albatta tashqariga 
zudlik bilan chiqing. Bunda elektr tarmoqlari, buyumlar harakatidan ogoh bo’ling. Ochiq joyda 
bo’lsangiz binolarga, elektr tarmoqlariga yaqin turmang. Transportda bo’lsangiz ochiq joyda 
to’xtating, tebranish o’tib ketguncha kuting. Tebranish qaytarilgudek bo’lsa, xayron bo’lmang. 
Odatda  birinchi  zarbadan  so’ng  qayta  zarbalar  bo’lishi  muqarrar.  Ular  xatto  bir  necha 
kunlargacha 
davom etadi.  Ayrim  holatda  qayta  tebranishlar  ham  bino va  inshootlarga  katta zarar  etkazadi. 
Eng 
muhimi,  turli  ofat  sodir  bo’lganda  asabingizni  buzmang,  osoyishtalik  va  xotirjamlik  bilan  ish 
tuting. 
Bu zilzila sodir bo’lganda qanday harakat qilishning asosiy qoidalari edi. 
Ko’chkilarning halokatli xususiyatga ega ekanligini inobatga olib 1958 yilda O’zbekistonda 
ularni maxsus kuzatadigan muhandis - geologik Davlat xizmati tashkil etilgan. 
Yonbag’irlar maxsus temir-beton sinchlar yordamida yoki sun’iy o’rmonlashtirish ishlari 
bilan  mustahkamlanadi.  Har  bir  tadbirda  tabiatdagi  manbalarning  buzilishiga  olib  kelmaslik 
yo’llari 
e’tiborga  olinishi  shart.  Bu  borada  AQSh,  Yaponiya,  Hindiston,  Kanada  va  bir  qancha 
mamlakatlar 
tajribasidan foydalanish maqsadga muvofiqdir. 
Hozirgi vaqtda Davlat kuzatuv xizmati Vatanimiz hududi bo’yicha 7 hududiy kuzatuv 
stantsiyasiga,  21  postlarga  ega.  Ularning  kuzatuv  maydonlarida  8  mingdan  ortiq  xo’jalik 
ob’ekti, 
144 sog’lomlashtirish kompleksi, 170 avtoyo’l maydoni, 20 dan ortiq tog’ - kon sanoati va 
gidrotexnik inshootlari mavjud. 
Aholi va hududlarni toshqin, sellardan muhofaza qilishning birinchi talabi daryo, soy 
o’zanlari  atrofini  mustahkamlashdan  iborat.  Har  bir  aholi  yashaydigan  joylarda  ma’lum 
xavfsizlik 
choralarini,  aholini  o’z  vaqtida  ogohlantirish,  yashash  sharoitida  tahdid  soluvchi  har  qanday 
tabiiy 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com

ofat  to’g’risida  tushuntirish  ishlari  bilan  bir  qatorda  tabiiy  ofatlarning  sababi,  tarqalishi 
to’g’risida 
ma’lumot berib, sodir bo’lgan taqdirda qanday harakatlar olib borish to’g’risida tushuntirish 
ishlarini olib borish maqsadga muvofiqdir. 
Sel xavfi bor joylardagi aholi o’n daqiqa mobaynida, ko’pi bilan 1-2 soat ichida 
ogohlantirilishi kerak. Sel va boshqa joylarda ehtimoli yuqori bo’lgan xavflar to’g’risidagi 
ma’lumotga  aholining  hamma  tabaqasi  ega  bo’lishi  shart.  Xususan,  sel  xavfi  bo’lishiga 
me’yoridan 
ortiq  jala  quyishi  yoki  mavsumga  xos  bo’lmagan  haroratning  birdan  ko’tarilishi  sababchi 
bo’ladi. 
Sodir bo’lgan sel to’g’risida, aholi yashash joylariga yaqinlashishidan quyidagi ko’rsatkichlar 
dalolat  beradi.  Daryo  va  soy  suvlarining  oshib  ketishi,  ularning  yuqori  qismida  barcha 
shovqinlarni 
qamrab  oluvchi  kuchli  gumburlash,  oqimdagi  yirik  toshlarni  bir-biriga  urilishi  natijasida 
vahimali 
larza paydo bo’ladi. 
Sel oqimlariga oldindan tayyorlanishning samarali usullaridan biri aholining barcha 
tabaqalari  bilan  agrotexnik,  gidrotexnik  obodonlashtirish  majmuasiga  kiruvchi  bir  qancha 
tashkiliy - 
xo’jalik  tadbirlarini  amalga  oshirishdan  iboratdir.  Bundan  tashqari  sel  xavfi  bor  joylardagi 
daryo 
o’zanlari,  suv  omborlari,  kanallar  qirg’oqlarini  mustahkamlash  zarur,  bunday  inshootlar 
bo’lmagan 
joylarda  sel  oqimi  tuzoqlari,  oqimni  aholiga  zarari  tegmaydigan  joylarga  yo’naltiruvchi 
tarmoqlarni 
qurish lozim. 
Odatda sel oqimlarining davriyligi 3 - 5 soat davom etadi. Sel xavfi bor joylarda bo’lgan 
tumanlarda yirik masshtabdagi, ayniqsa kichik xo’jaliklarda 1:5000 va 1:10000 masshtabdagi 
xaritalar  bo’lishi  kerak.  Topografik  xaritalar  orqali  sel  oqimlariga  qarshi  kurashish,  oldini 
olish, 
bashoratlash  va  ular  oqibatlarini  bartaraf  etish  chora-tadbirlari  ishlab  chiqish  va  aholini 
xamma 
tabaqalari o’rtasida targ’ibot ishlarini yo’lga qo’yish zarur. 
Toshqin xavfi bor joylarda har qanday qurilish inshootlari barpo etishga chek qo’yish kerak. 
Toshqinning hosil bo’lish xususiyatiga ko’ra ehtiyot choralari-ya’ni oziq - ovqat, ichimlik suvi, 
kiyim - kechak va boshqa maishiy - xo’jalik zaxiralariga ega bo’lish, ularni suv bosmaydigan 
joylarda  saqlash,  shaxsiy  xujjatlar,  zarur  mol-  mulk  bilan  evakuatsiya  qilishga  tayyor  bo’lishi 
zarur. 
Toshqin juda katta tezlik bilan avj olayotgan bo’lsa, zudlik bilan yaqin atrofdagi tepalikka 
qarab yurish, bino sharoitida bo’lsangiz yuqori qavatlarga ko’tarilish, tomlarga chiqib olish 
tadbirlarini amalga oshirish lozim. Ammo, barcha ehtiyot choralariga qaramasdan mobodo, suv 
ichida qolsangiz, eng muhimi sarosima va vahimaga berilmasdan xotirjamlik bilan ustki va oyoq 
173 
kiyimlarni yechish, suv oqimi bo’ylab birorta balandroq yoki mustahkam asosga ega bo’lgan 
predmetni tanlash, suv bilan birga harakat qilayotgan buyumlardan o’zingizni ehtiyot qilish 
choralarini ko’rishingiz lozim. 
Zaruratga ko’ra uylarni, xonalarni tark etayotganingizda suv, gaz, elektr tarmoqlarini xavfsiz 
holatga  keltirishni,  yerto’lalarda  oziq  -ovqat  zaxirasi  mavjud  bo’lgan  taqdirda,  ularni  quruq 
bo’lgan 
joylarga, suv bosib zarar etkazmaydigan joylarga olib qo’ygan ma’qul. 
Nazorat uchun savollar. 
1. Tabiiy sabablar tufayli vujudga keladigan ofatlar turlarini aytib bering. 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com

2. Respublikamizda uchrab turadigan xavfli halokat va jarayonlari deganda nimani tushunasiz? 
3. Zilzila deganda nimani tushunasiz va u qanday ko’rinishda paydo bo’ladi? 
4. Respublikamizda va boshqa mamlakatlarda sodir bo’lgan zilzila oqibalari to’g’risida nimani 
bilasiz? 
5. Zilzilani kuchi qanday aniqlanadi? 
6. Rixter shkalasi nima va undan nima maqsadlarda foydalaniladi? 
7. Yer ko’chish nima va qayerlarda sodir bo’ladi? 
8. Sel nima va qanday vujudga keladi? 
9. Toshqin qachon va qaysi kuchlar negizida sodir bo’ladi? 
10. Tuproq yemirilish nima, uning oqibatlari va uni oldini olish chora tadbirlari deganda nimani 
tushunasiz? 
11. Tabiiy ofatlardan kishilar, moddiy boyliklar va atrof muhitni muhofazasi deganda nimani 
tushunasiz? 
174 

Download 0,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish