O’zbekiston respublikasi qishloq va suv xo’jaligi vazirligi


§ 5. ZAHARLI KIMIYOVIY MODDALARNI SAQLASH, TARQATISH, TASHISH VA



Download 0,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/20
Sana13.01.2020
Hajmi0,84 Mb.
#33719
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
hayot faoliyati xavfsizligi

§ 5. ZAHARLI KIMIYOVIY MODDALARNI SAQLASH, TARQATISH, TASHISH VA 
FOYDALANISHDA XAVFSIZLIK QOIDALARI 
Reja: 
5.1. Zaharli kimiyoviy moddalar va uning insonga ta’siri 
5.2. Ish joylari va ishlovchilarga bo’lgan sanitariya — gigiyenik talablar 
5.3. Kuchli ta’sir etuvchi zaharli moddalar va ularnining xususuiyatlari 
5.4. Urug’larni dorilashda xavfsizlik choralari 
5.5. Bino va tuproqlarga ishlov berishda xavfsizlik choralari 
5.6. Yonilg’i- moylash mahsulotlari va ulardan himoya choralari 
5.7. Chorvachilikda profilaktika ishlarini amalga oshirishda xavfsizlik choralari 
5.8. Pestitsid va mineral o’g’itlarni saqlash, tarqatish va tashishda xavsizlik choralari 
5.9. Shaxsiy himoya vositalar turi va ulardan foydalanish tartibi 
5.10. Mashina, asbob-anjomlar, xonalar va ShHV larni zararsizlantirish 
Tayanch iboralar: Mineral o’g’it, pestitsid, insektitsidlar, akaritsidlar, rodentitsidlar, 
fungitsidlar, bakteritsidlar, gerbitsidlar, patogen zamburug’lar, fumgatsiya, yonilg’i moylash 
mahsulotlari, shaxsiy himoya vositalari, zararsizlantirish. 
Foydalanilgan adabiyotlar: 
1. H.E.G’oipov Mehnat muhofazasi. T., «Mehnat» 2000y 
2.O.Qudratov, T.G’aniev Hayotiy faoliyat xavfsizligi T., «Mehnat” 2004 y 
3.G.I Belyakov Oxrana truda .M., «Agropromizdat» 1990 g. 
4.Yu.Dodoboyev, M.Hamidov. Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishda 
mehnat muhofazasi.T., «Mehnat» 2000y 
5.1. Zaharli kimiyoviy moddalar va uning insonga ta’siri 
Kimyoviy moddalarning insonga ta’siri ular bilan bevosita (aralashmalar tayyorlanganda, 
urug’larga,  tuproqqa,  o’simliklarga  ishlov  berishda,  ishlov  bergan  uchastkalarda  ishlaganda) 
va 
bilvosita - o’simlik, oziq-ovqat mahsulotlari orqali, kimyoviy preparatlar bilan ishlov berilgan 
dalalardan olingan meva-sabzavotlar, shuningdek hayvonot mahsulotlari orqali (go’sht, tvorog, 
sut, 
tuxum va boshq.) va o’simlik mahsulotlari yem sifatida ishlatilganda qaysilari tarkibida nitrat va 
pestitsidlarning miqdori me’yoriy ko’rsatkich darajasidan yuqori bo’lganda seziladi. 
Ishlatilishiga ko’ra qishloq xo’jalik ishlab chiqarishida foydalaniladigan kimyoviy vositalar 
turli xildagi kislotalar, ishqorlar, vaktsinalar, mineral o’g’itlar va pestitsidlarga bo’linadi. 
Pestitsidalar  o’z  navbatida  insektitsidlar  (qurt-qumursqaga  qarshi  kurashish  uchun), 
akaritsidlar 
(kanaga), rodentitsidlar (zararli kemiruvchilarga), fungitsidlar (zamburug’larga), bakteritsidlar 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com

(bakteriyalar), gerbitsidlar (begona o’tlar) turlarga bo’linadi. 
Gigiyenik xususiyatlariga ko’ra pestitsidlarning kishilarga ta’siri oqibqtlari quyidagicha 
tasniflanadi: 
• oshqozonni zaharlanishiga qarab (juda ta’sirchan, o’ta zaharli, o’rta zaharli, kam 
zaharli); 
• teri orqali zaharlanishiga qarab (keskin, o’rta va kuchsiz ifodalangan); 
• uchuvchanligiga ko’ra (o’ta xavfli, xavfli va kam xavfli); 
• zaharli moddalarning organizmga to’planib kuchli ta’sir qilishiga ko’ra (o’ta yuqori, 
sezilarli, o’rta miyona, kam sezilarli); 
• tuproqdagi barqarorligiga ko’ra (juda barqaror vaqt bo’yicha zaharlanishi 2 yildan 
ko’p, barqaror 0,5 yildan 2 yilgacha, o’rta miyona barqaror - 1 oydan 6 oygacha va 
kam barqaror - 1 oygacha). 
Pestitsidlar va mineral o’g’itlar bilan zaharlanishni oldini olishdagi (profilaktika qilish) 
asosiy  usullari:  ular  bilan  ishlaganda  me’yor,  mehnat  muhofazasi  bo’yicha  qoida  va 
qo’llanmalarga 
61 
rioya qilish. Ishchilar shaxsiy va kollektiv himoyalanish vositalarini ishlatish, agrotexnikaga, 
ekinlarga qayta ishlov berish va kimyoviy preparatlarni sarf qilish miqdoriga qat’iy rioya qilish, 
kimyoviy ishlovlarni yashash joylaridan, molxonalardan, suv havzalaridan kerakli uzoqlikda olib 
borish,  ruxsat  etilgan  shamol  tezligida,  hosilni  terib  olishgacha  ekinlarga  berilgan  oxirgi 
kimyoviy 
ishlov muddatini saqlash; o’rganilgan va faqat ruxsat etilgan preparatlardan foydalanish. 
Granullangan  pestitsidlardan  foydalanish  mehnat  sharoitlarini  yaxshilashda  samarali 
natijalarni 
bermoqda. 
Pestitsidlar va mineral o’g’itlar bilan ishlashda tibbiy ko’rsatkichlarga to’g’ri kelmagan, 
dastlabki  va  davriy  (1  yilda  bir  marta)  tibbiy  ko’rikdan  o’tgan  shaxslarga  ruxsat  etiladi. 
Pestitsidlar 
bilan  ishlashga  homilador  va  emizikli  ayollar,  18  yoshga  to’lmagan  va  55  yoshdan  katta 
(erkaklar) 
va  50  yoshdan  oshgan  (ayollar),  shuningdek  mexanizator  ayollarni  pestitsidlar  va  mineral 
o’g’itlarni 
purkash, changlatish, tashish, ortish va tushirish ishlariga jalb qilish mumkin emas. Pestitsidlar 
bilan ishlaydiganlar, mehnat muhofazasi bo’yicha har yili yo’riqnoma o’tishi va o’qishi shart. 
Maxsus ruxsatnoma varaqasi rasmiylashtirilgandan keying’ina pestitsidlar bilan ishlashga 
ruxsat etiladi. Pestitsidlar bilan kuniga - 6 soat, fosforoorganik birikmalar bilan - 4 soat (2 soat 
qo’shimcha pestitsidlarga aloqasi bo’lmagan ishlarda ishlab berish sharti bilan) ishlash lozim. 
Pestitsid  va  mineral  o’g’itlar  bilan  bajariladigan  barcha  ishlar  mexanizatsiyalashtirilgan 
bo’lishi 
shart,  ularni  bajarishda  shaxsiy  himoyah  vositalaridan  (ShHV)  foydalanish  talab  etiladi.  Bir 
qator 
ishlar gazniqoblar va respiratorlarda bajariladi. Teri, qo’l, oyoq, nafas olish, eshitish va ko’rish 
a’zolari  uchun  aniq  ShHV  turlari  har  bir  kimyoviy  vositalar  uchun  foydalanish  tartibi  va 
xavfsizlik 
choralari uslubiy qo’llanmalarda keltirilgan. 
5.2. Kimyoviy vositalar ish joyi va ishlovchilarga bo’lgan 
sanitariya — gigiyenik talablar 
Pestitsidlarni o’ta xavfliligini inobatga olgan holda ular bilan ishlaganda begona 
shahslarning  bo’lishi  man  etiladi.  Pestitsidlarni  dala  va  boshqa  joylarda  qarovsiz  qoldirish 
man’ 
etiladi. 
Xo’jalik rahbarlari dalalarga kimyoviy ishlov berishdan kamida 2 kun oldin, qishloq 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com

aholisini va asalarichilarni ishning muddati, joyi va turi haqida ogohdantirishlari shart. Asalari 
uyalari  kamida  5  km  nariga  olib  chiqiladi  va  ishlov  berilgandan  so’ng  1-7  sutkadan  keyin 
kimyoviy 
preparatlarning  turiga  va  ishlatilishiga  qarab  qaytariladi.  Ishlov  berilayotgan  uchastka 
chegarasidan 
kamida 300 m uzoqlikda xavfsizlik belgilari va ogohlantiruvchi yozuvlar o’rnatilishi shart. Ular 
karantin muddati tugagandan keyin olib tashlanadi. 
O’simliklarga kimyoviy ishlov berishni suv havzalaridan, sanitariya-himoyalanish 
doirasidan 300 m dan yaqinida qo’llash mumkin emas. Pestitsidlar bilan ishlov berilgan 
uchastkalarda  faqat  davlat  reestri  ro’yxatida  ko’rsatilgan  muddatlar  o’tgandan  keyingina  ish 
davom 
ettiriladi. Muddatlar qo’llaniladigan pestitsidlarni fizik-kimyoviy xususiyatlarga, ularning toksik 
darajasiga, atrof-muhitda saqlanuvchanlik xususiyatlariga, bajariladigan ishning xususiyatiga 
(qo’lda yoki mashinada) va boshqa sabablarga qarab u 24 soatdan 2 oy oralig’ida o’zgarishi 
mumkin. 
Pestitsid va mineral o’shtlar bilan ishlaydigan mashinalar, mexanizm va apparaturalarga 
ma’lum talablar qo’yiladi: hamma mashinalarda «ShHVsiz ishlash xavfli» degan qisqa 
ogohlantiruvchi  yozuv  bo’lishi  kerak.  Preparat  tasodifan  terisiga,  kiyimiga  tekkanda,  darhol 
yuvib 
tashlash uchun 5 l hajmdagi idish bo’lishi kerak. 
Ishlayotgan purkagich–changlatgich mashinalarning zanjirlarini, salnik va qismlarni 
qotirish,  bosim  ostida  bo’lgan  rezervuarlar  va  bunker  qopqoqlarini,  klapanlarini  ochish, 
uchliklarini 
tozalash,  manometrlarni  burash,  rezervuar  ishchi  suyuqliklarini  me’yoridan  ortiq  to’ldirish 
mumkin 
emas.  Ishdan  oldin  purkagich  va  changlatgichlarning  sozligini  texnik  xodimlar  tomonidan 
sozligini 
tekshirilishi, sinash va texnik sozligiga ishonch hosil qilingandan keyingina ishlatish maqsadga 
muvofiqdir. 
62 
5.3. Kuchli ta’sir etuvchi zaharli moddalar va ularnining ta’siri 
Xalq xo’jaligining zarurati uchun (tibbiyot, veterinariya) ishlatiladigan kuchli ta’sir etuvchi 
kimyoviy  zaharli  moddalardan  (KTZM)  ham  keng  foydalanadilar.  KTZM  atrof  muhit  va 
kishilarga 
ta’siri  jihatdan  xavfli,  o’ta  xavfli  va  o’limga  olib  keluvchi  xususiyatga  ega  bo’lib  ularni  gaz, 
suyuq 
va  kristall  (qattiq)  holatlarda  uchratish  mumkin.  Zaharlovchi  moddalar  saqlanuvchilik 
xossalarga 
ko’ra  uzoq  muddat  saqlanadigan  va  tez  parchalanadigan  turlarga  ajratiladi.  Zaharlovchi 
gazlarning 
ta’sir  darajasi,  elarning  kontsentratsiyasi  mg/l,  zaharlilik  zichligi  g/m

va  doza  mg/kg  miqdori 
bilan 
aniqlaniladi. 
KTZM ning havo yoki suyuqlik tarkibidagi yuqori miqdori oziq-ovqat, joylar, odamlar, 
yem-xashak  va  suvni  zaharlab  uzoq  muddat  o’z  ta’sir  darajasinin  saqlab  qolish  xususiyatiga 
ega. 
Suyuq zaharli moddalar qop idish, brezent, selofan orqali o’tadi. 
Kimyoviy zaharlanish bo’lganda odam organizmi uchun umumiy belgilarga ko’z 
qorachig’ining torayishi, yurakning aynishi, qusish va qon bosimi ko’tarilishini aytib o’tish 
mumkin. 
Kuchli ta’sir etuvchi zaharli moddalarndan zaharlanish miqdori 
jadval-5.1 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com

Kuchli ta’sir etuvchi moddalar nomi Zaharlovchi moddalarnig o’rtacha miqdori, mgdaqiqa/ 

Boshlang’ich 
zaharlanish 
O’limga olib keluvchi 
miqdor 
Atsetonitril 21,6 
Ftorli vodorod 4 7,5 
Xlorli vodorod 2 200 
Metilamin 4,8 
Azot oksidi 0,002 1,5 
Oltingugurt angidridi 1,8 70 
Kontsenetrlangan xlor kislotasi 2 30 
Oltingugurtli vodorod 16,1 30 
Ftor 0,39 
Uch xlorli fosfor 3 30 
Xlortsian 0,75 
Sinil kislota 0,2 1,5 
Zaharli moddalar havo tarkibida miqdori oshishi bilanoq sekinlik bilan yerga tushib yer 
yuza qismini, inshootlarni, usimliklarni yog’simon, tomchi shaklida qoplaydi. Yashillikni rangini 
o’zgartirib yuboradi. Qishloq xo’jaligi ekinlari, o’rmonlar, mevali va boshqa o’simliklar uchun 
fitotoksikantlardan gerbitsit va defolyantlar o’ta xavli bo’lib ularni yo’q qilishi mumkin. Albatta 
bu turdagi fitotoksikantlardan belgilangan me’yorlarda ishlatish xavfsizlikni ta’milashning bosh 
mezonidir. 
5.4. Urug’liklar va o’simliklarga kimyoviy ishlov berishda xavfsizlik choralari 
Qishloq xo’jaligi ekinlari urug’larini o’z vaqtida dorilash, g’o’za va don ekinlari 
o’simliklarininni  kasalliklarga  chidamli  va  zararkunanda  hasharotlardan  muhofazasini 
ta’minlab 
tez va bir tekis unib chiqishiga yordam beradi. 
G’o’zaning keng tarqalgan kasalliklaridan biri - urug’lik chigitning chirib ketishi, unib 
chiqayotgan  nihollarning  ildizlarini  zararlanishidir.  Bunda  tuproq  tarkibida  mavjud  bo’lgan 
patogen 
zamburug’lar chirituvchi omil hisoblanadi. 
Urug’larni dorilashda ishlatiladigan barcha kimyoviy preparatlar kuchli ta’sir etadigan va 
zaharli  bo’ladi.  Shu  tufayli  urug’larni  dorilaydigan  shaxslar  ish  paytida  nihoyatda  ehtiyot 
bo’lishlari 
63 
va muhofaza choralariga qat’iy rioya qilishlari kerak, aks holda bu preparatlarning o’tkir va 
surunkali ta’siri natajasida og’ir kasalliklarga yo’liqishlari mumkin. 
Urug’liklar shamol esadigan tomonda, turar joylar, molxona, oziq-ovqat, yem-xashak 
saqlanadigan  omborlar,  suv  manbalaridan  200  m  uzoqlikda  joylashgan  maxsus  binolarda 
dorilanadi. 
Urug’lik  dorilanadigan  agregatlar  sozlangan,  germetik  berkiladigan  bo’lishi  kerak,  chang-
to’zon 
ko’tariladigan joylarda havoni tozalab turuvchi moslama (ventilyator) bo’lishi shart. 
Urug’liklarni dorilash vaqtida ishchilar maxsus korjoma (kombinizon), ko’zoynak, 
respirator va niqob(maska)larda bo’lishlari shart. Urug’liklarni dorilashda maxsus tibbiyot 
ko’rigidan o’tgan, o’n sakkiz yoshdan katta va 55 yoshdan oshmagan kishilar ishlashi mumkin. 
Homilador va emizikli ayollarning ishlashiga aslo ruxsat qilinmaydi. Dorilashda qatnashuvchi 
kishilarning ish kuni 6 soatdan oshmasligi kerak. Ularga har kuni kamida yarim litrdan sut berib 
turilishi, ish tugagandan so’ng, albatta, maxsus yuvinish joylari (dush)da sovunlab cho’milish 
tavsiya etiladi. Korjoma bilan uyga qaytmaslik kerak. 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com

Zaharli kimyoviy moddalar bilan ishlaydigan kishilarning shaxsiy himoya vositalari: 
korjoma, niqob, gazniqob va maxsus etiklari o’zlariga loyiq bo’lishi kerak. Aks holda tor kiyim 
harakatga halaqit qiladi. Etik tor bo’lsa, oyoq panjalari shilinishi yoki qadoq bo’lishi mumkin. 
Natijada  jarohatlangan  yerga  zaharli  kimyoviy  moddalar  tushib,  kishini  zaharlashi  mumkin. 
Kiyimkechak 
katta bo’lsa ham ishlash xavfli bo’ladi, chunki kiyimning yengi va yoqasidan zaharli 
kimyoviy moddalarning changi, zarrasi tushadi va teri orqali kishi organizmiga o’tishi mumkin. 
Shaxsiy himoya vositalari hamisha ozoda bo’lishi kerak. 
Urug’liklarni ПУ-3, ПСШ-3, ПС-10 mashinalari yordamida dorilash ancha samarali va 
xavfsiz bo’ladi. Urug’liklarni dorilashning nam usulini qo’llashning afzalligi shundaki, zaharli 
kimyoviy modda bilan ishlab turgan kishi nafas oladigan havoda kimyoviy modda, shu jumladan, 
o’ta ta’sirchan simoborganik birikmalarning changi va bug’i ancha kamayadi. 
Qishloq xo’jalik ekinlarining vegetatcion jarayonini jadallashtirish maqsadida suyuq 
ammiakdan  keng  foydalaniladi.  Yerga  suyuq  ammiakni  solishdan  oldin  mexanizator  zaxira 
idishini, 
nasos  va  taqsimlagichlarni  germetikligini,  o’lchov-nazorat  asboblarining  sozligini  tekshirishi 
lozim. 
Ish vaqtida suyuqlikni sarf bo’lishi va bosimiga, suyuqlik solinadigan hajmlarning sozligiga, 
mashinaning ishchi organlaridagi injektorlarning ishlashini nazorat qilish kerak. Ish joylarida 
havoning  gazlashganligini  kamaytirish  uchun  agregat  yurishining  oxirida  nasosni  o’chirib, 
ishchi 
organlarini tuproqdan chiqarmasdan, 8-12 m yurgandan so’ng mashinani transport holatiga 
keltiriladi. Halokat holatlarda (suyuqlik shlanglari yoki nasos korpusi yorilsa) haydovchi darhol 
xavfsiz  hududga  chiqishi  va  ShHV  kiyishi  shart,  xavfli  hududdan  darhol  odamlarni  va 
hayvonlarni 
chiqarish choralarini ko’rishi lozim. 
Suyuq ammiak bilan ishlaydigan mashina va transport vositalari xavfsizlik choralariga 
qat’iy rioya qilingan holda maxsus ustaxonalarda ta’mirlanadi. Suyuq ammiak uchun idishlarni 
sinovdan  o’tkazish  va  texnik  hujjatlashtirish,  yuqori  bosim  ostida  ishlaydigan  idishlarnikidek 
olib 
boriladi.  Sisterna  ichini  nazoratdan  o’tkazish  yoki  ichida  birorta  ishni  bajarish  ikki  ishchi 
bilangina 
olib boriladi (birinchi ishchi ehtiyotligi uchun), ular kombinzonlar, rezina etiklar va shlangli gaz 
niqoblari bilan ta’minlangan bo’lishlari lozim. Ammiak tashiydigan agregatlar karbonat 
angiridli  yoki  ko’pikli  o’t  o’chirgich  va  10  l  suv  sig’adigan  idish  bilan  jihozlanishi  kerak. 
Ammiak 
bilan  ishlaydigan  mashina  va  uskunalar  ishlovchilari  maxsus  o’qitish  kurslarida  o’qigan  va 
malaka 
oshirgan bo’lishlari shart. 
Ammiakni tashishda juda ehtiyot bo’lmoq kerak. Transportning harakat tezligi soatiga 40 
km dan yuqori bo’lmasligi lozim. Ammiakni kechasi, quyuq tumanda va yaxmalakda tashish 
mumkin emas, tik ko’tarilgan yoki qiyalikli yo’llar orqali, ochiq alanga bor joylar orqali 
harakatlanish, chorvachilik fermalari va aholi yashaydigan 200 m dan yaqin bolgan joylarda 
qoldirib ketish qat’iyan man etiladi. Suyuq mineral o’g’itlarni transportda tashish uchun 
ishlatiladigan idishlar zich yopiladigan, havo kiritadigan va chiqaruvchi saqlagich klapanlarga, 
aniqlovchi chizig’i va yozuviga ega bo’lishi kerak. Havo tarkibida ammiak bug’ining 16-27% li 
aralashmasi portlash xavfini kuchaytiradi. 
64 
5.5. Bino va tuproqlarga ishlov berish 
Zararli organizmlar yashovchi muhitga (issiqlik, oziq-ovqat va ekish materiallariga, 
tuproqqa, omborxonaga, don saqlaydigan joylarga, elevator va boshq.) gaz va bug’simon 
pestitsidlarni yuborish fumigatsiya demakdir. Fumigatsiya bo’yicha ishlar o’ta xavfliligi sababli 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com

ularni  yuqori  malakali  ishchilar  maxsus  o’qishdan  so’ng  bajarishlariga  ruxsat  etiladi.  Bunda 
ishni 
boshlashdan  oldin  o’simliklarni  himoya  qilish  mutaxassisi  boshchilig’i  maxsus  ruxsatnoma 
varaqasi 
(naryad-ruxsat)ni rasmiylashtirishi shart. 
Xonalar etarli darajada germetiklangan holda gazlashtiriladi. Ular turar joylardan 200 m va 
ishlab chiqarish binolaridan 100 m uzoqlikda bo’lishi kerak. Xonalarni fumigatsiya qilishda 
havoning harorati 10-35° (issiq kunlari ertalab) va havoning tezligi 7 m/s dan yuqori bo’lmagan 
hollarda o’tkaziladi. Fumigatsiyani o’tkazishdan oldin xonalardan oziq-ovqatlar, suv, kimyoviy 
moddalar va boshqa narsalar olib chiqiladi. Xonalarga kimyoviy ishlov berish (ballonlardan gaz 
chiqarish,  fumigantlarni  changlatish,  suyuq  preparatlarni  to’kish,  fumigantlar  bilan 
shimdirilgan 
lattalarni  osib  tashlash  va  boshq.)  uch  kishidan  kam  bo’lmagan  maxsus  ruxsatnomaga  ega 
bo’lgan 
va ShHV vositalari bilan ta’minlangan guro’h tomonidan amalga oshirilishi shart. 
Ish tugashi bilan, ishlov berilgan bino kirish eshigi qulflanib elimli lenta bilan zichlanadi va 
eshik tepasida zaharlilik to’g’risida ogohlantiruvchi yozuv yoki belgi osib qo’yilishi shat. 
Fumigatsiya muddati (24-96 soat) o’tgandan keyin, bino havosi tabiiy va mexanik yo’l bilan 
almashtirilishi,  kerak  bo’lsa,  fumigantlar  kuchini  yo’qotishda  kimyoviy  moddalardan 
foydalanish 
mumkin. Bu ishlarning hammasi gazniqoblar yordamida olib borilishi shart. Yirik ob’ektlarni 
gazlardan tozalash sekin-asta olib boriladi, bu yuqori miqdordagi zaharli gazlarni atmosferaga 
ko’p 
miqdorda chiqishidan saqlaydi. Xona va ob’ektlar gazlardan tozalanganligini va ish boshlash 
mumkinligini faqat ma’muriyat buyrug’i bilan tuzilgan komissiya aniqlab beradi. Xo’jalik 
ma’muriyati butun fumigatsiya davrida ob’ektlarni doimiy nazorat qilinishini tashkil qilishlari 
lozim. 
Tuproq zararkunandalarini butunlay yo’qotishda fumigantlar faqat mexanizatsiya yo’li bilan 
18-20 sm chuqurlikda solinadi. Geksahlorbutadiyen, karbation, formalin bilan ishlayotganda 
ishchilar  shamol  yo’nalishiga  perpendikulyar  holatda  bo’lishlari  va  gazga  qarshi 
respiratorlardan 
foydalanishlari kerak. Tuproqni fumigatsiya qilishda 6 oydan uzoq vaqt ichida parchalanadigan 
pestitsidlarni ishlatish mumkin emas. 
5.6. Yonilg’i moylash mahsulotlaridan foydalanida xavfsizlik choralari 
Yonilg’i moylash materiallariga (YoMM) nisbatan ehtiyotsizlik kishi terisining 
yaralanishiga  olib  keladi.  Xuddi  shuningdek  ko’z, nafas olish  yo’llari  yallig’lanadi. Kerosin  va 
dizel 
yonilg’isining  bug’i  inson  organizmi  uchun  benzin  bug’idan  ham  zaharlidir.  Neft 
mahsulotlaridan 
ajralib chiqqan bug’lar havoni og’irlashtiradi. 
Motor moylari tarkibidagi prisadkalar ichida oltingugurt, qo’rg’oshin, mis, fosfor 
elementlari mavjud. Bunday moylar va yonilg’ilar bilan ishlagan kishilarning zaharlanishi va 
baxtsiz  hodisalarga  uchramasligi  uchun  ish  davrida  ehtiyotkorlik,  mehnat  xavfsizligi 
tadbirlariga 
hamda shaxsiy gigiyena qoidalariga amal qilish kerak bo’ladi. 
Benzin yoki yonilg’ini bir idishdan ikkinchi bir idishga shlang yordamida og’iz bilan tortib 
olish, benzinda qo’l yuvish man etiladi. Yonilg’ini bir idishdan ikkinchi idishga quyish uchun 
maxsus moslamalardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Etilli benzinlar bilan dvigatellarning 
yonilg’i  tizimlarini  sozlashda  homilador  va  bolali  ayollarning  ishlashi  man  etiladi.  Uy 
haroratida 
1m

yuzadan benzin soatiga 400gr bug’lanish qobilyatiga ega bo’lib, 1m

da kontsentratsiya 
miqdori 34 g/m

tashkil etishi mumkin. Havo tarkibidagi kontsentratsiya miqdori 23 g/m

dan 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com

oshganda  yo’tal,  ko’zdan  yosh  oqishi  va  30-40  g/m

bo’lganda  3-4  marotaba  nafas  olishdan 
keyin 
hushdan  ketishga  va  zaharlanishga  olib  keladi.  Havo  tarkibidagi  benzin  bug’ining  miqdori 
0,76% 
dan oshsa portlash oqibatlariga olib keladi. 
Etilli benzin bilan ishlaydigan barcha kishilar shaxsiy gigiyena qoidalariga qat’iyan rioya 
65 
qilishlari  kerak  va  ovqatlanish  oldidan  qo’llarini  va  yuzlarini  iliq  suv  hamda  sovun  bilan 
yaxshilab 
yuvishlari kerak. Agar teriga etillangan benzin tomsa, uni tezlikda oldin kerosin, so’ngra iliq suv 
bilan  sovunlab  yuvish  kerak.  Agar iloji bo’lsa  darhol  issiq  dush  yoki  vanna  qabul  qilish  kerak. 
Neft 
mahsulotlari  bilan  kirlangan  usti-boshlarni  darhol  yechib  yuvishga  topshirish  maqsadga 
muvofiqdir. 
Agar  etilli  benzin  kishi  ko’ziga  tushib  qolsa  darhol  vrachga  murojaat  qilish  lozim.  Neft 
mahsulotlari 
bilan ishlashda moylardan ham ehtiyot bo’lmoq kerak. Moylar yuqori darajada zaharli 
moddalarning  manbai  bo’lishi  mumkin.  Moylar  saqlanadigan  omborlarning  ichiga  kirishdan 
oldin 
ularning ichini shamollatish lozim. 
Neft mahsulotlarini og’zi berk va mahkam idishlarda tashib keltirish va saqlash kerak. 
Barcha  bochkalar  metall  rezba  bilan  mahkamlanadigan  bo’lishi lozim.  Ularni  ochishda  bolg’a 
bilan 
urmaslik kerak, chunki uchqun chiqib, natijada yong’in bo’lishi mumkin. Bankalarning og’zi 
yuqoriga qaratib saqlanishi kerak. 
Avtomobillar dvigatellarini sovutish maqsadida muzlamaydigan antifriz suyuqligidan keng 
foydalaniladi. U ham inson organizmi uchun juda xavfli bo’lib, ehtiyotkorlik bilan munosabatda 
bo’lishni talab qiladi. Antifriz germetik idishlarda saqlanishi, rezbali probkalarda mahkamlab 
qo’yilishi lozim. Antifriz qopqoq sathidan 50-80 mm pastroqqa quyiladi, chunki u qizigan paytda 
kengayadi.  Idishlar  mahkamlanib  ularga  «Zahar»  degan  yozuv  yoziladi.  Antifriz  quruq, 
isimaydigan 
joylarda  saqlanadi.  Uni  bir  idishdan  ikkinchi  bir  idishga  quyish  paytida  shlangni  og’iz  bilan 
so’rish 
qat’iyan man etiladi. Antifriz bilan ishlagandan keyin qo’lni albatta sovunlab yuvish kerak. 
5.7. Chorvachilikda profilaktika ishlarini amalga oshirishdan xavfsizlik choralari 
Chorvachilik xo’jaliklarda hayvonlar yuqumli (antropozoonoz) kasalliklarlarini tarqalishini 
(epizootiya)  oldini  olishda  dezinfektsiya,  dezinvatsiya,  dezinsektsiya  va  deratizatsiya  asosiy 
choratadbirlar 
biri bo’lib, uni amalga oshirishda dezinfektsiyalovchi ДУК-26, ЛСД-2 aerozolli generator 
va АГ-УГ-2 rusumli changlatuvchi-purkaguvchi mashinalar va boshqa turdagi moslamalardan 
foydalaniladi. 
Yuqorida ko’rsatib o’tilgan ishlarni amalga oshirishda, ishni boshlashdan oldin barcha 
xodimlar  qurilma  va  uskunalardan  foydalanishda  xavfsizligini  va  aniq  zararsizlantiruvchi 
moddalar 
bilan  ishlaydigan  ishchilar,  shaxsiy  gigiyena  qoidalari  to’g’risida  yo’riqnoma  olishlari  kerak. 
Shu 
ishlarni bajaruvchi shaxslar himoyalovchi maxsus kiyimlar (xalatlar, fartuklar, rezina etiklar, 
qo’lqoplar, ayrim hollarda ko’zoynak va gazniqob) bilan ta’minlanishlari lozim. 
Kimyoviy zaharlar va bakterial preparatlar bilan ishlayotganda chekish va ovqat iste’mol 
qilish qat’iyan man etiladi. Ishdan keyin qo’l va yuzni sovun bilan issiq suvda yuvish, idish va 
boshqa vositalar 2% li kir sodasi aralashmasi bilan chayqash shart. Ish vaqtida maxsus kiyilgan 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com

kiyimlar  ishdan  keyin,  albatta,  qoqib  tashlanadi  va  shamollatib  quritiladi.  Ularni  maxsus 
shkaflarda 
saqlash maqsadga muvofiqdir. Dezinfektsiya, dezinvatsiya, dezinseksiya va deratizatsiya ishlari 
bilan band bo’lgan shaxslar doimiy ravishda (bir oyda bir marta) tibbiy ko’rikdan o’tishlari 
majburiydir. 
Yuqoridagi ishlarni bajarishda 18 yoshga to’lmagan o’smirlar va ayollar mehnatidan 
foydalanish man etiladi. 
5.8. Pestitsidlar va mineral o’g’itlarni saqlash, tarqatish va tashishda xavfsilik choralari 
Pestitsid va mineral o’g’itlar ГОСТ 12.3.041-86 va ГОСТ 12.3. 037-84 talablariga asosan 
alohida binolarda saqlanadi. Ular bilan yemlarni, kimyoviy aralashmalarni, yem qo’shilmalari, 
bo’yoqlar,  laklar,  oziq-ovqat  mahsulotlari  va  boshqalarni  saqlash  qat’iy  man  etiladi. 
Omborxona 
binolari  tabiiy  va  mexanik  ventilyatsiya  bilan  jihozlangan  bo’lishi  kerak.  Omborxonalarga 
alohida 
xona va qo’shimcha hojatxona, dushxona, shaxsiy himoyalanish vositalari, suv, sovun, sochiq, 
aptechkalar va boshqalarni saqlash uchun xonalar ajratilishi lozim. 
Qoplangan va qoplanmagan mineral o’g’itlar alohida bo’limlarda saqlanadi. 
Qoplanmaganlari  g’aram  qilib  balandligi  2m  gacha  (qotib  qolmagan  o’g’itlar  3  m  gacha) 
to’plab 
66 
qo’yiladi, qoplanganlari esa tagidan namlik o’tmasligi uchun taglik qo’yib, qoplarni bir-birining 
ustiga  g’aram  qilib  tahlanadi.  G’aramlar  oralig’i  3  metrdan  kam  bo’lmasligi  kerak 
(mexanizmlarni 
o’tishi  va  ishlashi  uchun),  g’aramlardan  ombor  devorigacha  bo’lgan  oraliq  1  m  dan  kam 
bo’lmasligi 
shart.  G’aramning  tepasi  bilan  omborning  shipi  orasidagi  oraliq  0,4  m  dan  kam  bo’lmasligi 
lozim. 
Suyuq mineral o’g’itlar maxsus idishlarda saqlanadi. 
Pestitsidlar kimyoviy korxonalardan keltiriladi, ularni faqat idishda (bochkalarda, 
barabanlarda, kanistrlarda, shisha idishlarda, qoplarda, qutilarda) yassi yoki tirab qo’yiladigan 
poddonlarda, stellajlarda bir-birining ustiga qo’yib saqlanadi. Har xil pestitsidlar (gerbitsid, 
fungitsid va boshq.) boshqa-boshqa g’aramlarda saqlanib ular orasidagi masofa 1 m dan kam 
bo’lmasligi  kerak.  Hamma  turdagi  idishlarning  ustida  preparatning  nomi,  moddaning  ta’sir 
foizi, 
pestitsidning guro’hi, xavfsizlik belgisi, og’irligi (netto), shuningdek «Yong’indan xavfli» yoki 
«Portlash xavfi bor» ogohlantiruvchi belgilar yoziladi. Bunda gerbitsidlar-qizil, defolantlar-oq, 
nematotsidalar qora, fungitsidlar - yashil, dorilovchi moddalar - zangori, zootsidlar - sariq 
ranglarda belgilaniladi. 
Kislotali va ishqorli shisha idishlarda himoya qoplamalari bo’lishi kerak. Shisha idishlarning 
qopqoqlari albasterdan yoki maxsus loylardan tayyorlanadi. 
Shishali idishlarni ko’tarishdan avval uning himoya qoplamalarini ko’zdan kechirish zarur, 
ish vaqtida, ya’ni ishlab chiqarish sharoitida shishalarni qoplamalaridan yoki qutilardan ajratib 
olish 
qat’iyan man etiladi. 
Har qanday kimyoviy moddani bir idishdan boshqa bir idishga quyish siqilgan havo bosimi 
ostida bajariladi. Bosimning kuchi 20 kPa yoki 0,2 kgk/sm

dan oshmasligi kerak. Kislotalar 
saqlanadigan  omborlar  ichidagi  harorat  0°S  dan  kam  bo’lsa,  past  kuchli  kislotalar  muzlab 
shisha 
idishlarni sindirib yuborishi mumkin. 
Ishqorlar eritmasini tayyorlashda sovuq suvdan foydalanish lozim. Agar issiq suv quyilsa 
ishqor  qaynab  ketadi.  Qattiq  ishqorni  maxsus  qisqichlar  yordamida  olish  kerak.  Ishqor 
eritmasini 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com

tayyorlashda maxsus bosh kiyimlardan foydalanish lozim. Aks holda u ko’zga yoki boshga ta’sir 
etib soch to’qilishiga olib kelishi mumkin. Kimyoviy moddalarni maxsus qulflanadigan 
omborlarda saqlash lozim. Omborchilar texnika xavfsizligi qoidalarini yaxshi bilishlari lozim. 
Kimyoviy moddalar bilan ishlovchi kishilar maxsus oyoq kiyimi, ko’zoynak, qo’lqop, fartuklar, 
rezina  etik  hamda  protivogazlar  va  respiratorlar  bilan  albatta  ta’minlanishi  kerak.  Ayniqsa 
ammiakli 
suv bilan ishlayotganda ehtiyot bo’lish kerak. Bunda, albatta sanoatda foydalaniladigan shaxsiy 
himoya vositalaridan foydalanish zarur. 
Preparatlarni qabul qilishga, saqlashga va tarqatishga omborchi javobgardir. Omborxonaga 
begona shaxslarning kirishi man etiladi. Preparatlarni qoplash, tortish va berishda nafas olish 
organlarini himoyalash uchun ShHVdan foydalaniladi. 
Kimyoviy moddalar omborxonadan o’z og’irligida, pestitsidlar zavod qadoq 
(upakovka)larida yoki maxsus idishlarda beriladi. Qadoqlarda saqlanish muddatlari va shartlari 
yozilgan  bo’ladi.  Omborchi  pestitsidlarni  faqat  xo’jalik  rahbari  yoki  muovinining  yozma 
ravishdagi 
ko’rsatmasiga  asosan,  o’simliklarni  himoya  qilish  ishlariga  javobgar  shaxslarga  yoki 
chorvachilik 
xo’jaliklarida  veterinar  vrachlarga  bir  kunga  etarli  miqdorda  beradi.  Ish  tugagandan  so’ng 
qolgan 
pestitsidlar va bo’shagan idishlar qayta omborga topshiriladi. Omborga keltiriladigan va 
chiqariladigan  pestitsidlar  muhrlangan  va  raqamlangan  kirim-chiqim  daftarida  ro’yxatga 
olinadi va 
omborxonada saqlanadi. 
Pestitsid va mineral o’g’itlarning ta’sirini yo’qotish uchun omborxonada etarli miqdorda 
zaharli  gazlardan  tozalovchi  moddalar  xlorli  ohak,  kaltsiynatsiyalangan  soda  va  boshqalar 
bo’lishi 
shart.  To’kilgan  yoki  oqizilgan  pestitsidlar  va  mineral  o’g’itlarni  ochiq  holda  qoldirish  man 
etiladi. 
Pestitsidlar javobgar shaxs ishtirokida, maxsus yoki maqsad uchun moslashtirilgan 
transportda, faqat soz va yaxshi yopiladigan idishlarda tashiladi. Agar idish buzlib ketsa, darhol 
transport to’xtatiladi va nosozlik tuzatiladi, buning uchun transport vositasida kerakli hamma 
materiallar, asboblar va shaxsiy himoyalanish vositalari mavjud bo’lish kerak. 
Mineral o’g’itlarni idishsiz (uyma holda) transportlarda tashishga ruxsat etiladi, faqat chang 
bo’lishligi  inobatga  olingan  holda  brezent  bilan  yopib  qo’yiladi.  Suyuq  o’g’itlar  ishlatish 
joylariga 
67 
ammiak  tashuvchi  avtotsisternalarda,  shuningdek  yuk  tashuvchi  mashinalar  ustida  hajmli 
idishlarda 
yoki transport bochkalarda etkazib beriladi. 
5.9. Shaxsiy himoya vositalar turi va ulardan foydalanish 
O’zbekiston Respublikasining «Mehnatni muhofaza qilish to’g’risida»gi Qonunining 13- 
moddasiga binoan korxona ma’muriyati ishchi va xizmatchilarni bepul shaxsiy himoya vositalari 
bilan  ta’minlashi,  ularni  saqlash,  yuvish,  quritish,  dezinfektsiyalash  va  ta’mirlash  ishlarini 
bajarishi 
kerak. Boshqa tarmoqlar singari qishloq xo’jaligida ham ishchilarni maxsus korjoma, poyabzal 
va 
himoya vositalari bilan ta’minlash ko’zda tutilgan. 
Barcha himoya vositalari ishlatilishiga qarab jamoa himoya vositalari va shaxsiy himoya 
vositalariga bo’linadi. Ishning xavfsizligini mashinalarning konstruktsiyasi, ishlab chiqarish 
jarayonini  tashkil  qilish,  arxitektura-rejalashtirish  yechimlari  va  jamoa  himoya  vositalarini 
qo’llash 
bilan ta’minlashning iloji bo’lmagan taqdirda shaxsiy himoya vositalari qo’llaniladi. 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com

Himoya vositalari texnik estetika, ergonomika talablariga javob berishi, himoya 
samaradorligi yuqori, ishlatilishda qulay, texnologik jarayonda bajarilayotgan ish turiga mos 
bo’lishi  kerak.  Shu  ish  uchun  mo’ljallangan  va  qabul  qilingan  tartibda  tasdiqlangan  texnik 
hujjatlari 
bo’lmagan shaxsiy himoya vositalarini qo’llash taqiqlanadi. Ular vazifasi, ishlash muddati 
ko’rsatilgan yo’riqnoma hamda saqlash va ishlatish qoidalari bilan ta’minlanadi. 
Shaxsiy himoya vositalari (ShHV) vazifalariga qarab quyidagilarga bo’linadi: 
o ihotalovchi kostyumlar (pnevmokostyumlar, namdan ihotalovchi 
kostyumlar, skafandrlar); 
o nafas a’zolarini himoya qilish vositalari (gazniqoblar, 
respiratorlar, havo shlemlari, havo niqoblari); 
o korjomalar (kombinezon, yarim kombinezon, kurtka, shim, 
kostyum, xalat, plash, po’stin, fartuk, nimchalar); 
o maxsus poyabzal (etik, qo’nji kalta etik, botinka, qo’njli 
botinka, tufli, kalish, bo’tilar); 
o qo’llarni himoya qilish vositalari (qo’lqoplar); 
o boshni himoya qilish vositalari (kaska, shlem, shapka, beretka, 
shlyapalar); 
o yuzni himoya qilish vositalari (himoya niqoblari); 
o ko’zni himoya qilish vositalari (himoya ko’zoynaklari); 
o eshitish a’zolarini himoya qilish vositalari; 
o ehtiyot moslamalari (ehtiyot kamarlari, dielektrik 
gilamchalar, qo’l changaklari, manipulyatorlar, tizza, tirsak 
va yelkani ehtiyot qilish moslamalari); 
o himoyalovchi dermatologik vositalar (yuviladigan pasta, krem, 
moylar). 
Shaxsiy himoya vositalari bilan ta’minlash, ularni o’z vaqtida almashtirish, ta’mirlash va 
ularni  vazifalari  bo’yicha  ishlatish  yuzasidan  korxona  ma’muriyatiga  quyidagi  vazifalar 
yuklanadi: 
1. Ishchi va xizmatchilarga shaxsiy himoya vositalarini berish bo’yicha nazorat hamda hisobot 
ishlarini tashkil qilish, ulardan ish paytidan tashqari foydalanishni, buzilgan, ifloslangan 
hollarda esa ularni qo’llashni taqiqlanishini nazorat qilish. 
2. Shaxsiy himoya vositalarini belgilangan muddatlarda muntazam ravishda sinovdan 
o’tkazilish, ularning sozligini tekshirib turish hamda ularning himoya xossalari pasaygan filtr, 
oyna va boshqa qismlarini o’z vaqtida almashtirish va tekshirilgan vositalarga kelgusi sinov 
muddati to’g’risida tamg’a qo’yish. 
3. Tozalash, yuvish, ta’mirlash, degazatsiyalash, dezaktivatsiyalash, zararsizlantirish va 
changsizlantirish ishlarini o’z vaqtida amalga oshirish, ishchi va xizmatchilarni shaxsiy himoya 
vositalari bilan o’z vaqtida ta’minlash korxona ma’muriyatiga, nazorat qilish esa kasaba 
uyushmasi qo’mitasiga yuklatiladi. 
68 
Maxsus korjoma, qo’lqoplar va poyabzallar. Ishlab chiqarishdagi zararlarning 
xarakteriga  moslab  shaxsiy  himoya  vositalari  uchun  material  tanlanadi  va  tikiladi.  Maxsus 
korjoma 
ishlovchilarni  tashqi  muhitning  salbiy  ta’siridan  saqlashga  mo’ljallangan.  Korjoma  kiyganda 
kishi 
tanasining  havo  almashish  funksiyasi  buzilmasligi,  ishchi  o’zini  qulay  his  qilishi  va  ish 
sharoitida 
xavfsiz bo’lishi zarur, u kishining erkin harakatiga to’sqinlik qilmasligi va aylanib turuvchi 
qismlarga o’ralib ketishi mumkin bo’lgan osilib yoki chiqib turuvchi qismlari bo’lmasligi kerak. 
Maxsus korjoma pishiq, yengil tozalanadigan va badanni qichitmaydigan matolardan tikiladi. 
Quloqlarni shovqin ta’siridan himoyalash uchun quloq tiqini va shlemlardan foydalaniladi. 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com

Shuningdek, quloqni shovqindan himoyalovchi vositalar g’ovakdor yoki quyma rezinadan, 
plastmassa, qayishqoq plastinkalar, har xil tolali matolardan tayyorlanadi. Quloq qopqoqlar 
quloqning tashqi qismlariga kiyiladi yoki shlem yordamida mahkamlab qo’yiladi. Shovqindan 
himoyalovchi shlemlar faqat shovqin va sovuqdan emas, balki shikastlanishlardan ham saqlaydi. 
Shovqinga  qarshi  plastik  qalpoq  (kaska)dan  boshni  mexanik  shikastlanish  va  yuqori  chastotali 
tok 
ta’siridan himoyalanish uchun foydalaniladi. 
8 11 15 19 22 

2 9 12 16 20 23 

10 13 17 21 24 
4 6 
14 18 
5 7 
Maxsus korjoma 
5.1-rasm. Ishlab chiqarish jarayonidagi xavfli omillar ta’siridan himoya va xavfsizlik vositalari. 
1-3-Bosh qismni homoyalash vostalari; 4-7- Ko’zni himoyalash vositalari; 8-10-Yuz-ko’z qismini 
himoyalash  vositalari;  11-14-  Eshitish  a’zolarini  himoya  vositalari;  15-18-Oddiy,  vibratsiya,  kimyo  va 
issiq 
harorat uchun qo’lqoplar; 19-21-maxsus poyabzallar; 22-24-Xavfsizlikni ta’minlovchi vositalar. 
Changli sharoitda ishlovchi ishchilar paxta ipidan to’qilgan satin xalatlar, o’ta changli 
xonalar, masalan, chang kameralarini, filtr xonalarini, shaxta, chang yerto’lalarini tozalaydigan 
ishchilar,  chang  o’tkazmaydigan  matodan  to’qilgan  kombinezonlar  bilan  ta’minlanadi. 
Harakatlanib 
turuvchi 
mexanizmlar 
yaqinida 
turib 
ishlovchilarga 
(operatorlar, 
moylovchilar, 
ta’mirchichilangarlar 
va sh.k.) paxta ipidan to’qilgan belbog’siz ichki cho’ntakli kombinezonlar beriladi. 
Qo’llarni jarohatlanishdan saqlash maqsadida ishchilar qo’lqoplar bilan ta’minlanadi. Sochni 
harakatdagi  mexanizmlar  o’rab  ketmasligi  uchun  ayollar  uchburchak  ro’mol  o’rashlari, 
erkaklar 
beretka kiyishlari kerak. 
Qo’l teri qatlami qo’lqoplar, to’qima qo’lqop, kaftlik, panjaliklar, shuningdek himoyalovchi 
«Серригель», «Айро», «ИЕР-1», «ИЕР-2» va boshqa pastalar; «Силиконовые», «Плёночный» 
Kundalik 
korjoma 
69 
kremlar va «ФЕЯ», «СОЖ», «РАЛЛИ» pastalari, ДНС-АК-sovun va boshqa vositalar bilan 
himoyalanadi. 
Suyuq xavfli suyuqliklar bilan ishlaydigan ishchilari dag’al jundan yoki paxta ipidan 
to’qilgan, kislota ta’siriga chidamli modda shimdirilgan matolardan to’qilgan shim va kurtkalar 
bilan  ta’minlanadilar.  Shu  maqsadda  dag’al  jun  va  xlorin  tolasi  aralashmasidan  to’qilgan, 
kislota 
ta’siriga chidamli movutdan maxsus korjomalar tiqiladi. 
Hozirgi paytda kislota va ishqorlar ta’siriga chidamli sintetik tolalar (lavsan, nitron) jun 
tolalari  bilan  aralashtirilgan  holda  yoki  faqat  sintetik  tolalardan  to’qilgan  matolar  keng 
qo’llaniladi. 
Kislota bilan bevosita ishlovchilarga rezina shimdirilgan ko’krak fartuklari, qo’llariga kiyish 
uchun  dag’al  jun  qo’lqop,  ishqor  bilan  ishlovchilarga  paxta  ipidan  yoki  brezentdan  tikilgan 
kostyum 
va ko’krak fartuklari beriladi. Shuni aytish kerakki, ishqorlar jundan to’qilgan matolarni yengil 
parchalaydi,  shuning  uchun  ularni  ishqor  bilan  ishlashga  qo’llab  bo’lmaydi.  O’ta  nam 
xonalarda 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com

ishlovchi ishchilarga paxta tolasidan to’qilgan, namiqmaydigan (suvni o’ziga tortmaydigan) 
kostyum va ko’krak fartuklari, qo’lga kiyish uchun rezina qo’lqoplar beriladi. Maxsus poyabzal 
ishchining oyoqlarini har xil zararli modda va xavflardan saqlashga mo’ljallangan. 
Nafas a’zolarining shaxsiy himoya vositalari. ГОСТ 12.4.034-78 ga asosan havo orqali ta’sir 
qiluvchi  xavfli  va  zararli  ishlab  chiqarish  omillaridan  odam  nafas  olish  a’zolarini  himoya 
qiluvchi 
moslamalar to’rt xil bo’ladi: 
• Gazniqoblar; 
• Respiratorlar; 
• Havo shlemlari; 
• Havo niqoblari; 
Bular kishini ish joyidagi havoda aralashgan har xil iflosliklardan (bug’, gaz, aerozol, changlar) 
va 
kislorod  etishmasligidan  samarali  himoya  qilishi  kerak.  Ularni  tanlashda  sexdagi  havo 
muhitining 
tarkibi hamda holatini, ishlab chiqarish jarayonini va boshqa mehnat sharoitlarini hisobga olish 
kerak. Yuqoridagi ГОСТga asosan nafas a’zolarining shaxsiy himoya vositalari ishlash printsipi 
bo’yicha ikki turga: 
• filtrlovchi (F) 
• ihotalovchi (I) bo’ladi. 
Filtrlovchi turdagi shaxsiy himoya vositalari tsex havosida kislorod miqdori etarli (18 %dan 
ko’p) bo’lganda va zararli moddalar miqdori kam bo’lganda qo’llaniladi. 
Ihotalovchi himoya vositalari zararli moddalar tsex havosida chegaralanmagan va kislorod 
etarli miqdorda bo’lmagan hollarda ishlatiladi. 
O’z navbatida filtrlovchi himoya vositalari vazifasiga ko’ra, aerozollardan himoyalovchi va 
universal  turlarga  bo’linadi.  Ihotalovchi  himoya  vositalari  konstruktsiyasi  bo’yicha  -  shlangli, 
nafas 
olish uchun havoni toza hududdan olib beruvchi va avtonom turlarga bo’linadi. 
Filtrlovchi respiratorlar ham gazniqoblar singari sex havosidagi aerozol, bug’ va gazlarda 
kislorod  miqdori  18  %dan  kam  bo’lgan  hollarda  ishlatiladi.  Gazniqoblar  uch  turli  bo’ladi: 
aerozollar 
va gazlardan himoyalovchi hamda universal. Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishida asosan 
changlardan himoyalovchi turlari ishlatiladi. 
Ishlatish muddati bo’yicha respiratorlar bir marta ishlatishga yaraydigan («Lepestok», 
«Kama», «U-2K») va ko’p marta ishlatiladigan turlarga bo’linadi. 
Filtrning ishga yaroqsiz bo’lib, to’lib qolganligi, nafas olishning qiyinlashganidan bilinadi. 
Yengil  va  o’rta  og’irlikdagi  ishlarda  nafas  olishga qarshilik  100  Pa  dan,  og’ir  ishlarda  esa  70 
Pa dan 
boshlab seziladi. Bunday holat yuzaga kelganda filtrlar almashtiriladi yoki changdan tozalanadi 
(regeneratsiya qilinadi). Buning uchun filtrga o’tirib qolgan changni silkitib qoqib tashlanadi, 
yaxshi  tozalanmasa,  qarama-qarshi tomondan siqilgan  toza  havo  yo’naltirib tozalanadi,  bunda 
ham 
yaxshi samara bermasa, uni yangisiga almashtiriladi. 
Filtrlovchi respiratorlar vazifasiga ko’ra changga qarshi, gazga qarshi va universal xillarga 
bo’linadi. Respiratorlar yarim yuzniqob va filtrdan tuzilgan. Ular bir necha rusumlarda ishlab 
chiqariladi.  Og’ir  ishni  bajarishda  va  chang  miqdori  ko’p  bo’lganda  changga  qarshi  F-62Sh, 
og’ir 
va  o’rtacha  og’irlikdagi  ishlarda  hamda  chang  miqdori  ko’p  bo’lganda  U-2K,  chang  miqdori 
kam 
70 
bo’lganda esa «Lepestok» respiratorlaridan foydalaniladi. 
“Lepestok -40” “Kama -200” F-62Sh RPG - 62 RU -60 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com

Lepestok -ShB-1 U-2PG RPA -1 RPG 
“ Lepestok -200” U-2K R- 2 “ Astra” 
filtrlar 
5.2-rasm. Nafas olish a’zolarini himoyalovchi respiratorlar turlari 
«Lepestok» va «Kama» turdagi respiratorlar, yuqori dispersli, kichik va o’rta zaharli 
moddalar miqdori 200 MRK (me’yoriy ruxsat etilgan kontsentratsiyasi) gacha bo’lgan zahrli 
ximikatlardan saqlanish uchun ishlatiladi. U-2K niqobini havodagi chang kontsentratsiyasi 
200mg\m

gacha bo’lgan yengil ish sharoitida qo’llash mumkin va havoda metafos va fosfomid 
bilan ishlaganda qo’llab bo’lmaydi. 
«Astra», «RPG» va RU respiratorlari kichik va o’rta toksik zaharli kimyoviy moddalardan, 
tsement,  ohak,  paxta  changidan  va  havoda  uchraydigan  yuqori  despers  changlardan  himoya 
qiladi 
va 15 MRKgacha va havo tarkibidagi kislorod miqdori 18% dan kam bo’lganda ishlashga 
moslashtirilgan va A, V , G, va KD rusumli patronlar bilan ta’minlanadi. 
Nafas olish a’zolarini atrof-muhitdan butunlay ajratib qo’yish vositalariga shlangli 
gazniqoblar, kislorodli va havoli nafas olish apparatlari kiradi. 
Nafas olish a’zolarini yakka tartibda himoyalash vositalaridan ish mintaqasidagi havoda 
zararli moddalar miqdori yo’l qo’ysa bo’ladigan kontsentratsiyadan ko’p bo’lgan hollarda 
foydalanish kerak. Nafas olish a’zolarini himoyalash uchun filtrlovchi yoki ihotalovchi 
(germetiklangan) vositalardan foydalaniladi. 
Filtrlovchi vositalar nafas olinadigan havoni zararli aralashmalardan tozalaydi. Ular sanoat 
filtrlovchi  gazniqoblari  va  filtrlovchi  respiratorlarga  bo’linadi.  Sanoat  filtrlovchi  gazniqoblari 
nafas 
olish a’zolarini, shuningdek, ko’zlar va yuz terisini gaz, bug’lar va changdan himoyalaydi. 
Kuchli ta’sir etuvchi kimyoviy moddalar bilan ishlaganda sharoitga qarab-filtrlovchi, 
kislorodli-ihotalovchi yoki shlangli gazniqoblardan keng foydalanadailar. Filtrlovchi sanoat 
gazniqoblardan,  ish  joyi  havos  tarkibida  zaharli  moddalar  miqdori  16%  dan  oshganda 
aoydalaniladi. 
Shlangli  gazniqoblardan  esa,  kislorod  miqdori  tanqis  bo’lgan  joylarda,  atmosfera  havosida 
yuqori 
kontsentratsiyaga  ega  bo’lgan  zaharli kimyoviy  moddalar  bo’lganda,  ma’lum  chuqurlikda  toza 
havo 
yoki  bosim  oshgan  holatlarda  tozalangan  havo  etkazib  berish  uchun  va  havo  uzatiladigan 
shlangalar 
uzunligi  10  metrgacha  bolganda  maxsus  havoni  so’rib  oluvchi  va  10  metrdan  oshsa  havo 
majburiy 
haydaladigan xillari mavjuddir. Hozirda bu gazniqoblarni PSh-1, PSh-2 rusumlari mavjud. 
71 
1 2 3 4 
5 6 7 8 
5.3-rasm. Nafas olish a’zolari va yuz qismini ihotolovchi gazniqoblar turlari 
1-PPF – 95filtrli gazniqob; 2-PFSI-98 filtrli sanoat gazniqobi; 3-KIP-8 kislorodli ihotolovchi 
asbob; 4-KZU himoyalovchi universal patron; 5-PFM-1 gazniqobi; 6-GP-5 fuqaro gazniqobi; 7- 
PSh  rusumli  (20m  gacha)  shlangli  gazniqob;  8-  GDZK  rusumli  gaz-tutundan  himoyalovchi 
asbob 
5.10. Mashina, asbob-anjomlar, xonalar va ShHV larini zararsizlantirish 

Mineral o’g’it va pestitsidlardan bo’shagan idishlar, apparaturalar, mexanizmlar, uskuna va 
texnikalar, shuningdek pestitsidlar bilan ish olib borilgan xonalar, ishchilarning shaxsiy 
himoyalanish  vositalari  tozalanishi,  yuvilishi  va  zararsizlantirilishi  shart.  O’g’itlarni  sepish 
bo’yicha 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com

mashinalarning  ishchi  organlari,  hajmli  idishlar,  baklar,  kuzovlar  va  transport  vositalari  ishi 
tugashi 
zahoti tozalanadi va suv bilan (suyuq o’g’itlardan chiqqan idishlar issiq suv yoki bug’ bilan) 
yuviladi. 
Texnikalar ochiq, beton qilingan maydonlarda zararsizlantiriladi. Maydonlarning kattaligi 
6x12  m  dan  kam  bo’lmasligi,  yonlari  ko’tarilgan va oqova  suvlari yig’iladigan  hovuz  tomonga 
5°- 
7° qiyalikda,  yuvish  aralashmalarini tayyorlash uchun  ishlatiladigan  idishlar,  nasos,  shlanglar 
va 
boshqa qurilmalar bilan jihozlangan bo’lishi kerak. 
Xlor va fosfororganik birikmalar, yasama dinitrofenol va boshqa preparatlardan bo’shagan 
metall va shisha idishlarni zararsizlantirishda 5% li kaustik soda aralashmasi bilan 6-12 soat va 
pista  ko’mirning  eritmasida  12-24  soat  mobaynida  qayta-qayta  yuviladi.  Shu  preparatlar 
solingan 
qoplar 2%li kaltsiylashtirilgan soda aralashmasida 4-5 soat mobaynida ivitib qo’yiladi, so’ng 
siqiladi, sovunli aralashmada 30 daqiqa qaynatiladi va suvda chayiladi. 
Pestitsid va mineral o’g’itlardan bo’shagan idishlarda oziq-ovqat mahsulotlari, ichimlik suvi 
va yem saqlash mumkin emas. Korjomalar xlororganik moddalar bilan ifloslangan bo’lsa, 5% li 
sodali issiq eritmada 6 soat mobaynida ivitib qo’yiladi. Eritma uch marta o’zgartiriladi va 
aralashtirib  turiladi,  so’ng  soda-sovunli  aralashmada  yuviladi.  Agar  korjomalar  fosfororganik 
va 
boshqa pestitsidlar bilan ifloslansa, ularni 6-8 soat zararsizlantiriladi va 2-3 marta soda-sovunli 
issiq 
eritmada yuviladi. 
Rezina korjomalar, oyoq kiyim, qo’lqop, fartuklar 3-5% li kaltsiynatsiyalangan soda 
aralashmasi yoki xlorli ohak bo’tqasi bilan ishqalanadi va suvda yuvib tashlanadi. 
Gazniqob va respiratorlarning old tomonini dezinfektsiya qilishda, paxta tamponi spirtga 
botirib artiladi. Zararsizlantirish bo’yicha hamma ishlar ShHV qo’llash bilangina bajariladi. 
Kimyoviy moddadar bilan zaharlanishning oldini olishda ovqatlanish tartibi va tarkibi, 
72 
shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish, ovqatlanishdan oldin sovun bilan qo’l va yuzni yuvish, 
og’izni chayish muhim ahamiyatga ega. Organizm och qolganda toksik moddalar ancha oson 
shimiladi,  shuning  uchun  kimyoviy  preparatlar  bilan  ishlashdan  oldin  ovqatlanish  zarur,  shu 
qatorda 
suyuq  ovqat  (suyuqlik  organizmdan  zaharlarni  olib  chiqilishini  tezlashtiradi).  Ishdan  so’ng 
dushda 
yuvinish lozim. 
Kimyoviy moddalar bilan ishlayotganda ovqatlanish, chekish, suv ichish ruxsat etilmaydi. 
Dam olish va ovqatlanish maydonchalari, shuningdek mahsulotlarni saqlash va suv havzalari 
pestitsidlar bilan ishlov beriladigan joylardan 200 m uzoqlikda bo’lishi kerak. ShHVni tozalash 
va 
yechish ma’lum tartibda olib borilishi kerak. Rezina ko’lqop qo’ldan yechilmasdan oldin 3-5% li 
soda aralashmasida yuviladi va suvda chayiladi, so’ng etiklar yechiladi, kombinzon (yoki 
himoyalanish kostyumi), himoya ko’zoynagi, respirator (gazniqob), boshqatdan rezina qo’lqop 
zararsizlantiruvchi eritma va suvda yuviladi, so’ng ular yechiladi. Maxsus kiyimlar changdan 
tozalanadi, ochiq havoda 8-12 soat quritiladi va shamollatiladi. Barcha ShHV lari har bir 
jarayondan keyin zarasizlantirilishi shart. 
Nazorat uchun savollar. 
1. Zaharli moddalar deganda nimani tushunasiz? 
2. Qishloq xo’jaligida ishlatiladigan zaharli moddalar turlarini aytib bering. 
3. Pestitsidlar nima va qayerda ishlatiladi? 
4. Urug’larni dorilashdan maqsad nima? 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com

5. Tuproq va binolarga nima maqsadda ishlov beriladi? 
6. Yonilg’i moylash mahsulotlaridan foydalanishda xavflar turi ? 
7. Dezenfektsiyalovchi eritma turi, ishlatish maqsadi va uning me’yori. 
8. Dezinseksiya eritma turi va uning me’yori qancha? 
9. Dizenvatsiya eritma turi va uning me’yori deganda nimani tushunasiz? 
10. Deratizatsiyalovchi moddalar turi, jarayoni va uning me’yori? 
11. Kimyoviy moddalarni tashishda , saqlashda va tarqatishda qo’yilgan talablar. 
12. ShHV lari ishlatilishiga qarab necha turga bo’linadi? 
13. ShHV larni vazifalariga qarab guro’hlab bering. 
14. Nafas a’zolarining himoya vositalari turlarini aytib bering. 
15. Ko’zni himoyalovchi vositalar turlari va ularning vazifasi nimadan iborat? 
16. Quloqni shovqin ta’siridan himoyalash uchun vositalar turlari. 
17. Qo’l teri qatlamini himoyalash usullari va vositalari nima? 
18. Mashina, asbob anjomlarni zarasizlantirish tartibini aytib bering. 
19. ShHV larini zarasizlantirish qanday amalga oshiriladi? 
20. Zarasizlantirishga foydalaniladigan preparatlar turlari qaysilar? 
21. Zaharli kimyoviy moddalar bilan ishlaganda shaxsiy gigiyena qoidalari nimalardan iborat? 
73 

Download 0,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish