Sodiqov H.
(Co‘rsatilg an d issertasiy a, 152-bet.
’ O 's h a a s a r , 153-bet.
'
Palen K.K.
T aqdim nom a. 7-bet.
260
www.ziyouz.com kutubxonasi
Rus m a’muriyati mustamlakachilik nuqtai nazaridan kelib
chiqib, sud maslahatchilari ishtirokidan ataylab voz kechdilar.
Bundan tashqari, «mirovoy sudya» va uning yordamchilariga sud
tergovchilari vazifalari ham yuklandi. Bu yo‘sindagi sud islohotini
Turkistonda qo‘llash tub joy millat haq-huquqlarini oyoq osti qilib,
g ‘ururini poymol etishni imperiya adliya vaziri riyokorona tarzda
shunday ifodalaydi: «Yon bosish tarzida emas, balki davlat foyda-
sining zarur ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda ayrim chekla-
nishlar va o ‘zgarishlarga y o ‘1 qo‘yildi». Vazir oshkora tarzda
Turkistondagi sud islohoti imperiyada rad etilgan loyihaning
4-tahriridan olinganini va u «polisiya - sud ustavi», deb atalganini
tan olgan.
General Kaufman o'ziga o ‘xshash beshafqat mansabdor impe
riya harbiy vaziri graf Milyutinning yaqin maslaqdoshi va sirdoshi
edi. U 1876 yili Milyutinga y o ’llagan axborotida ochiqchasiga
mustamlaka istibdodini quchaytirish sababini yozgan. Kaufman
Rossiya va Angliya kabi nasroniy davlatlaming Osiyodagi maqsadi
mushtarak ekanligini alohida ta ’kidlab, «bu joyda bizning umumiy
dushmanlarimiz - musulmonlik va yow oyilikdir», degani va harbiy
vazirdan qattiqqo‘l siyosat o ‘tkazishda keng vakolatlar so‘ragani
ham tasodif emas. Xuddi shunday siyosatni podshohning yaqin
mulozimi, maxfiy maslahatchi F. Girs Turkiston o ‘lkasini boshqarish
tartibi haqida tuzgan qonun loyihasida ham aks ettirgan edi. Maxfiy
maslahatchi aslzoda rus zodagonlari, harbiylari va mustamlaka
apparatida ishlab boy tajriba orttirgan amaldorlardan iborat Dasht
komissiyasiga (1865-1867) rahbarlik qilib, Turkiston o ‘lkasida
qanday mustamlaka tuzumini o ‘matish haqida imperatorga o ‘z
mulohazalari bitilgan loyihani y o ‘llagan va rus imperatori Alek
sandr II (1856-1881) bu loyihani « 0 ‘rta Osiyodagi mulklami
o'zlashtirish bo‘yicha maxsus Q o‘mita» diqqatiga havola qilgan edi.
Maxsus qo'mitadagi m o‘’tabar zotlar Dasht komissiyasining
Turkiston xalqlariga bergan ta ’rifiga to ‘la-to‘kis qo‘shilib, uni
qizg‘in q o ‘llab-quvvatladilar. Dasht komissiyasi jahonga Xorazmiy,
Farg‘oniy, Ibn Sino, Beruniy, Yassaviy, Buxoriy, Termiziy, Amir
Temur, U lug‘bek, Navoiy, Bobur kabi jahon tan olgan buyuk siymolami
bergan ahli Turkistonni «juda quyi aqliy taraqqiyot bosqichida»,
bu xalqlar «huquq, m a’muriyat, qonun nimaligini bilmaydi, uning
zarariga xizmat qiladi»1, degan xulosaga kelgan edilar.
Birinchi ms inqilobi (1905-1907) natijasida Rossiyada ilk bor
parlament - Davlat Dumasining tashkil topgani va unga Turkistondan
' 0 ‘zR M D A , 1-jam g‘a n n a , 2 5 -ro ‘yxat, 89-ish. 156-varaq.
261
www.ziyouz.com kutubxonasi
noiblar saylash zarurati tug‘ilganda ham siyosiy huquqlar poymol
qilindi. Imperiya qonun chiqaruvchi organida Turkistondan ishtirok
etuvchilar aholining qanday tabaqalaridan, xususan, rus va musul
mon qismidan qay tartibda saylanishi masalasini hal qilish uchun
«maxsus saylov» idorasi ta ’sis etildi.
Saylovlarda rus elementini musulmonlar soni bosib ketmasligi
choralari ko‘rildi. Toshkent shahar dumasi noiblari imperatorga
yo‘llagan petisiyalarida ana shunday g ‘oya ilgari surilgan edi.
Ular Davlat Dumasida Turkistonning rus va tub yerli aholisidan
alohida ayrim vakillar saylanishini so‘rashgan. «Agar saylov
asosiga saylovchilaming soni olinganday b o ‘lsa, o ‘lkani o‘zlashtirib
madaniylashtirayotgan rus aholisi vakilsiz qoladi, - deb yozishgan
edi noiblar 1905 yil 28 iyulda yo‘llagan petisiyasida, - chunki
yerli aholi o ‘z sonining ustunligi bilan uni bosib ketadi. Holbuki,
o ‘lka rus kapita-listlari tufayli boyimoqda, bu yerga rus aholisi ilm
va texnika samaralarini olib kelmoqda, o ‘lkaga rus kolonizasiyasi
to ‘lqini yo‘naltirilmoqda, hokimiyat va madaniyat vakillari ham
erli aholiga mansub emas. Shuning uchun ham adolat va taraqqiyot
nuqtai nazaridan Davlat Dumasiga Turkiston aholisidan vakillik ay
rim holda yerlilardan, b a’zi hollarda rus aholisidan b o ‘lishi kerak»1.
1905
yil 11 dekabrdagi saylov qonuniga k o ‘ra, barcha xotin-
qizlar, ikki million ishchi, harbiy xizmatchi, o'quvchilar, 25 yoshdan
kichiklar saylov huquqidan mahrum qilindi. «Turkistondagi saylov
qoidalari loyihasi» mulkdor tabaqalar va mahalliy m a’muriyat
manfaatlarini o ‘zida mujassam etgan edi.
Turkistondagi saylovlarda rus va umuman mahalliy aholi
bo‘lmaganlar, saylovchilar sonidan qat’i nazar, har besh viloyatdan
bittadan, Toshkentdan va Yettisuvdagi kazak qo’shinidan, hammasi
bo‘lib 7 deputatni, tub yerli aholi esa har viloyatdan va Toshkent
dan - jam i 6 noib yuboradigan bo'ldi. Har bir rus noibiga o ‘rtacha
46 ming, o ‘zbek noibiga esa 96 ming saylovchi to ‘g ‘ri keldi. Shu
tariqa mahalliy aholi rus elementini bosib ketmasligi uchun m a
halliy aholining Dumadagi vakilligi ruslarga qaraganda bir necha
barobar kam b o ‘Idi.
Imperatoming 1907 yil 3 iyundagi II Davlat Dumasini tarqatib
yuborish haqidagi farmoni ham buyuk rus shovinizmini kuchay-
tirishga turtki berdi. Stolipin tarafidan yozilgan farmonda «Davlat
Dumasi ruhan ms bo‘lishi, boshqalar esa sof rus masalalarini hal
qilishda zinhor hakam b o ‘lmasliklari» alohida uqtirib o ‘tildi. Tur
kiston o ‘lkasini atroflicha o ‘rganib, mslashtirish siyosatini ku-
0 ‘zR M D A , 17-jam g‘arm a, 1-ro‘yxat, 22654-ish, 12-16-varaqlar.
262
www.ziyouz.com kutubxonasi
chaytirish maqsadida o ik a g a yuborilgan graf K.K.Palenga ana
shunday vazifa yuklatilib, Turkiston o ik a si uchun yangi qonun
nizomi uchun zarur materiallar to‘plash buyurilgani ham bejiz
emas edi. Yuqorida aytib o'tilganidek, chorizm 1908 yilning yozida
Turkistonga yo‘llagan alohida jandarmlar korpusi qo‘mondoni,
general-mayor baron Taube milliy-ozodlik harakati va inqilobiy
voqealar ishtirokchilariga nisbatan nihoyatda shafqatsiz bo‘lishni
ta ’kidlab, sudlardan ularga faqat o iim jazosini berishni talab qildi.
Baron Taube «Turkistonda dor qurish uchun xazinadan hech qanday
sarf-xarajatlar bo‘lmasligini» uqtirib, dor o ‘mini «qayrag‘ochlar
bajaradi»1, degan. Mirshablarga jangovar o ‘klami osmonga emas,
balki to‘g ‘ridan-to‘g ‘ri olomonga qarata otish huquqidan foydala-
nishga rasman ijozat qilindi.
Turkiston m a’muriyatiga mahalliy aholiga nisbatan qo‘llani-
ladi-gan jazo choralarini rus ishchi-dehqonlariga ham qo‘llash
huquqi berildi. Davlat nazoratchisi, stats-sekretar (maxfiy kotib)
P.A. Xaritonov raisligida o ‘tgan va Turkiston o ‘lka boshqaruvini
o ‘zga asoslarda tubdan qayta qurishga bag‘ishlangan oliy amaldorlar
kengashida (1911) Turkiston general-gubematori A.V.Samsonov
general-gubemator hokimiyatini «imperator hazrati oliylarining
Kavkazdagi noibi hokimiyati kabi asosga yaqinlashtirishni talab
qildi. Bu talabni Turkiston o ‘lkasini 1908-1910 yillar davomida
atroflicha taftish qilib, o ‘lkaning yangi nizomi uchun boy materiallar
to ‘plab qaytgan senator graf К. K. Palen ham qo‘llab-quwatladi.
Uning taftish materiallari va imperator hukmiga havola etgan
taqdimnomasida chorizm idorasini mustahkamlash, «Turkiston
general-gubematorligi m a’muriy-polisiya amaldorlariga o ‘zlariga
qarashli aholiga uncha ahamiyatli bo‘lmagan xatti-harakatlari uchun
qo‘llanadigan jazo berish huquqlarini yanada kengaytirish»2 taklif
qilingan edi. Palenning fikricha, bu chora «mahalliy turmushni
to ‘g ‘ri yo‘lga solish uchun zarurdir». Senator Turkiston shaharlarida
mustaqil polisiya boshqarmalari, Toshkentda ober-polismeyster
lavozimini joriy etish va o ‘lkadagi mirshab-polisiya xizmatchilari
sonini ko‘paytirishni ham taklif qildi. U Turkistonda inqilobiy
harakatga rahna solish uchun va «Evropa Rossiyasidan yopirilib
kelayotgan proletariat va agrar g ‘alayonlar yuz bergan gubemalar-
dan ko‘chib kelayotgan dehqonlaming zararli ta ’sirini» kesish
uchun Turkiston general-gubematorligida tuman polisiyasi mahka-
masini tuzish g ‘oyasini ilgari surdi3. G raf Palenning fikrlari imperiya
1 O 'z R M D A , 1-jam g‘arm a, 3 1-ro‘yxat, 567-ish, 36-varaq.
Do'stlaringiz bilan baham: |