Eragshev F., Abdurahimova N.. Suguralieva F.
T urkistonda m ustam laka
m o liy a -x o 'ja lik idoralari tizm i. Toshkent, «A k ad em iy a» , 2008, 50-bet.
J Bu m avzu b o 'y ic h a 5 -p arag rafd a alohida hikova qilin ad iy u m ualliflar izohi.
280
www.ziyouz.com kutubxonasi
belgilandi. Paxta tozalash, jun, yog‘ sanoatida mavsumiy mehnat
ommalashgan edi. Korxonalar hajmining kichikligi, texnika ta ’mi-
notining zaifligi doimiy ishchi kadrlar paydo bo‘lishini sekinlash-
tirdi. Doimiy ishchi kadrlar avvalo kon qazish sanoatida va temir yo‘1
qunlishida ko‘proq vujudga keldi. 1912 yilda Sirdaryo, Farg'ona va
Samarqand viloyatlarida jam i ishchilar 1904 kishini tashkil qildi.
O 'lka sanoat korxonalarida mehnat sharoiti nihoyatda og’ir
bo‘lib, mehnatni muhofaza qilishga mutlaqo e ’tibor berilmagan.
Fabrika mexaniklaridan birining xabariga ko ‘ra, 1907 yilning
iyulida «Katta Yaroslavl manufakturasi» shirkati zavodlarida o'zbek
ishchilaridan 18 kishi shikastlangan. Ulardan 12 kishi mutlaqo ishga
yaroqsiz b o iib qolgan. 1906 yilda «Chimyon» neft konlarida 53
kishi mayib bo'lgan. Shikast topganlarning ko'plari mahalliy millat
vakillari edi. Birgina 1911 yilning o ‘zida 0 ‘rta Osiyo temir y o lid a
2938 baxtsiz hodisa ro‘y bergan. Ishchilami sug‘o‘rta qilish esa
korxonalaming ayrimlaridagina mavjud edi, xolos. Zavod, fabrika va
shaxtalaming egalari k o ‘p hollarda baxtsiz hollar ro ‘y berganligini
yashirishar yoki ularning sonini ataylab kamaytirib ko'rsatishgan.
Ishchilar safida xotin-qizlar ham bo‘lgani haqida m a’lumotlar
bor. 0 ‘zbek ayollaridan asosan sanoatning pilla quritish va qurt urug‘i
olish tarmoqlarida foydalanilgan. Pilla quritish fabrikalarida ayollar
56,5 foizni tashkil qilgan. Xullas, 1914 yilda o lk an in g fabrika-zavod
sanoatida 3672 ayol, shu jumladan, 2417 o'zbek ayoli ishlagan.
Kapitalistlar qurilish ishlarida arzon ishchi kuchiga ehtiyoj
sezgan. Shuning uchun ham podshoh m a’muriyati o lk a g a chet el
fuqarolarining ish izlab kelishiga to‘sqinlik qilmagan. Farg‘ona
vodiysiga faqat Koshg‘ardan 1904 yili 14556 kishi, 1905 yili 13337
kishi, 1907 yili 25056 kishi, 1909 yili 12725 kishi, 1911 yili 26463
kishi, 1912 yili 27174 kishi ishlash uchun kelgan1. A fg‘oniston,
Eron, Sharqiy Turkistondan ish qidirib kelgan kishilar pasportsiz
yashab amalda huquqsiz b o iib qolgan edilar. Ular qishloq xo‘jalik
mahsulotlarini qayta ishlash korxonalarida. konlar va shaxtalarda,
qurilishlarda va temir y o ld a qora ishchi b o iib ishlar edilar.
Shunday qilib, o ik a hududida mahalliy va rus ishchilari bilan
bir qatorda qo‘shni mamlakatlardan ish qidirib kelgan kishilar ham
b o iib , ular ishchi malakasiga ega bolishm agan.
1914
yilda o ‘tkazilgan taftish natijasiga ko‘ra, sanoat ishchilari-
ning umumiy soni 49,5 ming kishi b o iib , ulardan 25,5 ming kishi,
1
Юфиров В.И.
Труд хлопковы х хозяйств Т уркестана. С П б, 1914, стр.
2 2 -2 3 .
281
www.ziyouz.com kutubxonasi
y a ’ni 51 foizi sanoatda, qolgan 24,4 ming kishi esa (49 foiz) temir
y o id a va tem iryo‘l ustaxonalaridaishlagan. Rossiya mustamlakachilik
siyosatining asosini avvalambor rus kapitalizmining iqtisodiy
manfaatlarini himoyalash va ehtiyojlarini qondirish muammolarini
hal qilish tashkil qilgan.
Yuqorida aytilganidek, Rossiya kapitalizmi uchun Turkiston
arzon xom ashyo manbai sifatida muhim ahamiyatga ega edi.
Turkiston bilan Rossiya o'rtasida temir y o ‘1 aloqasining o ‘matilishi
dehqon xo‘jaligining Umumrossiya bozori tasarrufiga tortilishini
tezlashtirdi. XIX asming oxirgi choragidan o ‘lka qishloq xo‘jaligida
sanoat uchun paxta yetishtirish bilan bog‘liq b o ‘lgan katta o ‘zga-
rishlar davri boshlandi. Paxtachilikning dastlabki ta’siri ikki y o ‘na-
lishda namoyon bo‘ldi. Birinchisi, paxta maydonlari bug‘doy
ekiladigan, sug‘oriladigan yerlar hisobiga kengaytirildi. Ikkinchisi,
avval asosan o ‘z x o ‘jaligining ehtiyojini qondirish uchun paxta
ekadigan dehqon so‘ngra bozor uchun mahsulot yetishtirish bilan
shug‘ullana boshladi. Chunki mavjud sharoitda paxtaga ixtisosla-
shish, uni bozorga sotish iqtisodiy jihatdan foydaliroq bo‘lib qoldi.
Turkistonda dehqon xo‘jaligining bozor munosabatlariga mosla-
shish sur‘atlari G 'arbiy Yevropaga nisbatan nihoyatda kam vaqtni
talab qildi.
Paxtachilikning yil sayin kengayishi natijasida XX asming
birinchi o ‘n yilligida Turkiston qishloq xo‘jaligi bozor munosabatlari
ustivorligi sharoitida dastlabki iqtisodiy tanglikka uchradi. Uning
kelib chiqish sababi asosan mayda dehqonchilik xo‘jaligining mo-
liyaviy qiyinchiliklarga duch kelishida edi.
Evropada dehqon xo‘jaligining bozor munosabatlaridagi ish-
tiroki yer maydonining yiriklashuvi bilan kengayib bordi. Turkis
tonda esa, bozorga chiqariladigan mahsulot mayda dehqon xo‘jali-
gida umumiy maxsulotning 95 foizini, o ‘rta xo‘jalikda 80 foizini,
yirik xo ‘jaliklarda 61,1 foizini tashkil qiigan. Oilasining ehtiyojlarini
qoplash bosh maqsad b o ‘lgan mayda dehqon x o ‘jaligi mahsulotni
ishlab chiqarishga sarflanadigan mehnat evaziga umumiy daromadni
oshirishga intilardi. Paxta yetishtiriladigan xo‘jaliklarda mavsum
davomida tirikchilik o ‘tkazish uchun m ablag‘ zam r edi. Oddiy deh
qon son-sanoqsiz banklar va firmalar xizmatidan foydalana olmasdi,
chunki uning olinadigan qarz uchun garovga qo‘yadigan mol-mulki
y o ‘q edi. G ‘arbiy Yevropada dehqon xo‘jaligi, buni emi garovga
qo‘yish bilan hal qilgan b o ‘lsa, Turkistonda yemi garovga qo‘yish
shariat qoidalariga to ‘g ‘ri kelmas edi. Bu hoi, bir tomondan, yeming
qo‘ldan-qo‘lga o ‘tishini m a’lum darajada chegaralagan b o isa-d a,
282
www.ziyouz.com kutubxonasi
ikkinchi tomondan, dehqon xo‘jaligini rivojlantirish uchun uzoq
muddatli kredit olishdan maxrum qilingan. Paxtachilikdan katta foyda
oladigan firmalar dehqonlar bilan bevosita munosabatlardan voz
kechib, ularga kafolat beruvchi vositachilar va dallollar xizmatidan
foydalanishni afzal ko‘rdilar. Shu tariqa Turkistonda bunoq tizimi
shakllanib, mahsulot yetkazish bilan b o g iiq b o ‘lgan sudxo‘rlik
yuzaga keldi. Banklar va firmalar bilan dehqonlar o ‘rtasidagi vosi-
tachilik misli ko‘rilmagan foyda ko‘rish sohasiga aylandi. Vosita
chilar 10 foiz atrofidagi badalga olingan m ablag‘ni dehqonlarga 4 0 -
60 foiz ustama bilan yetkazadigan boiishdi.
Nihoyatda katta foizlar hisobiga qarz oladigan dehqon hosil
yaxshi bitsa qarzini uza olar, aks holda, u tobora k o ‘payib borar edi.
Bu hoi paxtachilikning, umuman qishloq xo‘jaligining rivojlanishiga
to ‘sqinlik qildi. Vujudga kelgan sharoitda dehqonni imtiyozli kredit
bilan ta’minlash podsho hukumati tomonidan yagona y o ‘1 deb topildi
va Turkistonda kredit kooperasiyasini joriy etishga qaror qilindi.
Podsho xukumati uzoq vaqt kooperativ xarakterdagi tashkilot-
lami tuzish uchun aholining umumiy huquqiy rivojlanishi yetarli
darajada emas, degan uydirma asosida qarz beruvchi shirkatlami
tuzishga ruhsat bermadi.
Chor hukumati bozor munosabatlari sharoitida shakllangan,
o ‘z-o‘zini iqtisodiy himoya qilish asosidagi kooperasiya tizimini
o ik a d a o ‘z manfaatlarini himoyalash ta’siridagina tadbiq qilgan.
Lekin insoniyat taraqqiyoti jarayonida vujudga kelgan ijtimoiy
faoliyatning kooperativ shakli oikam izda azaldan mavjud b o ig an .
Xususan, olimlar sharqdagi suv inshootlarini o ‘rganar ekanlar, bu
yerda qadim zamonlardayoq oddiy kooperasiya shakllanganini asos-
lashgan. Masalan, shariat sheriklikning to ‘rt turini huquqiy tomon
dan asoslab bergan. Birinchisi, «muvafazo», y a ’ni topshirishda
sheriklik; ikkinchisi - «shirkati aynan» - ishni sherikchilik asosida
yuritish; uchinchisi - «shirkati tahabbul» - bir turli hunami birga
qo‘shib bajarish; to ilin ch isi - «shirkati vujuh» - sherik b o iib mol
olib sotish.
Turkistonda kooperasiya harakatining paydo b o iish i to ‘g ‘risi-
da manbalarda turlicha sanalar keltiriladi. Rasmiy ravishda imperiya
ro ‘yxatidan o'tgan birinchi kredit shirkati o ‘z faoliyatini 1907 yil 6
mayda Q o‘qonda boshlagan, Turkistonda esa kredit kooperasiyasi-
ning tarixini 1909 yildan boshlangan deb hisoblash m um kin1.
1 Bu m avzuga oid m a 'lu m o tla r tadqiqotchi J. M irzaev to m onidan tayyor-
langan.
283
www.ziyouz.com kutubxonasi
Kooperasiya tamoyillari asosida ish yuritadigan mayda kredit
tashkilotlari tuzish masalasi esa Turkistonda asr boshidayoq k o ‘taril-
gan edi. Lekin bu masala bilan chor hukumati 1907-1908 yillarda
paxta hosilining kamayishi natijasidagina keng k o ia m d a shug‘ul-
lana boshladi. 1909 yilda Davlat bankining mayda kredit boshqar-
masi vakili V.V.Krainskiy o'lka bilan tanishish uchun Peterburgdan
Turkistonga keldi. Rossiyaning biron joyida Turkistonning Farg‘ona,
Samarqand va Sirdaryo viloyatlaridek, aholining tashabbusiga
tayangan holda, shirkatlar tuzish uchun sharoit yo‘q, degan xulosaga
keldi. Shundan keyin Davlat bankining Toshkent, Samarqand,
Ashxobod bo'lim larida maxsus inspektorlar tayinlandi. Mahalliy
tillami va urf-odatlami biladigan bunday inspektorlar aholiga
kredit shirkatlarining tuzilishi va ularning faoliyati to 'g ‘risidagi
m a’lumotlami tarqatdilar.
Rossiyada kooperativ tashkilotlaming faoliyatini tuzuvchilar
mayda Kredit boshqarmasiga murojaatnoma yuborishar, boshqanua
ruhsat bergach, gubernatorlar qoshidagi q o ‘mitalar va mayda kredit
(boshqanna) inspektori nazoratida tashkiliy ishlar boshlanar edi.
Odatda, shirkatning ochilishi quyidagicha amalga oshirilgan: ruhsat
olingach, inspektor kooperativni ta ’sis etuvchilami to ‘plab, b o ‘lajak
ishlarga umumiy javobgarlik to'g'risidagi ahdnomaga qo‘l qo‘ydir-
gan. Umumiy yig‘ilishda rais, odatda, inspektor, shirkat bosh-
qarmasining maxsus nazorati yig'inining uch a ’zosi ham saylangan.
Yig‘ilish boshqarmaga ajratiladigan m ablag1 va shirkat tomonidan
beriladigan qarzning foizini belgilagan. Shundan so‘ng boshqarma
va maxsus y igin n in g qo‘shma majlisi rais o ‘rinbosari, soqchi,
pul tarqatuvchini tayinlagan. Davlat bankasidan qarz olingan kun
shirkat faoliyati boshlangan kun hisoblanar edi. Qarz maxsus ro ‘yxat
bo'yicha faqat xo‘jalik yuritish bilan bog'liq bo‘lgan xarajatlarga
6-9 oy muddat bilan berilgan. Boshqarma a'zolarining mablag'dan
qanday foydalanayotganligi kuzatib borilgan, buning uchun ular
inspeksiya oldida javob bergan. Boshqanna maxsus y ig ln in in g oy-
lik majlislarida, kundalik umumiy yig‘ilishlarida shirkat hayotining
muhim masalalari hal qilingan.
Dastlabki paytlarda shirkatlarda foydasini darhol tushunib olgan
o ‘ziga to ‘q aholi ko‘pchilikni tashkil qildi. Qashshoq, hokimiyat va
boylar ta ’siridagi dehqon ham qanday qilib bo‘lsa-da, shirkatga a ’zo
b o ‘lish va tezroq qarz olishga intilar edi. Shuning uchun shirkatni
boshqarish ishlari rahbariyatga topshirib qo‘yildi. M ablag‘ birinchi
navbatda rahbarlarga, ularning qarindosh-urug‘iga va yaqinlariga
berildi. B a'zi shirkatlarda ota-bolalar, xo'jayin va uning xizmatehilari
284
www.ziyouz.com kutubxonasi
a ’zo b o iish hollari uchradi. Mazkur kamchiliklarga qaramasdan,
shirkatlarga a ’zo bo'lish dehqon uchun foydali edi. Chunki sudxo'rdan
40-100 foizli qarz olgandan ko'ra, shirkatdan 12 foizli qarz olish qulay
edi. Turkiston shirkatlarining o'ziga xos xususiyati shundaki, ular
asosan davlat m ablagiariga tayanar edilar. 1913 yilda butun Imperiya
bo'yicha har bir shirkatchiga 80 rubl berilgan b o is a , shundan davlat
tarafidan Rossiyada 17 rubl, Turkistonda 64 rubl kredit ajratilgan.
Buning sababi, birinchidan, aholining kam bag‘alligi, ikkinchidan,
ortiqcha mablag'i bo'lganlar pulm shirkatga a ’zo bo'lm agan deh
qonlarga berib, buning evaziga katta foyda ko‘rar edilar.
Shirkat ish boshlagan qishloqda so'dxo'rlardan qarz olish shart-
lari ham o ‘zgargan. Masalan, Q o'qon tumanidagi Novhat shirkati
tashkil topgan (1912 yil) paytda qishloqda 1000 ruldan 3000 rubl-
gacha b o ig a n m ablag'i bo'lgan 20 sudxo‘r mavjud edi. Bir yildan
keyin ular 5 kishiga kamaygan b o isa , 1915 yilda birorta ham sudxo‘r
qolmagan. Samarqand viloyat K attaqo'rg'on tumanidagi Payshanba
qishlog'ida shirkat tuzilmasdan oldin sudxo‘r 40-50 foiz foyda bilan
qarz bersa, keyinchalik bu 15-25 foiz bilan cheklanadigan b o id i.
Shirkatlarda kam bag'allar soni asta-sekin oshib bordi. 1913
yidda Farg'ona viloyat Skobelev tumanidagi 26 shirkatda o'tkazil-
gan tekshirishga ko'ra, 7704 dehqon 92683 tanob, o'rtacha 12
tanobdan erga ega edi. Tadqiqotlarga k o ia , Turkistonning Samar-
qanddan tashqari barcha viloyatlarida shirkat a ’zolarining yeri unga
aloqasi boim agan dehqonlar yeriga nisbatan kam b oigan. Buning
ustiga shirkatlardan boylami quvish hollari ham b o ig an . Masalan,
Samarqand viloyatida 1917 yilda 38 shirkatdan 310 kishi boy sifatida
chetlatilgan.
Sho'rolar davrida amalga oshirilgan ayrim tadqiqotlarda shirkat
a ’zolarining asosiy qismini Rossiyadan ko‘chib keluvchilar tashkil
qilgan, degan noto'g'ri m a iu m o t berilgan. 1914 yilda Turkistonda
faoliyat koisatg an 517 shirkatdan 70 tasimng milliy tarkibi ruslardan
yoki aralash aholidan iborat bo ig an . Shulardan 35 tasi Yettisuv, 14
tasi Sirdaryo viloyatining Chemyaev tumanida joylashgan edi.
Samarqand viloyati bo‘yicha to iiq saqlanib qolgan m aium ot-
larga ko'ra, 1917 yilga kelib, hududdagi 151 shirkatning 43048
a ’zosidan 3 shirkatda 300 rus millatiga mansub a'zo bo'lgan.
1913
yildan shirkatlar vositachilik faoliyatini boshladi. Masalan,
shu yili Samarqand viloyatidagi «Sherqo'rg'on» kredit shirkati o'zi-
ning a ’zolari uchun Moskvada 2700 pud chigitni (har pudini 65
tiyindan) sotib oldi. Mahalliy bozorlarda esa bir pud chigit odatda 90
tiyin - 1 rubl atrofidagi narxda sotilar edi. Turkistondagi vositachilik
285
www.ziyouz.com kutubxonasi
shirkatlari o ‘z a ’zolarini urug‘, mehnat qurollari, kundalik ehtiyoj
mollari bilan ta ’minlashdan to yetishtirilgan mahsulotni jam oa
asosida sotishgacha bo‘lgan ishlami o ‘z zimmasiga oldi. Kredit koo-
perasiyasining yutug‘i sifatida b a’zi shirkatlaming paxta zavodlarini
ijaraga olib, paxta tozalash bilan ham shug‘ullanganligini aytib o ‘tish
kerak. Keyinchalik kredit kooperasiyasi aholini oziq-ovqat bilan
ta ’minlashni y o ig a q o ‘yib, matlubot kooperasiyasi vazifasini ham
bajargan.
Shirkatlar Toshkentda hunarmandlami, Q o'qon, Andijon, Sko-
belev (Farg‘ona) shaharlarida izvoshchilami birlashtirdi. Xususan,
1917 yilga kelib, Toshkentning eski shahar qismida Beshyog‘och
shirkati 257 kishini, Qo^shtut shirkati - 223 kishini, K o‘kmachit
shirkati - 259 kishini, Chorsu shirkati - 129 kishini, Rovot shirka
ti - 84 kishini, Sebzor shirkati - 265 kishini, Hasanboy shirkati -
96 kishini o ‘ziga birlashtirdi. Barcha shirkatlar shahar hunarmand-
lariga tegishli edi.
Shirkatlaming tez k o ‘payib borishi kadrlar tayyorlash zamratini
paydo qildi. 1913 yildan ishchilar uchun kuz va qish oylarida
hisobchilar tayyorlovchi kurslar ochilib, mahalliy tillarda birinchi
qo‘llanmalar paydo b o kldi. Dastlabki kurslami Samarqandda
185 kishi, Toshkentda — 52 kishi, Farg‘ona vodiysida - 100 kishi
bitirdi. Hujjatlar shuni k o ‘rsatadiki, kurslarda o ‘qishni xohlovchilar
talabalardan ko‘proq b o ‘ldi. Andijonda barcha shirkatlar o ‘z
hisoblaridan kurslarda foydalanish uchun kinoapparat sotib olishga
3 -8 rubldan pul yig‘ishgan.
1910 yilda Turkistonda 46 shirkatning 5288 a ’zosi 178800 mblni,
1914 yilda 512 shirkatning 129910 a ’zosi 9.780551 mblni, 1917
yilda 846 shirkatning 231405 a ’zosi 43.655531 mblni o ‘zlashtirdi.
1910-1917 yillarda shirkatlar soni 18 marta, a ’zolar soni 43 marta,
m ablag‘lar hajmi 243 marta ko'paydi.
1910-1917 yillar mobaynida shirkatlar soni 18 barobar (46 dan
846 ga), a ’zolar soni 43 barobar (5288 dan 231405 ga), moliyaviy
hissasi 243 barobar (178800 mbddan 43.655531 mblgacha) o ‘sdi.
Shunday qilib xo‘jalik yuritishning kooperativ shakli shaxsiy,
jam oa va ijtimoiy manfaatlarni birga qo‘shishning mukammal uslubi
sifatida XX asr boshida Turkistondagi iqtisodiy munosabatlaming
muhim qismiga aylandi. Mayda dehqon xo‘jaligining an ’anaviy
faoliyati saqlangan holda, bozor munosabatlari keltirib chiqargan
muammolar kooperasiya orqali hal qilindi. Bozor munosabati
taraqqiyoti darajasi bilan kooperativ tashkilotlar faoliyatining
xususiyatlari o ‘rtasida chambarchas bog‘liqlik namoyon b o id i.
286
www.ziyouz.com kutubxonasi
Rus kapitalistlari sanoat mahsulotlarini sotish bozori hamda
xom ashyo manbai bo'lgan Turkistondagi ishlab chiqarish jarayoniga
boshda faol ishtirok etishdan o'zlarini chetga oldilar. Yirik sanoat
firmalaridan bir yilga veksel sifatida qarz olgan rus ulgurj i savdogarlari
ushbu firmalaming mahsulotlarini Turkistonda Rossiyadagi narxidan
bir necha barobar qimmatiga sotardilar. Mahalliy savdogarlar har
kungi savdodan tushgan mablag'ni rus savdogarlariga berar, qar-
zining qolgan qismi uchun esa ustama haq to 'lar edilar. Rus ulgurj i
savdogarlari Turkistonda sotilgan mahsulotlarining puliga ipak, teri,
paxta, quruq meva sotib olar va ularni Rossiyaga jo 'n atar edilar.
Rossiyaning yirik savdo koigazm alarida tuzilgan savdo bitim-
lari 0 ‘rta Osiyoning Rossiya bilan iqtisodiy munosabatlarida alohida
o'rin tutar edi. Bunda Nijegorod yarmarkasining roli katta bo'lgan.
Mahalliy sarmoya rus kapitali tomonidan tainomila siqib qo‘yilgan.
Sanoat mahsulotlari va paxtadan boshqa xom ashyolami chetga
chiqarishda esa mahalliy kapital sezilarli o'rin tutgan. Mamlakat
ichida chakana savdo qilish jabhasi to'la mahalliy savdogarlar qo'lida
edi. Rossiyaning savdo-sotiq sohasidagi siyosati savdo markazla-
ridan biri bo'lgan Q o'qon misolida to'la namoyon bo'ladi. Farg'ona
viloyat boshqannasi 1876 yilning 7 martida viloyatning hamma
shahar va tumanlari uchun umumiy zakot to'lash tartibini o'm atdi.
Viloyatdagi hamma mahalliy savdogarlar yillik savdo-sotiq muo-
malasida bo'lgan kapitallarining 2,2% miqdorida zakot berishi va
zakot boshqarm asini o'zlarin in g boyliklari ham da savdo xususidagi
ishlari haqida muntazam xabardor qilib turishlari shart edi. Mazkur
qonunni buzuvchilar esa o'zlariga qarashli umumiy boylikning 1/10
miqdorida jarim a to'laganlar.
1877 yilning 1 iyunida Farg'ona viloyatida «Savdo-sotiq va
boj haqida»gi qonunga amal qilina boshlandi. Bu qonunni ishlab
chiqishda «Savdo-sotiq bilan shug‘ullanish huquqi» haqidagi 1865
yil 9 fevralda qabul qilingan Umumrossiya qonuni asos qilib olingan
b o ‘lib, u Farg'ona shaharlarining savdo-sotiq sohasidagi faoliyatida
katta voqea bo'lgan edi.
Q o'qon shahar boshqarmasining 1877 yil 18 fevralda viloyat
boshqarmasiga bergan hisobotida shaharda 517 davlat, 1817 xususiy
do'kon borligi qayd etilgan1. Ushbu xujjatda ta’kidlanishicha, 1877
yilning yanvarigacha chorva bilan savdo-sotiq qilishdan tushgan boj
1164 mbl, choydan - 29126, ijaradagi davlat do'konlaridan - 4393,
ipakdan - 7370, bug'doydan - 4203, boshqa mahsulotlardan - 18971
1 O 'z R M D A , 19-jam g‘arm a. 1 -ro'yxat, 10472-ish, 17-varaq.
287
www.ziyouz.com kutubxonasi
rubldan iborat b o ig an . Shahardagi hamma do'konlar soni 2006 taga
yetgan, tuman qishloqlaridan - 218 ta, davlat do‘konlaridan - 891
ta, savdo rastalari va 6 ta karvonsaroydan tushgan boj 11350 rublni
tashkil qilgan1. Tuman boshligining hisobotida 1876 yilda chetdan
keltirilgan mollardan 27945 rubl, chetga chiqariladigan mollardan
27945 rubl y ig ib olingani ko'rsatilgan2.
Tumanning Beshariq, Konibodom, Oltiariq, Rishton, Buvayda,
Isfara, Yaypan, Kudash va Ultanna kabi qishloqlaridagi mustaqil
bozorlardan 6745 rubl miqdorida boj undirilgan. 1876 yilning 1
aprelidan 1877 yilning 1 yanvarigacha Qo'qondan umumiy miq-
dori 5517555 rubl 94 tiyinlik mol chetga chiqarilgan va boshqa
shaharlardan 139039 rubl 80 tiyinlik mol keltirilgan3. Odatda,
Q o'qondan boshqa shaharlarga pilla, ipak. gazmol, mato, teri, paxta
va qog'oz mahsulotlari, jun, tamaki, etik, chopon kabi 62 xil mol
chiqarilgan b o is a , oyna, ip. billur, choy, bo'yoq, qand, gugurt, temir,
p o ia t kabi 77 turdagi mol chetdan keltirilgan. Chetdan keltiriladi
gan mollar orasida Eron, Xitoy, Hindiston va Evropa mamlakatlari-
ning mahsulotlari kam uchrab, bu asosan Rossiya mollaridan iborat
bo'lgan. Q o'qon savdogarlari xonlikning boshqa shaharlari va
Rossiyaga, odatda, Sharqqa xos mollar jo'natishgan. 1877 yilda
Q o'qonning yillik savdo muomalasida chetdan keltirilgan mollar
2194683 rubldan iborat b o ig a n b o isa , chetga jo'natilgan mollar
miqdori 1540179 rublni tashkil etgan. Shu yili chetdan keltirilgan
mollardan 411639 rubl, chetga sotilganlaridan esa 322938 rubl miq
dorida boj undirilgan4. Q o'qonning Buxoro, Samarqand, Toshkent,
O ia te p a va X o'jand bilan bo'lgan savdo-sotiq ishlarida chetdan
keltirilgan ko'k choy, trikotaj, chit, nil, temir buyumlar, teri va
boshqa mollar xaridorgirligi bilan ajralib turgan. Bunday mollar
bilan savdo qilishda Avliyoxo'ja Muhammad va Zokir Qurbon-
boyev kabi qo‘qonlik savdogarlar katta o'rin tutganlar.
Shu yillarda Q o'qondan Turkiston oik asim n g boshqa shahar-
lariga ipak va ip matolar, jun, tamaki kabi chakana mollar chiqaril
gan. 1881 yilning 19 dekabrida Turkiston general-gubematori tomo
nidan Turkiya, Eron va Yevropadan keltirilayotgan mollar miqdorini
va ulardan olinadigan boj miqdorini chegaralovchi va oshiruvchi
22 banddan iborat qaror qabul qilindi. Choy, non, bo'yoq bundan
'O 'z R M D A , 1 9 -jam g 'arm a, 1-ro‘yxat, 2 2 6 1 5-ish, 52-varaq.
2 O 'z R M D A , 27 6 -jam g arm a, 1-ro‘yxat, 123-ish, 53-varaq.
'O 'z R M D A , 19-jam g‘arm a. 1-ro‘yxat, 22532-ish, 3-varaq.
40 ‘zR M D A , 19-jam g‘arm a, 1-ro‘yxat, 22600-ish, 39-varaq.
288
www.ziyouz.com kutubxonasi
mustasnodir. Bu qaror rus mollarining sotilishini osonlashtirish
maqsadida chiqarilgan edi.
Turkiston o ik a sig a keltirilayotgan mollaming 25%i Q o‘qon-
ga, 14% i Samarqandga, 3%i M argilonga keltirilgan. 1882 yilga
kelib, Q o‘qon chetga mol sotish bo‘yicha Turkiston shaharlari ora
sida birinchi o‘rinni egalladi. Bu 4920937 rublni tashkil etdi.
Q o‘-qonga Rossiyadan, asosan, turli b o ‘yoqlar, jun, dori-darmon,
kitoblar, tangalar, qand, temir, p o ‘lat va ulardan tayyorlangan
buyumlar keltirilib, paxta, pilla, chorvachilik va turli hunarmand-
ehilik mahsulotlari olib ketilgan. Q o‘qon shahrining ichki va
tashqi savdo muomalasining nafaqat viloyatda, balki o ik a d a ham
yetakchi o ‘rinlardan birini egallashi Farg‘ona viloyati harbiy
gubematorining 1883 yil mayda Turkiston general-gubematoriga
bergan hisobotida ham ta ’kidlab o ‘tilgan. Q o‘qon qo‘shni shaharlar
va mamlakatlardan tashqari, Moskva, Nijegorod yarmarkasi bilan
ham savdo muomalasi olib borgan va uning yillik savdo muomalasi
10 mln rubldan oshiq edi.
Savdoning rivojlanishi natijasida savdogarlami doimiy kapital
va veksel bilan ta’minlash maqsadida Q o‘qonda Davlat bankining
b o iim in i ochish masalasi k oiarildi. 1884 yilda Moskvadagi 0 ‘rta
Osiyo tijorat bankining qaroriga ko‘ra, Q o‘qon savdo xodimlari
uchun butun shart-sharoitlami yaratish va 0 ‘rta Osiyodan keltirilgan
mollami sotish hamda kerakli rus tovarlarini Turkiston o ik asig a
jo ‘natish bilan shug‘ullanishi lozim b o ig a n savdo agentligi tashkil
etildi. Asli qo‘qonlik b o ig a n Muhammad Nosir Toirov ushbu
savdo agentligining vakili qilib tayinlandi va unga bir yilga 1800 rubl
maosh belgilandi1.
1886 yilning 1 yanvarida butun Turkiston oik asida, shu jum la
dan, Farg‘ona viloyati shaharlarida ham, ichki bojlar bekor qilinib,
rus va mahalliy mollardan yagona boj olish haqidagi qonun kuchga
kirdi.
1889
yil davomvda «Katta Yaroslavl yarmarkasi» Q o‘qonga
24648 rubl 75 tiyinlik mollar keltirib, evaziga 66600 pud paxta
(431850 rubllik) jo ‘natdi. 0 ‘sha yili Q o‘qondan chetga chiqarilgan
mollaming umumiy qiymati 10711277 rubldan iborat b o id i2. Farg‘ona
viloyati boshqamvining Turkiston general-gubematoriga 1890 yil
4 sentyabrda bergan m aium otida o ik an in g savdo masalalarida
Q o‘qon shahrining o ‘mi alohida ta ’kidlanib, bu yerda Osiyo mam-
1 0 ‘zR M D A , 1-jam g‘arm a, 1-ro‘yxat, 2599-ish, 2-varaq.
0 ‘z R M D A , 19-jam g‘arm a, 1-ro‘yxat, 24 1 1 8-ish, 12-varaq.
10-1796
289
www.ziyouz.com kutubxonasi
lakatlari, Rossiya va Sibir shaharlari bilan doimiy savdo muno-
sabatlarida bo'lgan juda k o ‘p savdogarlar va hunarmandlar borligi
aytiladi. Transport idoralarining m a’lumotlariga k o ‘ra, 1892 yilda
Q o'qon tumaniga olib kelingan va chiqarib ketilgan mollar qiymati
21 mln. rubldan oshiq b o iib , buning 3/4 qismi shahaming hissasi
bo'ldi.
XIX asming 90-yillarida savdoning rivojlanishi tufayli Q o‘qon-
da ichki va tashqi savdoda asosiy rolni o ‘ynovchi yirik m ablag'ga
ega bo'lgan mahalliy savdogarlar gumhi ajralib chiqa bordi. Yillik
savdo muomalasida 50 mingdan 100 minggacha puli bo'lgan va
doimiy m a b lag i 500 ming mblni tashkil etuvchi Sion Pinxasov,
250 ming m ablag'ining 200 minggi savdo muomalasida b o ig a n
«Islom Xoimov va К», 500 ming m ablag'ining 300 ming mbli savdo
muomalasida bo'lgan «Yumoev va К» kabilar shular jumlasidandir.
Pinxas Ribakovning savdo muomalasida 200 ming rubli bor edi.
Farg'ona viloyatida bunday yirik savdogarlar k o 'p edi. 123 yahudiy
savdogarlaming 44 tasi Q o'qonda savdo qilar, ulardan 19 tasining
savdo muomalasida 800000 mbl, 23 tasida o'rtacha 2000 mbldan
bo'lgan.
Kaspiyorti temir yo'lining Andijongacha uzaytirilishi masala-
sining hal etilishi Q o'qonning ichki va tashqi savdosida katta rol
o'ynadi. Bu narsa ayniqsa choy bilan savdo qiluvchilarga qo‘1
keldi. Shuning uchun ular Xitoy choyini Botumi orqali ko'proq olib
kelish uchun u yerda mustaqil bojxona tuzish masalasini ko'tarib
chiqdilar. Savdogarlaming talabiga ko'ra, 1898 yilning noyabr oyi-
da bojxona boshqarmasi M arg'ilondan Q o'qonga ko'chirildi. 1900
yilda 669753 rubllik 20345 pud choydan bojxona 226.647 mbl
77 tiyin daromad ko'rgan. Choy bilan bo'ladigan savdo 4 ta firma
ixtiyorida edi. 1900 yilda Shvesov firmasida 7651, Sinisinda 4477,
Sabirov firmasida 8603 pud, hammasi b o iib 20731 pud 77 funt choy
bor edi. Oxirgi o 'n yilda choy bilan savdo qilish 2 barobar o'sdi.
Qo'qondagi ichki savdoda davlatga qarashli «katta bozor» va
shaxsiy savdo rastalari asosiy o'rin egallar edi. Tadqiqotchilaming
m aiu m otiga ko'ra, bozorda 5000 ga yaqin savdo do'konlari
bo'lgan. Q o'qon bozori o'zining joylashishiga ko'ra, nafaqat
yaqin tumanlaming, balki butun O 'rta Osiyo shaharlarining savdo
markazlaridan biri hisoblangan. Bu yerda savdo keng k o lam d a
olib borilgan, savdo do'konlari mahalliy boy-savdogarlarga ijaraga
berilishi bilan birga, ms savdogarlari bilan ham savdo munosabatlari
yaxshi y o ig a qo'yilgan edi. Markaziy bozordan tashqari, tumanning
katta qishloqlarida haftaning ayrim kunlari bozor uyushtirilgan.
290
www.ziyouz.com kutubxonasi
Q o‘qon atroflarida bu davrda 20 ga yaqin shunday bozorlar mavjud
edi.
Mutaxassis tadqiqotchilaming ko‘rsatishlaricha, ichki bozor
aholining qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga, oziq-ovqat, manufaktura,
arzon atir-upa, ishlab chiqarish qurollariga hamda choy, qand, oyoq
kiyimi, gilam, ipak, teri, paxta va quruq mevalarga bo'lgan ehtiyojini
qondira olgan.
1909 yilda 44 taga yetgan karvonsaroylar ichki bozorda katta
0 ‘rin tutgan1. Savdo do‘konlari xususiy shaxslar ixtiyorida edi.
Shuning uchun ham mahalliy hokimiyat yangi savdo shaxobchalari
qurish, bozorlami kengaytirish va u yerdagi shart-sharoitni yaxshilash
haqida qayg‘urmas edi.
Shahar bozorlari asosan Markaziy Rossiya sanoati uchun zarur
bo‘lgan mahalliy xom ashyo sotib olish va olib kelingan rus mol-
larini sotishda vositachilik rolini bajarar edi.
1890
yilda ixtisoslashtirilgan transport idoralari Q o‘qon tuma-
nidan 557555 pud Amerika va 242546 pud mahalliy navli paxtani
olib ketgan. XIX asming 90-yillaridan o ik a g a Rossiyadan qish
loq xo‘jaligi va sanoat mashinalari, temir ko‘plab keltirila bosh
landi. Rossiyadan keltirilayotgan mollar 8 marotaba, Rossiyaga
chiqarilayotgani esa 7 marotabaga o ‘sdi2.
Keltirilgan raqamlar shuni ko‘rsatadiki, Rossiya ishbilarmonlari
o ‘zlari keltirgan sanoat mahsulotlarini sotishdan ham, xom ashyo
sotib olishdan ham katta foyda ko‘rganlar. Ular olib kelayotgan
mollaming mikdori va sifati o ‘zgarib, bu mollar ichida tikuv
mashinalari, unga ehtiyot qismlar, shisha, uy-ro‘zg‘or buyumlari,
musiqa asboblari va boshqalarni uchratish mumkin edi.Shu tariqa
XIX asming oxiri - XX asming boshlarida Turkiston rayonlari
o ‘zaro savdo aloqalariga kengroq jalb etila bordi. Xuddi shu davrda
Turkistonda yagona ichki bozoming shakllanishi boshlandi. Bu
ja-rayon Rossiya bilan iqtisodiy aloqalaming kengayishi, 0 ‘rta
Osiyo temir yo‘lining qurilishi va Amudaryoda kema qatnovining
rivojlanishini ancha tezlashtirdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |