Vitaminlarning biokimyoviy va molekulyar biologik roli Reja



Download 18,96 Kb.
Sana02.07.2022
Hajmi18,96 Kb.
#729735
Bog'liq
Vitaminlarning biokimyoviy


Vitaminlarning biokimyoviy va molekulyar biologik roli 

Reja: 





  1. Vitaminlar haqida umumiy tushuncha

  2. Suvda eruvchan vitaminlar 

  3. Vitaminsimon moddalar 

Vitaminlar haqidagi ta’limot - vitaminologiya - hozirgi vaqtda mustaqil fan tarmog‘idir. Vaholanki, bundan 100 yil oldin organizmning normal hayot kechirishi uchun oqsil, uglevod, yog'lar, mineral moddalar va suvning qabul qilinishini yetarli deb hisoblaganlar. Lekin amaliyot va tajribalaming ko‘rsatishicha organizmning normal rivojlanishi va o‘sishi uchun bu moddalaming o‘zi yetarli emas ekan. 


Ovqat tarkibida qandaydir moddalaming yetishmasligi bilan sodir bo'ladigan kasalliklar epidemik xarakterga ega bo‘lgan. XIX asrda singa kasalligidan letal holatlar 70-80%ga yetgan. Ayni shu vaqtda «Beri-beri» kasalligi JanubiSharqiy Osiyo va Yaponiya davlatlarida keng tarqaldi. 
Yaponiyaning 30%ga yaqin aholisi shu kasallikka chalingan. Yapon shifokori K.Takaki go‘sht, sut va yangi sabzavotlarda «Beriberi» kasalligining oldini oladigan modda bor, degan xulosaga kelgan. Keyinchalik golland shifokori K.Eykman Yava orolida ishlab, u yeming aholisi asosan tozalangan guruch bilan ovqatlangani, tovuqlarga ham tozalangan guruch berilganda odamlardagi kabi «Beri-beri» kasaliga o‘xshagan turiningrivojlanishini ko‘rsatib bergan. 
K.Eykman tovuqlami tozalanmagan guruch bilan boqishganda ulaming sog‘ayishini kuzatgan. Bu ma’lumotlar asosida guruch po‘stlog‘ida davolash xususiyatiga ega bo‘lgan noma’lum modda bor degan xulosaga kelgan. Haqiqatdan ham, guruch po'stlog‘idan tayyorlangan ekstrakt «Beri-beri» bilan og‘rigan odamlarga shifo bergan. Bu kuzatuvlar, guruch po‘stlog‘ida odam 
organizmidagi normal hayotni ta’miniaydigan moddalar borligini isbotlab berdi. 
Vitaminlar haqidagi ta’limotning rivojlanishi N.Lunin nomi bilan ham bog‘liqdir. U ovqat iste’mol qilish fanida yangi yo‘nalishni ochdi. 
Olim ovqat tarkibida oqsil, uglevod, yog‘, tuz va suvdan tashqari hayot uchun arur bo‘lgan almashtirib bolmaydigan qandaydir noma’lum moddalarning ham bo’lishi kerak, degan xulosaga kelgan. 
K.Funk birinchi bo'lib kristall holda ajratib olingan «Beri-beri» kasalligi rivojlanishining oldini olgan organik moddani topgan va o‘z tarkibida 
aminoguruhlami saqlagani uchun bu noma’lum moddalarni «Vitaminlar» deb atashni taklif etgan (lat.vita - hayot deganidir). Darhaqiqat, vitaminlar ovqat iste’mol qilish fanida qo‘shimcha shart bo’lgan omillaridan, ularning ko'pchiligi o'zining tarkibida aminoguruhini saqlamasa ham «vitaminlar» deb nomlanib biologiya 
va tibbiyotda mustahkam saqJanib qolgan, Vitaminlar - iste’mol omillari bo‘lib, juda kam miqdorda saqlanadilar va organizmdagi biokimyoviy, fiziologik jarayonlarning 
normal kechishida, butun modda almashinishining boshqarilishida qatnashadilar. 
Modda almashinuvining buzilishi ko'pincha organizmga vitaminlarning kam qabul qilinishi, ovqat tarkibida bolm asligi yoki ularning organizmda hazm bo’lishi buzilishi bilan bog’liqdir. 
Natijada avitaminoz holati rivojlanadi - ovqatda vitaminning umuman bolmasligi yoki organizmga o‘zlashtirilishining buzilishi sababli kasallik vujudga keladi. Osiyo, Afrika va Janubiy Amerika davlatlarining ayrim hududlarida aholi bir xil o‘simiik tabiatiga ega bo’lgan ovqat mahsulotlarini iste’mol qilganda avitaminoz holatlari uchraydi. 
Tibbiy adabiyotlarda organizmga vitaminlaming juda ko‘p qabul qilinganida rivojlanadigan holatlar ham keltirilgan (gipervitaminozlar). Bu kasalliklar gipovitaminozlarga nisbatan kam uchraydi, lekin A, D, K va boshqa gipervitaminozlar bo’lishi mumkin. Hozirgi vaqtda aniqlanishicha, avitaminozda modda almashinuvining buzilishi va ferment sistemalarining faolligini buzilishi bilan bog’liqdir. 
Chunki ko'pchilik fermentlar joriy prostetik guruhlari tarkibiga kiradilar. Vitaminlaming fermentlar bilan bog’liqligini birinchi marotaba 1922-yilda akademik N.D.Zelinskiy ko‘rsatib bergan. 
Uning fikricha vitam inlar modda almashinuvini bevosita boshqarmasdan, 
biivosita tarkibiga kiradigan fermentlar orqali boshqaradilar. Bu holat hozirgi kunda o‘z isbolini topgan. Vitaminlar tasnifl Vitaminlar bosh harflar bilan, ovqat tarkibida vitaminning yetishm asligi natijasida vujudga keladigan kasallikning nomi yoki 
kimyoviy belgilar bilan nomlanadilar. 
Vitaminlaming zamonaviy tasnifl tugallanmagan: u fizik-kimyoviy xususiyatlar (xususan eru vchanligi), kimyoviy tabiati va harf bilan belgilanishiga asoslangan. 
Eruvchanligiga qarab yog‘da va suvda eruvchan vitaminlar tafovut etiladi. Yog‘da eruvchan vitaminlar: 
1. Vitamin A, antikseroftalmik retinol. 
2. Vitamin D, antiraxitik kalsiferol. 
3. Vitamin E, antisteril, ko‘payish vitamini, tokoferollar. 
4. Vitamin K, antigemorragik, naftaxinon. 
Suvda eruvchan vitaminlar: 
1. Vitamin B1, antinevrit, tiamin. 
2. Vitamin B2 o ‘sish vitamini, riboflavin. 
3. Vitamin B6, antidermatit, adermin, piridoksin. 
4. Vitamin B12, antianemik,kobalamin. 
5. Vitamin PP, antipellagrik, niatsin, nikotinamid. 
6. Vitamin B1, antianemik, folat kislota. 
7. Vitamin B5, antidermatit, pantotenat kislota. 
8. Vitamin N, antiseborrey, bakteriyalar, achitqi o ‘sish omili, biotin. 
9. Vitamin C, kapillyarlarni mustahkamlovchi, askorbin kislota. 
Shuningdek, ba’zilari organizmda ma’lum miqdorda sintezlanadigan 
vitaminlarga o‘xshab ta’sir etadigan turli kimyoviy moddalar guruhida (afovut etiladi; odam va ba’zi hayvonlar uchun bu moddalarni vitaminsimon moddalar guruhiga kiritilgan. 
Ularga holin, lipoat kislota, vitamin BIS (pangamat kislota), orotat kislota, inozit, ubixinon, paraaminobenzoat kislota, kamitin, linol va linolen kislotlari, vitamin U (yazvaga qarshi omil) va qator qush, kalamush, jo‘ja, to‘qima 
bo'laklari uchun o‘sish omillariga kiradi. 

Download 18,96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish