Markaziy osiyo davlatlari hayotida Xalqaro tashkilotlarning o’rni.
Bizga ma’lumki, bu o’zgaruvchan, sinovli dunyoda yashashning o’zi bir mahoratdir. Markaziy osiyo davlatlari haqida maktab darsliklaridan ma’lumot olganmiz. Markaziy Osiyo - Osiyo materigining ichki qismidagi tabiiy oblast. Maydoni 6 mln. km² . Markaziy Osiyo deganda, Sovet Ittifoqi parchalangandan keyin mustaqillikka erishgan beshta musulmon respublikalar: Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston nazarda tutiladi. Lekin, geografik nuqtai nazardan yondoshilsa, Markaziy Osiyoga Afg‘oniston, Mo‘g‘uliston va Xitoyning Uyg‘ur viloyatlari ham kiradi. Bundan tashqari „Greater Central Asia“ yoki, Kengroq Markaziy Osiyo atamasi bo‘r. Bu hududga, bazi siyosatchilar va tadqiqotchilar, ushbu zikr etilgan davlatlardan tashqari, Eron, Ozarbayjon, Turkiya, hatto Hindistonning bazi qismlarini ham qo‘shishadi. 1
Xop, yuqorida keltirilgan davlatlar hayotida Xalqaro tashkilotlar ahamiyati qanday? Ulardagi ijtimoiy hayot qurulishida Xalqaro tashkilotlarning o’rni bormi?
Xalqaro tashkilotlar - davlatlarning yoki hukumat qaramogʻida boʻlmagan milliy jamiyat (assotsiatsiya)larning siyosiy, iqgisodiy, ijtimoiy, fantexnika, madaniyat va sh.k. sohalarda umumiy maqsadlarga erishish uchun tuzilgan uyushmasi; davlatlar oʻrtasidagi koʻp tomonlama hamkorlikning eng muhim shakllaridan biri.
Bizga ma’lumki, odatda ikki davlat o’zaro manfaatlari mos kelgan vaqtda xalqaro munosabatlarni o’rnatishadi. Xalqaro tashkilotlarda ham yig’ilgan davlatlar ma’lum bir maanfat ostida birlashishadi. Markaziy osiyo davlatlari ham ko’plab Xalqaro tashkilotlar a’zolari hisoblanishadi. Sababi insonning, jamiyatning doimiy hayoti davomida mamlakat bir o’zi hal qila olmaydigan yoki birgalikda ish ko’rishi kerak bo’lgan masala albatta topiladi. Har bir davlatning asosiy maqsadi xalqini farovon vat tinch hayot kechirishini taminlash hisoblanadi shuningdek Markaziy Osiyo davlatlarining ham birlamchi maqsadidir. Nafaqat Markaziy Osiyo davlatlari hayotida balkim butun dunyo hayotida Xalqaro tashkilotlarnning ahamiyati juda ham muhim. Bunga Markaziy Osiyo davlatlari orasidagi tinchlik sohasidagi Xalqaro Tahkilotlarni o’rnini yaqqol misol qilib ko’rsatish mumkin.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti tashabbusi bilan yadro qurollaridan xoli hududga aylanganimiz tinchligimizning birinchi kafolatidir.
O‘zbekiston 1992 yilning may oyida Markaziy Osiyo respublikalari orasida birinchi bo‘lib yadro qurollarini tarqatmaslik shartnomasini imzolagan. Hozirgi zamon voqeligi shundayki, bir mamlakatning xavfsizligi boshqa davlat hisobidan ta’minlanishi mumkin emas. Mintaqa xavfsizligini butun jahon xavfsizligi muammolaridan ajralgan holda ko‘rib bo‘lmaydi. Shunga asoslanib, O‘zbekiston yadro qurolining batamom tugatilishi uchun, yadro qurolini tarqatmaslik to‘g‘risidagi shartnomaning samarali harakat qilishi va uning hech bir muddatsiz uzaytirilishi uchun harakat qiladi. O‘zbekiston Markaziy Osiyo mintaqasining yadrosiz zona deb e’lon qilinishining qat’iy tarafdoridir.
O‘zbekistonning Markaziy Osiyoda yadro qurolidan xoli zonani barpo etish bo‘yicha da’vati mintaqa davlatlarining yadrosiz rivojlanish hamda ommaviy qirg‘in qurollarining nazoratsiz tarqalishi tahdidlariga qarshi faol kurash yo‘lidagi hayotiy manfaatlariga to‘liq javob beradi. 2014-yilning 6 may kuni BMTning Nyu-York qarogohida besh yadroviy davlat – AQSH, Buyuk Britaniya, Fransiya, XXR va Rossiya davlatlari tomonidan Markaziy Osiyoda yadro qurolidan xoli zona barpo etish haqidagi shartnomaga ko‘ra xavfsizlik kafolatlari to‘g‘risidagi protokol imzolandi. Mazkur olamshumul hujjat, bu – Markaziy Osiyoda mintaqaviy xavfsizlikni mustahkamlash va yadroviy qurollarning global tarzda tarqalishining oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi. Barcha yadro quroliga ega davlatlar bilan ilk marotaba bir vaqtning o‘zida bu protokolning imzolanishi jahon tajribasida hali kuzatilmagan. Yadro qurolidan xoli zonaning tashkil etilishi mintaqa tinchligi va xavfsizligi ta’minlanishining muhim omili bo‘ldi.
Yadro qurolidan holi hudud bu xavfsizlik kafolatidir.
Markaziy Osiyodagi O‘zbekiston, Qozog‘iston, Turkmaniston, Tojikiston va Qirg‘iziston davlatlari endi shartnomada ko‘zda tutilganidek, yadro qurollarini ishlab chiqarish, sotib olish, joylashtirishga qarshi shartnoma majburiyatiga qat’iy rioya qiladi. Tomonlarga yadro energetikasini tinch maqsadda rivojlantirish huquqi berilgan.
1997-2002 yillarda BMTning qurolsizlanish masalalari va xalqaro atom energiyasi tashkiloti –MAGATEning ekspertlari ishtirokida Markaziy Osiyoni yadro qurolidan xoli zonaga aylantirish masalasi bo‘yicha Jeneva, Ashxobod, Toshkent, Sapporo va Samarqand shaharlarida amaliy uchrashuv o‘tkazildi.
Markaziy Osiyo mintaqasi Shimoliy Yarim shardagi birinchi yadro qurolidan xoli hudud ekanligini alohida ta’kidlash lozim. Bu makon quruqlik bilan o‘ralgan bo‘lib, dengizga chiqishning imkoni yo‘q. Qolaversa, yadro quroliga ega Rossiya va XXRdek ikki qudratli mamlakatlar bilan chegaradoshdir. Shuningdek, yadro quroli bor mamlakatlar ro‘yxatida turgan Hindiston va Pokistonga ham tutashgan.
O‘zbekiston tomonidan ilgari surilgan tashabbus BMT xavfsizlik kengashida 2004 yili qabul qilingan 1540 rezolyutsiyasi yadro qurolini sotib olish va tarqatish, yadro, kimyoviy qurollar hamda ularning terrorchilar qo‘liga borib yetmasligining oldini olishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.
O‘zbekiston 2011 yilning mart oyidan buyon Markaziy Osiyo yadro qurolidan xoli hudud shartnomasini tadbiq etish masalasi bo‘yicha koordinatorlik vazifasini bajarib kelayotganligini unutmaslik darkor.
Markaziy Osiyo yadro qurolidan xoli hudud shartnomasini ratifikatsiya qilish maqsadida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan 2007 yilning 26 yanvarida qonun qabul qilindi. 2007 yilning 30 martida Senat tomonidan mazkur qonun ma’qullangan. 2007 yilning 2 aprelida “Markaziy Osiyo yadro qurolidan xoli zona to‘g‘risida”gi Shartnomani ratifikatsiya qilish haqida O‘zbekiston Respublikasi Qonuni kuchga kirdi.2
Shubhasiz, BMT Bosh Assambleyasining Markaziy Osiyoda tinchlik, barqarorlik va izchil taraqqiyotni ta’minlash bo‘yicha mintaqaviy va xalqaro hamkorlikni mustahkamlash borasidagi rezolyutsiyasi sa’y-harakatlarni birlashtirishga, shuningdek, barcha sohalarda ikki tomonlama va mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qiladi.
Mintaqadagi so‘nggi yirik ijobiy o‘zgarishlarning xalqaro darajada e’tirof etilishining muhim natijasi o‘laroq BMTning Markaziy Osiyoda izchil taraqqiyotni ta’minlash va xalqaro hamkorlikni mustahkamlash istiqbollari to‘g‘risidagi rezolyutsiyaning qabul qilinishi bo‘ldi. Ushbu hujjat mintaqa mamlakatlari va xalqaro hamjamiyat o‘rtasida siyosat, iqtisodiyot, transport va kommunikatsiya, madaniy-gumanitar sohalarida hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha dolzarb vazifalarni belgilab berdi.
Xavfsizlik masalalarga, xususan, Afg‘onistondagi vaziyatni barqarorlashtirishga alohida e’tibor qaratilgan. Ushbu omil mintaqadagi barcha mamlakatlar xavfsizligini va izchil rivojlanishini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega.
BMT Bosh Assambleyasi “Markaziy Osiyo mintaqasida tinchlik, barqarorlik va izchil taraqqiyotni ta’minlash bo‘yicha mintaqaviy va xalqaro hamkorlikni mustahkamlash” rezolyutsiyasini qabul qildi. Loyihasi O‘zbekiston tomonidan Markaziy Osiyodagi qo‘shni mamlakatlar bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan ushbu hujjatni BMTga a’zo barcha davlatlar bir ovozdan qo‘llab-quvvatladi.
Markaziy Osiyo bo‘yicha BMT rezolyutsiyasining qabul qilinishi mintaqa tarixida misli ko‘rilmagan voqeadir. Chunki uni dunyoning barcha qit’alari — Avstraliya, Shimoliy va Janubiy Amerika, Afrika va Yevropaning deyarli barcha davlatlari bir ovozdan ma’qulladi. O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligining ma’lumot berishicha, mazkur hujjatni ishlab chiqish jarayonidagi maslahatlashuvlarda Markaziy Osiyo davlatlari bilan hamkorlik qiluvchi barcha yetakchi mamlakatlar, xususan, Rossiya, XXR, AQSH hamda YEI faol va samarali ishtirok etdi.
Sirasini aytganda, xalqaro hamjamiyat Markaziy Osiyo davlatlarining barqarorlik va taraqqiyotning eng muhim omili sanalmish mintaqaviy hamkorlikni chuqurlashtirish yo‘lidagi harakatlarini so‘zsiz qo‘llab-quvvatlashini namoyish qildi. Bugun O‘rta Osiyodagi osoyishtalik dunyo xavfsizligining ajralmas qismi ekanligiga hech kim shubha qilmayapti. Dunyoning qator mintaqalarida taranglik va ziddiyatlar saqlanib qolayotgan bir sharoitda mintaqaviy hamkorlikning strategik istiqbollari xalqaro xavfsizlikni ta’minlashda hayotiy ahamiyat kasb etmoqda. Global iqtisodiyotda oshib borayotgan mavhumlik, turg‘unlik va nomutanosiblik mintaqa davlatlaridan birgalikda rivojlanishga qaratilgan umumiy loyihalarni izlab topish va ro‘yobga chiqarish uchun yanada yaqinroq, muvofiqlashtirilgan harakatlarni talab qilyapti. Barqaror, izchil rivojlanayotgan Markaziy Osiyo davlatlarigina xalqaro hamjamiyat uchun jozibador, konstruktiv va uzoq muddatli hamkor bo‘lishi mumkin. Mintaqa va uning tashqarisidagilar bu haqiqatni allaqachon anglab yetdilar. Bu — isbot talab qilmaydigan qoida! Agar hudud davlatlari bu yo‘nalishda muvaffaqiyat qozonsa, Markaziy Osiyo “Yevrosiyoda barqarorlik va tinchlikning geosiyosiy laboratoriyasi”ga aylanishi mumkin.
Yuqorida keltirilgan ma’lumotlar asosida shuni aytish mumkinki, Xalqaro Tashkilotlar Markaziy Osiyo hayotida eng ahamiyatli ishlardan biriga sababchi bo’lganini ko’rishimiz mumkin.
Va shuningdek, Markaziy Osiyo davlatlari iqtisodiy hayotida ham Xalqaro Tashkilotlarni ahamiyati juda ham kata ekanligini ko’rishimiz mumkin.
O’tgan jilning 19 dekabr kuni BMT Bosh Assambleyasi o‘zining yalpi sessiyasida “Markaziy Osiyoda barqaror turizm va barqaror rivojlanish” maxsus rezolyutsiyasini bir ovozdan qabul qildi. Rezolyutsiya loyihasi O‘zbekiston Respublikasi tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, BMTga a'zo barcha mamlakatlar tomonidan qo‘llab-quvvatlandi. BMT Bosh Assambleyasining “Markaziy Osiyoda barqaror turizm va barqaror rivojlanish” rezolyutsiyasini qabul qilish tashabbusi birinchi marta joriy yilning aprel oyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirzyoyev tomonidan Pekinda bo‘lib o‘tgan “Bir makon, bir yo‘l” xalqaro forumi doirasida BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan kechgan uchrashuvda bildirilgan edi. Shunisi e'tiborga loyiqki, O‘zbekiston tomonidan tashabbus berilgan hujjatning hammuallifi sifatida Shimoliy va Lotin Amerikasi, Osiyo, Afrika va boshqa qit'alardan 50 dan ziyod mamlakat ishtirok etdi, bu O‘zbekiston tashabbusining xalqaro hamjamiyat tomonidan yuksak e'tirof etilishi hamda uning dolzarbligidan darak beradi. Hammualliflar orasida Braziliya, Vyetnam, Indoneziya, Hindiston, Irlandiya, Isroil, Xitoy, Kanada, Norvegiya, Marokash, Koreya Respublikasi, Rossiya, Singapur, Senegal, Turkiya kabi davlatlarni qayd etish mumkin. Qabul qilingan rezolyutsiyada Markaziy Osiyo mamlakatlarining 2030 yilgacha bo‘lgan davrda Barqaror rivojlanishga doir kun tartibini amalga oshirishda sa'y-harakatlarning muhimligi, mintaqada barqaror turizmni rivojlantirish bo‘yicha o‘tkazilayotgan turli xalqaro tadbirlar, shuningdek, Markaziy Osiyo davlatlari tomonidan turistik sektorga xalqaro moliya va investitsiyalarni keng jalb qilishga doir ko‘rilayotgan choralar qayd etilgan. Hujjatga asosan, Buyuk Ipak yo‘lining Markaziy Osiyo davlatlari orqali o‘tgani va Markaziy Osiyo mamlakatlarining turizmni xalqaro bozorlarda targ‘ib qilish bo‘yicha sa'y-harakatlari xorijiy turistlarning mintaqaga bo‘lgan qiziqishi oshishiga xizmat qiladi. Bundan tashqari, rezolyutsiyada a'zo mamlakatlar Markaziy Osiyo davlatlarining mintaqaviy barqarorlik va barqaror rivojlanishga qo‘shayotgan muhim hissasini ijobiy baholashdi hamda mintaqada iqtisodiy hamdo‘stlikni mustahkamlashga yo‘naltirilgan harakat va tashabbuslarni to‘liq qo‘llab-quvvatlashlarini bildirishdi. Shunisi diqqatga sazovorki, BMT Bosh Assambleyasi Tashkilotga a'zo davlatlar, boshqa manfaatdor tomonlar va Butunjahon turizm tashkilotiga Markaziy Osiyo mamlakatlari tomonidan mintaqada barqaror turizmni rivojlantirshga ko‘maklashish maqsadida amalga oshirilayotgan faoliyatni qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi. Hujjat BMTga a'zo davlatlarni Markaziy Osiyoda barqaror turizm sohasida o‘tkaziluvchi va mintaqada uning rivojlanishiga hissa qo‘shuvchi yirik tadbirlarda ishtirok etishga chorlaydi.3 BMT Bosh Assambleyasi tomonidan ushbu rezolyutsiyaning bir ovozdan qabul qilinishi xalqaro hamjamiyat tomonidan O‘zbekiston rahbariyatining turizmni rivojlantirish, Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasida ilm-fan, texnologiya, innovatsiya va turizm sohasidagi aloqalarni chuqurlashtirishga qaratilgan ahil qo‘shnichilik munosabatlarini mustahkamlash borasidagi davlat siyosatini har tomonlama qo‘llab-quvvatlayotganining yorqin dalilidir. Va shuningdek MDH, Jahon Savdo Tashkiloti, ECOSAN, Shanxay hamkorlik tashkiloti, Osiyo Parlament Assambleyasi, MEGATE, UNESCO, NATO, OPEC kabi xalqaro tashkilotlarning Markaziy Osiyo davlatlari hayotidagi o’rni juda ham ahamiyatlidir.
Yuqoridagi malumotlardan ko’rinib turibdiki, Markaziy Osiyo davlatlari hayotida Xalqaro Tashkilotlarning o’rni beqiyos darajadadir. Yolg’iz otning changi chiqmas, changi chiqsa ham dong’I chiqmas degan naqlga ko’ra mamlakatlar hamkorlikda ish ko’rsalar hal qilib bo’lmaydigan muommoning o’zi qolmaydi.
Foydalanilgan manbalar:
1. Uz.wikipdia.org
2. Uzbekistan.lv
3. Uzbektourism.uz
4. xs.uz
5. lex.uz
6. mfa.uz
7. www.amerikaovozi.com
Do'stlaringiz bilan baham: |