YARIM AVTOMATIK BLOKIROVKADA POYEZDLAR HARAKATI
POYEZDLARNI QABUL QILISH VA JO'NATISH
1 . TFQ 260-bandiga muvofiq, yarim avtomatik blokirovkada:
poyezdning peregonni egallashiga ruxsat bo'lib, chiqish va o'tish
svetoforlarining ruxsat beruvchi ko'rsatkichlari xizmat qiladi;
bir yo'lli uchastkalarda chiqish svetoforini ochish uchun poyezd
jo'natilayotgan qo'shni stansiya navbatchisidan blok-apparat orqali blokirovka
rozilik signali olinishi kerak yoki blok-tizimni tegishli harakat yo'nalishiga
o'zgartirish kerak.
Poyezdni qabul qilishdan avval stansiya navbatchisi qabul qilish
marshrutini ilgaridan tayyorlab qo'yadi va kirish svetoforini (semaforini) ochadi
yoki uni ochish to'g'risida ijro postiga farmoyish beradi.
Kelayotgan poyezd kirish svetoforini o'tgandan so'ng, u avtomatik tarzda
yopiladi. Yo'l va strelkalari elektr izolyatsiyalanmagan stansiyalarda poyezd
kirish svetoforidan o'tgandan so'ng stansiya navbatchisi (markazlashtirish posti
operatori) signal-knopka (dastak)ni signalning yopiq bo'lgandagi holatiga
keltiradi.
Poyezd stansiyaga to'liq tarkibda kelganiga ishonch hosil qilib, stansiya
navbatchisi jo'natish stansiyasiga kelishning blokirovka Signalini beradi, telefon
orqali esa, poyezd kelgan vaqt haqida xabar yetkazadi. Agar poyezd suruvchi
lokomotiv bilan harakatlangan bo'lsa, kelish haqidagi xabarni va kelishning
blokirovka signalini stansiya havbatchisi suruvchini yetib kelganiga ishonch hosil
qilgandan so'ng, jo'natish stansiyasiga uzatadi.
2. Poyezd peregondan to'liq tarkibda kelganiga ishonch hosil qilmasdan
turib, stansiya navbatchisiga poyezd jo'natilgan stansiyaga poyezdni yetib
kelganligi haqidagi xabar va yetib kelish blokirovka signalini uzatish taqiqlanadi.
Poyezd stansiyaga to'liq tarkibda yetib kelganligiga stansiya navbatchisi
shaxsan yoki strelkali post navbatchisining axboroti, strelkali post navbatchilari
bo'lmagan strelkalari markazlashirilgan stansiyalarda esa faoliyati poyezdlar
harakati bilan bog'liq stansiyaning boshqa xodimlari yoki pereyezdlar
navbatchilarining axboroti bo'yicha, DATK tashishlarni tashkil qilish
boshqarmasi boshlig'i tomonidan belgilangan va stansiyaning texnikaviy-
boshqaruv ko'rsatilgan tartibda poyezdning so'nggi vagonida poyezd sienal
mavjudligiga ishonch hosil qiladi.
Poyezd stansiyaga to'liq tarkibda yetib kelganligini avtomatik nazorat
qilish qurilmalari mavjud bo'lsa, stansiya navbatchisi povezd kelganidan so'ng
peregonning bo'shligiga nazorat asboblari ko'rsatmalariga asosan ishonch hosil
qiladi.
Agar stansiyaga kelayotgan yuk poyezdi o'z-o'zidan tormozlash va tormoz
magistrali uzilish signalizatsiyasining ishlab ketishi natijasida peregonda
kutilmagan to'xtashi ro'y bergan bo'lsa, lokomotiv mashinisti TFQning 250-
bandida ko'zda tutilgan talablarga rioya etish bilan birga, ushbu to'xtash haqida
stansiya navbatchisiga radio aloqa orqali xabar qilishi, bunday xabarni
peregondan uzatishning iloji bo'lmagan taqdirda ushbu xabarni stansiya
navbatchisiga shaxsan yetkazish uchun stansiyada to'xtashi lozim. Bunday
holatlarda poyezdning to la tarkibda harakatlanishini nazorat qilish stansiya
xodimlari singari, lokomotiv brigadasiga ham yuklatiladi.
3. Poyezd stansiyaga qabul qilingandan so'ng kelishni nazocat qiluvchi
qurilmalar ishlab ketmasa, poyezdni to'liq tarzda kelganligiga ishonch hosil
qilgan stansiya navbatchisi bu haqda poyead dispetcheriga xabar qiladi.
Peregonni chegaralovchi stansiyalaming navbatchilari bilan so'zlashuv orqali
uning bo'shligiga ishonch hosil qilgan poyezd dispetcheri, ikkala stansiyaga ham
bir paytda kelish blak-signalini berishga ruxsat etadi, shundan so'ng stansiya
navbatchisi yordamchi knopkani bosish, elektrmexanik blokirovkada esa, pedal-
michkasini sun'iy ishlatib yuborish yo'li bilan ushbu amalni bajaradi.
Ruxsat quyidagi shaklda beriladi:
“________ stansiya navbatchisiga № ____ poyezd uchun stansiyaga
kelishning blokirovka signalini yordamchi knopkani bosish (pedal-zamichkasini
sun'iy ishlatib yuborish) usuli bilan berishga ruxsat beraman. DNS ___”.
Poyezd stansiyaga kirish svetoforining taqiq ko'rsatmasida qabul
qilinganda ham xuddi shu tartibga rioya etilishi kerak. Kelish yordamchi
knopkasi yoki pedal-zamichkadan plomba uzilganligi haqida stansiya navbatchisi
ko'rik jurnaliga yozuv kiritadi.
Agar yo'l blokirovka qurilmalarini boshqarish apparati kelish yordamchi
knopkalari bosilganini va pedal-zamichkalar ishlab ketganini qayd etuvchi
hisoblagich (schyotchik) bilan jihozlangan bo'lsa, bu knopkalar plombalanmaydi.
Bunday holatlarda kelishning blokirovka signali sun'iy ravishda berilganda
stansiya navbatchisi poyezdlar harakati jurnalidagi tegishli poyezd raqamining
to'g'risiga hisoblagich-ko'rsatkichning ko'rsatmasini yozib qo'yadi.
Agar sun'iy ishlab ketish signalizatsiya, markazlashtirish va blokirovka
(keyinchalik-SSB) qurilmalari nosozligining oqibati bo'lsa, bu nosozlik to'g'risida
ko'rik jurnaliga yozuv kiritiladi.
4. Poyezdni jo'natishdan oldin marshrutni tayyorlagan stansiya
havbatchisi chiqish svetoforini (semaforini) ochadi yoki uni ochish to'g'risida ijro
postiga farmoyish beradi.
Chiqish svetofori ochilishi bilan bir paytda qo'shni stansiyaga avtomatik
ravishda poyezd jo'nagani haqida blokirovka signali uzatiladi (ijro postlari
bo'lmagan elektrmexanik blokirovkada poyezd jo'nagani to'g'risidagi blokirovka
signali qo'shni stansiyaga alohida chiqish svetofori yopilgandan so’ng uzatiladi).
Poyezd chiqish svetoforidan o'tgandan so'ng signal knopka (dastak) signal
yopiq holatiga keltiriladi va stansiya navbatchisi poyezdning haqiqiy jo'nagan
vaqtini qo'shni stansiyaga telefon orqali chiqish svetofori yopilgandan so'ng
uzatiladi). aytadi. Kelish blokirovka signali mavjudligidan qat'i nazar, stansiya
navbatchisi faqat qo'shni stansiyadan telefon orqali ilgari jo'natilgan poyezd yetib
borganligi haqida axborot olgandan so'ng chiqish svetoforini ochish huquqiga
ega.
Ilgari jo'natilgan poyezdning yetib kelganligi haqida qo'shní stansiyadan
xabar olmasdan turib, stansiya navbatchisiga bir yo'llik peregonlarda qarama-
qarshi yo'nalishdan kelayotgan poyezdni qabul qilish uchun rozilik blokirovka
signalini uzatish taqiqlanadi.
5. Peregon bo'sh va marshrut to'g'ri belgilangan holatda chiqish svetofori
ajratilgan strelka uchastkasining sohta bandligi oqibatida ochilmasa, ushbu
uchastkaning haqiqatda bo'sh ekanligiga ishonch hosil qilgan stansiya navbatchisi
poyezd dispetcherining roziligi bilan «Jo'natish marshrutlarida ajratilgan strelkali
uchastkalarning bo'shligi nazoratini o'chirish» knopkasini (bunday knopka
mavjud stansiyalarda) bosgandan so'ng chiqish svetoforini ochish mumkin.
6. Agar chiqish svetofori ochilgandan so'ng poyezd biron sabab bilan
jo'natilmasa, stansiya navbatchisi chiqish svetoforini yopishi, bu haqda poyezdlar
harakat jurnaliga yozuv kiritishi va poyezdning ushlanib qolishi to'g'risida go'shni
alohida punkt va poyeza dispetcheriga xabar qilishi lozim.
Ushlanib qolgan yoki shu yo'nalishda harakatlanayotgan o poyezd yopiq
chiqish svetoforida I punkti to'ldirilgan yashil blankdagi ruxsatnoma (DU-52
shaklidagi blank 62-betda keltirilgan) bilan jo'natiladi. Qo'shni alohida punktga
poyezdning haqiqiy jo'natilgan vaqti telefon orqali xabar qilinadi. ljro postlarisiz
elektrmexanik
blokirovkada
ushlanib
qolgan
yoki
shu
yo'nalishda
harakatlanayotgan boshqa poyezd haqiqatda jo'nab ketgandan so'ng qo'shni
alohida punktga blokirovka signali uzatiladi. Keyingi poyezdlar blokirovka
bo'yicha odatdagi tartibda jo'natiladi.
Blokirovkaning sozligida chiqish svetofori o'z-o'zidan (ajratilgan
seksiyaning soxta bandligi, svetofor lampasining kuyishi yoki chiqish
svetoforining xato yopilishi oqibatida) yopilgan holatlarda ham vetakchi
lokomotivning mashinistiga ushbu Yo'riqnomani Umumiy goidalari 9-bandi
talablariga rioya etgan holda I punkti to'ldirilgan yashil rangdagi blankada
ruxsatnoma (DU-52 shaklidagi blank) taqdim etiladi.
Poyezd radio aloqasi qurilmalari so'zlashuvlarni avtomatik qayd etish
tizimi bilan jihozlangan stansiyalarda yashil rangdagi yozma ruxsatnoma o'rniga
poyezd lokomotivi mashinistiga radio aloqa orqali qayd etgichda qayd etiluvchi
jo'natish buyrug'i quyidagi shaklda berilishi mumkin:
«Buyruq №____ , vaqt (soat, daqiqa)».
«№_____poyezdga______yo’ldan____asosiy yo’l bo’ylab jo’nashga va
______stansiyasi (blok-posti) gacha harakatlanishga ruxsat beraman. Peregon
bo'sh. DSP____».
Peregon bo'shligida chiqish svetoforini takroran ochishga imkon beruvchi
qurilmalar mavjud stansiyalarda poyezdlar qaytadan ochilgan chiqish svetofori
bo'yicha jo'natiladi. Stansiya navbatchisi faqat poyezd dispetcherining roziligi
bilan chiqish svetoforini qaytadan ochish qurilmalaridan foydalanishi mumkin.
7. Bir yo'llik peregonni chegaralovchi stansiyada chiqish svetofori
ochilgandan so'ng poyezdni to'xtatish va ushbu peregonga qarama-qarshi
yo'nalishda harakatlanayotgan poyezdni jo'natish zarurati tug'ilsa, yarim
avtomatik blokirovkadan foydalanish to'xtatiladi va poyezdlar harakati telefon
aloqasi orqali o'rnatiladi. Bunday holatda qarama-qarshi yo'nalishda
harakatlanayotgan poyezdlarga peregonni band etish huquqini beruvchi yo'l
xatlari (qog'ozlari) beriladi.
Keyinchalik peregonga avval ushlab qolingan yoki shu yo'nalishda
harakatlanayotgan boshqa poyezd jo'natilganda yarim avtomatik blokirovkaning
amal qilishi tiklanadi, bu holatda poyezd ushbu Yo'riqnomaning 80-bandiida
ko'rsatilgan ruxsatnomalardan biriga asosan jo'natiladi.
8. Guruh chiqish svetoforlari mavjudligida poyezdlar chiqish
svetoforining ruxsat ko’rsatmasi va undagi poyezd jo'nashiga ruxsat berilgan
yo'lning raqami yashil sonlar bilan aks etgan marshrut ko'rsatkich bo'yicha
jo'natiladi.
Guruh svetoforlarining marshrut ko'rsatkichlari nosozligida poyezdlar
stansiyadan ochiq guruh svetoforida, ushbu Yo'riqnomaning 23-bandida
ko'rsatilgan shakldagi stansiya navbatchisining qayd etiluvchi buyrug'ini
mashinistga berib yoki lokomotiv mashinistiga ikkinchi punkti to'ldirilgan yashil
blankdagi ruxsatnoma (DU-52 shaklidagi blank) taqdim etilib, jo'natiladi.
Chiqish svetoforida yo'nalishning (oq rangli) marshrut ko'rsatkichi
nosozligida poyezdlar ushbu Yo'riqnomaning 36-bandida belgilangan tartibda
jo'natiladi.
9. Agar jo'nashga tayyor poyezdning yetakchi lokomotivi rusat ko'rsatmali
chiqish svetoforidan tashqarida bo'lib, uning ko'rsatmasi mashinistga ko'rinmasa,
poyezd stansiya navbatchisining lokomotiv mashinistiga uzatiladigan ushbu
Yo'riqnomaning 24-bandida ko'rsatilgan shakldagi qayd etiluvchi buyrug'i yoki
Il punkti to'ldirilgan yashil blankdagi ruxsatnoma (DU-52 shaklidagi blank)
bo'yicha jo'natiladi.
Bunda ajratilgan strelkali uchastka nosozligida yoki jo'natilayotgan
poyezdning boshi band etganda, chiqish svetoforini ochish uchun «Jo'natish
marshrutlarida ajratilgan strelkali uchastkalar bo'shligi nazoratini o'chirish»
knopkasidan foydalanish mumkin.
Agar jo'natilayotgan poyezdning boshi chiqish svetoforidan tashqarida
bo'lib, svetoforni ochishning iloji bo'lmasa, blokirovka amal qilishi to'xtatiladi;
mashinistga yo'l xati (qog'ozi) berilib, poyezd telefon aloqa vositalari orqali
jo'natiladi. Belgilangan jo'natish marshrutlari bo'Imagan yo'llardan ham
poyezdlar shu kabi tartibda jo'natiladi.
10. Bir yo'llik va (to'g'ri yo'l bo'ylab) ikki yo'llik peregonlarda jo'natilgan
stansiyaga peregondan qaytadigan poyezdlar yopiq chiqish svetoforida,
mashinistga yopiq chiqish svetoforidan o'tish va orqaga qaytish huquqini
beruvchi jezl-kalit taqdim etilib, jo'natiladi.
Bunda bir yo'llik peregonlarda orqaga qaytuvchi poyezdni peregonga
jo'natishdan avval qo'shni stansiyadan belgilangan tartibda blok-apparat bo'yicha
poyezdni jo'natishga rozilik olinishi yoki blok- tizim tegishli harakat yo'nalishiga
o'tkazilishi lozim.
Ikki va undan ortiq o'zi yurar harakat tarkibi birligini qo'shilgan holda,
qachonki ularni peregonda ajratilish ko'zda tutilgan bo'lsa, jezl- kalit bo'yicha
jo'natish taqiqlanadi.
11. Agar poyezd boradigan joy birinchi (harakat yo'nalishi bo'ylab) yo'l
postidan (blok-postidan) tashqarida bo'lsa, ushbu post navbatchisi oldindagi
peregon bo'sh bo'lganda, mashinistga yopiq o'tish svetoforini bosib o'tish va
orqaga qaytish huquqini beruvchi 1 punkti to'ldirilgan yashil blankdagi
ruxsatnoma (DU-52 shaklidagi blank) beradi. Poyezd harakatlanish yo'lida
joylashgan boshqa blok- postlar navbatchilari ham shunday qiladilar.
Jo'natilgan stansiyaga qaytayotganda poyezd ko'rsatilgan barcha blok-
postlardan to'xtamasdan o'tadi va stansiyaga ochiq kirish svetofori yoki kirish
svetoforining taqiq ko'rsatmasida stansiyaga kirish huquqini beruvchi
belgilangan ruxsatnoma bo'yicha qabul qilinadi.
Yo'l postlari (blok-postlar) navbatchilari barcha holatlarda go'shni alohida
punktlar navbatchilariga haqiqatda poyezdning o'tgani to'g'risida telefon orgali
xabar qiladilar.
Poyezd stansiyaga kelganidan so'ng jezl-kalit stansiya navbatchisiga
qaytariladi. Stansiya navbatchisi jezl-kalitni apparatga joylab, qo'shni alohida
punkt navbatchisiga poyezd qaytganlgini telefon orqali yetkazadi.
12. Jezl-kalit nosozligida, shuningdek, blok-apparat jezl-kalit bilan
jihozlanmagan holatlarda, jo'natilgan stansiyaga qaytadigan poyezd, blokirovka
amal qilishi to'xtatilib, telefon aloqasi bo'yicha jo'natiladi.
Bunday holatda poyezdlar chiqish svetoforining taqiq ko'rsatmasida
mashinistga yo'l xati (qog'ozi) (DU-50 shaklidagi blank 87-betda keltirilgan)
berilib jo'natiladi.
Agar ikki yo'llik peregonda poyezd boradigan manzil oldindagi blok-
postdan keyin joylashgan bo'Isa, jo'natish stansiyasi blok- postgacha yo'l xati
(qog'ozi) beradi, blok-post navbatchisi esa postlararo peregonning bo'shligida
harakatni davom ettirishga yo'l xati (qog'ozi) beradi. Poyezd ushbu
Yo'riqnomaning 85-bandida ko'rsatilgan tartibda orqaga qaytadi.
Poyezdlar vaziyatiga bog'liq ravishda blokirovka amal qilishi poyezd
o'tishi kerak bo'lgan postlararo peregonlarda bir paytning o'zida barchasida yoki
avval peregon stansiyasiga tutashgan birinchi, so'ngra har bir keyingi bo'sh
peregonda to'xtatiladi.
Poyezd peregondan qaytgandan so'ng blokirovka amal qilishi tiklanadi.
13. Qo'shni stansiyagacha boradigan suruvchi lokomotivli poyezd
blokirovkasi bo'yicha odatdagi tartibda, ushbu stansiyani suruvchi lokomotivli
poyezd jo'natilganligi haqida telefon orqali ogoshlantirib, jo'natiladi.
Peregondan jo'natilgan stansiyaga qaytadigan suruvehi Jokomotivli
poyezd blokirovka bo'yicha (ochiq echiqish svetoforida) io'natiladi. Suruvchi
lokomotiv mashinistiga jo'natilgan stanslyada orqaga qaytish huquqini benivehi
jezl-kalit taqdim etiladi.
14. Jezl-kalit nosozligida, shuningdek, blok-apparat soruvchi Jokomotiv
uchun jezl-kalit bilan jihozlanmagan holatlarda, jo'natilgan stansiyaga qaytuvchi
suruvchi lokomotivli poyezd blokirovka amal gilishi to'xtatilib, telefon aloqasi
bo'yicha jo'natiladi, Yetakchi va suruvchi lokomotivlarning mashinistlariga yo'l
xatlari (qogʻozlari) beriladi.
Peregonda blok-postlar mavjud bo'lganda ruxsatnomalar berish va
suruvchi lokomotivni jo'natilgan stansiyaga qaytishi ushbu Yo'riqnomaning 85-
bandida ko'rsatilgan tartibda amalga oshiriladi. Poyezd qarshi stansiyaga
kelganligi to'g'risida xabar olinib, suruvchi lokomotiv qaytganidan so'ng,
blokirovka amal qilishi tiklanadi.
14. Maxsus o'zi yurar harakat tarkibi peregonga (shu jumladan, orqaga
qaytadigan bo'lib) odatdagi tartibda poyezdlar singari jo'natiladi.
YO'L POSTLARI (BLOK-POSTLARI)GA
EGA PEREGONLARDA POYEZDLAR HARAKATI
15. Qo'shni alohida punktdan poyezd jo'natilganligi haqida blokirovka
signalini qabul qilib, post navbatchisi oldindagi peregonning bo'shligida o'tish
svetoforini ochadi. O'tish svetofori ochilishi bilan bir paytda qo'shni alohida
punktga
avtomatik
ravishda
boshqaruv
blokirovka
signali
uzatiladi
(elektrmexanik blokirovkada o'tish svetofori yopilgandan so'ng blokirovka
signali alohida uzatiladi).
Poyezd o'tish svetoforini bosib o'tgandan so'ng, signal knopka (dastak)
post navbatchisi tomonidan signal yopiq holatiga o'matiladi. Poyezd to'liq
tarkibda o'tganiga ishonch hosil qilgandan so'ng. post navbatchisi qo'shni
stansiyalarga poyezdning haqiqatda o'tgan vaqti to'g'risida xabar qiladi, orqada
qolgan alohida punktga esa, bundan tashqari, o'tish blokirovka signalini uzatadi
(elektrmexanik blokirovkada o'tish blokirovka signali bir paytning o'zida
oldindagi alohida punktga ham uzatiladi).
16. Agar poyezd suruvchi lokomotiv bilan harakatlangan bo'lsa nost
navbatchisi suruvchi lokomotiv o'tganiga ishonch hosil gilgandan keyingina
orqada qolgan alohida punktga o'tish blokirovka signalini uzatadi.
Poyezd suruvchi lokomotivsiz o'tib ketsa, post navbatchisi bu to'g'rida
darhol qo'shni alohida punktlarga xabar qiladi, ammo blokirovka signalini
uzatmaydi (elektrmexanik blokirovkada o'tish svetoforini ham yopmaydi).
Oldindagi post navbatchilari ham shu kabi tartibda harakat qiladilar.
Elektrmexanik blokirovkada oldindagi post navbatchilari poyezdni bo'sh
peregonga yopiq o'tish svetoforida, mashinistga I punkti to'ldirilgan yashil
blankdagi ruxsatnoma (DU-52 shaklidagi blank) berib o'tkazadilar.
Har bir blok-post navbatchisi faqat qolib ketgan suruvchi Jokomotiv blok-
postdan o'tgandan so'ng, yopish blokirovka signalini uzatadi.
Oldinda ketayotgan poyezd o'tish svetoforini avtomatik tarzda yopib
ketsa, suruvchi lokomotiv qo'shni blok-uchastkaga o'tish svetoforining taqiq
ko'rsatmasida kiradi.
17. Avtomatik blok-postlar; tutashuv punktlariga xizmat ko'rsatuvchi
blok-postlar; yo'l rivojlanishiga ega (sutkada to l14 ishlamaganida) alohida
punktlari o'rniga davriy ochiladigan blok: postlar bilan jihozlangan peregonlarda
poyezdlar harakati tasbkil etilishi qurilmalar tizimiga bog'liq ravishda DATK
boshqaruvi raisi tomonidan belgilanadi.
YARIM AVTOMATIK BLOKIROVKA NOSOZLIGIDA
POYEZDLAR HARAKATI
18. Quyidagi nosozliklarda yarim avtomatik blokirovka amal qilishi
to'xtatiladi:
a) chiqish yoki o'tish svetoforini yopishning iloji yo'qligi;
b) peregon bo'shligida chiqish yoki o'tish svetoforini ochishni iloji yo'qligi
(jumladan, chiqish svetoforida ajratilgan uchastkalar bo'shligi nazoratini o'chirish
yordamchi knopkalarni qo'llab);
v) blokirovka signallari o'z-o'zidan qabul qilinishi;
g) blokirovka signallarini uzatish yoki qabul qilishning iloji yo'qligi;
d) blok-apparatda plombalar yo'qligi (pedal-zamichkadagi yoki
yordamchi knopkadagi plombalar mustasno).
Ko'rsatilgan barcha holatlarda, shuningdek, blokirovka qurilmalari amal
qilishini vaqtincha to'xtatadigan ushbu qurilmalarni qayta jishozlash, ko'chirish,
ta'mirlash, sinash, almashtirish va boshqa ishlar paytida blokirovka bo'yicha
poyezdlar harakati to'xtatilib, telefon aloqasi orqali o'rnatiladi.
19. Elektrmexanik yarim avtomatik blokirovka apparatini (stansiya
navbatchisining boshqaruv apparatini) ko'zdan kechirayotganda blokirovka amal
qilishi to'xtatilmaydi. Bunda blok-apparat ochiq paytida stansiya navbatchisi va
elektrmexanik blokirovka qurilmalari to'g'ri ishlashini o'ta diggat bilan
kuzatishlari shart.
Yarim avtomatik blokirovka qurilmalarini ko'zdan kechirish, rostlash va
moylash yakunlangandan so'ng, plomba qo'yishdan avval elektrmexanik stansiya
navbatchisi bilan birgalikda nazorat asboblarining ko'rsatmalari bo'yicha blok-
apparat ko'rsatmalarining peregonlar holatiga muvofiqligini (poyezdlar harakati
jurnalidagi yozuvlar va qo'shni alohida punktlar navbatchilari bilan so'zlashuvlar
bo'yicha) tekshiradilar.
Blok-apparatni ko'zdan kechirish yoki ta'mirlash uchun ochilgan har bir
holat, shuningdek, bu ishning yakunlanganligi hagida elektrmexanik ko'rik
jurnaliga tegishli yozuvni kiritadi,
20. Telefon 'aloqaga o'tish, shuningdek, blokirovka bo'yicha poyezdlar
harakatini tiklash, stansiya navbatchilari orqali peregonning bo 'shligi
tekshirilgandan so'ng, poyczd dispetcheri buyrug'i bilan amalga oshiriladi.
Dispetcherlik aloqasi nosozligida, poyezdlar harakatida telefon aloqasiga
o'tish va blokirovka harakatini tiklash ushbu Yo'riqnomaning 44 va 45-bandlarida
ko'rsatilgan tartibda telefonogramma matnida wavtoblokirovka» so'zini
«blokirovka» so'ziga almashtirish bilan amalga oshiriladi.
21. Blokirovka amal qilishi to'xtatilib, telefon aloqasiga o'tilgandan so'ng,
poyezdlar mashinistlariga qo'shni alohida punktgacha harakatlanish uchun yo'l
xati (qog'ozi) (DU-50 shaklidagi blank) beriladi.
22. Taqiq ko'rsatmali marshrut svetoforidan (chiqish svetoforigacha)
poyezdlar quyidagilarga asosan o'tishi mumkin:
taklif signali bo'yicha;
jo'natilayotgan poyezd mashinistiga radio aloqa orqali uzatiladigan
stansiya navbatchisining qayd etiluvchi buyrug'i bo'yicha;
I punkti to'ldirilgan yashil blankdagi ruxsatnoma (matn qo'lda muvofiq
ravishda o'zgartirilganda) bo'yicha.
23. Poyezd ikki lokomotiv yoki peregonning oxirigacha boradiga suruvchi
lokomotiv bilan harakatlanganda, peregonni band etish nuquqini beruvchi
ruxsatnoma fagat yetakchi lokomotiv mashinist taqdim etiladi. Ikkinchi
(lokomotiv ikkita bo'lganda) va suruvchi lokomotivlarning mashinistlari signallar
yoki radio aloqa orqali watiladigan, yetakchi lokomotiv mashinistining
xabarlariga binoan harakatlanishi lozim.
24. Blokirovka telefon aloqasining nosozligida stansiya navbatchisi
boshqaruv apparatlaridagi nazorat asboblari ko'rsatmalarining o'zgarishini o'ta
diqqat bilan kuzatishi lozim. Bu bolatda poyezdlar harakati to'g'risida xabarlar
poyezd dispetcheri orqali yoki stansiya navbatchisining ihtiyorida bo'lgan boshqa
aloqa vositalari bo'yicha uzatiladi.
25. Bir yo'nalishda harakatlanish uchun yarinf avtomatik blokirovka bilan
jihozlangan ikki yo'llik (ko'p yo'llik) peregonlarda poyezdlarni (regulirovka-
rostlash maqsadida) noto'g'ri yo'ldan j0ʻnatish poyezd dispetcherining buyrug'iga
binoan, bir yo'llik harakat goidalari bo'yicha, telefon aloqasiga o'tish bilan amalga
oshiriladi.
26. Yarim avtomatik blokirovka tizimi va u yoki bu uchastkadagi Konkret
ish holatiga bog'liq ravishda qurilmalardan foydalanish tartibi, shuningdek,
poyezdlarni qabul qilish, jo'natish va o'tkazishda xodimlarning harakat tartibi
zarur holda temir yo'lda ishlab chiqiladigan Yo'riqnomalarda belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |