O'zbekiston respublikasi prezidenti huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi


Toshkent shahridagi fabrika va zavodlar soni



Download 14,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/180
Sana05.04.2022
Hajmi14,12 Mb.
#529010
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   180
Bog'liq
O\'zbekiston tarixi. 1-kitob. Turkiston chorizm mustamlakachiligi davrida (H.Sodiqov, N.Jo\'rayev) (1)

Toshkent shahridagi fabrika va zavodlar soni
Korxonalar
1872 yil
1873 yil
Zavodlar:
Sovun ishlab chiqaruvchi
17
17
Ko‘n ishlab chiqaruvchi
90
91
G‘isht ishlab chiqaruvchi
35
34
Vino ishlab chiqaruvchi
5
6
Pivo ishlab chiqaruvchi
1
2
Fabrikalar:
Pillakashlik
3
3
To‘quvchilik
430
420
Bo‘yash
14
14
bilan yarim kustar korxonalar soni kamayib borgan. Bu jarayon 
haqida quyidagi m a’lumotlar aniq ta saw u r beradi:
1 8 9 0 -1 9 1 3 yillarda T urkistondagi
hu n arm an d ch ilik -to‘q u vch ilik ishlab chiqarishi
K o ‘rsatkichlar
F arg‘ona viloyati
Sirdaryo viloyati
1890 yil
3913 yil
1890 yil
1913 yil
Korxonalar soni
869
754
230
20
Ishchilar soni
934
817
246
36
Mahsulot (ming rubl)
200.6
149.4
49.8
18.8
Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, ana shu yillar orasida korxonalar 
soni 43 marta, ularda ishlab turgan ishchilar soni deyarli 26 barobar, 
ishlab chiqarilgan mahsulot qiymati 10,7 barobar qisqargan. Xuddi 
shunday ahvolni boshqa viloyatlar va hunarmandchilik korxonalarida 
ham ko‘rish mumkin.
0 ‘lka zabt etilgandan so‘ng mahalliy sanoatning rivojlanishi 
paxtani qayta ishlash bilan bevosita bog‘ liq bo ‘ lib qoldi. Paxta tozalash, 
yog‘, sovun pishirish korxonalari tarm og‘i kengaydi. Turkistondagi
278
www.ziyouz.com kutubxonasi


birinchi paxta tozalash zavodi 1874 yilda Toshkentda qurildi. 1880 
yilda OHmxo‘ja Muhammadjonov Andijonda paxta tozalash zavodi 
qurdi, sanoatchi L.Yugovich 1881 yilda K attaqo‘rg‘onda shunday 
zavod barpo etdi. 1890 yilda esa Andijon tumanining Bo'taqora 
qishlog'ida paxta zavodi ishga tushirildi. U k o 'p tarmoqli agrosanoat 
korxonasi b o ig a n «Andreev xutori» nomli savdo-sanoat shirkati 
tarkibiga kirdi. Zavod bir kecha-kunduzda taxminan 1800 pud pax- 
tani chigitdan tozalagan. Mavsum mobaynida 200 ming pudgacha 
(3200 t) paxtani tozalash imkoniyatiga ega b o ‘lgan.
Xullas, 1880-1914 yillar orasida qariyb 220 ta paxta tozalash 
zavodi qurildi. Bunday zavodlar Buxoro amirligida va Xiva xonligida 
ham barpo etildi. Masalan, Buxoro amirligida 1905 yilda 9 ta,
1913 yilda esa 26 ta paxta zavodi ishlab turgan. 1890 yilda Xiva 
xonligida 81 ta sanoat korxonasi b o iib , ulardan 27 tasi nisbatan yirik 
korxonalar edi. 1917 yilgi fevral inqilobi arafasida Xiva xonligida 36 
ta paxta tozalash zavodi, 4 ta yog‘ va sovun ishlab chiqarish zavodlari 
ishlab turgan. Paxta tozalash zavodlarining egalari savdogarlar va 
yirik yer egalari b o iib ular orasida aka-uka Vadyaevlar, Fuzalovlar, 
Yusufboevlaming salm o g i katta b o ig an .
Dastlabki yog‘ ishlab chiqarish zavodlari 1884 yilda Q o‘qon 
va Toshkentda paydo b o id i. 1897 yilda K attaqo‘rg ‘onda ham 
yog‘ zavodining qurilishi o ik a d a yirik yog‘ ishlab chiqarish 
korxonalarining paydo b o iishiga asos yaratdi. 1915 yilda bu yog‘ 
zavodi qariyb 2 mln. pud yog‘, 5 mln. puddan k o ‘proq kunjara, 5 
min. pudga yaqin shulixa ishlab chiqargan. Yog‘ ishlab chiqaruvchi 
korxonalaming anchagina qismi Farg‘onada joylashgan. Bu yerda 
tayyorlangan o'sim lik yo g in in g talay qismi Rossiyaga, kunjara 
Germaniya va Angliyaga olib ketilgan.
Paxta sanoatchilarining yirik monopol birlashmalari ham vu- 
judga keldi. 1915 yilning iyulida 5 ta yirik firmani birlashtirgan 
«Beshbosh» savdo-sanoat shirkati tashkil etildi. 1892 yildan 1915 
yilgacha o ik a d a Davlat banklarining 10 ga yaqin b oiim lari va 
xususiy tijorat banklarining 40 ta b o iim i ochildi. Bank-moliya kapi- 
tali CKrta Osiyo iqtisodiyotining barcha sohalariga kirib bordi. 
Dastlabki monopoliyalar paxtachilikda va u bilan b o g iiq b o ig a n
yog‘ ishlab chiqarish sohasida vujudga keldi. Lekin ular ichki jam - 
g ‘armalar hisobiga emas, balki Rossiya moliya kapitali tomonidan 
tashkil etildi. Turkiston o ik asig a xorijiy firmalar va ulaming 
kapitallari ham kirib keldi. Ular orasida jahonga mashhur «Zinger» 
firmasi alohida o ‘rin tutadi. Rossiyani o ik a bilan b o g iag an temir
279
www.ziyouz.com kutubxonasi


yo'llar ishga tushirilgach, rus va chet el kapitalining Turkistonga 
kirishi uchun katta imkoniyatlar ochildi.
XIX asrning 90-yillarida Davlat banki va banklari shaxobchalari 
Samarqandda (1890), Q o'qonda (1893), Buxoroda (1894) ochildi.
1915 yilga kelib Turkistonda Davlat bankining 10 ta, Rossiya tijorat 
banklarining 40 ta boiinm asi ochildi1.
Temir yo ilarnin g qurilishi. harakat tartibining o ‘sib borishi va 
tashiladigan yuklar hajmining ko'pavishi joylarda qudratli ta ’mirlash 
bazasini vujudga keltirishni talab qilardi. Temir y o ila r yoqasida 
ularga xizmat ko‘rsatadigan ustaxona va depolar qurila boshlandi. 
1882 yilda Qizil Arvot vagon-ta’mirlash, 1900 yilda Toshkent va 
Krasnovodsk ustaxonalari ishga tushirildi2.
OTkada 1895 yildan 1914 yilgacha 11 ta urug' zavodi, o'nlab 
ko'n, g ‘isht, ohak qizdirish. mis eritish, jun yuvish sexlari, vino. pivo. 
farmasevtika, oziq-ovqat korxonalari ishga tushirildi.Elektrlash- 
tirish hali boshlang'ich holatda edi. Faqat bir nechta yirik korxona- 
larda elektr apparatlari mavjud edi. xolos. «Chimyon» hissadorlik 
jam iyatining neft haydash zavodi o ‘zining dizel elektr stansiyasidan 
quvvat olgan. Qovunchi qand zavodi esa xususiy GES iga ega b o i ­
gan. Turkiston oik asid a elektr quvvatining ishlatilishi hali bosh- 
langich bosqichda b o is a , G ‘arbiy Evropa mamlakatlari 30—50 yil 
oldin bu y o in i bosib o'tishgan. Agar 1913 yilda Rossiyada aholi 
jon boshiga faqat 14 kvt. soat elektr quvvati to 'g 'ri kelgan b o isa , 
Turkistondagi aholi jon boshiga 1 kvt. soat elektr quvvati ishlab 
chiqarilgan.
Shuni unutmaslik kerakki. XX asr boshlarida o ik an in g sanoat 
jihatidan rivojlanishi Rossiyaga qaraganda ancha pastroq darajada 
edi. 1908 yilgi sanoat korxonalari ro’yxati m aium otlariga qaraganda, 
bu yerda 378 ta sanoat korxonasi mavjud b o iib , u butun Rossiya 
imperiyasidagi barcha sanoat korxonalarining 2%ini tashkil etgan. 
Viloyatlarda sanoat bir xilda rivojlanmagan. 1880 yildan 1914 yilgacha 
Farg'ona viloyatida 224 ta, Samarqand viloyatida 163 ta. Yettisuv 
viloyatida 107 ta korxona bunyod etilgan. Sanoat korxonalarining 60 
foizi o ik an in g yirik shaharlarida joylashgan.
Yana shuni ham aytish kerakki, oik ad ag i ishchilaming asosiy 
qismini (70%ini) mavsumiy ishchilar tashkil etgan. Bu hoi paxta 
yetishtirishga xizmat k o isatuvchi korxonalaming ustuvorhgi bilan


Download 14,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish