O'zbekiston respublikasi prezidenti huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi



Download 14,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/180
Sana05.04.2022
Hajmi14,12 Mb.
#529010
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   180
Bog'liq
O\'zbekiston tarixi. 1-kitob. Turkiston chorizm mustamlakachiligi davrida (H.Sodiqov, N.Jo\'rayev) (1)

U ch i n ch i b o b
TURKISTONDA CHOR IMPERIYASI
SIYOSATINING ASOSIY Y O ‘NALISHLARI
1. 
TURKISTONDA INSON HUQUQLARINING
POYMOL ETILISHI
Rossiya imperiyasi Turkiston o ‘lkasini istilo qilganidan keyin 
mahalliy xalqlami mustamlaka istibdodiga soluvchi qonun - «Tur­
kiston o ‘lkasini boshqarish haqidagi Nizom»ni joriy etdi. Nizom 
o ‘lkada mahalliy aholining insoniy va siyosiy huquqlarining rasman 
poymol etilishiga olib keldi. Nizomga ko‘ra, kichik mansabdorlar, 
pristavdan tortib genral-gubernatorgacha mahalliy aholiga nisbatan 
cheklanmagan jazo choralarini qo‘llashi mumkin bo‘lgan. Shahar- 
dagi rus aholisiga berilgan imtiyozlar musulmonlarga tegishli bo‘l- 
magan. «Musulmon aholini kuchaytirmaslik uchun ulami iintiyoz- 
lardan mahrum etish o ‘rinlidir», - deyilgan edi bir rasmiy hujjatda.
Turkiston tarixi tadqiqotchilaridan G. Safarov o ‘lkadagi Yevropa 
aholisining barcha qatlamini «umumiy mustamlakachilar» deb ata- 
gani bejiz emas. U mustamlaka sharoitidagi sinfiy va milliy teng- 
sizlik hamda rus ishchilarining imtiyozlari va ulaming mahalliy 
millatlar ishchilaridan keskin farqlanuvchi hukmron mavqei haqida 
adolatli fikr yuritib, chorizmning mslashtirish siyosati va ms 
kelgindilariga tub joy aholi yerlarining bo‘lib berilishi Turkistondagi 
milliy-ozodlik harakatini yuzaga keltirgan asosiy sabab bo‘lganligini 
yozgan. «Barcha ruslar, - deb aytgan edi G. Safarov, - Turkistonning 
tub aholisi odamlar emas, balki ursa, talasa, zo‘rlasa mumkin bo‘l- 
gan ish hayvonlaridir, degan ruhda yashagan va tarbiyalangan»1.
Chorizm mahalliy xalqning urf-odatlarini, islom dinini ham 
toptashdan toymadi. Zamondoshlarning yozishicha: «Tarixi milo- 
diyning 1895 yillarida chor hukumatining generallari Turkiston 
o'lkasiga qo‘yilg‘on «missioner», y a’ni din buzuvchi Ostroumov- 
laming takliflari bo ‘yicha, Turkiston o ‘lkasining xalqini k o'r 
kabi istibdod qorong‘usida qoldinnoqning maslahatida «russkiy- 
tuzemniy» maktablar ochmoqqa kirishdilar. Madrasa vaqflarini 
boni, vaqf qilg‘uvchi vaqflaming avlodlariga buvurib berib, sotib

Сафаров Г. И.
К олони альная револю ция (о п ы т Т уркестана). М осква, 
1921, стр. 34.
253
www.ziyouz.com kutubxonasi


yemoqlariga farmoyish qilib musulmonlaming jum a nomozlarida 
podshohning nomini [xutbaga] qo‘yib o ‘qimoq, «Q ur‘on»ning «val- 
mushrikin» degan joylaridan «mushrik» iboratlarini chiqarmoq kabi 
behuda ishlami amr qildilar. Shahar hokimlari, qozi va amaldorlar 
ham maktabdorlami chaqirib, oq podshohning nomini jam i odamlarga 
bildirib, masjidlarda, nomozlarda duo qildirish, hatto maktablardagi 
yosh bolalar o‘qiydigan Eshon So‘fi (So‘fi 011oyor)ning «Chahor 
kitobi» degan savob kitoblardagi «azobi qabr kofirlargadir, chin -
ko‘rar g o ‘m ing azobin b a ’zi m o‘min»dek b o ‘lg‘on baytlarini va 
«kofir, mushrik» degan iboralarini yo‘qotib yangi bosiladirg'on 
kitob va «Q ur‘on»lardan yuqorida aytilgan kalimalami chiqarishdek 
farmoyishlar qildilar. M usulmonlami nihoyat ezib, qisib, hatto 
k o ‘chadan pristuf o ‘tib qolsa, yo beixtiyor k o ‘rmay qolg‘on va 
o ‘m idan turmagan musulmonlar b o is a , qaytib kelib urib, qamar edilar. 
Andijonda bir necha m o“ tabar odamlami ko‘chada, xalq qoshida 
«manga salom qilmading» deb haqorat qilib qamab q o ‘yadigan 
b o id i1.
1898 yilgi Andijon qo‘zg ‘alonidan keyin mustamlakachilar 
o ik a n i m scha o ‘zlashtirish siyosatida har qanday niqobdan voz 
kechib ochiqchasiga zo ‘ravonlik y o iig a o ‘tdilar. M usulmonlami 
mslarga majburiy ravishda sajda qildirish odatini rasm qildilar. 
Buning isboti, jum ladan, andijonliklardan Fozilbek Otabek o ‘g iin in g
yuqorida parcha keltirilgan kitobida mujassamdir.
Qator adabiyotlar va arxiv materiallari ham Rossiya imperiyasi 
hukmron doiralari Turkiston xalqlarining diniy haq-huquqlarini 
qanday tarzda poymol etganidan yaqqol dalolat beradi.
Rus generali M. G. Chemyaev 1864 yilda Turkiston shahrini is- 
tilo qilganda, buyuk alloma Ahmad Yassaviy maqbarasini, uning 
yonidagi masjid binosi ichidagi muqaddas ashyolami, devorlardagi 
quyma oltin shakllami o ‘lja qilib talagani yetmagandek, musul- 
monlaming bu muqaddas qadamjosida nasroniycha ibodat ham qil­
gan. K o‘p o ‘tmay, mustamlakachilar ana o ‘sha maqbara qarshisida 
qad rostlab turgan Robiya Sultonbegim2 maqbarasini buzib, g ‘isht- 
laridan o ‘zlariga uy va kazarma qurishgani ham m aiu m .
0 ‘zlarini xolis olim sifatida ko ‘rsatuvchi Moskva va Sankt- 
Peterburg ilmiy doiralari esa Yusuf Hamadoniy, Abduxoliq G ‘ijdu-


Download 14,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish