qabul qilib: «Sizlar hozirda manga sartlardan ko‘ra yaxshiroqsiz-
lar», deb askarlar tomon yurdi. Biz tuzemnoy shkol talabalari rus
domla bilan 150 ga yaqin bolalar turg‘on edik; bizlaming yonimizga
to‘xtab, «Sizlar yaxshi o ‘qib turunglar», deb cho‘ntagidan bir rubl
oldida, domla qo‘liga berib, «Yong‘oq olib b o lu b bering, o ‘ynasunlar
va podshoh hazratlarini duo qilsinlar» deb askarlar oldiga o ‘tib ketdi...
Xalq bechora mayus bo‘lub, qo‘rqub tarqalib ketdi.
Yarim podshohdan o ‘mak olgan katta-kichik rus mustamlaka
chilari ham «har kun Eski shahar bozoriga tushub, savlat ko‘rsatib
aylanib yurar edilar. K o‘cha va rastalardagi xalqni o ‘zlariga
salom
qildirmoq balosiga mubtalo edilar. Kim salom qilmasa yoki do‘-
kondan pastga tushib qo‘l qovushtirib turmasa, darhol ustiga borib:
«...Eshon!» deb qo'lidagi tayoq bilan boshiga solar edi. Mazlum xalq
bu xorlik va razolatni ko‘rib: «Tavba qildim, to ‘ra, man ko‘rmay
qolibman», der edi. K o'broq tavba qilib, iltijo qilg‘onida rahm qilsa,
qo‘yar edi, b o ‘lmasa, paliska chaqirib, turmaga - qamoqqa yuborur
edilar»1.
Bunday shafqatsizlik va haddidan oshgan zo ‘ravonlikdan maq-
sad Farg‘ona aholisining
jangovarligini sindirib, butun o ‘lkani
qo‘rquvga solish edi. M arg‘ilon tumanboshisi polkovnik Bryanov-
ning ta ’biricha, «Farg‘onada doimo g ‘azovot g ‘oyasi y o ‘lida o ‘zini
jasorat bilan o ‘lim bag‘riga otuvchi mardi-maydonlar qaerdandir
paydo bo‘lib turardi. Aholiga ruslar ta’sirini o ‘tkazishda Farg‘ona
viloyati doimo orqada yuradi, shuning uchun ham temir y o ‘lni
o ‘tkazib biz yerli aholi o ‘rtasida qamalga tushib qolishdan xavf-
siraymiz»2.
Chorizm Turkiston o ‘lkasida tatbiq etgan «Turkiston o ‘lkasini
boshqarish haqidagi Nizom» o ‘lka xalqlari insoniy va siyosiy
huquqlarini rasman poymol etuvchi qonunlar majmuasi edi. Unda
mustamlakachilik tamoyillari yaqqol aks etgan bo‘lib,
uning mod-
dalari 50 yil davom etgan imperiya hukmronligi davrida metropo
liya manfaatlariga moslab o ‘zgartirib turildi.
Shuni ham aytish kerakki, rus m a’muriyati qonunlami o ‘zi
istagancha o ‘zgartirib, mahalliy aholining iqtisodiy, ijtimoiy, diniy
va siyosiy erkinliklarini naq 50 yil davomida poymol etib keldi.
Buning yorqin bir dalili sifatida Sirdaryo viloyati Avliyoota tumani
jabha pristavi, shtabs-kapitan Strelbiskiyning o ‘zboshimchaligini
keltirish mumkin. Nizomning 64-moddasi unga,
pristavga mahalliy
1
Fozilbek Otabek о
g 7/. K o 'rsatilg an asar, 30-bet.
20 ‘zR M D A , 1-jam g‘arm a, 3 1 -ro ‘yxat, 91-ish, 24-varaq.
259
www.ziyouz.com kutubxonasi
aholidan istagan odamni 3 kungacha qamab qo'yish, yoxud muho-
faza holatidagi joyda 2 haftaga qadar hibsda saqlash huquqim bergan
edi. Pristavga bu kamlik qilganday, u musulmonlaming ro'za hayitini
1903 yil 29 dekabrga belgilanishini buyurib, agar qozi buyruqni
bajarmasa 9 kunga qamalishini aytdi. Pristav xotini va iti bilan
machit hovlisiga kirib namozxonlarga shunday degan: «Agar
kimningdir podasida kasal qo‘y bo'lsa,
uni davolashadi, u tuzalmasa
so'yishadi. Sizlar ham mening qo'ylarimsiz, oralaringizda tirraqilar
ham bor. Ulami o ‘zim davolayman, tuzalishmasa so'yiladi»1.
Boshqa bir pristav - Andijon tumani Bozorqo‘rg‘on jabhasi
pristavi kapitan Brjeziskiy esa undan ham o ‘tib tushdi, y a’ni
«Nizom»da belgilangan mingboshi - volost boshqamvchilari va
qishloq oqsoqollarining huquqlarini bekor qildi. Oqsoqol mulla
Farmon To'raqulovning e ’tiroziga javoban
uning yuziga shapaloq
tortdi. Brjeziskiy o ‘z bo sh lig ig a y o ilag an raportida oqsoqolni
urganini tan olib, bunday deb yozgan: «Agar urmasang, demak,
sen hokimiyat emassan, demak, sen qo'rqinchli emassan, demak,
men boshimni dangal k o ia rib bahslashishim,
baqirib-chaqirishim
mumkin, huquqimni talab qilib chiqishim mumkin. Tuzemeslaming
mantiqi shunaqa. Ular muruvvatingdan taltayib ketishadi. Bizning
ko'ngilchanligimizda ular kuch-qudratni emas, balki zaiflikni
ko‘rishadi. Boshqaruvdagi q attiqqoilik Yevropaning madaniy dunyo
tajribasi asosida
tanqid qilinayotgan b o isa , bizning yarim yovvoyi
Osiyodagi mulkimizda q attiqqoilik aksincha kerakdir. Umumdavlat
manfaati y o ‘lida bu zarurdir. Mening ma'muriyatdagi xizmatim
davomida chiqargan xulosam shudir. Qishloq oqsoqoli T oiaqulovni
haqoratlaganim masalasiga kelsak men bu tuzemesning surbetligi
tufayli urganimni tan olaman»2.
Rus m a'm uriyatining eng quyi b o 'g 'in i
jabha pristavlari ana
shunday beboshlik qilganini qayd etgan holda, ularning boshliqlari-
tumanboshilar va gubernatorlaming xalqqa nisbatan qanday zo'ra-
vonlik qilgani haqida gapirmasa ham b o iad i. Bu holatni yuksak
lavozimdagi rus amaldorlari e ’tirof etishgani diqqatga sazovordir.
Senator graf K.K.Palen Turkiston tumanboshilarini o ‘zbek xonlik-
laridagi «beklaming xuddi o ‘zginalaridir»3, deb atagani bejiz emas.
Ular qo‘l ostidagi xalqdan istagan kishiga jarim a solishlari va 7
kungacha qamab qo'yishlari mumkin b o igan.
1
Do'stlaringiz bilan baham: