voniy, Ahmad Yassaviy, Sulaymon Boqirg‘oniy, az-Zamaxshariy,
Bahouddin Naqshband, Ubaydullo X o‘ja Axror valiy, So‘fi Olloyor
va boshqa allomalaming jahon fan-madaniyati rivojiga qo‘shgan
xizmatlarini inkor etishga urinishdi va ulaming asarlarini bir yoq-
lama soxta tadqiq etishdi. Sankt-Peterburg Turkiston
o ik asid a islom
dinining jahonshumul umuminsoniy mavqeini sindirish uchun rus
pravoslav ibodatxonalari tarm og‘ini kengaytirdi.
Rus mustamlakachilari o ‘zlari ishlab chiqqan «Turkiston o ik a -
sini boshqarish haqida Nizom»da shariat qozilarini saylash masala-
siga alohida e ’tibor berdilar. Xonlar zamonida savodxon va nihoyat
bilimdon odamlar qozilikka tayinlangan b o ‘lsa, ms m a’murlarining
qonuniga k o ia , savodsiz kishilar ham bu lavozimga saylanishi
mumkin b o id i. Mingboshi, oqsoqol,
qozi saylovlari jarayonida
noroziliklar yuz berdi. Xalq o ‘z fikrini bildirishga urindi. Rus
mustamlakachilik tartiblari, idora uslubi va mslashtirish siyosatidan
norozilik quyi m a’muriyat saylovlarida ochiqdan-ochiq siyosiy
chiqishlar shaklida namoyon b o id i.
Rus mustamlakachilarining Turkistondagi hukmronligi uchun
tahlikali vaziyat vujudga keldi. Turkiyaning Yunoniston bilan urush-
da erishgan g'alabasi butun musulmon olamida Turkiya sultoni-
ning obro‘sini k o iarish i barobarida yevropaliklar
zulmi ostida ezil-
gan mazlum Sharqda milliy g ‘um r uyg‘otib, ozodlik kurashiga havas
qo‘zg‘adi. Ana shunday kayfiyat Turkistonda ham kuchayganligini
ms siyosiy razvedkasi payqadi. Rus maxfiy polisiyasi, okrug shtabi
kontrrazvedkasi doimo turklardan muntazam xavfsirar, ulaming
Turkistondagi ta ’siridan q o iq a r edi.
Shuning uchun mustamlaka-
chilar Turkiya bilan Turkistonni birlashtimvchi qardoshlik rishta-
larini uzishga harakat qildilar.
Ozodlik kurashining bu davri Yevropa mustamlakachilari zul-
miga qarshi Sharq xalqlari k o iarg an milliy-ozodlik qo‘zg ‘alonlari-
ning tarkibiy qismi deb q aralm ogi lozim. Sharqiy Sudan xalqla-
rining M uhammad Ahmad (1848-1885) boshchiligidagi ingliz bos-
qinchilariga qarshi qo‘zg ‘aloni hamda fransuz mustamlakachilariga
qarshi Jazoirda Abdulqodir boshlagan qo‘zg‘alon (1808-1883)
alangalari lovillab turgan bir paytda Andijonda Muhammad Ali eshon
(1846-1898) rahbarligida ms mustamlakachilariga qarshi ko iarilgan
qo‘zg‘alon tarixan tasodifiy boim agan. Ana shu bogiiqlik, y a’ni
Turkistondagi milliy-ozodlik harakatining
butun musulmon Shar-
qidagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar bilan uzviy bog iiqlig i masalasi
hanuzgacha oiganilm agan va o ‘z tadqiqotchilarini kutmoqda. Hol-
buki, o ‘sha vaqtdayoq ms mustamlakachilari bunday aloqadorlikning
255
www.ziyouz.com kutubxonasi
sabablarini juda yaxshi lushungan va unga qarshi keskin choralar
ko'rgan. Xususan, 1898 yilda oliy lavozimdagi podshoh amaldori va
publisist Vladimir Cherevanskiy Sudan va Jazoir k o ‘zg ‘oloni haqi
da shunday degan edi: «Musulmonlar o ‘rtasidagi tenglikni tiklash
hamda musulmon mamlakatlaridagi o ‘zgalar hukmronligiga chek
qo‘yishga chaqirilganini e ’lon qilgan Mahdi (Muhammad Ahmad)
faol harakat boshladi. Shu tariqa Sudan qo‘zg‘aloni boshlanib ketdi
va u hanuzgacha davom etmoqda. Bu alanga Qohiraga ham o ‘tib,
Aleksandriyada yevropaliklarni qirish boshlandi. Qohiraning o ‘n
ikki maydonida o ‘n ikki darvish Muhammad bayrog‘ini ko‘tarish
va yevropaliklarni y o ‘qotish haqida v a’z o ‘qishardi.
Sudan
qo‘zg ‘aloni davomida Maxdi ikki yuz minglik qo‘shinga ega b o ‘ldi
va uning g ‘azotga d a’vati butun musulmon dunyosiga yoyildi.
M isr qo‘shinlari ketma-ket m ag'lubiyatga uchradi. Ilg‘or artilleriya
va boshqa xil yarog‘-aslahalar bilan qurollangan Mahdi qo‘shini
Xartum ostonasiga yaqinlashdi. Nihoyat Xartum ham egallanib,
uning mudofaasiga rahbarlik qilgan ingliz generali Gordon o ‘ldirildi.
Inglizlar chekindilar. Yana bir Mahdiy paydo b o ‘ldi. Bu imomning
islom dini sofligi uchun kurash haqidagi chaqirig‘i jami musulmon
mamlakatlarida kuchli aks-sado berdi. Hindistonda Yer kurrasidagi
musulmonlami birlashtirishga qaratilgan ittifoq tashkil topdi. Ittifoq
a ’zolari o ‘z ishini ingliz noibini o'ldirish
va savdogarlarini talashdan
boshladilar. Sunniylar va shialar o ‘rtasidagi muxoliflik y o ‘qola bordi.
0 ‘rta Osiyoda darvishlar jazavaga tushib, bozorlar va maydonlarda
o'zlarining mistik madhiyalarini kuylashga tushdilar. Bu tahlikali
vaziyatda oldinda kutilishi mumkin bo‘lgan fanatik portlashdan
cho‘chib, Turkiston general-gubernatori Sudan islohotchisini soxta
Maxdiy deb e ’lon qilishni talab qildi»1. Bu xavfsirashda jon borligini
ayg‘oqchilik xabarlari ham tasdiqladi.
Turkiston o ‘lkasining turli hududlarida
xalq harakatlari davom
etayotgani va ruslarga qarshi kayfiyat kuchayib borayotgani haqi
dagi xabarlarda, jumladan, shunday m a’lumotlar bor edi: «So‘nggi
vaqtlarda o ‘lkada m a’lum maqsadi va tegishli hujjatlari b o ‘lmagan
turk fuqarolari paydo bo‘lmoqda. Xalq o ‘rtasida esa Turkiya-
Yunoniston urushida turklar erishayotgan zafarlami madh etuvchi
Istanbulda nashr qilingan kitoblar tarqalgan. Turk sultoni Muhammad
Aliga o ‘z yelkasidagi to ‘nni va g ‘azovot e ’lon qilishga chorlovchi
farmonni yuborgani haqida ovozalar yuribdi. Afg'oniston amiri
1
Do'stlaringiz bilan baham: