O‘zbekiston respublikasi oliy va



Download 1,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/147
Sana28.08.2021
Hajmi1,15 Mb.
#158242
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   147
Bog'liq
ozik-ovkat mahsulotlar ekspertizasi

Ildiz ziravorlar 
 
Eng  ko‘p  qo‘llaniladigan  ildiz  ziravorlardan  biri  zanjabil  (imbir)  hisoblanadi. 
Zanjabil ko‘p yillik o‘simlikning quritilgan ildiz poyalaridan iborat. Zanjabil asosan 
Hindiston, Xitoy, YAponiya, Indoneziya, Afrika va boshqa mamlakatlarda o‘sadi. 
 
Tayyorlab olish usuliga qarab oq zanjabil va qora zanjabil bo‘ladi. Oq zanjabil 
yuvilib tozalangan ildizpoyani havoda va quyosh nurida quritib olinadi. Qora zanjabil 
esa  ildizpoyani  avval  suda  qaynatib,  so‘ngra  quritish  yo‘li  bilan  olinadi. 
Qaynatilganda ildizpoyadagi kraxmal kleystrlanadi va qora rang hosil qiladi. Zanjabil 
tarkibida  1-3  %  miqdorida  efir  moyi  bo‘ladi.  Uning  achchiq  ta’mi  tarkibida 
fenolsimon modda gingerol (S
17
N
26
O
4
) borligi bilan izohlanadi. 
 
Zanjabil  sotuvga  ildizpoya  bo‘lakchalari  holida  yoki  yanchilgan  tarzda 
chiqariladi. 


 
83 
 
YAnchilgan  zanjabil  –  bu  o‘tkir  zanjabil  hidli,  achchiq  ta’mli,  kulrang-sariq 
talqonsimon  mahsulotdir.  Efir  moyining  miqdori  zanjabilda  1,5  %  dan  ortiq 
bo‘lmasligi talab etiladi. 
 
Mog‘or  bosgan,  qo‘lansa  va  boshqa  begona  hidlarga  ega  bo‘lgan  zanjabil 
sotuvga chiqarilmasligi kerak. 
 
CHakana  savdo  tarmoqlariga  zanjabil  yanchilgan  holda  10  g  lik  shisha 
probirkalarga,  karton  qutilarga  qadoqlanib  chiqariladi.  Zanjabil  unli  qandolat 
mahsulotlari, liker-aroq mahsulotlari, kolbasalar ishlab chiqarishda keng qo‘llaniladi. 
Ba’zi mamlakatlarda zanjabildan pivoning ta’m va hid ko‘rsatkichlarini yaxshilashda 
ham foydalaniladi. 
 
Gul ziravorlar 
 
Gul ziravorlar ham oziq-ovqat sanoatida keng qo‘llaniladi. Asosiy gul ziravor – 
bu  za’faron  (shafran)  o‘simligining  quritilgan  gul  tumshuqchalaridir.  Bu  o‘simlik 
ko‘p yillik hisoblanib Ozorboyjon davlatining Apsheron yarim oralida o‘stiriladi. U 
to‘q qizil rangli egiluvchan ingichka iplardan iborat. 
 
Za’faronning  quritilgan  tumshuqchalari  tarkibida  0,6  %  ga  yaqin  efir  moyi 
bo‘ladi.  SHu  sababli  ham  za’faron  xushbo‘ylik  beruvchi  modda  sifatida  ishlatiladi. 
Bundan  tashqari  za’faron  tarkibida  achchiq  ta’m  beruvchi  glyukozid  pikrokrotsin 
(S
16
N
26
O
7
)  bo‘ladi.  Bu  glyukozid  gidrolizlanganda  glyukoza  va  safronal  terpeni 
(S
10
N
14
O
4
) hosil bo‘ladi. Za’faronning hidi o‘tkir, o‘ziga xos, ta’mi esa yoqimli, sal 
achchiqroq bo‘ladi. 
 
Savdo  tarmoqlariga  zafaron  shisha  probirkalarga  1  g  dan  qadoqlangan  holda 
chiqariladi. Za’faronni suvda hatto 1:1000000 nisbatda eritganda ham sariq rang hosil 
bo‘ladi. 
 
Zafaron asosan liker-aroq, non, unli qandolat mahsulotlari va pishloqlar ishlab 
chiqarishda rang beruvchi xushbo‘y modda sifatida ishlatiladi. 
 
 

Download 1,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish