O‘zbekiston respublikasi oliy va



Download 1,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/147
Sana28.08.2021
Hajmi1,15 Mb.
#158242
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   147
Bog'liq
ozik-ovkat mahsulotlar ekspertizasi

Meva-urug‘ ziravorlar 
 
Xantal  (gorchitsa).  Kukun  holidagi  xantal  xantal  o‘simligi  urug‘idan  moyini 
ajratib olgandan keyin qolgan massani maydalab olinadi. Moy ajratib olingangandan 
keyin qolgan massa quritilib, tuyib kukun holiga keltiriladi. 
 
Xantal  kukunining  asosiy  tarkibiy  qismini  glyukozid  sinigrin  tashkil  etadi. 
Quruq xantal kukunini issiq suv bilan ezganda fermentlar ta’sirida glyukozid sinigrin 
gidrolizlanib glyukoza va allil xantal moyini hosil qiladi. 
 
Aynan  hosil  bo‘lgan  allil  xantal  moyi  oshpazlikda  ishlatiladigan  xantalning 
o‘tkir hidli va achchiq ta’mli bo‘lishini belgilaydi. 
 
Xantal  kukunining  sotuvga  1-chi  va  2-chi  navlari  chiqariladi.  Ularning 
tarkibida  namlik  10  foizdan  oshmasligi  kerak.  Birinchi  nav  xantalning  ta’mi  o‘tkir, 
rangi  och-sariq,  suvda  qorilganda  ham  qoraymaydigan  bo‘ladi.  Ikkinchi  nav 
xantalning rangi sariq bo‘lib, suvda qoriganda to‘qroq ranga kiradi. 
 
Xantal  kukuni  pergament  qavatli  qog‘oz  paketlarga  50  va  120  g  miqdorida 
joylanib  sotuvga  chiqariladi.  SHuningdek,  savdo  korxonalariga  ovqatga  tayyor 
qilingan  suyuq  xantal  holida  ham  chiqariladi.  Xantalning  ta’m  ko‘rsatkichlarini  va 
xushbo‘yligini yaxshilash maqsadida unga o‘simlik moyi, qand, tuz, sirka, qalampir 
singari qo‘shimcha xom ashyolar ham qo‘shiladi. Suyuq xantal shisha bankalarga 50, 
75, 100, 150 va 200 g massada qadoqlanadi. 
 
Sifatli suyuq xantal sariq rangli va bir xil konsistensiyali bo‘lishi kerak. Ta’mi 
o‘tkir, o‘ziga xos, begona hidlarsiz bo‘lishi kerak. 
 
Suyuq  xantal  tarkibida  yog‘  –  6-8  %,  qand  –  16  %,  tuz  1,3-2,5  %  ni  tashkil 
etadi. 
 
Muskat  yong‘oq.  Bu  tropik  mamlakatlarda  o‘sadigan  doim  yashil  bo‘lib 
turadigan muskat daraxtining quritilgan mevasidir. Tashqi ko‘rinishi bo‘yicha muskat 
yong‘og‘i  oval  yoki  yumaloq  shaklda  bo‘lib,  jigar  rangli,  sirtida  egri-bugri 
chiziqchalari mavjud bo‘ladi. 


 
81 
 
Muskat  yong‘og‘i  tarkibida  yog‘  11  %  ni,  efir  moylari  esa  7-15  %  gachani 
tashkil  etadi.  Efir  moyining  asosini  uglevodorod  pinen  va  kamfenlar  tashkil  etadi. 
SHuningdek  efir  moyi  tarkibiga  terpen  va  aromatik  qatori  uglevodorodlari,  ba’zi 
aldegid  va  ketonlar  hamda  muskat  moyiga  xos  miristin  kislotasi  bo‘ladi.  Ana  shu 
uchuvchan murakkab birikmalar muskat yong‘og‘iga o‘tkir, ozroq achchiq o‘ziga xos 
ta’m  beradi.  Muskat  yong‘og‘ida  namlik  12  %  dan  ortiq  bo‘lmaydi,  umumiy  kun 
miqdori esa 4 % ni tashkil etadi. 
 
Iste’molchilarga  sotish  uchun  mo‘ljallangan  muskat  yong‘og‘i    3-5  donadan 
qilib  (13-15  g)  karton  korobkalar  yoki  shisha  probirkalarga  qadoqlanadi.  Ba’zan 
muskat yong‘og‘i maydalangan holda iste’molchilarga taqdim etilishi mumkin. 
 
Sifatli  muskat  yong‘og‘i  sog‘lom,  hasharotlar  bilan  zararlanmagan,  ko‘kish-
qo‘ng‘ir  rangli  bo‘lishi kerak.  Tarkibida 5  %  dan  ortiq  chirigan  mag‘izlari  bo‘lgan, 
begona hidlarga va ta’mlarga ega bo‘lgan, zararkunandalar bilan zararlangan muskat 
yong‘oqlarini sotuvga chiqishga ruxsat etilmasligi kerak. 
 
Muskat  yong‘og‘i  oshpazlikda,  oziq-ovqat  sanoatida  kolbasa,  liker-aroq  va 
boshqa  mahsulotlar  ishlab  chiqarishda  keng  qo‘llaniladi.  Bundan  tashqari  muskat 
yong‘og‘idan  tabobatda  va  parfyumeriya  sanoatida  qo‘llaniladigan  efir  moyi  ishlab 
chiqarishda ham keng qo‘llaniladi. 
 
Qalampir.  Qalampir  eng  ko‘p  tarqalgan  ziravorlardan  hisoblanadi. 
Qalampirning  o‘tkir  ta’mi  va  o‘ziga  xos  xushbo‘yligi  mavjud  bo‘lganligi  uchun 
go‘sht, baliq, sabzavot, qandolat, liker-aroq va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarishda 
keng  qo‘llaniladi.  Qalmpirning  asosan  to‘rtta  turi  mavjud:  qora  murch,  oq  murch, 
xushbo‘y murch, qizil qalampir. 
 
Qora murch – tropik o‘simlikning quritilgan dumbul mevasidir. Qalampirning 
vatani  Hindiston  hisoblanadi.  Qora  murchning  tarkibida  unga  o‘tkir  achchiq  ta’m 
beradigan  7  %  ga  yaqin  piperin  (S
17
N
19
NO
3
)  alkaloid  va  2  % gacha o‘ziga  xos hid 
beradigan efir moyi bo‘ladi. 
 
Qora  murch  sotuvga  donador  va  yanchilgan  holda  chiqariladi.  Sifatli 
murchning donlari sharsimon (diametri 3-5  mm), burishqoq, qora, yarqiramaydigan, 
jigar  rang  tusli  bo‘ladi.  YAxshi  navlarining  100  donasining  massasi  4,8  g  gacha 
bo‘ladi.  Sifatli  donador  qora  murchda  chirigan,  zararkunandalar  bilan  zararlangan 
donlar  va  begona  hidlar  bo‘lmasligi  kerak.  Namligi  12  %  dan  oshmasligi  kerak. 
Umumiy kul miqdori esa 6 % gachani tashkil etadi. 
 
YAnchilgan murch ham to‘q kulrang, kukunsimon mahsulot bo‘lib, uning sifat 
ko‘rsatkichlari aynan donador qora murchniki singari bo‘ladi. 
 
Oq  murch – qora  murch olinadigan daraxtning  yaxshi  pishib  etilgan  mevasini 
quritib ishlov berish yo‘li bilan olinadigan mahsulotdir. Oq murch qora murch singari 
o‘tkir, achchiq ta’mga ega emas. 
 
Xushbo‘y  murch  (qalampirmunchoq)  –  bu  tropik  daraxtning  dumbul  bo‘lib 
etishgan  mevasini  quritib  olinadi.  Xushbo‘y  murchning  ham  donlarining  yuzasi 
burishqoq,  to‘q  jigarrang.  Xushbo‘y  murchning  hidi  ham  dolchin  va  muskat 
yong‘og‘ining hidi singari murakkab bo‘lib, ta’mi yoqimli achchiqroq bo‘ladi. 
 
Qizil  qalampir  –  bu  ituzumdoshlar  oilasiga  mansub  o‘simlikning  butunligicha 
quritilgan  yoki  quritib  kukun  holiga  keltirilgan  mevasidir.  Qizil  qalampir  ta’mining 


 
82 
o‘tkir,  achchiqligiga  qarab  achchiq,  o‘rtacha  achchiqlikdagi  va  shirin  qalampir 
turlariga bo‘linadi. 
 
Qizil  qalampir  tarkibida  0,02  dan  to  1  %  gacha  miqdorda  kapsaitsin 
(S
18
N
27
NO
3
)  alkaloidi  bo‘ladi,  ana  shu  alkaloid  qalampirga  o‘tkir,  achitadigan  ta’m 
beradi.  YAnchilgan  qizil  qalampir  25-30  g  miqdorida  paketchalarga  qadoqlanib 
savdoga chiqariladi. 
 
Mag‘or  bosgan,  ho‘l,  shuningdek  begona  hidlarga  ega  bo‘lgan  qalampirlarni 
iste’molchilarga sotish taqiqlanadi. 
 
Zira.  Bir  yillik  o‘tsimon  o‘simlikning  ikki  urug‘i  mevasi.  Sobiq  Ittifoqning 
hamma  joylarida  keng  tarqalgan  o‘simlik  hisoblanadi.  Ziraning  mevasi  sal  egik, 
qo‘ng‘irroq rangli o‘roqsimon urug‘dan iborat. Zira tarkibida efir moyining miqdori 3 
% dan 7 % gachani tashkil etadi. Efir moyining 50 foizini karvon (S
10
N
14
O) moddasi 
va qariyib shuncha qismini limopen (S
16
N
16
) moddasi tashkil etadi. 
 
Sifatli  zira  urug‘lari  kuchli  o‘ziga  xos  yoqimli  hidga  va  o‘tkir  ziravor  ta’mli 
bo‘ladi. Quruq ziraning namligi 12 % dan, begona aralashmalar miqdori esa 3 % dan 
oshmasligi talab etiladi. Zira karam tuzlashda, pishloq, qandolat mahsulotlari va non 
tayyorlashlarda ishlatiladi. 

Download 1,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish