O‘zbekiston respublikasi oliy va


Gazlashtirilgan spirtsiz ichimliklar



Download 1,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/147
Sana28.08.2021
Hajmi1,15 Mb.
#158242
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   147
Bog'liq
ozik-ovkat mahsulotlar ekspertizasi

Gazlashtirilgan spirtsiz ichimliklar. 
Gazlashtirilgan 
ichimliklar 
karbonat  angidrid  gazi  bilan  0,3-0,6%  miqdorida  to‘yintirilishi  bilan  xarakterlanadi. 
Bu  ichimliklar  asosan  gazlangan  ichimlik  suviga  meva-rezavor  meva  sharbatlari, 
ekstraktlar,  siroplar,  qand,  morslar,  uzum  vinolari,  xushbo‘y  moddalar,  kislotalar, 
bo‘yoq moddalari (koler) va boshqalar qo‘shib tayyorlanadi. 
 
Gazlashtirilgan  spirtsiz  ichimliklar  xom  ashyosi  va  ishlab  chiqarish 
texnologiyasiga  qarab  3  guruhga  bo‘linadi:  gazli  suvlar,  butilkali  gazlashtirilgan 
ichimliklar va quruq holdagi ichimliklar. 


 
78 
 
Gazli  suvlar.  Bu  -  ichimlik  suvi  bo‘lib,  uning  tarkibida  karbonat  angidirid 
gazining miqdori 0,4%ni tashkil etadi. 
 
Gazli  suv  olish  uchun  saturatorga  bir  vaqtining  o‘zida  4
0
S  haroratga  ega 
bo‘lgan ichimlik suvi va bosim ostida ballondan karbonat angidrid gazi yuboriladi. 
 
Butilkali gazlashtirilgan ichimliklar. Bu ichimliklar qand siropi, meva-rezavor 
meva sharbatlari, ekstraktlar, damlamalar, essensiyalarning suvli eritmasini karbonat 
angidrid gazi bilan to‘yintirish natijasida olinadigan ichimlikdir. Bu xil ichimliklarni 
ishlab  chiqarish  uchun  hamma  xom  ashyolardan  tayyorlangan  kupaj  siropi  katta 
idishlarga solinib, sovuq ichimlik suvi bilan aralashtiriladi va karbonat angidrid gazi 
bilan  to‘yintiriladi.  Keyin  ichimlik  butilkalarga  qadoqlanib,  darhol  germetik 
bekitiladi. 
 
Gazlashtirilgan  spirtsiz  ichimliklar  5  guruhga  bo‘linadi:  tabiiy  xom  ashyodan 
tayyorlangan,  sintetik  essensiyali,  tetiklantiruvchi,  vitaminlashtirilgan  va  diabetik 
ichimliklar. 
 
Tabiiy  xom  ashyolardan  (sharbatlar,  ekstraktlar,  siroplar,  damlamalar) 
tayyorlangan ichimliklar tarkibida ko‘p miqdorda qand (10-12%) borligi bilan ajralib 
turadi.  Bu  xil  ichimliklarning  assortimenti  xilma-xildir:  Limonniy,  Abrikosoviy, 
Slivoviy,  Vishneviy,  Granatoviy,  Klubnichniy,  Limonad,  Malinoviy,  Sitro  va 
boshqalar. 
 
Sintetik  essensiyali  ichimliklar  sintetik  essensiyalarga  qand,  limon  kislotasi, 
buyoqlar  qo‘shib  tayyorlanadi.  Bularga  YAblochniy,  Apelsinoviy,  Limonniy 
ichimliklari  kiradi.  Bu  ichimliklarning  yorliqlarida  albatta  “sintetik  essensiyadan” 
tayyorlangan degan yozuv bo‘lishi kerak. 
 
Tetiklantiruvchi  ichimliklar  kishi  asab  sistemasiga  qo‘zg‘atuvchi  ta’sir 
ko‘rsatadigan  xom  ashyolarning  damlamasi,  ekstraktlaridan  olinadi.  Bu  ichimliklar 
ichilganda kishining charchog‘i ko‘tariladi va chanqog‘i bosiladi. 
 
So‘nggi  yillarda  bu  ichimliklarning  assortimenti  tez  sur’atlar  bilan  kengayib 
bormoqda.  SHunday  ichimliklar  jumlasiga  dunyo  miqyosida  keng  tarqalgan  “Kola” 
ichimliklarini  kiritish  mumkin.  “Kola”  seriyasidagi  ichimliklar  tarkibida  kola 
yong‘og‘ining ekstrakti mavjud bo‘ladi. Kola yong‘og‘i kofein va teobrominga boy 
hisoblanadi.  Bu  ichimliklarning  o‘ziga  xos  ta’mi  va  xushbo‘yligini  ta’minlashda 
sitrus efir moylari ham muhim ahamiyatga egadir. 
 
SHuningdek,  tetiklantiruvchi  spirtsiz  ichimliklar  qatoriga  Baykal,  Sayani, 
Bodrost, Utro, Fanta, Kosmos kabi ichimliklarini ham kiritish mumkin. 
 
Vitaminlashtirilgan  ichimliklar  tarkibida  ko‘p  miqdorda  askorbat  kislotasi  (S 
vitamini)  borligi  bilan  ajralib  turadi.  Bu  ichimliklarni  olish  uchun  askorbat  kislotasi 
yoki askorbat kislotasiga boy bo‘lgan xom ashyo damlamalari, sharbatlari ishlatiladi. 
SHunday  xom  ashyolar  sifatida  limon,  apelsin,  qora  smorodina  mevalaridan 
foydalaniladi. 
 
Diabetik  ichimliklar  tayyorlashda  qand  o‘rniga  sorbit  qo‘shiladi.  Ularga 
xushbo‘ylik uchun aromatik essensiyalardan foydalaniladi. 
 
Quruq  holdagi  gazlashtirilgan  ichimliklar.  Bu  xil  ichimliklar  2  xil  bo‘ladi: 
vijillaydigan va vijillamaydigan. 


 
79 
 
Quruq  vijillaydigan  ichimliklar  shakar,  ovqatga  ishlatiladigan  kislotalar, 
essensiyalar,  natriy  karbonat  va  kolerning  aralashmasidir.  Ular  sotishga  talqon  va 
tabletkalar holida chiqariladi. 
 
Quruq  vijillamaydigan  ichimliklar  esa  quritilib,  maydalangan  shakar, 
ekstraktlar,  essensiyalar,  ovqatga  ishlatiladigan  kislotalar  va  ozuqaviy  bo‘yoq 
moddalarining  aralashmasidir.  Ular  massasi  20  g  bo‘lgan  tabletkalar  va  kukun 
hollarida savdoga chiqariladi. Ichimlik olish uchun bitta tabletka 200 ml sovuq suvda 
eritiladi.  Quruq  vijillamaydigan  ichimliklar  qatoriga  YAblochniy,  Vishneviy, 
Klyukvenniy ichimliklarini kiritishi mumkin. 
 
Gazlashtirilgan  spirtsiz  ichimliklarning  sifati  organoleptik  va  fizik-kimyoviy 
ko‘rsatkichlari  asosida  baholanadi.  Bu  ichimliklar  tiniq,  cho‘kindisiz  va  quyqasiz 
bo‘lishi,  aynan  shu  tur  ichimlikka  xos  bo‘lishi  kerak.  Ta’mi  va  hidi  yoqimli,  ho‘l 
mevalar  va  rezavor  mevalar  ta’mi  va  hidiga  mos  bo‘lishi,  begon  ta’m  va  hidlarsiz 
bo‘lishi kerak. 
 
Bu  ichimliklarning  asosiy  fizik-kimyoviy  ko‘rsatkichlariga  esa  tarkibidagi 
quruq modda miqdori, nordonligi, erigan karbonat angidirid gazining miqdori kabilar 
kiradi. 
 
Gazlashtirilgan  spirtsiz  ichimliklar  sig‘imi  0,33  va  0,5  l  bo‘lgan  butilkalarga 
qadoqlanadi va germetik bekitilgan holda sotuvga chiqariladi. 
 
Gazlashtirilgan  ichimliklarning  yorliqlarida  standart  bo‘yicha  talab 
etiladigan  hamma  ko‘rsatkichlar,  xususan  tayyorlangan  vaqti  va  saqlash  muddati 
albatta ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak. Bu ichimliklarni 2
0
S dan  12
0
S gacha  haroratda 7 
kungacha, diabetik ichimliklarni  esa 15  kungacha gorizontal holatda saqlash tavsiya 
etiladi. 
 

Download 1,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish