O‘zbekiston respublikasi oliy va


Kvaslarning sifat ekspertizasi



Download 1,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/147
Sana28.08.2021
Hajmi1,15 Mb.
#158242
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   147
Bog'liq
ozik-ovkat mahsulotlar ekspertizasi

Kvaslarning sifat ekspertizasi. 
Kvas  qadimiy  rus  ichimligi  hisoblanadi. 
Kvas hozirgi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan ichimliklardan hisoblanadi. 
 
Kvaslar  xom  ashyosiga  qarab  non,  meva-rezavor,  asal  kvaslariga  bo‘linadi. 
Ishlab chiqarish hajmi bo‘yicha non kvasi birinchi o‘rnini egallaydi. Kvas tarkibida 
0,4-0,6%    spirti  bo‘lgan  chanqoqbosdi,  tetiklantiruvchi,  ba’zilari  esa  davolash 
xossalariga  ega  bo‘lgan  ichimliklar  qatoriga  kiradi.  Kvas  tarkibida  sut  kislotasi, 
aminokislotalar, qand,  makro- va  mikroelementlar, shuningdek V  guruhi vitaminlari 
bo‘ladi. 
 
Kvas ishlab chiqarish uchun xom ashyo sifatida yuqori sifatli javdar, arpa, asal, 
qand,  javdar  noni,  xmel,  sut  kislotasi,  sitrus  mevalari  damlamasi,  tuz,  patoka, 
achitqilar, qand koleri, suv va boshqa xom ashyolar ishlatiladi. 
 
Non kvasi ishlab chiqarishda esa asosiy xom ashyo sifatida javdar uni, javdar 
noni, javdar solodi, qand va boshqalar ishlatiladi. 
 
Kvas olish uchun bu xom ashyolar 70-73
0
S haroratli issiq suvda ishlov berilib, 
ekstraksiya  yo‘li  bilan  atala  (susla)  olinadi.  Keyin  esa  hosil  qilingan  atalaga  25% 
qand  va  toza  sut  kislotasi  bakteriyalari  va  xamirturush  achitqisi  qo‘shib  achitiladi. 
Achitish  22-26
0
S  haroratda  8-12  soat  davomida  olib  beriladi.  So‘ngra  kvas  10-12
0

gacha  sovutiladi,  filtrlanadi,  qand  sharbati,  koler,  o‘tlar  damlamasi  qo‘shilib 
qadoqlash uchun jo‘natiladi. 
 
Kvaslarning  non  kvasi,  issiq  sexlar  uchun  non  kvasi,  Russkiy,  Zdorove, 
Moskovskiy, Litovskiy, Aromatniy, Ostankinskiy kabi turlari mavjud. 
 
Kvaslarning  ta’mi  o‘ziga  xos,  yoqimli,  nordon-shirinroq,  hidi  esa  yangi 
yopilgan non hidini berishi va aniq sezilib turishi kerak. Kvaslarda begona ta’m va 
hidlar  bo‘lishiga  yo‘l  qo‘yilmaydi.  Ularning  rangi  och-jigar  rangdan  to‘q-jigar 
ranggacha bo‘ladi. Tashqi ko‘rinishidan kvaslar tiniq emas, ulardan non qoldiqlari va 
achitqi cho‘kindilari bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi. 


 
76 
 
Kvaslarning  fizik-kimyoviy  ko‘rsatkichlariga  spirt  miqdori,  nordonligi, 
karbonat  angidrid  gazi  miqdori  kabi  ko‘rsatkichlari  kiradi.  Bu  ko‘rsatkichlari 
bo‘yicha ham kvaslar belgilangan me’yoriy hujjatlar talabiga javob berishi kerak. 
 
Sotuvga  chiqarish  uchun  kvaslar  ham  pushti, qora-ko‘k  shishalardan  yasalgan 
0,33,  0,5  l  sig‘imli  butilkalarga  va  avtotermotsisterna  yoki  yog‘och  bochkalarga 
quyiladi. 
 
Kvaslarni toza, ozoda, yaxshi shamollatiladigan qorong‘i xonalarda 2-12
0

haroratda saqlash tavsiya etiladi. Kvaslarning saqlanish muddati 20
0
S da ularning 
turiga qarab 2 sutkadan 7 sutkagacha qilib belgilangan.  

Download 1,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish