Ma’danli suvlar va gazlashtirilgan spirtsiz
ichimliklarning sifat ekspertizasi
Spirtsiz ichimliklar guruhi tabiatan, tarkibi, organoleptik ko‘rsatkichlari va
olinish texnologiyasi bo‘yicha har xil, lekin kishiga rohat baxishlash va chanqoq
bosish xususiyatiga ega bo‘lgan xususiyatlarni mujassamlashtiradi. Bu
ichimliklarning ba’zi birlari ozuqaviy ahamiyatga ega bo‘lsa, ba’zilari davolash
maqsadlarida ham ishlatiladi.
Spirtsiz ichimliklar guruhiga ma’danli suvlar, meva-rezavor meva va sabzavot
sharbatlari, siroplar, ekstraktlar, morslar, gazlashtirilgan ichimliklar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |