Osh tuzi.
Osh tuzi tabiiy manbalardan olinadigan xlori natriyning (NaCl)
toza kristallaridan iboratdir. Toza osh tuzlari tarkibida xlorli natriyning miqdori 97,0-
99,7%ni tashkil etadi. Xlorli natriy tarkibida natiyning miqdori 39,4% ni, xlorning
miqdori esa 60,6% ni tashkil etadi.
Osh tuzi ovqatga solinadigan dorivorlar orasida birinchi o‘rinlardan birini
egallaydi. Inson organizmida xlorli natriyning etishmasligi suv-tuz almashinuvining
buzilishga olib keladi. Xlorli natriy qon, limfa, protoplazma kletkalari tarkibiga kirib,
to‘qima va hujaylarda osmatik bosimni boshqarishda muhim ahamiyatga egadir. U
organizmda oshqazon so‘laklarining tarkibiy qismlaridan biri hisoblangan xlorid
kislotasini hosil qilish uchun zarur bo‘ladigan xlor ionlarining ham manbai
hisoblanadi. Osh tuzining natriy ionlari esa oshqozon osti bezlari so‘laklarining hosil
bo‘lishida ishtirok etib, ularning ishqorlilik muhitini ta’minlaydi.
Katta yoshdagi odamlarning osh tuziga bo‘lgan sutkalik ehtiyoji o‘rtacha 10-15
g ni tashkil etadi. Haqiqatda esa inson bir kunda 20-25 g miqdorida osh tuzi iste’mol
qiladi. Osh tuzi faqatgina ovqatga ishlatilib qolmasdan, balki go‘sht, baliq, sabzavot
mahsulotlarini konservalash maqsadlarida ham ishlatiladi.
Osh tuzi kelib chiqishi va qanday usulda olinishiga qarab toshtuz, o‘zi
cho‘kkan tuz, cho‘kma va qaynatma tuzlarga bo‘linadi.
Tosh tuz ishlab chiqarish hajmi bo‘yicha birinchi o‘rinni egallaydi. Bu tuz er
tagida yirik palaxsalar holida joylashadi va tuz konlarini tashkil etadi. Ana shu
palaxsalardan tuz ochiq va yopiq usullardan qazib olinadi. Tosh tuzlar tarkibida juda
kam miqdorda begona aralashmalar bo‘lib, ular tarkibida xlorli natriyning miqdori
98-99% ni tashkil etadi. Respublikamiz hududlari ham ana tuz manbalariga boy
hisoblanadi. Masalan, Respublikamizning Surxondaryo viloyati SHerobod tumani
hududida joylashgan Xo‘ja-Ikon tuz koni ana shunday manbalar jumlasiga kiradi. Bu
85
tuz koni bugungi kunda Respublikamiz aholisining osh tuziga bo‘lgan ehtiyojini
ta’minlashda juda katta ahamiyatga egadir.
O‘zi cho‘kkan tuz - bu tuz sho‘r suvli ko‘llar tubida qalin qatlam bo‘lib
to‘planadi. Bir necha asrlar davomida ana shunday tuzlar manbai bo‘lib kelayotgan
asosiy ko‘llardan biri Bosqunchoq ko‘li hisoblanadi. Tosh tuzlarga qaraganda bu
tuzlar tarkibida ko‘proq begona aralashmalar, asosan kalsiy tuzlari aralashmalari
bo‘ladi. SHu sababli bu tuzlar begona aralashmalardan tozalanishi kerak.
CHo‘kma tuzlar sun’iy havzalarga to‘plangan okean, dengiz, ko‘llarning sho‘r
suvlaridan tabiiy sharoitda yoz kunlari suvning bug‘lanib ketishi natijasida hosil
qilinadi. Bunday tuzlar kam miqdorda ishlab chiqariladi.
Qaynatma tuz er osti sho‘r suvlarini bug‘latish yo‘li bilan olinadi. Organoleptik
va fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlari bo‘yicha yuqori sifatli tuz olish uchun bug‘latish
asosan vakuum-apparatlarda olib boriladi. Bu tuz toza oq rangli, mayda kristallar
holida bo‘lib, toza sho‘r ta’mga egadir. Xlorli natriyning miqdori bu tuzlarda 99,7%
dan kam bo‘lmasligi kerak.
Ishlov berish usuliga qarab osh tuzlari mayda kristallar holida, maydalangan,
maydalanmagan va yodlangan tuzlarga bo‘linadi.
Mayda kristalli tuzlar, asosan qaynatma tuzlar bo‘lib, ko‘zchalari 0,8 mm
bo‘lgan elaklardan butunlay va 0,5 mm ko‘zchali elaklardan esa 95% o‘tadi.
Maydalangan tuz kristallarining o‘lchamlariga binoan to‘rt nomerga bo‘linadi:
№0 - kristallarining kattaligi 0,8 mm; №1 - 1,1; №2 - 2,5; №3 - 4 mm.
Yodlangan tuz kasalliklarning oldini olish va davolash maqsadlarida ishlab
chiqariladi. Bu tuz asosan qalqonsimon bez kasalliklarining oldini olish uchun 1
tonna tuzga 25 g yodli kaliy aralashtirib ishlab chiqariladi. Yodlangan tuzlarning 200
g ning tarkibida yod miqdori 1,91 mg ni tashkil etadi. Bir kunlik ehtiyoj uchun zarur
bo‘ladigan tuzni yodlangan holda iste’mol qilgan kishi, bir sutkada 200 mkg yod
olgan hisoblanadi.
Sifatiga ko‘ra osh tuzi to‘rt navga bo‘linadi: ekstra, oliy, 1-chi va 2-chi navlar.
Tuzning sifati uning tarkibidagi xlorli natriyning, suvda erimaydigan moddalarning
miqdori va kristallarining o‘lchamiga bog‘liq.
Ekstra navli tuzlarning rangi oq bo‘lishi kerak, qolgan hamma navlarida esa
mineral aralashmalarning tarkibiga qarab oq-sarg‘ish, oq-kulrang, oq-pushti ranglarda
bo‘lishi mumkin. Tuzlar tarkibida ko‘z bilan ko‘rib bo‘ladigan mineral aralashmalar
bo‘lishiga ham yo‘l qo‘yilmaydi. Tuzlarning ta’mini aniqlashda 5%-li eritmadan
foydalaniladi. Bunday eritma toza sho‘r ta’mli, begona ta’mlarsiz va hidlarsiz bo‘lishi
kerak. Yodlangan tuzlarda esa ozroq miqdorda yod hidi sezilishiga yo‘l qo‘yiladi.
Tuzlarning organoleptik ko‘rsatkichlariga ular tarkibida uchraydigan mineral
aralashmalar katta ta’sir ko‘rsatadi.
Tuzlarning fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlariga xlorli natriyning miqdori (97,0-
99,7%), suvda erimaydigan moddalar miqdori (0,03-0,85%) va tuzlarning namligi
(0,1-6,0%) kabi ko‘rsatkichlari kiradi.
Tuz savdo tarmoqlariga mayda idishlarga o‘ralgan, katta idishlarga o‘ralgan va
to‘kma hollarda chiqariladi.
Ma’lumki, tuzlarni saqlaganda ular mikroorganizmlar va zararkunandalarning
ta’siriga uchramaydi. Tuzlarni saqlaganda bo‘ladigan asosiy nuqson ularning
86
kristallarining zichlashib qapishib qolishi hisoblanadi. Bu nuqson tuz namligining
ortishi bilan tezlashadi.
Mayda idishlarga o‘ralgan, qaynatma tuzlar quruq, mahkam yopiladigan
omborxonalarda saqlanishi kerak. Maydalangan katta idishlarga joylashgan va
to‘kma tuzlar yomg‘ir tegmaydigan ochiq omborxonalarda saqlanishi mumkin.
Yodlangan tuzlarni saqlashga esa alohida e’tibor berilishi kerak. Yodlangan
tuzlar tarkibidagi yodli kaliy namlik va quyosh yorug‘i ta’sirida parchalanadi va hosil
bo‘lgan erkin yod uchib chiqib ketadi. SHu sabali yodlangan tuzlarni germetik
bekitiladigan idishlarda saqlash maqsadga muvofiqdir. Yodlangan tuzlarning
kafolatlangan saqlash muddati 6 oy qilib belgilangan. Bu muddat o‘tishi bilan
yodlangan tuzlar oddiy osh tuzi sifatida sotiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |