77
ma’danli suvlar deb yuritiladi.
SHifobaxsh-xo‘raki ma’danli suvlar organizmga huzur bag‘ishlab, chonqoqni
bosadi, lekin ularning ko‘pchiligi davolash maqsadlarida ham ishlatiladi. Eng ko‘p
tarqalgan ma’danli suvlarga Arzni, Borjomi, Narzan, Dilijan, Mirgorodskaya,
Esentuki №20, Moskovskaya, Ijevskaya kabi turlarini kiritish mumkin.
Respublikamiz ham tabiiy ma’danli suv manbalariga boy hisoblanadi. Hozirgi
kunda Respublikamizning deyarlik hamma viloyatlarida ma’danli suvlar manbalari
aniqlanib, ular aholi sog‘lig‘ini saqlashda keng foydalanilmoqda. Respublikamizda
ishlab chiqarilayotgan va foydalanilayotgan shifofabaxsh-xo‘raki ma’danli suvlarga
Samarqand, Farg‘ona, Toshkent, Afrosiyob, SHodlik, Omonxona kabi ma’danli
suvlarni kiritish mumkin.
SHifobaxsh ma’danli suvlar vrachlarning tavsiyasiga binoan, ko‘proq
oshqozon-ichak kasalliklarini davolashda foydalaniladi.
Ma’danli suvlar tarkibida hozirgi kunda ma’lum bo‘lgan ko‘pgina kimyoviy
elementlar ion, molekula va murakkab biriklamalar holida uchrasada, ulardagi natriy,
kaliy, kalsiy, magniy, temir, xlor, yod va boshqalar har xil miqdorlarda va nisbatlarda
bo‘ladi. SHu sababli ma’danli suvlar erigan ma’danli tuzlarning tarkibiga qarab
ishqorli, kislotali, xlorli, temirli, oltingugurtli va boshqa turlarga bo‘linadi.
SHifobaxsh ma’danli suvlardan Essentuki №4, Essentuki №17, Batalinskaya,
Lugela, Naftusya mineral suvlari keng tarqalgan hisoblanadi.
Sun’iy ma’danli suvlar. Bu suvlar kaliy, natriy, kalsiy, magniy tuzlarini suvda
eritib, so‘ngra ularni karbonat angidrid gazi bilan to‘yintirish yo‘li bilan olinadi.
Sotuvga Sodovaya, Selterskaya sun’iy ma’danli suvlari chiqariladi.
Sodovaya suvi tarkibida ichimlik sodasi - 0,20-0,25%ni, osh tuzi esa - 0,10-
0,15%ni tashkil etadi. Selterskaya suvi tarkibida esa ichimlik sodasidan tashqari kam
miqdorda magniy xlor tuzi va 0,10-0,15% miqdorida kalsiy xlor tuzlari bo‘ladi. Bu
suvlar ozroq sho‘rroq ta’mga ega bo‘lganligi uchun issiq sexlarda ishlayotgan
ishchilarga chonqoq bosdi ichimlik sifatida tavsiya etiladi.
Tabiiy va sun’iy ma’danli suvlar savdoga 0,33 va 0,5 l sig‘imga ega bo‘lgan
shisha butilkalarga qadoqlanib, maxsus probkalar bilan germetik yopilgan holda
chiqariladi. Butilkalarga yorliqlar yopishtirilib, ularda suvning nomi, qachon va
qaerda ishlab chiqarilganligi, standart nomeri ko‘rsatkichlaridan tashqari, ma’danli
suv olingan manba, mineral elementlar miqdori, saqlash bo‘yicha tavsiyalar va
saqlash muddatlari haqidagi ma’lumotlar ham ko‘rsatilishi kerak.
Ma’danli suvlarni harorati 12
0
S dan oshmaydigan qorong‘i xonalarda
gorizontal holatda saqlash tavsiya etiladi. Saqlash muddati tabiiy ma’danli suvlarniki
bir oy, sun’iy ma’danli suvlarniki esa 15 kun qilib belgilangan.
Do'stlaringiz bilan baham: