... - SN = SN - ... + J
2
... - CHJ - CHJ - ...
Yod soni qancha katta bo‘lsa yog‘ shuncha suyuq bo‘ladi va iste’mol
qilinganda inson organizmida tez hazm bo‘ladi. Yod soni 85 dan katta bo‘lgan
moylar quriydigan moylar hisoblanadi. Demak, yod soni katta bo‘lgan moylar havo
kislorodi ta’siriga chidamsiz, yod soni kichik bo‘lgan moylar esa havo kislorodi
ta’siriga chidamli bo‘lib uzoq saqlanadi.
89
3-jadval
O‘simlik moylarining fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlari
Ko‘rsatkichlar
Makka-
jo‘xori,
GOST
8808-73
Kunga-bo
qar, GOST
1129-73
Soya moyi, GOST 7825-76
Paxta moyi, GOST 1128-75
O’z DTS 816: 2007
Tozala-
nib dezodo-
ratsiya
qilingan
Dezodo-
ratsiya
qilinib
tozalangan
Tozala-
nib dezo-
doratsiya
qilingan
Gidrota-
siya
qilingan
1-nav
Tozalanib dezodoratsiya
qilingan
Tozalanib dezodoratsiya
qilinmagan
Suv va uchuvchan moddalar
miqdori, %, ko‘p bo‘lmasligi
kerak
0,10
0,10
0,10
0,15
0,10
0,10
0,10
0,20
Kislota soni, mg KON da, ko‘p
bo‘lmasligi kerak
0,4
0,4
0,3
1,0
0,2
0,2
0,2
0,3
Yod soni, g/100 g
111-133
125-145
120-140
120-140
101-116
101-116
101-116
101-116
Sovunlanish reaksiyasiga
bormaydigan moddalar miqdori,
% ko‘p bo‘lmasligi kerak
1,0
1,0
0,8
1,0
1,0
1,0
1,0
1,0
YOg‘ bo‘lmagan aralashmalar
(tindirilganda massasi bo‘yicha),
% ko‘p bo‘lmasligi kerak
bo‘lmasligi
kerak
bo‘lmasligi
kerak
bo‘lmasligi
kerak
bo‘lmasligi
kerak
bo‘lmasligi
kerak
bo‘lmasligi
kerak
bo‘lmasligi
kerak
bo‘lmas
gi kerak
Fosforli birikmalar, % ko‘p
bo‘lmasligi kerak
0,05
bo‘lmasligi
kerak
0,05
0,20
-
-
-
-
Rangliligi, mg yodlarda, ko‘p
bo‘lmasligi kerak
20
10
12
50
-
-
-
-
Ekstransion moyning yong‘in
chiqarish harorati,
0
S, ko‘p
bo‘lmasligi kerak
234
234
240
225
234
232
232
232
19
6
90
Sovunlanish soni. Ma’lumki, yog‘lar tarkidagi asosiy yog‘ kislotalri glitserin
bilan bog‘langan bo‘lib, trigletsiridlarni hosil qiladi. 1 g moy tarkibidagi erkin va
bog‘langan yog‘ kislotalarini neytrallash uchun sarf bo‘ladigan kaliy ishqorining
miqdori yog‘larning sovunlanish soni deb yuritiladi.
Umuman shuni aytish mumkinki, yog‘larning fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlari
asosida ularning xossalari to‘g‘risida xulosa chiqarish mumkin.
O‘simlik moylarini joylashtirish, tamg‘alash, saqlash. Moy ekstraksiya
zavodlarida ishlab chiqarilgan moylar birdaniga sotuvga yoki iste’molga
jo‘natilmaydi. Kundalik hayotda moylar iste’molchilarga etib kelguncha ma’lum
muddatda saqlanadi. Ana shu muddat ichida moylarning sifatining pasayib
ketmasligini ta’minlash, ya’ni iste’molchilarga yuqori sifatli moy mahsulotlarini
etkazib berish katta ahamiyatga egadir. Ma’lumki, o‘simlik moylari temir
bochkalarda, bidonlarda, flyagalarda, elimlab chiqilgan yog‘och bochkalarda va
katta hajmlarda esa bak-rezervuarlarda saqlanadi.
CHakana savdo tarmoqlariga sotish uchun esa yog‘ni shisha butilkalarga 250
va 500 g dan, shuningdek polimer materiallardan tayyorlangan butilkalarga 400 va
500 g dan qilib qadoqlanadi. Butilkaga zavodning nomi, uning adresi, vazirlik,
korxonaning tovar belgisi, moyning turi va navi, sof massasi, standart nomeri
ko‘rsatilgan yorliq yopishtirib qo‘yiladi.
Albatta, moylarning saqlanish muddati mana shu idishlarning turiga, ichki
qismi qanday ishlaganligiga, hajmiga ma’lum darajada bog‘liq bo‘ladi. Ko‘pchilik
hollarda suyuq o‘simlik moylari metalldan tayyorlangan bochkalarda tashiladi va
saqlanadi. Metall bochkalar ko‘pincha po‘latdan, alyuminiydan, titandan va boshqa
metallardan tayyorlanadi. Bu bochkalar 100, 200, 275 dm
3
hajmda ishlab
chiqariladi. Bu bochklar sirtqi va ichki tomonidan zanglashga qarshi rux qatlami
bilan qoplangan bo‘lishi kerak. Ba’zan bu bochkalar ichki va tashqi tamondan
maxsus zaharsiz ozuqaviy bo‘yoqlar bilan va boshqa materiallar bilan ham
qoplangan bo‘lishi mumkin.
Keyingi paytlarda titandan yasalgan metall bochkalar tayyorlanmoqda va
o‘simlik moylarini tashish, saqlashda ko‘plab ishlatilmoqda.
YUqorida aytganimizdek, o‘simlik moylarini katta hajmda uzoq muddatda
saqlash uchun bak-rezervuarlar qo‘llaniladi. Bu idishlar quyosh nurini qaytaruvchi
bo‘yoq va emallar bilan qoplangan bo‘lishi kerak. Moy-larning uzoq saqlanishini
ta’minlash uchun harorat 8-10
0
S dan va havoning nisbiy namligi esa 75% dan
oshmasligi tavsiya etiladi. Rezervuarlarning bu bo‘yoqlar bilan bo‘yalishi bir xil
haroratni ushlab turadi, bu esa moylarning uzoq saqlanishini ta’minlaydi. Moylarni
katta hajmdagi rezervuarlarda saqlaganda moylar rezervuarlarga to‘ldirib quyilishi
kerak, chunki bo‘shliqdagi havo tarkibidagi kislorod moyda erib, keyinchalik
oksidlanish reaksiyasiga borib, moyning sifatining pasayishiga sabab bo‘ladi.
YUqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, moylarni saqlaganda, avvalo ularning
oksidlanishining oldini olish zarur. Belgilangan sharoitlarda moylarning
kafolatlangan saqlash muddatlari 1 yil qilib qabul qilingan. Butilkalarga
qadoqlangan moy harorat 18
0
S dan ortiq bo‘lmagan, yopiq qarong‘i xonalarda
saqlanishi kerak. SHunday sharoitda tozalangan dezorodatsiya qilingan
kungaboqar va makkajo‘xori moylarining butilkalarga joylab qo‘yilgan kundan
91
boshlab kafolatlangan saqlash mudldati 4 oy, tozalangan dezodoratsiya qilinmagan
paxta moyi uchun 6 oy, dezodoratsiya qilingan soya moyi uchun esa 1,5 oy qilib
belgilangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |