O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta Ta’lim vazirligi Toshkent Davlat Sharqshunoslik instituti



Download 0,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/9
Sana02.03.2020
Hajmi0,98 Mb.
#41358
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
arab tilini oqitish metodikasi


Ma’ruza № 4 

Grammatikani o‘qitish 

                                                    

 Darsning o‘quv maqsadi: arab tilini o‘rganishda grammatikaning ahamiyati, 

gap mazmunini tushunishni, grammatik mashqlarining turlari, grammatik 

materiallarni o‘zlashtirish va uni mustahkamlsh, grammatik  tahlil, noma’lum 

tekst, grammatik materialni o‘zlashtirishdagi qiyinchiliklar, gaplarni tuzish 

mexanizmini to‘g‘ri yetkazish.     

Tayanch so‘zlar: 

o‘qish                                           grammatik material 

tarjima                                     savol 

og‘zaki nutq                                mustahkamlash 

matn                                            gramatik tahlil   

qoidalar                                    aktiv minimum 

birlamchi mustahkamlash          passiv minimum 

immititativ(o‘xshatish)       

    

o‘rinma-o‘rin  



kombinatsiya  qilingan 

 

Asosiy savollar



1.  Sharq tillarni o‘rganishda grammatikaning roli 

2.  Grammatik materialni yig‘ish 

3.  Grammmatik materialga kirish ketma-ketligi (izchilligi) 

4.  Grammatik mashqlarning turlari 

 

Sharq tillarida grammatikani yaxshi bilish maktab va oliy o‘quv yurtlari (oldiga 



qo‘yilgan)  vazifalariga  erishish  (amalga  oshirish),  ya’ni  o‘quvchini  matndagi  asl 

(nusha)ni  o‘qish  va  tushunish  uchun  zaruriy  shartlardan  biri  hisoblanadi. 

Grammatikani  o‘rganish  til  bo‘yicha  bo‘lgan  barcha  ishlar  bilan,  ya’ni  o‘qish, 

tarjima qilish, og‘zaki va yozma nutq bilan  bog‘liq bo‘lishi lozim.  

O‘rta  maktab  va  oliy  o‘quv  yurtlari  dasturlari  har  bir  o‘quvchi  darsga  tayyor 

bo‘lish uchun grammatikani aniq o‘zlashtirishni talab qiladi: 

A)  gap  mazmunini  tushunish,  grammatik  shakl  va  konstruksiyalarni 

o‘zlashtirish 

B) ularni aniqlash va  ta’lim qonunlarini tushuntirish  

V)  notanish  leksikani  ham  o‘z  ichiga  olgan  holda  rasmiy  belgilarni  va  ularni 

aniqlash 

G) chet tilidan ona tiliga tarjima qilishda bu bilimlarni qo‘llash 



 

22 


D)  o‘qituvchi  nutqini  tushunish  va  savol-javoblarni  tuzish  uchun  o‘rganilgan 

grammatikadan foydalanish  

Bu  grammatik  qoidalarni  mustahkamlash  lozim.  Grammatik  materialni 

birlamchi mustahkamlashning keng yoyilgan metodi quyidagilardan iborat: 

1. 

o‘quvchilar  tekstda  yoki  o‘qituvchi  tomonidan  berilgan  maxsus 



misollardagi grammatik ko‘rinishlarni kuzatadilar.  

2. 


O‘qituvchi tomonidan beriladigan qator oddiy savollarga muntazam  javob 

berish  yo‘li  bilan  o‘quvchilar  o‘zlari  ta’lim  qoidalariga  nisbatan  xulosa 

chiqaradilar. 

3. 


avval o‘quvchilar o‘zlari qoidalarni shakllantiradilar, keyin esa o‘qituvchi 

(to‘ldiradi). 

4. 

o‘quvchilar  berilgan  qoidaga  misollar  keltiradilar  yoki  kitoblarda 



ko‘rsatilgan namunalarni topib tushuntiradilar.  

5. 


qoidalarni qaytarish va ularni ona tili bilan qiyoslash asosida tushuntirish 

Grammatik  qoidani  tushuntirishda  o‘qituvchi  qo‘shimcha  qiyinchiliklarni 

tug‘dirmaslik  uchun  faqat  yaxshi  o‘zlashtirilgan  leksik  materialdan  foydalanishi 

lozim.  


Grammatik materialni tushuntirish va mustahkamlashda sxema va jadvalni keng 

qo‘llash  lozim.  Bu  grammatik  materialni  o‘zlashtirish  va  yaxshi  tushunish 

layoqatini  hosil  qiladi.  Grammatik  material  o‘zlashtiriladi  va  analitik  o‘qish 

jarayonida  hamda  o‘tilgan  materialni  mustahkamlashdagi  maxsus  mashqlarni 

bajarishda qaytariladi. 

Grammatik materialni mustahkamlash 

Grammatik  materialni  mashq  va  analiz  qilish  grammatik  shakl  va  ko‘rinishni 

mustahkam o‘zlashtirishda katta ahamiyat kasb etadi. mustahkamlash va qaytarish 

uchun  mashqlar  (tuzish)ni  o‘qitishning  turli  bosqichlarida  fikrlash  va  xotiraning 

yosh  xususiyatni  hisobga  olgan  holda  tanlash  lozim  bo‘ladi.  Materialni 

mustahkamlash  va  qaytarish  jarayonida  qabul  qilish  usulini  turla(b  turi)sh,  ya’ni 

uni eshittirish va hkz. Usullarni umumlashtirish mustahkam o‘zlashtirish layoqatini 

oshiradi.  

                                Grammatik tahlil 

Sharq  tillari  grammatikasini  o‘qitishda  o‘qituvchi  o‘quvchini  faqatgina 

grammatik qoidalarni o‘rgatishga emas, balki bu bilimlarni amalda qo‘llay olishga 

ham o‘rgatishi lozim.  

O‘quvchilar  grammatikani  shunday  egallashi  lozimki,  faqatgina  o‘ziga 

tushunarli bo‘lgan mashqlarnigina emas, balki yetarli tushunarli bo‘lmagan leksik 

tarkib ma’nolariga qaramay tarjima qila olish bilimiga ega bo‘lishi lozim. 

Buning uchun grammatik analizning 2 turini qo‘llaydilar: (qo‘llanadi) 

1.  tushuntirilgan gapning grammatik analizi 

2.  noma’lum tekst yoki gapning grammatik tahlili 

Ikkala  tur  grammatik  qoidani  o‘rganish  va  o‘zlashtirishdan  keyin  o‘tkaziladi. 

Bu  grammatikani  amalda  qo‘llash  imkoniyatini  beradi.  Tahlil  morfologik 

bo‘lganidek,  sintaktik  (ko‘rinishda)  ham  bo‘ladi.  To‘liq  grammatik  tahlil 

o‘tkazilganiday,  qismlarga  bo‘lib  ham  o‘tkaziladi.  Qandaydir  grammatik  mavzu 

o‘tilish  jarayonida  grammatik  tahlil  qismlarga  ajratib  o‘tkaziladi.  Bunday  tahlil 



 

23 


ko‘p  vaqttni  olmaydi,  shu  bilan  birga  o‘rganilayotgan  mavzuni  yaxshi 

o‘zlashtirishda  yaxshi  natija  beradi.  Analitik  o‘qish  jarayonida.  savol-javob 

o‘tkazayotganda va hokazolarda qismlarga ajratilgan tahlilni o‘tkazish  mumkin.  

To‘laqonli grammatik tahlil grammatik bir yoki bir necha grammatik mavzuni 

o‘tgandan  keyin  o‘tkaziladi.  Bu  butun  gapning  sintaktik  va  morfolgik  tahlilidan 

iborat bo‘ladi va shuning uchun uni o‘tkazish ko‘proq vaqtni oladi.  

Alohida  gaplar  va  keltirilgan  parchalarning  grammatik  tahlili  shuningdek,  uy 

vazifasi predmeti bo‘lib xizmat qilishi lozim. Tahlil qilishda o‘quvchi bu gapning 

qay  turga  kirishini  aniqlab  olishlari  kerak,  murakkab  gapmi  yoki  sodda  gap, 

qo‘shma yoki ergash gapmi, shundan keyingina gapning to‘liq grammatik tahlilga 

o‘tishlari mumkin. ikkala tur grammatik tahlil ham o‘quvchilarning ona tilida olib 

borish maqsadga muvofiqdir.   

Grammatik  tahlil  o‘quvchida  chet  tilida  berilgan  tekstlarni  o‘qish  va  yozishni 

ongli ravishda amalga oshirish layoqatini oshiradi.  

Grammatikani  o‘qitishdan  maqsad  o‘quvchilarda  og‘zaki  va  yozma 

munosabatlar  (nutq)da  foydalanish  (qo‘llash)  uchun  grammatik  malakaga  ega 

bo‘lishni shakllantirishdir.  

Ma’lumki, tilning barcha resurs boyliklarida. 

Psixologlarning  qayd  etishlaricha,  nutq  kommunikatsiyaning  maqsad  va 

vazifalariga  muvofiq  tarzda  sezilarli  kompressiyaga  yo‘l  ochib  beradi,  shuning 

uchun  maqsadga  muvofiq  tarzda  material  hajmini,  xususan,  chet  tili  o‘qitishning 

konkret  shartlarini  hisobga  olgan  holda  grammatik  materialni  cheklash  mutlaqo 

mumkin.  

Grammatik  materialni  cheklash  foydasiga  keltiruvchi  muhim  argument  bo‘lib 

grammatik  ko‘rinishlarga  bilish  malakasini  shakllantirishda  til  bilan  muntazam 

shug‘ullanish,  salmoqli  mashqlarni  bajarish  va  o‘z  navbatida  ko‘p  vaqtni  bunga 

sarflash xizmat qiladi.  

Leksikada bo‘lganidek, grammatikani o‘qitishda aktiv va passiv minimum deb 

nomlangan  tur  farqlanadi.  Aktiv  grammatik  minimum  atamasi  ostida  og‘zaki  va 

yozma  nutqda  qo‘llash  uchun  mo‘ljallangan  grammatik  ko‘rinishlar  tushuniladi. 

Passiv  minimumga  kam  uchraydigan  yoki  og‘zaki  nutq  uchun  xarakterli 

bo‘lmagan,  lekin    badiiy,  texnik  yoki  umumsiyosiy  adabiyotlarda  qo‘llaniladigan 

grammatik  ko‘rinishlar  kiradi.  O‘quvchilar  tekstda  uchragan  bu  ko‘rinishlarni 

aniqlay olishlari va va ularni tushunishlari lozim bo‘ladi.  

Chet tili grammatik ko‘rinishlarni o‘qitishda yanada effektiv natijalarga erishish 

maqsadida, grammatikada metodik tipologiyani ham ko‘zda tutish lozim.  

Grammatik  materialni  qayta  ko‘rib  chiqishda  grammatikani  o‘qitish 

maqsadlarini  aniqlab  olish  zarur,  ya’ni  og‘zaki  yoki  yozma  nutqda  grammatika 

bizga qanchalik kerak bo‘lishini bilish lozim. Tanlash kriteriyasi bo‘lib grammatik 

ko‘rinishning yozma va og‘zaki nutqda qanchalik keng qo‘llanishi xizmat qiladi.  

Grammatik  materialning  o‘zlashtirishda  uchraydigan  qiyinchiliklar  ham 

ko‘zdan  qochirilmaydi.  Bular  bir  qator  faktorlardan  tashkil  topishi  qoida  qilib 

qo‘yilgan: 

1.  Grammatik ko‘rinishning o‘zida uchraydigan qiyinchiliklar 



 

24 


2.  Ona  tilining  interferurik  ta’siri,  unda  mavjud  bo‘lgan  yoki  uchramaydigan 

o‘hshash yoki yaqin bo‘lgan ko‘rinishlar 

3.  fikriy  amaliyot  (operatsiya)  qiyinchiligi,  grammatik  ko‘rinishni  aniqlash 

yoki qo‘llash uchun zarur bo‘lgan ongli ravishda ko‘rsatilgan harakat(umstvennqe 



deystviya)larning miqdor va xarakteri. 

O‘qish uchun lozim bo‘lgan grammatik ko‘rinishlar bilish shakldan mazmunga 

qalar  ko‘rinishidagi  prinsip  bo‘yicha  yasaladi.  Avval  chet  tilidagi  material  qabul 

qilinadi va undagi berilgan shaklni xarakterlaydigan belgilar ajratiladi.  

Grammatikani  o‘qitish  turli  xildagi  nutqni  struktural  to‘g‘ri  shakllantiilgan  va 

o‘qishda  grammatik  shakllarni  aniqlay  oladigan  ko‘nikmali  gaplarni  qurish 

mexanizmiga ega bo‘lishni taqozo etadi.  

Gaplarni  qurish  mexanizmini  bilish    deganda  nimani  tushunish  lozim?  Bu 

o‘quvchi  muayyan  vaziyatda  o‘z  fikrini  to‘g‘ri  gap  shaklida  ifodalay  olishi 

lozimligini  bildiradi.  Aynan  nutqning  minimal  birligi  bo‘lmish  gaplar  asosida 



o‘quvchi  o‘z  fikrini  to‘g‘ri  va  tez  ifodalay  oladi.  Shuning  uchun  ham  o‘qituvchi 

vazifalari  sirasiga  chet  tilidagi  gaplarni  qurish  mexanizmini,  strukturasi 

(morfologik  va  sintaktik)  turli  bo‘lgan  va  tarkibi  bo‘yicha  (po  glubne),  ya’ni 

undagi bog‘lanishoar miqdorini o‘rgatish kiradi.  

Nutqni  to‘g‘ri  struktura  bilan  tuzishni  yaxshi  egallash  turli  bir  tillik  va  nutqiy 

mashqlarni 

bajarish 

sharoiti 

mavjulligin 

taqozo 


qiladi. 

O‘quvchining 

mashqlarining  maxsusligii  gapdagi  tarkibiy  tuzilish  mexanizmining  uzluksiz 

shakllanishi hisrbiga qurilishini o‘z ichiga oladi.  

O‘quvchilar o‘rganilgan grammatik ko‘rinishlarni o‘zlarning ikki, uch va to‘rt 

jumladan  iborat  bo‘lgan  fikrini  elementar  bayon  etish  orqali  ifodalashni 

o‘rganadilar. O‘quvchilarga  tayanch vositasi sifatida muayyan vaziyat va bajarish 

namunasi  beriladi.o‘qituvvchi  tomonidan  tayyorlangan  namunalar  kommunikativ 

yo‘nalishi va olib borilayotgan muloqot vaziyat bilan muvofiq kelishi lozim.  

O‘quvchilar  gramatik  shakllarni  to‘g‘ri  qo‘llash  uchun  nutqiy  mashqlar, 

xususan,  lozim  shakllardan  foydalanishga  rag‘batlantiruvchi  o‘quv  vaziyatlarni 

ham qo‘shish taqozo etiladi.  



Savollar: 

1.  Chet tilini o‘rganishda grammatikaning roli qanday bo‘lishi mumkin? 

2.  Grammatik materialni mustahkamlashni qanday amalga oshiriladi? 

3.  Aktiv va passiv grammatik minimum deganda nimani tushunasiz? 

4.  Grammatik tahlil qanday o‘tkaziladi va undan qanday maqsad ko‘zlanadi? 

 

Adabiyotlar: 

1.  J. Jalolov “Chet tili o‘qitish metodikasi” 148-155 bet 

2.  M.  V.  Lyaxoviskiy  “Metodika  prepodavaniya  inostrannix  yazikov”  M.  str. 

1986 

3.  P. S. Kuznesov «O prinsipax izucheniya grammatiki» M. 1961. str. 17-30 



4.  N.  B.  Sokolova  «Obuchenie  grammatiki  v  sredney  shkole  i  v  VUZe»  .  M. 

1979. str. 19 

 

 


 

25 


Ma’ruza № 5 

Leksikani o‘qitish (arab tioi misolida) 

 

Darsning  o‘quv  maqsadi:  yangi  so‘zni  kiritish  usullari,  leksik  malakani 

shakllantirish,  yangi  leksikani  berishda  jadval  va  chizmalardan  foydalanishning 

ahamiyati,  leksikani  o‘zlashtirishning  bosqichlari,  chet  tilida  muloqotga  olib 

kiruvchi nutqiy tarbiya haqida tushuncha berish. 



 

Tayanch so‘zlar 

lug‘at tarkibi                                   kontekst 

til mavzusi                                       ko‘rgazma 

metod                                                 illyustrativ ko‘rgazma 

leksik birlik                                   leksik malaka 

so‘zlarni ifodalash                         semantizatsiya 

nutqm analizaiorlari                    avtomatizatsiya 

birtillilikt                                   aktivizatsiya (faollashtirish) 

sinonimlar  

 

 



       assotsiativlik 

antonimlar  

 

                   ko‘pma’nolilik 



definisiya 

 

 

 

Asosiy savollar: 

1.  Yangi so‘zlarni kiritish metodi 

2.  Leksik malakani shakllantirish 

3.  Leksik birliklarning semantizatsiyasi 

4.  Leksik malakaning takomillashuvi 

 

Leksika,  lug‘at  tarkibi  –  bu  tilga  tegishli  mavzu  (masala,  aslida:  materiya)dir. 



Nutq  leksikasiz  mavjud  bo‘lishi  mumkin  emas  (mavjud  bo‘la  olmaydi); 

grammatika o‘zida asosan nutqdagi ma’no tashuvchi so‘zlarning o‘zaro munosabat 

va aloqasini aks ettiradi. Biz tilning leksikasi haqida gapirganimizda, uning butuy 

lug‘at tarkibini nazarda tutamiz, odatda taraqqiy etgan tillarda mazkur tarkib keng 

ko‘lamli  va  boy  ekanligi  ko‘ramiz  (ko‘rishimiz  mumkin).  Arab  tili  eng  boy 

leksikali tillar sirasiga kiradi.  



Yangi so‘zlarni kiritish metodlari 

 

Yangi so‘zlarni kiritish usullari qanday bo‘lishi lozim? Bu savol barcha o‘qitish 

jarayonlari  uchun muhim hisoblanadi. Yangi so‘zlarni rasional kiritish  orqali biz 

quyidagilarni tushunamiz: 

1.  Yangi  so‘zlar  keskin  ravishda  cheklangan  miqdorda  kiritilishi  lozim.  3-4-

sinflarda  bir  dars  uchun  5-7  dan  ortiq  bo‘lmagan  so‘zlarni,  keyinroq  o‘quvchi 

ongiga og‘irlik qilmasligi va bu holat doimiy davom etishi uchun 8-12 tadan ko‘p 

bo‘lmagan  so‘zlarni  bir  dars  davomida  berib  borish  lozim.  Bir  dars  davomida 



 

26 


berilgan so‘zlarni keyingi darsda takrorlash yana ham afzalroqdir (yana ham yaxshi 

natija beradi). 

2.  Yangi so‘zlar doimo boshqa so‘zlar bilan, (yoki) tekst yoki ma’no jihatidan 

birlashgan so‘zlar guruhi bilan  uzviy bog‘liqlikda bo‘lishi lozim.  

3.  Yangi  so‘zlar  chindan  ham  kerakli  (zarur)  va  dolzarb  bo‘lishi  kerak. 

Lug‘atning  kengayishi  dastlab  kiritilgan,  ko‘p  qo‘llaniladigan  hamda  barchaga 

majburiy bo‘lgan so‘zlarning yo‘q qilib borish evaziga amalga oshiriladi.  

4.  Yangi  so‘zlarni  qabul  qilish  o‘quvchining  yosh  xususiyatlariga  muvofiq 

kelishi lozim. 

O‘qitishning  dastlabki  yillaridagi  o‘zlashtirilgan  so‘zlar  tematikasi 

quyidagichadir: 

A)  Eng  oddiy  maishiy  masalalari  (bu  yerda:  mavzulari):  sinfxonalar,  maktab, 

oila,  tabiat  (yil  fasllari,  ob-havo,  landshaft  elementlari,  o‘simlik  va  hayvonot 

dunyosi haqida  ma’lumot),  ona  shahar,  sport va  o‘yinlar, ustaxona buyumlari  (bu 

yerda:  masterskaya  lug‘atda  ishxona,  ustaxona),  maktab  hovlisi  va  qishloq 

xo‘jaligida ish, dunyo mamlakatlari, kino, radio, oynai jahon. 

B)  Kundalik  muloqot  formulalari:  salomlashish,  xayrlashish,  iltimos  va  uning 

javobi, murojaat, minnatdorchilik, uzr so‘rash, taklif etish, tanishish, tabriklash. 

V)  His-tuyg‘u  va  modalnost  (lug‘atda:  so‘zlovchining  nutqi  mazmuniga 



munosabatni bildiradi), ta’kidlash, ma’qullash va qoniqish, tanbeh va qoniqmaslik, 

hayratlanish, ishonchlilik, ikkilanish, zaruriylik.  

Yangi  so‘zlarni  qaysi  usul  bilan  kiritish  lozim?  Bevosita  usul  bilanmi  yoki 

bilvositami?  Bu  xususda  ilgaridan  beri  munozaralar  davom  et(ib  kel)adi:  mazkur 

savol  XX  asrning  80-yillarida  ko‘tarilgan  edi,  xalqaro  Parij  chet  tillari 

o‘qituvchilar(i)  kongresi  (1930  y)  ham  bu  masalani  kun  tartibiga  kiritib  aniq 

bo‘lmagan  natijaga  erishdi:  barcha  usullar  agar  (ko‘zlangan)  natijaga  olib  borsa, 

yaxshi va to‘g‘ridir degan xulosa bilan munozaraga nuqta qo‘yish lozim. 

Chet  tillarini  o‘qitishning  avvalgi  metodikasida    tarjima  qilish  so‘z  ma’nosini 

ochishdagi  eng  asosiy  usul  hisoblanar  edi.  Chet  tilini  o‘rganish  o‘rganilayotgan 

tildan o‘z tiliga yoki aksincha usul bilan tarjima qilish orqali amalga oshirilar edi.  

XIX  asr  oxirida  bir  qator  metodist  (mutaxassis)lar  quyidagi  holatni  o‘rtaga 

tashladilar:  “Yangi  chet  tilidagi  so‘zni  o‘z  tiliga  tarjima  qilishda  biz  yo‘l  hosil 

qilamiz:  chet  tili  so‘zi-o‘z  tilimizdagi  so‘z-tabiiy  va  bevosita  bo‘lmagan  deb 

ko‘rilgan  tushuncha;  yagona  tabiiy  yo‘l  o‘laroq  chet  tilidagi  so‘z  –bevosita 

assotsiatsiya o‘rtacha bo‘lmagan tushuncha, ya’ni yo‘ldir”. 

Bu fikr ongning real jarayonlariga mavofiq kelmaydi. Ona tilining bosqichma-

boskichini  bosib  o‘tish,  har  holda  o‘qitishning  dastlabki  yillarida  mumkin 

bo‘lmagan holat. Zero kishi o‘z tilida fikr yuritadi va chet tilini ona tili yordamida 

o‘rganish usiz o‘rganishdan anchagina o‘rinlidir.  

“Bevosita” metodi XIX oxiri XX asr boshlarida so‘z ma’nosini ochish usulida 

ona tilini chetlagan holda, uning yordamisiz o‘rganish kabi juda ko‘plab seriyalar 

paydo  bo‘lishiga  olib  keldi.  Bunday  usullar  (seriyalar)  orasida  ko‘rgazmali 

qurollar, narsani ko‘rsatib namoyish qilish (usuli) birinchi o‘rinda turadi. 

Biz  tamoman  qarama-qarshi  nuqtai  nazarga  asoslandik  --  yangi  so‘z 

ma’nolarini  ochishda  ona  tilimiz    bizning  do‘stimizdir.  U  biz uchun doim  asosiy 



 

27 


yordamchi,  ko‘rsatish  orqali  tushuntirib  bo‘lmaydigan  yoki  boshqa  usullariga 

tushmaydigan so‘zlar ma’nosini ochishdagi tabiiy yo‘ldir.  

Tarjimaga  ruxsat  berish  (tarjimani  qabul  qilish)  bilan  birga  biz  tarjima 

qilinmaydigan, ko‘rgazmali usulni ma’no ochishdagi to‘g‘ri yo‘l deb hisoblaymiz. 

Tarjima  qilinmaydigan  semantizatsiyani  qabul  qilishning  barcha  usullari  – 

kartinkalar,  buyumlar  va  harakatlar  namoyishi,  sinonim  va  antonimlarni  qo‘llash- 

yagona  umumiy  xususiyatga  egadir:  ular  o‘quvchining  tafakkuri  va  topqirligini 

uyg‘otadi,  ya’ni  mazkur  xususiyatlarni  faollashtiradi,  eshitilgan  birinchi  so‘zlar 

ma’nosini tushunish uchun iroda va diqqatni jamlashga majbur etadi. Albatta, bu 

usulga  to‘laqonli  ishonib  bo‘lmaydi.  Shunday  hollar  ham  bo‘lganki,  xatto  oddiy, 

konkret so‘zlar to‘g‘ri tushunilmagan.  

Bundan quyidagi prinsiplar kelib chiqadi: 

1. 

Biror  buyumni  namoyish  etganda  uni  aniq,  yaqqol,  keskin  ishora 



bilan tushuntirish. 

2. 


Hech  qachon  birgina  usul  bilan  cheklanib  qolmaslik;  doimo  bir 

necha usuldan foydalanish. 

3. 

Yangi  so‘zni  ona  tiliga  tarjima  qilish  orqali  tushunishni  nazorat 



qilish.  Bu  tarjima  o‘qituvchidan  farq  qilmasligi  lozim.odatda  u  o‘z-o‘zidan  .... 

So‘zning tushuntirlishini tinglab, tasvir yoki buyumni ko‘rib o‘quvchilar so‘zning 

ona  tilidagi  ma’nosini  baralla  aytadilar.  Agar  bunday  reaksiya  kuzatilmasa, 

o‘qituvchi  ulardan  so‘rashi  kerak:  “Bu  ona  tilimizda  nimani  bildiradi?”  javob 

bo‘lmagan taqdirda o‘zi tarjima qilish lozim bo‘ladi.  

So‘zlarni mustahkamlashda quyidagilarni yodda tutish lozim: 

A) Berilgan so‘z mashqda qancha ko‘p uchrasa, shuncha ko‘p yodda qoladi. 

B) Yangi so‘zni kiritayotganda, uni tushunish va tez-tez qo‘llash zarur. 

 

Har  bir  darsda  yangi  so‘zlarni  alohida  daftarga-lug‘at  daftarga  yozib  olish 



zarur.  Goh-goh  (bir  oyda  ikki  martadan  kam  bo‘lmagan  holda)  o‘qituvchi 

umumlashtiruvchi  darslarni  olib  borishi  lozim,  unda  o‘quvchilar  o‘zlarining 

yodlagan  so‘z  zaxiralarini  qaytarishlari  ko‘zda  tutiladi.  Bunday  darslarda 

o‘qituvchi  o‘quvchilarning  barcha  so‘z  zaxiralarini  harakatga  keltira  olishi 

maqsadga  muvofiq  keladi.  Buning  uchun  balki  barcha  yod  olingan  so‘zlarni 

doskaga yozish yoki sukut saqlagan holda  musobaqa qilish, 20 daqiqa ichida kim 

ko‘proq  so‘z  yozadi.  Yozilganlar  yuyuzasidan  so‘roq  o‘tkazish  lozim  bo‘ladi. 

Bular  tezgina  qisqa  tarzda  o‘tkaziladigan  majlis  (“letuchek”)  xarakteriga  ega 

bo‘lishi  kerak.  Mazkur  so‘roq    o‘tkazish  darslari  lug‘atdagi  katta  hajmdagi 

so‘zlarni o‘z ichiga olmasligi shart, unda so‘nggi 2-3 darsda o‘zlashtirilgan so‘zlar 

yuzasidan bo‘lishi maqsadga muvofiq. 

Yangi leksika kiritish usullari 

O‘quvchining leksik bilimini oshirishda o‘qituvchi uni o‘rgatish usullarini 

bilishi, va uchrashi mumkin bo‘lgan qiyinchiliklarni oldindan ko‘ra bilishi 

lozim. 

Leksikani o‘zlashtirish bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.  

Birinchi  bosqichda,  o‘quvchilar  keyingi  darsa  nimani  o‘qishlarini  hali 

bilmaganlarida o‘qituvchi yangi tekstdan yodlanishi lozim bo‘lgan yangi so‘zlarni 

aniqlab oladi. Agar dars oxirida o‘quvchilar yangi so‘zlar ma’nosini o‘zlashtirsalar, 



 

28 


o‘qituvchi nutqida uni anglasalar, u so‘zlarni yozib olishlari va eng asosiysi ularni 

o‘z gaplarida qo‘llashlari birinchi bosqichning maqsadiga erishilgan bo‘ladi.  

Navbatdagi  bosqich  –  leksik  malakani  amalda  qo‘llash.  Asosan  og‘zaki  yod 

olingan  so‘zlar  yangi  kontekst,  yangi  insholarda  ko‘zda  uqib  olinadi.  Bu  kabi 

tekstlar  qancha  ko‘p  bo‘lsa,  leksik  malaka  shuncha  mustahkam  bo‘ladi.  Nihoyat, 

so‘zlar  samarali  so‘zlashishda    o‘z  fikrlarini  ifodalash  uchun  o‘quvchilar 

tomonidan  o‘zlashtirilgan  va  qo‘llangan  vaziyatlardan  ajratib  olinadigan  vaqt 

yetadi. 


Birinchi bosqichda odatda ishning uch asosiy turi mavjud: 

1. 


Chet tilidagi muloqotga olib kiruvchi nutqiy tarbiya, nutqiy tayyorgarlik 

2. 


Yangi so‘zlar, ularning ma’nosi (semantizatsiya) bilan tanishtirish 

3. 


Leksik birliklarning avtomatizatsiyasi 

Nutqiy tarbiya va nutqiy tayyorgarlik orasida ko‘p umumiylik bor: ikkovi ham 

dars  avvalida  chet  tilidagi  muloqot  uchun  unga  mos  muhitni  hosil  qilishga 

qaratilgan  hamda  tuzilishi  va  dars  olib  borish  texnologiyasi  bir  xil  bo‘lishi 

mumkin.  Faqat  nutqiy  tayyorgarlikning  bir  muhim,  zarur  belgisi  mavjud-  uning 

materiali (so‘z, model) doimo dars materiali bilan bog‘liq: uni o‘quvchilar yodiga 

solish muvaffaqiyatli ish uchun zarurdir. 

Leksik birliklarning semantizatsiyasi 

Semantizatsiya  so‘z  ma’nosini  ochish  jarayonining  o‘zidir.  Semantizatsiya 

usullarini arab tili misolida ko‘rib chiqamiz: 

1. 

Sinonim va antonimlar. 



Usul birtillikdir. So‘zni bilishni shart qilib qo‘yadi, shuning uchun boshlang‘ich 

bosqichda  biroz  noqulaylik  tug‘diradi.  Arab  tili  sinonimlarga  boy  til  bo‘lganligi 

sababli, bu usulni oson qabul qilish mumkin. 

2. 


Definisiya.  So‘zning  ma’noga  tegishli,  tushunarli  tabiatini  birinchi 

bosqichda ochib berish juda zarurdir.  

3. 

Kontekst.  Tarjimani  o‘z  ichiga  oladi,  agar  tekst  bir  tillik  bo‘lsa,  so‘z 



ma’nosini tushunish aniqligini ta’minlaydi. So‘zlarni iboralarda, nutqda ko‘rsatadi. 

Topqirlikni rivojlantiradi. So‘zlar orasidagi assorts  o‘rnashishiga yordam beradi.  

4. 

Illyustrativ ko‘rgazma (naglyadnost)dan foydalanish(.) Tarjima qilishdan 



voz  kechish  imkoniyatini  beradi,  so‘zlar  yodda  qolish,  shuningdek,  so‘zlar  bilan 

uning  tasviri  orasidagi  aloqaning  shakllanishiga  imkon  beradi  (ga  layoqatni 

oshiradi).  

5. 


Ona  tiliga  tarjima  qilish.  Ancha  eskirgan,  keng  tarqalgan  usul  bo‘lib, 

aftidan   uning sodda va qulayligi bilan bayon etiladi. 

6. 

Tushunchalar ifodasi. (tolkovanie) 



7. 

Bu til o‘rganuvchilar tilida mavjud bo‘lmagan bir qancha tushunchalarni 

ochish uchun qulay usul hisoblanadi.  

Asosiy diqqatni harakatga keltiruvchi mustahkamlashga qaratish lozim. Yodda 

saqlab  qolish  doskadan  ko‘chirish  bilan  emas,  balki  diktant  orqali  amalga 

oshirilishi juda muhim. Bunday ishlashning afzalligi quyida ko‘rinadi:  

A)  Barcha  nutq  analizatorlarlari  (eshitish,  qaytarish,  yozib  olish,  o‘qish) 

ishlaydi 

B) Audirovanie rivojlanishi kuzatiladi 


 

29 


V) Ongli tushunish, iroda va xotira. 

II Leksik birliklarning avtomalashuvi 

Avtomatizatsiya  leksik  malakaning  shakllanish,  nutqda  va  nutq  uchun 

so‘zlarning o‘zlashish jarayoni hisoblanadi. So‘zlarning avtomatizatsiyasi so‘zlarni 

yaxshi bilish (layoqatining) malaka darajasiga yetib borishini ko‘zda tutadi (so‘zni 

yodga olish va boshqasi bilan solishtirish). 

Asosiy  qiyinchilik  leksik  birliklarni  nutq  va  vaziyatga  moslab  qo‘llashda 

ko‘rinadi. 

Nutq  jarayonida  so‘zlovchi  so‘zlarni  birlashtirishda  o‘z  harakatilarini  o‘ylab 

olishga vaqt topmaydi.  Shuning uchun: 

A) So‘zlar orasidagi assotsiativ aloqa 

B)  O‘rganuvchida  leksika  va  yuzaga  kelib  turgan  vaziyat  orasidagi  aloqani 

shakllantirish lozim bo‘ladi. 

Birinchi  bosqichda  “..  ni  qo‘ying”,  “...ni  tuzing”  kabi  va  shunga  o‘hshash 

mashqlarni  bajarish  lozim  qilinadi.    Ishda  leksik  malakani  shakllantirish  uchun 

quyidagi stadiyalarni lozim tutish mumkin: 

1. 

So‘zni nutqdagi funksiya jarayoninida qabul qilish 



2. 

So‘z ma’nosi (semantizatsiya) ni anglash, uqish 

3. 

So‘zni nutqda qo‘llash (imitatsiya) 



4. 

Ifodalash (narsani nutqiy zarurlik (nutqda lozim bo‘lgan vaziyat)da eslay 

olish  

5. 


Kombinatsiya  qilish    (avval  o‘zlashtirilgan  so‘z  bilan  yangi  so‘zni 

umumiylashtirish) 

6. 

(Amalda) qo‘llash 



Cheksiz    birlashish  imkoniyatiga    va  birlashishni  cheklangan  imkoniyatga  ega 

so‘zlar mavjud. 

1. Uhlamoq, ko‘cha, bugun       مويلا     عراش   مان 

2. Tanishmoq, uchrashmoq  

 


Download 0,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish