1
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta Ta’lim vazirligi
Toshkent Davlat Sharqshunoslik instituti
ALIYEV D.I.
ARAB TILINI O’QITISh
METODIKASI
Аннотация: Маърузалар матни араб тилини ўқитишда янги педагогик
технологияларни қўллаш, таълимнинг янги методи сифатида ўқув
ўйинларини тадбиқ этиш каби аспектларни ўз ичига олади. Тадбиқ
этиладиган услублар морфология ва синтаксис ҳамда нутқ фаолияти
турларида учрайдиган муаммоларни ҳал этишга қаратилган.
TOShKENT 2010
2
Mazkur ma’ruzalar matni kitobi filologiya yo’nalishi bo’yicha ta’lim olayotgan
3 kurs talabalri uchun mo’ljallangan. Bu kitobda arab tilidan dars berish usul va
uslublari nazariy va amaliy tarzda berilgan. Bundan tashqari talabalarda arab
tilidan dars berish ko’nikma va malakalarini shakllantirishga qaratilgan
yo’nalishlar bo’yicha yangi pedtexnologiya usullaridan namunalar ham berilgan.
Bu kitobning maqadi – talabalrni respublikamizda sharq tilini o’qitishda keng va
samarali qo’llanib kelinayotgan usul va uslublari bilan tanishtirish hamda ularni
dars jarayonini tashkil etish borasidagi bilimlar bilan qurollantirish.
Muallif: Aliyev D.I. – ToshDShI Arab filogoiasi kafedrasi katta o’qituvchisi
Taqrizchilar: Orifho’jayev N.M. - Arab filogoiasi kafedrasi katta
o’qituvchisi, kafedra mudiri v.b.
3
Kirish
Arab tili dunyodagi halqaro tillardan biri bo‘lib, 22 ta arab mamlakatlarining
davlat tili sifatida mavjuddir.
Bu tilda jahon madaniyatining durdonalariga aylangan ko‘plab adabiy-badiiy,
falsdafiy, diniy, tarixiy, siyosiy mavzulardagi asarlar ham yaratilgan.
“Arab tilidagi madaniyat” deb nomlangan bu madaniyatning shakllanib,
rivojlanishiga Imom Buxoriy, Termiziy, az-Zamaxshariy, Xorazmiy, Ibn Sino,
Ulug‘bek kabi ajdodlarimiz ham salmoqli hissa qo‘shganlar.
O‘zligimizni anglash, kelajakka intilgan umum bashar karvonida o‘zimizga
munosib o‘rin egallash va uni qo‘ldan chiqarmaslik uchun, o‘sib kelayotgan
avlodni ma’naviy-axloqiy pok, ilm-ma’rifatga chanqoq, Vataniga, xalqiga sadoqat
ruhida tarbiyalashimiz uchun ajdodlarimizdan qolgan nihoyatda boy ilmiy-adabiy
merosni xalqimizga yetkazishimiz, farzandlarimiz ongiga singdirishimiz lozim. Bu
esa arab tilini o‘rganish va o‘rgatishni aqozo qiladi.
Dunyo mamlakatlari bilan tinch-totuv yashashni, ular bilan o‘zaro manfaatli
iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishni o‘zimizga maqsad qilib qo‘ygan ekanmiz,
arab davlatlari bilan ham turli darajalardagi siyosiy va iqtisodiy-ijtimoiy aloqalarni
rivojlantirib borishimiz lozim. Arab tilini bilish bu maqsadga yetishish uchun ham
xizmat qiladigan muhim omildir.
22 ta arab mamlakatiga birlashgan va “Arab dunyosi” deb nomlangan hududda
yashayotgan 260 milliondan ortiq xalqning tarixi, madaniyati, urf-odatlariga
jahonda qiziqish ortib bormoqda, chunki mazkur hududda dunyo sivilizatsiyasi
rivojiga katta hissa qo‘shganligi barchaga ma’lum
Mustaqillik tufayli ijtimoiy-iqtisodiy hayotda ijobiy o‘zgarishlar yuz berdi.
Bunday o‘zgarishlarni ayniqsa, ta’lim-tarbiya sohasida sezish mumkin. Maktabda
o‘quvchilarga, oily o‘quv yurtlarida talabalarga mukammal bilim berish imkoniyati
kengaymoqda. Shu bilan birga umumta’lim maktablarida, institut, universitetlarda
arab tilini o‘rgatishga munosabat yaxshi tomonga o‘zgardi. Bu tilni mukammal
egallashda yangi zamonaviy pedagogic texnologiyalar imkoniyatlaridan unumli va
samarali foydalanishga shart-sharoit yaratildi.
Hozirgi paytda xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha Davlat ta’lim standatrlarining
takomillashtirilgan variantlari yaratildi va u ta’lim tizimiga tadbiq etilmoqda. Bu
hijjatlarda chet tillari, shu jumladan arab tilini o‘qitilishi oldiga aniq talablar
qo‘yilgan. Kadrlar tayyorlash milliy Dasturi talablaridan kelib chiqib, sharq
tillarini chuqurlashtirib o‘qitiladigan maktablarning bitiruvchilari o‘z bilimlarini
shu yo‘nalishdagi akademik litseylarda yoki kasb-hunar kollajlarida davom
ettirishlari mumkin. Arab tilini maktablarda o‘qitish uchun yaratilgan dasturlar
Respublika ta’lim markazi tomonidan tasdiqlangan D.Alievning amalda
foydalanish uchun tavsiya etilgan “Arab olami”, M.Miryoqubovning yeti tildagi
“Tishing sog‘, vaqting chog‘” kitoblari o‘qituvchi uchun manbaa vazifasini
o‘taydi. B.Ibrihimov, I.Oxunov, M.Ho‘jaevlarning xorijiy til sifatida o‘qitiladigan
maktablar uchun qayta nashr etilgan “Arab tili darsligi”, M.Abdullaevning 7-9
sinflar uchun yaratgan “Arab tili” o‘quv qo‘llanmasi, 2008 yilda chop etilgan
N.Usmonovning “Arabcha matnlar to‘plami” o‘qituvchi va o‘quvchilarga tqadim
etildi.
4
Arab tilini o‘rganish va o‘qitish uchun qancha ko‘p darslik va qo‘llanma
yaratilmasin, baribir u yoki bu kitobdagi mavzularni o‘quvchilarga yetkazish
metodikasi – usullari yatilmasa, bu ishlarning natijasi samarali bo‘lmaydi.
Biz ana shu talab vaehtiyojni biroz bo‘lsada qondirish maqsadida mazkuq
qo‘llanmani yaratishga qo‘l urdik.
Mazkur qo‘llanma arab tilini o‘qitish borasida ilk yaratilgan kitobcha
bo‘lganligi uchun, ba’zi xatolarga yo‘l qo‘yilgan bo‘lishi mumkin. Buning uchun
avvaldan uzr so‘ragan holda bu kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida bildirilgan
barcha takliflarni qabul etamiz.
5
Ma’ruza № 1
Metodika predmeti. Sharq tillarini boshqa ilmlar
bilan o‘qitish aloqalari
Darsning o‘quv maqsadi: sharq tilini o‘qitilishining butun ta’lim tizimidagi
o‘rni va ahamiyati, matodika fan sifatida, O‘zbekiston milliy maktablarida sharq
tillarini o‘qitishning ahamiyati, sharq tillarini o‘qitish matodikasi fanining boshqa
fanlar bilan aloqasi, mazkur fanning taraqqiy etishiga ta’sir etuvchi omillar, o‘quv
jarayoni, umumiy va juz’iy metodika haqida tushuncha berish.
Tayanch iboralar:
1) metodika – usul;
2) metodika predmeti;
3) chet tilini o‘rganishga ehtiyoj;
4) umumdidaktik prinsiplar;
5) chet tillarini egallashga layoqat;
6) chet tillarini o‘qitish vositalari;
7) umumiy metodika;
8) juz’iy metidika.
Asosiy savollar:
1. Sharq tillarini o‘qitish nazariyasining dolzarbligi
2. Metodika ilm sifatida
3. Milliy maktablarda sharq tillarining o‘qitilishi
4. Sharq tillarini o‘qitishga metodikasining taraqqiy etishiga ta’sir etuvchi
omillar
Barchamizga ma’lumki, kunimizda ta’limning roli jamiyatda muntazam o‘sib
bormoqda. Bugun har bir yosh o‘rab turuvchi material dunyoni tushunishga,
anglashga, bilimlar oshirishga harakat qilmoqda. Shu bilan birga har bir o‘rta
maktab o‘quvchisi yoki oliy bilim yurti talabasimaksimal darajalagi qisqa vaqt
ichida minimal darajada material va eneregetik kuch (iqtisodiy va jismoniy
jig‘atdan ozgina harakat qilgan holda) muvofiq tarzda bilim va malakaga ega
bo‘lishni istaydi.
Bu holat ayniqsa chet tilini o‘rganishga tegishli bo‘lib, bu sohani o‘rganish
bizning
respublikamizda
ixtiyor
asosida
chet
tilini
o‘rganish bilan
shug‘ullanilayotgan o‘rta ta’lim maktablarda, akademik litseylarda, kasb-hunar
kollejlarida, barcha oliy o‘quv yurtlarida, aspiranturalarda, ko‘psonli kurslarni
aytmaganda, o‘rnak bo‘larli (bo‘lgulik) darajada amalga oshirilmoqda.
Bu ishda o‘qitish nazariyasining roli katta ekanligini xulosa qilish qiyin emas,
zero “nazariyasiz pedogogik amaliyot azayimxonlikka aylanadi”.
1
O‘qitish nazariyasi masalasiga faqatgina bizning kunimizda jiddiy ravishda
e’tibor berila boshlandi deb ta’kidlash noto‘g‘ri bo‘ladi. O‘qituvchilar avvalari
ham foydali metodik tavsiyalarni tadqiq etishga harakat qilganlar, lekin u davrlarda
ilm ufqlari nihoyatda jonsiz bo‘lgan........
shu bois chet tilini o‘qitishda birinchi
o‘rinda urg‘u amaliy faoliyatga, asosan esa o‘qituvchining shaxsiga berilardi.
1
К. Д. Ушинский (1824-1870) рус педагоги, демократ
6
Yaqin kunlargacha A. Peshnola hikmatlariga asosan pedagogikada yomon metod
ham, yaxshil metod ham yo‘q, faqatgina yomon yoki yaxshi pedagoglar mavjud
degan fikr ustuvor edi. Mana shu orqali o‘qitish nazariyasi bilimi to‘laligicha inkor
etilardi. Lekin o‘qituvchining tilni yaxshi bilish o‘z-o‘zidan o‘quvchiga o‘tishi
hammaga ma’lum, agar u mutaxassislarcha bilimga ega bo‘lmasa, agar ..........
Yuqorida qayd etilganlar nazariya rolini oshirib yubormaydi ham, shaxsiy
xarakter manosini susaytirmaydi ham. ikki bir xil talaba bo‘lmaganidek, ikki bir xil
o‘qituvchi ham yo‘q.
Ko‘p yoki oz pedagogik faoliyatga layoqatli bo‘lganlar bor, jamoat bilan oson
muomalaga kirishuvchilik qobiliyati bo‘lib, istalgan o‘quvchiga “sirli kalit”ni topa
oladiganlar mavjudligiga shubha yo‘q. O‘qituvchilar, shunga ko‘ra turli insoniy
chizgilari bilan qismlarga bo‘linadilar, lekin ular tashabbuskor bo‘lishlari, o‘z
ishlariga loqayd bo‘lmasliklari lozim, ular o‘qitish nazariyasiga qiziqmaslik va
o‘zlari o‘qitadigan fan metodikasini o‘rganmaslikka haqli emaslar. O‘qituvchining
vazifasi – metodik qurollanganligini o‘stirishdir.
O‘qituvchining metodik qurollanganligi uning shaxsiyatiga qandaydir mavhum,
mexanik qo‘shimcha ekanligi xatodir.
O‘qitiladigan fan metodikasini nazariy bilish – yuqori sifatli tokchada
pokoyatsya qilib qandaydir o‘lik tabiatkabi o‘z mutaxassisi qo‘liga tushganda
haqiqiy mz’jizlar qilishga qodir instrumentdir.
Shunday yo‘l bilan, tilga o‘qitish nazariyasini o‘rganish, o‘quv-tarbiyaviy
jarayonning taraqqiy etishi uchun ijodiy foydalanish istisnosiz barcha maktab va
oliy o‘quv yurtlari o‘qituvchilari uchun dolzarb vazifani shakllantiradi.
Zamonaviy o‘qituvchining metodik ta’minlanganlik ahamiyatini umuman olib
ko‘rib chiqqach, sharq tillarini o‘qitish metodikasi mohiyatini tahlil qilishga
o‘tamiz.
Sharq tillarini o‘qitish metodikasi chegaradagi ilmdir: bir tarafdan u o‘z
kuchlarini oradagi fanlarga tayangan holda rivojlantiradi(bu haqida keyinroq);
boshqa tarafdan esa u o‘z konsepsiyasini va qarorlarini qo‘llaydi.
Metodika fan sifatida 19 asr oxiri va 20 asr boshlarida shakllanadi, shuning
uchun uning yutuqlari qiyosan oddiy (kamtar) ko‘rnadi, shunga qaramay, u fanning
barcha asosiy u yoki bu mustaqil fanini shakllantiruvchi belgilarga ega. 1. nazariy
asos. 2. tajribaviy baza. 3. tadqiqotlar o‘tkazish uchun ish maydoniga ega.
“Pedagogika” so‘zi pedagogik rejada ko‘proq uch ma’noda qo‘llanadi:
1.
“Metodika” oliy o‘quv yurtida yoki maktabda nazariy kurs, o‘quv
distiplinasi sifatida
2.
“Metodika” shakllar., metodlar va o‘qituvchi mehnatining birlashuvi
sifatida
3.
“Metodika” bir tarafdan xarakteristikaga, istalgan fanga xos bo‘lgan ,
ikkinchi tarafdan umuman olganda tadqiqotning spesifik ob’ekti fanning mohiyati
sifatida bo‘lganidek, unga egalik qilish yo‘li bilan shartlangan pedagogik fan
sifatida
4.
metodika haqida umuman o‘qitish nazariyasi sifatida so‘z yuritilganda,
tadqiqot va izlanish ob’ekti birlashuvi (mushtarakligi)ni tashkil etadigan o‘quv
7
jarayonning asosiy komponentini ko‘rsatib o‘tish lozim. O‘quv jarayon
komponentlarini sxema ko‘rinishida taqdim etish mumkin.
O‘quv jarayoni
o‘quv faoliyati tashkilot o‘quv faoliyat
o‘qituvchilar o‘qitish o‘quvchilar
Sxemadan ko‘rinib turibdiki, o‘quv jarayonda harakat qildiruvchi kuch bo‘lib
ob’ektiv va sub’ektiv omillar xizmat qiladi. O‘qituvchining o‘qitish faoliyati va
o‘quvchining o‘qish faoliyatini sub’ektiv omillarga kiritish lozim. metoda va qabul
qilishni, shuningdek, o‘qitish vositalarini o‘ziga olgan o‘qitish (dars berish) tashkil
qilish kiritiladi.
Barcha uchala komponentlarning o‘zaro to‘la ta’sirisiz o‘quv jarayoni effektiv
bo‘la olmaydi.
Chet tilini o‘qitish metodikasi –bu o‘qitishning maqsadi, taokibi va vositalarini,
shuningdek, chet tili materiali (usti)da o‘qish va tarbiyalash usullarini tadqiq
etuvchi fandir.
Metodik konsepsiyalar evolyusiyasida tendensiyalar vujudga keldiki, ularga
muvofiq tarzda nazariy qoidalar mukammallashib borardi. Bu nazariy qoidalarning
bir tarafdan istalgan biror chet tilini o‘qitish metodikasi bilan, boshqa tarafdan esa
muayyan chet tilini o‘qitish metodikasi bilan bog‘liqligi mavjuddir. Natijada ikki
funksional jihatdan turli bo‘lgan metodikalar slojilis:
1.
umumiy metodika
2.
juz’iy metodika (maxsus)
Umumiy metodika nutq qaysi chet tili haqida bo‘lishidan qat’iy nazar, u tilni
o‘qitish jarayonining qonunlari va xususiyatlarini tadqiq etish bilan shug‘ullanadi.
Lekin o‘qituvchi muayyan chet tilining spesifik xususiyatlariga duch kelganida
chet tilini o‘qitish umumiy qonunlarini(gina) bilish yetarli bo‘lmay qoladi. Mas.,
continuous fe’l shakllarini bilish faqatgina ingliz tiliga tegishlidir. Ma’lumki, u
yoki bu til ritmikasi va musiqiyligida turli sezilarli farqlar kuzatiladi. Shunga
o‘hshash barcha holatlarda o‘quchilarni u yoki bu tilning spesifik ko‘rinishiga
muvofiq keluvchi usullarni tez bilishga olib kelish va takomillashtirish lozimdir.
Mana shu chet tilini o‘qitish metodikasijuz’iy ob’ektlari hisoblanadi.
Bizning respublikamizda metodika 20 asrning 70-yillaridan e’tiboran,
metodikaga oid masalalar O‘zbekiston Respublikasi olimlarning ilmiy ishlari
qatoridan yoritila boshlagan bir vaqtda rivojlana boshladi. Ular orasida T. Eminova
ning “O‘zbek maktabida ingliz talaffuzini qo‘yish”..........
Hozirgi kunda O‘zbekistonning o‘zbek tilli maktablarida 6 sharq tillarini
o‘qitish muvaffaqiyatli tarzda olib borilmoqda.
1.
bular arab, turk, urdu, fors, xitoy va hind tillaridir. Tillarni o‘qitish
o‘rta maktablar (uchun mo‘ljallangan) dasturlarga muvofiq travishda olib boriladi.
O‘quvchilar barcha lozim bilim va ko‘nikmalarni mazkur dasturlarga ko‘ra tizimli
tarzda o‘zlashtiradilar.
Quyidagi sxemani sharq tillarini o‘qitish metodikasining tutash fanlar bilan
bog‘liqligini ifodalovchi ko‘rsatkich sifatida keltirish mumkn.
Mamlakat adabiyoti / lingvistika
Mamlakat geografiyasi / aloqa nazariyasi
8
Mamlakat tarixi / informatsiya nazariyasi
Sharq tillarini o‘qitish metodikasi
Pedagogika psixologiya lingvistika
Fiziologiya psixolingvistika
Pedagogika, psixologiya va lingvistika sharq tillarini o‘qitish va o‘qitish
amaliyotining rivojlanishiga bevosita va sezilarli ta’sir ko‘rsatadilar. O‘z navbatida
pedagogika va psixologiya uchun ilmiy asos bo‘lib fiziologiya, psixologiya va
lingvistikaning bir qator kordinal qoida (polojenie) ni birlashtiruvchi, yaxlit holga
keltirvchi fan bo‘lib psixolingvistika hisoblanadi.
Nimaga aynan mazkur fanlar birinchi o‘rinda o‘qitish metodikasiga ta’sir
ko‘rsatadi va ular bilan bevosita bog‘liq? Bu holat metodik fan mohiyati bilan (ga
ko‘ra) tushuntiriladi.
So‘z metodika haqida bo‘lsa, bizning diqqat nuqtamiz o‘qitish jarayonida
jamlanadi. Zero o‘qitish jarayoni o‘quv faoliyati to‘g‘riligining sharti bo‘lgan
pedagogik va psixologik qonunlarsiz mavjud bo‘la olmaydi. Lingvistika esa chet
tili materialida tabiatni va uning qonunlarini ochishda yordam beradi.
Shuning uchun faqatgina o‘zaro bog‘liq fanlar tizimining yutuqlarini to‘g‘ri
qo‘llasa, kelgusida metodikaning nazariy va amaliy rivojlanishiga layoqat hosil
qilishi mumkin
O‘rganilayotgan tilning adabiyoti, geografiyasi va tarixi – katta o‘lkashunoslik
klmpnnenti bilan zamonaviy metodik fanlar asosiy muammolarni qayta ishlashga
kichik ta’sir ko‘rsatadi. Lingvostatistiika kabi fanlar, kommunikatsiya nazariyasi,
informatsiya nazariyasi o‘qitishning o‘quv jarayoni uchun (mo‘ljallangan)
materiallarni qo‘ymaydi, ko‘proq esa sharq tillarini o‘qitish nazariyasini
takomillashtirish va analiz qilishda ishlatiladi.
Metodikaning pedagogika bilan bog‘liqligi haqida to‘liqroq:
Pedagogika – yetishib kelayotgan avlodning tarbiyasi, ta’limi va o‘qitish
qonunlari haqidagi fan.didaktika pedagogikaning bo‘limi sifatida o‘quv
jarayoniing mohiyatini, zamonaviy dars nazariyasini qayta ishlashning didaktik
prinsiplplarining shartlari (dalillari)ni o‘rganish bilan shug‘ullanadi. Lekin
umumdidaktik
prinsiplar
(tarbiyalanuvchini
o‘qitish
anglash,
faolligi,
ko‘rgazmalilik, )”chet tili” predmetining spesifikligini yetarli darajada uchitqvat
qilaolmaydi.
Masalan, ongli ravishda tushunish prinsipini olsak, chet tili darslarida amalga
oshirilishi “ongli o‘qitish” vazifasini bajarish xisoblanadi. Ongli o‘qitishni avvalgi
tushunchasi (o‘quv nazariy darajasida) o‘rganilayotgan chet tili ko‘rinishlarini
izchil qiyoslash mazkur prinsipning mohiyatini tashkil qilinadi, deb hisoblangan.
Hozirgi kunda ona tili va o‘ganilayotgan chet tilidagi ko‘rinishlar qiyoslanishi
o‘qitshning amaliy yo‘nalganligida o‘ttkazilishi mumkin, lekin qoida o‘laroq
o‘quvchilar tomonidan emas, birinchi galda o‘qituvchi va kitoblar orqali
boshqacha aytganda, izchil analiz o‘tkaziilgandan keyin kitob muallifi yoki
o‘qituvchi ona tili vakillarining mazkur auditoriyasi uchun butunlay spesifik
9
bo‘lgan o‘rganilayotgan til ko‘rinishlarini bilish uchun mashqlar hajmini va
chastotasini oshiradi. Masalan, o‘zbek, rus yoki ukrain millatidagilar uchun chet
tilida mavjud artikl (tushunchasi)ni bilish uchun ingliz, arab, moldavan
millatidagilarga nisbatan ko‘proq mashqlar bajarish lozim. zero bu tilda artikl
tushunchasi mavjud.
Chet tilini ongli ravishda bilish har bir o‘quvchining o‘z nutq faoliyati
strukturasini bilishi lozimligini, boshqa tarafdan esa, til materialidan adekvat
foydalanishni ta’minlovchi qonunlarni bilish lozimligini bildiradi (mas.ingliz tilida
o‘tgan zamondagi ish-harakat haqida savol berish uchun ega oldidan to do ning
o‘tgan zamondagi ko‘rinishi “did”ni qo‘yish kerak. Arab tilida “murojaat”ni
yasash uchun اهيا ,اهيا اي ,اهتيا ,اي kabi yuklamalarni qo‘yish lozim)
Fors tilida تسا (hast) fe’l bog‘lamasini vazifasini bilmay turib, ismiy jumla
strukturasini buzib ko‘satish mumkin.
Chet tili materialida ko‘rgazmali o‘qitish prinsipini ko‘rib chiqamiz. Agar bu
prinsipni aksar (asosiy ko‘pchilik) predmetni ko‘rsatilgan holda amalga oshirish
bilan gavdalantirilsa, sharq tillaini o‘qitish prinsplarida birinchi o‘rinda eshittirish
vositalari deb nomlanuvchi shakllarda namoyon bo‘ladi. Bu - tilni ko‘rgazmali
o‘qitishda eshitiluvchi nutq namunalarini namoyon qilish (shakli) ustun keluvchi
shakl ekanligini bildiradi.
Didaktika va tarbiya nazariyasining asosiy qoidalariga tayanmagan xolda sharq
tillarini o‘qitish amaliyoti va nazariyasini qayta ishlash imkonsiz bo‘lardi.
Quyida
psixologiyaning
sharq
tillararini
o‘qitish
metodikasining
rivojlanishidagi roli haqida qisqacha to‘xtalib o‘tamiz.
Psixologiya fanining bir necha mustaqil tarmoqlari mavjud bo‘lib, biz uchun
ularning eng qizig‘i pedagogik psixologiya hisoblanadi.
Pedagogik psixologiya – bu o‘quvchi (individi, shaxsi)ningpsixologik faoliyati
qonunlari haqidagi fandir. U o‘z tadqiqotlari doirasiga o‘quvchiga nisbatan
(tegishli) barcha asosiy psixologik kategoriyalarni oladi. Tafakkur va nutq, qabul
qilish va tasavur qilish, xotira va iroda, bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish, bir
qator boshqa kategoriyalar shular jumlasidandir.
Psixologiyada asosiy o‘rinni metodikada muhim ahamiyatga ega bo‘lgan ohzaki
va yozma shakldagi nutqiy faoliyatni taraqqiy ettirishdagi tafakkur jarayonlarini
o‘rganish oladi. Psixologiya (mavjudligi) natijasida (psixologiya sharofati bilan)
nutqiy faoliyatda uning reseptiv va reduktiv jihatlari farqlanadi. Audirovka va
o‘qish (reseptiv); gapirish va yozuv (reproduktiv) (jig‘atlar) psixologiya natijasida
doimoongli va ongsiz ravishda mos kelish farqlanadi.
Metodikaga o‘qitish qayta ishlovida asosiy rolni psixologiyaning uzun va qisqa
muddatli xotirani o‘rganish (uchenie)o‘ynaydi. Kishi xotirasining imkoniyat va
rezervlarini bilmay turib, o‘quv nutqiy birliklarni to‘g‘ri tanlash va ularning
optimal takroriyligiini o‘rnatish mumkin bo‘lmaydi, umuman o‘quv materialni
tizim va reja asosida takrorlashni yaxshilab tashkil etish imkonsiz bo‘ladi.
Ilk marta psixolog B. V. Belyaev tomonidan o‘rtaga qo‘yilgan masala katta
qiziqish uyg‘otdi, uning chet tilidagi tafakkurni o‘qitish zarurligi. Bu masala tajriba
asosida (sinalganda) o‘zining to‘liq yechimini topmadi.
10
Turli turdagi tafakkur yo‘q, faqatgina tilga oid bilimlarning strukturalaga
solishning turli usullari mavjud degan nuqtai nazar ham bor. Tafakkur jarayonlari
esa (tahlil, sintez, qiyoslash, umulashtirish, generalizatsiya) barchasi uchun birdek
qo‘llaniladi.
Endi lingvistika nima asosida sharq tillarini o‘qitish metodikasi bilan tutash
fanlar qatoriga kirishini o‘rganamiz.
Strukturali lingvistikaning rivojlanishi audiolingval metodning hosil qilinishiga
olib keldi. uning asosiy tarkibi nutqiy namunalar, grammatik strukturalar, nutqiy
modellar ustida ishlangan ishlardan iborat bo‘lib, ular L. Blumfild, Ch. Friz, N.
Xomskiy, e. French va boshqalarning nashshrlarida o‘z aksini topgan.
Metodikani o‘qitish tilshunosligidagi yutuqlar natijasida til materialini o‘qitish
va nutqiy faoliyatga turlicha yondashish ko‘rina boshladi; mashqlarning tizimi
motirovkali, o‘quvchilarning turli kotingenti bilan(ga ko‘ra desa bo‘ladimi?)
o‘qitishning turli shartlari uchun mo‘lajallangan ko‘rinishda bo‘la bordi.
Rejada sharq tillarini o‘qitishni rasion(al)lashtirish turli darajadagi o‘quv
materialini : ovoz, so‘z, gap – namunalar, tekst tipi.. ularni tanlash muammosi
dolzarb bo‘lgan va shundayligicha qolmoqda. leksik, fonetik, grammatik
minimumni tanlash maxsus prinsip asosida olib boradi, ularning katta qismi
lingvistik kategoriyalar (mas., sinonimlarni istisno qilish, basavlatlik prinsipi,
qo‘llash chastotasi (tezkorligi desa bo‘ladimi?)va boshqa) aks ettiradi.
Tutash fanlar o‘qitish nazariyasi va fan sifatida metodikaning yanada tezroq
rivojlanishini ta’minlaydi deb xulosa chiqarish mumkin.
Savollar:
1.
Nima uchun o‘qituvchi chet tilini o‘qitish nazariyasini yaxshi bilishi
lozim.
2.
Zamonaviy metodikaning o‘qitish nazariyasi va fan sifatidagi
mohiyati nimadan iborat?
3.
Qaysi fanlar metodika bilan bevosita bog‘liq va ularning o‘zaro
bog‘liqligining (aloqasining) mohiyati nimada?
Asosiy adabiyot manbalari:
1.
J. Jalolov. “chet tilini o‘qitish metodikasi”, “O‘qituvchi” nashriyoti.
1996. 14-bet
2.
N. I. Gez: M. V. Lyaxovskiy: A. A. Mirolyubov “Metodika obucheniya
ni. Yaz. V sredn. shkole”: M, 1982. 4-21-bet.
3.
Gurevich P. B. “ K voprosu o spesifike metodiki prepodavaniya in. Yaz-
kov kak nauki” - in. Yaz. V shkole, 1967, №3
Do'stlaringiz bilan baham: |