O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta Ta’lim vazirligi Toshkent Davlat Sharqshunoslik instituti



Download 0,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/9
Sana02.03.2020
Hajmi0,98 Mb.
#41358
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
arab tilini oqitish metodikasi


فرعت لباق  

Avval so‘zlarni o‘qib chiqish, yozib olish, tekshirish (analiz qilish), solishtirish. 

So‘ng imkon doirasidagi so‘z birikmalari bilan puxta egallash, jadval tuzish.  

 

م            !   دحاو ناسنلاا  !

ارخؤ

 

دق                 !      ديدجلا دلبلا  !   تفرعت 

نامز نم        !       ةلولدلا       ! 

 

So‘ng  ona  tilidan  tarjima  qilish,  jumlalar  tuzish.  Nihoyat,  savollarga  javob 

berish. Quyidagi tarzda davom etish: 

So‘z—so‘z birikmasi—gap—nutq. 

Jadvaldan foydalanib, o‘quvchi so‘zlarni bir-biriga bog‘lab gapirib berishi yoki 

savollarga javob berishi mumkin.  

Demak,  arab  tilini  o‘rganishda  leksik  jihat  ustida  ish  olib  borganda 

quyidagilarni: (demak arab tilini leksik jihatdan o‘rganishda quyidagilar: 

1. 

Og‘zaki  ilgarilash  (ketma-ketlik)  prinsipini  e’tiborga  olish:  leksik 



malakani tekst ustida ishlashga qadar shakllantirish. 

2. 


Alohida bir so‘z ustida emas, kontekst ustida ishlash. 

 

30 


3. 

Leksik birliklarning o‘zaro muvofiqligiga alohida e’tiborni qaratish. 

4. 

Har bir so‘zni analizatordan o‘tkazish. 



5. 

O‘quvchi  yoshidan  kelib  chiqib  maqsadni  anglagan  holda 

illyustrativ va til ko‘rgazmalaridan foydalanish. 

6. 


Qo‘yilgan masadga munosib mashqlarni aniq tanlash. 

7. 


Leksik 

birliklar 

kombinatsiyalashiga 

va 


maksimal 

qaytariluvchanlikka erishish 

8. 

So‘zlarni  bilish  darajasini  tekshirish  savol-javob  bilan  emas, 



o‘qituvchi bilimiga ko‘ra amalga oshirish. 

9. 


Bir dars davomida (ko‘pma’noli) so‘z ma’nosini o‘zlashtirish lozim 

bo‘ladi.  

O‘qituvchining  yangi  leksikani  tushuntirishga  tayyorgarligi  quyidagiga  olib 

keladi: 


1. 

Yangi 


leksikaning 

(shakli, 

ma’nosi, 

qo‘llanishidagi) 

qiyinchiliklarini tekshirish maqsadida analiz (tekshiruv) va shunga muvofiq tarzda 

qiyinchilikka ko‘ra guruhlashtirish o‘tkaziladi; 

2. 

Yangi  so‘zlar  dozirovkasi  va  ular  bilan  tanishtirishni 



tashkillashtirish shakli aniqlanadi; 

3. 


Leksikaning  semantizatsiyalash  usullari  va  uni  induktiv  yoki 

preduktiv bayon etish yo‘li aniqlanadi; 

4. 

Har  bir  alohida  so‘zga  izoh  beriladi  va  illyustriv  material 



tanlanadi; 

5. 


birlamchi  (dastlabki)  mashq  uchun  mashq  va  mavzu  turi 

aniqlanadi. 



 

 

Savollar: 

1. 

Yangi so‘zlarni kiritishning qanday metodalarini bilasiz? 



2. 

Yangi so‘zlarni mustahkamlashda nimalarni yodda tutish lozim? 

3. 

Nutqiy tarbiya va nutqiy tayyorgarlik deganda nimani tushunasiz? 



4. 

Leksik  birliklarni  semantizatsiyalash  va  avtomatizatsiyalash  deganda 

nimani tushunasiz?  

Adabiyotlar: 

1.  Ye.  I.  Passov  “Osnovi  metodiki  obucheniya  inostrannim  yazikam”,  M., 

1977. str. 144-148 

2.  B. Z. Xalidov «Uchebnik arabskogo yazika» 

3.  J.Jalolov «Chet tilini o‘qitish metodikasi». T. 1996. 128-148-betlar. 

 

 



 

 

 

 

 

 

 

31 


Ma’ruza № 6 

Arab tili darslarida yangi  

pedtexnologiya usullaridan foydalanish 

 

Darsning  o‘quv  maqsadi:  yangi  pedtexnologiyning  ta’limdagi  roli  va 

hamiyati, ilg‘or pedagog olimlarning yangi pedtexnologiya haqidagi fikrlari, yangi 

pedtexnologiyning  paydo  bo‘lish  tarixi,  innovatsoin  –  o‘qitishga  hos  bo‘lgan 

yangicha  yodoshuv,  yangi  pedtexnologiya  usullarini  arab  tili  darslari  jarayonida 

qo‘llashning  o‘ziga  hos  hususiyatlari,  pedtexnologiya  usullarining  samaradorligi, 

ochiq dars o‘tish metodikasi haqida ma’lumot berish. 

Tayanch iboralar: 

1)  yangi pedtexnologiya predmeti; 

2)  yangi pedtexnologiya ta’rifi; 

3)  o‘yin uslubi; 

4)  texnologik karta. 

 

Asosiy savollar: 

1)  yangi pedtexnologiya tushunchasi; 

2)  yangi pedtexnologiya tushunchasi haqoda rus olimlarining fikrlari; 

3)  innovatsiya usuli izofa; 

4)  “Ochiq dars” ga qo‘yiladigan talablar; 

 

Hozirgi  paytda  yangi  pedagogik  texnologiyaning  maqsadi,  mazmuni  va 



vazifalari  haqida  ko‘p  olimlar  izlanishlar  olib  bormoqdalar.  Chunki  u  progressiv 

g‘oyaning  tarafdorlari  uning  mohiyatga  katta  baho  beryaptilar  va  unga  barcha 

o‘quv  muassasalarida  talab  va  ehtiyoj  borligi  haqiqat.  Nafaqat  Yevropa  va 

AQShda,  balki  respublikamiz  olimlari  ham  mentalitetimiz  ruhiga  mos  texnologik 

uslublar ishlab chiqaryaptilarki, ularning bu sohadagi yutuqlarini chet ellik olimlar 

ham  tan  olayaptilar.  Quyida  rus  pedagog  olimlarining  pedagogik  texnologiya 

haqidagi fikrlarini keltiramiz:  

  Pedagogik  texnologiya  o‘ziga  xos  va  potensial  yaratiladigan  pedagogik 



natijalarga  erishish  uchun  pedagogik  tizimning  barcha  tashkiliy  tomonlariga 

aloqador  nazariy  va  amaliy  (ta’lim  tizimi  doirasida)  tadqiqotlar  sohasi  sifatida 

belgilanadi. 

 



“Pedagogik texnologiya – o‘quv jarayonini amalga oshirishning mazmuniy 

texnikasi” (B.P.Bezpalko). 

 

“Pedagogik  texnologiya  –  rejalashtirilgan  o‘qitish  natijalariga  erishish 



jarayoni tavsifi” (I.P.Volkov). 

 



“Texnologiya – ishlov berish, holatni o‘zgartirish san’ati, mahorati, malakasi 

va metodlar yig‘indisi” (V.M.Shepel). 

   “Pedagogik 



texnologiya 

– 

pedagogik 



maqsadlarga 

erishishda 

foydalaniladigan  shaxsiy  imkoniyatlar,  jihozlar  va  metodolik  vositalarda  amalda 

bo‘lishning tizimli yig‘indisi va tartibini bildiradi” (M.V.Klarin). 



 

32 


 

“Pedagogik  texnologiya  –  o‘zida  turli  mualliflar  (manbalar)ning  barcha 



ta’riflari  mazmunini  qamrab  olgan  mazmuniy  umumlashma  hisoblanadi” 

(G.K.Selevko) 

V.M.Monaxovning 

ta’rificha,  pedagogik  texnologiya  –  talaba  va 

o‘quvchilarning  ularga  zarur  sharoit  yaratish  orqali  o‘quv  jarayonini 

loyihalashtirish,  tashkil  etish  va  o‘tkazish  bo‘yicha  pedagogik  faoliyatining  har 

tomonlama  o‘ylangan  modelidir.  Bu  satrlar  muallifi  haq.  Yaratilgan  va 

yaratilayotgan  yangi  pedagogik  usul-uslublar  imkoniyatlaridan  unumli  foydalanib 

har  bir  o‘qituvchi  dars  berishni  hamda,  talabalarga  bilim  berishni  o‘zi 

loyihalashtirishi,  tashkil  etishi  lozim.  Zamonaviy  pedagogik  texnologiya  qotib 

qolgan,  o‘zgarmas  g‘oya  emas,  u  doim  rivojlanishda,  yangilanishda  va  boyib 

boradi.  O‘qituvchilar  uchun  hozirgi  fan  texnika  davri  o‘z  ustida  ishlash,  izlanish, 

o‘z  malakasini  oshirib  borish  borasida  katta  imkoniyatlar  yaratib  berayapti.  Bu 

imkoniyatlardan unumli foydalanib dars berishning yangi samarali yo‘llarini izlab 

topish – davr talabidir. 

Hozir  eslaganimizdek,  yangi  pedagogik  texnologiyaning  rivojlanishi,  uning 

boyib  borishi  har  bir  o‘qituvchi  shaxsiy  intilishiga  bog‘liq.  Agar  o‘qituvchi 

pedagogik  tajribasiga  tayangan  holda  izlansa,  yangicha  usul  va  uslublar  topsa, 

uning zamonaviy texnologik metodlarga qo‘shgan hissasi bo‘ladi. 

Biz  faqat  iste’molchi  o‘qituvchi  bo‘lib  qolmasdan  balki  boshqalarni  ham 

pedagogik  izlanishimiz  natijasi  bo‘lmish  –  yangi  usul  va  uslublar  bilan  ta’minlab 

turishimiz  lozim.  Buning  uchun  XX  asrning  60  –  yillarida  G‘arbiy  Yevropa  va 

AQSh olimlari tomonidan yaratilgan yangi pedtexnologiya mazmuni va maqsadini 

obdon  tushunib  olishimiz,  ularning  mohiyatiga  e’tibor  berib  o‘rganishimiz  kerak 

bo‘ladi.  Kim  bu  sohada  ko‘p  o‘qib  o‘rgansa,  unda  yangi  usullar  yaratishga 

imkoniyat  tug‘iladi,  o‘qitishning  yangi  qirralarini  ochib  berishga  ilhom 

bag‘ishlaydi.         

Aslini  olganda,  yangi  pedtexnologiya  –  bu  o‘qishga  o‘ziga  xos  bo‘lgan 

yangicha  (innovatsiya)  yondoshuvdir.  Pedtexnologiyani  yaxshi  o‘zlashtirgan 

pedagoglar  uchun  bu  usulning  an’anaviy  usulga  ko‘ra  samarali  ekanligi  ma’lum. 

Shunday  ekan,  pedagoglar  uchun  kadrlar  tayyorlash  sifatini  oshirishda 

pedtexnologiyani o‘zlashtirish va uni amalda qo‘llash zarurligini bildiradi. Tarbiya 

jarayonining  texnologik  muammolarini  yechishda  har  bir  tarbiyachi  o‘z  oldiga 

qo‘ygan  maqsadiga  erishish  yo‘lini    o‘tashi,  vaqti-vaqti  bilan  dolzarb  bosqichlar 

orasida faoliyatini nazorat qilib, kuzatishlar kiritib borishi zarur. Dolzarb nuqtalar 

orasida har bir pedagog muayyan sharoitda, bor imkoniyatlardan foydalanib, ijodiy 

faoliyat olib borishi talab etiladi. 

Yangi  pedtexnologiya  imkoniyatlaridan  unumli  foydalanish  birinchidan, 

o‘qituvchiga  katta  mas’uliyat  yuklasa,  ikkinchidan,  dars  mavzuini  tushuntirishda 

o‘qituvchiga  ko‘p  qulayliklar  yaratadi.  O‘qituvchi  yangi  pedtexnologiyaning 

mazmuni, mohiyati va uning maqsadini yaxshi tushuna bilishi va uning usullarini 

dars jarayoniga olib kirishi hamda uni mavzularni tushuntirishda qo‘llay bilishi va 

tadbiq qilishi muhimdir. 

Biz  quyida  arab  tili  darslarida  yangi  pedtexnologiya  vositalaridan  foydalanish 

usullaridan namunalar beramiz.  


 

33 


Yangi pedtexnologiya usullarini arab tili darslari jarayonida qo‘llash o‘ziga xos 

xususiyatlariga ega. Bu narsa arab tilining fonetik, morfologik va sintaktik o‘ziga 

xosligidan  kelib  chiqadi.  Shuning  uchun  arab  tili  darslarida  yangi  pedtexnologiya 

usullarini  tatbiq  etish  uchun  yaratilgan  chizma,  jadvallar,  tarqatma  didaktik 

materiallar  o‘zining  qo‘llanilishiga  ko‘ra  boshqa  tillardan  farq  qiladi.  Masalan, 

arab  tilida  ikkita  jinsning  mavjudligi,  kelishiklar  sonining  faqat  uchtaligi,  ikkilik 

sonining  mavjudligi,  birlikdagi  so‘zlarni  ko‘plikka  aylantirishda  so‘zning  jonli 

(shaxs)  yoki  jonsiz  (narsa-predmet)  bo‘lishligini  alohida  e’tiborga  olish  zarurligi 

ko‘rgazmali qurollar yaratishda qiyinchiliklar tug‘diradi. 

Biz yaratgan quyidagi chizma, jadvallar va didaktik materiallar turlicha bo‘lib, 

ularni  o‘quvchilarga  berishdan  avval  kitobdagi  mazkur  materialning  ko‘chirma 

nusxasi  (kserokopiyasi)    olinib  keyin  o‘quvchilarga  tarqatiladi.  Ba’zi  jadvallarni 

katta  qog‘ozga  yirik  harflar  bilan  yozib,  undan  doim  foydalansa  bo‘ladi. 

Ko‘rgazmali  qurollar  namuna  sifatida  4-5  so‘z  bilan  boshlab  qo‘yilgan.  Uning 

davomini o‘qituvchilarning o‘zlari to‘ldirib, so‘ngra uni o‘quvchilarga tarqatadilar. 

Ba’zi  jadvallarda  yangi  so‘zlar  ko‘p  berilgan.  Ulardan  foydalanishdan  avval 

o‘qituvchi  undagi  noma’lum  so‘zlarni  o‘quvchilarga  yod  oldirishi  lozim.  Bunda 

kitobning  oxiriga  ilova  qilingan  arabcha-o‘zbekcha  lug‘atdan  foydalanish  lozim. 

Masalan,  “Sinonim,  antonim  so‘zlarni  toping”,  mashina,  elektr  asboblari, 

mutaxassisliklar,  hayvonlar,  uy  jihozlari,  qushlar  haqidagi  jadvallardan 

foydalanishda ana shu uslubni qo‘llash kerak. Yoki “Arab mamlakatlarining davlat 

rahbarlari,  poytaxtlari,  pul  birligi”  haqidagi  ko‘rgazmani  dars  jarayonida 

qo‘llashdan avval o‘quvchilarga 22 ta arab mamlakatlari geografik o‘rni, poytaxti, 

davlat  tuzumi,  davlat  rahbarlari,  pul  birligi  kabi  ma’lumotlar  o‘quvchilarga 

yetkazilgan  bo‘lishi  lozim.  Shundagina  o‘qituvchi  foydalanayotgan  vositalar  naf 

beradi. O‘qituvchilarning yangi texnologik usul-uslublardan to‘g‘ri foydalanib dars 

o‘tishlari  oson  bo‘lishi  uchun,  biz  ba’zi  mavzularning  “Texnologik  karta”sini 

tavsiya  etdik.  Unda  dars  jarayonining  barcha  etaplari  bayon  etilgan.  Har  bir 

o‘qituvchi  dars  o‘tishdan  oldin  o‘tmoqchi  bo‘lgan  mavzusining  “Texnologik 

karta”sini tayyorlashi lozim va uni maktab ilmiy ishlar bo‘lim  mudiriga ko‘rsatib 

tasdiqlatib olishi kerak. Agar dars “ochiq” deb e’lon qilingan bo‘lsa

5

, “Texnologik 



                                                 

5

 



Замонавий технологик услубларни дарсга татбиқ этиш жараёни бошланиши билан энди мазкур янгича 

усуллардан  дарсда  фойдаланиш  борасида  “очиқ  дарслар”  ўтказиш  одат  тусига  кириб  бораяпти.  Шунинг 

учун  биз  қуйида  ана  шундай  дарсларга  тайёргарлик  кўриш,  унинг  вазифаси  ва  ундан  кўзланган  мақсад 

ҳақидаги мулоҳазаларимизни билдирмоқчимиз. Аслини айтганда, очиқ дарс ҳам оддий-ҳар сафаргидек дарс. 

Лекин у кундалик дарслардан баъзи томонлари билан фарқ қилади. Очиқ дарсда мазкур соҳанинг у ёки бу 

йўналиши бўйича янги усул ва услубларни дарсга татбиқ этишни намойиш қилишга бағишланади. Бу билан  

биринчидан,  ўқитувчи  замонавий  методикадан  қай  даражада  маълумотга  эга  эканлигини  кўрсатади. 

Иккинчидан, унинг очиқ дарсига кузатиш учун кирган ўқитувчилар учун ҳам фойдадан ҳоли эмас. Айниқса, 

ёш  ўқитувчилар  бундай  дарслардан  анча  методик  малакага  эга  бўлиб  чиқадилар.  Учинчидан,  дарс 

ўтказилган  синф  ёки  курс  ўқувчи-талабалари  янги-прогрессив  методика  бўйича  билим  олиб  фойда 

кўрадилар.  Мазкур  очиқ  дарсга  алоҳида  тайёргарлик  кўриш  керак  бўлади.  Чунки  бу  дарсни  бошқа 

ўқитувчилар  атайин  кузатгани  кирадилар.  Улар  яхши  ният  билан  бу  дарсдан  бирор  методик  янгилик,  наф 

олгани кирадилар. Дарсга тайёргарлик кўриш жараёнида қуйидагиларга алоҳида эътибор бериш керак: 

1. 

дарс этапларини тўғри тақсимлаш; 



2. 

ҳар бир дарс этапларини нимага бағишлашни аниқ билиш керак; 



3. 

ўтилган мавзуни сўраш учун кўргазмали воситаларнинг тайёрлиги (тарқатма-дидактик материаллар, 

янги педтехнологик усуллар, технологик ўйинлар); 

4. 

ўқувчи-талабалар фаолиятини активлаштириш учун воситаларнинг ҳозирлиги; 



 

34 


karta”  har  bir  darsga  kuzatish  uchun  kirgan  o‘qituvchilarga  tarqatib  beriladi. 

Mazkur texnologik kartada darsning etaplari berilgan. Undagi “Maqsad, vazifalar” 

qismiga  o‘qituvchi  mavzuni  o‘tishdan  maqsadi,  bu  mavzuni  o‘tishda  o‘quvchiga 

nimani  taqdim  etajagini,  uni  o‘zbek  tili  bilan  qiyoslab  o‘rganish  haqidagi  fikrni 

bayon  etadi.  “O‘quv  jarayonining  mazmuni”  xonasiga  yangi  mavzuning  asosiy 

qoidalari misollar bilan beriladi. “O‘quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi” 

qismida  mavzuni  tushuntirishda  o‘qituvchi  qaysi  zamonaviy  pedtexnologiya 

uslublaridan foydalanishi va uni dars jarayoniga tatbiq etish yo‘llari bayon etiladi. 

“Kutiladigan  natijalar”  qismida  shu  mavzuni  o‘tishdan    talabalar  nima  oladilar, 

qanday  naf  ko‘radilar,  ya’ni  darsni  mustahkamlash  etapida  mazkur  yangi  mavzu 

yuzasidan  berilgan  savollarga  tinglovchilardan  javoblar  kutadi.  Va  nihoyat, 

“Kelgusi  rejalar”  xonasiga  o‘qituvchi  o‘quvchilarning  o‘tilgan  mavzuni  tahlil 

qilishlariga,  mavzu  haqidagi  ularning  shaxsiy  mushohadalari  va  xulosalari  haqida 

fikrlarni yozib qo‘yadi. 

 

TEXNOLOGIK KARTA 

Mavzu: 

“So‘z turkumlari” 

Maqsad, vazifalar 

Arab tilida “So‘z turkumlari”ni bilib olish. So‘zlar 

asosan nechta turkumga bo‘linishini va ularning arab 

tilidagi nomlarini bilish.Ism va fe’l turkumidagi 

so‘zlarning grammatik kategoriyalarini bilish. 

O‘zbek tilidagi so‘z turkumlari bilan qiyoslash. 

O‘quv jarayonining 

mazmuni 

Arab tilida so‘zlar uchga bo‘linadi. Fe’lning 

barcha zamonlari va mayllari, nisbatlari bo‘lishli va 

bo‘lishsiz shakllari – “Fe’l” turkumiga kiradi; aniqlik 

artikli, predloglar, yuklamalar, yordamchi so‘zlar – 

“Harf” turkumiga; qolgan so‘zlar – “Ism” turkumiga 

kiradi.  

O‘quv jarayonini 

amalga oshirish 

texnologiyasi 

Metod: “Charxpalak” va “Loyiha” texnologiyasi. 

Shakli: Leksiya, suhbat, mustaqil ish: 

Yakka holda va guruxda. 

Vosita: Tarqatma materiallar, doska, marker, 

multimediya... 

                                                                                                                                                             



5. 

ўқитишнинг техник воситаларининг тахтлиги



6. 

ўтилган мавзунинг янги мавзу билан узвий боғлиқлигини кўрсатиш; 



7. 

доскадан унумли фойдаланиш; 



8. 

уй  вазифасини  беришда  талабаларнинг  мустақил  таълимини  кўзда  тутиш  ва  унинг  ижобий 

бажарилишига эътибор бериш; 

9. 

дарснинг охирида ўқувчи-талабалар жавобларини шарҳлаб баҳолаш, уларни рағбатлантириш 

Очиқ дарсни кузатувчилар нималарни кўришни хоҳлайдилар? 

- ўқувчи - талабаларда ўқув-предмети бўйича билим, кўникма – малакалар қай даражада шаклланган ва 

уларни амалдаги вазифаларни ечишга қўллай олишлари; 

- ўқувчи – талабаларнинг мустақил фаолиятлари;  

- турли хил метод ва шаклларнинг қўлланиши( метод ва шаклларни мақсадга мувофиқ танланганлиги); 

- дарс жараёнида ўқувчи – талабалар фаолиятини ўзгариб туриши, хилма – ҳиллиги; 

- дарс жараёнидаги ишларнинг жадаллиги;  

- предметлараро боғлиқлик; 

- ўқитувчининг аудиториядаги мухитни ва вазиятни бошқара олиши 


 

35 


Usul: Aktiv va interaktiv. 

Nazorat: Samaradorligini nazorat qilish va o‘z – 

o‘zini nazorat qilish.  

Baholash: 5 – ballik reyting.   

Kutiladigan natijalar 

Talabalar mavzuni tushunib so‘z turkumlarini 

ajrata olishlariga erishish, keyingi mavzularga 

mustahkam asos bo‘lishi, shu fanga bo‘lgan 

qiziqishlarini so‘ndirmasdan, uni yanada oshirishga 

harakat qilish. 

Kelgusi rejalar 

(Tahlil, o‘zgarishlar) 

Kelgusida shu mavzuni yanada yoritib 

kategoryalarga to‘xtalib, ularni tushuntirishda 

innovasion texnologiyalardan foydalanish. 

Arab tilida “Ismiy jumla” mavzusini o‘tish texnologik kartasi quyidagicha: 

 

Mavzu: 



“Ismiy jumla” 

Maqsad va 

vazifalar 

Ularni og‘zaki va yozma ishlata olish. Arab tilidagi ismiy 

jumlaning o‘zbek tilidagi ot-kesimli gapga o‘xshashligi va 

tafovutlarini tushuntirish. Ismiy jumlaning turlari, ega va kesim 

qoidalari haqida ma’lumot berish. 

O‘quv 


jarayonining 

mazmuni 


Arab tili darsligidan yangi so‘zlarni yodlash, tekstni o‘qish 

va tarjima qilish, savollarga javob berish. Arab tilidagi 

gazetadan maqola tarjima qilish. Yangi mavzuni 

o‘zlashtirilishiga e’tibor berish. 

O‘quv 

jarayonini 



amalga oshirish 

texnologiyasi 

Metod: “Charxpalak” va “Loyiha” texnologiyasi 

Shakli: Leksiya, suhbat, mustaqil ish. Yakka holda va 

guruhda. 

Vosita: Tarqatma materiallar, doska, marker, ko‘rgazma 

vositalari... 

Usul: aktiv va interaktiv 

Nazorat: Samaradorligini nazorat qilish va o‘z-o‘zini nazorat 

qilish 


Baholash: 5 ballik reyting. 

Kutiladigan 

natijalar 

Talabalarda og‘zaki nutqni o‘stirish ko‘nikmalarini hosil 

qilish, o‘qish va tarjima qilish mahoratini oshirish. Yangi 

mavzuni keyingi darsda tushuntira olish. 

Kelgusi 

rejalar (tahlil va 

o‘zgarishlar) 

O‘tilgan tekst va maqolalarni gapirib berish, o‘tilgan 

mavzuni mustahkamlash va to‘g‘ri ishlata olish. 

 

 



Asosiy adabiyot manbalari: 

4. 


J.  Jalolov.  “chet  tilini  o‘qitish  metodikasi”,  “O‘qituvchi”  nashriyoti. 

1996. 14-bet 



 

36 


5. 

N.  I.  Gez:  M.  V.  Lyaxovskiy:  A.  A.  Mirolyubov  “Metodika  obucheniya 

ni. Yaz. V sredn. shkole”: M,  1982. 4-21-bet. 

6. 


Gurevich P. B.  “ K voprosu o spesifike metodiki prepodavaniya in. Yaz-

kov kak nauki”  - in. Yaz. V shkole, 1967, №3 

Savollar: 

1)  rus pedagog olimlarining yangi pedtexnologiya haqidagi fikrlarini aytib 

bering; 

2)  yangi pedtexnologiyani arab tili darslarida qo‘llash yo‘llarini ayting‘ 

3)  darsning “texnologik kartasi to‘g‘risida” gapiring; 

4)  “Ochiq darsni” siz qanday o‘tkazasiz? 

 

 

Ma’ruza № 7 



Arab tili darslarida o‘quv o‘yinlaridan foydalanish 

Darsning  o‘quv  maqsadi:  arab  tili  darslarida  o‘quv  o‘yinlaridan  foydalanish, 

o‘quv  o‘yinlarining  darsdagi  o‘rni  va  vazifasi,  pedagogig  olimlarining  o‘quv 

o‘yinlari haqodagi fikr-mulohazalari, o‘yinlarni o‘tkazish prinsiplari, o‘yinlarning 

tarbiyaviy vazifasi, o‘yinning didaktik maqsadi, o‘yin davomiyligining bosqichlari, 

o‘yinni  guruhlarda  yashkil  etish,  o‘yinda  eksperementga  e’tibor  berish  kabi 

tushunchalarni shakllantirish. 

Tayanch iboralar:  

1)  o‘quv o‘yini; 

2)  didaktik maqsad; 

3)  o‘yinning funksiyalari; 

4)  kommunikativlik; 

5)  tashhis; 

6)  o‘yinning maqsadi. 

 

 



Asosiy savollar: 

1)  o‘yinlarning tarbiyaviy vazifasi; 

2)  shaxsning o‘zini-ozi nomoyon qilishida o‘yinlarning  vazifasi; 

3)  o‘yinning didaktik maqsadi; 

4)  o‘yinga ehtiyoj. 

Bolalar  yoshligidan  turli  o‘yinlar  bilan  shug‘ullanib  keladilar.  O‘yin  – 

bolalarning  hayotiy  ehtiyojiga  aylangan  soha  desak  xato  qilmagan  bo‘lamiz, 

chunki o‘yinning bola tarbiyasidagi o‘rni, uning tarbiyaviy ahamiyati katta. O‘yin 

yosh tanlamaydi, deyiladi. Haqiqatan ham, qaysi yoshdagi kishiga biror o‘yin tak-

lif  etilsa,  imkoni  boricha  unga  qatnashish  xohishini  bildiradi.  O‘yin  –  faqat 

o‘yinning  o‘zginasi  emas.  O‘yin  ta’lim  –  tarbiyada  juda  boy  imkoniyatlarga  ega 

vosita hamdir.  

O‘yinni yangi pedagogik texnologiyaning eng samarali usullaridan biri sifatida 

tan  olinishi  ham  uning  muhim  usul  ekanligidan  dalolat  beradi.  Hozirda  o‘yinli 

texnologiyalar  haqida  ko‘p  ma’lumotlar  bor.  Ko‘plab  olimlarning  bu  sohadagi 


 

37 


asarlari  chop  etilgan.  Bu  kitoblarda  o‘yinli  texnologiya  imkoniyatlaridan  ta’lim–

tarbiya  sohasida  keng  foydalanishning  metodikasi  ishlab  chiqilgan.  Ayniqsa, 

fanlarni  maktabda  va  oliy  o‘quv  yurtlarida  o‘quvchi  –  talabalarga  tushuntirishda 

uning cheksiz imkoniyatlari borligi ta’kidlanayapti. 

O‘yinli  texnologiyadan  foydalanishning  asosini  talabalarni  faollashtiruvchi  va 

jadallashtiruvchi faoliyat tashkil etadi. 

O‘yin  olimlar  tadqiqotlariga  ko‘ra,  mehnat  va  o‘qish  bilan  birgalikda 

faoliyatning asosiy turlaridan biri hisoblanadi. 

Psixologlarning  ta’kidlashlaricha,  o‘yinli  faoliyatning  psixologik  mexanizmlari 

shaxsning  o‘zini  namoyon  qilish,  hayotda  o‘z  o‘rnini  barqaror  qilish,  o‘zini  o‘zi 

boshqarish,  o‘z  imkoniyatlarini  amalga  oshirishning  fundamental  ehtiyojlariga 

tayanadi. 

O‘yin ijtimoiy tajribalarni o‘zlashtirish va qayta yaratishga yo‘nalgan vaziyatlarda 

faoliyat turi sifatida belgilanadi va unda shaxs o‘z xulqini boshqarishi shakllanadi va 

takomillashadi. 

D.N. Uznadzening ta’rificha, o‘yin shaxsga xos bo‘lgan ichki immanent psixik 

(ruhiy) xulqi shaklidir. 

L.S. Vigodskiy o‘yinni bolaning ichki ijtimoiy dunyosi, ijtimoiy buyurtmalarni 

o‘zlashtirish vositasi sifatida ta’riflaydi. 

A.N.  Leont’ev  o‘yinga  shaxsning  hayolotidagi  amalga  oshirib  bo‘lmaydigan 

qiziqishlari (manfaatlari)ni xayolan amalga oshirishdagi erkinligi sifatida qaraydi. 

Psixologlar  ta’kidlaydilarki,  o‘yinga  kirishib  ketish  qobiliyati  kishi  yoshiga 

bog‘liq emas, lekin har bir yoshdagi shaxs uchun o‘yin o‘ziga xos bo‘ladi. 

O‘yinli  faoliyat  muayyan  funksiyalarni  bajarishga  bag‘ishlangan  bo‘ladi.  Ular 

quyidagilar:  

  maftunkorlik; 



  kommunikativlik; 

 

o‘z imkoniyatlarini amalga oshirish; 



  davolovchilik; 

  tashxis; 



  millatlararo muloqot;  

  ijtimoiylashuv; 



Tadqiqotchilar  nazariy  aspektda  o‘yinga  faoliyat,  jarayon  va  o‘qitish  metodi 

sifatida qaraydilar. 

O‘yin  faoliyat  sifatida  maqsadni  belgilab  olish,  rejalashtirish  va  amalga 

oshirish, natijalarni taxlil qilishni qamrab oladi va bunda shaxs sub’kt sifatida o‘z 

imkoniyatlarini to‘la amalga oshiradi. 

O‘yinli  faoliyatni  motivatsiyalash  o‘yin  xarakterining  musobaqalashish 

shartlari, shaxsning o‘zini namoyon qila olishi, o‘z imkoniyatlarini amalga oshirish 

ehtiyojlarini qondirishdan kelib chiqadi. 

Jarayon sifatida o‘yin tuzilmasi (G.K. Selevko ta’biricha) quyidagilarni qamrab 

oladi. 


 

o‘ynash uchun olingan rollar; 



  bu rollarni ijro etish vositasi bo‘lgan o‘yin harakatlari; 



 

38 


  predmetlarni,  ya’ni  haqiqiy  narsalarni  shartli,  o‘yin  narsalari  o‘rnida 

qo‘llash; 

 



o‘yin bilish va uning bir qismi (kirish, mustahkamlash, mashq, nazorat) tarzida 

tashkil  etiladi.  O‘yinlar  turli  maqsadlarga  yo‘naltirilgan  bo‘ladi.  Ular  didaktik, 

tarbiyaviy, faoliyatni rivojlantiruvchi va ijtimoiylashuv maqsadlarda qo‘llanadi. 

 



o‘yinning  didaktik  maqsadi  bilimlar  doirasi,  bilish  faoliyati,  amaliy 

faoliyatida  bilim,  malaka  va  ko‘nikmalarni  qo‘llash,  umumta’lim  malaka  va 

ko‘nikmalarni 

rivojlantirish, 

mehnat 

ko‘nikmalarini 



rivojlantirish 

va 


kengaytirishga qaratilgan bo‘ladi. 

A.Tyukov  fikricha,  har  qanday  o‘yin  qay  tarzda  loyihalashtirilishidan  qat’iy 

nazar, ularning har biri quyidagi talablarni bajarishi lozim: 

  kasbiy  doira  imitatsiyasi  yaxlitligi,  o‘yin  imitatsiyasiga  taalluqli  bo‘lgan 



tuzilma  va  jarayonlar  asosiy  voqelikni  aks  ettiruvchi  umumiy  syujet  yoki  asosiy 

mavzuga ega bo‘lishi lozim; 

  mustaqil tashkil etishga yo‘nalganligi; 



  o‘qitishning muammoligi. 

A.A. Tyukov o‘yin davriyligining quyidagi bosqichlarini qayd qiladi: 

  vaziyatni  va  muammolashtirishni  tahlil  qilish  asnosida  o‘yinning  asosiy 



syujet mavzusi bo‘yicha o‘yin ishtirokchisining sermahsul mustaqil ijodiy ishi; 

  amaliy guruhlarning ish natijalarini umumiy tanqidiy muhokama qilish;  



 

o‘yin jarayoni va ishtirokchilar hatti-harakatlarini reflektiv tahlil qilish; 



  yechimni tashkil qilish bosqichi. 

Ya.S.  Ginzburg  va  N.M  Koryak  o‘yinning  quyidagi  sotsial-psixologik 

xususiyatlarini farqlaydi: 

  guruh xarakteri;  



  yaratuvchilik, shartlilik; 

  ramziylik, utilitar bo‘lmaslik xarakteri. 



Har  qanday  o‘yin  zamirida  umumiy  qabul  qilingan  ta’lim  prinsiplari,  taktikasi 

yotishi kerak. O‘quv o‘yinlarini yaratish murakkabligini hisobga olgan holda har bir 

yaratilgan o‘quv o‘yini barcha arab tili o‘qitiladigan maktab, litsey, institutda qo‘llash 

uchun mos bo‘lishi kerak. O‘quv o‘yinlaridagi materiallar mazkur kurs rejasiga to‘g‘ri 

kelishi  kerak  hamda  o‘sha  kurs  darsligi  mazmuniga  mos  tushishi  kerak.  O‘quv 

o‘yinlariga o‘quv predmetlari asos qilib olinishi kerak. 

O‘quv  o‘yinlarini  tayyorlashda  darslikdagi  ma’lumotlar  o‘yin  shakliga 

keltiriladi.  O‘quv  o‘yinlari  talabalarning  darsda  olgan  nazariy  bilimlarini  amaliy 

ko‘rinishdagi  varianti  deb  aytsa  bo‘ladi.  Bu  “sinov  maydoni”da  sinash  va 

sinalishga  tayyor  bo‘lish  uchun  talaba  o‘tilgan  barcha  o‘quv  mavzularini 

mukammal  o‘zlashtirgan  bo‘lishi  lozim.  O‘quv  o‘yinlari  jarayonida  talaba  oddiy 

darsga qaraganda bu o‘yinga qiziqibroq yondoshadi va bemalol faoliyat ko‘rsatadi.  

Har  bir  oliy  o‘quv  yurtida  talabalarga  qo‘yiladigan  asosiy  talab  – 

mutaxassisligidan ularda malaka va ko‘nikma hosil qilishdir. Ayni o‘quv o‘yinlari 

ana shunday malaka va ko‘nikma hosil qilish vositasi, payti hisoblanadi. 

Qidiruv ekspedisiyasida shunday naql bor: “Ryukzakka ishlatiladigan – asqotib 

qoladigan  narsani  emas,  balki  usiz  biror  ish  bitmaydigan  narsalarni  ol!”  (Beri  v 


 

39 


ryukzak  ne  to,  chto  mojet  prigoditsya,  a  to,  bez  chego  sovershenno  nevozmojno 

oboytis!).  Tibbiyot  institutida  o‘quv  o‘yinlari  jarayonida  talabalar  mulyaj 

shaklidagi “kasal”ni xohlaganlaricha “operatsiya” qilib, uning ustida turli tajribalar 

– eksperimentlar o‘tkazishlari mumkin.

6

 Lekin tilni o‘rgatishda talaba eksperement 



qiladigan  mulyaj  yo‘q.  O‘yinga  yaxshi  tayyorgarlik  ko‘rmagan  talaba  o‘yin 

talablariga  javob  bera  olmaydi  va  u  bu  o‘yinni  ijobiy  yakunlanishiga  putur 

yetkazishi  mumkin.  Pedagogik  tajribalar  har  qanday  ta’lim  usulini  ilmiy  asosga 

ko‘taradi. Unga fikrlashning ob’ektiv baholash usuli deb qarash mumkin.Shuning 

uchun  pedagog  eksperiment  qilish  yo‘llarini  egallashi  muhim  vazifadir.  Alohida 

ta’kidlash  lozimki,  o‘yin  avvalo  o‘qitishning  bir  usulidir.  U  talabalarni  nazorat 

qilish quroli, imtihon yoki talabalar uchun jazo emas. 

Xuddi  shu  ma’noda  o‘yinni  yaratuvchi  va  olib  boruvchi  o‘qituvchini 

shogirdlarini murakkab musobaqalarga tayyorlovchi murabbiy-trenerga qiyos qilsa 

bo‘ladi. U o‘z shogirdlarini kelajakdagi musobaqalarda uchrashi mumkin bo‘lgan 

maksimal  qiyinchiliklarni  yengishga  o‘rgatadi.  Ustoz  talabalarda  shunday  ko‘-

nikmalarni  tarbiyalagandagina  ular  har  qanday  sinovlarda  yaxshi  natijalarga 

erishishlari  mumkin.  O‘qituvchining  talabalarda  keyinchalik  har  qanday  kasbiy 

qiyinchiliklarni  yengib  o‘tishdek  malakalarni  tarbiyalashi  kelgusida  yaxshi 

mutaxasis  bo‘lib  yetishishlari  uchun  asos  bo‘lib  xizmat  qiladi  (“Mashqda  qiyin 

bo‘lsa, jangda yengil bo‘ladi” maqoliga asosan).  

O‘yinda  ishtirok  etmoqchi  bo‘lgan  talaba  albatta  unga  tayyorgarlik  ko‘rish 

etapini o‘tishi lozim. O‘yinga ekspromt usulida birdaniga kirishib bo‘lmaydi.  

Tajriba shundan dalolat beradiki, har qanday tayyorgarlik ko‘rilmay o‘tkazilgan 

o‘yinda uning ishtirokchilarining malakasi va yoshidan qat’iy nazar ular o‘ng‘aysiz 

holatga tushib qoladilar. Shuning uchun o‘yinni o‘quv amaliyotiga tadbiq qilishdan 

avval  quyidagi  pedagogik-psixologik  masalalar  hal  etilishi  zarur.  Har  bir  talaba 

o‘yinga tayyorgarlik ko‘rayotganda quyidagilarni bilishi lozim: 

- o‘yinning maqsadini; 

- o‘yinning vazifasini; 

- o‘yinning rejadagi qaysi mavzuga taalluqliligini; 

- avvalgi  o‘yinlarda  shakllangan  malaka  va  ko‘nikmalarni  keyinggi  o‘yinlarda 

ham qo‘llay olishi. 

O‘quvchi  va  talabalar  uchun  shunday  texnologik  o‘yinlar  yaratish  kerakki,  ular 

shogirdlarda  qiziqish  uyg‘otsin,  ularning  ehtiyojlarini  qondirsin,  ularga  tezda 

singadigan  bo‘lishi  lozim.  Har  qanday  o‘yinni  o‘quvchilar  ko‘rigidan  muvofaqiyatli 

chiqishi maqsad qilinadigan bo‘lsa, albatta eksperiment-tajriba, kuzatish olib borilishi 

zarur. Bunday jarayonda qaysi o‘yin o‘quvchilar talablariga mos kelgan, kelmaganligi 

aniqlanadi. O‘quvchilar e’tiborini qozonaolmaydigan “sun’iy o‘yinlar” shogirdlar vaq-

tini behudaga olmasligi kerak. Shuning uchun muayyan talabalar guruhi yoqtiradigan 

o‘yinlarni,  ularning  yuraklarini  haqiqiy  jizzillatadigan  o‘yinlar  topmoq  lozim.  Bu 

mezonga  to‘g‘ri  keladigan  o‘yinlar  darajasini  o‘qituvchi  tomonidan  o‘tkaziladigan 

tajribalar  aniqlab  beradi.  Sinab  ko‘rilmaguncha  o‘yinning  talabalarga  mos  yoki  mos 

emasligini  aniqlab  bo‘lmaydi.  Har  bir  o‘qituvchi  muayyan  o‘yinlardan 

                                                 

6

 Наумов Л.Б. Учебные игры в медицине. –Т. 1986. 



 

40 


foydalanayotganida tanlash erkinligiga ega ya’ni, shu o‘yinga o‘xshatish yoki butunlay 

boshqa variantini izlab topish huquqiga ega. Bu esa o‘qituvchining harakatiga bog‘liq . 

Quyida ana shunday o’yinlardan namunalar keltiriladi: 

 


Download 0,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish