71
Soliq qonunchiligini buzganlik uchun jinoiy javobgarlik
4
72
9-Mavzu. Chet mamlakatlarda soliq qonunchiligi buzganlik uchun
jazolash masalalari
1. Rivojlangan mamlakatlarning soliq tizimlarini va ularning me'yoriy
hujjatlarini tahlillari.
2. Soliq to'lovchilarning javobgarligi.
3. Soliq agentlari hamda boshqa mas'ulxodimlar javobgarligi.
Soliq qonunlarini buzilishida qo'llaniladigan jarimalarning turli mamlakatlarda
turli xil (og'irroq va engilroq) bo'lishi, awalo, o'sha mamlakatning rivojlanish
darajasiga,
daromadlarning
taqsimlanishi
va
qayta
taqsimlanishiga,
pul
inflyatsiyasiga, ishsizlik darajasiga va boshqa iqtisodiy elementlarga bog'liqdir.
Lekin mamlakatning rivojlanish darajasidan qat'i nazar, uning iqtisodiy
ko'rsatkichlariga qaramasdan, ularning hammasida davlat manfaatlarini saqlash
hamda ularni himoya qilish muammolari mavjuddir.
Soliqlardan qochish, ularni yashirish va to'lamaslik kabi masalalar bo'yicha har
bir mamlakatning o'ziga yarasha himoyasi, unga qarshi kurash olib borish va
qonunbuzarlikni oldini olish strategiyasi mavjud.
Rivojlangan mamlakatlarning soliq tizimlarini va ularning me'yoriy hujjatlarini
tahlillari shuni ko'rsatadiki, har bir mamlakatda soliq va to'lovlarni to'lashdan bo'yin
tovlash va ularni yashirish uchun bir qator usullar ishlatiladi. Ularni oldini olish,
bunday faoliyat natijasida davlat byudjetiga keltirilayotgan zararlarni qoplash va
kelgusida bunday faoliyat yuritmaslikka qarshi kurashda qo'llaniladigan jarimalar
ham muhim qrin tutadi.
Mamlakatda barcha koфoratsiyalar daromad olgan yoki olmaganliklaridan
qat'i nazar tegishli formadagi deklaratsiyalarni to'ldirishlari shart. Deklaratsiyada
ko'rsatilgan soliq summalarini muddatida kamida 90 foizini to'lamagan soliq
to'lovchilarga nisbatan jarima summalari belgilanadi.
Deklaratsiya topshirish muddati uzrli sabablarga ko'ra uzaytirilishi ham
mumkin, lekin kechiktirilgan vaqt uchun tegishli foizlar hisobida foizlar
hisoblanadi. Odatda, korporatsiyalar soliq summalarini yil davomida taxminiy
baholash usuli bilan byudjetga o'tkazib boriladi.
Rossiya Federatsiyasida soliq huquqbuzarliklari uchun jazo choralari Soliq
kodeksiga muvofiq amalga oshiriladi. Kodeksda soliq huquqbuzarligidan kelib
chiqib, javobgar soliq sub'ektlari quyidagicha aniqlanadi (3-ilova):
Soliq to'lovchilar javobgarligi;
Soliq agentlari javobgarligi;
Boshqa shaxslarning javobgarligi.
Ushbu klassifikatsiyaga muvofiq, Rossiya Federatsiyasi Soliq Kodeksida soliq
huquqbuzarliklari va ularni sodir etilganligi uchun belgilanadigan jazo choralarini
ко'rib chiqamiz.
73
Soliq to'lovchilarning javobgarligi:
1. Soliq idoralaridan ro'yxatdan qtish
muddatlarini buzganlik uchun
Kodeksning 116-moddasida ushbu yuridik yoki jismoniy shaxs
(tadbirkor) tomonidan qasddan sodir etilgan huquqbuzarlik deb
tasniflanadi va quyidagi jarimalar qo'llaniladi:
-soliq idoralaridan ro'yxatdan qtish uchun arizani 90 kungacha kechiktirish
5000 rubl miqdorida;
- soliq idoralaridan ro'yxatdan qtish uchun arizani 90 kundan ortiq
muddatga kechiktirish 10 000 rubl miqdorida.
Kodeksning 117- moddasiga muvofiq, soliq idoralaridan ro'yxatdan qtishdan
bo'yin tovlash, ya'ni ro'yxatdan qtmay faoliyat amalga oshirish hollarida quyidagi
jazo choralari qo'llaniladi:
- 90 kungacha muddatda ro'yxatdan qtmasdan faoliyat amalga
oshirilsa, ushbu faoliyat davomidagi olgan daromadlarini 10 %
miqdorida, lekin 20 000 rubldan kam bo'lmagan miqdorda;
- 90 kundan ortiq muddatda ro'yxatdan qtmasdan faoliyat amalga
oshirilsa, ushbu faoliyat davomida olgan daromadlarini 20 % miqdorida;
2. Hisobvaraq
ochilganligi
to'g'risida
ma'lumotlarni
muddatida
soliq
idoralariga taqdim etilmaganligi uchun 5000 rubl miqdorda jarima
qo'llaniladi;
3.
Soliq idoralariga hujjatlarni topshirish muddatlariga amal
qilmaslik:
a) Soliq deklaratsiyasini taqdim etmaslik Kodeksning 119- moddasiga
muvofiq:
- 180 kungacha bo'lgan muddatga kechiktirilsa, har bir oy uchun
soliq summasini 5% miqdorida, lekin jami oylar uchun soliq
summasining 30% foizidan oshmagan hamda 100 rubldan kam
bo'lmagan miqdorda;
- 181 кип va undan yuqori muddatga kechiktirilsa, har bir oy uchun
soliq summasini 30% miqdorida;
b) Soliq
to'lovchi
tomonidan
buxgalteriya
hisobotlari,
bo'limlari
(flliallari)
to'g'risidagi
ma'lumotlarni,
bankrotligi
to'g'risidagi,
manzili
o'zgarganligi
va
boshqa
qonunda
belgilanmagan
hujjatlarni
muddatida
taqdim etilmaganligi uchun, har bir taqdim etilmagan hujjatga 50 rubl
miqdorida;
4.
Soliq idoralarini qonuniy harakatlariga qarshilik ko'rsatish
quyidagi miqdorda jarima qullanilishiga sabab bo'ladi:
- soliq to'lovchining o'z hududiga yoki binosiga soliq, bojxona va
boshqa
nazorat
idoralari
mansabdor
shaxslarini
kirishlariga
qarshilik
qilishi 5000 rubl miqdorda;
5. Majburiy soliq to'lovlari bo'yicha byudjet intizomini buzganlik
74
uchun
Kodeksning
122-moddasiga muvofiq, quyidagi
miqdorda
jarima
qo'llaniladi:
a) daromad va xarajatlar hisobini yuritishni qqpol holda buzilishi,
agar bu hoi faqat bir hisobot davrida amalga oshirilsa, 5000 rubl
miqdorida;
b) soliq summalarini butunlay yoki qisman to'lamaslik:
- soliq bazasini kamaytirish yoki soliqlarni hisoblash natijasida
soliqlarni butunlay yoki qisman to'lamaslik, to'lanmagan soliq
summasini 20% i miqdorida;
- soliq bazasini kamaytirish yoki soliqlarni hisoblash natijasida
soliqlarni butunlay yoki qisman to'lamaslik qasddan sodir etilgan bo'lsa,
to'lanmagan soliq summasini 40% i miqdorida;
6. Fuqarolarni soliq majburiyatlari:
- fuqaro
tomonidan
deklaratsiya
taqdim
etilmasa
yoki
noto'g'ri
ma'lumotlar ko'rsatilgan holda taqdim etsa, katta miqdordagi summalar
uchun 200 dan 500 minimal ish haqi miqdorigacha yoki 2 oydan 5
oygacha muddatda minimal ish haqi miqdorida yoki 180 kundan 240
kungacha majburiy tarzda ishga jalb etish yoki 1 yilgacha muddatda
ozodlikdan maxrum etish;
- Ushbu holat awal sudlangan shaxs tomonidan sodir etilsa, 500 dan
1000 minimal ish haqi miqdorida yoki 5 oydan 1 yilgacha muddatda
olgan daromadlari miqdorida yoki 3 yilgacha qamoq jazosi bilan
jazolanadi;
7. Yuridik shaxslar tomonidan soliq to'lashdan bosh tortish RF Soliq
Kodeksining
199-
moddasiga
muvoflq,
daromad
xarajatlar
to'g'risidagi
ma'lumotlarni
buxgalteriya
hujjatlarini
noto'g'ri
keltirgan
yoxud
Soliq
ob'ektlarini yashirgan holda taqdim etilsa, ushbu faoliyat bilan
shug'ullanishni 5 yilgacha taqiqlash yoki 3 yilgacha qamoq jazosi bilan
jazolanadi.
Agar bu holat qayta takrorlansa, mansabdor shaxs 5 yilgacha qamoq jazosi bilan
hamda biror yuqori mansabni egallashdan 3 yilga mahrum etilishi ko'rsatib o'tilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |