Boshka mas'ul shaxslar javobgarligi:
Bu turdagi shaxslarga Soliq Huquqiy munosabatlarida ishtirok etuvchi
shaxslar (idoralar)ni kiritishimiz mumkin. Jumladan, jismoniy shaxslar mol-mulkini,
yuridik shaxslar va tadbirkorlar faoliyatini va h.k. ro'yxatga oluvchi banklar va boshka
tashkilotlar.
RF Soliq Kodeksiga muvofik, ro'yxatga oluvchi idoralar tomonidan, Soliq
idoralariga ma'lumotlarni to'liq, umuman taqdim etmasligi yoki noto'g'ri taqdim
etish holatlari yuzaga kelsa, ushbu idoraning mansabdor shaxsiga nisbatan:
- 1000 rubl miqdorda jarima qo'llaniladi;
- huquqbuzarlik yil davomida takroran sodir etilsa, 5000 rubl
miqdorda jarima qo'llaniladi.
Banklarning javobgarligi:
- banklar
tomonidan
davlat
ro'yxatidan
o'tganlik
guvohnomasisiz
Soliq to'lovchiga hisobvaraq ochilishi- 10000 rubl miqdorda jarima
qo'llanilishiga olib keladi;
- Soliq
to'lovchiga
hisobvarak
ochilganligi
to'g'risida
ma'lumotlarni
muddatida Soliq idoralariga taqdim etilmasa- 20 000 rubl miqdorda
jarima qo'llaniladi;
-Soliq to'lovchini hisobvarag'ini yopish to'g'risidagi Soliq idoralarini
ko'rsatmasiga amal qilinmasa hisob raqamdan to'lov amalga oshirilgan summaning
20%i miqdorida jarima qo'llanidan;
-Soliq idoralarini Soliq to'lovchining hisobraqamiga orqali amalga oshirilgan
operatsiyalari yuzasidan qonuniy murojaatini bajarmasa, 10 000-20000
rublgacha jarima qo'llaniladi.
RF Soliq qonunchiligida sodir etilgan Soliq Xuquqbuzarligi uchun javobgarlik
choralarini engillashtiruvchi, og'irlashtiruvchi hamda javobgarlikni bekor qiluvchi
holatlar belgilab kuyilgan. Rossiya Federatsiyasi Soliq kodeksining 111-moddasida
76
javobgarlikni bekor kiluvchi holatlar keltirilgan, jumladan
5
:
S Soliq Huquqbuzarligi belgilariga ega harakatlar tabiiy ofatlar, favkulodda
holatlar va boshqa engib bo'lmas holatlar natijasida sodir etilgan bo'lsa;
S Soliq Huquqbuzarligi jismoniy shaxs tomonidan og'ir psixik holatda sodir
etilgan yoki ushbu shaxsning rahbarligida amalg a oshirilgan bo'lsa;
S Soliq to'lovchi tomonidan Soliq agenti, Soliq idoralari yoki boshqa
davlat vakolatli idoralari ma'sul xodimlari yozma ko'rsatmalariga asosan
amalga oshirilgan hatti-harakatlar.
S Yukorida keltirilgan holatlarning biron-bittasi mavjud holda shaxs Soliq
javobgarligiga tortilmaydi.
S Kodeksning 112-moddasida sodir etilgan Huquqbuzarlik uchun javobgarlikni
engillashtiruvchi holatlar belgilab berilgan:
S Huquqbuzarlik og'ir shaxsiy yoki oilaviy holatlardan kelib chikib sodir etilgan
bulsa;
S Huquqbuzarlik moddiy, kasbiy yoki boshqa qaramlik natijasida kuch
ishlatish, majbur qilish yoki qo'rqitish oqibatida yuzaga kelgan bo'lsa;
S Sud tomonidan qabul kilinadigan boshqa holatlar.
Soliq kodeksining 114-moddasida esa, javobgarlikni og'irlashtiruvchi holat
keltirilgan bo'lib, bunday holat awalda xuddi shu toifadagi
Huquqbuzarlik amalga oshirgan shaxsga nisbatan qo'llanilishi belgilab qo'yilgan.
Yuqoridagi ma'lumotlardan ko'rinib turibdiki, Rossiya Federatsiyasining
soliq qonunchiligida qo'llaniladigan jazo choralari birmuncha engil bo'lib,
maksimal darajada tabaqalashtirilgan. Shuningdek, O'zbekiston Republikasi
Soliq qonunchiligida ko'zda tutilgan jazo choralariga nisbatan takomilroq bo'lib,
qonunchilikdagi barcha talablarning buzilganligi holatlarida aniq choralar
keltirilganligini ko'rishimiz mumkin. Bundan tashqari RF soliq qonunchiligida
belgilangan jazo choralarida og'irlashtiruvchi hamda engillashtiruvchi holatlar
keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |