5
Rossiya Federatsiyasi Soliq Kodeksi//16.07.2001 god
77
10-Mavzu. Soliq nazoratini erkinlashtirish va
takomillashtirish masalalari
1. Soliq nazoratini erkinlashtirish.
2. Soliq nazoratini takomillashtirish.
So'nggi vaqtlarda respublikamiz hukumati tomonidan tadbirkorlik sub'ektlari
faoliyatini nazorat qilishni va moliyaviy jazolarni qo'llashni erkinlashtirish borasida
tadbirkorlikni rivojlantirish jihatidan juda ahamiyatli qarorlar qabul qilinmoqda.
Yangi soliq kodeksining qabul qilinishi bilan tadbirkorlik sub'ektlarini
rag'batlantirish nuqtai nazaridan yana bu sohada bir qancha muhim
o'zgartirishlar kiritish rejalashtirilmoqda. Bunday muhim ijobiy o'zgarishlarning
asosiylari quyidagilardir:
-rejali tekshirishlar kichik korxona va mikrofirmalarlar, fermer xo'jaliklarida 4
yilda bir marta; boshqa tadbirkorlik sub'ektlarida esa 3 yilda bir marta amalga
oshiriladi;
- agar tadbirkorlik sub'ektlari soliq organlari tekshirishi natijalari
bo'yicha ko'rsatmalarni bajarsa, o'z ixtiyorlari bilan o'z vaqtida va
to'liq penya bilan birgalikda byudjetga to'lansa ularga nisbatan
moliyaviy jazolar qo'llanilmaydi (bu qoida yakka tartibdagi
tadbirkorlarga ham tegishli);
- shuningdek, tadbirkorlik sub'ekti ishi xo'jalik sudiga oshirilgan
taqdirda ham ular bir oy ichida o'z ixtiyorlari bilan qo'shimcha
hisoblangan to'lovlarni va penyani to'langan taqdirda ham moliyaviy
jarimalardan ozod qilinadi;
- kichik biznes sub'ektlari davlat ro'yxatidan o'tganidan So'ng ikki
yil davomida moliyaviy xo'jalik faoliyatini rejali tekshirishlaridan ozod
qilinadi;
Moliyaviy jazolarning qo'llanilmasligi bu tadbirkorlar uch un nihoyatda
muhim imtiyoz ekanligini ta'kidlab qtish joiz. Bunda ular o'zlarining haq
ekanliklariga ishongan hollardagina o'z ixtiyorlari bilan qo'shimcha summalarni
to'lamasliklari mumkin.
Xo'jalik sudiga bo'ladigan ko'plab asossiz murojaatlarning oldini olish
maqsadida xo'jalik sub'ektiga davlat organining noto'g'ri (noqonuniy) qarori
yoki harakati (harakatsizligi) tufayli etkazilgan zarar va ish ko'rib chiqilgani uchun
to'lanadigan davlat boji sud qaroriga asosan to'liq hajmda bevosita shu organ
tomonidan, birinchi navbatda, byudjetdan tashqari fondlar hisobidan qoplanadi.
Kqrilgan zararni qoplash nazorat organi mansabdor shaxslariga yuklatilishi ham
nazarda tutiladi. Bu holat o'zining haqligiga to'la ishonch hosil qilgandagina sudga
murojaat qilishga undaydi.
78
Xo'jalik sub'ektlarini tekshirishlar sonini keskin kamaytirish, nazorat organlari
mansabdor shaxslarining noqonuniy tekshirishlar uchun javobgarligini (jinoiy
javobgarlikkacha) kuchaytirish choralarini ishlab chiqilmoqda.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 24-iyunda-gi «Tadbirkorlik
sub'ektlarini xo'jalik huquqbuzarliklari yuzasidan moliyaviy javobgarligini
liberalizatsiyalash to'g'risida»gi 3622-sonli Farmonida quyidagilar belgilab berilgan:
1. Tadbirkorlik sub'ektlari tomonidan birlamchi sodir etilgan,
shuningdek, qasddan sodir etilmagan va kam miqdordagi hamda Davlat
byudjeti va maqsadli fondlariga tushumlarni kamayishiga olib kelmagan
huquqbuzarliklar
yuzasidan
mansabdor
shaxslarga
nisbatan
va
ma'muriy
javobgarlik choralari qo'llanishi va sud idoralariga murojaat etilmasligi;
2. Ish sud organlariga oshirilgan holda, tadbirkorlik sub'ek-ti
tomonidan amalga oshirilgan soliq, yig'im va boshqa majburiy to'lovlar
yuzasidan
huquqbuzarlik
summasi,
shuningdek
ushbu
huquq buzarlik
oqibatlari (shu hisobdan penyalar) bir oy davomida ixtiyoriy holda
qoplansa, moliyaviy jarimalardan ozod etiladi;
Bundan tashqari ushbu Farmonda quyidagilar tasdiqlangan:
• qo'shimcha hisoblangan soliq, yig'im, majburiy to'lovlar va
moliyaviy
jarimalar
summasi
tadbirkorlik
sub'ektining
joriy
aktivlari
summasining 20% dan oshgan taqdirda, ushbu summa 6 oy davomida
bo'lib to'lanishiga ruxsat beriladi;
• soliq, yig'im va boshqa to'lovlarni kam to'lanishiga olib kelgan
huquqbuzarliklar
yuzasidan
moliyaviy
jarimalar
faqat
penya
qo'llanishi
shaklida
amalga
oshirilishi
mumkin
(bunda
realizatsiyadan
tushgan
tushumlarni yashirish va kirim qilinmagan tovarlarni saqlash holatlari
mustasno);
• qonun hujjatlaridagi barcha noaniqliklar soliq to'lovchi foydasiga
hal qilinadi;
• soliq to'lovchi tomonidan sud idoralariga berilgan da'vo arizalari
soliq tekshiruvlari natijasida qabul qilingan qarorni ijrosini to'xtatib
turilishiga asos hisoblanadi;
• soliq, yig'im va boshqa majburiy to'lovlar amalga oshirish
muddatini
kechiktirganlik
uchun
0,05%
miqdorda
penya
qo'llaniladi.
Bunda hisoblangan penya miqdori soliq, yig'im va boshqa majburiy
to'lovlar bo'yicha qarzdorlik summasidan oshmasligi lozim.
Shuningdek, Prezidentning 2005 yil 14-iyundagi «Tadbirkorlik sub'ektlari
huquqlarining himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-
tadbirlari» to'g'risidagi 3612-sonli Farmonida tadbirkorlik sub'ektlarini moliyaviy-
xo'jalik faoliyatini tekshirish tartibi, nazorat qiluvchi idoralar va ulaming mansabdor
shaxslari javobgarligi, ko'riladigan jazo choralarini belgilovchi idoralar va ularning
79
vakolati darajalari belgilab berilgan.
Joylarga borib hujjatli tekshirishlar natijali bo'lishi uchun bunday tekshirishlarni
o'tkazish uchun tanlov to'g'ri amalga oshirilishi, soliq inspektorining malakasi etarli
bo'lishi, soliq organida tekshirishning natijali bo'lishini ta'minlaydigan tegishli
ma'lumotlar bo'lishi (tqplanishi) lozim. Soliq tekshiruvchilari eng ko'p
qo'shimcha hisoblanadigan summalarni undiradigan soliq to'lovchilar guruhlariga
jqnatilishi choralari ko'rilishi lozim. Bu esa tekshirish o'tkazilishi lozim bo'lgan
to'lovchilarni tanlash mezonlarini ishlab chiqishni talab qiladi. Shuningdek,
o'tkazilgan soliq tekshiruvlarining natijalari hisobini yuritish va uning
samaradorligini baholash hamda kuzatib borish lozim.
Joylarga borib tekshirish natijalari o'rtacha 20% qo'shimcha soliq hisoblarini
keltiradi. (amaliy ma'lumot) Soliq nazorati awalo, soliq to'lovchilarning qonunga
bo'ysunish ko'nikmasini tarbiyalashi hamda soliq to'lovchilarda soliq ob'ektlarini
yashirishdan ko'ra uni vaqtida va to'liq to'lash to'g'riroq ekanligini anglatishi kerak.
Soliq nazorati soliq to'lovchining uch yillik moliyaviy xo'jalik faoliyatini qamrab
oladi. Barcha korxonalarni to'liq tekshirishning imkoni bo'lmaganligi sababli
joylarga borib tekshirish uchun soliq to'lovchilarni tanlash juda dolzarb masaladir.
Tanlashning eng oddiy usuli - tasodifly tanlashdir. Odatda, bunday tekshirishlar
soliqni yashirish, soliq to'lashdan bo'yin tovlash hollari, bunday holat eng ko'p
qanday soliq to'lovchilar guruhlariga tegishli ekanligi to'g'risidagi ma'lumotga ega
bo'lish va xulosalar chiqarish uchun olib boriladi. Bunday tekshirish natijalariga
asoslanib qo'shimcha summalar hisoblanishi mumkin bo'lgan soliq to'lovchilar
tanlanadi. Bundan tashqari tashqi ma'lumotlardan, shu jumladan, ishonch telefoni
orqali kelgan ma'lumotlardan ham foydalaniladi. Bu asosan rejadan tashqari
tekshirishlarga sabab bo'ladi.
Soliq nazoratining asosiy qismi soliqdan qochish imkoniyati ko'p bo'lgan
sohalarga (savdo, umumiy ovqatlanish, maishiy xizmat korxonalari), yirik soliq
to'lovchilar - soliq tushumlarining asosiy qismini to'lovchilarga qaratilmoqda.
Soliqqa tortishning yuqoriligi va soliq tushumlari rejasining
bajarilishining talab qilinishi ayrim hollarda soliq inspektorlari tomonidan
qo'shimcha tushumlarni undirishni zarur qilib qo'yish hollarining ham amaliyotda
mavjudligini e'tiborga olish zarur. Soliq organlari tomonidan nazorat o'tkazish
natijalariga ko'ra, korxona faoliyatini tubdan o'zgartirib yuboradigan jarimalarni
(masalan korxona faoliyatini tqxtatish, tugatish, litsenziyalarni bekor qilish,
tovarlarni oborotdan chiqarish, bankdagi hisob raqamini hibsga olish, yirik
jarimalarni qo'yish) qo'llash vakolatini sud organlariga berish masalasini
ко'rib chiqish maqsadga muvoflq. Bu holat bir tomondan noqonuniy harakatlarning
oldini oladi, ikkinchi tomondan, moliyaviy mablag'lar, resurslarning tadbirkorlar
ixtiyoridan byudjetga noto'g'ri o'tkazilishining oldini oladi. Yuqori jarimalar
korxonalar faoliyatining tqxtashiga va byudjet daromadi manbaining tugashiga
olib keladi. Buning natijasida byudjet ko'proq zarar ko'radi.
80
Joylarga borib soliq nazoratini o'tkazishdagi eng katta muammo bu korxonalar
tomonidan ikki xil buxgalteriya hisobining yuritilishidir. Birinchisi o'zi uchun,
ikkinchisi soliq organlari uchun. Yashirilgan soliq ob'ektlarini topish soliq organlari
xodimlaridan nihoyatda katta bilim va tajriba talab qilinadi.
Soliq nazorati sohasidagi muammolardan biri soliq to'lovchilarni ro'yxatdan
o'tkazish bilan bog'liq. «Qayd qilingan manzil» tushunchasining tartibga
olinmaganligi, hamda noqonuniy faoliyat boshlagani uchun jazoning kuchli emasligi
turli soliqdan qochish uchun turli qonunbuzarliklarni amalga oshiruvchi «bir kunlik»
firmalarning tashkil bo'lishiga olib kelmoqda. Ular haqiqiy bo'lmagan hujjatlardan va
noaniq manzildan foydalanadilar. Ular turli noqonuniy operatsiyalarni amalga
oshirib, soliqlarni to'lashdan ko'ra korxonaning «tashlab» ketishni ma'qul
ko'radilar. Ularni topish soliq organi uchun katta mehnat va xarajatlarni talab
qiladi. Shuningdek, ularni sud orqali yopish va qarzlarni undirish ham vaqt va
xarajatni talab qiladi. Shu tufayli yangi korxonani ro'yxatdan o'tkazishda dastlabki
nazoratni diqqat bilan amalga oshirish mexanizmini ishlab chiqish va uni
qonuniylashtirish maqsadga muvoflq.
Nazorat organlari ish faoliyatlari reglamentining umumiy shaklini ishlab
chiqish va joriy etish lozim. Unda tekshiruvchi inspektorlar va tekshirilayotgan
xo'jalik sub'ektlarining huquq va majburiyatlari aniq ko'rsatilishi kerak. Shuningdek,
unda
nazorat
faoliyatini
amalga
oshirish
vakolatlarini
va
nazoratning
soddalashtirilgan tartibi aks etishi kerak.
Amalda xo'jalik sub'ektlarini soliq organlari tomonidan tekshirishni o'tkazishning
aniq tartib qoidalari ishlab chiqilmagan. Natijada tekshiruvchi organlar
xodimlarining o'z vazifalarini suiiste'mol qilish, soliq to'lovchilar huquqlarini buzish
hollari yuz beradi. Masalan, qanday maqsadli tekshirishlarda qanday hujjatlami olish
murnkin, qaysilarini olish shart emas, tekshirishning maqsadiga qarab qancha vaqt
davom etishi lozim, boshqa nazorat organlari tekshirish natijalaridan
foydalanish tartibi kabi jihatlari aniq qonuniylashtirilmagan. Soliq organlarining
noqonuniy xarakatlariga doir javobgarlik mexanizmi ishlab chiqilishi kerak.
Yangi korxonalami ro'yxatdan o'tkazishda dastlabki nazoratni amalga
oshirish mexanizmini ishlab chiqish va uni qonuniylashtirish maqsadga muvofiq.
Kameral (dastlabki) nazorat o'tkazish statusini qonuniylashtirish lozim.
Xuquqbuzarlik jinoyat kodeksi bo'yicha ko'riladigan bo'lsa, unga nisbatan
moliyaviy emas, jinoiy javobgarlik qo'llanilish kerak.
Moliyaviy jarimalar qo'llaniladigan soliq huquqbuzarliklari ro'yxatini kamaytirish
bilan bir vaqtda soliq huquqbuzarligida aybdor bo'lgan jismoniy shaxslarga nisbatan
javobgarlikni (shu jumladan moliyaviy javobgarlikni) kuchaytirish kerak.
Soliq nazoratini olib borishdagi muammolardan biri bu soliq organlari
xodimlarining o'z xizmat vazifalarini suiiste'mol qilinishi bilan bog'liq. Ular hatti-
harakatlarini ikki xil sabab bilan bog'lash murnkin. Birinchisi, o'z moddiy
manfaatdorligidan kelib chiqib, tekshirishning haqiqiy natijalarini o'zgartirish.
81
Ikkinchisi, soliq qonunchiligining murakkabligi, o'zgaruvchanligi oqibatida soliq
to'lovchilarning xatolari orqali yuz bergan qonunbuzarlikni korxonani tang
moliyaviy ahvoldan saqlab qolish maqsadida tekshirish natijalarini o'zgartirish.
Bunda ba'zida soliq yukining yuqoriligi tufayli soliqqa tortiladigan daromadlarni
yashirilayotganligi va korxona faoliyatini va byudjet daromad manbaini saqlash
istagida amalga oshirilganligini kuzatish murnkin. Tekshirish natijalarini
o'zgartirishda, albatta, moliyaviy jazolarning kattaligi ham muhim rol qynaydi. Shu
tufayli nazoratni kuchaytirishning o'zi muammoni hal qilmaydi. Soliq nazorati
samaradorligini oshirish, soliq qonunchiligini buzilishini keskin kamaytirish va
soliq organlari xodimlarining nazoratni qonuniy amalga oshirishini ta'minlash
yo'llari, bizningcha, quyidagilardir:
- soliqqa tortish darajasini pasaytirish;
- soliqqa tortishning murakkabligini va tez-tez o'zgartirishlar kiritishni
kamaytirish;
- soliq qonunchiligining mukammalligini ta'minlash;
- korxonalarning daromad olib ishlashlariga iqtisodiy va ma'muriy
mexanizmlar orqali imkoniyatlar yaratish;
- nazorat organlari faoliyatini ham nazorat qilish;
- soliq to'lovchilar - tadbirkorlarning huquqiy va iqtisodiy bilimini oshirish;
- nazorat
qilinadigan
korxonalarni
tanlashning
ilmiy
asoslangan
usullarini,
yaxshi samara beradigan variantlarini ishlab chiqish lozim (respublikamizda
tekshirilayotgan
korxonalar
qanday
mezonga
asosan
tanlab
olinayotganligi
sirligicha qolmoqda);
- joylarga bormasdan soliq organining o'zida soliq tekshirishlarini
o'tkazishni tashkil qilish lozim;
- soliq organlari xodimlarining o'z vazifalarini suiiste'mol qilishlariga yo'l
qo'ymaslik maqsadida (ularning ma'lum norasmiy to'lovlar evaziga
tadbirkorlarning
soliqqa
tortiladigan
daromadlarini
yashirishlariga
sherik
bo'lishlari hollarining mavjudligi va buning oqibatida byudjet katta zarar
ko'rayotganligi hech kimga sir emas) ish haqlarini oshirish va yashash uchun
etarli darajada bo'lishini ta'minlash zarur. (Ummnan, butun jamiyatda ish
haqlarini (daromadlarini) oshirish masalasini hal qilish lozim);
- tadbirkorlar tomonidan o'z huquqlarini xo'jalik sudi orqali talab
qila olish tizimini ishlab chiqish ham muhimdir;
- moliyaviy jazo turlarini va ularni qo'llash sabablarini engillatish
nuqtai nazaridan qayta ко'rib chiqish (ular katta miqdorda va arzimagan
xatoliklar uchun ham qo'llaniladi);
- coliq organlarining noqonuniy harakatlariga doir javobgarlik
mexanizmi ishlab chiqilishi kerak.
Bunday sharoitda soliq nazorati asosan halol soliq to'lovchilarga emas,
noqonuniy yo'llar bilan daromad qilishni maqsad qiluvchilarga qaratiladi. Bunday
82
firma yoki korxonalarning yopilishidan davlat va jamiyat katta zarar ko'rmaydi.
Ushbu vazifalar amalga oshirilgandan keyingina soliq nazoratini kuchaytirish
mumkin va u kutilgan natijani berishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |