tajovuzkorlikning ikkita ob'ektiga ega - mulk va davlat tartibi. Davlat soliq
organlari ular to'g'risidagi ishlarni ko'rib chiqish uchun vakolatlangan ma'muriy
O'zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 10-moddasi.
69
a) soliq solish;
b) savdo va xizmat ko'rsatish sohasi;
v) tadbirkorlik faoliyati sohasidagi munosabatlar hisoblana-di.
O'zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 264-
moddasiga binoan davlat soliq organlariga to'qqizta modda bo'yicha ma'muriy
huquqbuzarliklar to'g'risidagi ishlarni ko'rib chiqish vakolati berilgan.
164-modda. Savdo yoki xizmat ko'rsatish qoidalarini buzish.
165-modda. Xaridor yoki buyurtmachini aldash.
168-modda. Bozorlarda savdo qilish qoidalarini buzish.
172-modda. g'nilg'i-moylash materiallarini qabul qilish, hisobga olish, saqlash,
berish, olish qoidalarini buzish.
174-modda. Soliqlar va boshqa to'lovlarni to'lashdan bo'yin tovlash.
175.-modda. Soliq solinadigan ob'ektlarning hisobini olib bormaslik yoki kassa
operatsiyalarini shuningdek to'lov intizomini buzish.
П5}-тодда» Buxgalteriya hisobi va hisoboti tartibini buzish.
176-modda. Tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanishning belgilangan
tartibini buzish va boshqalar.
Ma'muriy huquqbuzarlik xususiyatidagi soliq haqidagi qonun hujjatlarini
buzganlik uchun javobgarlikka faqat jismoniy va mansabdor shaxslar tortilishi
mumkin.
174-moddaga binoan soliq olinadigan foydani (daromadni) yoki boshqa
ob'ektlarni qasddan yashirish (kamaytirib ko'rsatish) yoxud soliqlar, yig'imlar va
boshqa majburiy to'lovlar to'lashdan qasddan bo'yin tovlash.
-fuqarolarga eng kam ish haqining uch baravaridan besh baravarigacha,
mansabdor shaxslarga esa besh baravardan etti baravargacha miqdorda jarima
solishga sabab bo'ladi.
Daromadlar
to'g'risida
deklaratsiya
taqdim
etishdan
bo'yin
tovlash,
deklaratsiyani o'z vaqtida taqdim etmaslik yoki unda atayin noto'g'ri ma'lumotlarni
taqdim etish.
-eng kam ish haqining birdan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab
bo'ladi.
175-moddaga ko'ra, foyda (daromad) yoki soliq solinadigan boshqa ob'ektlarning
hisobini olib bormaslik yoxud bunday hisobni belgilangan tartibni buzgan holda olib
borish, shuningdek soliqlarni byudjetga va byudjetdan tashqari fondlarga boshqa
majburiy to'lovlarni hisoblab chiqarish va to'lash uchun zarur bo'lgan soliq
hisobotlarini, hisob-kitoblarini va boshqa hujjatlarni taqdim etmaslik, o'z vaqtida
taqdim etmaslik yoki belgilanmagan shaklda taqdim etish, basharti bu harakatlar
to'lanishi lozim bo'lgan soliq yoki boshqa to'lovlarning miqdorini kamaytirishga
olib kelsa,
-eng kam ish haqining birdan uch baravarigacha miqdorda jarima solinishiga
sabab bo'ladi.
70
Xuddi shunday huquqbuzarlik ma'muriy jazo chorasi qo'llanilgandan keyin bir yil
davomida takror sodir etilgan bo'lsa,
-eng kam ish haqining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorida jarima
solinishiga sabab bo'ladi.
Kassa operatsiyalarini yuritish tartibini va to'lov intizomini buzish, shu
jumladan, muddati o'tgan debitorlik va kreditorlik qarzlari mavjud hollarda hamda
korxonalar hisobvaraqlarida tegishli mablag' bo'lgani holda to'lovlar o'tkazishning
belgilangan muddatlari buzilganda,
-mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining besh baravaridan etti baravarigacha
miqdorda jarima solinishiga sabab bo'ladi.
Shuni nazarda tutish lozimki, ma'muriy jazo chorasi huquqbuzarlikka yo'l qo'ygan
kundan boshlab ikki oydan kechiktirilmasdan, davom etuvchi huquqbuzarlik sodir
etilgan hollarda u aniqlangandan kundan boshlab ikki oydan kechiktirilmasdan
qo'llanishi mumkin.
Ma'muriy jazoning qo'llanilishi sudlanishga va ishdan bqshatishga olib
bormaydi. Basharti, ma'muriy jazoga tortilgan shaxs shu jazoni qtash muddati
tugagan kundan boshlab bir yil mobaynida yangi ma'muriy huquqbuzarlik sodir
etmagan bo'lsa, mazkur shaxs ma'muriy jazoga tortilmagan deb hisoblanadi.
l
O'zbekiston Respublikasining jinoyat Kodeksida «Soliqlar va boshqa to'lovlarni
to'lashdan bo'yin tovlash» degan 184-modda mavjud bo'lib, soliq qonunchiligini
buzish uchun javobgarlikni nazarda tutadi. Bundan tashqari «Savdo va xizmat
ko'rsatish qoidalarining buzilishi» deb nomlangan 189-moddaga ko'ra,
shuningdek, 188 va 190 moddalarga ko'ra mos ravishda noqonuniy savdo va
vositachilik faoliyat yuritish va litsenziyasiz faoliyat yuritish bo'yicha javobgarlikka
tortiladi.
Soliq qonunchiligini buzganlik uchun ma'muriy va jinoiy javobgarlik choralari
jismoniy shaxslarga nisbatan qo'llaniladi (korxona rahbarlari, mansabdor shaxslar,
sotuvchilar, yuridik shaxs tashkil topmasdan tadbirkorlik bilan shug'ullanuvchi
jismoniy shaxslar). Jinoiy va ma'muriy javobgarlik choralari yuridik shaxslarga
nisbatan moliyaviy jazo choralari bilan birgalikda ham qo'llaniladi.
Oxirgi yillarda soliq qonunchiligini buzganlik uchun moliyaviy, ma'muriy,
jinoiy javobgarlik choralari ancha qat'iylashgan. Buni soliq qonunchiligining
buzilish hollarining nihoyatda ko'pligi taqozo qilmoqda. Ammo shunga
qaramay, bunday hollar uchrab turibdi. Bunday hollarning yuzaga kelish
sabablarini yo'qotish choralarini ko'rish zarur, bular soliq tizimining
murakkabligi, beqarorligi, soliq yukining yuqoriligi, korxonalar o'rtasida
(ayniqsa, davlat korxonalarida)gi hisob-kitoblarda debitorlik va kreditorlik
qarzlarining ko'payishi, shuningdek, ishlab chiqarish va daromadlilik darajasining
pastligi va boshqa iqtisodiy sabablardir.
Do'stlaringiz bilan baham: