Faoliyat turlari bilan litsenziyasiz shug'ullanganlik uchun shu faoliyatdan
olingan butun daromad (foyda) va yana shuncha miqdorda jarima undiriladi;
Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan jismoniy shaxslar hisob-
kitobda aks ettirmagan holda tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya
qilish operatsiyalarini о 'tkazganligi uchun ulardan ana shu tovarlar (ishlar
xizmatlar) qiymati miqdorida jarima undiriladi;
Soliqlar va yig'imlar bo'yicha to'lov muddati o'tkazib yuborilgan xar bir kun
uchun 0,05 % miqdorida penya undiriladi, to'lov kuni ham shunga kiradi.
Tqlovlarni undirish soliq majburiyatlarini bajarishdan ozod qilmaydi.
Tovarlar (ishlar, xizmatlar) realizatsiya qilinishida belgilangan tartibni
buzgan holda hisobvaraq fakturalarni rasmiylashtirganligi uchun mahsulot
etkazib beruvchidan realizatsiya
qilingan
tovarlar
(ishlar,
xizmatlar)
qiymatining 20% miqdorida jarima solinadi. Qqshilgan qiymat solig'i
to'lovchisi bo'lmagan mahsulot etkazib beruvchi yuridik shaxslar realizatsiya
paytida hisobvaraq fakturada QQSni ko'rsatsalar, u holda hisobvaraq fakturada
ko'rsatilgan QQS summasi va shuncha miqdorda jarima qo'llaniladi. Mahsulot
sotib oluvchilar esa byudjet bilan qayta hisob-kitob qiladilar (qo'shimcha summa
to'lanadi). Bunda ularga nisbatan jarimalar qo'llanilmaydi.
Hisobvaraq fakturalar rasmiylashtirilmaganda yoki belgilangan shaklda
rasmiylashtirilmaganda xar bir noto'g'ri tuzilgan hujjat uchun EKIXning 10
baravari miqdorida jarima solinadi;
Er uchastkalariga bo'lgan huquqni tasdiqlaydigan hujjatda ko'rsatilganiga
nisbatan ko'proq miqdorda er maydoniga ega bo'lgan yuridik shaxslarga nisbatan -
65
qo'shimcha foydalanilayotgan erning solig'iga nisbatan 2 baravar miqdorda,
jismoniy shaxslarga nisbatan 1,5 baravar miqdorda jirima solinadi;
Nazorat kassa mashinalaridan foydalanmasdan, hamda cheklar talon,
kvitantsiyalarsiz savdo qilish va xizmat ko'rsatish amalga oshirilganda
quyidagicha jarimalar qo'llaniladi:
yuridik shaxslarga nisbatan yakka tartibdagi tadbirkorlarga nisbatan -EKIXning 50
baravari miqdorida, yil davomida ikkinchi marta sodir etilganda 100 baravari
miqdorida jarima to'laydilar.
Texnik talablarga javob bermaydigan NKMidan foydalanilganda (jamlaydigan
xotiraga xizmat qiladigan dasturning buzilishida) yuridik va jismoniy shaxslarga
nisbatan EKIXning 100 baravari miqdorida, yil davomida ushbu holat
takrorlanganda EKIXning 200 baravari miqdorida jarima qo'llaniladi.
Nooziq-ovqat iste'mol tovarlarini dehqon bozorlarida statsionar savdo
nuqtalaridan tashqarida sotish hollarida EKIXning 100 baravari miqdorida jarima
undiriladi;
Daromadlar va savdo operatsiyalarini hisobga olish registrida sotilgan
tovarlar uchun tushumni kirim qilmasdan savdo va xizmat ko'rsatish faoliyatini
olib borganlik uchun yakka tartibdagi tadbirkorlardan EKIXning 10 baravari
miqdorida, bu holat takror sodir etilganda EKIXning 50 baravari miqdorida jarima
solinadi;
Savdo va xizmat ko'rsatishning statsionar nuqtalari orqali aholi bilan pulli hisob-
kitoblarda naqd pul tushumlarini yashirish hollarida yashirilgan naqd pul
miqdorida jarima solinadi. Bunda «naqd pul tushumlarini yashirish» deyilganda
mazkur holatda «Naqd pul tushumlarini yashirishga yo'l qo'ygan korxonalar va
tashkilotlarga nisbatan jarima jazolarini qo'llash tartibi to'g'risidagi Nizom»ga
(2001 yil 28-sentyabr 1070-son bilan AV da ro'yxatga olingan) asosan olingan
naqd pul tushumlarni xizmat ko'rsatuvchi bankka belgilangan muddatlarda
qo'yilmaganligi tushuniladi, shuningdek, joylarida buxgalteriya va boshqa
hujjatlar bilan rasmiylashtirilmagan tovarlarni sotish hollarining mavjudligidir.
Iste'mol tovarlarini ulgurji sotishning o'rnatilgan tartibi buzilgan hollarda
yuridik shaxslarga nisbatan (ishlab chiqarish korxonalari va ulgurji sotuvchilar,
(jismoniy shaxslarga ulgurji savdo bilan shug'ullanish mumkin emas) ) ushbu
faoliyatdan olgan daromadini to'liq undirish va yana shu miqdorda jarima sifatida
moliyaviy jazo qo'llaniladi. Xalq iste'moli tovarlarini sotish qoidalari QR VM
ning 1999 yil 19-martdagi 125-sonli «Iste'mol tovarlarining ulgurji va chakana
savdosini tartibga solishning qo'shimcha choralari to'g'risida»gi qarorida
belgilab berilgan.
Bundan tashqari, soliq qonunchiligiga rioya qilinishini nazorat qilish va
moliyaviy, ma'muriy, jinoiy jazolarning qo'llanilishi boshqa hujjatlar bilan
ham boshqariladi. QR Prezidentining 1999 yil 29-martdagi «Yangidan tashkil
etilayotgan xo'jalik sub'ektlari faoliyati ustidan bank va soliq nazoratini o'rnatishni
66
kuchaytirish to'g'risida»gi Farmoniga asosan savdo va savdo-vositachi korxonalar
tomonidan uch oy davomida, boshqa xo'jalik sub'ektlari tomonidan - oy davomida
moliya -xo'jalik faoliyatini bankdagi hisob raqamlari bo'yicha pul operatsiyalarini
o'tkazish orqali olib bormayotgan hollarda tijorat banklari quyidagilarni amalga
oshirishlari shart:
-bankdagi hisob raqamlari bo'yicha operatsiyadarni tqxtatish, byudjetga va
byudjetdan tashqari fondlarga soliqlar va boshqa majburiy to'lovlarni o'tkazish
bo'yicha operatsiyalardan tashqari (sud qaroriga asosan amalga oshiriladi);
-pul operatsiyalari to'xtatilganidan keyin uch kun ichida hisobga turgan
joydagi soliq organiga yuridik shaxsning faoliyatini davom ettirishning maqsadga
muvofiqligi to'g'risidagi ma'lumotlarni taqdim etishi;
O'zR Adliya vazirligi va mahalliy hukumat organlari davlat soliq xizmati
organlarining taqdimotiga ko'ra bank hisob raqamlari orqali pul o'tkazish bilan
moliya xo'jalik faoliyatini olib bormayotgan yuridik shaxslarni belgilangan tartibda
xo'jalik sub'ektlari reestridan chiqarishi lozim.
Xo'jalik sub'ektining huquqiy manzili o'zgarganligi to'g'risidagi ma'lumot
ro'yxatdan o'tkazuvchi va soliq organiga 10 kun muddatda xabar qilinmagan
hollarda, xo'jalik sub'ektining mansabdor shaxslariga nisbatan eng kam ish
haqining 10 baravariga 15 baravargacha bo'lgan miqdordama'muriyjazo
qo'llaniladi.
QR VMning 2001 yil 31-dekabrdagi 490-sonli qaroriga asosan «2002 yil 1-
iyuldan
boshlab
qonunchilikda
belgilangan
muddatlarda
ustav
fondini
shakllantirmagan xorijiy investitsiyali korxonalar butun faoliyat davri uchun
qonunchilikda belgilangan barcha soliq va to'lovlarni to'liq miqdorda va
imtiyozlarni qo'llamagan holda to'laydilar».
2002 yilda savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarini yangi tartibda
soliqqa tortishga tegishli, shuningdek, import tovarlarni olib kirish va sotish
bo'yicha bir qator xukumat qarorlarining qabul qilinishi bilan ularning bajarilishiga
tegishli qo'shimcha sanktsiyalar o'rnatildi:
Davlat bojxona qo'mitasiga Tovar xom ashyo birjalarida iste'mol tovarlarini
olib kirish bo'yicha shartnomalar o'tkazish faktlari aniqlaganlarida ushbu
tovarlarni belgilangan tartibda musodara qilishga ruxsat berildi (VMning 2002 yil
19-iyuldagi 257-sonli qarori)
Davlat soliq qo'mitasi, QR Prokuraturasi qoshidagi soliq va valyuta
jinoyatlariga qarshi kurashish Departamentiga yuridik shaxslar va tadbirkorlik
faoliyati bilan shug'ullanuvchi jismoniy shaxslar tomonidan belgilangan
savdo qoidalariga rioya qilishni ta'minlash ustidan qattiq nazorat o'rnatish,
ayniqsa, tovarlarni naqd pulga ulgurji sotishga yo'l qo'ymaslikka, nazorat
kassa mashinalarining mavjudligiga, naqd pullarni o'z vaqtida inkassatsiya
qilishiga e'tibor qaratish topshirildi. Aybdor shaxslarga nisbatan qonunchilikda
belgilangan, jinoiy javobgarlikkacha bo'lgan javobgarlik choralari qo'llanilishi
67
ta'kidlandi.
Vazirlar Maxkamasining 2002 yil 28-noyabrdagi 414-sonli qaroriga ko'ra
Monopollashtirishdan qaytish va raqobatni rivojlantirish Davlat qo'mitasi
Koordinatsiya Kengashining ruxsatisiz tadbirkorlar huquqlarini himoya
qilish qonunchiligining buzilishi hollarida ishlab chiqaruvchi, bajaruvchi va
sotuvchi bo'lgan jismoniy shaxsga nisbatan 100 karra EKIX miqdorida jarima
solish huquqiga ega bo'ldi. Bu jarima foydalanish muddati qtib ketgan yoki
ko'rsatilmagan tovarlar sotilganda, kassa cheki bermasdan savdo qilinganda,
iste'molchilarning mavjud huquqlarini bajarishdan bosh tortilgan hollarda
qo'llaniladi. Qqmita bu jarimalarni o'zlari o'tkazgan tekshirish yakunlari,
shuningdek, iste'molchilarning arizalari asosida, monitoring natijalariga ko'ra
qo'llashlari mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |