Soliq amaliyotida huquqbuzarlikning quyidagi xarakterli turlari mavjud:
Mansabdor shaxslar tomonidan yo'l qo'yilgan huquqbuzarliklar;
Coliq to'lovchining xo'jalik faoliyatiga qonunga xilof ravishda to'sqinlik qilish,
ya'ni soliq hisobiga qo'yishdan, ruxsatnoma yoki bank yoxud boshqa kredit
muassasasida hisob raqami ochish uchun zarur boshqa hujjatni berishdan soliq
organi mansabdor shaxsining noqonuniy bosh tortishi;
- soliq to'lovchining banklar yoki boshqa kredit muassasalaridagi hisob
raqamlari bo'yicha operatsiyalarini noqonuniy tqxtatib qo'yish yoki soliq
to'lovchining mol-mulkini noqonuniy ravishda xatlash;
-soliq organi mansabdor shaxsi tomonidan soliq to'lovchining oddiy amaliy
operatsiyalarini amalga oshirishni jiddiy ravishda mushkullashtiradigan usullar
va yo'llar bilan nazorat harakatlarini qonunga xilof ravishda amalga oshirilishi;
-hisob harakatlari va hisobot hujjatlarining turlari va hajmlarini qonunga xilof
ravishda kengaytirish talabi;
-maslahatlar berishdan bosh tortish yoki maslahatlarni taqdim etmaslik, ya'ni
soliq organi mansabdor shaxsining soliq to'lovchi yoki soliq munosabatlarining
boshqa ishtirokchisiga soliq solish tartibi va shartlari, uning huquqlari va
majburiyatlari to'g'risida bepul yozma axborot berishdan bosh tortish yoki bunday
axborotni belgilangan muddatda taqdim etmasligi;
-soliq sirini oshkor etish, ya'ni qonunchilikka muvofiq soliq sirini tashkil
etadigan, ularning o'z munosabati bilan soliq organining mansabdor shaxsiga
ma'lum bo'lgan ma'lumotlardan g'ayriqonuniy foydalanish yoki ularni boshqa
shaxsga berish. Kredit beruvchi va boshqa muassasalar xodimlari tomonidan yo 7
qo 'yiladigan bir qator huquq buzilishlari ham mavjud bo'lib, ular ham soliq
to'lovchilar tomonidan huquq buzilishlari paydo bo'lishga imkon yaratadi. Bular
quyidagilardir:
Soliq to'lovchiga hisobraqamini noqonuniy ravishda ochish, ya'ni bank yoki
boshqa kredit muassasasi tomonidan soliq qonunchiligi tomonidan belgilangan
talablarni buzgan holda soliq to'lovchiga hisob kitob, joriy, ssuda, depozit va boshqa
hisobvaraqlarning ochilishi;
soliq to'lovchi to'g'risidagi axborotni taqdim etishdan bo'yin tovlash, ya'ni soliq
organining uchinchi shaxs-soliq to'lovchiga taalluqli hujjatlarni taqdim etish
to'g'risidagi qonuniy talabini ataylab uzoq vaqt bajarmaslik yoki bunday hujjatlar
yohud axborotni taqdim etishdan soliqni hisoblab chiqish uchun zarur axborotni
taqdim etishdan bosh tortish, ya'ni soliq organining shaxsni soliq to'lashga jalb
etish uchun asos bo'lib hisoblanadigan yuridik faktlarni qayd etadigan hujjatlarni
taqdim etish to'g'risidagi qonuniy talabini ataylab uzoq vaqt bajarmaslik;
soliq to'lovchiga hisobraqamini noqonuniy ravishda ochish, ya'ni bank yoki
boshqa kredit muassasasi tomonidan soliq qonunchiligi tomonidan belgilangan
talablarni buzgan holda soliq to'lovchiga hisob-kitob, joriy, ssuda, depozit va boshqa
49
hisobvaraqlarning ochilishi.
Soliq to 'lovchilar yol qo`yadigan eng xarakterli huquq buzilishlari quyidagilar
hisoblanadi:
• soliq organida o'z vaqtida ro'yxatdan o'tmaslik, ya'ni soliq
to'lovchi sifatida ro'yxatdan qtish uchun soliq organiga murojaat qilish
uchun belgilangan muddatni o'tkazib yuborish;
• soliq organida ro'yxatdan qtishdan bo'yin tovlash, ya'ni ataylab,
soliq to'lovchi sifatida ro'yxatdan qtish uchun soliq organiga murojaat
qilish majburiyatini uzoq vaqt bajarmaslik;
• buxgalteriya hisobini tashkil etish tartibini buzish, ya'ni
buxgalteriya
hisobi
hisobvaraqlarida
soliq
to'lovchi
tomonidan
amalga
oshirilayotgan
xo'jalik
operatsiyalarini
buxgalteriya
hisobining
umumiy
qabul qilingan uslubiy qoidalariga muvofiq aks ettirish tizimining
yqo'ligi;
• buxgalteriya hisobini yuritish tartibining buzilishi, ya'ni xo'jalik
operatsiyalarini
buxgalteriya
hisobining
umum
qabul
qilingan
uslubiy
qoidalariga muvofiq aks ettirish tizimining yqo'ligi;
• buxgalteriya hisobini yuritish tartibining buzilishi, ya'ni xo'jalik
operatsiyalarini
hujjatlashtirish
va
ularni
buxgalteriya
registrlarida
aks
ettirish
qoidalarining
buzilishi
moliya-xo'jalik
faoliyatining
natijalarini
buxgalteriya
hisobining
tegishli
bo'lmagan
hisobvaraqalarida
aks
ettirish
balansning
raqam
ko'rsatkichlarini
hisob-kitob
qilish
tartibini
buzadi,
soliqlarni to'g'ri hisoblash va to'lash ustidan nazoratni qiyinlashtiradi.
Bunday harakatlar natijasida hatto to'g'ri ma'lumotlar asosida soliq
solish ob'ektining hajmi kamaytirilishi mumkin. Jinoyatchilar
buxgalteriya
ma'lumotlarini
hisobga
olmasdan
noto'g'ri
balans
tuzadilar
yoki balans tuzish uchun to'g'ri bazadan foydalangan holda raqamlardan
o'z xohishlaricha foydalaniladilar yoki balans pozitsiyalarini
o'zgartiradilar,
bunda
balansning
to'g'ri
tuzilgan
pozitsiyalari
odatda
qonunga xilof ravishda tuzilgan pozitsiyalar uchun yaxshigina niqob
vazifasini qtaydi;
• buxgalteriya hisobotini tuzish tarkibining buzilishi, ya'ni soliq
organiga belgilangan shaklga muvofiq kelmaydigan va me'yoriy
hujjatlar
tomonidan
belgilangan
barcha
ma'lumotlarni
aks
ettirmaydigan
buxgalteriya hisoboti hujjatlarni soliq organiga taqdim etish;
• buxgalteriya hisobotining taqdim etish tartibini buzish, ya'ni
buxgalteriya
hisoboti
hujjatlarini
belgilangan
muddatdan
keyin
taqdim
etish yoki buxgalteriya hisobini taqdim etishdan bo'yin tovlash, ya'ni
hisoboti hujjatlarini belgilangan muddatlarda ataylab bir necha marotaba
taqdim etmaslik yoki soliq organining talabi bo'yicha taqdim etmaslik;
50
• soliq imtiyozidan noqonuniy foydalanish, ya'ni soliq to'lovchi
tomonidan soliq organiga oldidan asossiz bo'lgan, soliq miqdorini
kamaytirish yoki ilgari to'langan yohud undirilgan soliqni qaytarish
uchun bevosita yoki bilvosita asos beradigan ma'lumotlar ko'rsatilgan
hujjatlarning taqdim etilishi yo'li bilan soliq to'lashdan bo'yin tovlash;
• soliq to'lamaslik yoki o'z vaqtida to'lamaslik, ya'ni soliq
to'lovchining soliqni qonun tomonidan belgilangan muddatda
to'lamasligi yoki belgilangan muddatdan keyin to'lashi;
• g'ayriqonuniy naqd hisob-kitoblar, ya'ni qonun hujjatlari
tomonidan belgilangan cheklashlarni buzgan holda hisob kitoblarni naqd
pul mablag'lari bilan amalga oshirish;
• kassa intizomini buzish, ya'ni naqd pul mablag'larini kirim qilish,
saqlash va ishlatishning qonun tomonidan belgilangan tartibini buzish;
• korxonaning moliya-xo'jalik faoliyati natijalarini buxgalteriya
hisoblarida to'liq yoki qisman aks ettirmaslik. Masalan, bitimlarni
rasmiylashtirmasdan
amalga
oshirish,
tovar-moddiy
boyliklarni
kirim
qilmaslik;
• iqtisodiy ko'rsatkichlarni hisobga olish tarkibini buzish, xususan,
moliya-xo'jalik
faoliyatining
raqamli
natijalarini
buxgalteriya
hisobining
tegishli bo'lmagan hisob-varaqlarida aks ettirish. Ko'p hollarda
tadbirkorlik faoliyatidan olingan daromadlar yashiriladi, odatda,
tadbirkor sifatida ro'yxatga olingan shaxslar yoki imorat, uy-joy
xonalari, garajlar, avtomobillar va boshqa mol-mulkni ijaraga berishdan
daromad oladigan shaxslar soliq to'lamaydi;
• nazorat harakatlarini amalga oshirishda tqsqinlik qilish, ya'ni
xo'jalik yurituvchi sub'ektlarning mansabdor shaxslari, shuningdek,
yuridik shaxsni tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan
shug'ullanadigan
jismoniy
shaxs
tomonidan
soliq
organining
qaroriga
ko'ra hujjatli yoki faktlar bo'yicha nazorat qilish chora -tadbirlarini
amalga oshirishni jiddiy tarzda qiyinlashtiradigan yoki ularni yo'qqa
chiqaradigan shart-sharoitlarning ataylab barpo etilishi;
• soliq organi mansabdor shaxsining qonuniy talabi yoki
farmoyishiga itoat etmaslik, ya'ni soliq organi mansabdor shaxsining
soliq qonunchiligi buzilishlarini bartaraf etish yoki ularni oldini olish
to'g'risidagi qonuniy talabi yoki farmoyishini uzoq vaqt bajarmaslik
yoki tegishlicha bajarmaslik;
•
soliq to'lashdan bo'yin tovlash -soliq sohasidagi huquq
buzilishlarining eng ko'p uchraydigan va eng xavfli guruhi. Bunday
huquq
buzilishlarining
mohiyatini
soliq
to'lovchining
byudjet
oldidagi
majburiyatlarini bajarmasligi yoki tegishlicha bajarmasligi tashkil etadi. Soliq
51
to'lashdan bo'yin tovlash, odatda, korxona tomonidan soliq imtiyozlaridan
noqonuniy foydalanishi, soliqlarni o'z vaqtida to'lanmaslik daromadlarini
yashirish, soliqlarni hisoblash va to'lash uchun zarur hujjatlarni taqdim etmaslik
yoki o'z vaqtida taqdim etmaslik ko'rinishida amalga oshiriladi. Soliq to'lashdan
bo'yin tovlash bozor raqobat asoslarini qqporadi, boqimandachilikni halol soliq
to'lovchi bilan taqqoslanganda e'tiborliroq mavqega chaqirib qo'yadi. Undan
tashqari, bir shaxsning soliqni kam to'lashi boshqa soliq to'lovchilar hisobiga
amalga oshiriladi: davlat stavkalarini ko'paytirishga yoki soliqqa tortishning yangi
turlaridan foydalanishga majbur bo'ladi.
Soliq solish ob'ektini hisoblash harakatlari soliq to'lashdan bo'yin tovlashning
keng tarqalgan turlaridan biri bo'lib hisoblanadi. Masalan, jinoyatchilar tomonida
qqshma faoliyatni amalga oshirish maqsadida birlashtiriladigan mablag'lari soliqqa
tortilmaydi, degan qoidasidan foydalaniladi. Soliq to'lanmaslik maqsadida qqshma
faoliyat to'g'risida soxta shartnomalar tuziladi, lekin uni amalga oshirish uchun
amalda hech narsa qilinmaydi. soliq qonunchiligiga rioya qilmaslik va
qonunlarni bilmaslik natijasida soliq qonunchiligi buzilishiga yo'l qqyayotgan
soliq to'lovchilarning sonini ko'payayotgani hamda byudjetga qo'shimcha
hisoblangan soliq summasi oshishidan dalolat beradi.
Ahloqiy-ruhiy jihatdan, shubhasiz, g'araz belgilovchi omil hisoblanadi.
Soliq jinoyatlarini sodir etgan shaxslar ko'p hollarda moddiy ehtiyojlarini
ko'proq qondirishga, ko'chmas mulk ob'ektlari, zebu-ziynatlar va hokazolarni sotib
olishga intilishlari bilan ajralib turadilar. Soliq to'lashdan bo'yin tovlashni ular
ko'zlangan maqsadlarga erishish usullaridan biri deb qarashadi.
Asosan soliq sohasida huquq buzilishlarini sodir etish tashabbusi korxona
rahbarlaridan chiqadi. Ko'pincha jinoyat sodir etgan korxona rahbari amalga
oshirgan
moliya-xo'jalik
operatsiyalaridan
buxgalteriyani
xabardor
qilmaydi, pul tushumini esa kassaga topshirmay, o'z xohishicha ishlatadi.
Soliq to'lovchi va davlat munosabatlarida axloqiy mezonlarning susayishiga
ko'pincha qonun chiqaruvchi ham sabab bo'ladi. Soliq qonunlari ba'zida
qonunchilikning asosiy tamoyillariga-umumiylik, doimiylik va ehtirosdan holilikka
muvoflq kelmaydi, bu esa mazkur qonunlarning nufuzi va obrqsini pasaytiradi.
Bundan tashqari soliqning yuqori stavkasi belgilangan miqdorda soliq to'lovchi uni
buzish ifodasi sifatida qabul qiladi va unga qarshilik ko'rsatishga o'zini haqli deb
hisoblaydi.
Soliq to'lashdan bo'yin tovlashning iqtisodiy omillari, belgilovchi omillar
hisoblanadi. Soliq to'lovchi soliq to'lash va sanktsiyalar qo'llashning iqtisodiy
oqibatlarini taqqoslaydi, tabiiyki, soliq stavkasi qancha yuqori va sanktsiyalar
xajmi qancha past bo'lsa, bo'yin tovlashning iqtisodiy samarasi shuncha yuqori
bo'ladi.
Ushbu muammoning boshqa jihati shundan iboratki, soliq to'lovchining
iqtisodiy mavqei qancha yomon bo'lsa, bo'yin tovlashga undovchi asoslar shuncha
52
yuqori bo'ladi. Birinchidan barcha soliq majburiyatlarini bajarish sub'ektning
iqtisodiy ahvolini tang holatigacha yomonlashtirish mumkin. Soliq to'lashdan
bo'yin tovlashni soliq to'lovchi ham yashab qolishning yagona imkoniyati deb
qarashi mumkin. Ikkinchidan: iqtisodiy jihatdan zaif sub'ektga nisbatan
qo'llanishi uni xonavayron qilishi mumkin bo'lsa-da, real istiqbollardan mahrum
etilgan holda rivojlanayotgan sub'ektga nisbatan qo'llash tahdidiga qaraganda
barcha narsani yo'qotish tahdidi unchalik jiddiy bo'lmasligi mumkin.
Iqtisodiy tushkunliklar davrlarida soliq to'lashdan bo'yin tovlash amaliyotda
jiddiy qsadi, bu hoi nafaqat soliq to'lovchilar moddiy ahvolining yomonlashuvi,
balki ular mahsuloti, ishlari, xizmatlari iste'molchilarining ham moddiy ahvoli
yomonlashgani bilan izohlanadi, buning natijasida sotish narxlarini oshirish yo'li
bilan soliq yukini zimmaga olish imkoniyati qisqaradi.
Soliq to'lashdan bo'yin tovlashning texnik sabablari nazorat shakllari va
usullarining takomillashmaganligi bilan ham bog'liq, ya'ni soliq organlari har bir
xo'jalik operatsiyasini nazorat qilish, har bir buxgalteriya hujjatining
to'g'riligini tekshirishga jismonan qodir emaslar, zero buning uchun ko'p
miqdorda soliq xodimlariga ega bo'lish yoki nazorat yuritilishini kompyuterlashtirish
va soliq to'lovchilarning moliyaviy hisobotlarining elektron ko'rinishida qabul qilish
hamda soliq organlari bilan hamkorlikda elektron-axborot idoralararo va bank
aloqalarini Ьафо etish zarur bo'ldi.
Soliq qonunchiligining takomillashmagani sababli soliq to'lashdan bo'yin
tovlashga boshqa tushuncha-soliqdan qochish ya'ni soliqni rejalashtirish juda
yaqindir.
Soliqlarni rejalashtirish qonun bilan yo'l qo'yiladigan barcha soliq imtiyozlarini
va soliq majburiyatlarini qisqartirish usullarini qo'llagan holda soliqlarga chap
berishning qonuniy usullaridir.
Soliqlarni rejalashtirishdan maqsad soliq majburiyatlarini amaldagi soliq
qonunchiligi doirasida barqaror davr uchun imkoni boricha kamaytirishdir.
Keyingi bo'limda ushbu masalalar ustida tqxtalib qtamiz.
Soliq qonimchiligiga rioya etilishi ustidan ta'sirchan nazorat tizimining
bo'lishi umuman soliq tizimi faoliyat ko'rsatishining muqarrar sharti
hisoblanadi. Shuning uchun soliq qonunchiligiga rioya etilishi ustidan nazoratni
amalga oshirayotgan soliq organlariga nisbatan har qanday g'ayriqonuniy qarshiliklar
soliq tizimi uchun ancha jiddiy tahdid hisoblanadi va tegishli munosabatni taqazo
etadi.
53
Do'stlaringiz bilan baham: |