6-Mavzu. Soliq tizimidagi qonunbuzarliklar va ularning
kelib chiqish sabablari
1. Soliq tizimidagi qonunbuzarliklar.
2. Soliq tizimidagi qonunbuzarliklarning kelib chiqish sabablari.
3. Soliq to 'lovchilar yol qo`yadigan eng xarakterli huquq buzilishlar.
Mamlakat iqtisodiy jihatdan rivojlangan sari, soliqqa tortish uslublari ham
o'zgarib boradi, soliq ob'ektlarini aniqlash, soliq to'lovchilami hisobga olish ishlari
doimo nazorat sifatini rivojlanishi talab qiladi.
Jarima va jazo choralari, soliq idoralari tomonidan qonunda belgilangan
moddalarga binoan amalga oshiriladi.
Soliq to'lovchilaming qilgan xato va kamchiliklarini nafaqat jazolash,
balki soliq qonunlami ularga bo'lgan ta'sirlarini qrganish orqali kelib chiqishi
mumkin bo'lgan kamchiliklarni ham tahlil qilish lozimdir.
Korxona va tashkilot awalo ishlab chiqaruvchi va xizmat ko'rsatuvchidir,
sqngra esa soliq to'lovchilar bo'lib hisoblanadilar.
Davlat o'zining fiskal siyosatini amalga oshirishda asosiy bir soliq to'lashdan
bo'yin tovlash holatlariga ro'baro' bo'ladi.
Soliq to'lashdan bo'yin tovlash deyilganda keng ma'noda quyidagilar
tushuniladi.
• olingan daromad va foyda yashirish;
• hisoblangan soliqlarni o'z vaqtida to'lamaslik yoki umuman
to'lamaslik;
• imtiyozlardan noto'g'ri foydalanish;
• tegishli hisobotlarni o'z vaqtida to'lamaslik va umuman
topshirmaslik;
• boshqa qoidalardan va taqiqlangan metodlardan bevosita va
bilvosita foydalanish kabilardir.
Soliqqa oid huquq buzilishi - huquqqa zid bo'lgan, aybli harakat yoki harakatsizlik
bo'lib, bu bilan majburiyatlar bajarilmaydi yoki tegishlicha bajarilmaydi, soliq
munosabatlari ishtirokchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlari buziladi
hamda ular uchun yuridik javobgarlik belgilangan.
Soliq to'lashdan bo'yin tovlashning ijtimoiy va iqtisodiy barqarorlikka
ta'siri juda ham salbiyki, uning natijasida quyidagilarni kelib chiqaradi:
• davlat byudjeti defitsiti paydo bo'ladi;
• davlat soliq stavkalarini ko'tara boshlaydi, davlat byudjetini
to'ldirish maqsadida yangi soliq va to'lovlar qylab chiqiladi;
• inflyatsiya darajasi ko'tarila boshlaydi;
• davlatning ichki va tashqi qarzlari orta boshlaydi. Yuqorida qayd qilingan
46
sabablarni inobatga olib, soliq to'lovchilarning soliq to'lashdan bo'yin
tovlash va uni keltirib chiqaradigan sabablarni soliq xizmati xodimlari doimiy
ravishda qrganishlari va bunday holatlarga olib kelmaslik uchun tegishli tashkiliy
ishlar, chora va tadbirlarni ко'rib borishlari lozim.
Soliq to'lashdan bo'yin tovlash kabi munosabatlarning kelib chiqish
sabablariga quyidagi omillar ta'sir qiladi.
Ma'naviy omillar - bu faktorlar soliq qonunlarini ijtimoiy, doimiylik va
daxlsizlik printsiplariga to'g'ri kelmaslik bo'lib, qonunlarning obro'sini va
ta'sirini pasaytiradi.
Bundan tashqari soliq stavkalarining yuqori bo'lishi, o'z navbatida, soliq
to'lovchilar tomonidan unga nisbatan ichki qarshilik hissini uyg'otadi va soliq
to'lashdan bo'yin tovlash to'g'risidagi turli xil fikrlarga olib keladi.
Masalan; foyda solig'ining stavkasini yuqoriligi, korxonadan foyda olishga
bo'lgan ishtiyoqini pasaytirib yuboradi yoki qandaydir yo'llar bilan soliqqa
tortiladigan foyda hajmini kamaytirish harakat qiladi. g'ki bo'lmasa, bizning
qonunlarimizga asosan soliqlarni realizatsiya qilingan tovarlar va ko'rsatilgan
xizmatlar uchun emas, balki yuklab jqnatilgan va hali puli to'lanmagan paytdan
boshlab hisobga olinishi va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |