31
4- Mavzu. Soliq tckshirishlarini o'tkazish tartibi
1. Soliq tckshirishlarini o'tkazish tartibi.
2. Hujjatlarni va predmetlarni olib qo'yish tartibi.
3. Soliq tekshirishi natijalarini rasmiylashtirish.
Soliq tekshirishlarini o'tkazishning birinchi bosqichi DSXO man-sabdor
shaxslarining soliq tekshirishlarini o'tkazadigan joylarga ki-rish tartib-qoidalarini
belgilashdan boshlanadi.
Soliq tekshirishlarini boshlashdan oldin, naqd pul tushumi va foy -dalanishiga
oid qisqa muddatli tekshiruvlarda esa soliq tekshirishi tugagunga qadar davlat soliq
xizmati organlari mansabdor shaxslari quyidagilarni amalga oshirishi lozim:
1) soliq to'lovchini, soliq agentini yoki ularning vakillarini soliq
tekshirishining maqsadi va shartlari bilan tanishtirishi;
2) soliq to'lovchiga, soliq agentiga yoki ularning vakillariga xo'ja-lik
sub'ektlarini tekshirish muvofiqlashtiruvchi rejasidan ko'chir-mani yoki
nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Kengash vakolatli
organi (hududiy bo'linmasi)ning rejadan tashqari, qisqa muddatli yoki
muqobil tekshirish o'tkazish haqidagi qaroridan ko'chirmani; tegishli soliq
tekshirishi o'tkazish haqidagi davlat soliq xizmati organi buyrug'i nusxasini va
tekshirish o'tkazish rejasini taq-dim etadi. Bularni olganligi haqida soliq
to'lovchi imzo chekib tasdiq-laydi.
3) mansabdor shaxsga soliq tekshirilishi ruxsat etilishi haqidagi maxsus
guvohnomani taqdim etishi;
4) qonunchilikda belgilangan tartibda tekshirishlarni ro'yxatdan o'tkazish
kitobida yozuvni amalga oshiradi.
Soliq
to'lovchiga
yuqoridagi
hujjatlarning
taqdim
etilishi
soliq
tekshirilishining boshlanishini bildiradi. Bu hujjatlarni soliq to'lovchining olishdan
bosh tortishi soliq tekshirishini bekor qilishga asos bo'la olmaydi.
Soliq to'lovchi yoki soliq agenti davlat soliq organi mansabdor shaxslarini
quyidagi hollarda tekshirish hududiga kiritmaslikka haq-lari bor:
yuqorida ko'rsatilgan hujjatlar taqdim etilmasa yoki belgilangan tartibda
rasmiylashtirilmagan bo'lsa;
tekshiruvchi shaxs teshirishni o'tkazish haqidagi buyruqda ko'rsatil-gan bo'lmasa
yoki tekshirish o'tkazishga maxsus guvohnomasi bo'lsa;
buyruqda ko'rsatilgan tekshirish muddati hali kelmagan yoki qtib ketgan bo'lsa;
tekshiruvchi shaxs tekshirishlarni qayd qilish kitobiga imzo chekish-dan bosh
tortsa.
Davlat soliq xizmati organi mansabdor shaxslarini tekshirish hududiga yoki binosiga
kiritishga tqsqinlik qilinganda dalolatnoma tuziladi.
32
Davlat soliq xizmati organi mansabdor shaxslarini tekshirish hududiga yoki
binosiga (istiqomat joylardan tashqari) kiritishga noqonuniy tqsqinlik qilinganda,
shuningdek, mansabdor shaxslarning o'z xizmat vazifalarini bajarishlariga
tqsqinlik qilish qonunchilik-da belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
Ularning bunday to'sqinlik qilishlari uchun javobgarlikka tortilishi soliq tekshi-
rishlarini bekor qilish uchun asos bo'la olmaydi.
Soliq organi mansabdor shaxslarining uy joylarga unda istiqomat qiluvchi
jismoniy shaxslarning ruxsatisiz kirishiga yo'l qo'yilmaydi. Qonunchilik bilan
belgilangan yoki sud qarori asosida amalga oshiril-gan hollardan tashqari.
Soliq tekshirish o'tkazishning keyingi bosqichi hudud va inshoot-larni kuzatish
va mulklarni inventarizatsiyalashdir.
Tekshirish o'tkazuvchi mansabdor shaxslar tekshirish to'liqligini ta'minlashda
ahamiyati bo'lgan holatlarni aniqlash maqsadida ishlab chiqarish, ombor, savdo va
boshqa inshootlar va yuridik va jismoniy shaxslar daromad olish uchun
foydalanadigan yoki soliq ob'ekti maz-muni bilan bog'dangan joylarni ular
joylashgan joydan qat'i nazar kuzatish huquqiga ega.
Hudud va inshootlarni kuzatish soliq to'lovchi yoki soliq agenti vakili ishtirokida
amalga oshiriladi.
Kuzatish natijalari bo'yicha talablarga rioya qilingan holda bayon-noma tuziladi.
Kuzatuv jarayonida foto va kinotasvir, videoyozuv soliq to'lovchiga bildirilgan
holda amalga oshirilishi mumkin va bu haqda bayonnomada ko'rsatiladi.
Soliq to'lovchiga tegishli bo'lgan mulklarni inventarizatsiya qilish haqiqatda
mavjud bo'lgan mulklarni buxgalteriya hisobidagi ma'lumot-lar bilan solishtirish
uchun, barcha muUdar hisobi to'g'ri aks ettiril-ganligiga shubha uyg'ongan
holatlarda amalga oshiriladi.
Inventarizatsiya natijalari bo'yicha inventarizatsiya dalolatnomasi tuziladi.
Soliq tekshirishlarida inventarizatsiya o'tkazish tartibi DSQ to-monidan Moliya
vazirligi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.
Tekshirish o'tkazayotgan DSXO mansabdor shaxslarida inventariza-tsiya
qilinayotgan mulklar yoki pul mablag'lari ishlatib yuborilganligi to'g'risida
etarlicha asos bo'lgan taqdirda, ular g'aznani va tovar-moddiy boylMar saqlash
joylarini o'rnatilgan tartibda muhrlab qo'yish huquqiga ega.
Muhrlab qo'yish bu haqda bayonnoma tuzish va soliq to'lovchi vakili ishtirokida
bo'ladi, hamda faqat soliq tekshirilishi o'tkazilayotgan davrda va ikki kundan ortiq
bo'lmagan muddatga ruxsat beriladi.
Tekshiruvchi mansabdor shaxslar tekshirilayotgan soliq to'lovchilar-dan soliqlar
va majburiy to'lovlarni hisoblash va to'lash bilan bog'liq hujjatlarni talab qilish
huquqiga ega.
Soliq to'lovchi yoki soliq agenti talab qilingan hujjatlarni yozma talabnoma
berilgandan keyin ikki ish kunidan kechiktirmasdan berishi kerak.
Hujjatlar nusxa ko'rinishida, soliq to'lovchining imzosi va muhri bilan
33
ishonchliligi ko'rsatilgan holda taqdim etiladi.
Tekshirish o'tkazayotgan soliq organi mansabdor shaxsi soliq huquq-buzarligiga
dalolat bo'luvchi hujjatlarni, huquqbuzarlik predmet-larini olib qo'yish huquqiga
egadirlar. Markalanmagan aktsizosti tovarlari majburiy ravishda olib qo'yiladi. Soliq
to'lovchi faoliya-tini tqxtatishga olib keluvchi hujjatlar va predmetlarni olib qo'yish
sud orqali amalga oshiriladi.
Hujjatlar va predmetlarni olib qo'yish soliq organining tekshi-rish olib
borayotgan mansabdor shaxsi qaroriga asosan amalga oshiri-ladi. Bunday qaror
shakli O'zR DSQ tomonidan tasdiqlanadi.
Mansabdor shaxs hujjatlarni olib qo'yishdan awal mazkur qarorni ko'rsatadi
va qatnashayotgan shaxslarga ularning huquq va majburiyat-larini tushuntiradi.
Hujjatlarni va predmetlarni olib qo'yish to'g'risida talablarga rioya qilingan holda
bayonnoma tuziladi. Bunday bayonnoma ikki nusxada tuziladi, bir nusxasi imzosini
olingan holda hujjatlari va predmet-lari olib qo'yilgan shaxsgaberiladi.
Olib qo'yilgan hujjatlar va predmetlar olib qo'yish bayonnomasida aks ettiriladi,
unga ilova qilinadigan yozuvlarda ularning nomlari, miqdori, predmetlarning
individual belgilari, imkoniyatiga qarab qiymati ko'rsatiladi.
Hujjatlarning asli olinganda, ulardan nusxa olinib, soliq orga-nining mansabdor
shaxsi tomonidan asliga to'g'riligi tasdiqlanadi va hujjat olib qo'yilgan shaxsga
beriladi.
Barcha olib qo'yilayotgan hujjatlar va predmetlar barcha qatnashuv -chilarga
ko'satiladi, zaruriy hollar joyida qrab qo'yiladi.
Soliq to'lovchi yoki soliq agenti noqonuniy qarshilik ko'rsatganda yoki soliq
organi mansabdor shaxsini tekshiriladigan daromad olish bilan bog'liq bo'lgan
hudud yoki inshootga kmtmaganida soliq organi sudga soliq to'lvchining
bankdagi va boshqa moliya-kredit muassasalari-dagi hisob raqamlari bo'yicha
operatsiyalarini tqxtatishni sqrab ariza bilan murojaat qilish huquqiga ega. Bankdagi
hisobraqami bo'yicha operatsiyalarni tqxtatish faqat sud qarori orqali bo'lishi mumkin.
Zaruriy hollarda tekshirishda qatnashish uchun ekspert jalb qili-nishi va
ekspertiza belgilanishi mumkin. Ekspertiza ilm, san'at, tex-nika va boshqa sohalarda
maxsus mutaxassis bilimi talab qilingan hollarda belgilanadi.
Ekspert jalb qilinganda soliq to'lovchiga soliq organi va ekspert o'rtasida tuzilgan
shartnomaning nusxasi taqdim etiladi.
Ekspertiza o'tkazish to'g'risidagi qaror soliq organi rahbari tomo-nidan tekshirish
o'tkazayotgan mansabdor shaxs, yoki soliq to'lovchi, soliq agenti murojaati bilan
qabul qilinadi.
Qarorda ekspertiza o'tkazish uchun asos, ekspertchining familiyasi, ismi,
otasining ismi, ekspertiza o'tkaziladigan tashkilot nomi, eks-pertchi oldiga qo'yilgan
masalalar, ekspertchi ixtiyoriga beriladigan materiallar ko'rsatiladi. Ekspertizani
belgilash to'g'risidagi qaror shakli O'zR DSQ tomonidan belgilanadi.
Ekspert oldiga qo'yilgan masalalar va uning xulosalari ekspert-chining maxsus
34
bilimlari doirasidan tashqariga chiqishi mumkin emas. Ekspertchi ekspert
predmetiga tegishli tekshirish materiallari bilan tanishishga, qo'shimcha
materiallar berilishini so'rab murojaat qilish-ga haqli bo'ladi.
Ekspertchi agar unga berilgan materiallar etarli bo'lmasa, yoki u eks-pert
o'tkazish uchun zaruriy bilimlarga ega bo'lmasa xulosa berishdan bosh tortishi
mumkin.
Ekspertchi xulosani yozma shaklda o'z nomidan yozadi. Xulosada nati-jalar,
qo'yilgan savollarga asosli javoblar yoziladi. Uning oldiga qo'yilmagan masalalar
bo'yicha, lekin ishning holatiga ahamiyati bo'lgan xulosalarga ega bo'lsa, ularni
umumiy xulosalarga kiritishi mumkin.
Ekspertchi xulosasi yoki uning xulosa bera olmasligi to'g'risidagi xabari
tekshirilayotgan shaxsga taqdim qilinadi. Bunda tekshirilayotgan shaxs tushuntirish
berishga, qarshiligini bildirishga, ekspertchi oldi-ga qo'shimcha savollarni
qo'yilishini sqrashga, qo'shimcha yoki takroriy ekspertiza o'tkazilishini sqrashga
haqlidir.
Qo'shimcha ekspertiza aniqlik etishmagan yoki xulosa to'liq bo'lmagan
holatlarda belgilanadi va yana shu yoki boshqa ekspertchiga beriladi. Takroriy
ekspertiza ekspertchi xulosasi asoslanmagan yoki uning to'g'ri-ligi shubha uyg'otgan
hollarda belgilanadi va boshqa ekspertchiga beri-ladi.
Zaruriy hollarda soliq tekshirishlariga tarjimon jalb qilini-shi mumkin. Tarjimon
bo'lib, ishning borishidan manfaatdor bo'lma-gan, til bilgan, bilimi tekshirish
uchun zarur bo'lgan shaxs hisob-lanadi. Tarjimon o'z majburiyatlarini
bajarishdan bosh tortish yoki yolg'on (noto'g'ri) tarjima qilsa javobgarlikka tortilishi
to'g'risida ogohlantiriladi. Bu haqda bayonnomada belgi ko'rsatilib, tarjimon imzosi
bilan tasdiqlanadi.
Tarjimonni jalb qilish bilan bog'liq xarajatlar tekshirish o'tka-zayotgan soliq
organi hisobidan amalga oshiriladi.
Soliq
tekshirishlari
doirasidagi
harakatlarning
yuritilishida
soliq
qonunchiligida ko'zda tutilgan holatlarda holis guvohlar jalb qilinishi mumkin.
Holis guvoh sifatida ishning borishidan manfa-atdor bo'lmagan har qanday jismoniy
shaxs ishtirok etishi mumkin. DSO mansabdor shaxslari holis guvoh sifatida qatnasha
olmaydilar. Holis guvohlar bayonnomada ular ishtirokida yuz bergan faMar, hara-
katlar mazmuni va natijalarni tasdiqlashi kerak. Ular qilingan hara-katlar bo'yicha
fikrlari va noroziliklarini berish huquqiga ega va bu haqda bayonnoma yoziladi. Bu
hoMar bo'yicha holis guvohlar so'rovga tutilishi mumkin.
Soliq tekshirishlari harakatlari doirasida bayonnoma tuziladi. Bayonnoma davlat
tilida yoki rus tilida tuziladi. Bayonnomada quyida-gilar ko'rsatiladi:
- uning nomi;
- alohida harakat (sodir bo'lgan ish) joyi va vaqti;
harakatning boshlanishi va tugashi vaqti;
bayonnoma tuzgan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi;
35
- harakatda qatnashgan yoki uning o'tkazilishida mavjud bo'lgan har bir
shaxsning F.I.O, zaruriy hollarda manzillari, davlat tilini bilishi to'g'risidagi
ma'lumot.
- harakatlar mazmuni va uni o'tkazish tartibi;
- harakatni o'tkazish paytida ish uchun aniqlangan faktlar va holat-lar.
Bayonnoma bilan harakatda ishtirok etgan shaxslar tanishib chiqa-dilar,
ular o'z norozilMarni fikrlarni bildirish huquqga ega va bu haqda
bayonnomada ko'rsatiladi yoki soliq tekshirishi materiallariga qqshib qo'yiladi.
Bayonnomaga qatnashuvchilarni barchasi imzo chekadilar. Unga fotorasmlar,
tasvirlar, videoyozuvlar va boshqa materiallar ilova qilinadi.
Soliq tekshirishi natijalarini rasmiylashtirish uchun DSO man-sabdor shaxsi
tomonidan soliq tekshirishi dalolatnomasi tuziladi va unda quyidagilar ko'rsatiladi:
1) soliq tekshirish o'tkazilgan joy va dalolatnoma tuzilgan sana;
2) soliq tekshiruvi o'tkazish uchun asos;
3) tekshirish turi va muddati;
4) soliq tekshiruvini o'tkazgan DSXO mansabdor shaxslarining F.I.0
lavozimi.
5) soliq to'lovchi yoki soliq agentining F.I.0 yoki to'liq nomi;
6) soliq to'lovchi joyi, bank rekvizitlari, identifikatsiya raqami;
7) rahbarlik vazifalarini, buxgalteriya hisobi va moliyaviy bosh-qaruv
vazifalarini bajaruvchi shaxslar F.I.O;
8) Awalgi soliq tekshirishlarida aniqlangan soliq huquqbuzar-liklari va
ularga nisbatan ko'rilgan choralar;
9) tekshirish o'tkazilgan davr va soliq to'lovchi tomonidan berilgan
hujjatlar to'g'risida umumiy ma'lumot;
10) sodir etilgan soliq huquqbuzarligi to'g'risida soliq qonun-chiligining
tegishli me'yoriga asoslanilgan holda to'liq tushuntirish berish;
11) soliq tekshrishi natijalari, barcha aniqlangan xatolar, shu jum-ladan
soliqlar va to'lovlar bo'yicha ortiqcha hisoblangan hoMar.
Dalolatnoma soliq tekshirishini o'tkazgan mansabdor shaxs tomoni-dan imzo
chekiladi va soliq to'lovchiga ikki muddatga tanishib chiqishi va imzo chekishi
uchun beriladi. Soliq to'lovchi dalolatnomada o'zining qarshilik yoki norozilik
tomonlarni bayon etishi mumkin.
Soliq to'lovchi yoki soliq agenti dalolatnomaga imzo chekishdan va uni olishdan
bosh tortsa, DSO mansabdor shaxsi bu haqda dalolat-nomada tegishli yozuvni amalga
oshiradi. Dalolatnomaning bir nusxasi soliq to'lovchiga beriladi.
Soliq tekshirishi Dalolatnomasini to'ldirish tartibi va shakli DSQ tomonidan
belgilanadi. Soliq tekshirishi tugaganidan keyin so -liq huquqbuzarligi
aniqlanmagan bo'lsa bu haqda dalolatnomada tegish-li yozuv bilan belgilanadi.
Tekshirish dalolatnomasi uch nusxada tuziladi. Bir nusxasi soliq to'lovchiga
36
imzo qo'ydirib beriladi va berilgan vaqti belgilab qo'yila-di. Shu kun soliq
tekshirishi muddati tugagan kun hisoblanadi. Qolgan nusxalari tekshirish
materiallariga
qqshib
qo'yiladi.
Tekshirish
mate-riallari
keyingi
kundan
kechiktirmasdan, DSO rahbariga yoki uning muoviniga ko'rib chiqish uchun
topshiriladi.
Soliq tekshirishlari materiallariga tekshirishga asos bo'lib xiz-mat qilgan hujjatlar,
soliq tekshirishi doirasidagi harakatlar bo'yi-cha bayonnomalar, inventarizatsiya
dalolatnomalari, hujjatlarni olish yoki tushuntirishlar berish to'g'risidagi talabnomalar,
ekspert xulosa-lari, soliq tekshirish paytida olingan hujjatlar, tekshirish davomi-dagi
harakatlarni tasdiqlovchi boshqa hujjatlar tikiladi.
Agar tekshirish davomida soliq to'lovchi mansabdor shaxslarni ma'-muriy
javobgarlikka tortilishini taqozo qiluvchi soliq huquqbuzar-liklari aniqlansa,
tekshirish o'tkazgan DSO mansabdor shaxsi belgi-langan tartibda ma'muriy
huquqbuzarlik to'g'risidagi bayonnomani tuzadi.
Davlat soliq organi tomonidan tekshirish materiallarini ko'rib chiqish tartibi bilan
tanishamiz.
Tekshirish dalolatnomasi soliq to'lovchiga berilganidan sqng qn kun muddat
ichida soliq qonunchiligi buzilish hollari aniqlangan soliq tekshirishi materiallari
tekshirishni belgilagan DSO rahbari (muo-vini) tomonidan ko'riladi.
Soliq tekshirishi materiallarini ko'rib chiqishda bayonnoma yuriti-ladi va unda
quyidagilar majburiy tartibda ko'rsatiladi:
- majlis vaqti va joyi;
- soliq tekshirishlari materiallarini ko'rib chiqayotgan mansabdor
shaxs F.LOsi;
- materiallarni ko'rib chiqishda qatnashayotganlarning qatnashganli-gi
to'g'risida ma'lumot;
- materiallarning mazmuni;
- ishni ko'rib chiqishda qatnashayotgan shaxslarning tushuntirish -lari,
murojaatnomalari va ularning ko'rib chiqish natijalari;
- soliq tekshirishlari materiallarini ko'rib chiqishda o'rganilgan hujjatlar;
- tadbirkorlik sub'ekti bo'lgan soliq to'lovchi yoki soliq agentining soliq
huquqbuzarligini sodir etganligini tan olganligi va jarimani DSO qaroridan
keyin 10 kun muddat ichida ixtiyoriy to'lashi to'g'risidagi yoki aybini tan
olmaganligi to'g'risidagi ma'lumot;
Bunday ma'lumot tekshirish dalolatnomasidagi soliq to'lovchi-ning roziligi yoki
noroziligi to'g'risidagi yozuvga, shuningdek, yozma bayon qilingan qarshiligiga
asosan mansabdor shaxsning soliq huquqbuzar-ligi fakti mavjudligi to'g'risidagi
xulosasi bilan birgalikda bayon-nomaga kiritiladi.
- huquqbuzarlik natijasida etkazilgan moddiy zararni qoplash va
- soliq huquqbuzarliklarining bartaraf etilishi to'g'risidagi ma'-lumot;
boshqa ma'lumotlar.
37
Bayonnoma tekshirish materiallarini ko'rib chiqqan mansabdor shaxs soliq
to'lovchi tomonidan imzolanib tasdiqlanadi.
Soliq to'lovchi tomonidan bayonnomaga imzo chekishdan bosh tortilsa, yoki ular
ishtirokisiz tkshirish materiallari ko'rib chiqilgan bo'lsa bu haqda bayonnomada
tegishli yozuv yoziladi.
Bayonnoma uch nusxada tayyorlanadi, ulardan biri soliq to'lovchiga belgilangan
tartibda beriladi. Boshqa nusxalari tekshirish material-lari qqshib qo'yiladi.
Bunday bayonnoma shakli DSQ tomonidan tasdiqlanadi.
Tekshirish paytida aniqlangan ma'muriy huquqbuzarliklar to'g'ri-sidagi ishlarni
ko'rib chiqish va ma'muriy jarimalarni qo'llash DSXO tomonidan O'zbekiston
Respublikasining ma'muriy javobgarlik to'g'-risidagi Kodeksiga asosan amalga
oshiriladi.
Davlatsoliq organining tekshirish materiallarini ко 'rib nati-jalari bo 'yicha qarori
materiallar ko'rib chiqish tugagan kundan keyin-gi kundan kechiktirmasdan chiqariladi.
Qaror DSO rahbari tomonidan tasdiqlanadi va quyidagilarni o'z ichiga olishi kerak:
- soliqlar, majburiy to'lovlar va penyani hisoblash;
- soliq to'lovchining mansabdor shaxslarini sodir etilgan soliq
huquqbuzarliklari uchun javobgarlikka tortish to'g'risida;
- soliq huquqbuzarligi sodir etilmaganligi to'g'risdagi tarkib mavjud
emasligi tufayli soliq to'lovchini javobgarlikka tortmaslik to'g'risida;
- soliq tekshirishini o'tkazish muddatini cho'zish to'g'risida.
Xukumat qarorlarida ko'rsatilgan, soliq to'lovchiga nisbatan qo'l-laniladigan
choralar faqat sud orqali amalga oshiriladi.
O'z aybini tan olgan va ixtiyoriy ravishda qo'shimcha hisoblangan summalarni va
jarimani to'lash majburiyatini olgan, lekin qn kun ichi-da to'lamagan yoki to'liq
to'lamagan soliq to'lovchidan mazkur to'lovlar sud orqali undiriladi.
Qaror qabul qilinganidan sqng soliq to'lovchiga tekshirish natija-lari bo'yicha
soliqlar, to'lovlar va penyalarni to'lash to'g'risidagi talab-noma yuboriladi. Soliq to'lovchi
ushbu talabnomani 1 oy muddat ichida bajarishi kerak, lekin DSXO qarori ustidan shikoyat
bilan murojaat qilmagan bo'lsa.
Har bir soliq to'lovchi DSXO mansabdor shaxslari harakati yoki harakatsizligi
ustidan shikoyat qilish huquqiga egadir. DSO yuqori tashkilotiga shikoyat qilish
bilan bir vaqtda sudga muro-jaat qilish huquqiga ham egadirlar.
Yuqori organaga shikoyat soliq to'lovchi o'z huquqlarining buzil-ganligini bilgan
yoki bilishi kerak bo'lgan vaqtdan bir oy muddat ichida beriladi.
Soliq to'lovchining shikoyati DSXO yuqori tashkiloti tomoni-dan bir oy
muddatdan kechiktirmasdan ko'rib chiqiladi.
- Yuqori organ quyi DSXO qarori ustidan shikoyatni ko'rib
chiqqanidan sqng quyidagi huquqlarga ega:
- shikoyatni
javobsiz
qoldirish;
DSXO qarorini bekor qilish;
38
- soliq huquqbuzarligi to'g'risidagi ishni tqxtatish;
- qarorni o'zgartirish yoki yangi qaror qabul qilish.
Shikoyat bo'yicha yangi qaror bir oy davomida qabul qilinadi. Qaror qabul
qilinganidan keyin 3 kun ichida yozma shaklda shikoyat qilgan shaxsga etkaziladi.
DSXO qarori, harakati yoki harakatsizligi ustidan sudga qi-linadigan shikoyat
(da'vo arizasi) qonunchilikda belgilangan tar-tibda ко'rib chiqiladi va hal qilinadi.
Sudga shikoyat berilishi shikoyat qilingan qaror yoki harakat-ning, shu
jumladan, moliyaviy javobgarlik choralarining ko'rili-shini yuqori organ yoki sud
qarori chiqqunga qadar tqxtatib turadi.
39
Do'stlaringiz bilan baham: |