Rejadan tashqari tekshiruvlar ham mavjud bo'lib, ular quyidagi hollarda
amalga oshirilishi mumkin:
• O'zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Hukumatning qa-
rorlaridan kelib chiqib tekshiruvlar o'tkazish zarurati tug'ilganda (Bunda
tekshiriladigan sub'ekt nomi aniq ko'rsatilgan bo'lsa, Kengash yoki
uning viloyat komissiyasi roziligini olish talab qilinmaydi);
• nazorat qiluvchi organga xo'jalik sub'ekti tomonidan qo-
nunlarning va boshqa qonunchilik hujjatlarining buzilish hol-lari
haqidagi qo'shimcha ma'lumotlari kelib tushganida (kor-xonalar
tashkilotlar muassasalar va fuqarolardan kelib tushgan, aniq dalillangan
va hujjatlar bilan tasdiqlangan huquqbuzarlik holatlari ko'rsatilgan
23
axborot qo'shimcha ma'lumot bo'lib xizmat qilishi mumkin);
• favqulodda vaziyatlar yuzaga kelishini oldini olish uchun;
• sanitariya-epidemiologiya holatining murakkablashuvi, shu-
ningdek, qqshni davlatlardan yuqumli kasalliklar keltirilishi va
tarqatilishi xavfl tug'ilganda.
Korxonalarni rejadan tashqari tekshirish zaruriyati tug'ilgan-da, nazorat
qiluvchi organning markaziy apparati (DSQ, MB, MV) Kengashga, uning
bo'linmalari esa viloyat va tuman komissiyalariga tekshirish o'tkazishning zarurligini
asoslagan holda maxsus bel-gilangan shaklda buyurtmanoma hamda nazorat organi
rahbari to-monidan imzolangan tekshirishni o'tkazish rejasini yuboradi.
Muddati bir kundan ortiq bo'lgan rejadan tashqari tekshirish buyurtmasi va
tekshirishni o'tkazish rejasi viloyat komissiyasida qrganib chiqilganidan keyin
sqralgan tekshirishni o'tkazish va yoki o'tkazishni rad etish to'g'risidagi qaror qabul
qilish uchun Ken-gashga yuboriladi.
Tadbirkorlik sub'ekti faoliyatini bir kunlik rejadan tashqari tekshirish o'tkazishga
buyurtmanomasi va tekshirish o'tkazish rejasi hududiy komissiyasi tomonidan
ко'rib chiqiladi, shundan sqng viloyat komissiyasi rejadan tashqari tekshirishni
o'tkazish yoki o'tkazishni rad etish to'g'risida qaror qabul qiladi.
Kengashning, uning viloyat va tuman komissiyalarining ishchi organlari
taqdim etilgan buyurtmanomalar va tekshirish o'tkazish rejalari asosligini,
tekshirishlarni o'tkazish rejalarining nazorat qiluvchi organ zimmasiga yuklatilgan
vazifalarga muvo-fiqligini, qrganiladigan masalalarni tegishli, nazorat qiluvchi
organlari bilan birgalikda qrganib chiqadilar hamda viloyat va tuman komissiyalari
ishchi guruhlarining rejadan tashqari tekshirish o'tkazish uchun taqdim etilgan
buyurtmanomalarni ко'rib chiqishga doir xulosalarini inobatga olgan holda
Kengashga, uning viloyat komissiyalariga taklif kiritadilar. Ular rejadan tashqari
tekshirish o'tkazish to'g'risida yoki uni o'tkazishni rad etish haqida qaror qabul
qiladilar. Rejadan tashqari tekshirish o'tkazishga ruxsat berilgan taqdirda
tekshirish rejasini kelishib oladilar.
Rejadan tashqari tekshirish o'tkazish haqidagi yoki uni o'tka-zishni rad etish
to'g'risidagi qaror qisqa muddatlarda, biroq buyurmanoma kelib tushgan kundan
e'tiboran ikki haftadan kechiktirmay qabul qilinadi va tegishli Kengash raisi (uning
qrinbosari) yoki nazarda tutilgan vakolatlar doirasida viloyat komissiyasi raisi
tomonidan imzolanadi hamda nazorat qiluvchi organga yuboriladi.
Ulgurji va chakana savdodagi umumiy ovqatlanish va pulli xizmatlar ko'rsatish
sohasidagi tadbirkorlik sub'ektlari tomoni-dan savdo-sotiq hamda naqd pul
tushumini topshirish qoidalariga rioya etilishini rejadan tashqari qisqa muddatli
tekshirish-lardan
o'tkazish
to'g'risidagi
qarorlar
istisno
tartibida
tuman
komissiyalarining raislari yoki viloyat komissiyalar raislarining qrinbosarlari -
soliq boshqarmalari boshliqlari tomonidan imzolanadigan ro'yxatlar ko'rinishida
rasmiylashtiriladi. Ro'yhat-larda tekshirilayotgan tadbirkorlik sub'ekti nomi va STIR,
24
tek-shirilayotgan tadbirkorlik sub'ekti ulgurji va chakana savdo, umu-miy
ovqatlanish va pulli xizmatlar ko'rsatish ob'ektining yuri-dik manzili va shuningdek
ob'ekt amalga oshirayotgan faoliyat turi va rejadan tashqari qisqa muddatli tekshirish
o'tkazish muddati ko'rsatilishi kerak.
Favqulodda vaziyatlar yuzaga kelishining oldini olish, sanita-riya epidemiologiya
vaziyati murakkablashuvi, shuningdek, boshqa davlatlardan yuqumli kasalliklar
kelishi va tarqalishi ehtimoli bilan bog'liq rejadan tashqari tekshirishlarni o'tkazish
to'g'risi-dagi qaror, sanitariya nazorati va tabiatni muhofaza qilish or-ganlari
murojaati asosli bo'lgan taqdirda tekshirish o'tkazish uchun buyurtmanoma kelib
tushgan kuni qabul qiladi.
Yuqori nazorat qiluvchi organlar o'zlarining hududiy bo'lin-malariga tadbirkorlik
sub'ektlari faoliyatini rejadan tashqari tekshirishdan o'tkazish haqidagi
topshiriqlami ularni o'tkazish to'g'risida faqatgina Kengash yoki uning viloyat
komissiyasining qarori bo'lgan taqdirdagina yuboradilar.
Tadbirkorlik sub'ektlari faoliyatini muqobil tekshirishlar nazorat qiluvchi
organlarining markaziy apparatlari va ulaming hududiy bo'linmalari tomonidan
tegishli Kengash va uning viloyat komissiyasi qarori bo'yicha, qo'zg'atilgan jinoyat
ishlari bo'yicha esa -tekshirishni tayinlash to'g'risidagi qarorga asosan, faqat ular-
ning tekshirilayotgan sub'ekti bilan o'zaro munosabatlariga doir qismi bo'yicha
o'tkaziladi. Tadbirkorlik sub'ektining tekshirish sub'ekti bilan o'zaro munosabati
deyilganda shaxslarning hujjat bilan tasdiqlangan aniq aloqasini tushunish kerak.
Muqobil tek-shirishlarni o'tkazilayoganda tadbirkorlik sub'ektlariga borish va
ulardan tekshirish predmetiga taalluqli bo'lmagan moliya-bux-galteriya yoki
boshqa hujjatlarni talab qilish man etiladi.
Nazorat tartibida tekshirishlarni, ya'ni qaytadan tekshirish, nazorat qiluvchi
organlar tomonidan ularning o'zlari o'tkazgan tekshirish natijalari bo'yicha faqat
dalolatnomada (ma'lumot-nomada) belgilangan holatlar bo'yicha va muddatlarda,
Kengash yoki uning viloyat komissiyasi qo'shimcha qarorisiz amalga oshiriladi.
Tadbirkorlik
sub'ekti
tekshirish
natijalari
bo'yicha
dalolat-nomada
(ma'lumotnomada belgilangan muddatlarda nazorat tar-tibidan tekshirishlar
o'tkazishga rozi bo'lmasa, ularni o'tkazish muddatlari belgilangan tartibga muvofiq
viloyat komissiyalari-ning qarorlari bilan belgilanadi. Bunda o'tkazilgan tekshirish
natijalari bo'yicha dalolatnoma (ma'lumotnoma) nazorat tartibi-da tekshirish
o'tkazish zarurligiga asos bo'ladi.
Rejadan tashqari tekshiruvlar yana DSQ Bosh nazorat-taftish boshqarmasi
tomonidan hamda O'zbekiston Respublikasi Prokura-turasi qoshidagi soliq va valyuta
jinoyatchiligiga qarshi kurash Departamenti tomonidan Kengash ruxsatisiz
quyidagilarni aniqlash maqsadlarda amalga oshiriladi:
• mahsulot import qiluvchi jismoniy shaxslarda tijorat maqsadida tovar olib
kirganligini va bojxona to'lovlarini (shu jumladan bojxonada to'lanadigan soliqlarni)
to'laganligini tas-diqlovchi hujjatlarning mavjudligi. Bu hujjatlar mavjud bo'1-
25
magan holada tovarlar musodara qilinadi (lekin bunday muso-daraning sud orqali
amalga oshirilishi maqsadga muvofiq);
• chakana va ulgurji savdo hamda umumiy ovqatlanish tashkilot-lari
tomonidan
spirtli
ichimliklar
va
tamaki
mahsulotlarining
belgilangan
tartibda sotishi.
Shuningdek, yuqoridagi tashkilotlar ulgurji va chakana savdo, umumiy
ovqatlanish va pulli xizmatlar ko'rsatish sohasida savdo qoidalariga rioya qilish
va naqd pulni topshirish bo'yicha rejadan tashqari tezkor o'tkazishlari mumkin.
Oxirgi vaqtda bunday tek-shirishlar ko'payganligini ta'kidlash mumkin.
Tekshirishlarni o'tkazishda mutaxassislar, auditorlar yoki audi-torlik firmalari
jalb qilinganda ekspert o'tkazish xarajatlari-ni to'lash tekshirishni belgilagan
nazorat organlari hisobiga amalga oshirish kerakligini e'tiborga olish zarur. Chunki
ama-liyotda ko'p hollarda bu xo'jalik sub'ekti zimmasiga yuklatish hol-lari
uchraydi. Auditorlar (auditorlik firmalari, mutaxassislar) eksper t yoki
auditorlik xulosalarining to'g'riligi va O'zbekiston Respublikasi qonunlariga
mosligi uchun javobgar ekanligi nazo-rat organi va auditorlar o'rtasida tuziladigan
shartnomalarning zaruriy sharti ekanligini ham nazarda tutish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |